1-ILOVA
|
Davlat organlari va tashkilotlari nomi | |
|
I. Vazirliklar | |
|
1. |
Adliya vazirligi |
|
2. |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi |
|
3. |
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi |
|
4. |
Maktabgacha taʼlim vazirligi |
|
5. |
Moliya vazirligi |
|
6. |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi |
|
7. |
Sogʻliqni saqlash vazirligi |
|
8. |
Transport vazirligi |
|
9. |
Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi |
|
10. |
Xalq taʼlimi vazirligi |
|
11. |
Qurilish vazirligi |
|
II. Davlat qoʻmitalari | |
|
12. |
Davlat bojxona qoʻmitasi |
|
13. |
Davlat soliq qoʻmitasi |
|
14. |
Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi |
|
15. |
Davlat statistika qoʻmitasi |
|
III. Agentliklar | |
|
16. |
Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi |
|
17. |
Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi |
|
18. |
Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi |
|
19. |
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi |
|
20. |
Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi |
|
21. |
Texnik jihatdan tartibga solish agentligi |
|
22. |
Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi |
|
IV. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari | |
|
23. |
Toshkent shahri hokimligi |
|
24. |
Toshkent viloyati hokimligi |
|
25. |
Toshkent shahri Mirzo Ulugʻbek tumani hokimligi |
|
26. |
Toshkent viloyati Boʻka tumani hokimligi |
2-ILOVA
1-ILOVA
| Birinchi yoʻnalish | |||||||
| Davlat tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha mexanizm va huquqiy asoslarning yaratilganligi va amaliyotga tatbiq etilganligi (jami — 35 ball) | |||||||
| Indikatorlar | Ballar | Asos* | |||||
| 1.1. Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha ichki idoraviy hujjatlarning ishlab chiqilganligi va oʻz vaqtida yangilab borilishi | |||||||
| 1.1.1. Davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan mahalliy davlat hokimiyati organlari (keyingi oʻrinlarda — davlat tashkilotlari)da korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha quyidagi ichki idoraviy hujjatlarning mavjudligi va zaruratga qarab yangilanib borilishi: korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati; odob-axloq qoidalari; korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash uslubiyoti; manfaatlar toʻqnashuvini boshqarish boʻyicha nizom; aloqa kanallari orqali korrupsiyaviy xatti-harakatlar toʻgʻrisida kelib tushgan xabarlarni qabul qilish va koʻrib chiqish reglamenti; xodimlarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida oʻqitilishini tashkil qilish boʻyicha yoʻriqnoma; kontragentlarni tekshirishga oid yoʻriqnoma; ishga qabul qilinayotgan nomzodlarni tekshirish boʻyicha yoʻriqnoma; korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini monitoring va nazorat qilish uslubiyoti; korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining holati haqidagi hisobotni shakllantirish va taqdim etish reglamenti; korrupsiyaviy xatti-harakatlar va odob-axloq qoidalarini buzish holatlari ustidan xizmat tekshiruvlari oʻtkazish boʻyicha reglament; davlat xaridlarini oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizom. Izoh: Mazkur toʻplamdagi hamma hujjatlar qabul qilingan boʻlsa, TB, 7 — 11 tasi qabul qilingan boʻlsa, AB, 3 — 7 tasi qabul qilingan boʻlsa, QB, 0 — 3 tasi qabul qilingan boʻlsa, B ustuniga “x” belgisi qoʻyiladi. | TB 3 ball | AB 2 ball | QB 1 ball | B 0 ball | Tasdiqlangan hujjatlarning elektron shakli ilova qilinadi | ||
| 1.2. Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha ichki idoraviy mexanizmlarning joriy etilganligi | |||||||
| 1.2.1. Korrupsiya haqida xabar berishga moʻljallangan aloqa kanallari | |||||||
| 1.2.1.1. Korrupsiya haqida xabar berishga moʻljallangan aloqa kanallari: kamida 4 ta aloqa kanali (masalan, rasmiy veb-sayt, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifa, ishonch telefoni, elektron manzil)ning tashkil etilganligi. Izoh: Aloqa kanallari toʻliq mavjud boʻlsa TB, aksincha boʻlsa, B ustuniga “x” belgisi qoʻyiladi. | TB 1 ball | B 0 ball | Aloqa kanallari havolasi ilova qilinadi | ||||
| 1.2.1.2. Rasmiy veb-saytda va boshqa OAVlarda korrupsiya haqida xabar berishga moʻljallangan aloqa kanallari haqidagi maʼlumotlarning, shuningdek, korrupsiyaga qarshi ichki idoraviy hujjatlarning joylashtirilganligi. Izoh: Toʻliq maʼlumot va hujjatlar mavjud boʻlsa, TB, aksincha boʻlsa, B ustuniga “x” belgisi qoʻyiladi. | TB 1 ball | B 0 ball | Veb-sayt va boshqa OAVlardagi maʼlumotlar havolasi ilova qilinadi | ||||
| 1.2.1.3. Rasmiy veb-saytda korrupsiya faktlariga doir murojaatlarni koʻrib chiqish natijalari haqidagi yillik hisobotning mavjudligi. Izoh: Mavjud boʻlsa, TB, mavjud boʻlmasa, B ustuniga “x” belgisi qoʻyiladi. | TB 1 ball | B 0 ball | Veb-saytdagi maʼlumotlar havolasi ilova qilinadi | ||||
| 1.2.2. Kadrlarga oid masalalarda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining joriy etilishi | |||||||
| 1.2.2.1. Vakant oʻrinlarga kadrlarni tanlov asosida qabul qilish tizimining mavjudligi. Izoh: Hisobot davrida 80 — 100 foiz xodimlar ochiq tanlov asosida ishga qabul qilingan boʻlsa, TB, 60 — 79 foizi tanlov asosida qabul qilingan boʻlsa, AB, 30 — 59 foizi tanlov asosida qabul qilingan boʻlsa, QB, 0 — 29 foizi tanlov asosida qabul qilingan boʻlsa B ustuniga “x” belgisi qoʻyiladi. | TB 3 ball | AB 2 ball | QB 1 ball | B 0 ball | Oʻtkazilgan tanlov materiallari (suhbat yoki test bayonnomalari, video material) ilova qilinadi | ||
| 1.2.2.2. Rasmiy veb-saytda ishga qabul qilish, rotatsiya toʻgʻrisidagi eʼlonlar va axborotlarning mavjudligi. Izoh: mavjud boʻlsa, TB, mavjud boʻlmasa, B ustuniga “x” belgisi qoʻyiladi. | TB 1 ball | B 0 ball | Veb-saytdagi maʼlumotlar havolasi ilova qilinadi | ||||
| 1.2.2.3. Mehnat shartnomalariga korrupsiyaga qarshi shartlarning kiritilganligi. Izoh: Mavjud boʻlsa, TB, mavjud boʻlmasa, B ustuniga “x” belgisi qoʻyiladi. | TB 1 ball | B 0 ball | Korrupsiyaga qarshi shartlar bilan mehnat shartnomasida tanishganligini imzosi bilan tasdiqlagan xodimlar roʻyxati ilova qilinadi | ||||
| 1.2.2.4. Korrupsiya holatlari haqida xabar berish mexanizmi, xabar bergan xodimlarni ragʻbatlantirish, ularning taʼqibga olinmasligi kafolatining mavjudligi. Izoh: Tegishli mexanizm mavjud boʻlsa, TB, mavjud boʻlmasa, B ustuniga “x” belgisi qoʻyiladi. | TB 1 ball | B 0 ball | Mazkur masalalarni tartibga soluvchi ichki reglament, xodimlar roʻyxati va statistik maʼlumotlar ilova qilinadi | ||||
| 1.2.3. Davlat tashkilotlarida manfaatlar toʻqnashuvini hal qilishning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish, ularga rioya etilishi yuzasidan monitoring oʻtkazilishini taʼminlash | |||||||
| 1.2.3.1. Xodimlar tomonidan manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisidagi deklaratsiyani toʻldirish. Izoh: Hisobot davrida manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisidagi deklaratsiyani toʻldirgan xodimlar 100 foiz boʻlsa, TB, 70 — 99 foiz boʻlsa, AB, 30 — 69 foiz boʻlsa, QB, 0 — 29 boʻlsa, B ustuniga “x” belgisi qoʻyiladi. | TB 3 ball | AB 2 ball | QB 1 ball | B 0 ball | Ishga qabul qilishda, lavozimi oʻzgarayotganda, rotatsiya qilinayotganda va yillik deklaratsiyani toʻldirgan xodimlarning kadrlar boʻlimi tomonidan tasdiqlangan roʻyxati ilova qilinadi | ||
| 1.2.3.2. Ishga qabul qilinuvchi nomzodlar ustidan oʻtkazilgan tekshiruvlar soni. Izoh: Hisobot davrida 100 foiz nomzodlar tekshirilgan boʻlsa, TB, 70 — 99 foizi tekshirilgan boʻlsa AB, 30 — 69 foizi tekshirilgan boʻlsa, QB, 0 — 29 foizi tekshirilgan boʻlsa, B ustuniga “x” belgisi qoʻyiladi. | TB 3 ball | AB 2 ball | QB 1 ball | B 0 ball | Ishga qabul qilinuvchi nomzodlarga nisbatan oʻtkazilgan tekshiruvlar toʻgʻrisida xulosalar soni koʻrsatiladi | ||
| 1.2.3.3.Aniqlangan manfaatlar toʻqnashuvi holatlari va uni tartibga solish boʻyicha qabul qilingan choralar. Izoh: Hisobot davrida manfaatlar toʻqnashuvi aniqlanmagan yoki aniqlangan holatlarga choralar koʻrilgan boʻlsa, TB, manfaatlar toʻqnashuvi aniqlangan holatlarga choralar koʻrilmagan boʻlsa, B ustuniga “x” belgisi qoʻyiladi. | TB 2 ball | B 0 ball | Aniqlangan manfaatlar toʻqnashuvi holatlari reyestri ilova qilinadi | ||||
| 1.2.3.4. Kontragentlar ustidan oʻtkazilgan tekshiruvlar soni Izoh: Hisobot davrida100 foiz kontragentlar tekshirilgan boʻlsa, TB, 70 — 99 foizi tekshirilgan boʻlsa, AB, 30 — 69 foizi tekshirilgan boʻlsa, QB, 0 — 29 foizi tekshirilgan boʻlsa, B ustuniga “x” belgisi qoʻyiladi. | TB 3 ball | AB 2 ball | QB 1 ball | B 0 ball | Kontragentlarni tekshirish reyestri, hisobot davrida oʻtkazilgan kontragentlar tekshiruvlar soni, tekshiruvlar natijalari boʻyicha ijobiy va salbiy xulosalar nusxasi ilova qilinadi | ||
| 1.2.4. Davlat tashkilotlari faoliyatida korrupsiyaning oldini olishga doir tadbirlarning amalga oshirilishi yuzasidan ushbu tashkilot tomonidan koʻrilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini baholagan holda muntazam ravishda monitoring oʻtkazish | |||||||
| 1.2.4.1. Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining holati haqidagi hisobotlarning mavjudligi va sifatli toʻldirilganligi. Izoh: Mazkur indikator boʻyicha ballar Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan hisobotlarning mavjudligi va sifatli toʻldirilganligidan kelib chiqib, 0 — 3 ball oraligʻida belgilanadi. | 0 — 3 ball | Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining amal qilishi haqida umumiy hisobot hamda korrupsiyaga qarshi davlat dasturida nazarda tutilgan chora-tadbirlarning ijrosi haqida hisobot ilova qilinadi | |||||
| 1.2.4.2. Korrupsiyaga qarshi tartib-taomillarning samaradorligini monitoring va nazorat qilish boʻyicha rejadagi tadbirlarning bajarilganligi. Izoh: Mazkur indikator boʻyicha ballar Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan rejadagi tadbirlarning sifatli va oʻz vaqtida bajarilganligidan kelib chiqib, 0 — 3 ball oraligʻida belgilanadi. | 0 — 3 ball | Reja (tashkilotning barcha jarayonlarini, monitoring va nazorat qilinadigan davri va tekshiruv muddatlarini oʻz ichiga olgan) va uning ijrosini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi | |||||
| 1.2.4.3. Hisobot davrida aloqa kanallari orqali kelib tushgan korrupsiyaga oid xabarlar boʻyicha va monitoring natijalariga koʻra korrupsiyaviy harakat deb hisoblangan holatlar yuzasidan xizmat tekshiruvlari oʻtkazilganligi. Korrupsiyaga qarshi kurashishga oid qonunchilikning buzilganligi toʻgʻrisida tasdiqlangan holatlarning (qonunchilik hujjatlari kesimida) aniqlanganligi. Davlat tashkilotlarida tasdiqlangan korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha nazorat va tartib-taomillarning buzilish holatlari (ichki hujjatlar kesimida), korrupsiyaviy xatti-harakatlarga yoʻl qoʻyilganlik holatlarining aniqlanganligi. Izoh: 100 foiz tekshirilgan (oʻrganilgan) boʻlsa, TB, 70 — 99 foiz tekshirilgan (oʻrganilgan) boʻlsa, AB, 30 — 69 foiz tekshirilgan (oʻrganilgan) boʻlsa, QB, 0 — 29 foiz oʻrganilgan boʻlsa, B ustuniga “x” belgisi qoʻyiladi. | TB 3 ball | AB 2 ball | QB 1 ball | B 0 ball | Aloqa kanallari orqali kelib tushgan xabarlarni roʻyxatga olish reyestri, xizmat tekshiruvlari reyestri nusxasi ilova qilinadi. Aybdorlar aniqlangan holatlar soni band boʻyicha boʻlib koʻrsatiladi | ||
| 1.2.4.4. Korrupsiyaga oid qonunchilik va ichki idoraviy talablarni buzgan xodimlarga qoʻllanilgan jazolar. Izoh: Mazkur indikator boʻyicha ballar Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan, sodir etilgan harakat va qoʻllanilgan jazo tabiatidan kelib chiqib, 0 — 3 ball oraligʻida belgilanadi. Hisobot yilida oʻtkazilgan tekshirishlar va kelib tushgan xabarlar tahlili asosida qonunchilik va ichki idoraviy talablarni buzgan xodimlar aniqlanmagan boʻlsa, 2 ball qoʻyiladi. | 0 — 3 ball | Kadrlar boʻlimi tomonidan tasdiqlangan korrupsiyaga qarshi kurashishga oid qonunchilik va ichki idoraviy talablarni buzgan xodimlar soni hamda ularga qoʻllanilgan choralar koʻrsatilgan roʻyxat | |||||
| Ikkinchi yoʻnalish | |||||||
| Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash, baholash va ularni kamaytirish boʻyicha tadbirlarning amalga oshirilganligi (jami — 30 ball) | |||||||
| Indikatorlar | Ballar | ||||||
| 2.1. Davlat tashkilotining barcha funksiya va vazifalarida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash boʻyicha baholash oʻtkazilganligi. Izoh: Baholash qamrovi 100 foiz boʻlsa, TB, 70 — 99 foiz boʻlsa, AB, 30 — 69 boʻlsa, QB, 0 — 29 foiz boʻlsa, B ustuniga “x” belgisi qoʻyiladi. | TB 15 ball | AB 10 ball | QB 5 ball | B 0 ball | Davlat tashkilotining birlashgan korrupsiyaviy xavf-xatarlar xaritasi, korrupsiya xavfiga eng koʻp moyil boʻlgan funksiya va lavozimlar roʻyxati ilova qilinadi | ||
| 2.2. Aniqlangan korrupsiyaviy xavf-xatarlarni kamaytirish boʻyicha koʻrilgan choralar. Izoh: Mazkur indikator boʻyicha ballar aniqlangan xavf-xatar va minimallashtirish uchun koʻrilgan choralar tabiatidan kelib chiqib, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan 0 — 15 ball oraligʻida belgilanadi. | 0 — 15 ball | Davlat tashkilotlari, ularning hududiy va tarkibiy boʻlinmalarining korrupsiyaga qarshi kurash dasturi (“Yoʻl xaritasi”) va uning amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi | |||||
| Uchinchi yoʻnalish | |||||||
| Davlat tashkilotlari rahbarlarining korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni koʻrsatuvchi xatti-harakatlarining mavjudligi (jami — 15 ball) | |||||||
| 3.1. Davlat tashkiloti rahbarining xodimlar va jamoatchilik uchun korrupsiyaga qarshi kurashishga oid murojaatining mavjudligi, uning xodimlar eʼtiboriga yetkazilganligi, hayʼat yigʻilishlari va boshqa yigʻilishlarda korrupsiyaga qarshi kurashish holatlarining koʻrib chiqilganligi. Izoh: Mavjud boʻlsa, TB, mavjud boʻlmasa, B ustuniga “x” belgisi qoʻyiladi. | TB 1 ball | B 0 ball | Murojaat eʼlon qilingan manba havolasi, tegishli hayʼat yigʻilishlari va boshqa yigʻilishlar bayonnomasi ilova qilinadi | ||||
| 3.2. Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat tuzilmasi tuzilganligi, uning zarur resurslar, shtat birliklari va boshqa moddiy-texnik baza bilan taʼminlanganligi. Izoh: Mazkur indikator boʻyicha ballar Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan, korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat tuzilmalari orasida elektron platformada oʻtkaziladigan soʻrovnoma natijalaridan kelib chiqib, 0 — 12 ball oraligʻida belgilanadi. | 0 — 12 ball | Elektron platformada soʻrovnoma toʻldiriladi | |||||
| 3.3. Davlat tashkilotlari rahbarlari va ularning oʻrinbosarlari tomonidan OAV va tadbirlarda korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha chiqishlar. Izoh: Hisobot davridagi har yarim yilda kamida 1-marta mavjud boʻlsa TB, mavjud boʻlmasa B ustuniga “x” belgisi qoʻyiladi. | TB 2 ball | B 0 ball | Maʼlumotlar va materiallar havolasi ilova qilinadi | ||||
| Toʻrtinchi yoʻnalish | |||||||
| Xodimlarning korrupsiyaga qarshi kurashishga oid ichki tartib-taomillardan xabardorligi hamda ushbu sohada bilim va koʻnikmalarini oshirish boʻyicha tadbirlarning amalga oshirilganligi (jami — 15 ball) | |||||||
| 4.1. Xodimlarning korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha ichki tartib-taomillardan xabardorligi | |||||||
| 4.1.1. Xodimlarning korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha ichki idoraviy hujjatlar bilan tanishganlik holati hamda korrupsiyaga qarshi talablar va tartib-taomillarga rioya etilishi. Izoh: Barcha xodimlar tanishtirilgan boʻlsa, TB, 70 — 99 foizi tanishtirilgan boʻlsa, AB, 30 — 69 foizi tanishtirilgan boʻlsa, QB, 0 — 29 foizi tanishtirilgan boʻlsa, B ustuniga “x” belgisi qoʻyiladi. | TB 5 ball | AB 2 ball | QB 1 ball | B 0 ball | Korrupsiyaga qarshi ichki idoraviy hujjatlar bilan tanishganligini imzosi bilan tasdiqlagan xodimlar roʻyxati, xodimlarning korrupsiyaga qarshi asosiy talablar va tartib-taomillardan xabardorligi yuzasidan yakuniy monitoring natijalari hamda ushbu talablar va tartib-taomillarga rioya etilishi ustidan nazorat yakunlari ilova qilinadi** | ||
| 4.2. Xodimlarning korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida bilim va koʻnikmalarini oshirishga qaratilgan tadbirlarning amalga oshirilganligi | |||||||
| 4.2.1. Hisobot yilida xodimlarning korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha bilim va koʻnikmalari oshirilganligi. Izoh: Mazkur indikatorda oldingi hisobot yilidagi koʻrsatkichlar soni taqqoslanadi. Bunda, bilim va koʻnikmalari oshirilgan xodimlarning sonida ijobiy farq boʻlsa yoki oʻzgarish boʻlmasa, TB, agar kamayish boʻlsa, B ustuniga “x” belgisi qoʻyiladi. | TB 1 ball | B 0 ball | Davlat tashkiloti tizimi xodimlarini korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha umumiy va maxsus oʻqitishga doir maʼlumotlari (tasdiqlangan roʻyxat) va tahlil natijalari ilova qilinadi | ||||
| 4.2.2. Davlat tashkiloti xodimlarini korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha tayyorlash va qayta tayyorlashga oid maxsus oʻquv dasturlari, qoʻllanmalar mavjudligi. Izoh: Mavjud boʻlsa, TB, mavjud boʻlmasa, B ustuniga “x” belgisi qoʻyiladi. | TB 1 ball | B 0 ball | Korrupsiyaviy xavf-xatar yuqori boʻlgan lavozimda ishlovchi va boshqa xodimlarni, shu jumladan, ishga yangi qabul qilingan xodimlarni korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha tayyorlash, qayta tayyorlashga oid maxsus oʻquv dasturlari, qoʻllanmalar ilova qilinadi | ||||
| 4.2.3. Ishga yangi qabul qilingan xodimlarning korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha bilim va koʻnikmalarini oshirish tizimining mavjudligi. Izoh: Mavjud boʻlsa, TB, mavjud boʻlmasa, B ustuniga “x” belgisi qoʻyiladi | TB 3 ball | B 0 ball | Ishga yangi qabul qilingan xodimlarning korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha bilim va koʻnikmalari oshirilganligi boʻyicha kadrlar boʻlimi tomonidan tasdiqlangan maʼlumotlar ilova qilinadi | ||||
| 4.2.4.Korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari boʻyicha treninglar oʻtkazish: barcha xodimlar uchun; korrupsiyaviy xavf yuqori darajada boʻlgan funksiyalarni bajaruvchi boʻlinmalar uchun. Izoh: xodimlarning 70 — 100 foizi oʻqitilgan boʻlsa, TB, 50 — 69 foizi oʻqitilgan boʻlsa, AB, 30 — 49 foizi oʻqitilgan boʻlsa, QB, 0 — 29 foizi oʻqitilgan boʻlsa, B ustuniga “x” belgisi qoʻyiladi. | TB 5 ball | AB 3 ball | QB 2 ball | B 0 ball | Kadrlar boʻlimi tomonidan tasdiqlangan oʻqitish turlari, shakllari, oʻqitilgan xodimlar soni hamda ularning lavozimi va boʻlinmalari roʻyxati jadval shaklida ilova qilinadi | ||
| Beshinchi yoʻnalish | |||||||
| Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha tegishli soha yoki tarmoq kesimida aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ushbu illatga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan targʻibot tadbirlarining samaradorligi (jami — 5 ball) | |||||||
| 5.1. Korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusida tashkil etilgan tadbirlar soni. Izoh: Mazkur indikatorda oldingi hisobot yilidagi koʻrsatkichlar soni taqqoslanadi. Bunda, oʻtkazilgan tadbirlar sonida ijobiy farq boʻlsa yoki oʻzgarish boʻlmasa, TB, tadbirlar sonida kamayish boʻlsa, B ustuniga “x” belgisi qoʻyiladi. | TB 1 ball | B 0 ball | Statistik maʼlumotlar ilova qilinadi | ||||
| 5.2. Korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusida tashkil etilgan tadbirlarning qamrov darajasi. Izoh: Mazkur indikatorda oldingi hisobot yilidagi koʻrsatkichlar soni taqqoslanadi. Bunda, oʻtkazilgan tadbirlarning qamrov darajasida ijobiy farq boʻlsa yoki oʻzgarish boʻlmasa, TB, qamrov darajasida kamayish boʻlsa, B ustuniga “x” belgisi qoʻyiladi. | TB 2 ball | B 0 ball | Statistik maʼlumotlar (ishtirokchilar soni, hududiy qamrov) ilova qilinadi | ||||
| 5.3. Korrupsiyaga qarshi kurashishga oid tarqatilgan koʻrgazmali materiallar, qoʻllanmalar, ijtimoiy audio va videoroliklar soni. Izoh: Mazkur indikatorda oldingi hisobot yilidagi koʻrsatkichlar soni taqqoslanadi. Bunda, tarqatilgan materiallar sonida ijobiy farq boʻlsa yoki oʻzgarish boʻlmasa TB, tarqatilgan materiallar sonida kamayish boʻlsa, B ustuniga “x” belgisi qoʻyiladi. | TB 2 ball | B 0 ball | Statistik maʼlumotlar ilova qilinadi | ||||
2-ILOVA
|
Bosqichlar |
Masʼullar |
Amalga oshiriladigan tadbirlar |
Muddatlar | |||
|
1-bosqich |
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (Agentlik) |
1. Reyting baholashdan oʻtkaziladigan davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan mahalliy davlat hokimiyati organlari (keyingi oʻrinlarda — davlat tashkilotlari) roʻyxatini tuzadi. 2. Roʻyxatga kiritilgan davlat tashkilotlariga “E-Anticor.uz” elektron platformasi orqali tegishli maʼlumotlarni kiritish toʻgʻrisida xat kiritadi. |
Har yili 5-yanvarga qadar | |||
|
2-bosqich |
Davlat tashkilotlari |
“E-Anticor.uz” elektron platformasi orqali Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash yoʻnalishlari va indikator koʻrsatkichlari jadvalini toʻldirish yoʻli bilan maʼlumot kiritib boradi. |
Har chorakda (10-aprel, 10-iyul va 10-oktabrga qadar) | |||
|
3-bosqich |
Agentlik |
1. Davlat tashkilotlari tomonidan “E-Anticor.uz” elektron platformasiga kiritilgan maʼlumotlarni tahlil qilib boradi. 2. Yakuniy reyting baholash natijalariga koʻra korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligi “qoniqarsiz” deb topilishi mumkin boʻlgan davlat organlariga tavsiyalar kiritadi, ularga uslubiy jihatdan koʻmaklashadi. |
Muntazam ravishda | |||
|
4-bosqich |
Davlat tashkilotlari |
“E-Anticor.uz” elektron platformasi orqali yillik (oldingi yilning 1-yanvaridan baholanish oʻtkazilayotgan yilning 1-yanvariga qadar) maʼlumotlarni kiritadi. |
Har yili 10-yanvardan kechiktirmasdan | |||
|
|
||||||
|
5-bosqich |
Agentlik |
Yillik maʼlumotlar kiritilgandan keyin tanlov asosida tegishli davlat tashkilotlari maʼlumotlarining haqqoniyligini oʻrganadi. |
Har yili 1-fevralga qadar | |||
|
|
||||||
|
6-bosqich |
Agentlik |
Shakllantirilgan dastlabki reyting baholash natijalarini Reyting baholashni mustaqil amalga oshiruvchi ekspertlar guruhi (keyingi oʻrinlarda — Ekspertlar guruhi)ga taqdim etadi. |
Har yili 5-fevralga qadar | |||
|
|
||||||
|
7-bosqich |
Ekspertlar guruhi |
Agentlik tomonidan shakllantirilgan dastlabki reyting baholash natijalarini koʻrib chiqadi va quyidagilardan birini Agentlikka taqdim etadi: dastlabki reyting baholash natijalarini oʻzgarishsiz qoldirish yoki qisman oʻzgartirish haqida xulosa; muqobil reyting baholash natijalari. |
Har yili 15-fevralga qadar | |||
|
|
||||||
|
8-bosqich |
Agentlik Davlat tashkilotlari |
1. Ekspertlar guruhi xulosasi (yoki muqobil reyting baholash natijasi)ni puxta tahlil qiladi va unga koʻra dastlabki reytingni oʻzgartirish yoki oʻzgartirmaslik haqida qaror qabul qiladi. |
Har yili 20-fevralga qadar | |||
|
2. Har bir davlat tashkilotiga uning reyting baholash natijasi haqidagi maʼlumotni yuboradi. |
||||||
|
3. Davlat tashkilotlari oʻz reyting baholash natijalarini koʻrib chiqadi, taklif va eʼtirozlarini Agentlikka yuboradi. |
Har yili 25-fevralga qadar | |||||
|
4. Agentlik davlat tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan taklif va eʼtirozlarni puxta tahlil qiladi va reyting baholashni oʻzgartirish yoki oʻzgartirmaslik haqida qaror qabul qiladi. |
Har yili 1-martga qadar | |||||
|
|
||||||
|
9-bosqich |
Agentlik |
Yakuniy reyting natijalarini Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha milliy kengashga kiritadi hamda oʻz rasmiy veb-sayti va ommaviy axborot vositalari orqali eʼlon qiladi. |
Har yili 1-mart | |||
|
|
||||||
|
10-bosqich |
Agentlik |
1. Reyting baholash natijalariga koʻra korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligi “qoniqarli” deb topilgan davlat tashkilotlariga samaradorlikni yanada oshirish boʻyicha tavsiyalar kiritadi. |
Har yili 15-martga qadar | |||
|
Davlat tashkilotlari |
2. Agentlik tomonidan kiritilgan tavsiyalar ijrosi boʻyicha maʼlumotlarni “E-Anticor.uz” elektron platformasiga kiritib boradi. |
Belgilangan muddatlarda | ||||
|
|
||||||
|
11-bosqich |
Davlat tashkilotlari Agentlik |
1. Korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligi “qoniqarsiz” deb topilgan davlat tashkilotlari korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqadi va uni Agentlik bilan kelishilgan holda tasdiqlaydi. |
Har yili 20-martga qadar | |||
|
2. Tasdiqlangan chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish choralarini koʻradi. |
Belgilangan muddatlarda |