1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.02.00 Ta’lim tizimini boshqarish]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ta’lim]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
So‘nggi yillarda mamlakatda ta’lim-tarbiya tizimining sifati va samaradorligini oshirish, bog‘cha tarbiyalanuvchilari, o‘quvchi va talaba yoshlarda zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish, ta’lim tizimlari hamda ilm-fan sohasi o‘rtasida yaqin hamkorlik va integratsiyani, ta’limning uzviyligi va uzluksizligini ta’minlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, milliy ta’lim-tarbiya tizimining amaldagi holati uni zamon talablari asosida modernizatsiya qilish, yoshlarni yuksak bilim-ma’rifat egalari, jismoniy va ma’naviy sog‘lom insonlar etib tarbiyalash, ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog xodimlari nufuzini oshirish, ularning samarali faoliyat yuritishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha izchil chora-tadbirlarni amalga oshirishni talab etmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimiz ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini takomillashtirish, jamiyatimizda o‘qituvchi va pedagog xodimlar, ilmiy va ijodkor ziyolilarga bo‘lgan hurmat-e’tiborni yanada oshirish, o‘quvchilarning kasbiy mahoratini rivojlantirish, tizimda xususiy sektor ishtirokini kengaytirish maqsadida:
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari;
2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.04.00 Davlat ta’lim standartlari va talablari;
3.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.05.00 Davlat ta’lim muassasalari va tashkilotlari;
4.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.06.00 Nodavlat ta’lim tashkilotlari;
5.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.08.00 Ta’lim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
6.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.10.00 Pedagoglarning va ta’lim tashkilotlari boshqa xodimlarining huquqiy maqomi;
7.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.07.00 Ilmiy tadqiqotlar;
8.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.12.00 Innovatsiya. Innovatsion faoliyat. Innovatsion infratuzilma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini yanada rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakat taraqqiyoti uchun yangi tashabbus va g‘oyalar bilan maydonga chiqib, ularni amalga oshirishga qodir bo‘lgan, intellektual va ma’naviy salohiyati yuksak yangi avlod kadrlarini tayyorlash, ta’lim tashkilotlari bitiruvchilari zamonaviy kasb egalari bo‘lishlari uchun ularda zarur ko‘nikma va bilimlarni shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dunyo miqyosidagi bugungi keskin raqobatga bardosh bera oladigan milliy ta’lim tizimini yo‘lga qo‘yish, darslik va o‘quv qo‘llanmalarini zamon talablari asosida takomillashtirish, ularning yangi avlodini yaratish, o‘quv dasturlari va standartlarini optimallashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ta’lim-tarbiya muassasalarining rahbar xodimlari, pedagog va murabbiylari, professor-o‘qituvchilari va ilm-fan sohalari vakillarining jamiyatimizdagi o‘rni va maqomini oshirish, ularning mashaqqatli mehnatini munosib qadrlash va faoliyat samaradorligiga qarab moddiy rag‘batlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pedagog xodimlarning kasbiy mahorati va faoliyat samaradorligini muntazam oshirib borish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, malaka oshirish tizimini “hayot davomida o‘qish” tamoyili asosida takomillashtirib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-tadqiqot va ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha xususiy sektorning salmog‘ini kengaytirish, hududlarda nodavlat ta’lim tashkilotlarini tashkil etish orqali raqobat muhitini shakllantirish, ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan xolda ta’limni boshqarishni avtomatlashtirish va har tomonlama tahlil qilib borish tizimini yaratish, elektron resurslar va masofaviy ta’limni yanada rivojlantirish, ta’lim oluvchilar o‘rtasida IT-sohasidagi kasblarni ommalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilm-fanni iqtisodiyotning asosiy harakatlantiruvchi kuchiga aylantirish, ilmiy tadqiqotlar ko‘lamini kengaytirish, iqtidorli yosh olimlarning innovatsion faoliyatini rag‘batlantirish, mavjud ilmiy tashkilotlar salohiyatini yanada mustahkamlash va rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ta’lim tizimiga yuqori samarali xalqaro amaliyotni joriy etish, respublika ta’lim tashkilotlarini nufuzli xalqaro reytinglarga kiritish bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirish.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.11.00 Ilmiy va fan-texnika dasturlari va loyihalarini ekspertizadan o‘tkazish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Xalq ta’limi vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bilan birgalikda 2021-yil 1-martga qadar malakali pedagog, ilmiy xodimlar, psixolog va xorijiy ekspertlarni (shu jumladan, Finlyandiyaning malakali mutaxassislarini) jalb qilgan holda Milliy o‘quv dasturini (keyingi o‘rinlarda — Dastur) ishlab chiqsin va unda quyidagilarni nazarda tutsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tayanch o‘quv rejasini takomillashtirish hamda o‘zaro uzviy bog‘liq fanlarni birlashtirish hisobiga ularning sonini optimallashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘quvchilarni kelgusi hayotga tayyorlash va ularga o‘z bilim va ko‘nikmalaridan amaliyotda foydalanishni o‘rgatuvchi malaka talablarini sinflar kesimida ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fanlararo o‘zaro aloqadorlik va sinflar kesimida davriylikka to‘liq rioya qilgan holda o‘quv dasturlari o‘rtasida uzviylikni ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi avlod darsliklarini o‘qituvchining metodik qo‘llanmasi, o‘quvchining mashq daftari va multimedia ilovasi bilan birga kompleks tarzda yaratish va nashr etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘quvchilarning fan bo‘yicha egallagan bilimlari bilan bir qatorda savodxonlik, kompetensiya va shaxsiy sifatlarini baholash hamda kasblarga bo‘lgan qiziqishini aniqlash tizimini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2021-yil 1-mayga qadar Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi hamda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi bilan birgalikda Dasturning ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalarida ekspertizadan hamda keng jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazilishini ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda tayanch umumta’lim muassasalarini belgilasin hamda Dasturni 2021/2022 o‘quv yilida ularning ta’lim jarayoniga tajriba-sinov tariqasida joriy qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.06.00 Nodavlat ta’lim tashkilotlari;
2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.08.00 Ta’lim turlari / 13.01.08.02 Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim;
3.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.08.00 Ta’lim turlari / 13.01.08.04 Oliy ta’lim;
4.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.08.00 Ta’lim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 2021-yil 1-martdan boshlab pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalari hamda litsenziyaga ega nodavlat ta’lim tashkilotlariga umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida faoliyat ko‘rsatayotgan rahbar, mutaxassis va pedagog xodimlarning (keyingi o‘rinlarda — umumiy o‘rta ta’lim muassasalari xodimlari) malakasini oshirish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy o‘rta ta’lim muassasalari xodimlari o‘z ixtiyoriga ko‘ra Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazlarida, pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalarida yoki litsenziyaga ega nodavlat ta’lim tashkilotlarida malakasini oshirishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy ta’lim muassasalari va nodavlat ta’lim tashkilotlarining pedagog kadrlar malakasini oshirish bilan bog‘liq xarajatlari ushbu maqsadlar uchun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar hisobidan qoplanadi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 06/23/79/0302-son)
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.06.00 Kasaba uyushmalari;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.17.00 Attestatsiya (xodimlarni) (shuningdek, 13.02.04.00 va 13.01.16.00ga qarang);
3.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari;
4.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.08.00 Ta’lim turlari / 13.01.08.07 Maktabdan tashqari ta’lim]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilab qo‘yilsinki, 2021-yil 1-sentabrdan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari davlat ta’lim tashkilotlari pedagog xodimlarini (keyingi o‘rinlarda — pedagog xodimlar) attestatsiyadan o‘tkazish va ularga malaka toifasini berish bo‘yicha hujjatlarni qabul qilish Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining rasmiy veb-sayti orqali amalga oshiriladi;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 06/23/79/0302-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pedagog xodimlarga barcha malaka toifalarini berish, shuningdek, talabgorlarni attestatsiyadan o‘tkazish soddalashtirilgan tartibda amalga oshiriladi. Bunda, pedagog xodimlarning oliy ma’lumot yoki qayta tayyorlash kurslaridan o‘tganligi haqidagi diplomida ko‘rsatilgan tayyorlov, ta’lim yo‘nalishlari, mutaxassislik yoki ixtisosliklarga mos keladigan fanlardan imtihonlar tashkil qilinadi va axborot tizimlarini qo‘llagan holda ularning faoliyat samaradorligi baholanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pedagog xodimlarga malaka toifalarini berish bo‘yicha navbatdagi attestatsiyadan o‘tkazganlik uchun yig‘im undirilmaydi, navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘tkazganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yig‘im undiriladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.23.00 Mol-mulkni ishonchli boshqarish;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablag‘ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.08.00 Investitsiya bo‘yicha boshqa masalalar;
3.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.08.00 Yerga nisbatan mulk va boshqa huquqlar / 11.03.08.05 Yer uchastkasidan vaqtincha foydalanish huquqi;
4.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.01.00 Umumiy qoidalar;
5.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.06.00 Nodavlat ta’lim tashkilotlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Xalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligi hamda Davlat aktivlarini boshqarish agentligining umumta’lim muassasasini saqlash uchun Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar miqdorini kamaytirmagan holda Toshkent shahri, Toshkent viloyati, Nukus shahri va viloyatlar markazlaridagi navbatlilik koeffitsiyenti 0,7 dan past bo‘lgan umumta’lim muassasalarini tajriba-sinov tariqasida xususiy sektor vakillariga 5 yilga ishonchli boshqaruvga (keyinchalik uzaytirish huquqi bilan) berish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishonchli boshqaruvchi umumta’lim muassasasida ta’lim olayotgan hamda unga biriktirilgan mikrohudud o‘quvchilarini bepul o‘qitish, ularning raqobatbardoshligini ta’minlash, ta’lim sifatini oshirish, umumta’lim muassasasining ko‘rsatkichlarini yuqori darajaga olib chiqish, binolarini ta’mirlash, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, uni zamonaviy o‘quv jihozlari va laboratoriya uskunalari bilan ta’minlash bo‘yicha investitsiya majburiyatlarini oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishonchli boshqaruvchiga umumta’lim muassasasining bo‘sh turgan binolari va yer maydonlari nodavlat ta’lim, sport va madaniyat tashkilotlari (shu jumladan, to‘garaklar, seksiyalar, kurslar, markazlar) faoliyatini tashkil etish uchun ajratiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumta’lim muassasasining bo‘sh turgan binolari va yer maydonlarini ishonchli boshqaruvchiga ajratish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xalq ta’limi vazirining qabul qilgan qaroriga asosan amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.32.00 Malaka toifalari;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq to‘lash / 05.03.04.00 Ustamalar, qo‘shimcha to‘lovlar va koeffitsiyentlar;
3.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq to‘lash / 05.03.06.00 Alohida toifadagi xodimlarning ish haqi;
4.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.11.00 Ta’lim muassasalariga qabul qilish, o‘qishni ko‘chirish, o‘qishdan chetlashtirish va qayta tiklash;
5.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.17.00 Olimpiadalar. Tanlovlar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-maydagi “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4306-son qarorida ro‘yxati belgilangan xalqaro fan olimpiadalarida g‘oliblik (oltin, kumush, bronza medali)ni qo‘lga kiritgan o‘quvchilarni tayyorlagan umumta’lim muassasalarining o‘qituvchilariga — oliy, akademik litsey va kasb-hunar maktablarining o‘qituvchilariga — bosh o‘qituvchi malaka toifasi beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika fan olimpiadalarida va ko‘rik-tanlovlarning respublika bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilarni tayyorlagan o‘qituvchilarning malaka toifasi bir pog‘onaga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy o‘rta, o‘rta maxsus ta’lim muassasalari va kasb-hunar maktablari pedagoglariga 2020-yil 1-noyabrdan boshlab sinf (guruh) rahbarligi uchun qo‘shimcha to‘lovlar 1,5 baravarga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 1-apreldan boshlab Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi metodistlarning ish haqi miqdori — oliy toifali o‘qituvchining bazaviy tarif stavkasi miqdoriga, kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari uslubchi-maslahatchilarining ish haqi miqdori — bosh o‘qituvchining bazaviy tarif stavkasi miqdoriga tenglashtiriladi;
(6-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 06/23/79/0302-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021/2022 o‘quv yilidan boshlab umumta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan va oliy pedagogik ma’lumotga ega bo‘lmagan o‘qituvchilar uchun bakalavriatning sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha alohida maqsadli qabul parametrlari ajratiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 1-yanvardan boshlab olis hududlarda joylashgan budjet tashkilotlariga boshqa hududlardan mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun kelgan oliy ma’lumotli mutaxassislarga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravarida bir martalik boshlang‘ich yordam puli va uy-joylarni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravarida har oylik pul kompensatsiyasi beriladi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.02.00 Ishga joylash va aholi bandligi sohasidagi boshqaruv;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq to‘lash / 05.03.02.00 Ish haqining eng kam miqdori;
3.15.00.00.00 Mudofaa / 15.12.00.00 Harbiy xizmat / 15.12.01.00 Umumiy qoidalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq umumta’lim muassasalari bitiruvchilarining oliy hamda professional ta’lim tashkilotlariga o‘qishga kirish hamda ishga joylashish ko‘rsatkichlari asosida direktor jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan umumta’lim muassasalari rahbar xodimlari quyidagi mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorida rag‘batlantiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘quvchilarining 90 foizi va undan ortiq qismi oliy hamda professional ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilingan va (yoki) ishga joylashgan umumta’lim muassasalarining direktorlari — 12 baravar, direktori o‘rinbosarlari — 6 baravardan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘quvchilarining 85 — 89 foiz qismi oliy hamda professional ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilingan va (yoki) ishga joylashgan umumta’lim muassasalarining direktorlari — 9 baravar, direktori o‘rinbosarlari — 4,5 baravardan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘quvchilarining 80 — 84 foiz qismi oliy hamda professional ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilingan va (yoki) ishga joylashgan umumta’lim muassasalarining direktorlari — 6 baravar, direktori o‘rinbosarlari — 3 baravardan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘quvchilarning umumiy sonini hisoblaganda muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan o‘quvchilar hisobga olinmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumta’lim muassasalari bitiruvchilarining ishga joylashish ko‘rsatkichlari ular maktabni tamomlagan vaqtdan boshlab joriy yil yakuniga qadar bo‘lgan davrda 3 oydan ortiq vaqt davomida faoliyat yuritgan hollarda shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi ma’lumotlari asosida shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq to‘lash / 05.03.02.00 Ish haqining eng kam miqdori;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq to‘lash / 05.03.06.00 Alohida toifadagi xodimlarning ish haqi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan birgalikda 2024/2025 o‘quv yiliga qadar faoliyati davomida yuqori natijalarga erishgan umumta’lim muassasalari pedagoglarining oylik maoshini mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 15 baravarigacha bosqichma-bosqich oshirib borish choralarini ko‘rsin.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 06/23/79/0302-son)
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.06.00 Kasaba uyushmalari;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.05.00.00 Mehnat intizomi / 05.05.03.00 Mehnatni rag‘batlantirish. Turlari va qo‘llash tartibi;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.06.00.00 Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti. Mahalliy budjet;
4.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.13.00 Sanatoriya-kurort davolanish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan har yili tumanlar (shaharlar) hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri kesimida umumta’lim muassasalarining reytingi tuziladi;
(9-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 06/23/79/0302-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar) kesimida tuzilgan reytingda birinchi o‘rinni egallagan umumta’lim muassasalari direktorlari mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 10 baravari miqdorida bir martalik rag‘batlantiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mudirlari va metodistlariga, umumta’lim muassasalari direktorlariga hamda tuman (shahar) kesimida tuzilgan reytingda birinchi beshta o‘rinlarni egallagan umumta’lim muassasalarining 2 nafar o‘qituvchilariga O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi hisobidan sanatoriylarda dam olish uchun bepul yo‘llanmalar beriladi.
(9-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 06/23/79/0302-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(10-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-iyuldagi PF-114-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.07.2025-y., 06/25/114/0633-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Xalq ta’limi vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda mahalliy ijroiya hokimiyati organlari bilan birgalikda 2022/2023 o‘quv yiliga qadar o‘quvchilar bilimini baholash jarayonini raqamlashtirish va shaffofligini ta’minlash maqsadida barcha umumta’lim muassasalarida “Elektron kundalik” dasturini joriy qilsin.
(10-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-iyuldagi PF-114-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.07.2025-y., 06/25/114/0633-son)
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 06/23/79/0302-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Belgilab qo‘yilsinki, Qoraqalpog‘iston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari boshliqlari, tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mudirlari bir vaqtning o‘zida tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimlarining ta’lim va tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchilari hisoblanadilar.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 06/23/79/0302-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. 2021-yil 1-yanvardan boshlab har bir umumta’lim muassasasida Ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchi lavozimi joriy etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchi lavozimiga O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan tavsiya etilgan taniqli shoir, yozuvchi, jurnalist va ijodkorlar, oliy ta’lim muassasalarining ijtimoiy gumanitar kafedralari professor va o‘qituvchilari jalb qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchi lavozimiga tayinlangan:
(13-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.12.2022-y., 06/22/258/1064-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy ta’lim muassasalarining ijtimoiy gumanitar kafedralari professor va o‘qituvchilarining mehnatiga — mazkur oliy ta’lim muassasalarning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan haq to‘lanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchilarga yosh avlodni ma’nan barkamol etib tarbiyalash, o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish bo‘yicha targ‘ibot ishlarini amalga oshirish, ularni kasb-hunarga o‘rgatishni muvofiqlashtirish, shuningdek, maktab o‘qituvchilari va faol o‘quvchilarining ijodiy ishlarini keng jamoatchilikka yetkazishga ko‘maklashish, turli xildagi viktorinalar, mushoiralar, adabiy kechalar, qiziqarli darslar, kitobxonlik va she’rxonlik musobaqalarini tashkil etish vazifalari yuklanadi.
(13-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 06/23/79/0302-son)
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 06/23/79/0302-son)
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.06.00 Fermer xo‘jaliklari. Klaster va issiqxona xo‘jaliklari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab umumta’lim muassasalari bitiruvchilari o‘z iqtidori va qiziqishlariga mos kasbni tanlab olishi, mehnat bozorida munosib o‘rnini topishi, kasbiy faoliyatida muvaffaqiyatga erishishi uchun “Kasbga yo‘naltirish tizimi” joriy etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur tizim doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda:
(15-band “a” kichik bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 06/23/79/0302-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-sinfdan boshlab o‘quvchilar o‘rtasida interaktiv so‘rovnomalar o‘tkazsin, kasb-hunarga bo‘lgan qiziqishini aniqlasin va ularning ma’lumotlar bazasini yaratsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-sinf o‘quvchilari uchun har oyda bir marta “Kasblar olamiga sayohat” mavzusida maxsus kurslar olib borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-sinf o‘quvchilari uchun har chorakda kamida bir marotaba “Mening kelajakdagi kasbim” mavzusida seminar-treninglar olib borsin hamda o‘quvchilarni kelajakda egallamoqchi bo‘lgan kasblarga yo‘naltirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-sinf o‘quvchilarining kasbiy moyilligi bo‘yicha o‘tkazilgan pedagogik-psixologik tashxislar natijalari asosida kelgusida aniq ishchi kasblar bo‘yicha kasb-hunar maktablarida ta’lim olishi mumkin bo‘lgan o‘quvchilar o‘rtasida kasbga yo‘naltirish ishlarini olib borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda:
(15-band “b” kichik bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 06/23/79/0302-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchi kasblari klassifikatorida umumta’lim muassasalari bitiruvchilari shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan kasb va lavozimlarni belgilasin hamda ularning professional standartlarini ishlab chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun maxsus kasbiy tayyorgarlikni talab qilmaydigan mutaxassisliklarga o‘qitish bo‘yicha qisqa muddatli kurslarni tashkil qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘quvchilarning maktab fanlari bo‘yicha amaliy darslarini salohiyatli ish beruvchilar, ishlab chiqarish va qishloq xo‘jaligi korxonalari, klasterlar va kooperatsiyalarda o‘tkazilishini ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar) bandlikka ko‘maklashish markazlari, kasb-hunarga o‘qitish markazlari hamda yaqin masofada joylashgan kasb-hunar maktablarida umumta’lim muassasalari o‘quvchilarini kasbga yo‘naltirish bo‘yicha maxsus “situatsion xona”larni tashkil etsin, elektron dastur va ko‘rgazmali materiallarni ishlab chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar) bandlikka ko‘maklashish markazlari rahbarlari tomonidan umumta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun kasbga yo‘naltirish bo‘yicha amaliy darslar o‘tkazilishini ta’minlasin.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.12.00 Muddatli mehnat shartnomalari;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq to‘lash / 05.03.06.00 Alohida toifadagi xodimlarning ish haqi;
3.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.07.00 Xorijiy mamlakatlarning ta’lim muassasalari va tashkilotlari;
4.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.08.00 Ta’lim turlari / 13.01.08.03 Professional ta’lim;
5.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.16.00 Amaliyot. Stajirovka]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Belgilansinki, 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amaliyotga yo‘naltirilgan ta’lim dasturlarini joriy etish maqsadida professional ta’lim muassasalarida dual ta’lim tizimi joriy etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dual ta’lim tizimi asosida ishlab chiqarish amaliyotini o‘tayotgan o‘quvchilarga ish beruvchi bilan tuzilgan muddatli mehnat shartnomasiga muvofiq ish haqi to‘lanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
professional ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning kasbiy malakasini “WorldSkills” standartlari asosida baholash tartibi bosqichma-bosqich joriy qilinadi va ishchi kasblar bo‘yicha “WorldSkills Uzbekistan” musobaqalari o‘tkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
professional ta’lim muassasalariga xorijiy mamlakatlardagi ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturlari asosida o‘rta bo‘g‘in kadrlarini tayyorlashni tashkil etish vakolati beriladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.08.00 Ta’lim turlari / 13.01.08.04 Oliy ta’lim;
2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.04.00 Ilmiy xodimlar, ilmiy muassasalar mutaxassislari (maqom, attestatsiya, ilmiy daraja va unvonlar)]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Oliy ta’lim tashkilotlarining milliy reytingi nufuzini oshirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy reytingda so‘nggi 3 yil davomida doimiy ravishda birinchi 3 ta o‘rindan birini egallab kelayotgan oliy ta’lim tashkilotlariga oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash bo‘yicha akademik va moliyaviy mustaqillik berilsin hamda mustaqillik mezonlari Yevropa universitetlari assotsiatsiyasi standartlariga muvofiq qabul qilinsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy reytingda birinchi 10 ta o‘rindan birini egallagan oliy ta’lim tashkilotiga mavjud ixtisosliklar bo‘yicha ilmiy unvonlarni mustaqil berish vakolati berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va tizimida oliy ta’lim tashkilotlari mavjud bo‘lgan vazirlik va idoralar 2021-yil 1-fevralga qadar 2030-yilgacha xalqaro reytinglarda 2 ta oliy ta’lim tashkilotini — birinchi 500 ta o‘rindagi, 8 ta oliy ta’lim tashkilotini — birinchi 1 000 ta o‘rindagi oliy ta’lim tashkilotlari ro‘yxatiga kiritish uchun tegishincha “2+500” va “8+1 000” loyihalarini ishlab chiqsin va taqdimot qilsin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Oliy ta’lim sohasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasini oshirish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda 2021-yil 1-sentabrga qadar har bir hududda nodavlat, jumladan davlat-xususiy sheriklik asosida kamida bittadan oliy ta’lim tashkilotini tashkil qilsin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.07.00 Ilmiy tadqiqotlar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Axborot texnologiyalari, biologiya, kimyo va geologiya-mineralogiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajalarini berish vakolati taqdim etiladigan ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim tashkilotlari ro‘yxati 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.08.00 Ta’lim turlari / 13.01.08.05 Oliy ta’limdan keyingi ta’lim]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Belgilansinki, 2021-yildan boshlab oliy ta’lim va ilmiy tashkilotlar buyurtmasiga muvofiq ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasidagi tematik grantlar ko‘lami kengaytiriladi, doktoranturaga qabul bosqichma-bosqich oshirib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Innovatsion rivojlanish vazirligi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda mazkur bandning birinchi xatboshisida belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Mazkur Farmonning alohida bandlari ijrosini samarali tashkil etish bo‘yicha harakatlar rejasi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 2-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-sentabrdagi “Xalq ta’limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5538-son Farmoni 4-bandining beshinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Xalq ta’limi vazirligi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil etishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vaziri X.U. Umarova belgilansin.
(24-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 06/23/79/0302-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmon ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 6-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-6108-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi PF-6108-son Farmoniga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot texnologiyalari, biologiya, kimyo va geologiya-mineralogiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) va fan doktori (Dsc) ilmiy darajalarini berish vakolati taqdim etiladigan ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim tashkilotlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘simlik moddalari kimyosi instituti
2.
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti
3.
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti
Biologiya fanlari
1.
O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Biofizika va biokimyo instituti
2.
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti
3.
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti
Geologiya-mineralogiya fanlari
1.
Mineral resurslar instituti
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari
1.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
2.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-avgustdagi PQ-5234-son qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.08.2021-y., 07/21/5234/0826-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 06/20/6108/1483-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.08.2021-y., 07/21/5234/0826-son; 11.05.2022-y., 06/22/134/0407-son; 03.12.2022-y., 06/22/258/1064-son; 31.05.2023-y., 06/23/79/0302-son; 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son; 21.07.2025-y., 06/25/114/0633-son)