1-ILOVA
Bunda:
1-ILOVA
Subyektlar | Amalga oshiriladigan tadbirlar | Muddatlar | ||||
1-bosqich | Davlat buyurtmachisi | 1. Iqtisodiyot va moliya vazirligining Gʻaznachiligi tizimida roʻyxatdan oʻtadi. | Belgilangan muddatda | |||
2-bosqich | Davlat buyurtmachisi | 1. Tender predmetining nomi va Gʻaznachilik tizimidagi shaxsiy hisobvaragʻini kiritadi. 2. Obyektning identifikatsiya raqamini kiritadi. | 30 daqiqa | |||
3-bosqich | Davlat buyurtmachisi | 1. Platformada tender tashkilotchisini tanlaydi hamda shartnoma imzolaydi. 2. Elektron tender hujjatlarini tender tashkilotchisiga taqdim etadi. | 2 ish kuni | |||
4-bosqich | Tender tashkilotchisi | 1. Elektron platformada roʻyxatdan oʻtadi. 2. Elektron tender hujjatlarining toʻliqligi va toʻgʻriligini oʻrganib chiqadi. 3. Platformaga tender predmeti toʻgʻrisidagi eʼlonni joylashtiradi. | 3 ish kuni mobaynida | |||
5-bosqich | Talabgor | 1. Elektron platformada roʻyxatdan oʻtadi. 2. Eʼlonga muvofiq qurilish-montaj ishlari bajariladigan hududga (joyning oʻziga) chiqqan holda obyektni oʻrganib chiqadi. 3. 24 soat davomida xabardor qilish imkonini beradigan mobil telefon raqami va elektron manzilini platformaga kiritadi hamda shaxsiy kabinetini ochadi. | 10 ish kuni mobaynida | |||
6-bosqich | Talabgor | Shaxsiy kabineti orqali xarid predmeti boʻyicha tenderda qatnashish uchun platformaga STIR xos raqamini kiritadi. | 5 daqiqa ichida | |||
7-bosqich | Platforma | Kiritilgan oferentning STIRi boʻyicha platforma vazirlik, tashkilot va tizimlarning maʼlumotlar bazasidan avtomatik tarzda quyidagilarni: a) “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimidan sohaviy elektron reytingda mavjudligi hamda xarid predmetining qiymati va xavf-xatar toifasiga mosligini; b) Soliq qoʻmitasining elektron maʼlumotlar bazasidan soliqlardan muddati oʻtgan qarzdorligining mavjud emasligini hamda joriy yil uchun moliyaviy majburiyatlari hajmi oferent tomonidan soʻnggi uch yillik hisobot davrining bir yilida bajarilgan eng yirik ishlar hajmi 2 baravardan oshmaganligini; v) Markaziy bankning elektron maʼlumotlar bazasidan oferentning xizmat koʻrsatuvchi bankdagi asosiy va ikkilamchi hisobraqamida 2-son kartoteka qarzdorligi hamda bank kreditlari boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorligi mavjud emasligini; g) Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining elektron maʼlumotlar bazasidan oferentning oʻz balansidagi asosiy fondlariga va mulkiga taqiq qoʻyilmaganligini; d) Milliy statistika qoʻmitasi va Soliq qoʻmitasining elektron maʼlumotlar bazasidan joriy yil uchun moliyaviy majburiyatlari hajmi oferent tomonidan soʻnggi uch yillik hisobot davrining bir yilida bajarilgan eng yirik ishlar hajmi 2 baravardan oshmaganligini; e) Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining elektron maʼlumotlar bazasidan qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasidagi hududiy nazorat inspeksiyalarida roʻyxatga olingan obyektlar boʻyicha qurilishni yakunlash muddatidan oʻtib ketmaganligini; j) Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining elektron maʼlumotlar bazasidan platformada oʻz taklifini biriktirgan oferentlar va davlat buyurtmachisi oʻrtasida affillanganlik xususiyati mavjud emasligini; z) ushbu bosqichdan ijobiy natijalar bilan oʻtgan oferentlar Nizomga 2, 3, 4 va 5-ilovalarni toʻldirgan holda platformaga yuklaydi. Platforma tizimda yuklangan QQS bilan taklif narxining QQS bilan boshlangʻich narxidan baland va 95 foizidan past emasligini, shuningdek, taklif etilgan qurilish muddati obyekt boʻyicha belgilangan qurilish muddatidan ortiq yoki kam emasligini. Ushbu bosqichning yuqoridagi koʻrsatkichlaridan oʻtgan talabgor oferent hisoblanadi hamda shundan soʻng platforma tender predmetining boshlangʻich QQS bilan narxidan 2 foizdan ortiq boʻlmagan tender taklifini taʼminlash kafolati operator tomonidan ochilgan hisobraqamga pul oʻtkazish yoʻli orqali amalga oshirilganligini tekshiradi. | 10 daqiqa ichida | |||
8-bosqich | Platforma | 1. Oferentlar takliflarini tegishli formula yordamida avtomatik ravishda baholaydi. 2. Gʻolib va zaxiradagi gʻolib tashkilotlarni aniqlaydi. | Avtomatik ravishda | |||
9-bosqich | Platforma | Baholash natijalari boʻyicha elektron hisobotni shakllantiradi va ochiq koʻrinishda joylashtiradi | 5 daqiqa | |||
10-bosqich | Platforma | Elektron tenderda gʻolib boʻlgan qurilish-pudrat tashkilotiga aksept yuboradi. | 10 daqiqa | |||
11-bosqich | Gʻolib qurilish-pudrat tashkiloti | Akseptni tasdiqlagandan soʻng 1 kundan keyin tender predmeti boʻyicha pudrat shartnomasi elektron shaklda imzolangan hisoblanadi. Agar aksept yuborilgan kundan boshlab 1 kuni ichida gʻolib tashkilot tomonidan tasdiqlanmasa, aksept zaxiradagi gʻolibga yuboriladi va zaxiradagi gʻolibga qoʻshimcha 1 kuni ichida akseptni tasdiqlashga muddat beriladi. | 1 kun ichida | |||
12-bosqich | Davlat buyurtmachisi | Tender predmeti boʻyicha elektron imzolangan pudrat shartnomasi shartlari bajarilishini nazoratga oladi. | shartnoma shartlariga muvofiq | |||
13-bosqich | Platforma | Obyektning boshlangʻich QQS bilan narxidan 2 foizdan ortiq boʻlmagan tender taklifini taʼminlash kafolati summasini gʻolib va zaxiradagi gʻolib tashkilotlar va oferentlarning bank hisobraqamiga bank xarajatlari hamda gʻolib/zaxira gʻolibining (aksept tasdiqlangan taqdirda) kafolat summasidan tanlov tashkilotchisi xarajatlarini avtomatik toʻlash uchun tegishli summa ushlangan holda avtomatik ravishda qaytariladi. | 3 ish kuni mobaynida |
2-ILOVA
| ________________________________________________________________________________________ |
| (oferent nomi) |
| TENDER PREDMETI BOʻYICHA ISHLARNI BAJARISHGA NARX TAKLIFI |
| ________________________________________________________________________________________ |
| (tender predmetining nomi) |
| 1. Biz, oferent sifatida quyida imzo chekuvchilar: tender predmeti boʻyicha eʼlonda biriktirilgan loyiha asosida tender predmeti joylashgan manzilga chiqib oʻrganganimizni; pudrat shartnomasini imzolashdan yoki imzolangandan soʻng obyektni qurishdan bosh tortganimizda, platforma tomonidan 24 oy davomida elektron tenderga avtomatik ravishda qoʻyilmasligimiz toʻgʻrisida xabardorligimizni; elektron tender shartlariga va loyiha hujjatlariga muvofiq akseptni tasdiqlashimiz natijasida avtomatik ravishda imzolangan pudrat shartnomamizga asosan barcha ishlarni soʻm (QQS ni hisobga olgan holda) sifatli bajarishimizni va taklif muddatimizda tugatishimizni tasdiqlaymiz. 2. Bizning taklifimiz tender takliflarini baholash kunidan boshlab 60 kalendar kun mobaynida haqiqiy hisoblanadi. 3. Biz, gʻolib/zaxira gʻolibi — oferent platforma tomonidan yuborilgan akseptni tasdiqlashimiz, biz (oferent) siz (buyurtmachi) bilan avtomatik ravishda pudrat shartnomasini elektron imzolaganligimiz hamda ushbu shartnoma boʻyicha majburiyatni olishimizni va uning ijrosini taʼminlashimizni tasdiqlaymiz. 4. Qurilish jarayoniga jalb qilingan yollanma ishchilarning ijtimoiy himoyasi va xavfsizligini taʼminlaymiz. 5. Buyurtmachi bilan oʻzaro hisob-kitoblarni birinchi moliya yili mobaynida oʻzgartirilmaydigan shartnomaviy narxda amalga oshirish majburiyatini olamiz. |
| Tashkilot rahbarining imzosi: Tuzilgan sanasi: 20___ yil “___” ______________” |
Qurilish sohasida elektron davlat xaridlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA|
TENDER PREDMETI BOʻYICHA ISHLARNI BAJARISHNING UMUMIY JADVALI (2-shakl) ________________________________________________________________________________________ (tender predmetining nomi) | |||
|
T/r |
Obyektning lokal vedomostlari boʻyicha |
Ishlarni boshlash sanasi |
Ishlarni tugatish sanasi |
|
1. |
“Yer ishlari” lokal vedomosti boʻyicha |
||
|
2. |
“A bloki — arxitektura va qurilish yechimlari, temir-beton konstruksiyalar” (A-AS bloklari, KJ) lokal vedomosti boʻyicha |
||
|
3. |
“B bloki — arxitektura va qurilish yechimlari, temir-beton konstruksiyalar” (B-AS bloklari, KJ) lokal vedomosti boʻyicha |
||
|
4. |
“A bloki — toza va oqova suv taʼminoti” (A-VK bloklari) lokal vedomosti boʻyicha |
||
|
5. |
“B bloki — toza va oqova suv taʼminoti” (B-VK bloklari) lokal vedomosti boʻyicha |
||
|
… |
... |
||
|
… |
“Obodonlashtirish” lokal vedomosti boʻyicha |
||
|
Izoh. 1. Jadvalda tender predmetining qismlari boʻyicha barcha lokal vedomostlarga muvofiq ishlarni boshlash va yakunlash sanalari koʻrsatiladi. 2. Ushbu jadvaldagi sanalar gʻolib qurilish-pudrat tashkiloti tomonidan obyektning “Ishlarni ishlab chiqarish loyihasi” (PPR)ga, yaʼni obyekt qurilishining oqilona texnologiyasi va qurilishni tashkil etish boʻyicha batafsil ishlab chiqilgan hujjatiga muvofiq aniqlashtirilishi mumkin. 3. Ushbu jadvaldagi ish turlari va ularning hajmlari tender predmetining ish turlari va ularning hajmlari bilan mosligiga oferent javobgar hisoblanadi. | |||
|
Tashkilot rahbarining imzosi: | |||
|
Tuzilgan sanasi: 20___ yil “____” _____________ | |||
3a-ILOVA
|
_________________________________________________________ | |||||||
|
(obyekt nomi) | |||||||
|
_________________________________________________________ | |||||||
|
(oferent nomi) | |||||||
|
| |||||||
|
1.1. Jamlanma jadval | |||||||
|
| |||||||
|
T/r |
Xarajatlar nomi |
Joriy narxlardagi umumiy summa | |||||
|
1. |
Mehnatga haq toʻlash fondi |
| |||||
|
2. |
Kichik mexanizatsiya vositalari |
| |||||
|
3. |
Mashina va mexanizmlar |
| |||||
|
4. |
Qurilish materiallari va konstruksiyalari |
| |||||
|
5. |
Uskuna va jihozlar |
| |||||
|
|
Jami |
| |||||
|
6. |
Pudrat tashkilotining boshqa xarajatlari |
| |||||
|
|
Jami qurilish-montaj ishlari qiymati (QQS bilan) |
| |||||
|
| |||||||
|
Izoh. Mazkur jamlanma jadval elektron xarid gʻolibi tomonidan aksept tasdiqlanishi natijasida elektron shaklda imzolanadigan shartnomaga ilova hisoblanadi. | |||||||
|
| |||||||
|
Ishlarning fizik hajmlari va obyektga resurslar qaydnomasi | |||||||
|
| |||||||
|
T/r |
Meʼyorlar shifri va raqami |
Ishlar turi |
Oʻlchov birligi |
Loyiha koʻrsatkichlari boʻyicha ishlar hajmi |
Hajmi | ||
|
birlikka |
summa | ||||||
|
1. |
|
|
|
|
|
| |
|
2. |
|
|
|
|
|
| |
|
... |
|
|
|
|
|
| |
|
|
Jami: |
|
|
|
|
| |
|
| |||||||
|
Izoh. Mazkur jadvalda oferent har bir ish turi uchun bir birlik ish hajmlari boʻyicha tanlov taklifida resurslarni aks ettirmasdan taqdim etadi hamda ushbu jadval elektron xarid gʻolibi tomonidan aksept tasdiqlanishi natijasida elektron shaklda imzolanadigan shartnomaga 2-ilova hisoblanadi. | |||||||
|
| |||||||
|
Tashkilot rahbari imzosi / muhri: |
_______________ | ||||||
|
|
|
| |||||
|
Tuzilgan sanasi: |
20___ yil “___” _____________” | ||||||
4-ILOVA
|
TENDER PREDMETI BOʻYICHA MOLIYALASHTIRISH JADVALI | ||||||||||||
|
____________________________________________________________________________________________ | ||||||||||||
|
(tender predmetining nomi) | ||||||||||||
|
Moliyalashtirish shartlari |
Tender predmeti boʻyicha kalendar yil ichida moliyalashtirishning oyma-oy taqsimoti | |||||||||||
|
yanvar |
fevral |
mart |
aprel |
may |
iyun |
iyul |
avgust |
sentabr |
oktabr |
noyabr |
dekabr | |
|
15 foiz miqdorida birinchi avans |
||||||||||||
|
15 foiz miqdorida ikkinchi avans |
||||||||||||
|
60 foiz miqdorida joriy moliyalashtirish |
||||||||||||
|
5 foiz miqdorida kafolat muddatidan soʻng toʻlanadigan mablagʻ |
||||||||||||
|
Izoh. Jadvaldagi avans mablagʻlaridan tashqari oyma-oy taqsimlanadigan moliyaviy mablagʻlar miqdori ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq taqsimlanadi. Bunda agar, tender predmeti boʻyicha ishlarni yakunlash muddati bir kalendar yildan oshgan taqdirda, ushbu moliyalashtirish jadvali faqat birinchi yilda bajariladigan ishlar qiymatidan kelib chiqib taqsimlanadi. | ||||||||||||
|
Tashkilot rahbarining imzosi: Tuzilgan sanasi: 20__ yil “___” ____________” | ||||||||||||
2-ILOVA
1-ILOVA
Subyektlar | Amalga oshiriladigan tadbirlar | Muddatlar | ||||
1-bosqich | Davlat buyurtmachisi | 1. Moliya vazirligining Gʻaznachiligi tizimida roʻyxatdan oʻtadi. | Belgilangan muddatda | |||
2-bosqich | Davlat buyurtmachisi | 1. Elektron platformada roʻyxatdan oʻtadi. 2. Tender predmetining nomi va gʻaznachilik tizimidagi shaxsiy gʻazna hisobvaragʻini kiritadi. | 30 daqiqa | |||
3-bosqich | Davlat buyurtmachisi | 1. Platformada tender tashkilotchisini tanlaydi hamda xizmat koʻrsatish shartnomasini imzolaydi. 2. Elektron tender hujjatlarini tender tashkilotchisiga taqdim etadi. | 2 ish kuni | |||
4-bosqich | Tender tashkilotchisi | 1. Elektron platformada roʻyxatdan oʻtadi. 2. Elektron tender hujjatlarining toʻliqligi va toʻgʻriligini oʻrganib chiqadi. 3. Platformaga tender predmeti toʻgʻrisidagi eʼlonni joylashtiradi. | 3 ish kuni mobaynida | |||
5-bosqich | Talabgor | 1. Elektron platformada roʻyxatdan oʻtadi. 2. Eʼlonga muvofiq loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqiladigan qurilish, rekonstruksiya va mukammal taʼmirlanadigan obyekt joylashgan hududga (joyning oʻziga) chiqqan holda joyni oʻrganib chiqadi. 3. 24 soat davomida xabardor qilish imkonini beradigan mobil telefon raqami va elektron manzilni platformaga kiritadi hamda shaxsiy kabinetini ochadi. | 10 ish kuni mobaynida | |||
6-bosqich | Oferent | Shaxsiy kabineti orqali xarid predmeti boʻyicha tenderda qatnashish uchun platformaga STIR xos raqamini kiritadi. | 5 daqiqa ichida | |||
7-bosqich | Platforma | Kiritilgan oferentning STIR boʻyicha platforma vazirlik, tashkilot va tizimlarning maʼlumotlar bazasidan avtomatik tarzda quyidagilarni: a) “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimidan loyiha-qidiruv tashkilotlari elektron reytingida mavjudligi hamda xarid predmetining qiymati va xavf-xatar toifasiga mosligini; b) Soliq qoʻmitasining elektron maʼlumotlar bazasidan soliqlardan muddati oʻtgan qarzdorligining mavjud emasligini hamda joriy yil uchun moliyaviy majburiyatlari hajmi oferent tomonidan soʻnggi uch yillik hisobot davrining bir yilida bajarilgan eng yirik ishlar hajmini 2 baravardan oshmaganligini; v) Markaziy bankning elektron maʼlumotlar bazasidan oferentning xizmat koʻrsatuvchi bankdagi asosiy va ikkilamchi bank hisobraqamida 2-son kartoteka qarzdorligi hamda bank kreditlari boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorligi mavjud emasligini; g) Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining elektron maʼlumotlar bazasidan oferentning oʻz balansidagi asosiy fondlariga va mulkiga taqiq qoʻyilmaganligini; d) Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining elektron maʼlumotlar bazasidan platformada oʻz taklifini biriktirgan oferentlar va davlat buyurtmachisi oʻrtasida affillanganlik xususiyati mavjud emasligini; e) ushbu bosqichdan ijobiy natijalar bilan oʻtgan oferentlar Nizomga 3 — 5 ilovalarni toʻldirgan holda platformaga yuklaydi. Platforma tizimda yuklangan QQS bilan taklif narxining QQS bilan boshlangʻich narxidan baland va ushbu Nizom 9-bandining “d” kichik bandiga muvofiq 95, 90, 80 va 75 foizidan past emasligini, shuningdek, taklif etilgan qurilish muddati obyekt boʻyicha belgilangan qurilish muddatidan kam yoki koʻp emasligini; j) platformaning oʻz tizimidan obyektning QQS bilan boshlangʻich narxidan 2 foizdan ortiq boʻlmagan tender taklifini taʼminlash kafolati operator tomonidan ochilgan hisobraqamga pul oʻtkazish yoʻli orqali amalga oshirilganligini tekshiradi. | 10 daqiqa ichida | |||
8-bosqich | Platforma | 1. Oferentlar takliflarini tegishli formula yordamida avtomatik ravishda baholaydi. 2. Gʻolib va zaxiradagi gʻolib tashkilotlarni aniqlaydi. | 2 ish kuni ichida | |||
9-bosqich | Platforma | Baholash natijalari boʻyicha elektron hisobotni shakllantiradi va ochiq koʻrinishda joylashtiradi. | 5 daqiqa | |||
10-bosqich | Platforma | Elektron tenderda gʻolib boʻlgan loyiha-qidiruv tashkilotiga aksept yuboradi. | 10 daqiqa | |||
11-bosqich | Gʻolib loyiha tashkiloti | Akseptni tasdiqlaydi, 1 ish kunidan keyin tender predmeti boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish shartnomasi avtomatik ravishda elektron imzolangan hisoblanadi. Agar aksept yuborilgan kundan boshlab 1 ish kuni ichida gʻolib tashkilot tomonidan tasdiqlanmasa, aksept zaxiradagi gʻolibga yuboriladi va zaxiradagi gʻolibga qoʻshimcha 1 ish kuni ichida akseptni tasdiqlashga muddat beriladi. | 1 ish kuni ichida | |||
12-bosqich | Davlat buyurtmachisi | Aksept tasdiqlanishi natijasida avtomatik ravishda elektron imzolangan loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish shartnomasi boʻyicha belgilangan tartibda birinchi avansni moliyalashtirilishini taʼminlaydi. | loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish shartnomasi shartlari asosida | |||
13-bosqich | Platforma | Obyektning boshlangʻich QQS bilan narxidan 2 foizdan ortiq boʻlmagan tender taklifini taʼminlash kafolati summasini gʻolib va zaxiradagi gʻolib tashkilotlar va oferentlarning bank hisobraqamiga bank xarajatlari hamda gʻolib/zaxira gʻolibining (aksept tasdiqlangan taqdirda) kafolat summasidan tanlov tashkilotchisi xarajatlarini avtomatik toʻlash uchun tegishli summa ushlangan holda avtomatik ravishda qaytariladi. | 1 ish kuni mobaynida |
2-ILOVA
|
“TASDIQLAYMAN” Buyurtmachi tashkilot rahbari |
||
|
Foydalanuvchi vazirlik va idoralar rahbarlari (F.I.O.) |
____________________________ ____________________________ ____________________________ |
|
|
____________________________ 20___ y. “___” _______________ |
____________________________ 20___ y. “___” _______________ |
|
|
__________________________________________________________________________________________________________________________________ __________________________________________________________________________________________________________________________________ ______________________________________________________________________________________________________________________ obyektining |
||
|
(obyekt nomi, manzili) |
||
|
Loyiha hujjatlarini ishlab chiqish uchun |
||
|
TOPSHIRIQ |
||
|
T/r |
Asosiy maʼlumotlar va talablar nomi |
Asosiy maʼlumotlar va talablar mazmuni |
|
1. |
Obyektning nomi. |
Obyektning nomi toʻliq kiritiladi (qisqartmalarsiz). |
|
2. |
Qurilish joyi. |
Obyektning yuridik manzili (shahar, tuman. koʻcha) |
|
3. |
Buyurtmachi. |
Buyurtmachining nomi va uning rekviziti, manzili, telefon raqamlari, elektron pochta manzili, masʼul shaxs. |
|
4. |
Ishlab chiqish uchun asoslar. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni, qarori, farmoyishi. Vazirlar Mahkamasi qarori, farmoyishi. |
|
5. |
Loyiha bosqichi. |
Namunaviy loyiha (NR raqami, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi buyrugʻi asosida texnik kengash bayoni) |
|
6. |
Qurilish turi. |
Yangi qurilish, qayta qurish (zamonaviylashtirish, kengaytirish, texnik qayta jihozlash bilan bogʻliq). |
|
7. |
Obyektning loyihaviy quvvati. |
Binoning: maktabda (oʻquvchi soni); maktabgacha taʼlim muassasasida (tarbiyalanuvchilar soni); tibbiyot muassasasida (shifoxonada — toʻshak oʻrinlari; poliklinika — kunlik qatnovchilar soni); turar-joy binolarida (xonadon soni) va boshqalar. |
|
8. |
Moliyalashtirish manbai. |
Respublika budjeti va ularga tenglashtirilgan, davlat tomonidan kafolatlangan kreditlar, xususiy mablagʻlar, homiylar va grant quyilmalari mablagʻlari, toʻplangan mablagʻlar va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar. |
|
9. |
Qurilishning taxminiy bahosi (mln soʻm). |
Oʻxshash obyektlar yoki yiriklashtirilgan koʻrsatkichlar asosida aniqlanadigan qurilishni umumiy qiymati. |
|
10. |
Obyektning asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari, unumdorligi, ishlab chiqarish dasturi, shuningdek, turar joy yoki umumi� binolar. |
Loyihalashtirish jarayonida olinishi zarur boʻlgan loyihalashtirish obyektini toʻliq tasnifi, uni asosiy sifati. |
|
11. |
Umumiy xizmat koʻrsatish korxonalari orasida qurilgan turar joy uylarni vazifasi va turi, ularning quvvati, sigʻimi, qabul qilish qobiliyati, tarkibi va xonalar maydoni, qurilish hajmi. |
Ushbu shartlar turar joy binolari uchun koʻrsatiladi. Loyihalashtirish obyekti tarkibida shunday obyektlar boʻlgan holatlarda toʻldiriladi. Loyihalashning barcha koʻrsatkichlari nazarda tutiladi. |
|
12. |
Mahsulotlarning raqobatbardoshlik sifatiga va ekologik parametrlariga talablar. Korxonaning texnologiyasi va rejimiga boʻlgan talablar. |
Ishlab chiqarish texnologiyasi boʻyicha talablarni koʻrsatish-texnologik topshiriq, ishlab chiqarish texnologiyasini batafsil tariflash, texnologik asbob-uskunalar taʼsiridan hosil boʻladigan yuklamalar, talab qilingan maydonlar, texnologik uskunalarning oʻziga xos shartlari, ishlab chiqarish jarayoni va shu kabilarni taʼriflash va boshqalar. Texnologik topshiriq tayyorlanishining muhimligiga alohida eʼtibor qaratish,uning sifati loyihalashtirish obyektini funksionalliligi va buyurtmachi ehtiyoji uchun kerakliligiga bogʻliq. Koʻplab yirik tashkilotlar, ayniqsa, tarmoqli kompaniyalar texnologik jarayonlar talablarini toʻla tavsiflash lozim. |
|
13. |
Obyektni texnologik jihozlash. |
Buyurtmachi tomonidan taqdim etiladi. |
|
14. |
Arxitektura-qurilish, hajmli-rejalashtirish va konstruktiv yechimlar, blokirovkalash shartlari, binolarni pardozlashga talablar. |
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining (mc.uz/namunaviy-loyihalar-11/) rasmiy-veb saytiga joylashtirilgan obyektlarning namunaviy loyihalariga qoʻllanilgan loyihaviy yechimlardan, tugunlardan foydalanish. Binolar, xonalar va ularning maydonlarini joylashishi boʻyicha tavsiyalar keltiriladi. Binolarda qurilish materiallarini ularning alohida konstruksiyalarini qoʻllash boʻyicha tavsiyalar beriladi. |
|
15. |
Xonalar tarkibi, foydalanish maqsadi. |
Buxgalteriya — aniq mutaxassisligi boʻyicha ishchi oʻrni. |
|
16. |
Xodimlarni aniq mutaxassisligi boʻyicha xonalarga taqsimlanishi. |
1 odam uchun moʻljallangan maydon (m kv). |
|
17. |
Bino qavatlarining balandligi. |
Tasdiqlangan meʼyor boʻyicha. |
|
18. |
Yertoʻladan foydalanish maqsadi. |
Yertoʻla va yarim yertoʻlalarning maydoni, balandligi va foydalanish maqsadi koʻrsatiladi. |
|
19. |
Pol qoplamalarining materiallari (aniq koʻrsatilishi shart). |
Pol qoplamalarini toʻliq qatlam xom ashyosini ketma-ketligini koʻrsatib oʻtiladi. |
|
20. |
Shiftlarni pardozlash turlari. |
Normativ hujjatlarga asoslanib (sanitariya va yongʻin xavfsizligi meʼyorlarini hisobga olgan holda). |
|
21. |
Tashqi devorning issiqlik himoyasi. |
Energiya tejamkor materiallardan foydalanish. |
|
22. |
Derazaga boʻlgan talab. |
“Yogʻochsozlik materiallari katalogi” — 90 (KSI-90); SHNQ 2.01.02-04 “Binolar va inshootlarning yongin xavfsizligi”; SHNQ 2.08.01-05 “Turar-joy binolari”; SHNQ 2.08.02-09 “Jamoat binolari va inshootlari” talablaridan chiqmagan holda; Darchasiz ogʻma derazalar oʻrnatish koʻzda tutiladi. |
|
23. |
Eshikka boʻlgan talab. |
“Yogʻochsozlik materiallari katalogi” — 90 (KSI-90); SHNQ 2.01.02-04 “Binolar va inshootlarning yongin xavfsizligi”; SHNQ 2.08.01-05 “Turar-joy binolari”; SHNQ 2.08.02-09 “Jamoat binolari va inshootlari” talablaridan chiqmagan holda; eshiklar ostonasiz oʻrnatilishi koʻzda tutiladi. |
|
24. |
Liftning oʻlchami va quvvati. |
SHNQ 2.08.01-2019-yilgi “Turar-joy binolari” 13-ilovaga muvofiq (majburiy). |
|
25. |
Tom qismining turi. |
Meʼmoriy yechimidan kelib chiqqan holda namunaviy tugunlardan foydalanish. |
|
26. |
Tashqi fasad materiali va rang namunasi. |
Qurilish boshqarmasi va tegishli tashkilotlar bilan kelishilgan holda. |
|
27. |
Hovli devorlari boʻyicha talablar. |
Kam xarajatli, ixcham va meʼyor doirasida namunaviy tugunlarda�� foydalanish. |
|
28. |
Obodonlashtirish va kichik arxitektura shakllariga talablar. |
Tutash maydonlarni, daraxtlar oʻtkazish, shoxobcha yoʻllarni, piyodalar yoʻlakchalari yotqizish, avtoturargoxlar, bolalar oʻyin maydonchalarini obodonlashtirish, irrigatsiya tizimlarini oʻrnatish va boshqarish boʻyicha talablarning taʼrifi hududlarning tasdiqlangan batafsil rejalashtirish loyihasiga (PDP) asosan bayon etiladi. Namunaviy yechimlar ishlab chiqish talab etiladi. |
|
29. |
Obodonlashtirishdagi ish turlari va daraxtlar soni. |
Daraxtlarning iqlimga va hududga mosligi, suvsizlikka chidamliligi, koʻp yillikligi. Bino va inshootlarni joylashtirishda mavjud daraxtlarga zarar yetkazmagan holda loyihalash. Namunaviy yechimlar ishlab chiqish talab etiladi. |
|
30. |
Piyoda yoʻlaklarining oʻlchovlari va turlari. |
Sifatli, kam xarj, ixcham va arzon materiallarni qoʻllash. SHNQ 2.05.02-07 “Avtomobil yoʻllari” 4.41-bandi 22-jadvalga asosan. Namunaviy yechimlar ishlab chiqish talab etiladi. |
|
31. |
Konstruktiv yechimlarga, yuk koʻtarib turuvchi va tashqi himoya konstruksiyalarga va ularning materiallarga qoʻyiladigan asosiy talablar. |
Devorlar, qoplamalar (tomlar), bostirmalar, fermalar, toʻsinlar va shu kabi boshqa talablarni toʻliq koʻrsatish. Yuk koʻtarib turuvchi va tashqi himoya konstruksiyalarga va ularning materiallariga qoʻyiladigan asosiy talablarni yoritish. Zilzilabardoshlik boʻyicha talablar (texnik pasport). |
|
32. |
Muhandislik va texnologik asbob-uskunalarga, texnologik jihozlarga qoʻyiladigan talablar. Texnologik asbob-uskunalarning roʻyxati. |
Isitish, sovitish, ventilyatsiya, ichimlik suvi, kanalizatsiya, elektr tarmoqlari va texnologik asbob-uskunalar tavsifi va ularni qoʻllash boʻyicha koʻrsatmalar berish. Sensorli yoritish vositalaridan foydalanish. Dastgohlarning aniqligi va tayyorlanishi boʻyicha klassi, shuningdek, ularning bajarilish sifati va bardoshliligi talablari. |
|
33. |
Quyosh batareyalari va quyoshli suv isitish kollektorlarining quvvatlari. |
SHNQ 2.04.16-18 “Quyoshli issiq suv taʼminoti qurilmalari” talablariga asosan ishlab chiqilganligi. |
|
34. |
Issiqlik taʼminoti. |
QMQ 2.04.07-99 “Issiqlik tarmoqlari” talablariga asosan ishlab chiqilganligi. Texnik xulosalarni taqdim etish. |
|
35. |
Avtomatlashtirish, TJ BAT va boshqaruvni markazlashtirish boʻyicha asosiy talablar. |
Avtomatlashtirish, TJ BAT va boshqaruvni markazlashtirish tizimlari boʻyicha tavsifi va qoʻllanilishi boʻyicha koʻrsatmalar berish. Jihozlar roʻyxati. |
|
36. |
Mehnat gigiyenasi va xavfsizlik rejimi talablari. |
Loyiha hujjatlari tarkibida “Ishchilar mehnatini tashkil etish va sharoitlar” boʻlimi ishlab chiqilgan hollarda ushbu boʻlimga talablar koʻrsatilsin. Sanoat obyektlari uchun qoʻllaniladi. |
|
37. |
Loyihalashtirish uchun buyurtmachi tomonidan taqdim etiladigan dastlabki maʼlumotlar tarkibi. |
Loyihalashtirish uchun buyurtmachi tomonidan taqdim etiladigan dastlabki maʼlumotlar tarkibi keltiriladi. Loyiha-qidiruv tashkiloti bilan kelishilgan holda, ularning oʻzlari tomonidan yigʻiladigan dastlabki maʼlumotlar (hujjatlar) roʻyxati bayon etiladi. SHNQ-1.03.01-16ga muvofiq injener-geologik va topografik materiallar buyurtmachi tomonidan taqdim etiladi. Topografik xaritada mavjud bino va inshootlar hamda yer osti va yer usti tarmoqlari koʻrsatilishi talab etiladi. |
|
38. |
Atrof muhitni muhofaza qilish va saqlash boʻyicha talablar. |
Amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar talablari asosida Atrof muhitga taʼsiri bayonoti (AMTB) loyihasi ixtisoslashtirilgan tashkilot bilan alohida shartnoma asosida buyurtmachi tomonidan tayyorlanadi. Talab etilgan holatlarda ekologik toza qurilish materiallaridan foydalanish, yashil qurilish elementlarini qoʻllash yoki tashqi energiya resurslarning isteʼmolisiz (kamaytirilgan) talablar va shartlar qoʻllanishi zarurati koʻrsatiladi. |
|
39. |
Smeta hujjatlarini tuzish usuliga talablar. |
Qurilish materiallari va mehnat resurslari, shuningdek, mashina-mexanizmlarni hisoblash boʻyicha tuziladigan smetalar tarkibiga quyiladigan talablar aks ettiriladi. Narxlar joriy qiymatlarda, SHNQ 4.01.16-09 “Qurilish bahosini shartnomaviy joriy narxlarda aniqlash qoidalari” talablari asosida belgilanadi. Qurilishning joriy narxlardagi dastlabki qiymati buyurtmachi tomonidan shakllantiriladi yoki uning topshirigʻiga asosan loyiha tashkiloti tomonidan aniqlanadi. |
|
40. |
Loyihalashtirilayotgan obyekt tarkibi. |
Barpo etilayotgan obyektning butun asosiy hamda yordamchi bino va inshootlari roʻyxati koʻrsatiladi. |
|
41. |
Qabul qilinadigan loyiha yechimlarida Energiya samaradorlikni taʼminlash boʻyicha talablar. |
Loyiha hujjatlarini ishlab chiqishda 2-darajali energiya samaradorlikni taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlarni nazarda tutish va obyektlar energiya resurslarini oʻlchash moslamalari bilan jihozlanishi boʻyicha talablar majburiydir. Bino va iishootlarda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish talablari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-sentabrdagi PF-220-son Farmoni talablariga muvofiq amalga oshiriladi. |
|
42. |
Favqulodda vaziyatlarda ogohlantirish va fuqaro muhofazasi boʻyicha ishlab chiqiladigan texnik-muhandislik chora-tadbirlarga qoʻyiladigan talablar. |
Agar obyekt favqulodda vaziyat boʻyicha toifalangan boʻlsa, FVV boʻyicha texnik shartlarga dalil keltiriladi xamda ushbu boʻlimni ishlab chiqishni zarurligi toʻgʻrisida koʻrsatma beriladi. |
|
43. |
Sanoat xavfsizligi boʻyicha texnik-muhandislik chora-tadbirlarni ishlab chiqish boʻyicha talablar. |
“Sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni talablariga muvofiq koʻrsatiladi yoki amaldagi normativ-huquqiy va shaharsozlik hujjatlariga muvofiq bayon etiladi. |
|
44. |
Aholining nogironligi �oʻlgan va kam harakatlanuvchi guruhlari hayoti va faoliyati sharoitlarini taʼminlash boʻyicha talablar. |
SHNQ 2.07.02 talablarida koʻrsatilmagan, nogironligi boʻlgan shaxslarning va harakatlanishi cheklangan insonlar obyektga kirish-chiqishlarini taʼminlash va binoda boʻlishlari vaqtida harakatlanishi boʻyicha yaratiladigan sharoitlar boʻyicha qoʻshimcha talablarni koʻrsatish. |
|
45. |
Yonginga qarshi kurash va xavfsizlik boʻlimini ishlab chiqish boʻyicha talablar. |
Boʻlim normativ-huquqiy hujjatlar talablari asosida ishlab chiqiladi. Zarur hollarda ushbu boʻlimni ishlab chiqish uchun boʻyicha qoʻshimcha talablar va yonginga qarshi kurash moslamalari va avtomatikasi turlari koʻrsatib oʻtilsin. FVVning Yongin xavfsizlik boshqarmasi bilan kelishilishi talab etiladi. |
|
46. |
Koʻrgazmali materiallarni tayyorlash boʻyicha talablar. |
Zarur hollarda, obyekt maketi, 3D-taqdimot, namoyish albomlarini tayyorlash zarurligi, shuningdek, taqdimot materiallariga talablarni koʻrsatish (slayd, video rolik va boshqalar) va ularning oʻlchamlari koʻrsatiladi. Bunday materiallarni Arxitektura-shaharsozlik kengashida hamda mutasaddi idoralar va tashkilotlar bilan kelishish holati va zarurligi yoritiladi. |
|
47. |
Korxonaning ishlash rejimi. |
Obyektning yil davomida ishlashi yuklanganligi va korxonaning ish smenaligi koʻrsatiladi. |
|
48. |
Ishlab chiqarish kooperatsiyasi. Korxona infratuzilmasi. |
Korxonaning sheriklar va hamkorlar bilan birgalikdagi ishlashi, shuningdek, uni infratuzilmasi tarkibi koʻrsatiladi |
|
49. |
Tashqi transport aloqalari va taʼminot sxemasi. |
Xom ashyo, materiallar, asbob-uskunalarni korxonaga olib kelish va undan olib ketishni tashkil etish sxemasi koʻrsatiladi. |
|
50. |
Qurilish moʻljallangan muddatlar (yil). |
Qurilishning boshlanish va tugatilish muddatlari koʻrsatiladi (hisobiy yoki koʻrsatma boʻyicha). |
|
51. |
Loyihalashtirish va qurilishni oʻziga xos shartlari. |
Loyihalashtirishni qiyinlashtiruvchi shart-sharoitlar (qurilish maydonining torligi va qiyinchiligi, obyektni tarixiy qurilish zonasida joylashtirish, madaniy meros obyektlari mavjudligi, daraxtlar mavjudligi, qurilish obyektining noyobligi, loyihalashtirish va qurilishni ishlayotgan korxona sharoitida amalga oshirish, qurilishni iqlimi sharoitlari ogʻir, togʻli, yetib borish qiyin boʻlgan hududlarda amalga oshirish va boshqalar yoritiladi. Obyektning murakkablik toifasi koʻrsatiladi. |
|
52. |
Loyiha hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish (loyiha tashkiloti tomonidan yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni bartaraf etishni hisobga olmaganda). |
Loyiha hujjatlariga oʻzgartirish kiritish alohida imzolangan shartnoma va loyihalash uchun topshiriq asosida amalga oshiriladi. Topshiriqda loyiha hujjatlariga kiritiladigan oʻzgartirishlar bayon etiladi. |
|
53. |
Metall konstruksiyalarning va korxona sharoitida ishlab chiqariladigan muhandislik tarmoqlarining detallashtirilgan (KMD) chizmalarini ishlab chiqish. |
Ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan yoki buyurtmachining talabi asosida qoʻshimcha toʻlov evaziga loyiha tashkiloti tomonidan ishlab chiqiladi. Topshiriqda bunday hujjatlar ishlab chiqarilishi zarurati koʻrsatiladi. |
|
54. |
Qurilishni tashkil etish loyihasini (QTEL) ishlab chiqish. |
Qurilishni tashkil etish loyihasi (QTEL) — toʻliq hajmda SHNQ 3.01.01-03 ga muvofiq ishlab chiqiladi. |
|
55. |
Qurilishning (qurilish-montaj ishlari) ishlab chiqarish loyihasini (QICHL) tayyorlash, qurilish tashkilotlarining ehtiyojlari uchun vaqtincha bino va inshootlar qurilishi uchun loyiha hujjatlarini ishlab chiqishga talablar . |
Bunday hujjatlar alohida shartnoma shartlari asosida tayyorlanadi. Topshiriqda bunday hujjatlarni ishlab chiqish zarurati koʻrsatiladi. |
|
56. |
Qurilishda mualliflik nazorati. |
Mualliflik nazoratini olib borish tartibi talablaridan kelib chiqqan holda shartlar kiritiladi. Loyiha tashkiloti tomonidan mualliflik nazoratini olib boruvchi mutaxassislarni biriktirish, ularni turar joy va xizmat xonalari, zarur jihozlar va asbob-uskunalar, ovqatlanishi hamda ish joyidan qurilish maydonigacha transport vositalari bilan taʼminlash talablari bayon etiladi. Mualliflik nazoratini olib borish uchun oʻzaro hisob-kitoblar va xarajatlarni qoplash shartlari koʻrsatiladi. |
|
57. |
Korxonaning istiqboldagi kengayishi, foydalanishga topshirish navbatlari va qabul qilish komplekslarini koʻrsatish. |
Korxonaning istiqboldagi kengayishi boʻyicha chora-tadbirlar, foydalanishga topshirish navbatlari va qabul qilish komplekslarga boʻlish shartlari koʻrsatiladi. |
|
58. |
Loyiha-smeta hujjatlarini kelishish boʻyicha talablar. |
Loyiha-smeta hujjatlarining boʻlimlarini kelishish zarur boʻlgan mutasaddi idoralar va xizmatlarning toʻliq roʻyxati koʻrsatiladi. Buyurtmachi va loyihachining ishtiroki darajasi bayon etiladi. |
|
59. |
Taqdim etiladigan loyiha-smeta hujjatlarining nusxalari soni, boʻlimlarining tarkibi va mazmuniga boʻlgan talablar. |
Ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlari ekspertizaga taqdim etish uchun buyurtmachiga bir nusxada (qogʻoz yoki elektron shaklda) taqdim etiladi. Toʻgʻrilangan hujjatlarning buyurtmachiga taqdim etiladigan nusxalari soni ushbu SHNK-1.03.01-16 ning 13.7 bandi talablariga mos ravishda boʻlishi shart. Buyurtmachi tomonidan qoʻshimcha nusxalar olish boʻyicha, loyiha tashkiloti bilan kelishgan holda, shartlar qoʻyilishi mumkin (shu jumladan, ularning elektron nusxalari). Bunda elektron hujjatlarning formatlari va ularni tashish vositalari ham kelishib olinadi. |
|
60. |
Qoʻshimcha talablar. |
Buyurtmachi tomonidan loyiha tashkilotiga yuklanadigan hamda uning malakasi va tajribasiga qoʻyiladigan qoʻshimcha talablar kiritiladi. |
|
Buyurtmachi: ______________ Kelishildi: ______________ |
||
|
Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish topshirigʻiga buyurtmachi tomonidan ilova etiladigan hujjatlar ROʻYXATI |
||
|
1. Yangidan qurish rejalashtirilgan obyekt uchun yer maydonini ajratish toʻgʻrisidagi qaror (Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qaroriga muvofiq davlat organlari, muassasalari, korxonalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga doimiy foydalanish huquqi asosida ajratiladi). 2. Topografik maʼlumotlar (obyektni mavjud muhandislik tarmoqlariga ulanish joylari koʻrsatilgan holda vaziyatli reja hamda muhandislik-geologiyasi, gidrogeologiya materiallari). 3. Arxitektura-rejalashtirish topshirigʻi. 4. Obyektni joylashtirish rejalashtirilgan hudud boʻyicha epidemiologik va ekologik xulosa (shu jumladan, qurilish maydonchasida saqlab qolinishi lozim boʻlgan dov-daraxtlar boʻyicha xulosa), madaniy meros va tarixiy obidalar muhofaza hududida emasligi toʻgʻrisida xulosa. 5. Qurilish rejalashtirilgan hududda buziladigan bino va inshootlarni buzish yoki oʻrnini qoplash xususiyati haqida mahalliy hokimiyat idoralari yoki buyurtmachi xizmat kafolatlari. 6. Qurilishni tashkillashtirish loyihasini tuzish uchun dastlabki maʼlumotlar. Izoh. Ushbu Nizomga 2-ilova hamda loyiha-smeta hujjatl�rini ishlab chiqish topshirigʻiga buyurtmachi tomonidan ilova qilinadigan hujjatlar tarkibiga qurilish vazirining buyrugʻi bilan oʻzgartirish kiritish mumkin.” |
||
3-ILOVA
| (oferent nomi) |
| TENDER PREDMETI BOʻYICHA ISHLARII BAJARISHGA NARX TAKLIFI |
| (tender predmetining nomi) |
| 1. Biz, oferent sifatida quyida imzo chekuvchilar: |
| tender predmeti boʻyicha eʼlonda biriktirilgan maʼlumotlar asosida tender predmeti joylashgan manzilga chiqib oʻrganganimizni; |
| akseptni tasdiqlashimiz natijasida loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish shartnomasi avtomatik elektron imzolanishidan hamda imzolangandan soʻng obyektning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishdan bosh tortganimizda, bosh tortgan kunimizdan boshlab 24 oy davomida elektron tenderga avtomatik ravishda qoʻyilmasligimiz toʻgʻrisida xabardorligimizni; |
| elektron tender shartlariga va loyihalashtirish topshirigʻiga muvofiq tasdiqlangan aksept natijasida avtomatik ravishda elektron imzolangan loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish toʻgʻrisidagi shartnomamizga asosan barcha ishlarni ____________ soʻm (QQSni hisobga olgan holda) sifatli bajarishimizni tasdiqlaymiz. |
| 2. Akseptni tasdiqlashimiz natijasida avtomatik ravishda elektron imzolangan loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish shartnomasida nazarda tutilgan kundan eʼtiboran ishlarni boshlash hamda _________ kun ichida loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va buyurtmachiga topshirish majburiyatini olamiz. |
| 3. Bizning taklifimiz tender takliflarini baholash kunidan boshlab 60 kalendar kun mobaynida haqiqiy hisoblanadi. |
| 4. Akseptni tasdiqlashimiz bilan loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish shartnomasi biz tomondan elektron imzolangan hisoblanadi va ushbu shartnoma boʻyicha majburiyatlarni toʻliq oʻz zimmamizga olamiz. |
| 5. Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish jarayonida jalb qilingan barcha, shu jumladan, yollanma ishchilarning ijtimoiy himoyasi va xavfsizligini taʼminlaymiz. |
| 6. Buyurtmachi bilan oʻzaro hisob-kitoblarni birinchi moliya yili mobaynida oʻzgartirilmaydigan shartnomaviy narxda amalga oshirish majburiyatini olamiz. |
| Tashkilot rahbarining imzosi: |
| Tuzilgan sanasi: 20___ yil “___” ___________” |
4-ILOVA
|
| ||||
|
Obyektning nomi: “___________________________________________________” | ||||
|
| ||||
|
Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va moliyalashtirish KALENDAR ISH JADVALI | ||||
|
| ||||
|
T/r |
Ishning nomlanishi |
Ishning muddati (boshlanishi va yakunlanishi) |
Ishning narx qiymati (soʻm) va moliyalashtirish sanasi | |
|
1. |
|
Boshlanishi: Yakunlanishi: |
| |
|
|
|
|
| |
|
|
|
|
| |
|
| ||||
|
Jami: QQS bilan ______________ (____________________). | ||||
|
| ||||
|
Buyurtmachi: |
Bosh loyihachi: | |||
|
“____________________” |
“____________________” | |||
|
|
| |||
|
Direktor ______________ |
Direktor ______________ | |||
5-ILOVA
|
| |||||
|
Obyektning nomi: “________________________________________” | |||||
|
| |||||
|
Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish boʻyicha SMETA HISOBI | |||||
|
| |||||
|
T/r |
Ish turlari |
Asos |
|
Narxning kelib chiqishi |
Qiymat (ming soʻm) |
|
1. |
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Jami QQSii hisobga olmaganda: |
|
|
|
|
|
|
Jami QQS bilan: |
|
|
|
|
|
| |||||
|
Jami: KKS bilan _______________ (______________________), | |||||
|
| |||||
|
Direktor __________________ | |||||
|
Loyihaning bosh muhandisi ___________________. | |||||