O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Kapital bozorini qo‘llab-quvvatlashning samarali mexanizmlarini joriy etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Kapital bozorini yanada rivojlantirish, davlat aksiya paketlarini kapital bozori orqali xususiylashtirish amaliyotini kengaytirish, aholining qimmatli qog‘ozlarga investitsiya kiritishini rag‘batlantirish va moliya bozorida sog‘lom raqobat muhitini yaratish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Belgilansinki, 2022-yil 1-apreldan 2028-yil 31-dekabrga qadar:
(1-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 2-sentabrdagi PQ-291-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 07/23/291/0667-son)
O‘zbekiston Respublikasining rezidenti va norezidenti bo‘lgan jismoniy shaxslarning aksiyalar bo‘yicha hisoblangan dividendlar tarzidagi daromadlari daromad solig‘idan ozod qilinadi;
O‘zbekiston Respublikasining norezidenti bo‘lgan yuridik shaxslarning aksiyalar bo‘yicha hisoblangan dividendlar tarzidagi daromadlariga O‘zbekiston Respublikasining rezidenti bo‘lgan yuridik shaxslar singari foyda solig‘ining 5 foiz stavkasi tatbiq etiladi;
O‘zbekiston Respublikasining rezidenti va norezidenti bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslarning xo‘jalik jamiyatlari obligatsiyalari bo‘yicha hisoblangan foizlar tarzidagi daromadlari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘idan ozod qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi tomonidan jamiyat aksiyalarini fond birjasining birja kotirovka varag‘idan chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilinganda, ushbu jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining egalari bo‘lgan aksiyadorlarga o‘zlariga tegishli aksiyalarning jamiyat tomonidan qaytarib sotib olinishini talab qilish huquqi beriladi;
qimmatli qog‘ozlarning birjadan tashqari uyushgan savdosida qimmatli qog‘ozlarga doir bitimlar tuzilganda sotuvchi (emitent bundan mustasno) tomonidan foyda solig‘i va daromad solig‘i o‘rniga bitim summasining 0,3 foizi miqdorida yig‘im O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligiga to‘lanadi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-68-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.04.2024-y., 06/24/68/0302-son)
3. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Moliya vazirligining 1-ilovaga muvofiq ro‘yxat bo‘yicha aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarining “Toshkent” respublika fond birjasida birlamchi (IPO) va (yoki) ikkilamchi (SPO) ommaviy taklifini o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat aktivlarini xususiylashtirish va xususiylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish davlat komissiyasiga Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligining asoslantirilgan takliflariga muvofiq, shu jumladan, bozor holati va anderrayterlar xulosalarini inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlariga asosan birlamchi (IPO) va (yoki) ikkilamchi (SPO) ommaviy taklif etiladigan aksiyalar paketining hajmini va savdoga chiqarish muddatini belgilash, ularning ro‘yxatiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish vakolati berilsin.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-68-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.04.2024-y., 06/24/68/0302-son)
Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda mazkur qarorning 1-ilovasiga asosan aksiyalarining ommaviy taklifi o‘tkazilishi belgilangan har bir korxona bo‘yicha alohida “yo‘l xaritalari” tasdiqlanishini ta’minlasin.
4. Moliya vazirligi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2023-yil 31-dekabrga qadar eksperiment tariqasida xorijiy banklar va investitsiya vositachilariga O‘zbekiston Respublikasida alohida litsenziya olmasdan qimmatli qog‘ozlar bozorida anderrayting faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega bo‘lgan va o‘z mablag‘larining miqdori 500 mln so‘mdan kam bo‘lmagan mahalliy yuridik shaxslar bilan shartnoma tuzgan holda, anderrayting faoliyatini amalga oshirishga ruxsat berish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi 2025-yil 1-fevralga qadar eksperiment natijalarini chuqur tahlil qilgan holda, uni qimmatli qog‘ozlar bozorida anderrayting faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega bo‘lgan barcha ishtirokchilarga tatbiq etishning maqsadga muvofiqligi yuzasidan taklif kiritsin.
(4-bandning ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi xatboshilari O‘zbekiston O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 2-sentabrdagi PQ-291-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan almashtirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 07/23/291/0667-son)
5. 2022-yil 1-apreldan boshlab mahalliy emitentlarga o‘z aksiyalarini dastlab “Toshkent” RFBda joylashtirgandan so‘ng anderrayter tavsiyasiga ko‘ra ularni xorijiy fond bozorlarida yoki bir vaqtda mahalliy va xorijiy fond birjalarida joylashtirish huquqi berilsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 7-noyabrdagi “Bank tizimini yanada rivojlantirish va bo‘sh pul mablag‘larini bank aylanmasiga jalb etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-726-son qaroriga asosan bank faoliyatini amalga oshirish litsenziyasiga ega bo‘lgan tijorat banklari qimmatli qog‘ozlar bozorida investitsiya vositachisi faoliyatini amalga oshirishga haqli ekanligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Moliya vazirligi ikki oy muddatda davlat ulushi mavjud tijorat banklari tomonidan qimmatli qog‘ozlar bozorida investitsiya vositachisi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini ularning boshqaruv organlari yig‘ilishlarida ko‘rib chiqsin.
7. Moliya vazirligi:
manfaatdor idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, O‘zbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi va “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi qonunlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni kiritish bo‘yicha qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda ikki oy muddatda “Toshkent” respublika fond birjasida birja listingiga kiritilmagan qimmatli qog‘ozlar savdosini ta’minlovchi tizimni yaratsin.
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 17-yanvar,
PQ-90-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-yanvardagi PQ-90-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
“Toshkent” RFBda aksiyalarining birlamchi (IPO) va (yoki) ikkilamchi (SPO) ommaviy taklifi o‘tkaziladigan aksiyadorlik jamiyatlari
RO‘YXATI
|
T/r |
Aksiyadorlik jamiyatining nomi |
Joylashgan hududi |
Davlat ulushi |
Sotish shakli |
|
1. |
“UzAuto Motors” AJ (1) |
Andijon viloyati |
100,0 |
IPO |
|
2. |
“UzAuto Motors Powertrain” AJ (1) |
Toshkent viloyati |
100,0 |
IPO |
|
3. |
“O’zbekgeofizika” AJ |
Toshkent viloyati |
96,8 |
IPO |
|
4. |
“O’ztemiryo’lkonteyner” AJ (1) |
Toshkent shahri |
90,0 |
IPO |
|
5. |
“Dori-Darmon” AJ (2) |
Toshkent shahri |
36,10 |
IPO/SPO |
|
6. |
“O‘zbekiston pochtasi” AJ (3) |
Toshkent shahri |
77,6 |
SPO |
|
7. |
“Universal Sug’urta” AJ |
Toshkent shahri |
14,48 |
SPO |
|
8. |
“Alskom” AJ |
Toshkent shahri |
5,21 |
SPO |
(1) davlat va xo‘jalik boshqaruvi organi ulushi 50 foiz va undan yuqori bo‘lgan xo‘jalik jamiyatiga tegishli aksiya paketlari;
(2) davlat ulushi va davlat ulushi mavjud korxona ulushi bitta lot sifatida savdoga chiqarilishi mumkin.
(3) davlat va davlat ishtirokidagi korxonalar ulushi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-yanvardagi PQ-90-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-maydagi “Fond birjasida aksiyalarni ommaviy taklifini o‘tkazishni tashkil etish to‘g‘risida”gi 268-son qaroriga kiritilayotgan o‘zgartirishlar va qo‘shimcha
1. 3-bandning rus tilidagi matnida:
a) ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“sena predlojeniya aksiy putem provedeniya pervichnogo (IPO) i vtorichnogo (SPO) publichnix predlojeniy aksiy opredelyayetsya organizatorom”;
b) quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“sbor zayavok na priobreteniye aksiy, realizuyemix posredstvom pervichnogo (IPO) i vtorichnogo (SPO) publichnix predlojeniy aksiy, osushestvlyayetsya organizatorom ili gruppoy organizatorov, s kotorimi zaklyucheno soglasheniye o provedenii ukazannix IPO ili SPO;
organizatoru predostavlyayetsya pravo na vibor investorov dlya raspredeleniya aksiy na osnove dogovora, zaklyuchennogo s initsiatorom, a takje ustanovleniye sroka zapreta realizatsii investorami aksiy, priobretennix v ramkax pervichnogo (IPO) i vtorichnogo (SPO) publichnix predlojeniy aksiy;
raspredeleniye aksiy posredstvom IPO i SPO provoditsya na osnove yedinoy seni, opredelyayemoy organizatorom isxodya iz sprosa i predlojeniya na aksii”.
2. 2-ilovaning rus tilidagi matnida:
a) 9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“9. Organizatorom, po rezultatam predvaritelnogo izucheniya aksionernogo obshestva, opredelyayetsya diapazon sen predlojeniya aksiy dlya sbora zayavok na pokupku aksiy”;
b) 13-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“13. Sbor zayavok na priobreteniye aksiy, realizuyemix posredstvom pervichnogo (IPO) i vtorichnogo (SPO) publichnix predlojeniy aksiy, osushestvlyayetsya organizatorom ili gruppoy organizatorov, s kotorimi zaklyucheno soglasheniye o provedenii ukazannix IPO ili SPO”;
v) 15-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“15. Sena predlojeniya aksiy putem IPO i SPO opredelyayetsya organizatorom”.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2022-y., 07/22/90/0030-son; 04.09.2023-y., 07/23/291/0667-son; 26.04.2024-y., 06/24/68/0302-son, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)