27.12.2021 yildagi 777-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovar-xom ashyo birjalarida fyuchers savdolarini joriy qilish hamda mahsulotlarni avtotransportda tashish xizmatlarining elektron logistika savdo portalini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Shartnomaviy munosabatlarni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 14-sentabrdagi PF-6313-son Farmoni hamda “Yuqori likvidli va monopol tovarlarni sotish jarayonlariga bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 17-martdagi PQ-5031-son qarorida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, birja savdolariga yangi savdo instrumentlarini, shu jumladan, tovar derivativlarini bosqichma-bosqich joriy qilish hamda mahsulotlarni avtotransportda tashish xizmatlarining toʻliq raqamlashgan shaffof navbat tamoyiliga asoslangan elektron logistika savdo portalini tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi tomonidan “Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ (keyingi oʻrinlarda — OʻzRTXB) bilan birgalikda birja savdolarida derivativlarni, shu jumladan, fyuchers savdolari dasturiy taʼminotini joriy qilish boʻyicha ilgʻor xorijiy kompaniyalar bilan kelishuvga erishilgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan OʻzRTXB bilan birgalikda mahsulotlarni yetkazib berish jarayonida toʻliq raqamlashgan shaffof navbat tizimini nazarda tutuvchi yuk tashuvchilar oʻrtasida raqobatni taʼminlaydigan elektron logistika savdo portali yaratilib, 2021-yil 1-sentabrdan ishga tushirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) quyidagi asosiy ustuvor yoʻnalishlarni nazarda tutuvchi tovar-xom ashyo birjalarida fyuchers savdolarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizom 1-ilovaga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fyuchers savdolarini oʻtkazish, tovarlarning bozor narxi shakllanishini taʼminlash hamda tomonlar oʻrtasida hisob-kitoblarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fyuchers savdolarida ishtirok etish boʻyicha birja aʼzolari va ularning treyderlariga qoʻyiladigan talablarni belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijoz va birja aʼzosi oʻrtasidagi munosabatlarni tartibga solish, shuningdek, fyuchers shartnomalari boʻyicha kliringni amalga oshirish va shartnomalarning ijrosini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fyuchers shartnomalarini tuzish va ijrosi bilan bogʻliq boʻlgan nizolarni hal qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organ tomonidan fyuchers savdolari jarayonida narx manipulyatsiyasiga yoʻl qoʻymaslik, fyuchers savdolari ishtirokchilari ustidan nazoratni amalga oshirish, qonunchilik hujjatlari talablari buzilgan holatlarda birja aʼzolariga nisbatan choralar koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) quyidagi asosiy ustuvor yoʻnalishlarni nazarda tutuvchi avtotransportda yuk tashish xizmatlari boʻyicha elektron logistika savdo portali faoliyati toʻgʻrisida nizom 2-ilovaga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron logistika savdo portalida buyurtmachilar va yuk tashuvchilarni roʻyxatdan oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuk tashish boʻyicha shartnomalar tuzishni savdolarning shaffof va raqobat tamoyillariga asoslangan holda elektron raqamli imzo orqali amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdolar jarayoni va narxlar manipulyatsiyasini nazorat qilish hamda avtotransport vositalarida yuk tashishlarni monitoring va tahlil qilish boʻyicha tegishli davlat organlari bilan axborot almashinuvini yoʻlga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuzilgan shartnomalar boʻyicha hisob-kitoblarni oldindan zakalat toʻlovlarini kiritgan va shartnoma majburiyatlarini bajarish kafolatlarini taʼminlagan holda hisob-kitob kliring palatasi orqali amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma shartlari boʻyicha tomonlarning majburiyatlarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
insofsiz yuk tashuvchilarni aniqlash, ularga nisbatan choralar koʻrish va elektron logistika portalidan chetlatishni tartibga solish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 1-yanvardan boshlab OʻzRTXBda fyuchers savdolari yoʻlga qoʻyiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi tovar-xom ashyo birjalarida tovar derivativlarini, shu jumladan, fyuchers savdolarini tartibga solish sohasida vakolatli organ hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ va “Toshkent tovar xomashyo birjasi” AJga:
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-108-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/108/0579-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fyuchers savdolarini oʻtkazish qoidalarini hamda fyuchers savdolari boʻyicha kliringni amalga oshirish tartibini ishlab chiqish va Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi bilan kelishgan holda tasdiqlash, shuningdek, fyuchers savdolarini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha oʻquv dasturini ishlab chiqish, birja aʼzolari va ularning mijozlari uchun savdolarni oʻtkazish boʻyicha doimiy oʻquv kurslarini tashkil etish tavsiya etilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birja savdolarida xorijiy kompaniyalar ishtirokini kengaytirish maqsadida norezident sotuvchi va xaridorlarning birja shartnomasi boʻyicha toʻlovi, vositachilik yigʻimi hamda tomonlarning zakalati bilan bogʻliq birja savdo operatsiyalarini amalga oshirish uchun chet eldagi xorijiy banklarda bank hisobvaraqlari ochishga ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi respublikada fyuchers savdolarini ommalashtirish va yanada ragʻbatlantirish maqsadida, tovar-xom ashyo birjalari aʼzolari tomonidan amalga oshirilgan fyuchers operatsiyalari qiymatidan kelib chiqib, mos ravishda ularning soliq bazasini kamaytirish boʻyicha tegishli qonun loyihasini uch oy muddatda ishlab chiqsin va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi OʻzRTXB bilan birgalikda ikki oy muddatda monopol tashkilotlar va davlat ishtirokidagi xoʻjalik jamiyatlari tomonidan eksportga sotilayotgan mahsulotlar boʻyicha xalqaro yuk tashish xizmatlarini oʻrgangan holda savdolarni elektron logistika savdo portali orqali amalga oshirish toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi tovar-xom ashyo birjalari bilan birgalikda birja savdolari qoidalarining ushbu qaror talablariga muvofiqlashtirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 27-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
777-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 777-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovar-xom ashyo birjalarida fyuchers savdolarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom tovar-xom ashyo birjalarida fyuchers savdolarini oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birja — birja savdolarini belgilangan qoidalar asosida oldindan belgilangan joy va muayyan vaqtda, tashkil etuvchi yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisob-kitob-kliring palatasi (keyingi oʻrinlarda — HKKP) — kliring elektron tizimi orqali birjaning fyuchers shartnomalari boʻyicha kliring, hisob-kitob va oʻzaro hisob-kitoblarni amalga oshirishni taʼminlovchi birjaning tarkibiy boʻlinmasi boʻlib, fyuchers bozorida markaziy kontragent vazifasini bajaradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
markaziy kontragent — kliring ishtirokchilari uchun kliring xizmatini koʻrsatuvchi va fyuchers shartnomasi boʻyicha tomonlar uchun kontragent vazifasini bajaruvchi birjaning tarkibiy boʻlinmasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar-xom ashyo birjalarida tovar derivativlarini, shu jumladan, fyuchers savdolarini tartibga solish sohasida vakolatli organ — Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organ);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fyuchers savdolari — fyuchers kontraktlarini sotish boʻyicha oʻtkaziladigan birja savdolari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fyuchers kontrakti — bazaviy aktivni kelajakda joriy bozor narxlarida sotish (xarid qilish) boʻyicha birja savdolariga qoʻyiladigan kontrakt;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fyuchers shartnomalari — birja tovarini yetkazib berishni (yetkazib berish fyuchersi) yoki birja tovarini yetkazib bermagan holda shartnoma taraflari oʻrtasida hisob-kitoblar amalga oshirilishini (hisob-kitob fyuchersi) nazarda tutadigan, kelgusida bajarish majburiyati bilan tuziladigan hosila moliyaviy vositalarning (derivativlarning) oldi-sotdi shartnomalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kliring — kliring ishtirokchilari, birja aʼzolari va mijozlarning oʻzaro majburiyatlarini belgilash, aniqlashtirish va hisobga olishga doir operatsiyalar majmuasi, shuningdek, ushbu Nizom, Fyuchers savdolarini oʻtkazish qoidalari hamda Fyuchers savdolari boʻyicha kliringni amalga oshirish tartibiga muvofiq ular oʻrtasida amalga oshiriladigan oʻzaro hisob-kitoblar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bazaviy aktiv — fyuchers kontrakti ijrosini taʼminlashda hisob-kitob uchun baza hisoblanadigan va fyuchers kontrakti boʻyicha yetkazib beriladigan tovar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijoz — birja tomonidan belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan yuridik va jismoniy shaxs boʻlib, kliring ishtirokchisi va birja aʼzolari uning topshirigʻiga koʻra va uning hisobidan fyuchers shartnomalarini tuzishlari mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kliring ishtirokchisi — kliring xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha HKKP bilan shartnoma tuzgan shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisob-kitob narxi — belgilangan alohida uslubga muvofiq kliring hisob-kitoblari uchun qoʻllaniladigan narx;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
depozit marja — fyuchers shartnomasi boʻyicha majburiyatlar bajarilishini taʼminlash uchun kliring ishtirokchisi hisobvaragʻida saqlanadigan mablagʻlar miqdori (qiymati);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
variatsion marja — fyuchers savdolari va kliring oʻtkazilgandan soʻng bazaviy aktiv uchun bozor narxining oʻzgarishi natijasida ochiq pozitsiyalar boʻyicha shakllangan mablagʻlar koʻrinishidagi oʻzaro tomonlar huquq va majburiyatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vositachilik yigʻimi — birja savdolari elektron tizimida shartnomalar qayd etilishi, shuningdek, kliringni amalga oshirish maqsadida vakolatli organ tomonidan belgilangan tariflar asosida akseptsiz tartibda birja tomonidan undiriladigan mablagʻ;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabnoma — fyuchers shartnomalarini tuzish boʻyicha birja aʼzosi tomonidan belgilangan tartibda beriladigan taklif;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ochiq pozitsiya — fyuchers shartnomalarini tuzish natijasida kliring ishtirokchisi va (yoki) uning mijozlarida shakllanadigan huquq va majburiyatlar yigʻindisi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yopiq pozitsiya — aynan bitta ochiq pozitsiya boʻyicha bekor qilingan huquq va majburiyatlarning yigʻindisi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qisqa pozitsiya — bir yoki bir nechta fyuchers kontraktlarini sotish natijasida shakllanadigan huquq va majburiyatlar yigʻindisi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uzun pozitsiya — bir yoki bir nechta fyuchers kontraktlarini xarid qilish natijasida shakllanadigan huquq va majburiyatlar yigʻindisi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdo sessiyasi — birjada belgilangan tartibda fyuchers savdolari oʻtkaziladigan vaqt;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
keyingi savdo sessiyasi — aynan bitta fyuchers kontrakti boʻyicha joriy savdo sessiyasidan keyingi savdo sessiyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki tomonlama qarama-qarshi auksion — fyuchers bozorida sotuvchi va xaridor oʻrtasida raqobat asosida elektron savdolarni oʻtkazish shakli boʻlib, unda fyuchers shartnomasi talab va taklif buyurtmalari kesishgan nuqtada shakllangan narxda tuziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ofset bitimi — fyuchers kontrakti boʻyicha qarama-qarshi pozitsiya paydo boʻlishi bilan oldin ochilgan pozitsiyaga muvofiq mavjud boʻlgan huquq va majburiyatlarni bekor qiluvchi fyuchers shartnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yetkazib berish uchun xabarnoma — sotuvchi tomonidan fyuchers kontrakti boʻyicha bazaviy aktivni yetkazib berishga tayyorligi toʻgʻrisida belgilangan tartibda yuboriladigan xabarnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xarid qilish uchun xabarnoma — xaridor tomonidan fyuchers kontrakti boʻyicha bazaviy aktivni xarid qilishga tayyorligi toʻgʻrisida belgilangan tartibda yuboriladigan xabarnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspiratsiya sanasi — fyuchers kontrakti boʻyicha savdolar oʻtkazilishi mumkin boʻlgan soʻnggi savdo kuni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
roʻyxat — terrorizmga, ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishga qarshi kurashadigan davlat organlari va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa vakolatli organlari tomonidan taqdim etiladigan maʼlumotlar, shuningdek, xorijiy davlatlarning vakolatli organlari va xalqaro tashkilotlar rasmiy kanallar orqali taqdim etiladigan maʼlumotlar asosida maxsus vakolatli davlat organi tomonidan tuzilgan, terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar roʻyxati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Fyuchers savdolari mazkur Nizom, shuningdek, uning talablari asosida tovar-xom ashyo birjalari ishlab chiqadigan va birjaning kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanadigan fyuchers savdolarini oʻtkazish qoidalari hamda fyuchers savdolari boʻyicha kliringni amalga oshirish tartibiga muvofiq elektron shaklda oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fyuchers savdolarini oʻtkazish qoidalari hamda fyuchers savdolari boʻyicha kliringni amalga oshirish tartibi vakolatli organ bilan kelishiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tasnifi birjaning Listing komissiyasi ishlab chiqqan va birja boshqaruvi (ijro etuvchi organ) tomonidan tasdiqlangan fyuchers kontraktlari birjada muomalaga chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Birjada bazaviy aktivni yetkazib berishni (yetkazib berish kontrakti) hamda hisob-kitobni amalga oshirishni (hisob-kitob kontrakti) nazarda tutuvchi fyuchers shartnomalari tuzilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Birjada fyuchers shartnomalari birja aʼzolari orqali tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Fyuchers savdolarida ishtirok etish uchun birja tomonidan tashkil etiladigan alohida oʻquv kursini muvaffaqiyatli tamomlab, tegishli sertifikat olgan hamda birjada akkreditatsiyadan oʻtgan, birja aʼzolari nomidan birja shartnomlari tuzishga vakolatli boʻlgan treyderlar orqali ishtirok etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Birja aʼzolari fyuchers shartnomalarini oʻz nomidan va oʻz hisobidan yoki mijozning topshirigʻiga koʻra va uning hisobidan tuzishlari mumkin. Shartnomani mijozlarning topshirigʻiga koʻra va hisobidan tuzishda, birja aʼzosi aynan bir shartnoma boʻyicha sotuvchi (qisqa pozitsiya) va xaridor (uzun pozitsiya) boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mijoz va birja aʼzosi oʻrtasidagi munosabatlar shartnoma asosida tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Fyuchers shartnomalari birja tomonidan belgilanadigan savdo sessiyalari davomida tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. HKKP fyuchers shartnomalari boʻyicha markazlashtirilgan kliringni amalga oshiradi. Fyuchers shartnomalari yuzasidan kliringni tashkil etish boʻyicha HKKP majburiyatlarini bajarish birja tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Fyuchers shartnomalari boʻyicha huquq va majburiyatlar, shuningdek, kafolat taʼminoti mablagʻlari hisobini yuritish (kliringni tashkil etish) HKKP tomonidan amalga oshiriladi. Kliring ishtirokchilari tomonidan fyuchers savdolarida ishtirok etish uchun xizmat koʻrsatayotgan birja aʼzolariga va ularning mijozlariga HKKPda shaxsiy hisobvaraqalar ochiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Fyuchers shartnomalarini tuzish uchun kliring ishtirokchilari, birja aʼzolari va ularning mijozlari oʻzlarining HKKPdagi alohida shaxsiy hisobvaraqlariga mablagʻlar oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Fyuchers shartnomasi elektron savdolar natijasiga koʻra birja tomonidan tegishli tartibda shartnomalar reyestrida roʻyxatga olingan vaqtdan boshlab elektron shaklda tuzilgan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Fyuchers kontrakti boʻyicha kliring ishtirokchilari oʻz majburiyatlarini bajarishini taʼminlash maqsadida birja kliring ishtirokchisi yoki birja aʼzosi tomonidan ochiladigan pozitsiyalar miqdori, fyuchers kontraktlari boʻyicha narxlarning tebranish limitlari kafolatlash mablagʻlari miqdorini belgilashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Tovar-xom ashyo birjalarida fyuchers savdolarini tashkil etish va oʻtkazish ilovaga muvofiq sxemaga asosan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Fyuchers savdolarini nazorat qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Fyuchers savdolarini nazorat qilish vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fyuchers savdolarini nazorat qilish tartibi vakolatli organ tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Birja har kuni savdo natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni vakolatli organga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Birja vakolatli organga savdo jarayonini onlayn rejimda kuzatish uchun sharoit yaratadi va fyuchers savdolari elektron tizimiga ulanishni taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Vakolatli organ va birja narx manipulyatsiyalari aniqlanganda, shuningdek, asossiz va kutilmagan narx oʻzgarishlari yuzaga kelgan holatlarda, fyuchers savdolarida ochiq pozitsiyalar boʻyicha cheklovlar belgilashga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Vakolatli organ birja savdolarining bir savdo sessiyasida bir xaridor tomonidan xarid qilinadigan kontrakt hajmlarining maksimal miqdorini (limitini) belgilash hamda talab va taklifdan kelib chiqib, ushbu hajmlarga oʻzgartirish kiritishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Vakolatli organ fyuchers savdolari jarayonida narx manipulyatsiyalarining oldini olish, ularni aniqlash va bartaraf etish boʻyicha birjaga bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatma beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Vakolatli organ fyuchers savdolari jarayonida narx manipulyatsiyalariga yoʻl qoʻygan ishtirokchilarga nisbatan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda chora koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Vakolatli organ mazkur Nizomning talablariga rioya etmaslik boʻyicha birjaga nisbatan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda chora koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Birja vakolatli organ bilan kelishgan holda, fyuchers savdolarida narx manipulyatsiyasini va raqobatga zid harakatlarning oldini olish boʻyicha birja savdolarini oʻtkazish qoidalari hamda fyuchers savdolari boʻyicha kliringni amalga oshirish tartibiga birjaning qoʻshimcha huquqlarini kiritishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Fyuchers kontraktini ochish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Fyuchers kontraktining tasniflari birjaning Listing komissiyasi tomonidan ishlab chiqiladi va birja boshqaruvi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Fyuchers kontrakti tasniflariga quyidagi shartlar kiritiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birja tomonidan belgilangan kontrakt raqami (kodi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarning toʻliq nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻlchov birligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma valyutasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitta kontraktdagi lot (oʻlchov birligida tovar miqdori);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
narxning minimal oʻzgarishi (tik);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
narxning minimal oʻzgarishi (tik) qiymati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspiratsiya sanasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yetkazib berish shartlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Birjaning Listing komissiyasi tomonidan fyuchers kontrakti tovar-xom ashyo birjalari ishlab chiqadigan va birja kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanadigan fyuchers savdolarini oʻtkazish qoidalarida belgilangan holatlarda, savdolardan chiqarilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Savdo sessiyalarini oʻtkazish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Fyuchers kontraktlari boʻyicha savdolar har ish kunida birja tomonidan tasdiqlangan jadvalga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Treyder tomonidan kiritilgan talabnomalar aynan mazkur fyuchers kontrakti boʻyicha savdolar sessiyasida roʻyxatga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Treyder tomonidan kiritilgan talabnomalar fyuchers kontraktining barcha muhim shartlarini oʻz ichiga olgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Treyderdan tushgan talabnomalar birja tomonidan talabnomalar roʻyxatida roʻyxatga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Birjaning talabnomani roʻyxatga olishi fyuchers kontrakti va kiritilgan talabnoma shartlarining savdo ishtirokchilari tomonidan soʻzsiz qabul qilinishi va bajarilishi lozimligini bildiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Treyder savdo jarayonida yangi talabnomalar berishi, ijro uchun qabul qilinmagan talabnomani bekor qilishi yoki oʻzgartirishi mumkin. Berilgan talabnomaga oʻzgartirish kiritilishi avval kiritilgan talabnomani bekor qilish va mazkur talabnomani yangi talabnoma sifatida qabul qilishga asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Fyuchers savdolari belgilangan savdo sessiyalari jadvaliga muvofiq elektron shaklda ikki tomonlama qarama-qarshi auksion asosida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Savdo sessiyasi davomida bajarilgan talabnomalar boʻyicha shartnomalar birja tomonidan roʻyxatga olinadi va shartnomalar reyestriga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Shartnomalar reyestrini tuzish savdo jarayonida olib boriladi va savdo sessiyasi yakuniga koʻra rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Birja tomonidan tuzilgan shartnomalar reyestrida roʻyxatga olingan hujjat shartnoma kuchiga ega deb hisoblanadi va birja aʼzolari tomonidan alohida hujjatlarni imzolashni talab etmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Fyuchers shartnomalarini roʻyxatga olish, shu jumladan, pozitsiyalarni majburiy ravishda yopish uchun birja aʼzosi va kliring ishtirokchisidan vositachilik yigʻimi undirib olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Birja aʼzosi tomonidan tuzilgan har bir fyuchers shartnomasi talabnomada koʻrsatilgan pozitsiya (pozitsiyalar) ochilishini anglatadi va ijro etilishini talab etadi, ofset bitimlarini tuzish hollari bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Kliring ishtirokchilari, birja aʼzolari yoki ularning mijozlari pozitsiyalari HKKP tomonidan ularning shaxsiy hisobvaraqlarida yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Fyuchers kontraktlari tasniflarida belgilangan tartibda savdolarda bozor xavf-xatarlarini qisqartirish maqsadida Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining koʻrsatmasiga asosan HKKP:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnomalar boʻyicha narxlarning chegaraviy miqdorlarini tasdiqlaydi, bunda har bir birja aʼzosi fyuchers shartnomalarini tuzishga mazkur chegaraviy miqdorlar doirasida talabnomalar berishi mumkin. Shartnomalar boʻyicha narxlarning chegaraviy miqdori keyingi savdo sessiyasi uchun oldingi savdo sessiyasidan kelib chiqib hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ochiq pozitsiyalarning cheklanishini — fyuchers kontrakti boʻyicha maksimal pozitsiyalar soni va mazkur pozitsiyalarni aniqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Shartnomalar boʻyicha narxlarning chegaraviy miqdorlarini koʻpaytirish zarurati yuzaga kelgan taqdirda, birja mazkur fyuchers kontrakti boʻyicha savdolarni toʻxtatishi mumkin va bu haqida HKKPni xabardor qilishi kerak boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Texnik va boshqa uzilishlar boʻlgan taqdirda, birja savdoni toʻxtatishga va uni boshqa savdo sessiyasiga koʻchirishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Toʻxtatilgan savdoni aynan shu kunning oʻzida qayta oʻtkazishning iloji boʻlmagan taqdirda, HKKP savdo toʻxtatilgunga qadar roʻyxatga olingan shartnomalar boʻyicha kliringni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Fyuchers shartnomalari boʻyicha hisob-kitob va kliringni amalga oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Hisob-kitob kliring palatasi quyidagi vazifalarni bajaradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fyuchers savdolari boʻyicha markaziy kontragent vazifasini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fyuchers savdolarida oʻzaro hisob-kitoblar fyuchers savdolari boʻyicha kliringni amalga oshirish tartibiga mos kelishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fyuchers shartnomalari boʻyicha tomonlar uchun majburiyatlar bajarilishini kafolatlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fyuchers savdolari ishtirokchilari mablagʻlarining saqlanishini kafolatlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Fyuchers bozorida moliyaviy kafolatlash tizimi quyidagi elementlardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kafolatlash jamgʻarmasi (depozit marja);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
variatsion marja;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurtalash jamgʻarmasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zaxira jamgʻarmasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kafolatlash jamgʻarmasi savdo ishtirokchilarining depozit marjasi va boʻsh mablagʻlari hisobiga shakllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sugʻurtalash jamgʻarmasi fyuchers bozoriga kirish paytida kliring ishtirokchisi badallaridan shakllanadi va uning hajmi HKKP tomonidan belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zaxira jamgʻarmasi birja tomonidan shakllantiriladi va uning hajmi birja boshqaruvi tomonidan oʻrnatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. HKKPda kliring ishtirokchisini roʻyxatga olishda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus roʻyxatga olish raqami beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maqomdan kelib chiqib tegishli toifa beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydalanuvchiga individual raqam beriladi va oʻzining, shuningdek, mijozlarining mablagʻlari hisobini yuritish uchun shaxsiy hisobvaraqlar ochiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Kliring ishtirokchisi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar kliring ishtirokchisi reyestriga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Fyuchers savdolarida ishtirok etish uchun mijoz kliring ishtirokchisi yoki birja aʼzosi orqali oʻzining HKKPdagi shaxsiy hisobvaragʻiga depozit marjasini kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Har bir kliring ishtirokchisining shaxsiy hisobvaragʻi uchun HKKP ochiq pozitsiyalar boʻyicha kafolat mablagʻlarini kiritish yuzasidan qarzdorlikning miqdorini aniqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Savdo sessiyasi mobaynida depozit marja sifatida talab etiladigan qarzdorlik miqdori shaxsiy hisobvaraqlarda koʻrsatilgan ochiq pozitsiyalar va savdoga kiritilgan talabnomalar boʻyicha aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Savdo sessiyasi mobaynida tuzilgan shartnomalar reyestri HKKPga belgilangan muddatlarga muvofiq taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Shartnomalar reyestrini qabul qilgandan soʻng HKKP shartnomaning parametrlarini tegishli fyuchers kontrakti tasnifida keltirilgan parametrlar bilan solishtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Fyuchers shartnomalari boʻyicha har bir savdo sessiyasidan keyin HKKP tomonidan oʻtkaziladigan kliring seansi davomida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kontrakt tasnifiga koʻra aynan bir bazaviy aktiv va uni bajarish boʻyicha fyuchers kontraktlari uchun hisob-kitob narxlari aniqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bajarish sanasi yetib kelgan fyuchers kontrakti boʻyicha bajarish choralari koʻriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kliring ishtirokchisining har bir hisobvaraq boʻyicha ochiq pozitsiyalar miqdori aniqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kliring ishtirokchisi bilan tuzilgan shartnoma (shu jumladan, aksept qilish yoʻli bilan tuzilgan shartnoma) boʻyicha hisobvaraqdan birjaning yigʻimlari va boshqa mablagʻlar yechiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdo sessiyasidan keyin ochiq qolgan har bir pozitsiya yoki savdo sessiyasi mobaynida yopiq boʻlgan pozitsiyalar uchun variatsion marja hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
variatsion marjani aniqlash natijalariga koʻra har bir hisobvaraq boʻyicha qayta hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun mablagʻ summasi aniqlanadi. Agar kliring ishtirokchisining variatsion marjasi qoldigʻi ijobiy boʻlsa, unda mazkur mablagʻlar uning savdo hisobvaragʻiga oʻtkaziladi. Agar kliring ishtirokchisining variatsion marjasi qoldigʻi salbiy boʻlsa, uning shaxsiy hisobvaragʻidan mablagʻlar yechiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzaro hisob-kitoblar yakuniga koʻra kafolat taʼminoti summasi hisoblab chiqiladi va mazkur summa kliring ishtirokchisi tomonidan ochiq pozitsiyalarni taʼminlash uchun kiritilishi talab etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Har bir fyuchers kontrakti boʻyicha hisob-kitob narxlari alohida belgilangan tartib boʻyicha aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Agar mazkur savdo sessiyasi davomida aynan bir kontrakt boʻyicha shartnoma tuzilmagan boʻlsa, mazkur shartnoma boʻyicha hisob-kitob narxi oxirgi savdo sessiyasida tuzilgan shartnomalardan kelib chiqib aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Kliring ishtirokchisi tomonidan fyuchers kontraktlari boʻyicha bajarilishi kerak boʻlgan majburiyatlar HKKP tomonidan kliring ishtirokchisining hisobida yuritiluvchi pozitsiyalar, shu jumladan, tuzilgan fyuchers shartnomalari va ochiq pozitsiyalarni inobatga olgan holda aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Variatsion marja musbat boʻlganda, ushbu mablagʻ HKKP tomonidan qisqa pozitsiya ochgan kliring ishtirokchisining hisobvaragʻidan yechiladi, agar manfiy boʻlsa, mablagʻ uzun pozitsiya ochgan kliring ishtirokchisining hisobvaragʻidan yechiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. Kliring sessiyasi natijasiga koʻra kiritilgan depozit marja tuzilgan fyuchers shartnomalari va ochiq pozitsiyalar boʻyicha majburiyatlarni bajarish uchun yetarli boʻlmagan taqdirda, HKKP kliring ishtirokchisiga qoʻshimcha pul mablagʻlarini kiritish toʻgʻrisida xabarnoma yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. Qoʻshimcha mablagʻlarni kiritish boʻyicha qoʻyilgan talablar kliring ishtirokchisi tomonidan bajarilmagan taqdirda, HKKP alohida uslubga muvofiq mustaqil ravishda ochiq pozitsiyalarni majburiy yopishni amalga oshiradi. Har bir pozitsiyani majburiy yopish uchun toʻlov kontrakt tasnifida belgilangan miqdorda kliring ishtirokchisidan undiriladi. Majburiy yopish uchun mablagʻ kliring ishtirokchisining shaxsiy hisobvaragʻidan undiriladi. Pozitsiyalarni majburiy yopish alohida uslub boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62. Kliring ishtirokchisi HKKP oldida qarzdorlikni oʻz vaqtida qoplanmasa, HKKP birjaga kliring ishtirokchisini fyuchers savdolari seksiyasidan chiqarish toʻgʻrisida xabarnoma yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63. Belgilangan vaqtda yopilmagan kliring ishtirokchisi qarzdorligi zaxira jamgʻarmasi, sugʻurta jamgʻarmasidan undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
64. Birja bir kalendar oy mobaynida qoplanmagan qarzdorlikni undirish boʻyicha daʼvo arizasini sudga kiritishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Fyuchers kontrakti ijrosini taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
65. Fyuchers kontraktlari boʻyicha tuzilgan shartnomalar asosida shakllangan huquq va majburiyatlar ofset bitimlarini tuzish yoki tovarni yetkazib berish yoʻli bilan bekor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
66. Ofset bitimni amalga oshirishda, HKKP tegishli hisobvaraqda avval ochilgan ochiq pozitsiyalar boʻyicha hisobga olish yozuvini bekor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
67. Yetkazib berish kontrakti boʻyicha majburiyatlar mazkur Nizom va kontrakt tasnifida belgilangan shartlar asosida bajariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
68. Kliring ishtirokchisi yoki uning mijozi tomonidan kontrakt tasnifida keltirilgan shart (shartlar)ning buzilishi mazkur kontrakt boʻyicha majburiyatlarning bajarilmaganligini anglatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
69. Fyuchers kontrakti boʻyicha bazaviy aktivni yetkazib berishni xohlagan sotuvchilar yoki bazaviy aktivni haqiqatdan olmoqchi boʻlgan xaridorlar fyuchers kontraktida belgilangan soʻnggi savdo kuni (ekspiratsiya)dan kamida uch kun oldin HKKPga yetkazib berish yoki xarid qilish uchun xabarnoma va mazkur pozitsiyalarni ochiq qoldirish boʻyicha oʻzlarining murojaatlarini yuborishlari kerak boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
70. Koʻrsatilgan muddat ichida xabarnomani yuborilmaslik yoki yetkazib berish yoxud xarid qilish boʻyicha xabarnomani kech yuborish HKKP tomonidan pozitsiyalarni taraflarni oldindan xabardor qilmagan holda majburiy ravishda yopishga asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
71. Fyuchers kontrakti boʻyicha savdolarning oxirgi kunida savdo ishtirokchilari tomonidan yopilmasdan qoldirilgan va yetkazib berish yoki xarid qilish boʻyicha xabarnoma mavjud boʻlgan pozitsiyalar HKKP tomonidan “yetkazib berish kutilyapti” maqomiga oʻzgartiriladi. Shu bilan birga HKKP mazkur kontraktlar boʻyicha bazis va yetkazib berish grafigini qarama-qarshi pozitsiyalarni ushlab turgan tarafning talabiga muvofiq aniqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
72. HKKP tomonidan shakllantirilgan yetkazib berish yoki xarid qilish boʻyicha xabarnomalar birja aʼzolarining elektron manziliga hamda shaxsiy kabinetiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
73. HKKP yetkazib berish yoki xarid qilish uchun xabarnomalar asosida “sotuvchi-xaridor” kontragentlar roʻyxatini shakllantiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
74. “Sotuvchi-xaridor” kontragentlar roʻyxati asosida HKKP fyuchers kontraktlari boʻyicha bazaviy aktivni yetkazib berish shartnomasini rasmiylashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
75. Yetkazib berish narxi sifatida mazkur fyuchers kontrakti boʻyicha soʻnggi savdo kunida shakllangan hisob-kitob narxidan foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
76. Fyuchers bozorida sotuvchi sifatida tovar ishlab chiqaruvchisi boʻlgan taqdirda, u tovarni fyuchers kontrakti boʻyicha oldi-sotdi shartnomasi asosida yetkazib berishi mumkin. Bunda fyuchers kontrakti asosida oldi-sotdi shartnomasi boʻyicha yetkazib berilayotgan mahsulotning hajmi birja savdolari orqali sotilgan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
77. Qisqa ochiq pozitsiyalar boʻyicha majburiyatga ega, lekin real tovarga ega boʻlmagan fyuchers bozorining sotuvchilari oʻz majburiyatini bajarish uchun yetkazib berishning birinchi oyida zarur hajmda tovarlarni birjaning spot bozorida xarid qilishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
78. Bazaviy aktivni yetkazib berish yoki qabul qilish boʻyicha majburiyatlarni bajarish imkoni boʻlmagan taqdirda, kliring ishtirokchisidan depozit marjaning mablagʻlari hisobidan jarima undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
79. Yengib boʻlmaydigan kuchlar holatlari paydo boʻlgan taqdirda va mazkur holat fyuchers kontraktining muomalada boʻlishiga sezilarli darajada taʼsir koʻrsatsa yoki uni bekor qilishga olib kelgan taqdirda, birjaning ijro etuvchi organi (boshqaruvi) mazkur fyuchers kontrakti boʻyicha savdolarni uch savdo kuniga koʻchirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
80. Fyuchers savdolarini oʻtkazish qoidalarida quyidagilar nazarda tutilishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar-xom ashyo birjalari aʼzolari tomonidan mijozlarni lozim darajada tekshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shubhali operatsiyalarni aniqlash va ular toʻgʻrisida xabar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manipulyatsiyalarning oldini olish, jumladan, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish bilan bogʻliq hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha qonunchilik hujjatlari talablarini buzgan ishtirokchilarning javobgarliklari, ularga nisbatan jarima va sanksiyalar qoʻllash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
81. Birja aʼzolari tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari bajarilishini monitoring va nazorat qilish maqsadida birjada vakolatli xodim (boʻlim) tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
82. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish maqsadida birja:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijozlarni elektron anketalash va ularning tavakkalchilik darajasini baholash modulini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijozlar maʼlumotlarini Roʻyxat bilan avtomatlashtirilgan tarzda solishtirish modulini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijozlarning operatsiyalarini toʻxtatib turish va qayta tiklash, mablagʻlarni ishga solmay toʻxtatib qoʻyish va qayta tiklash modulini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish maqsadida qonunchilik hujjatlarida koʻzda tutilgan mezonlarga muvofiq shubhali operatsiyalarni aniqlash jarayonini ishlab chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birja aʼzolari mijozlar maʼlumotlarini Roʻyxat bilan solishtirishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
83. Fyuchers shartnomalarini tuzish va bajarish bilan bogʻliq boʻlgan nizolar birjaning Arbitraj komissiyasi tomonidan hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
84. Birja aʼzosi tomonidan mazkur Nizom talablari, fyuchers savdolarini oʻtkazish qoidalari hamda fyuchers savdolari boʻyicha kliringni amalga oshirish tartibi talablari buzilgan taqdirda, unga nisbatan belgilangan tartibda choralar qoʻllanilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
85. Ushbu Nizom qoidalari talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovar-xom ashyo birjalarida fyuchers savdolarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovar-xom ashyo birjalarida fyuchers savdolarini tashkil etish va oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Ijro muddati

1-bosqich

Birja, sotuvchi korxonalar

Fyuchers kontrakti birjaning Listing komissiyasi tomonidan ochilib, birjada muomalaga chiqariladi.

Savdolar oʻtkazilishidan oldin

2-bosqich

Birja

Birjada fyuchers shartnomalari fyuchers savdolarida ishtirok etish uchun birja tomonidan tashkil etiladigan alohida oʻquv kursini muvaffaqiyatli tamomlab, tegishli sertifikat olgan hamda birjadan akkreditatsiyadan oʻtgan birja aʼzolari orqali tuziladi.

Savdolar oʻtkazilishidan oldin

3-bosqich

Birja aʼzolari

Birja aʼzolari fyuchers shartnomalarini oʻz nomidan va oʻz hisobidan yoki mijozning topshirigʻiga koʻra va uning hisobidan tuzishlari mumkin. Mijoz va birja aʼzosi oʻrtasidagi munosabatlar shartnoma asosida tartibga solinadi.

Savdolar oʻtkazilishidan oldin

4-bosqich

Birja aʼzosi, Hisob-kitob kliring palatasi

Kliring ishtirokchilari tomonidan fyuchers savdolarida ishtirok etish uchun xizmat koʻrsatayotgan birja aʼzolariga va ularning mijozlariga HKKPda shaxsiy hisobvaraqlari ochiladi.

Savdolar oʻtkazilishidan oldin

5-bosqich

Birja, Hisob-kitob kliring palatasi

Fyuchers kontrakti boʻyicha kliring ishtirokchilari tomonidan majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash maqsadida HKKP kliring ishtirokchisi yoki birja aʼzosi tomonidan ochiladigan pozitsiyalar miqdori, fyuchers kontraktlari boʻyicha narxlarning oʻzgarish limitlari, kafolatlash mablagʻlari miqdorini belgilanishi mumkin.

Savdolar oʻtkazilishidan oldin

6-bosqich

Kliring ishtirokchisi

Fyuchers savdolarida ishtirok etish uchun mijoz kliring ishtirokchisi yoki birja aʼzosi orqali oʻzining HKKPdagi shaxsiy hisobvaragʻiga depozit marjasini kiritadi.

Savdolar oʻtkazilishidan oldin

7-bosqich

Birja

Fyuchers savdolari belgilangan savdo sessiyalari jadvaliga muvofiq elektron shaklda ikki tomonlama qarama-qarshi auksion asosida oʻtkaziladi.

Savdolar jarayonida

8-bosqich

Birja

Savdo sessiyasi davomida ijro etilgan talabnomalar boʻyicha shartnomalar birja tomonidan roʻyxatga olinadi va shartnomalar reyestriga kiritiladi.

Savdolar jarayonida

9-bosqich

Hisob-kitob kliring palatasi

HKKP savdo sessiyasidan keyin ochiq qolgan har bir pozitsiya yoki savdo sessiyasi mobaynida yopiq boʻlgan pozitsiyalar uchun variatsion marja hisoblanadi.

Savdolar oʻtkazilgandan soʻng

10-bosqich

Hisob-kitob kliring palatasi

Variatsion marja musbat boʻlganda, ushbu mablagʻ HKKP tomonidan qisqa pozitsiya ochgan kliring ishtirokchisidan uzun pozitsiya ochgan kliring ishtirokchisi hisobvaragʻiga oʻtkaziladi, agar manfiy boʻlsa, mablagʻ uzun pozitsiya ochgan kliring ishtirokchisidan qisqa pozitsiya ochgan kliring ishtirokchisi hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.

Savdolar oʻtkazilgandan soʻng

11-bosqich

Kliring ishtirokchisi

Fyuchers kontraktlari boʻyicha tuzilgan shartnomalar asosida shakllangan huquq va majburiyatlar ofset bitimlarini tuzish yoki tovarni yetkazib berish yoʻli bilan bekor qilinadi.

Savdolar oʻtkazilgandan soʻng

12-bosqich

Birja, Hisob-kitob kliring palatasi

Ofset bitimini amalga oshirishda HKKP tegishli hisobvaraqda oldin ochilgan ochiq pozitsiyalar boʻyicha hisobga olish yozuvini bekor qiladi.

Fyuchers bozorida sotuvchi sifatida tovar ishlab chiqaruvchi boʻlgan taqdirda, u tovarni fyuchers kontrakti boʻyicha oldi-sotdi shartnomasi asosida yetkazib berishi mumkin.

Savdolar oʻtkazilgandan soʻng

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 777-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtotransportda yuk tashish xizmatlari boʻyicha elektron logistika savdo portali faoliyati toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom tovarlarni, shu jumladan, birja savdolarida monopolist korxonalar va (yoki) ustav fondi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxs, ustav fondi (kapitali)ning 50 foizi va undan ortigʻi ustav fondi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxsga tegishli boʻlgan yuridik shaxslar hamda boshqa tadbirkorlik subyektlari tomonidan birja savdolarida sotilgan yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlarni yetkazib berish boʻyicha logistika xizmatlarini koʻrsatishga moʻljallangan elektron logistika savdo portalida savdolarni tashkil etish va oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avans toʻlovi — Transport vazirligi bilan kelishgan holda, operator tomonidan belgilanadigan buyurtmachi va yuk tashuvchilar tomonidan kiritiladigan vositachilik yigʻimi va tomonlarning savdo predmetining boshlangʻich narxidan 10 foizgacha miqdordagi zakalatini oʻz ichiga oladigan mablagʻ;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dispetcher-agent — operator tomonidan belgilangan tartibda akkreditatsiyadan oʻtgan, buyurtmachi va yuk tashuvchilarga topshiriq shartnomasi asosida ularning elektron savdolarda qatnashishini taʼminlashga doir professional xizmatlar koʻrsatadigan yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
operator — tovar-xom ashyo birjalarining logistika boʻyicha shuʼba xoʻjalik birlashmalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachi — elektron logistika savdo portalida yuk tashish xizmatlariga buyurtma beruvchi yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuk tashuvchi — taklif qilingan shartlarda elektron logistika savdo portalida ishtirok etuvchi va yutib chiqqan taqdirda, yetkazib berish majburiyatini olgan yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
monopol va davlat ishtirokidagi tashkilotlar — monopolist korxonalar va (yoki) ustav fondi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxs, ustav fondi (kapitali)ning 50 foizi va undan ortigʻi ustav fondi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxsga tegishli boʻlgan yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisob-kitob-kliring palatasi (keyingi oʻrinlarda — HKKP) — buyurtmachilar va yuk tashuvchilar tomonidan kiritilgan mablagʻlar hisobi yuritilishini va ular oʻrtasida hisob-kitoblar amalga oshirilishini taʼminlaydigan birjaning tarkibiy tuzilmasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron logistika savdo portali (keyingi oʻrinlarda — portal) — yuk tashish boʻyicha elektron savdolar oʻtkazilishini, ular toʻgʻrisidagi eʼlonlar va boshqa zarur boʻlgan axborotning elektron shaklda joylashtirilishini, elektron savdolar oʻtkazilishini taʼminlovchi operatorning maxsus veb-sayti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdolar — shartnomani bajarish uchun eng yaxshi shartlarni va eng arzon narx taklif etgan yuk tashuvchini tanlash usulini taqdim etadigan hamda ushbu Nizomga, shuningdek, operatorning qoidalariga muvofiq oʻtkaziladigan elektron savdolar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron tizim — barcha manfaatdor shaxslar foydalana oladigan, yuk tashish boʻyicha savdo subyektlari oʻrtasida elektron savdolar oʻtkazilishini taʼminlaydigan tashkiliy, axborot va texnik vositalarning dasturiy majmui;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsiy kabinet — savdolarda ishtirok etish uchun zarur axborotdan foydalanishni taʼminlaydigan portaldagi individual sahifa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron raqamli imzo (keyingi oʻrinlarda — ERI) — elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat axborotini elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan holda, maxsus oʻzgartirish natijasida hosil qilingan hamda elektron raqamli imzoning ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborotda xatolik yoʻqligini aniqlash va elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan imzo;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
operator qoidalari — portalda savdolarni tashkil qilish tartibini belgilovchi va operator tomonidan tasdiqlangan qoidalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Savdolarni oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Savdolarni oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachilar va yuk tashuvchilarni savdolar ishtirokchisi sifatida elektron tizimda onlayn roʻyxatdan oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachilar va yuk tashuvchilar tomonidan ularning savdolardagi ishtirokini taʼminlaydigan avans toʻlovlarini kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachilarning buyurtmalarini shakllantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Buyurtmachilarni va yuk tashuvchilarni elektron tizimda onlayn roʻyxatdan oʻtkazish bepul asosda va cheksiz muddatga ERI orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Roʻyxatdan oʻtkazish natijalariga koʻra:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
HKKP tomonidan buyurtmachiga va yuk tashuvchiga alohida shaxsiy hisobvaraqlar ochiladi. Buyurtmachilar va yuk tashuvchilarning avans toʻlovlari hisobi ushbu shaxsiy hisobvaraqlarda yuritiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
operator tomonidan buyurtmachilar va yuk tashuvchilar uchun ular tomonidan tuzilgan bitimlar toʻgʻrisidagi axborotlar va boshqa zarur maʼlumotlar yuboriladigan shaxsiy kabinet yaratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Savdolarda ishtirok etish uchun buyurtmachi mustaqil ravishda yoki dispetcher-agent orqali portalda eʼlon joylashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuk tashuvchilar savdolarda ishtirok etish uchun avtotransport vositalari harakatini kuzatish tizimi (GPS navigatsiya) bilan jihozlangan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Savdolarda ishtirok etish uchun buyurtmachilar va yuk tashuvchilar shaxsiy hisobvaraqlariga avans toʻlovlarini oʻtkazishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eʼlonga oʻz narx taklifini bergan yuk tashuvchilarning zakalati gʻolib aniqlangunga qadar band qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Yuk tashuvchilarga buyurtmalar toʻgʻrisidagi maʼlumotni yetkazish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Savdolarni oʻtkazish toʻgʻrisidagi eʼlonga qoʻyiladigan talablar operator qoidalari bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Operator portalda quyidagi maʼlumotlarga erkin kirishni taʼminlaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuk tashish xizmatlari boʻyicha savdo oʻtkazish toʻgʻrisidagi eʼlonlarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
insofsiz yuk tashuvchilar reyestriga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Savdolar jarayoni va narxlar manipulyatsiyasini nazorat qilish uchun Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi hamda avtotransport vositalarida yuk tashishlarni monitoring va tahlil qilish uchun Transport vazirligi portalda saqlanadigan maʼlumotlardan belgilangan tartibda foydalanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Savdolarni oʻtkazish va tuzilgan shartnomalarni rasmiylashtirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Savdolar elektron tizimda buyurtmachilar tomonidan belgilangan mezonlardan kelib chiqqan holda, takliflarni tanlab olish orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Savdolarni oʻtkazish, kiritilgan zakalat miqdoriga muvofiq har bir buyurtma boʻyicha savdolarga qoʻyish, buyurtmachi va u tomonidan tanlangan gʻolib yuk tashuvchi oʻrtasidagi bitimni roʻyxatdan oʻtkazish, shuningdek, shartnomani shakllantirish elektron tizimda operatorning qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Yuk tashuvchilar faqat eʼlonning boshlangʻich narxiga teng yoki undan past boʻlgan narx takliflarini berishlari mumkin. Bunda yuk tashuvchi oʻz taklifida harakatni kuzatish tizimi (GPS navigatsiya) bilan jihozlangan avtotransporti haqida maʼlumot kiritishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Yuk tashuvchilardan takliflarni qabul qilish muddati tugagandan keyin 24 soat davomida buyurtmachi yuk tashuvchilardan tushgan takliflarni oʻrganib chiqib, oʻzi uchun maqbulini tanlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron tizim avtomatik tarzda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maqbul takliflar ichidan eng arzon narx taklif etgan yuk tashuvchini gʻolib deb belgilaydi (bitta maqbul yuk tashuvchi tanlanganda, shu yuk tashuvchi gʻolib deb belgilanadi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachilarning eʼlonida koʻrsatilgan shartlariga va gʻolibning taklifida koʻrsatilgan narxga muvofiq shartnomani shakllantiradi va tomonlardan vositachilik yigʻimini undiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gʻolib deb topilmagan yuk tashuvchilarning band qilingan zakalat toʻlovlarini banddan yechadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Savdolarda ishtirok etgan yuk tashuvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar va ular tomonidan taqdim etilgan narxlar gʻolib aniqlangunga qadar operator tomonidan oshkor etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar buyurtmachi 24 soat davomida berilgan takliflardan maqbulini tanlab olmasa, elektron tizim avtomatik tarzda takliflar ichidan eng arzon narx taklif etgan yuk tashuvchini gʻolib deb belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Buyurtmachi va yuk tashuvchi savdolarda oʻz ishtiroklarini faqatgina ERI orqali amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buyurtmachi va yuk tashuvchi oʻrtasidagi shartnoma ERI orqali tasdiqlanganda, shartnoma tegishli tartibda va shaklda tuzilgan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Buyurtmachi va gʻolib yuk tashuvchining zakalati mazkur Nizomning 27-bandiga muvofiq shartnoma yopilgunga qadar band qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Shartnoma shartlarini birinchi marta bajarmagan insofsiz yuk tashuvchilar birjaning Arbitraj komissiyasi yoki sud tomonidan olti oyga, ushbu holat takroran sodir etilganda uch yil muddatga portaldan chetlashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Insofsiz yuk tashuvchilar reyestriga kiritilgan yuk tashuvchilarning bir yil davomida savdolarda ishtirok etishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Yuk tashuvchi insofsiz yuk tashuvchilar reyestriga kiritilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot operator tomonidan portalga joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Shartnoma boʻyicha hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Shartnoma tuzilgandan soʻng buyurtmachi shartnomada koʻrsatilgan muddatda oʻzining HKKPdagi shaxsiy hisobvaragʻiga mablagʻlarni oʻtkazadi va ushbu mablagʻlar HKKP tomonidan band qilinadi. Bunda, zakalat shartnoma boʻyicha toʻlash summasiga qoʻshib hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. HKKP buyurtmachining topshirigʻiga asosan shaxsiy hisobvaragʻida shartnoma summasini band qiladi va yuk tashuvchiga mablagʻlar tushgan kundan boshlab bir ish kunidan kechiktirmagan muddatda elektron shaklda toʻlov toʻgʻrisida xabarnoma yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu xabarnoma avtotransport xizmatlarini koʻrsatish uchun yuk tashuvchiga asos boʻlib xizmat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopol va davlat ishtirokidagi tashkilotlar birja tovarini toʻlovlar amalga oshirilgan bitimlar roʻyxatiga asosan elektron logistika savdo portalidan shaxsiy kabinetga tushgan (avtotransport vositalari uchun roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgisi va boshqa) maʼlumotlarga muvofiq yuklab joʻnatishni taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birja tovarini yetkazib berish kunini aniqlash elektron logistika savdo portalidan foydalanilganda, xaridor tomonidan belgilanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Agar buyurtmachi shartnomada belgilangan muddatda toʻliq toʻlov HKKP tomonidan band qilinishiga topshiriq bermasa, uning zakalati ushbu muddat tugagandan keyin bir ish kuni ichida yuk tashuvchining HKKPdagi tegishli shaxsiy hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. HKKP tomonidan toʻlov toʻgʻrisidagi xabarnomasiz yuk tashish xizmatlari koʻrsatilgan hollarda, buyurtmachi tomonidan koʻrsatilgan xizmatlarga toʻlovni toʻlamaslik bilan bogʻliq xatarlar yuk tashuvchining zimmasiga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Yuk tashuvchi koʻrsatilgan xizmatlar boʻyicha maʼlumotni shaxsiy kabineti orqali yuborishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Buyurtmachi xizmat koʻrsatilganligini shaxsiy kabinet orqali tasdiqlagandan keyin HKKP bir ish kuni ichida yuk tashuvchi tomonidan bajarilgan majburiyatlar miqdoridagi mablagʻlarni buyurtmachining shaxsiy hisobvaragʻidan yuk tashuvchining shaxsiy hisobvaragʻiga, soʻngra xizmat koʻrsatish bankidagi uning hisobvaragʻiga oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Elektron tizim orqali tashish xizmatlari quyidagi hollarda toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzish orqali amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yukni tashish buyurtmachining oʻz avtotransportida amalga oshirilgan va mazkur maʼlumotlar elektron tizimda roʻyxatga qoʻyilgan taqdirda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachiga affillangan yuk tashuvchilar xizmat koʻrsatgan va mazkur maʼlumotlar elektron tizimda roʻyxatga qoʻyilgan taqdirda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuk tashish xizmatini koʻrsatish shartnomasi bekor boʻlganda va bunda tovarni yuklash muddati ikki kundan kam qolganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuk tashuvchilardan maqbul takliflar kelib tushmaganda va bunda tovarni yuklash muddatiga ikki kundan kam vaqt qolganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda toʻgʻridan-toʻgʻri tuzilgan shartnomalar elektron tizimda majburiy tarzda roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandning toʻrtinchi va beshinchi xatboshilarida nazarda tutilgan holatlarda, eʼlonda belgilangan boshlangʻich narxdan balandroq narxda toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa holatlarda yuk tashish boʻyicha eʼlonlarni joylashtirish va savdolarni oʻtkazish qaytadan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Shartnomalarni yopish, tomonlarning toʻlovga layoqatsizligini eʼtirof etish va jarimalarni toʻlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Shartnoma quyidagi hollarda yopiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachi va yuk tashuvchi tomonidan shartnoma boʻyicha majburiyatlar lozim darajada bajarilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachi va yuk tashuvchi tomonidan shartnoma boʻyicha majburiyatlar bajarilmaganda va ular tomonidan jarima toʻlangandan soʻng;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachi va yuk tashuvchi jarima toʻlab (toʻlamasdan) shartnoma (bitim)ni yopishga oʻzaro rozi boʻlganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizomning 32-bandiga asosan buyurtmachi va yuk tashuvchi tomonidan ariza berilmaganda, jarimalarsiz;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birjaning Arbitraj komissiyasi qaroriga koʻra.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Avtotransport xizmati koʻrsatilmagan (avtotransport xizmatlaridan voz kechish) yoki toʻliq taʼminlanmagan taqdirda, shartnoma majburiyatlarini bajarmagan tomon ikkinchi tomonga zakalat puli miqdorida jarima toʻlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jarima toʻlanganligidan qatʼi nazar, shartnoma majburiyatlarini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan tomon boshqa tomondan buning natijasida yetkazilgan zararni qoplashni sud orqali talab qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Jarimalar akseptsiz tartibda yechiladi, bunda buyurtmachilar hamda yuk tashuvchilar mazkur Nizom talablarini qabul qilib, soʻzsiz rozilik bildiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Jarima buyurtmachi yoki yuk tashuvchining hisobiga tushgandan soʻng shartnoma yopiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Tomonlarning shartnomani jarima toʻlab/toʻlamasdan muddatidan oldin bekor qilish toʻgʻrisidagi oʻzaro kelishuvi buyurtmachi va yuk tashuvchining shaxsiy kabineti orqali ERI yordamida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Shartnomalarni bajarish boʻyicha nizolar yuzaga kelgan taqdirda, birja Arbitraj komissiyasiga jarimalarni qoʻllash toʻgʻrisidagi ariza shartnomada koʻrsatilgan xizmat koʻrsatish muddati tugagan kundan boshlab uch ish kunidan kechiktirmay topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birja Arbitraj komissiyasiga buyurtmachi va yuk tashuvchining shaxsiy kabineti orqali elektron shaklda birja Arbitraj komissiyasining shaxsiy kabinetiga ish kunlari soat 17.00 gacha murojaat qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buyurtmachi va yuk tashuvchi oʻrtasidagi shartnomalarning bajarilishi toʻgʻrisida barcha xabarnomalar ularning shaxsiy kabinetlari orqali amalga oshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Agar nizo birja Arbitraj komissiyasi tomonidan koʻrib chiqilishi uchun qabul qilinsa, buyurtmachi va yuk tashuvchining mablagʻlariga Arbitraj komissiya qarori qabul qilingunga qadar band qoʻyiladi. Nizoni birja Arbitraj komissiyasi tomonidan koʻrib chiqish muddati Arbitraj komissiya toʻgʻrisidagi nizomda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Buyurtmachi quyidagilarga javobgar hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ERIdan tegishlicha foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsiy kabinetdan toʻgʻri foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joylashtirilgan eʼlondagi maʼlumotlar toʻgʻri va toʻliqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yukni xavfsiz tashish uchun texnik va boshqa tavsiflovchi talablarga javob beradigan avtotransport vositalariga ega boʻlgan yuk tashuvchilarni oldindan tanlab olish jarayonining xolisligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma shartlarini oʻz vaqtida bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdolar shartlarining boshqacha buzilishlari uchun.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Yuk tashuvchi quyidagilarga javobgar hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eʼlon shartlarining miqdoriy, sifat, texnik koʻrsatkichlariga, shuningdek, eʼlonda nazarda tutilgan vaqt va joy boʻyicha xizmatlar koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ERIdan tegishlicha foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsiy kabinetdan toʻgʻri foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma shartlarini oʻz vaqtida bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdolar shartlarining boshqacha buzilishlari uchun.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Operator savdolar oʻtkazish toʻgʻrisidagi eʼlonlar portalda oʻz vaqtida joylashtirilishiga va elektron tizimning uzluksiz ishlashiga javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Operator:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlarida yoki shartnomada boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, oʻtkazib beriladigan, olinadigan va saqlanadigan elektron hujjatlar hamda elektron xabarlarning ishonchliligini, ularning qonunchilik hujjatlariga muvofiqligini nazorat qilishga yoki tekshirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachi va yuk tashuvchi tomonidan joylashtiriladigan elektron hujjatlar va elektron xabarlarning mazmunini oʻzgartirishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Operator buyurtmachi va yuk tashuvchining operatorga beriladigan elektron hujjatlari, elektron xabarlari hamda portalda joylashtirilgan axborotning mazmuni bilan bogʻliq huquqiy oqibatlar uchun javobgar boʻlmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Ushbu Nizomda koʻzda tutilmagan shartnomaviy majburiyatlarni bajarish bilan bogʻliq munosabatlar qonunchilik hujjatlariga muvofiq tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtotransportda yuk tashish xizmatlari boʻyicha elektron logistika savdo portali faoliyati toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahsulotlarni elektron logistika savdo portali orqali yetkazib berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Ijro muddati

1-bosqich

Yuk egasi

Portalga eʼlon joylashtiradi

Onlayn rejimda

2-bosqich

Yuk tashuvchilar

HKKPdagi hisobvaragʻiga avans toʻlovlarini oʻtkazadi

Eʼlonga taklif berishdan oldin

3-bosqich

Yuk tashuvchilar

Portalga joylashtirilgan eʼlon boʻyicha taklif beradi

Portalda eʼlon joylashtirgan vaqtdan boshlab

4-bosqich

Elektron tizim

Yuk egasiga tushgan takliflar oshkor qilinadi. Bunda, yuk tashuvchilar toʻgʻrisida maʼlumotlar va ularning narxlari koʻrsatilmaydi

Takliflarni qabul qilish muddati tugaganidan keyin

5-bosqich

Yuk egasi

Yuk tashuvchilardan tushgan takliflar ichidan maqbullarini tanlaydi*

Takliflarni qabul qilish muddati tugaganidan keyin 24 soat davomida

6-bosqich

Elektron tizim

Maqbul takliflar ichidan eng arzon narx taklif etgan yuk tashuvchi gʻolib deb eʼtirof qilinadi va shartnoma shakllantiriladi

Avtomatik rejimda

7-bosqich

Elektron tizim

Gʻolib deb topilmagan yuk tashuvchilarga avans toʻlovlari qaytariladi

Avtomatik rejimda

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Agar yuk egasi 24 soat davomida berilgan takliflardan maqbulini tanlab olmasa, savdo boʻlib oʻtmagan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 777-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 17-yanvardagi 33-son qarori bilan tasdiqlangan Tovar-xom ashyo birjalarida hisob-kitob-kliring operatsiyalarini oʻtkazish qoidalarining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 20, 38 va 40-bandlaridagi “YUHR” soʻzi “YEBHR” soʻzi bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 41-bandga quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Bunda tuzilgan bitimlarni yopish orqali birja narxlarining sunʼiy ravishda keskin koʻtarilishi yoki tushishi, qatʼiy belgilanishi yoki bir darajada ushlab turilishi, shuningdek, boshqa ishtirokchilarning mahsulotni xarid qilish imkoniyati cheklanish holatlari vakolatli organ tomonidan koʻrib chiqiladi.”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-maydagi 402-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“2. Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish, raqobat muhitini rivojlantirish, tabiiy monopoliya subyektlari faoliyatini nazorat qilish va tovar-xom ashyo birjalarini litsenziyalash hamda tovar-xom ashyo birjalarida tovar derivativlari savdolari, shu jumladan, fyuchers savdolarini tartibga solish sohasida davlat boshqaruvi organi hisoblanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 10-bandga quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“tovar-xom ashyo birjalarida tovar derivativlari savdolari, shu jumladan, fyuchers savdolarini tartibga solish”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 11-bandga quyidagi mazmundagi “j” kichik band qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“j) tovar-xom ashyo birjalarida tovar derivativlari savdolari, shu jumladan, fyuchers savdolarini tartibga solish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar-xom ashyo birjalari tomonidan ishlab chiqiladigan va birjaning kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanadigan fyuchers savdolarini oʻtkazish qoidalarini hamda fyuchers savdolari boʻyicha kliringni amalga oshirish tartibini kelishadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar derivativlari savdolari, shu jumladan, fyuchers savdolari oʻtkazilishini nazorat qiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) 12-bandga quyidagi mazmundagi oʻn ikkinchi xatboshi qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“tovar-xom ashyo birjalarida tovar derivativlari savdolarini, shu jumladan, fyuchers savdolarini tartibga solish”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) 13-bandga quyidagi mazmundagi oʻttiz toʻqqizinchi va qirqinchi xatboshilar qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“tovar-xom ashyo birjalari tomonidan ishlab chiqiladigan va birjaning kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanadigan fyuchers savdolarini oʻtkazish qoidalari hamda fyuchers savdolari boʻyicha kliringni amalga oshirish tartibini kelishadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar derivativlari savdolari, shu jumladan, fyuchers savdolarining oʻtkazilishini nazorat qiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻttiz toʻqqizinchi xatboshi qirq birinchi xatboshi deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) 16-bandga quyidagi mazmundagi yigirma oltinchi va yigirma yettinchi xatboshilar qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“tovar derivativlari savdolariga, shu jumladan, fyuchers savdolari jarayonida narx manipulyatsiyalarining oldini olish, ularni aniqlash va bartaraf etish boʻyicha tovar-xom ashyo birjalariga bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar derivativlari savdolari, shu jumladan fyuchers savdolariga oid qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etmagan hamda savdolar jarayonida narx manipulyatsiyalariga yoʻl qoʻygan ishtirokchilarga nisbatan belgilangan tartibda choralar koʻrish”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yigirma oltinchi xatboshi yigirma sakkizinchi xatboshi deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) 23-bandga quyidagi mazmundagi yigirma birinchi va yigirma ikkinchi xatboshilar qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“tovar derivativlari savdolari, shu jumladan, fyuchers savdolari jarayonida narx manipulyatsiyalarining oldini olish, ularni aniqlash va bartaraf etish boʻyicha tovar-xom ashyo birjalariga bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar derivativlari savdolari, shu jumladan, fyuchers savdolariga oid qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etmagan hamda savdolar jarayonida narx manipulyatsiyalariga yoʻl qoʻygan ishtirokchilarga nisbatan belgilangan tartibda choralar koʻrish”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yigirma birinchi xatboshi yigirma uchinchi xatboshi deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-martdagi 170-son qarori bilan tasdiqlangan Birja savdolarida yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlarni sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Nizomning nomidagi “va” soʻzi “va (yoki)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“1. Mazkur Nizom birja savdolarida monopolist korxonalar, ustav fondida (kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslar yoki ustav fondining (kapitalining) 50 foizi va undan ortigʻi 50 foiz va undan ortiq miqdorda davlat ulushiga ega yuridik shaxsga tegishli boʻlgan yuridik shaxslar hamda qonunchilikda yuqori likvidli va (yoki) monopol turdagi mahsulotlarni birja orqali sotish nazarda tutilgan tashkilotlar tomonidan ichki bozorda va eksportga bozor tamoyillari asosida yuqori likvidli va (yoki) monopol turdagi mahsulotlarni sotish tartibini belgilaydi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi xatboshidagi “yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulot” soʻzlari “yuqori likvidli va (yoki) monopol turdagi mahsulot” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“sotuvchi — qonunchilik hujjatlarida yuqori likvidli va (yoki) monopol turdagi mahsulotlarni birja orqali sotishi nazarda tutilgan tashkilotlar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) 4-bandga “prognozlar koʻrsatkichlariga muvofiq” soʻzlaridan keyin “hamda ishlab chiqarish hajmlaridan kelib chiqqan holda” soʻzlari qoʻshilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi va ikkinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda boshqa masʼul vazirliklar yiriklashtirilgan moddiy balanslarni, shuningdek, ularning bajarilishi boʻyicha oylik va choraklik grafiklardan koʻchirmalarni ular tasdiqlangan kundan boshlab bir ish kunida monopoliyaga qarshi kurashish organiga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sotuvchilar savdo kunlari boʻyicha teng qoʻyishni hisobga olgan holda, yuqori likvidli va (yoki) monopol turdagi mahsulotlarni birja savdolariga yiriklashtirilgan moddiy balanslar va prognozlar asosida hamda ishlab chiqarish hajmlaridan kelib chiqqan holda, qoʻyish jadvallarini mustaqil ishlab chiqadi va tasdiqlaydi hamda ularni birja rasmiy veb-saytida kelgusi oy boshlanishidan uch kun oldin joylashtiradi, shuningdek, monopoliyaga qarshi kurashish organiga taqdim etadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchi xatboshidagi “tuzatishlar kiritish haqidagi koʻrsatmalarining bajarilmasligi” soʻzlaridan keyin “hamda mahsulotlarni birja savdolariga qoʻyish jadvallarini belgilangan muddatda Qoʻmitaga taqdim etmaslik” soʻzlari qoʻshilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Monopolist va davlat ulushi mavjud tashkilotlar har oylik yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlarni yuklash grafigini kunlarga taqsimlagan holda, birja rasmiy veb-saytida kelgusi oy boshlanishidan uch kun oldin joylashtiradi, shuningdek, monopoliyaga qarshi kurashish organiga taqdim etadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) 7-bandning birinchi xatboshidagi “BSETda avtomatik rejimda yoki mahsulotni birja orqali sotish boʻyicha shartlar oʻzgargan taqdirda” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) 16-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“16. HKP xaridorlar tomonidan toʻlovlar amalga oshirilgan bitimlar roʻyxatini sotuvchiga yuboradi. Yuqori likvidli va (yoki) monopol turdagi mahsulotlarni yuklab joʻnatish kuni shartnomada belgilangan muddatlar doirasida amalga oshirilgan toʻlovlarning tartibiga koʻra xaridor tomonidan shaxsiy kabinet orqali aniqlanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) 19-bandning beshinchi xatboshiga “shartnoma boʻyicha yuklab joʻnatish davri” soʻzlaridan keyin “(yuklab berish oyi)” soʻzlari qoʻshilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) 20-banddagi “foizigacha” soʻzi “foizdan kam boʻlmagan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
l) 21-bandga quyidagi mazmundagi ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilar qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Bunda toʻlov muddati 15 ish kunidan kam boʻlmasligi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xaridor tomonidan toʻlov belgilangan muddatdan oldin amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sotuvchi forvard shartnomasi boʻyicha toʻliq toʻlovni qabul qilgandan soʻng toʻlov sanasi haqida birjani bir ish kuni ichida xabardor qiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
m) quyidagi mazmundagi 211-band qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“211. Sotuvchi tomonidan tuzilgan shartnoma boʻyicha mahsulotni yuklab berish majburiyati asossiz bajarilmaganda, shartnoma boʻyicha kiritilgan avans summasidan tashqari har bir kechiktirilgan kun uchun shartnoma qiymatining 0,1 foizi miqdorida penya toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda penya shartnoma boʻyicha xaridor tomonidan toʻlov majburiyatlari toʻliq bajarilgan kundan boshlab, sotuvchi tomonidan yetkazib berilmagan mahsulot toʻliq hajmda yetkazib berilgunga qadar yoki buning imkoniyati mavjud boʻlmasa, shartnoma qiymati toʻliq qaytarib berilguniga qadar har bir kun uchun hisoblanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
n) 22-bandga quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi xatboshilari qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sotuvchi tomonidan forvard shartnomasi boʻyicha mahsulot bir oydan kam boʻlmagan muddatda yetkazib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda sotuvchi tomonidan mahsulotni toʻliq yuklab joʻnatishda rasmiylashtirilgan hisobvaraq va (yoki) yuk xatining sanasi shartnoma tuzilgan kundan boshlab bir oydan kam boʻlmasligi shart”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o) 30-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“30. Birja narxlarining oʻtgan savdolarga nisbatan keskin oshishi, talab yoki taklifning jiddiy nomutanosibligi kuzatilgan taqdirda, monopoliyaga qarshi kurashish organi narxlarning oshish sabablarini va manipulyatsiya alomatlari mavjudligini oʻrganadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
p) quyidagi mazmundagi 311-band qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“311. Birja ishtirokchilari quyidagi qasddan qilingan har qanday harakatlari manipulyatsiya deb hisoblanadi va ularni amalga oshirish taqiqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birjada sotilayotgan yuqori likvidli va (yoki) monopol mahsulotning narxiga, talabiga, taklifiga va uni yetkazib berish shartlariga sunʼiy ravishda taʼsir etish, shu jumladan, oldindan kelishish va til biriktirishlar orqali asossiz foyda olish, muayyan ishtirokchilarga savdolarda qatnashish uchun imtiyozli shart-sharoitlar yaratib berish, shuningdek, axborotdan foydalanish orqali boshqa ishtirokchilarga mahsulotni sotib olish imkoniyatini cheklash, birja narxlarining keskin koʻtarilishi, qatʼiy belgilanishi yoki bir darajada ushlab turish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Internet, OAV va boshqa kommunikatsiya kanallarida, shu jumladan ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarda yolgʻon maʼlumotlar tarqatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birja shartnomasi boʻyicha yirik, yaʼni barcha xaridorlarga savdolarda teng qatnashish imkoniyatini cheklaydigan lotlar belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir xil mahsulotlar sotuvchilari tomonidan belgilangan shartlardan sezilarli darajada farq qiladigan asossiz toʻlov va yetkazib berish muddatlari hamda alohida shartlar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birja rasmiy veb-saytiga savdoga qoʻyish jadvallarini joylashtirmaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birja shartnomalarida ishtirokchilar sonini chegaralovchi alohida shartlarni koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulotlarni savdoga qoʻyish jadvallarida ularning hajmlarini forvard va spot shartnomalari boʻyicha asossiz ravishda nomuvofiq qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
forvard shartnomasi boʻyicha mahsulotni bir oydan kam boʻlgan muddatda yuklab joʻnatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdoga qoʻyish jadvallarida belgilangan hajmlardan kam miqdorda mahsulotlarni savdoga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdo jarayonida muayyan birja ishtirokchisi tomonidan boshqa ishtirokchilar narx taklifiga nisbatan noodatiy ravishda tafovuti yirik boʻlgan narx taklifini berish va buning natijasida savdolar tugagunga qadar buyurtmani oʻchirish yoki tuzilgan bitimni asossiz ravishda jarimani toʻlamagan holda bekor qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulotlarni savdoga qoʻyish jadvallariga nisbatan nomuvofiq qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlariga asosan narxlari tartibga solinadigan mahsulotlarning boshlangʻich narxlari shakllantirishda belgilangan tartiblarga rioya qilmaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshlangʻich narxlarni belgilashda monopol yuqori narx qoʻllash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birja shartnomasi boʻyicha bekor qilingan muayyan xaridor ishtirokidagi bitim narxining ushbu birja shartnomasi boʻyicha aynan oʻsha xaridor ishtirokida keyingi ikki amalga oshgan savdodagi bitimlarining minimal narxlaridan pastligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori likvidli va (yoki) monopol mahsulotlarning birja savdosida sotilmay qolgan qismini toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida sotish orqali mahsulotlarni savdolarga qoʻyish hajmlarini qisqartirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori likvidli va (yoki) monopol mahsulotlarni tegishli jadvallarda nazarda tutilgan muddatlarda va hajmlarda savdoga qoʻymaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori likvidli va (yoki) monopol turdagi mahsulotlarni toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha sotish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulotlarni muqobil transport turida yuklab joʻnatish imkoniyati boʻla turib, asossiz ravishda muayyan transport turi orqali yuklab joʻnatish koʻzda tutilgan shartnomalar boʻyicha qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birjada tuzilgan bitim va shartnomalarni asossiz yoki muntazam ravishda jarimalar qoʻllanmasdan bekor qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulotni yuklab joʻnatish navbati boʻyicha ketma-ketlikka amal qilmaslik.”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
r) 32-banddagi “oʻrganish natijalari boʻyicha narxlar” soʻzlari “oʻrganish natijalari boʻyicha manipulyatsiya va narxlarni” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
s) quyidagi mazmundagi 321-band qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“321. Birja savdolaridan chetlatilgan hajmlarda mahsulotlarni toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha, shu jumladan, eksportga sotish holatlari aniqlanganda, toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha sotilgan hajmni sotish narxi bilan birja savdolarining boshlangʻich narxi, oldin birja savdolarida sotilmagan hollarda esa bir xil turdagi mahsulot boʻyicha oʻrtacha hisoblangan birja kotirovkalari (narx) oʻrtasidagi tafovutga koʻpaytirish orqali hisoblangan mablagʻlar olib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahsulotlarni tegishli jadvallarda nazarda tutilgan muddatlar va hajmlarda qoʻyilmagan taqdirda sotuvchidan mahsulotni birja savdosiga qoʻyishning oxirgi sanasida shakllangan birja narxi bilan uning ishtirokidagi oldingi savdolar birja narxi oʻrtasidagi tafovut, sotuvchi tomonidan savdolarga qoʻyilmagan tovarning hajmiga koʻpaytirilgan mablagʻlar olib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar birja savdolariga doir monopoliyaga qarshi talablarni buzilishi deb hisoblanadi va qonunchilikda belgilangan tartibda choralar koʻriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sotuvchilar tomonidan mahsulotlarni birja savdolariga qoʻyish jadvallarini belgilangan muddatda birjaning rasmiy veb-saytiga joylashtirmaslik, shuningdek, monopoliyaga qarshi kurashish organiga taqdim etmaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birja savdolariga qoʻyiladigan va sotilmay qolgan mahsulotlar hajmlari, bekor qilingan bitimlar hajmlari, xaridor tomonidan tanlanmagan yoki amalga oshirilgan bitimlar boʻyicha sotuvchi tomonidan yetkazib berilmagan hajmlar sotuvchining oʻzi tomonidan keyingi birja savdolariga takroran qoʻyilmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birja savdolariga qoʻyilishi lozim boʻlgan, sotuvchilar tomonidan ichki bozorda toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar orqali realizatsiya qilinadigan mahsulot sotuvchilar tomonidan majburiy tartibda tovar-xom ashyo birjalarida hisobga qoʻyilmasligi va ushbu maʼlumotlar tegishincha shartnoma tuzilgan va majburiyatlar bajarilgan vaqtdan boshlab uch kun muddatda birjaning rasmiy veb-saytida joylashtirilmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
forvard shartnomalari boʻyicha mahsulotlarni bir oydan kam boʻlgan muddatda yuklab joʻnatilishi hamda mahsulot yuklab joʻnatish navbati boʻyicha ketma-ketlikka amal qilmaslik holatlari aniqlanganda tuzilgan forvard bitimlarni haqiqiy emas deb topish uchun asos boʻladi va sotuvchiga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda chora koʻriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandning birinchi va ikkinchi qismida koʻrsatilgan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi huzuridagi budjetdan tashqari Raqobatni rivojlantirishga koʻmaklashish jamgʻarmasiga olib qoʻyiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
t) Nizomga 1-ilovada:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nizomning nomidagi “va” soʻzi “va (yoki)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Tadbirlar” ustunida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-pozitsiyadagi “yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulot” soʻzlari “yuqori likvidli va (yoki) monopol turdagi mahsulot” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-pozitsiyadagi “Moddiy balanslar va prognozlar asosida” soʻzlaridan keyin “hamda ishlab chiqarish hajmlaridan kelib chiqib” soʻzlari qoʻshilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2021-y., 09/21/777/1199-son; 10.06.2026-y., 06/26/108/0579-son)