Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalariga “Chaqiriqqacha harbiy taʼlim” yoʻnalishi boʻyicha qabul qilishda kasbiy (ijodiy) imtihon oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 14-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2995-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-oktabrdagi PQ-5263-son “Normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2017-yil 5-dekabrdagi 34, 27-2017-son qarori (roʻyxat raqami 2995, 2018-yil 5-aprel) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.04.2018-y., 10/18/2995/1020-son) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalariga “Chaqiriqqacha harbiy taʼlim” yoʻnalishi boʻyicha qabul qilishda kasbiy (ijodiy) imtihon oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Mudofaa vaziri B. KURBANOV
Toshkent sh.,
2021-yil 24-dekabr,
46-son
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A. TOShKULOV
Toshkent sh.,
2021-yil 21-dekabr,
48-2021-son
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2021-yil 24-dekabrdagi 46-son hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2021-yil 21-dekabrdagi 48-2021-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalariga “Chaqiriqqacha harbiy taʼlim” yoʻnalishi boʻyicha qabul qilishda kasbiy (ijodiy) imtihon oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar
1. 19-band “apellatsiya komissiyasiga” degan soʻzlardan keyin “imtihon natijalari eʼlon qilingan paytdan boshlab 72 soat ichida” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
2. 21-banddagi “26-iyulga qadar boʻlgan muddatda” degan soʻzlar “48 soat ichida shikoyat qilgan shaxslar ishtirokida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 1-ilovada:
a) 7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7. Abituriyentlarning turnikda tortilish mashqi toʻrt bosqichli tizimda quyidagicha baholanadi:
11 marotaba va undan koʻp tortilganda — 3 ball;
9-10 marotaba tortilganda — 2 ball;
7-8 marotaba tortilganda — 1 ball;
1 — 6 marotaba yoxud umuman tortila olmaganda — 0 ball.”;
b) 9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“9. Abituriyentlarning 100 metrga yugurish mashqi toʻrt bosqichli tizimda quyidagicha baholanadi:
14,4 soniya ichida bajargan taqdirda — 3 ball;
14,5 — 14,8 soniyada bajargan taqdirda — 2 ball;
14,9 — 15,4 soniyada bajargan taqdirda — 1 ball;
15,5 soniyada va undan koʻp vaqtda bajargan taqdirda — 0 ball.”;
v) 11-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“11. Abituriyentlarning 3000 metrga yugurish mashqi toʻrt bosqichli tizimda quyidagicha baholanadi:
13,20 daqiqa va undan kamroq vaqt ichida bajargan taqdirda — 4 ball;
13,21 daqiqadan 14,00 daqiqagacha bajargan taqdirda — 3 ball;
14,01 daqiqadan 14,30 daqiqagacha bajargan taqdirda — 2 ball;
14,31 daqiqada va undan koʻp vaqtda bajargan taqdirda — 0 ball.”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2022-y., 10/22/2995-1/0027-son)