16.10.2019 yildagi PQ-4492-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Yadro-energetika dasturi uchun kadrlar salohiyatini rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasida 2018-yilda mamlakat atom energetikasini umumiy energetika balansiga kiritish, undan kamida 60 yil davomida xavfsiz foydalanishni ta’minlagan holda respublika hududida atom elektr stansiyasi barpo etishni nazarda tutuvchi yadro-energetika dasturini amalga oshirishga start berildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston atom energiyasidan tinchlik yo‘lida foydalanish sohasida ilmiy bazaga ega. Xususan, respublikamizda tadqiqot yadro reaktoridan foydalangan holda ilmiy izlanishlar 1959-yildan beri olib borilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Atom energetikasini rivojlantirish bo‘yicha xalqaro tajribani hamda Xalqaro atom energiyasi agentligi tavsiyalarini hisobga olgan holda atom energiyasidan foydalanish sohasida malakali kadrlarni tayyorlash milliy yadroviy infratuzilmaning g‘oyat muhim elementlaridan biri hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-fevraldagi “2019 — 2029-yillarda O‘zbekiston Respublikasida atom energetikasini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-4165-son qarorini ijro etish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi yadro-energetika dasturini atom energiyasidan xavfsiz foydalanish talablariga javob beradigan malakali kadrlar bilan o‘z vaqtida va to‘laqonli ta’minlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasida atom energetikasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5484-son Farmoniga muvofiq Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida “Atom yadrosi va elementar zarralar fizikasi, tezlashtiruvchi texnika”, “Yadro fizikasi va yadro texnologiyalari (qo‘llash sohalari bo‘yicha)”, shuningdek, Samarqand davlat universitetida “Atom yadrosi va elementar zarralar fizikasi, tezlashtiruvchi texnika” yangi magistratura mutaxassisliklari ochildi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-iyuldagi “Toshkent shahrida “MMFI” milliy tadqiqot yadro universiteti” federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasining filialini tashkil etish va uning faoliyatini tashkillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-3875-son qaroriga muvofiq Toshkent shahrida atom sohasi uchun kadrlar tayyorlashda tayanch oliy ta’lim muassasasi hisoblanuvchi “MMFI” milliy tadqiqot yadro universiteti” federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasining (Rossiya Federatsiyasi) filiali tashkil etilib, “Yadro energetikasi va issiqlik fizikasi”, “Yadro fizikasi va texnologiyasi”, “Issiqlik energetikasi va issiqlik texnikasi”, “Elektr energetikasi va elektr texnikasi” yo‘nalishlari bo‘yicha talabalarni o‘qitish yo‘lga qo‘yildi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining “Issiqlik texnikasining nazariy asoslari” kafedrasi “Issiqlik energiyasi va atom elektr stansiyalari” kafedrasiga aylantirildi, uning negizida “Energetika (atom energetikasi)” mutaxassisligi bo‘yicha talabalarni o‘qitish tashkil etildi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 19-oktabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligi (keyingi o‘rinlarda — “O‘zatom” agentligi) va “Rosatom” davlat korporatsiyasi (Rossiya Federatsiyasi) o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi atom energetikasi sohasida kadrlarni o‘qitish va tayyorlashda hamkorlik qilish to‘g‘risida O‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi, unga ko‘ra 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab “MMFI” milliy tadqiqot yadro universiteti” federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasida (Rossiya Federatsiyasi) O‘zbekiston Respublikasi talabalarini o‘qitish boshlandi.
(1-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-79-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.05.2024-y., 06/24/79/0363-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasining Yadro-energetika dasturi uchun kadrlar salohiyatini rivojlantirishning asosiy tamoyillari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atom energiyasidan foydalanishda xavfsizlikning so‘zsiz ustuvorligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atom elektr stansiyasi (keyingi o‘rinlarda — AES) barpo etish va undan foydalanishda ishtirok etuvchi tashkilotlar xodimlarining yuqori darajadagi xavfsizlik madaniyatini doimiy ravishda ta’minlab borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli lavozim uchun talab qilingan malaka va tajribaga ega boshqaruv, muhandislik, operativ va ta’mirlash xodimlarining AESda ishlashiga ruxsat berishni ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro atom energiyasi agentligi (keyingi o‘rinlarda — MAGATE) tavsiyalariga va eng yaxshi xalqaro amaliyotga asoslangan holda kadrlar tayyorlashga tizimli yondashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish uzluksizligi, tayyorlov dasturlari atom energiyasidan foydalanish obyektlari hayotiy davrining joriy bosqichlariga, atom energiyasidan foydalanish xavfsizligini davlat tomonidan tartibga soluvchi maxsus vakolatli organning xavfsizlik talablariga mosligini ta’minlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Yadro-energetika dasturi uchun kadrlar salohiyatini rivojlantirish strategiyasi (keyingi o‘rinlarda — Strategiya) 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Yadro-energetika dasturi uchun kadrlar salohiyatini rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha harakatlar rejasi (keyingi o‘rinlarda — Harakatlar rejasi) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zatom” agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi, Fanlar akademiyasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Harakatlar rejasida belgilangan tadbirlarning o‘z vaqtida va to‘liq bajarilishini ta’minlasin.
(3-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-79-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.05.2024-y., 06/24/79/0363-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki, Strategiyada va Harakatlar rejasida nazarda tutilgan vazifalar va tadbirlarni amalga oshirish “O‘zatom” agentligi va yadro-energetika dasturida ishtirok etuvchi boshqa vazirlik va idoralarning asoslantirilgan hisob-kitoblariga binoan O‘zbekiston Respublikasi davlat budjeti, budjetdan tashqari jamg‘armalar mablag‘lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — “El-yurt umidi” jamg‘armasi):
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-noyabrdagi PF-3-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zatom” agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Fanlar akademiyasi bilan birgalikda 2020-yil va keyingi yillar uchun O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi uchun Davlat budjetida nazarda tutilgan maqsadli mablag‘lar, “O‘zatom” agentligining budjetdan tashqari mablag‘lari va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga xorijda kadrlar malakasini oshirish va stajirovka qilish, shuningdek, xorijiy oliy ta’lim va ilmiy tashkilotlarning magistratura, aspirantura va doktoranturasida yosh mutaxassislarni o‘qitish maqsadli ko‘rsatkichlarini tuzishda yadro-energetika dasturida ishtirok etuvchi vazirliklar va idoralarning kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini hisobga olsin;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-79-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.05.2024-y., 06/24/79/0363-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va “O‘zatom” agentligi bilan birgalikda atom energiyasidan foydalanish sohasining malakali va yuqori malakali mutaxassislari bo‘lgan vatandoshlarimizni yadro-energetika dasturida ishtirok etuvchi vazirliklar va idoralarning rahbar lavozimlariga jalb qilish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni muntazam ko‘rib borsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “O‘zatom” agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining “MMFI” milliy tadqiqot yadro universiteti” federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasining Toshkent shahridagi filialini moddiy-texnik ta’minlash bo‘yicha xarajatlarni qo‘shimcha moliyalashtirish, shuningdek, uning xodimlarini O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti, budjetdan tashqari jamg‘armalar mablag‘lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga moliyalashtirish bilan bir qatorda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligining Atom energetikasini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-79-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.05.2024-y., 06/24/79/0363-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Quyidagilarga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi energetika vaziri A.S. Sultanov zimmasiga — Strategiya va Harakatlar rejasini amalga oshirishda vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi energetika vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zatom” agentligining bosh direktori J.T. Mirzamahmudov, vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar rahbarlari zimmasiga — Strategiya va Harakatlar rejasida nazarda tutilgan tadbirlarni o‘z vaqtida bajarish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi ommaviy axborot vositalarida ushbu qarorning maqsad va vazifalarini, shuningdek, Strategiya va Harakatlar rejasini amalga oshirish jarayonini yoritish bo‘yicha maqolalar va mavzuga doir teleko‘rsatuvlar tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 16-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-4492-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 16-oktabrdagi PQ-4492-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Yadro-energetika dasturi uchun kadrlar salohiyatini rivojlantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
STRATEGIYASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi atom elektr stansiyasini (keyingi o‘rinlarda — AES) barpo etish O‘zbekiston Respublikasida energetikani rivojlantirishning strategik yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Atom energiyasidan foydalanish obyektlari hayotiy davrining barcha bosqichlarida xavfsizlik ta’minlangan taqdirda, ekologik toza energiya turi hisoblanadi. Bu, shu jumladan AES xodimlarining, yadro-energetika dasturini amalga oshirishga jalb etilgan nazorat organlari, vazirliklar va idoralar xodimlarining yuksak malakasi va xavfsizlik madaniyati orqali ta’minlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AES qurilishini 2022-yilda boshlash rejalashtirilmoqda. Birinchi energiya blokini 2028-yilda, ikkinchi energiya blokini esa 2030-yilda foydalanishga topshirish mo‘ljallangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining yadro-energetika dasturini kadr resurslari bilan ta’minlash uchun atom energiyasidan foydalanish sohasida kadrlar tayyorlashning samarali milliy tizimini shakllantirish zarur, bu esa Atom energiyasi xalqaro agentligining Milliy yadro infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalariga mos keladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yadro energetikasi dasturi uchun kadrlar tayyorlash milliy tizimini yaratish vazifalarini kompleks hal qilish lozim, chunki atom sohasini rivojlantirish nafaqat AESni ekspluatatsiya qilishda, balki qurilish, energetika, materialshunoslik, ta’lim, ilm-fan, texnika, tibbiyot kabi o‘zaro bog‘langan yo‘nalishlarda kadrlar tayyorlashni ham talab qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. O‘zbekiston Respublikasining Yadro-energetika dasturi uchun kadrlar salohiyatini rivojlantirish strategiyasi maqsad va vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AES barpo etish va xavfsiz ekspluatatsiya qilish, AESning butun hayotiy davri mobaynida yadroviy va radiatsiyaviy xavfsizlikni, AES xodimlari, aholi va atrof muhit xavfsizligini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalar olishni ta’minlaydigan O‘zbekiston Respublikasi atom energetikasi sohasi kadrlarini kompleks tayyorlash tizimini yaratish va kelgusida uning samaradorligini qo‘llab-quvvatlash O‘zbekiston Respublikasining Yadro-energetika dasturi uchun kadrlar salohiyatini rivojlantirish strategiyasi (keyingi o‘rinlarda — Strategiya)ning maqsadi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Strategiya maqsadiga erishish uchun quyidagi asosiy vazifalar hal etilishini ta’minlash zarur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atom energetikasini xavfsiz rivojlantirish talablariga muvofiq va eng yaxshi xalqaro tajribani hisobga olgan holda maktab ta’limidan boshlab oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limgacha barcha bosqichlarni o‘z ichiga oladigan atom sohasi uchun kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini va malaka oshirish tizimini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yadro-energetika dasturi uchun kadrlar salohiyatini rivojlantirishning normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi yadro-energetika dasturi uchun kadrlar tayyorlashga davlat buyurtmasini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy yadro-energetika dasturining tayanch oliy ta’lim muassasasi sifatida “MMFI” milliy tadqiqot yadro universiteti” federal davlat avtonom ta’lim muassasasining Toshkent shahridagi filiali (keyingi o‘rinlarda — “MMFI” milliy tadqiqot yadro universitetining Toshkent shahridagi filiali) faoliyatini rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi ta’lim muassasalari tashkil etish, mavjud ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish va ta’lim dasturlari hamda o‘quv metodikalarini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Atom energiyasi xalqaro agentligi (keyingi o‘rinlarda — MAGATE) tavsiyalariga muvofiq ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot xodimlari sifatli tayyorlanishi, qayta tayyorlanishi va malaka oshirishini ta’minlash, shuningdek, mehnat faoliyati atom energiyasidan foydalanish obyektlari xavfsizligiga ta’sir ko‘rsatadigan xodimlar malakasini uzluksiz qo‘llab-quvvatlash uchun shart-sharoitlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atom energiyasidan foydalanishda xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi maxsus vakolatli organ, milliy yadro-energetika dasturini amalga oshirishga jalb etilgan boshqa davlat organlari va tashkilotlari mutaxassislarini jadal tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yadro fizikasi, yadro tibbiyoti, radiokimyo, radiatsiya xavfsizligi, energetika, materialshunoslik, hayot faoliyatini ta’minlash xavfsizligi, gidrogeologiya, meteorologiya, ekologiya va boshqa sohalarda professor-o‘qituvchilar tarkibini hamda ilmiy xodimlarni tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atom sohasiga xodimlarning professional-texnik bilimlarini baholashning samarali tizimini va ish haqi miqdori xodimning malakasi, sohadagi ish staji hamda ish beruvchi tashkilot va umuman soha faoliyati samaradorligining muhim ko‘rsatkichlariga qo‘shadigan amaldagi real hissasiga bog‘liqligini nazarda tutuvchi moddiy rag‘batlantirish tizimini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atom sohasiga xodimlar uchun sohada ishlash obro‘sini va jozibadorligini oshiradigan kafolatlar, kompensatsiyalar va ijtimoiy dasturlar tizimini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AES xavfsizligi va qonun hujjatlari talablari bajarilishi nuqtai nazaridan kadrlar zaxirasini yaratishga va atom energetikasi tashkilotlarining o‘ta muhim lavozimlarida izchillikni ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yadro-energetika dasturi uchun kadrlar tayyorlash sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Strategiyaning asosiy yo‘nalishlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining yadro-energetika dasturi uchun kadrlar salohiyatini rivojlantirish uzoq muddatga mo‘ljallangan istiqboldagi maqsadli vazifalardan kelib chiqqan holda quyidagi asosiy yo‘nalishlarga muvofiq amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atom energetikasi kadrlar salohiyatini rivojlantirishning normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kadrlar tayyorlashga davlat buyurtmasini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“MMFI” milliy tadqiqot yadro universitetining Toshkent shahridagi filiali faoliyatini rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ta’lim muassasalarini rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AESni ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot xodimlarini tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atom energiyasidan foydalanishda xavfsizlikni ta’minlashni davlat tomonidan tartibga solish sohasidagi organlar mutaxassislarini tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atom energiyasidan foydalanish sohasida davlat boshqaruvi organlari mutaxassislarini tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
professor-o‘qituvchilar tarkibi va ilmiy xodimlarni tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kadrlar zaxirasini yaratish va atom energetikasining o‘ta muhim lavozimlarida izchillikni ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kadrlar tayyorlash asosida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
§1. Atom energetikasi kadrlar salohiyatini rivojlantirishning normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Atom energetikasi kadrlar salohiyatini rivojlantirishning normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish maqsadida quyidagi tadbirlarni amalga oshirish zarur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatoriga, shuningdek, Professional ta’lim yo‘nalishlari, mutaxassisliklari va kasblari klassifikatoriga atom energiyasidan foydalanish sohasidagi yangi yo‘nalishlar va ta’lim mutaxassisliklarini kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
referent AES tashkiliy tuzilmasi va shtat jadvalidan kelib chiqqan holda Xizmatchilar asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatoriga yangi lavozimlar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atom energiyasidan foydalanish sohasidagi davlat ta’lim standartlarini, shu jumladan referent AES uchun xodimlar tayyorlashda foydalanilgan yadro texnologiyalarini yetkazib beruvchi tomonidan taklif etiladigan ta’lim standartlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atom energiyasidan foydalanish sohasida faoliyat olib boradigan ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va yuridik shaxslar xodimlariga atom energiyasidan foydalanish sohasida ish olib borish huquqi uchun ruxsatnomalar berish tartibini tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atom energiyasidan foydalanish sohasida faoliyat olib boradigan ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va yuridik shaxslarning xodimlariga nisbatan malaka talablarini tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atom energiyasidan foydalanish sohasida faoliyat olib boradigan ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va yuridik shaxslarning bajaradigan faoliyatiga qarab atom energiyasidan foydalanish sohasida ish olib borish huquqi uchun ruxsatnomalar olishi kerak bo‘lgan xodimlari lavozimlari ro‘yxatini tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AESning ekspluatatsiya qiluvchi xodimlari bilimlarini tekshirish va attestatsiyadan o‘tkazish tartib-taomilini tashkil etish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atom energiyasidan foydalanish sohasida kadrlar tayyorlovchi, qayta tayyorlovchi, malakasini oshiruvchi ta’lim muassasalarining atom energiyasidan foydalanish sohasida kadrlar tayyorlash uchun litsenziyalar (ruxsatnomalar) olish va ularni akkreditatsiyadan o‘tkazish tartibini tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yadro qurilmalari va (yoki) saqlash punktlari xodimlarining ayrim toifalari, shuningdek, mazkur obyektlarda nazorat funksiyalarini amalga oshiruvchi atom energiyasidan foydalanish xavfsizligini davlat tomonidan tartibga soluvchi maxsus vakolatli organ xodimlarining mehnat sharoitlarining va ijtimoiy-maishiy ta’minoti xususiyatlarini tartibga soluvchi normalarni tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksida nazarda tutilgan majburiyatlar va huquqlarga nisbatan atom energiyasidan foydalanish obyektlarida mehnat intizomining kuchaytirilgan talablarini belgilovchi ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotning mehnat va ishlab chiqarish intizomi to‘g‘risidagi ustavni tasdiqlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
§2. Kadrlar tayyorlash uchun davlat buyurtmasini shakllantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining yadro-energetika dasturi uchun kadrlar tayyorlashga davlat buyurtmasini o‘z vaqtida shakllantirish maqsadida quyidagi tadbirlarni amalga oshirish zarur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yadro-energetika dasturi uchun kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash, shu jumladan quyidagi toifadagi mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash uchun mutaxassisliklar (ixtisosliklar) ro‘yxatini belgilash:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligi qoshidagi AES qurilishi direksiyasining AES qurilishini qo‘llab-quvvatlash, shu jumladan loyihani boshqarish, ish sifatini nazorat qilish va ishlarni qabul qilib olishni amalga oshiruvchi xodimlari;
(“a” kichik band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-79-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.05.2024-y., 06/24/79/0363-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) AESning ekspluatatsiya qiluvchi (operativ va ta’mirlash) xodimlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) atom energiyasidan foydalanish sohasida xavfsizlik masalalarini davlat tomonidan boshqarish va tartibga solish organlari xodimlari;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) tayyorlangan xodimlar malakasini ta’minlab turadigan va yangi kadrlarni o‘qitadigan ilmiy tashkilotlar va ta’lim muassasalari xodimlari;
(2-paragrafning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-noyabrdagi PF-3-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) AES qurishda ishtirok etadigan va AESni ekspluatatsiya qilishni qo‘llab-quvvatlaydigan boshqa tashkilotlar xodimlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mutaxassislarning lavozim majburiyatlarini bajarishga kasbiy tayyorligi mezonlarini aniqlash va ularni ushbu majburiyatlarni bajarishga tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘z malakasi va professional tajribasiga ko‘ra atom sohasini kadrlar bilan to‘ldiruvchi zaxira manbalariga kiradigan davlat organlari mutaxassislari, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida band bo‘lgan mutaxassislar, ta’lim muassasalari bitiruvchilari doirasini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasbiy tayyorligini, bilim va tajriba darajasini hisobga olib, mutaxassislar tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirishning yillik hajmlarini belgilash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
§3. “MMFI” milliy tadqiqot yadro universiteti”ning Toshkent shahridagi filiali faoliyatini rivojlantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“MMFI” milliy tadqiqot yadro universiteti”ning Toshkent shahridagi filiali faoliyatini rivojlantirish maqsadida quyidagi tadbirlarni amalga oshirish zarur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atom tarmog‘i uchun kadrlar tayyorlash sohasida tayanch oliy ta’lim muassasasi sifatida “MMFI” milliy tadqiqot yadro universiteti”ning Toshkent shahridagi filialini moddiy-texnik ta’minlash va faoliyatini qo‘llab-quvvatlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘quv jarayonini, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzuridagi Yadro fizikasi institutining o‘quv-amaliy laboratoriyalarini laboratoriya va o‘quv-laboratoriya uskunalari, maketlar va tahliliy trenajyorlar bilan jihozlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“MMFI” milliy tadqiqot yadro universiteti”ning Toshkent shahridagi filialiga yuqori malakali professor-o‘qituvchilar tarkibini jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bakalavrlar tayyorlash yo‘nalishlarini kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
magistratura ochish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atom sohasi xodimlari malakasini oshirishning tarmoq markazi faoliyatini tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
§4. Ta’lim muassasalarini rivojlantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Atom sohasida kadrlarni sifatli tayyorlash uzluksiz tizimini ta’minlash uchun ta’lim muassasalarni rivojlantirish maqsadida quyidagi tadbirlarni amalga oshirish zarur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy yadro-energetika dasturi uchun kadrlar tayyorlashga jalb etilgan ta’lim va ilmiy muassasalarning moddiy-texnik va o‘quv-laboratoriya bazasini modernizatsiyalash dasturini ishlab chiqish, tasdiqlash va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jizzax viloyatida AES joylashadigan asosiy maydon tanlanishini hisobga olib, AESning ekspluatatsiya qiluvchi xodimlarini tayyorlashga e’tibor bergan holda Jizzax politexnika institutida kadrlar tayyorlash yo‘nalishlarini kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AES binolari va inshootlari majmuasi tarkibida o‘quv-mashg‘ulot markazi (keyingi o‘rinlarda — o‘quv-mashg‘ulot markazi) barpo etish va foydalanishga topshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘quv-mashg‘ulot markazida ishlash uchun o‘qituvchilar va instruktorlarni tayyorlash, ularning malakasini doimiy qo‘llab-quvvatlashni, shu jumladan xorijda tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jizzax viloyatida “O‘zatom” agentligi vasiyligi hamda qo‘llab-quvvatlashi bilan aniq va tabiiy fanlar chuqur o‘rgatiladigan ixtisoslashtirilgan maktab-internat tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atom energetikasi, yadro texnologiyalari hamda yadro yoqilg‘isi, ishlatib bo‘lingan yadro yoqilg‘isi va radioaktiv chiqindilar bilan ishlash bo‘yicha maxsus o‘quv va ilmiy-ommabop adabiyotlar tayyorlash va chop etish, shuningdek, barcha darajadagi ta’lim jarayonlarining axborot-metodik ta’minotini ishlab chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
§5. AESni ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot xodimlarini tayyorlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot xodimlarini tayyorlash vaqt bo‘yicha AES hayotiy davrining to‘rtta bosqichiga bo‘lingan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) barpo etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) foydalanishga topshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) ekspluatatsiya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) foydalanishdan chiqarish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot xodimlari to‘rtta asosiy yo‘nalish bo‘yicha tayyorlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) oliy rahbar xodimlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) ekspluatatsiya (operativ va ta’mirlash) xodimlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) yordamchi texnik xodimlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) ma’muriy-boshqaruv xodimlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AESning oliy rahbar xodimlari tegishli malakaga, ish stajiga ega bo‘lgan va atom energiyasidan foydalanish obyektini boshqarish uchun zarur boshqa talablarga javob beradigan ekspluatatsiya qiluvchi xodimlar orasidan yakka tartibdagi rivojlanish rejalari bo‘yicha malakasini oshirish orqali tayyorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspluatatsiya qiluvchi va yordamchi texnik xodimlar to‘rt bosqichda tayyorlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) AESdagi aniq lavozim uchun talab etiladigan bazaviy ta’lim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) o‘quv-mashg‘ulot markazida nazariy tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) o‘quv-mashg‘ulot markazida maketlar, trenajyorlar va o‘qitishning boshqa texnik vositalarini qo‘llagan holda amaliy tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) AESdagi ish joyida amaliyot o‘tash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AESning ma’muriy-boshqaruv xodimlari o‘quv-mashg‘ulot markazida malakasini oshirish va nazariy tayyorgarlikdan o‘tkazish orqali tayyorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AES barpo etiladigan va foydalanishga topshiriladigan davrda ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot xodimlarini tayyorlashni rejalashtirish uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vaqt davomida rivojlanish davrlarini (2020, 2022, 2024, 2026, 2028-yillarda) hisobga olgan holda ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotning tashkiliy tuzilmasi va shtat jadvali tegishli tahrirlari ishlab chiqiladi hamda tasdiqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotning amaldagi tashkiliy tuzilmasi va uni rivojlantirish rejalari asosida nomzodlarni tayyorlash uchun malakali saralab olish grafiklari, xodimlarni o‘qitish grafiklari va qabul qilish grafiklari ishlab chiqiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot xodimlarini tayyorlash dasturi potensial ishtirokchilarining bo‘lajak ish joyi uchun o‘rnatilgan maxsus talablarga muvofiqligi mezonlari ishlab chiqiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘z malakasiga ko‘ra atom sohasini kadrlar bilan to‘ldiruvchi zaxira manbalariga kiradigan, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida band bo‘lgan mutaxassislar, ta’lim muassasalari bitiruvchilari doirasi belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi AESni foydalanishga topshirish uchun zarur bo‘lgan ekspluatatsiya qiluvchi xodimlarni tayyorlash O‘zbekiston Respublikasi hududida atom elektr stansiyasini qurishda hamkorlik qilish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Rossiya Federatsiyasi Hukumati o‘rtasida 2018-yil 7-sentabrda tuzilgan bitim (keyingi o‘rinlarda — Hukumatlararo bitim) doirasida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukumatlararo bitim tatbiq etilmaydigan AES xodimlari davlat ta’lim muassasalari kuchi bilan yoki kontrakt asosida tayyorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AESning ekspluatatsiya qiluvchi xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish jarayonida va atom energiyasidan foydalanish sohasida ish bajarish uchun ruxsatnomalar berishda qo‘llaniladigan malaka talablari va muvofiqlik mezonlari atom energiyasidan foydalanishda xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organ tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AESni ekspluatatsiya qilish davrida xodimlar malakasi, bilimi va ko‘nikmalarini talab darajasida ta’minlab turish o‘quv-mashg‘ulot markazida, shuningdek, zarur hollarda, ixtisoslashgan milliy va xorijiy ta’lim muassasalarida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspluatatsiya qiluvchi xodimlarning bilimi Atom energiyasidan foydalanishda xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi maxsus vakolatli organ tomonidan belgilangan muddatlarda tekshirilib turiladi (attestatsiyadan o‘tkaziladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
§6. Atom energiyasidan foydalanishda xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlar mutaxassislarini tayyorlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Atom energiyasidan foydalanishda xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlarning mutaxassislari uchta asosiy yo‘nalish bo‘yicha tayyorlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) atom energiyasidan foydalanishda xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi maxsus vakolatli organ (keyingi o‘rinlarda — regulator) mutaxassislari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) yadro va radiatsiya xavfsizligi sohasi ekspertlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) atom energiyasidan foydalanish obyektlarida nazorat faoliyatini amalga oshiruvchi sanoat, yong‘in, ekologik xavfsizlik, sanitariya-epidemiologiya xavfsizligi, jismoniy himoya qilish va mehnatni muhofaza qilish sohasidagi davlat nazorati organlari mutaxassislari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Regulator mutaxassislar uchta bosqichda tayyorlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) muayyan lavozim uchun talab qilinadigan bazaviy ma’lumot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) yadro va radiatsiya xavfsizligi bo‘yicha, shu jumladan o‘quv-mashg‘ulot markazida tayyorlash, qayta tayyorlash yoki malaka oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) ishlab turgan AESlarda amaliyot o‘tash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yadro va radiatsiya xavfsizligi sohasi ekspertlarini tayyorlash tegishli oliy ta’lim olish, shuningdek, zarur hollarda yadro va radiatsiya xavfsizligi bo‘yicha tayyorlash, qayta tayyorlash yoki malaka oshirish orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Atom energiyasidan foydalanish obyektlarida nazorat faoliyatini amalga oshiruvchi sanoat, yong‘in, ekologik xavfsizlik, sanitariya-epidemiologiya xavfsizligi, jismoniy himoya qilish va mehnatni muhofaza qilish sohasidagi davlat nazorati organlari mutaxassislarini tayyorlash, shu jumladan o‘quv-mashg‘ulot markazida malakasini oshirish orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Regulator xodimlarini tayyorlashni rejalashtirish uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
regulator tashkiliy tuzilmasi va uni rivojlantirish rejalari asosida nomzodlarni tayyorlash uchun malakali saralab olish grafiklari, mutaxassislarni o‘qitish grafiklari va ishga qabul qilish grafiklari ishlab chiqiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
regulator mutaxassislarini tayyorlash dasturining potensial ishtirokchilarini bo‘lajak ish joyi uchun o‘rnatilgan maxsus talablarga muvofiqligi mezonlari ishlab chiqiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘z malakasiga ko‘ra regulatorning kadrlar tarkibini shakllantiruvchi zaxira manbalariga kiradigan, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida band bo‘lgan mutaxassislar, ta’lim muassasalari bitiruvchilarining doirasi belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atom energiyasidan foydalanish obyektlarida nazorat faoliyatini amalga oshiruvchi sanoat, yong‘in, ekologik xavfsizlik, sanitariya-epidemiologiya xavfsizligi, jismoniy himoya qilish va mehnatni muhofaza qilish sohasidagi regulator va davlat nazorati organlari mutaxassislari malakasi, bilimi va ko‘nikmalarini talab darajasida ta’minlab turish ixtisoslashgan milliy va xorijiy ta’lim muassasalarida, shu jumladan, zarur hollarda, o‘quv-mashg‘ulot markazida olib borilishi mumkin. Bunda mazkur organlar mutaxassislarining bilimi belgilangan tartibda tekshirilishi (attestatsiyadan o‘tkazilishi) lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
§7. Atom energiyasidan foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvi organlari mutaxassislarini tayyorlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Atom energiyasidan foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvi organlari mutaxassislari ikki toifaga bo‘linadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) atom energiyasidan foydalanish sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organi (keyingi o‘rinlarda — davlat boshqaruvi vakolatli organi) mutaxassislari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) atom energiyasidan foydalanish sohasida alohida vakolatlarga ega bo‘lgan davlat boshqaruvi organlari mutaxassislari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat boshqaruvi vakolatli organi mutaxassislari ikki bosqichda tayyorlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) muayyan lavozim uchun talab qilinadigan bazaviy ma’lumot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) atom energiyasidan foydalanish sohasida, shu jumladan o‘quv-mashg‘ulot markazida tayyorlash, qayta tayyorlash yoki malaka oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Atom energiyasidan foydalanish sohasida alohida vakolatlarga ega davlat boshqaruvi organlari mutaxassislari, shu jumladan o‘quv-mashg‘ulot markazida malaka oshirish orqali tayyorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat boshqaruvi vakolatli organi xodimlarini tayyorlashni rejalashtirish uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi vakolatli organi tashkiliy tuzilmasi asosida nomzodlarni tayyorlash uchun malakali saralab olish grafiklari, mutaxassislarni o‘qitish grafiklari va ishga qabul qilish grafiklari ishlab chiqiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi vakolatli organi mutaxassislarini tayyorlash dasturining potensial ishtirokchilarini bo‘lajak ish joyi uchun o‘rnatilgan maxsus talablarga muvofiqlik mezonlari ishlab chiqiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘z malakasiga ko‘ra davlat boshqaruvi vakolatli organi kadrlar tarkibini shakllantiruvchi zaxira manbalariga kiradigan, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida band bo‘lgan mutaxassislar, ta’lim muassasalari bitiruvchilari doirasi belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat boshqaruvi vakolatli organi va atom energiyasi sohasida alohida vakolatlarga ega davlat boshqaruvi organlari mutaxassislari malakasi, bilimi va ko‘nikmalarini talab darajasida ta’minlab turish ixtisoslashgan milliy va xorijiy ta’lim muassasalarida, shu jumladan, zarur hollarda, o‘quv-mashg‘ulot markazida amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
§8. Professor-o‘qituvchilar tarkibini hamda ilmiy xodimlarni tayyorlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Atom energiyasidan foydalanish sohasida oliy malakali kadrlarni tayyorlash quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ta’lim muassasalarini professor-o‘qituvchilar tarkibi bilan hamda ilmiy tashkilotlarni ushbu sohadagi ilmiy xodimlar bilan ta’minlash;
(8-paragrafning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-noyabrdagi PF-3-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atom energiyasidan foydalanishning noenergetik yo‘nalishlarini rivojlantirish maqsadida yadro fizikasi, yadro tibbiyoti, radiatsiya xavfsizligi, hayot faoliyatini ta’minlash xavfsizligi, materialshunoslik, gidrogeologiya, meteorologiya va boshqa sohalarda kadrlar tayyorlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
§9. Kadrlar zaxirasini yaratish va atom energetikasining o‘ta muhim lavozimlarida izchillikni ta’minlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AES xavfsizligi nuqtai nazaridan o‘ta muhim lavozimlarda izchillikni ta’minlash va qonun hujjatlari talablarini bajarish uchun ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot turli boshqaruv tajribasiga ega mutaxassislar (test sinovlariga ko‘ra talablarga mos deb topilgan oliy ta’lim muassasalarining yuqori kurslari talabalari, energetika korxonalarining tajribali xodimlari, boshqaruvchilar va boshqa malakali mutaxassislar) uchun kadrlar zaxirasini rivojlantirish dasturini ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yadro-energetika dasturini amalga oshirishda ishtirok etuvchi vazirliklar, idoralar va tashkilotlar kadrlar zaxirasini yaratish va rivojlantirish bo‘yicha o‘z rejalarini hamda bo‘linmalar va alohida lavozimlar kesimida eng istiqbolli kadrlarni aniqlash va ularning malakasini oshirishga doir tadbirlarni ishlab chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Atom sohasining malakali va tajribali xodimlari yosh mutaxassislarga ham professional asosda, ham xavfsizlik madaniyati va soha qadriyatlarini rivojlantirish borasida zarur bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishda ko‘maklashishini nazarda tutuvchi “ustoz-shogird” tizimini tashkil etish kadrlar zaxirasini rivojlantirish dasturining majburiy tarkibiy qismi bo‘lishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
§10 Kadrlar tayyorlash sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kadrlar tayyorlash sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadida quyidagilarda ishtirok etish bo‘yicha texnikaviy hamkorlik dasturi doirasida MAGATE bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish zarur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zbekiston Respublikasida atom elektr stansiyasi va tadqiqot reaktori qurish bo‘yicha loyihani amalga oshirish uchun kadrlar salohiyatini va milliy yadro infratuzilmasini rivojlantirish” UZB2018004 milliy loyihasi doirasidagi o‘quv tadbirlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnologiyalarni yetkazib beruvchi tomonidan tashkil etiladigan mintaqalararo o‘quv loyihalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAGATE shafeligida tashkil etiladigan xalqaro konferensiyalar, seminarlar va kengashlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kadrlar tayyorlash, shu jumladan tajriba almashish, o‘quv seminarlari va treninglarni, shu jumladan kontrakt asosida tashkil etish va o‘tkazish masalalari bo‘yicha xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik quyidagilar bilan birgalikda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Rosatom” Davlat korporatsiyasi tayanch oliy o‘quv yurtlari konsorsiumiga kiruvchi ta’lim muassasalari (Rossiya Federatsiyasi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Rosatom” texnik akademiyasi” qo‘shimcha kasb-hunar ta’limi avtonom notijorat tashkiloti (Rossiya Federatsiyasi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Rosatom” korporativ akademiyasi” avtonom notijorat tashkiloti (Rossiya Federatsiyasi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jahon yadro uyushmasi huzuridagi Jahon yadro universiteti (Buyuk Britaniya);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AESni ekspluatatsiya qiluvchi va o‘quv-mashg‘ulot majmualari hamda maxsus trenajyorlarga ega bo‘lgan xorijiy tashkilotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Strategiyani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Strategiyani amalga oshirish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlarni tayyorlash va mustaqil ishlashiga ruxsat berishdagi o‘ziga xoslikni hisobga olib, AESni kadrlar bilan ta’minlash masalalari bo‘yicha normativ-huquqiy bazani takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AESni sifatli barpo etish va xavfsiz ekspluatatsiya qilishni, yadroviy va radiatsiya xavfsizligini, xodimlar, aholi va atrof muhit xavfsizligini ta’minlash uchun kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AESni sifatli barpo etish va xavfsiz ekspluatatsiya qilish uchun respublikaning atom energetikasi sohasini oliy va kasb-hunar ma’lumotga ega mutaxassislar, oliy malakali ilmiy xodimlar, tegishli mutaxassisliklar va ixtisosliklar bo‘yicha professional-texnik ma’lumotga ega xodimlar bilan ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atom sohasi, shu jumladan atom energiyasidan foydalanishda xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi maxsus vakolatli organ uchun kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni ta’minlash;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yadro-energetika dasturi uchun kadrlar tayyorlovchi ta’lim muassasalari va ilmiy tashkilotlarda ta’lim jarayonini samarali ilmiy-metodik, normativ-texnik va o‘quv-dasturiy qo‘llab-quvvatlashni ta’minlash;
(4-bobning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-noyabrdagi PF-3-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zamonaviy o‘quv va ilmiy-laboratoriya bazasini yaratish, yadro-energetika dasturi uchun kadrlar tayyorlovchi ta’lim muassasalari va ilmiy tashkilotlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash;
(4-bobning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-noyabrdagi PF-3-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy va kasb-hunar ta’limi muassasalarining o‘qituvchilari va ishlab chiqarish ta’limi ustalarining kasbiy bilim darajasini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirish maqsadida moliyaviy mablag‘lardan samarali foydalanishni ta’minlash imkonini beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 16-oktabrdagi PQ-4492-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Yadro-energetika dasturi uchun kadrlar salohiyatini rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
HARAKATLAR REJASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Moliyalashtirish manbalari

Ijro muddatlari

Mas’ul ijrochilar

I. Atom energiyasidan foydalanish sohasida mutaxassislarni o‘qitishning normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish va ularni atom sohasiga biriktirish

1.

Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatoriga, shuningdek, Professional ta’lim yo‘nalishlari, mutaxassisliklari va kasblari klassifikatoriga atom energiyasidan foydalanish sohasidagi yangi ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarini kiritish.

1. Atom energetikasi sohasida kadrlar tayyorlash bo‘yicha xorijiy tajribani o‘rganish.

2. Klassifikatorlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish.

2020-yil

aprel

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Madjidov),

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Muxitdinov),

“O‘zatom” agentligi (Mirzamaxmudov),

Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi (Gulyamov),

Fanlar akademiyasi (Yuldashev)

2.

Atom elektr stansiyasining (keyingi o‘rinlarda — AES) tashkiliy tuzilmasi va shtat jadvalidan kelib chiqqan holda Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatoriga yangi lavozimlar kiritish.

Klassifikatorga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va kiritish.

2020-yil

dekabr

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Muxitdinov),

“O‘zatom” agentligi (Mirzamaxmudov)

Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi (Gulyamov),

Fanlar akademiyasi (Yuldashev),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Madjidov)

3.

Atom energiyasi obyektlarini ishlatish uchun kerakli kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziya taqdim qilish tartibini tasdiqlash.

Litsenziya berish tartibini tasdiqlash bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va kiritish.

2019-yil

dekabr

Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi (Gulyamov),

Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (Tashkenbayev),

“O‘zstandart” agentligi (Sattarov),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Madjidov),

“O‘zatom” agentligi (Mirzamaxmudov),

Fanlar akademiyasi (Yuldashev)

4.

Atom energiyasidan foydalanish sohasidagi davlat ta’lim standartlarini, shu jumladan yadro texnologiyalarini yetkazib beruvchining amaldagi standartlarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish.

1. Atom energiyasidan foydalanish sohasidagi davlat ta’lim standartlari loyihalarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2. Tasdiqlangan davlat ta’lim standartlari asosida o‘quv rejalari va dasturlarini ishlab chiqish.

2020-yil

iyun

2020-yil

avgust

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Madjidov),

“O‘zstandart” agentligi (Sattorov),

“O‘zatom” agentligi (Mirzamaxmudov),

Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi (Gulyamov)

5.

Atom energiyasidan foydalanish sohasida ish olib borish huquqi uchun ruxsatnoma berish tartibini tasdiqlash.

1. Hukumatning tegishli qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish.

2. Yadroviy qurilmalar, saqlash punktlari xodimlari va atom energiyasidan foydalanish sohasida faoliyat olib boruvchi yuridik shaxslar atom energiyasidan foydalanish sohasida ish olib borish huquqi uchun ruxsatnomalar olishi zarur bo‘lgan ish turlari ro‘yxatini shakllantirish.

3. Bajaradigan faoliyatiga qarab atom energiyasidan foydalanish sohasida ish olib borish huquqi uchun ruxsatnomalar olishi lozim bo‘lgan xodimlar lavozimlari ro‘yxatini shakllantirish.

2020-yil

iyun

Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi (Gulyamov),

“O‘zatom” agentligi (Mirzamaxmudov),

Fanlar akademiyasi (Yuldashev),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Madjidov)

6.

Xalqaro atom energiyasi agentligi (keyingi o‘rinlarda — MAGATE) tavsiyalarini hisobga olgan holda AES obyektlaridan foydalanish uchun kadrlarga qo‘yiladigan zarur malakaviy talablarni tasdiqlash.

Kadrlarga qo‘yiladigan malakaviy talablar bo‘yicha idoraviy normativ hujjatni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2021-yil dekabr

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Muxitdinov),
Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi (Gulyamov),

“O‘zatom” agentligi (Mirzamaxmudov)

7.

AESning operativ va ta’mirlash xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibini tasdiqlash.

Attestatsiyadan o‘tkazish tartib-taomillarini tasdiqlash bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va kiritish.

2021-yil

dekabr

Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi (Gulyamov),

“O‘zatom” agentligi (Mirzamaxmudov),

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
(Muxitdinov)

8.

Yadro qurilmalari va (yoki) saqlash punktlari xodimlari ayrim toifalarining, shuningdek, ushbu obyektlarda nazorat funksiyalarini amalga oshiruvchi atom energiyasidan foydalanish xavfsizligini davlat tomonidan tartibga soluvchi organ xodimlarining mehnat sharoitlarining va ijtimoiy-maishiy ta’minoti xususiyatlarini tasdiqlash maqsadida mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va kiritish.

2021-yil

iyun

“O‘zatom” agentligi (Mirzamaxmudov),

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Muxitdinov),

Moliya vazirligi (Ishmetov),

Fanlar akademiyasi (Yuldashev),

Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi (Gulyamov)

II. Atom energiyasidan foydalanish sohasida mutaxassislar, oliy malakali ilmiy xodimlar va ishchi kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish uchun davlat buyurtmasini shakllantirish

9.

Yadroviy texnologiyalar yetkazib beruvchisi bilan AES tashkiliy tuzilmasi va shtat jadvalini kelishish.

1. AES qurilishi bo‘yicha asosiy Kontraktning kadrlar tayyorlashga doir tegishli ilovalarini muhokama qilish.

2. AESning tashkiliy tuzilmasi va shtat jadvalini kelishish.

3. Oliy va kasb-hunar ma’lumotga ega mutaxassislar, oliy malakali ilmiy xodimlar va ishchilar tayyorlash uchun mutaxassisliklar (ixtisosliklar) ro‘yxatini belgilash.

4. AES qurilishi bo‘yicha Kontraktni imzolash.

2019-yil

dekabr

“O‘zatom” agentligi (Mirzamaxmudov)

10.

Yadro-energetika dasturida ishtirok etuvchi tashkilotlarning qisqa va uzoq muddatli davrda kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini shakllantirish.

Kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni qisqa va uzoq muddatli davr uchun hisoblab, “O‘zatom” agentligiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga axborot taqdim etish.

2019-yil

dekabr

“O‘zatom” agentligi (Mirzamaxmudov),

Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi (Gulyamov),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Madjidov),
Fanlar akademiyasi (Yuldashev),

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xodjayev),

yadro-energetika dasturida ishtirok etuvchi vazirliklar, idoralar va tashkilotlar

11.

Yadro-energetika dasturini amalga oshirish yillari bo‘yicha oliy va kasb-hunar ma’lumotga ega mutaxassislar hamda ishchilarni tayyorlash (qayta tayyorlash) milliy rejasini tasdiqlash.

1. O‘zbekiston Respublikasining yadro-energetika dasturi uchun kadrlar tayyorlash milliy rejasini ishlab chiqish.

2. Xodimlar toifalarini va kadrlar tayyorlash maqsadli ko‘rsatkichlarini belgilash.

3. Milliy rejani tasdiqlash.

2020-yil

mart

“O‘zatom” agentligi (Mirzamaxmudov)

12.

Yadro-energetika dasturini amalga oshirish yillari bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlashning belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlariga muvofiq ta’lim muassasalariga qabul kvotalarini tasdiqlash.

Kvotalarni tasdiqlashni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va kiritish.

har yili avgust oyiga qadar

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xodjayev),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Madjidov),

yadro-energetika dasturida ishtirok etuvchi vazirliklar, idoralar va tashkilotlar

13.

Oliy ta’lim, oliy ta’limdan keyingi ta’lim va qo‘shimcha kasb-hunar ta’limi sohasida, shuningdek, ilm-fanning atom sohasi manfaatlari yo‘lidagi faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida oliy ta’lim muassasalari hamjamiyatini — “O‘zatom” agentligi tayanch oliy ta’lim muassasalari konsorsiumini tashkil etish.

1. Yadro-energetika dasturini amalga oshirish uchun kadrlar tayyorlashda ishtirok etadigan ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasalar ro‘yxatini belgilash.

2. “O‘zatom” agentligi tayanch oliy ta’lim muassasalari konsorsiumi to‘g‘risidagi nizomni va ushbu hamjamiyatning ish rejasini ishlab chiqish hamda tasdiqlash.

2020-yil sentabr

“O‘zatom” agentligi (Mirzamaxmudov),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Madjidov),

Fanlar akademiyasi (Yuldashev)

III. Atom energiyasidan foydalanish sohasida kadrlar tayyorlashda ishtirok etadigan yangi ta’lim muassasalarini tashkil etish, ta’lim va ilmiy muassasalarning moddiy-texnika va o‘quv-laboratoriya bazasini rivojlantirish

14.

“MMFI” milliy tadqiqot yadro universitetining Toshkent shahridagi filiali (keyingi o‘rinlarda — “MMFI” filiali) faoliyatini rivojlantirish.

1. “MMFI” filiali negizida kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash o‘quv markazini tashkil etish.

2. O‘quv markazi murabbiylarini saralab olish va qayta tayyorlash.

3. O‘quv markazi normativ hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

4. Bakalavrlar tayyorlash yo‘nalishlarini kengaytirish.

5. Magistratura yo‘nalishlarini ochish.

6. Oliy ta’limdan keyingi ta’limni tashkil qilish.

O‘zbekiston Respublikasi

Atom energetikasini rivojlantirish jamg‘armasi

Grafik asosida

“O‘zatom” agentligi (Mirzamaxmudov),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Madjidov)

15.

AES joylashgan hududda aniq va tabiiy fanlar chuqur o‘rgatiladigan ixtisoslashgan maktab-internat tashkil etish.

1. Jizzax viloyatidagi ta’lim muassasalari holatini va ta’lim sifati ko‘rsatkichlarini o‘rganish.

2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga quyidagi masalalar bo‘yicha takliflar tayyorlash:

birinchi AES joylashgan hududda ixtisoslashgan maktab-internat tashkil etish;

maktab-internatni “Zamonaviy maktab” dasturining 2020-yilgi rejasiga kiritish.

3. Jizzax shahrida 2020-yilda tashkil etiladigan “Prezident maktabi” bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish orqali STEM ta’lim elementlarini va o‘quvchilarni saralab olish tizimini bosqichma-bosqich joriy etish.

Xalq ta’limini rivojlantirish jamg‘armasi,

Atom energetikasini rivojlantirish jamg‘armasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari

2019-yil

noyabr







2020-yil

sentabrdan boshlab

Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov),

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashti-rilgan maktablarni rivojlantirish agentligi (Boboxujayev),

“O‘zatom” agentligi (Mirzamaxmudov),
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Madjidov),

Jizzax viloyati hokimligi
(Soliyev)

16.

AES joylashgan hududda O‘quv-mashg‘ulot markazi (keyingi o‘rinlarda — O‘MM) barpo etish va foydalanishga topshirish.

1. O‘MM barpo etish va foydalanishga topshirish grafigini tasdiqlash.

2. Obyektni barpo etish va foydalanishga topshirishni ta’minlash.

3. O‘MM instruktorlarini tanlab olish va ularni, shu jumladan xorijda qayta tayyorlash.

4. O‘MM normativ hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

AESni qurish kontrakti doirasida

2026-yil

dekabr

“O‘zatom” agentligi (Mirzamaxmudov),

Atom elektr stansiyasi qurilishi direksiyasi (Amanov)

17.

Jizzax politexnika instituti faoliyatini rivojlantirish.

1. AES joylashgan maydon hududida atom energetikasi tarmog‘ini va unga o‘zaro bog‘liq tarmoqlarni rivojlantirish ehtiyojlaridan kelib chiqib, Jizzax politexnika institutining mutaxassisliklari ro‘yxatini va kadrlar tayyorlash yo‘nalishlarini kengaytirish.

2. Tanlangan yo‘nalishlar bo‘yicha xorijiy universitetlar bilan qo‘shma ta’lim dasturlarini tashkil etish.

Institutning budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari

2020-yil

aprel




2020-yil

avgust

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Madjidov),

Jizzax politexnika instituti
(Usmankulov)

18.

AES uchun suvning radiokimyoviy sifatini nazorat qiluvchi kadrlarni tayyorlash maqsadida “Radiokimyo” yo‘nalishida yangi ta’lim ixtisosligini tashkil etish.

1. Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti kimyo fakultetining “Tabiiy birikmalar kimyosi” kafedrasida “Radiokimyo” yo‘nalishini tashkil etish;

2. Laboratoriya uskunalarini xarid qilish va kafedrani jihozlash.

3. Laboratoriya uskunalaridan foydalanishni metodik qo‘llab-quvvatlash.

Universitetning budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari

2020-yil

aprel




2020-yil

avgust

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Madjidov),

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti
(Marahimov)

19.

“O‘zatom” agentligi tayanch oliy ta’lim muassasalari konsorsiumi ta’lim va ilmiy muassasalari moddiy-texnika va o‘quv-laboratoriya bazasini yaratish hamda modernizatsiya qilish.

1. O‘quv va ilmiy laboratoriyalar moddiy-texnika bazasini modernizatsiya qilish, oliy ta’lim muassasalarini zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.

2. “O‘zatom” agentligi tayanch oliy ta’lim muassasalari konsorsiumi oliy ta’limni boshqarish axborot tizimini joriy etish.

3. “O‘zatom” agentligi tayanch oliy ta’lim muassasalari konsorsiumi uchun “MMFI” milliy tadqiqot yadro universitetining Toshkent shahridagi filiali qoshida doim yangilab turiladigan ma’lumotlar bazasiga va elektron kutubxonaga ega zamonaviy Axborot-resurs markazini tashkil etish.

4. Nucleus, Web of Science, Scopus kabi texnik va ilmiy axborotlarning ilmiy-ta’lim ma’lumotlar bazasidan foydalanish tizimini joriy etish.

Atom energetikasini rivojlantirish jamg‘armasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va budjetdan tashqari jamg‘armalar mablag‘lari

doimiy ravishda

2021-yil avgust

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Madjidov),

“O‘zatom” agentligi (Mirzamaxmudov)

20.

“Hayot faoliyati xavfsizligi” va “Atrof-muhitni muhofaza qilish” yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlanadigan respublikaning tegishli ta’lim muassasalarini maxsus laboratoriya uskunalari bilan jihozlash.

1. Maxsus laboratoriya uskunalari ro‘yxatini ishlab chiqish va kelishish.

2. Laboratoriya uskunalarini xarid qilish va jihozlash.

3. Laboratoriya uskunalaridan foydalanishni metodik qo‘llab-quvvatlash.

Oliy ta’limni rivojlantirish jamg‘armasi,
oliy ta’lim muassasalarining budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari, O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti va budjetdan tashqari jamg‘armalar mablag‘lari

2020-yil avgust

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Madjidov),

“O‘zstandart” agentligi
(Sattarov)

21.

“O‘zatom” agentligi tayanch oliy ta’lim muassasalari konsorsiumi ehtiyoji uchun xorijiy o‘quv adabiyotlari tizimli ravishda chop etilishini tashkillashtirish, ta’lim jarayonining o‘quv-metodik ta’minotini ishlab chiqish.

1. O‘quv va o‘quv-metodik adabiyotlarni chop etishga tayyorlaydigan bo‘linma tashkil etish.

2. Xorijiy adabiyotlar ro‘yxatini shakllantirish, ularni xarid qilish, chop etish va tarqatish tartibi to‘g‘risidagi nizom loyihasini ishlab chiqish.

Oliy ta’limni rivojlantirish jamg‘armasi,

O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti va budjetdan tashqari jamg‘armalar mablag‘lari

2020-yil avgust

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Madjidov),
Fanlar akademiyasi (Yuldashev),
“O‘zatom” agentligi (Mirzamaxmudov)

IV. AESni ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot xodimlarini tayyorlash

22.

AESni qurish va foydalanishga topshirish davrlarida ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot xodimlarini tayyorlashni rejalashtirish.

1. Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot tashkiliy tuzilmasini va shtat jadvalining tegishli tahririni ishlab chiqish hamda tasdiqlash.

2. Nomzodlarni tayyorlash uchun malakali tanlab olish jadvallarini, o‘qitish jadvalini ishlab chiqish.

3. Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot xodimlarini tayyorlash dasturi salohiyatli ishtirokchilarini ish joyi uchun o‘rnatilgan maxsus talablarga muvofiqligi mezonlarini ishlab chiqish.

har yili

2020 — 2030-yillar


har yili

dekabr oyigacha

2022-yil may

“O‘zatom” agentligi (Mirzamaxmudov)

Atom elektr stansiyasi qurilishi direksiyasi (Amanov)

23.

AESni ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotning rahbar, ekspluatatsiya (operativ va ta’mirlash), yordamchi (texnik) va ma’muriy-boshqaruv xodimlarini MAGATE tavsiyalariga muvofiq tayyorlash.

1. Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotdagi salohiyatli xodimlarining bazaviy ta’lim olishini tashkil etish.

2. Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot xodimlarida AESni mustaqil boshqarish kompetensiyasini shakllantirish maqsadida zamonaviy keng ko‘lamli trenajyorlar va mashg‘ulot markazlaridan foydalangan holda ularni maxsus tarzda tarzda tayyorlashni tashkil etish.

3. AESdagi ish joyida amaliyot o‘tashni tashkil etish.

AES qurilishi bo‘yicha kontrakt doirasida,
Atom energetikasini rivojlantirish jamg‘armasi

2025-yil

dekabr

“O‘zatom” agentligi (Mirzamaxmudov)

Atom elektr stansiyasi qurilishi direksiyasi (Amanov)

24.

Kadrlar zaxirasini saralab olish va tayyorlash tizimini ishlab chiqish hamda joriy etish.

1. Xalq xo‘jaligining turli tarmoqlarida band bo‘lgan mutaxassislar, o‘z malakasiga ko‘ra atom sohasini kadrlar bilan to‘ldirish manbalariga kiradigan ta’lim muassasalari bitiruvchilari doirasini belgilash.

2. O‘ta muhim lavozimlarda rivojlantirish modul dasturlarini ishlab chiqish hamda lavozimda ko‘tarilish va rotatsiya bilan samaradorlik ko‘rsatkichlari o‘rtasida o‘zaro bog‘liqligini ta’minlash.

3. O‘ta muhim lavozimlar uchun nomzodlarning boshqaruv salohiyati samaradorligini baholash kompleks tizimini ishlab chiqish.

4. O‘ta muhim lavozimlar uchun kadrlar zaxirasini shakllantirish uchun tavsiyalar tayyorlash.

2022-yildan boshlab doimiy ravishda

“O‘zatom” agentligi (Mirzamaxmudov)

Atom elektr stansiyasi qurilishi direksiyasi (Amanov)

25.

AES xavfsizligi nuqtai nazaridan o‘ta muhim lavozimlarda izchillikni ta’minlash.

1. Turli yo‘nalishda boshqaruv tajribasiga ega bo‘lgan mutaxassislar (oliy ta’lim muassasalarining yuqori kurs talabalari, energetika korxonalarining tajribali xodimlari, boshqaruvchilar va test yakunlari bo‘yicha tegishli talablarga mos deb topiladigan boshqa malakali mutaxassislar) uchun Kadrlar zaxirasini rivojlantirish dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2. Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotning Kadrlar zaxirasini rivojlantirish dasturi ijrosini ta’minlash.

2020-yil yanvar

“O‘zatom” agentligi (Mirzamaxmudov)

Atom elektr stansiyasi qurilishi direksiyasi (Amanov)

V. Atom energiyasidan foydalanish sohasida xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga solish organlari va davlat boshqaruvi organlari, yadro-energetika dasturida ishtirok etadigan o‘zaro bog‘liq tarmoqlar tashkilotlari uchun kadrlar tayyorlash

26.

Atom energiyasidan foydalanish sohasida xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi maxsus vakolatli organ xodimlarini tayyorlash.

1. Xodimlar tayyorlash grafigini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2. Xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni ta’minlash.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari, Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining budjetdan tashqari mablag‘lari

2019-yil dekabr

grafik asosida

Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi (Gulyamov)

27.

Atom energiyasidan foydalanish sohasida davlat boshqaruvi organlari xodimlarini tayyorlash.

1. Nomzodlarni tayyorlash uchun malakali saralab olish grafiklarini, mutaxassislarni o‘qitish grafiklarini va ishga qabul qilish grafiklarini ishlab chiqish hamda tasdiqlash.

2. Tasdiqlangan o‘qitish grafiklari va ishga qabul qilish grafiklari asosida nomzodlarni tayyorlash uchun malakali saralab olishni, mutaxassislarni ishga qabul qilishni tashkil etish.

Vazirlik va idoralarning
o‘z mablag‘lari, O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti va budjetdan tashqari jamg‘armalar mablag‘lari

2019-yil dekabr

grafik asosida

Energetika vazirligi (Sultonov),
Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shodmonov), FVV (Mo‘minov),
Davlat ekologiya qo‘mitasi (Qo‘chqorov), “O‘zatom” agentligi (Mirzamaxmudov),

Fanlar akademiyasi (Yuldashev),
tegishli vazirliklar
va idoralar

28.

O‘MMda atom energiyasidan foydalanish sohasida xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlar va davlat boshqaruvi organlari, yadro-energetika dasturida ishtirok etadigan o‘zaro bog‘liq tarmoqlarning tashkilotlari mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini lozim darajada ta’minlash.

1. Xodimlarni tayyorlash grafigini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2. O‘MMda qayta tayyorlash va malaka oshirishni tashkil etish.

Vazirlik va idoralarning
o‘z mablag‘lari, O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti va budjetdan tashqari jamg‘armalar mablag‘lari

2019-yil dekabr

grafik asosida

Davlat ekologiya qo‘mitasi (Qo‘chqorov), IIV (Bobojonov),
FVV (Mo‘minov), Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shodmonov), Mudofaa vazirligi (Kurbanov),
Milliy gvardiya (Toshmatov),
Qurilish vazirligi (Zokirov),
tegishli vazirliklar
va idoralar

29.

Ta’lim muassasalarini professor-o‘qituvchilar tarkibi bilan hamda ilmiy-tadqiqot muassasalarini ushbu sohadagi ilmiy xodimlar bilan ta’minlash uchun atom energiyasidan tinchlik yo‘lida foydalanish sohasida oliy malakali kadrlarni tayyorlash.

1. Atom energetikasi yo‘nalishlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan ilmiy kengashlar tashkil etish.

2. Atom energiyasidan tinchlik yo‘lida foydalanish sohasidagi falsafa doktorlarini (PhD) va fan doktorlarini (DSc) tayyorlash uchun kvotalar ajratish.

O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti va budjetdan tashqari jamg‘armalar mablag‘lari

2020-yildan boshlab

Oliy attestatsiya komissiyasi (Yusupov),

Innovatsion rivojlantirish vazirligi (Abdurahmonov),
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Madjidov),

Fanlar akademiyasi (Yuldashev)

30.

O‘MM instruktorlari va ixtisoslashgan oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilar tarkibining malakasini oshirishni tashkil etish.

1. Ixtisoslashgan oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilar tarkibining malakasini tizimli ravishda oshirish grafigini ishlab chiqish hamda tasdiqlash.

2. “Rosatom” texnik akademiyasi”, Jahon yadro universiteti va boshqalar bilan malaka oshirish bo‘yicha shartnomalar tayyorlash va imzolash.

Vazirlik va idoralarning
o‘z mablag‘lari, O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti va budjetdan tashqari jamg‘armalar mablag‘lari

2027-yil sentabrdan boshlab

“O‘zatom” agentligi (Mirzamaxmudov),

“El-yurt umidi” jamg‘armasi (Bekmurodov),
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Madjidov),

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shodmonov),

Fanlar akademiyasi (Yuldashev)

31.

Yadro fizikasi, yadro tibbiyoti, radiokimyo, radiatsiya xavfsizligi, hayot faoliyatini ta’minlash xavfsizligi, meteorologiya, gidrogeologiya, materialshunoslik va boshqa noenergetik yo‘nalishlarda kadrlar tayyorlash.

1. Qisqa va uzoq muddatli davrlarda kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlarni hisoblab chiqish.

2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga kadrlarga bo‘lgan ehtiyoji to‘g‘risida axborot taqdim etish.

3. Kadrlar tayyorlashni tashkil etish.

Vazirlik va idoralarning
o‘z mablag‘lari, O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti va budjetdan tashqari jamg‘armalar mablag‘lari

2020-yil iyun

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Madjidov),

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shodmonov),

Fanlar akademiyasi (Yuldashev),

Qurilish vazirligi (Zokirov),

“O‘zatom” agentligi (Mirzamaxmudov),

Moliya vazirligi (Ishmetov)

VI. Respublikaning atom sohasi uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha xalqaro hamkorlik

32.

Texnik hamkorlik dasturi doirasida MAGATE bilan hamkorlik qilish.

1. Maqsadli o‘qitish bo‘yicha ehtiyojlarni shakllantirish (o‘qitish mavzulari va ishtirokchilar ro‘yxati).

2. So‘rov tayyorlash va MAGATE kotibiyatiga yuborish.

3. MAGATE bilan birgalikda tadbirlar rejasini kelishish.

Vazirlik va idoralarning
o‘z mablag‘lari, O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti va budjetdan tashqari jamg‘armalar mablag‘lari

doimiy ravishda kelishuvlar asosida

Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi (Gulyamov),
“O‘zatom” agentligi (Mirzamaxmudov),

Fanlar akademiyasi (Yuldashev),
tegishli vazirliklar
va idoralar

33.

Kadrlar tayyorlash, xususan, tajriba almashish, o‘quv seminarlari va treninglarini, shu jumladan shartnoma asosida tashkil qilish va o‘tkazish masalalari bo‘yicha xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilish.

1. Xodimlarni xorijda o‘qitish grafigini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2. Quyidagi ta’lim muassasalari bilan yadro energetikasi uchun xodimlar tayyorlash bo‘yicha shartnomani kelishish
va imzolash:

“Rosatom” davlat korporatsiyasi (Rossiya Federatsiyasi) tayanch oliy ta’lim muassasalari konsorsiumiga kiradigan ta’lim muassasalari;

“Rosatom” texnik akademiyasi”ning (Rossiya Federatsiyasi) qo‘shimcha kasb-hunar ta’limi avtonom notijorat tashkiloti;

“Rosatom korporativ akademiyasi”ning (Rossiya Federatsiyasi) avtonom notijorat tashkiloti;

Jahon yadro uyushmasi (Buyuk Britaniya) huzuridagi Jahon yadro universiteti;

AESni ekspluatatsiya qiluvchi va o‘quv-mashg‘ulot majmualariga hamda maxsus trenajyorlarga ega xorijiy tashkilotlar.

O‘z mablag‘lari, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari, tegishli jamg‘armalar mablag‘lari

2020-yil oktabr

grafik asosida

Davlat ekologiya qo‘mitasi (Qo‘chqorov), IIV (Bobojonov),
FVV (Mo‘minov), Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shodmonov), Mudofaa vazirligi (Kurbanov),
Milliy gvardiya (Toshmatov),
Qurilish vazirligi (Zokirov),
tegishli vazirliklar
va idoralar

(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.10.2019-y., 07/19/4492/3930-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son; 25.05.2024-y., 06/24/79/0363-son)