Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirining
buyrugʻi
Umumiy oʻrta taʼlim muassasasining kuzatuv kengashi haqidagi namunaviy nizomga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 27-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3118-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi PF-6108-son “Oʻzbekistonning yangi taraqqiyot davrida taʼlim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining 2018-yil 26-dekabrdagi 16-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3118, 2019-yil 11-yanvar) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2019-y., 10/19/3118/2468-son) bilan tasdiqlangan Umumiy oʻrta taʼlim muassasasining kuzatuv kengashi haqidagi namunaviy nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir B. SAIDOV
Toshkent sh.,
2021-yil 27-dekabr,
39-mh-son
Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining 2021-yil 27-dekabrdagi 39-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Umumiy oʻrta taʼlim muassasasining kuzatuv kengashi haqidagi namunaviy nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 3-bandda:
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar deb hisoblansin.
2. 5-bandda:
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
uchinchi — sakkizinchi xatboshilar tegishli ravishda ikkinchi — yettinchi xatboshilar deb hisoblansin.
3. 12-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi yoki hududiy boshqarmalariga” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi yoki Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, viloyat xalq taʼlimi boshqarmalari, Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasiga (bundan buyon matnda hududiy boshqarmalar deb yuritiladi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. 27-bandda:
ikkinchi va uchinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi — oltinchi xatboshilar tegishli ravishda ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilar deb hisoblansin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.01.2022-y., 10/22/3118-1/0074-son)