Xalq deputatlari Nishon tumani Kengashining
Qarori
Tumandagi aholi punktlarining tarkibiy qismlariga yangidan nom berish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 41-son, 448-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ““Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq geografik obyektlarning nomlari sohasidagi ishlarni tartibga solish chora-tadbirlari haqida” 2012-yil 16-oktabrdagi 295-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 41-42-son, 483-modda) ijrosini taʼminlash maqsadida geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha viloyat komissiyasining xulosalari va tuman hokimining aholi punktlarining tarkibiy qismlariga yangidan nom berish toʻgʻrisidagi taklifini koʻrib chiqib, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 320-modda) 6-moddasiga asosan xalq deputatlari tuman Kengashi, qaror qiladi:
1. Tuman hokimining tumandagi aholi punktlarining tarkibiy qismlariga yangidan nom berish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
2. Tumandagi aholi punktlarining yangidan nomlanayotgan tarkibiy qismlari roʻyxati 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Tuman statistika boʻlimi (E. Bekmurodov), kadastr agentligi Nishon tuman boʻlimi (Y. Abdishukurov), Kadastrlar palatasi Nishon tuman filiali (X. Zulfiqorov), tuman qurilish boʻlimi (Sh. Safarov), tuman ichki ishlar boʻlimi (Sh. Shokirov), mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi (Sh. Xujaqulova) hamda boshqa tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda aholi punktlarining yangidan nomlanayotgan tarkibiy qismlari nomini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va elektron bazani shakllantirish, ish yuritish hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish bilan bogʻliq barcha tadbirlarni amalga oshirsinlar.
4. Tuman ichki ishlar boʻlimi (Sh. Shokirov) aholi punktlarining yangidan nomlanayotgan tarkibiy qismlari aholisining fuqarolik pasportlariga, mazkur hudud aks ettirilgan yoʻl belgilariga tegishli oʻzgartirishlar kiritish ishlarini tashkiliy ravishda amalga oshirsin.
5. Tumandagi fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlariga aholi punktlarining tarkibiy qismlari yangidan nomlanayotganligi munosabati bilan aholi oʻrtasida keng targʻibot-tashviqot ishlarini amalga oshirish tavsiya etilsin.
6. Davlat kadastrlari palatasi Nishon tuman filiali (X. Zulfiqorov) hamda tuman qurilish boʻlimi (Sh. Safarov) larga tuman hududidagi yangidan nomlangan aholi punktlarining tarkibiy qismlari nomlari yozilgan koʻrsatkich va belgilari foydalangan peshlavhalarni zamonaviy dizayn asosida bosqichma-bosqich oʻrnatilishini taʼminlash topshirilsin.
7. Mazkur qaror “Nishon tongi”da eʼlon qilinsin.
8. Mazkur qaror tuman hokimligining “nishont.uz” rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
9. Mazkur qaror ijrosini taʼminlash hamda nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi U. Usmonov va tuman hokimining oʻrinbosari U. Nabiyev zimmalariga yuklatilsin.
10. Mazkur qaror rasman eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Kengash raisi M. XAYITMURADOV
Nishon t.,
2021-yil 16-dekabr,
VI-39-69-4-65-K/21-son
Xalq deputatlari Nishon tuman Kengashining 2021-yil 16-dekabrdagi VI-39-69-4-65-K/21-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Tumandagi aholi punktlarining yangidan nomlanayotgan tarkibiy qismlari roʻyxati