Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.11.2025 07.11.2007 yildagi PQ-726-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.11.2025
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BANK TIZIMINI YANADA RIVOJLANTIRISH VA BO‘SH PUL MABLAG‘LARINI BANK AYLANMASIGA JALB ETISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy bo‘shliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayd etib o‘tilsinki, mustaqillik yillari mobaynida bank tizimini izchil va aniq maqsad yo‘lida isloh qilish banklarning mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishdagi rolini kuchaytirishga, ularning kapitallashuv darajasini oshirishga, iqtisodiyotning real sektorini kreditlash ko‘lamlarini kengaytirishga hamda ko‘rsatilayotgan bank xizmatlari sifatini yaxshilashga imkoniyat yaratdi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash hajmlari oshib bormoqda, aholiga, shu jumladan yosh oilalarga ipoteka va iste’mol kreditlari berish miqyoslari tobora kengaymoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hozirgi vaqtda tijorat banklari aktivlari va jami kapitalining hajmlari 2000-yilga nisbatan tegishli ravishda 7,6 va 7,4 baravar ko‘paydi. Aholining omonat qo‘yilmalari hajmi 38 baravar, bank kassalariga naqd pul mablag‘larining tushumlari — 8,1 baravar, iqtisodiyotning real sektoriga kredit qo‘yilmalari — 5 baravar ko‘paydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, tijorat banklari hamon samarali investitsiya markazlariga aylangani yo‘q, korxonalarni modernizatsiya qilish va texnologik qayta jihozlashda o‘z kapitali bilan sust qatnashmoqda. Banklarning kapitallashuv darajasini keskin oshirish, bank tizimi barqarorligi, ishonchli pul muomalasi, banklar tomonidan naqd mablag‘lar to‘siqsiz va to‘liq berilishi kafolatlarini yaratish vazifalari dolzarbligicha qolmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bank va tijorat banklari, soliq organlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shahar va tumanlar hokimliklari tomonidan bankdan tashqari aylanmani qisqartirish hamda naqd pullarni bank kassalariga jalb etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yetarli darajada emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank tizimini yanada isloh qilish va erkinlashtirish, tijorat banklarining raqobatdoshligi, moliyaviy barqarorligi va investitsiyaviy faolligini kuchaytirish, bankdan tashqari aylanmani kamaytirish, jumladan oziq-ovqat (dehqon) bozorlaridagi naqd pullarni bank aylanmasiga jalb etish hamda naqd pulsiz hisob-kitoblar ko‘lamini kengaytirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi O‘zbekiston Banklari uyushmasi va tijorat banklari bilan birgalikda ishlab chiqilgan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007—2010-yillarda O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilishni chuqurlashtirish va rivojlantirish dasturi 1-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bo‘sh pul mablag‘larini bank aylanmasiga yanada jalb qilish va naqd pulsiz hisob-kitoblar hajmining o‘sishini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksi 2-ilovaga* muvofiq ma’qullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Davlat soliq qo‘mitasi, tegishli vazirlik va idoralar, tijorat banklari rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga ushbu qarorning 1 va 2-ilovalarida nazarda tutilgan chora-tadbirlar belgilangan muddatlarda sifatli va to‘liq bajarilishini ta’minlash uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bank tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish bo‘yicha ushbu chora-tadbirlarning bajarilishini har chorakda o‘z majlislarida ko‘rib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 27-avgustdagi PQ-1397-sonli qaroriga muvofiq 2011-yil 1-yanvardan boshlab o‘z kuchini yo‘qotgan— O‘R QHT, 2010-y., 35-36-son, 302-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qo‘yilsinki, bank faoliyatini amalga oshirish litsenziyasiga ega bo‘lgan tijorat banklari qimmatli qog‘ozlar bozorida investitsiya vositachisi, investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi va investitsiya maslahatchisi sifatida professional faoliyatni amalga oshirishga haqlidir. Bunda tijorat banklari tomonidan qimmatli qog‘ozlar bozorida kasb faoliyatini amalga oshirishga alohida litsenziya olish talab qilinmaydi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 24-oktabrdagi PF-4045-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 44-45-son, 440-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, tijorat banklari, mikrokredit tashkilotlari va sug‘urta kompaniyalariga bir oy muddatda quyidagilar bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish tavsiya etilsin:
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 14-maydagi PQ-1965-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 20-son, 250-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank muassasalari, shu jumladan mini-banklar, maxsus kassalar, valyuta ayirboshlash shoxobchalari tarmoqlarini oziq-ovqat (dehqon) bozorlari hududlarida joylashtirgan holda kengaytirish hamda dam olish va bayram kunlarida belgilangan tartibda ishlashini majburiy ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oziq-ovqat (dehqon) bozorlarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari va jismoniy shaxslarning pul mablag‘larini jamg‘arma hamda muddatli depozitlarga, shu jumladan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotishdan tushadigan bo‘sh pul mablag‘larni omonatchilarga mablag‘ saqlanadigan har bir kuni uchun foizli daromad qo‘shgan holda vaqtincha saqlashga jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dehqon xo‘jaliklari, savdo-xarid firmalari va boshqa kichik biznes hamda tadbirkorlik subyektlariga kreditlar berish va mikromoliya, shuningdek oziq-ovqat (dehqon) bozorlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib berish, saqlash va sotish bilan bog‘liq tavakkalchiliklarni sug‘urtalash bo‘yicha xizmat ko‘rsatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Markaziy banki va tijorat banklari bir oy muddatda hududlar doirasida har bir tushum manbalari bo‘yicha pul oqimining o‘zgarishi, shuningdek xo‘jalik yurituvchi subyektlarning naqd pul tushumini to‘liq topshirgani va topshirishdan bo‘yin tovlagani to‘g‘risidagi ma’lumotlar o‘z aksini topishi ta’minlangan tezkor axborotni kundalik ayirboshlashning umumrespublika yagona elektron tarmog‘ini joriy etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Quyidagilar 2008-yilning 1-yanvaridan boshlab 3 yil muddatga:
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 7-oktabrdagi PQ-1199-sonli Qaroriga muvofiq chiqarib tashlangan— O‘R QHT, 2009-y., 41-son, 441-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika inkassatsiya birlashmasi — bo‘shaydigan mablag‘larni inkassatsiya xizmatining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga maqsadli yo‘naltirish sharti bilan qo‘shilgan qiymat solig‘i va mulk solig‘i to‘lashdan ozod etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirliklar hamda idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmalariga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 7-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-726-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 45-son, 454-modda; 2008-y., 44-45-son, 440-modda; 2009-y., 41-son, 441-modda; 2010-y., 35-36-son, 302-modda; 2013-y., 20-son, 250-modda)