Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.08.2019 02.05.2005 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1474
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.08.2019
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TAShQI IQTISODIY ALOQALAR AGENTLIGINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Shaxpaxta” konini qoʻshimcha ochish boʻyicha 2004-yil 14-apreldagi mahsulot taqsimotiga oid bitim doirasida Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruv qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 2-mayda 1474-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 13-avgustdagi 331-mh-sonli “Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1474-2, 13.08.2019-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 9-apreldagi 168-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining Ustyurt mintaqasidagi Shaxpaxta konini qoʻshimcha ochish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi qaror qiladilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Shaxpaxta konini qoʻshimcha ochish boʻyicha 2004-yil 14-apreldagi mahsulot taqsimotiga oid bitim doirasida Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruv Qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi B. MATLYUBOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2005-yil 7-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
01-02/20-5-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi raisi N. NAJIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2005-yil 7-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NN-01/10-1213-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi
Davlat bojxona qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligining
2005-yil 7-apreldagi 01-02/20-5,
NN-01/10-1213-son qarorlari bilan
“TASDIQLANGAN”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Shaxpaxta” konini qoʻshimcha ochish boʻyicha 2004-yil 14-apreldagi mahsulot taqsimotiga oid bitim doirasida Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruv
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QOIDALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis axborotnomasi, 1998-y., 2-son, 36-b.), Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 7-dekabrdagi “Mahsulot taqsimotiga oid bitim toʻgʻrisida”gi 312-II-son Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 9-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasining Ustyurt mintaqasidagi Shaxpaxta konini qoʻshimcha ochish toʻgʻrisida”gi 168-sonli qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 22-apreldagi 262-f-son farmoyishi, 2004-yil 14-aprelda “Oʻzbekneftgaz” Milliy xolding kompaniyasi hamda “Zarubejneftegaz” Yopiq aksiyadorlik jamiyati va “Gas Project Development Central Asia AG” Kompaniyasi tarkibidagi Konsorsium oʻrtasida tuzilgan “Shaxpaxta” konini qoʻshimcha ochish boʻyicha mahsulot taqsimotiga oid bitimga muvofiq ishlab chiqilgan va qayd etilgan Bitim doirasida Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Asosiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Qoidalarda quyidagi asosiy atamalar va tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MTB — 2004-yil 14-aprelda “Oʻzbekneftgaz” Milliy xolding kompaniyasi hamda “Zarubejneftegaz” Yopiq aksiyadorlik jamiyati va “Gas Project Development Central Asia AG” Kompaniyasi tarkibidagi Konsorsium oʻrtasida tuzilgan “Shaxpaxta” konini qoʻshimcha ochish boʻyicha mahsulot taqsimotiga oid bitim, shu jumladan unga ilovalar, oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investor — yuridik shaxslarning “Zarubejneftegaz” Yopiq aksiyadorlik jamiyati (Rossiya) va “Gas Project Development Central Asia AG” (Shveysariya) Kompaniyasi, shuningdek ularning huquqiy vorislari tarkibidagi Konsorsium koʻrinishida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan birlashmasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Operator — foyda keltirmaydigan yuridik shaxs — Investor tomonidan MTB boʻyicha ishlar bajarilishini tashkillashtirish uchun tashkil etilgan Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti. Operator MTBga muvofiq Investorga belgilangan bojxona imtiyozlari va preferensiyalaridan foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli kompaniya — “Oʻzbekneftgaz” Milliy xolding kompaniyasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqaruvchi qoʻmita — Investor va Vakolatli kompaniya vakillari tarkibidagi doimiy faoliyat olib boradigan, MTB boʻyicha ishlar bajarilishiga tegishli faoliyatning oʻzaro muvofiqlashtirilishini amalga oshiradigan va MTBda qayd etilgan funksiyalarga muvofiq MTB bajarilishi bilan bogʻliq MTB tomonlari uchun majburiy qarorlar qabul qiladigan qoʻmita.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pudratchi — Investor va/yoki Operator tomonidan MTB boʻyicha ishlar bilan bogʻliq materiallar yetkazib berilishi, ishlar bajarilishi yoki xizmatlar koʻrsatilishi uchun fuqarolik-huquqiy shartnoma tuzilgan har qanday jismoniy yoki yuridik shaxs. Ushbu atama Pudratchi yoki uning subpudratchilari tomonidan MTB boʻyicha ishlar bilan bogʻliq materiallar yetkazib berilishi, ishlar bajarilishi yoki xizmatlar koʻrsatilishi uchun shartnomalar tuzilgan subpudratchilarni oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DBQB — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining Investor (Operator), Pudratchi tomonidan olib kiriladigan (olib chiqiladigan) tovarlarning bojxona nazorati va/yoki bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshiradigan taalluqli hududiy bojxona boshqarmasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MTB boʻyicha ishlar — Oʻzbekiston Respublikasi hududida amalga oshiriladigan tabiiy gaz konlarini oʻzlashtirish, qazib olish, transportirovka va realizatsiya qilishga, shu jumladan har qanday infratuzilma va transport obyektlarini qurishga, tabiiy gazni ishlash (tozalash), uni saqlashga yoʻnaltirilgan faoliyat turlari, tadqiqotlar va ishlar majmui, tabiatni muhofazalash chora-tadbirlari, shuningdek ushbu ishlar bilan bevosita bogʻliq va MTB doirasida amalga oshiriladigan har qanday boshqa faoliyat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlar — Investorning MTB doirasida Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan har qanday koʻchar mulki, shu jumladan sarflash materiallari, qaytariladigan tovarlar va tabiiy gaz.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sarflanadigan tovarlar — MTB boʻyicha ishlar amalga oshirilish jarayonida foydalaniladigan, Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga erkin muomalaga chiqarish bojxona rejimida olib kiriladigan materiallar, asbob-uskunalar, moslamalar va detallar, YoMM (yonilgʻi-moylash materiallari), transport vositalari va boshqa koʻchar mulklar, shuningdek moddiy-texnik resurslar, loyiha va texnik hujjatlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaytariladigan tovarlar — Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga vaqtincha olib kirish bojxona rejimida olib kiriladigan, keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga olib chiqiladigan materiallar, asbob-uskunalar, moslamalar va detallar, transport vositalari va boshqa koʻchar mulklar hamda loyiha va texnik hujjatlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investor tabiiy gazi — MTB 15.1-bandiga muvofiq oʻtkaziladigan oʻlchovlar bilan aniqlanadigan shartnoma hududida qazib olingan umumiy tabiiy gaz (uglevodorod gazi, shuningdek boshqa barcha gazsimon uglevodorodlar va ularning tarkibidagi komponentlar, shu jumladan serovodorodlar, uglerod dvuokisi va geliy) hajmining MTBga muvofiq Investorga tegishli ulushi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Operator va Pudratchi tomonidan olib kiriladigan tovarlar, shuningdek olib chiqiladigan qaytariladigan tovarlar va Investorning tabiiy gazi bojxona rasmiylashtiruvi MTB 20-moddasiga muvofiq soliqlar, bojxona bojlari, aksizlar va boshqa yigʻimlar toʻlanmagan holda amalga oshiriladi (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlar bundan mustasno). Bunda berilgan imtiyozlar hisobi yuritilishi uchun bojxona yuk deklaratsiyasi bojxona toʻlovlari hisoblab chiqarilgan holda toʻldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlar hisobi amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq Operatorga berilgan OKPO kodi asosida yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Operator va Pudratchilar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kiriladigan, shuningdek olib chiqiladigan qaytariladigan tovarlar va Investorning tabiiy gazi bojxona rasmiylashtiruvi uchun bojxona yigʻimlari oʻz vaqtida va toʻliq toʻlanishi uchun Investor va/yoki Operator javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Olib kirilishi vakolatli organlar ruxsatini olish zarurati bilan bogʻliq tovarlar Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari va MTB bilan belgilangan tartibda va shartlarda olib kiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Operator MTB boʻyicha ishlar amalga oshirilishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 20-noyabrdagi 523-son Qarori va 2004-yil 27-fevraldagi ““Bojxona ombori” bojxona rejimi toʻgʻrisida”gi 1318-son Nizomga muvofiq bojxona omborini taʼsis etish huquqiga ega (2004-yil 27-fevralda 1318-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 8-son, 103-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Operator tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududida xarid qilinadigan va ushbu hududdan tashqariga olib chiqishsiz foydalanish uchun moʻljallangan tovarlarga bojxona rasmiylashtiruvi amalga oshirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Qaytariladigan tovarlarni olib kirish va tasarruf qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Qaytariladigan tovarlar vaqtincha olib kirish bojxona rejimiga bojxona yuk deklaratsiyasi toʻldirilib, ikki yilgacha muddatda quyidagi oʻziga xos xususiyatlar hisobga olingan holda joylashtiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 24-grafaning chap kichik boʻlimida bitim kodi koʻrsatiladi: “79”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 44-grafaning 3-bandida MTB, shuningdek Investor va/yoki Operatorning olib oʻtiladigan tovarlar yuzasidan xatining raqami va sanasi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Qaytariladigan tovarlarning vaqtincha olib kirish rejimida bojxona rasmiylashtiruvi va bojxona nazorati taalluqli DBQB tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Operator vaqtincha olib kirishning eng oxirgi muddati tugagungacha qaytariladigan tovarlarni quyidagi usullardan biri yordamida tasarruf qilishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga reeksport rejimida olib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vaqtincha olib kirishning belgilangan muddati tugagungacha 30 kundan kechiktirmay taalluqli DBQBga yozma murojaat asosida tovarlarni vaqtincha olib kirish muddatini uzaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ularni erkin muomalaga chiqarish bojxona rejimiga yoki qonun hujjatlari va MTB bilan belgilangan tartibda boshqa rejimga joylashtirish toʻgʻrisida maʼlum qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Qaytariladigan tovarlar vaqtincha olib kirilishini MTB amal qiladigan butun vaqt mobaynida ikki yildan yuqori muddatga uzaytirish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 13-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasida tovarlar va transport vositalarining vaqtincha olib kirilishi (olib chiqilishi) shartlari toʻgʻrisida”gi 106-son Qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan amalga oshiriladi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 16-son, 217-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Qayta olib chiqilayotgan qaytariladigan tovarlar bojxona rasmiylashtiruvi ushbu tovarlarni maʼlum qilingan vaqtincha olib kirish bojxona rejimiga muvofiq nazoratga qoʻygan taalluqli DBQB tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Sarflanadigan tovarlarni olib kirish va tasarruf qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Sarflanadigan tovarlar erkin muomalaga chiqarish bojxona rejimiga joylashtiriladi. Bunda bojxona yuk deklaratsiyasi mazkur Qoidalarning 7-bandida qayd etilgan oʻziga xos xususiyatlar hisobga olingan holda toʻldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Operator yoki Pudratchining sarflanadigan tovarlar bojxona ombori rejimiga joylashtirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Bojxona rasmiylashtiruvi maqsadlarida majburiy sertifikatlanadigan sarflanadigan tovarlarning sertifikatlanishi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 6-iyuldagi 318-son Qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 27-son, 315-modda) va “Majburiy sertifikatlanadigan tovarlar (mahsulotlar)ni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish tartibi toʻgʻrisida”gi Yoʻriqnoma (2000-yil 26-fevralda 901-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan belgilangan tartibda va muddatlarda amalga oshiriladi (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklar, davlat qoʻmitalari va muassasalari meʼyoriy hujjatlar byulleteni, 2000-y., 4-son).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Erkin muomalaga chiqarish bojxona rejimiga joylashtirilgan sarflanadigan tovarlar, “Bojxona reeksport rejimi toʻgʻrisida”gi Nizom bilan belgilangan shartlar va talablarga rioya qilingan taqdirda, Investor va/yoki Operator yoki Pudratchi arizasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga reeksport rejimida olib chiqilishi mumkin (2002-yil 2-mayda 1134-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan — Meʼyoriy hujjatlar byulleteni, 2002-y., 9-son).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Investorning tabiiy gazini olib chiqilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Investorning tabiiy gazini Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqish eksport rejimida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Investorning eksport qilinadigan tabiiy gazi bojxona rasmiylashtiruvi Operator tomonidan Investor tomonidan belgilanadigan hajmlarda va narxlarda — Oʻzbekiston Respublikasi DAF-chegarasi shartlarida (Inkoterms-2000) Markaziy Osiyo — Markaz gaz quvurining Beynov kompressor stansiyasida vakolatli bank tomonidan beriladigan hisob-kitoblar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar taqdim qilinmagan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Investorning tabiiy gaziga Operatorning arizasiga muvofiq vakolatli organ tomonidan belgilangan tartibda “Tovarlarni olib oʻtish sertifikatlarini berish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga muvofiq tovarlarni olib oʻtish sertifikatlari beriladi (2010-yil 13-avgustda 2131-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 33-son, 279-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Investorning quvuryoʻl transporti orqali olib oʻtiladigan tabiiy gazi deklaratsiya qilinishi va bojxona rasmiylashtiruvi ikki bosqichli asosda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Birinchi bosqichda: har oy Investorning tabiiy gazi Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan oydan keyingi oyning oʻninchi sanasidan kechiktirmay Operator yoki uning vakolatli shaxsi bojxona organiga hisobot oyida Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib oʻtilgan Investorning tabiiy gazi hajmlariga vaqtincha (toʻliqsiz) bojxona yuk deklaratsiyasi (quyida matn boʻyicha — “VBYuD”)ni va quyidagi hujjatlarni taqdim qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MTB nusxasi (faqat dastlabki rasmiylashtiruvda taqdim etiladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investor (Operator) va Vakolatli kompaniya tomonidan imzolangan MTB boʻyicha tabiiy gaz qazib olish dalolatnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investor va Oʻzbekiston Respublikasi gaz-transport kompaniyasi tomonidan imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasigacha transportirovka qilingan Investorning tabiiy gazini qabul qilish-topshirish tijorat dalolatnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi gaz-transport kompaniyasi va Qozogʻiston Respublikasi gaz-transport kompaniyasi tomonidan imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasida Investorning tabiiy gazini qabul qilish-topshirish texnik dalolatnomasi yoxud Investor va xaridor tomonidan imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasida Investorning tabiiy gazini qabul qilish-topshirish tijorat dalolatnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisobot oyida Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib oʻtilgan Investorning tabiiy gazi hajmlariga invoys (hisobvaraq-faktura);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib oʻtilgan Investorning tabiiy gazi yuboriladigan mamlakat, ogʻirligi, miqdori va qiymati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan hujjat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Investorning tabiiy gazi eksporti uchun vaqtincha bojxona yuk deklaratsiyasi (vaqtincha BYuD) “Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisida”gi Yoʻriqnomaga muvofiq (1999-yil 3-noyabrda 834-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan — Meʼyoriy hujjatlar byulleteni, 1999-y., 12-son), quyidagi oʻziga xos xususiyatlar hisobga olingan holda toʻldiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) “Deklaratsiya turi” 1-grafasi uchinchi kichik boʻlimida “VD” harfli indeksi — vaqtincha (toʻliqsiz) bojxona yuk deklaratsiyasi koʻrsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2, 9 va 28-grafalarda Operatorning “Investor topshirigʻi boʻyicha” belgili taalluqli rekvizitlari koʻrsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 8-grafada Investor tomonidan maʼlum qilinadigan oluvchi rekvizitlari koʻrsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) 24-grafaning chap kichik boʻlimida bitim kodi koʻrsatiladi: “79”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) 37-grafaning soʻnggi ikkita raqamida kod koʻrsatiladi: “33”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) 44-grafada “Qoʻshimcha axborot/taqdim qilinadigan hujjatlar” 3 raqami ostida olib chiqish uchun asos sifatida MTB koʻrsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) 50-grafada “Taqdim etilgan maʼlumotlar uchun javobgar boʻladi” soʻzlari “Bojxona yuk deklaratsiyasi (BYuD)ni 200_ yil “__” _______ gacha taqdim qilish majburiyatini olaman” soʻzlari bilan toʻldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Ikkinchi bosqichda: VBYuD bojxona rasmiylashtiruvi sanasidan boshlab 90 (toʻqson) kundan kechiktirmay DBQBga BYuD, dastlabki VBYuD hamda MTBga muvofiq mahsulot taqsimotini tasdiqlaydigan Investor va Vakolatli kompaniya oʻrtasida mahsulot (tabiiy gaz) taqsimoti boʻyicha Dalolatnoma nusxasi, shuningdek muvofiqlik sertifikati taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. VBYuD boʻyicha deklaratsiya qilingan Investor tabiiy gazining hajmi MTBga muvofiq mahsulot taqsimotini tasdiqlaydigan Investor va Vakolatli kompaniya oʻrtasida mahsulot (tabiiy gaz) taqsimoti boʻyicha Dalolatnoma nusxasida qayd etilgan hajm bilan farq qilgan holatlarda, taalluqli VBYuDga Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda oʻzgartirishlar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. BYuD “Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisida”gi Yoʻriqnomaga muvofiq (1999-yil 3-noyabrda 834-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan — Meʼyoriy hujjatlar byulleteni, 1999-y., 12-son), quyidagi oʻziga xos xususiyatlar hisobga olingan holda toʻldiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2, 9 va 28-grafalarda Operatorning “Investor topshirigʻi boʻyicha” belgili taalluqli rekvizitlari koʻrsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 8-grafada Investor tomonidan maʼlum qilinadigan oluvchi rekvizitlari koʻrsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 24-grafaning chap kichik boʻlimida bitim kodi koʻrsatiladi: “79”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) 37-grafaning soʻnggi ikkita raqamida kod koʻrsatiladi: “33”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) 44-grafada “Qoʻshimcha axborot/taqdim qilinadigan hujjatlar” 3 raqami ostida olib chiqish uchun asos sifatida MTB koʻrsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) 44-grafada “Qoʻshimcha axborot/taqdim qilinadigan hujjatlar” 8 raqami ostida Boshqaruvchi qoʻmita hujjatlari koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda BYuDga VBYuD maʼlumotnoma raqami beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Investor tabiiy gazi reimporti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. MTBda belgilangan shartlarda Vakolatli kompaniya Investorning tabiiy gazini kerakli hajmda AQSh dollarida toʻlov orqali va MTBga muvofiq narxlar boʻyicha xarid qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Vakolatli kompaniya tomonidan xarid qilinadigan Investorning tabiiy gazi hajmlari Vakolatli kompaniya va Investor oʻrtasidagi tashqi savdo kontraktlari (shartnomalari) bilan belgilanadi. Kontraktlar (shartnomalar) qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda vakolatli organlarda roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. MTB 18.3.5-bandiga muvofiq Vakolatli kompaniya tomonidan Investordan xarid qilinadigan Investorning tabiiy gazi bojxona rasmiylashtiruvi dastlab mazkur Qoidalar IV boʻlimiga muvofiq bojxona eksport rejimida, soʻngra esa Vakolatli kompaniya nomiga bojxona reimport rejimida amalga oshiriladi. Bunda transport xarajatlari mavjud emasligi tufayli BYuD 20-grafasida EXW (Inkoterms-2000) yetkazib berish shartlari qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa holatlarda Investorning tabiiy gazi bojxona rasmiylashtiruvi Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Investorning tabiiy gazi reimport qilinganda, Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq, Vakolatli kompaniya tegishli soliqlarni toʻlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Investor (Operator) va Pudratchilarning vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Investor va/yoki Operator quyidagi majburiyatlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) maʼlum qilingan bojxona rejimi shartlariga muvofiq DBQBga olib kiriladigan/olib chiqiladigan tovarlarni koʻrsatish va ularning bojxona rasmiylashtiruvi uchun kerakli hujjatlarni taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) qonun hujjatlari bilan belgilangan bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlarni toʻlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) har yili DBQBga qaytariladigan tovarlardan foydalanish va ular joylashtirilgan manzil toʻgʻrisida maʼlumotlar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) qaytariladigan tovarlarni erkin muomalaga chiqarish bojxona rejimida rasmiylashtirishda, ushbu qaytariladigan tovarlardan kelgusida voz kechilgan taqdirda, qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda bojxona toʻlovlarini toʻlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) qaytariladigan tovarlarni vaqtincha olib kirishni uzaytirish zarurati mavjud boʻlmagan taqdirda, vaqtincha olib kirish belgilangan muddati tugagungacha ularni Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga olib chiqish yoki boshqa bojxona rejimiga joylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) har yili DBQBga sarflash tovarlaridan foydalanish toʻgʻrisidagi yakuniy hisobotni taqdim etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Pudratchi mazkur Qoidalarning 29-bandi “a” — “e” kichik bandlari bilan nazarda tutilgan vazifalarni bajaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Mazkur Qoidalarning 29-bandi bilan nazarda tutilgan vazifalar tuzilgan shartnomalarga muvofiq Investor, Operator va Pudratchilar tomonidan vakolat berilgan shaxslar tomonidan bajarilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Operator, zarur hollarda, Investorning topshirigʻi boʻyicha MTB talablariga muvofiq, taalluqli DBQBga yozma murojaat boʻyicha ishlash, tahlil qilish va oʻrganish maqsadlarida Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga texnik, hisobot hujjatlarini, geologik-geofizik materiallarni, geologik jinslar va qatlamli flyuidlar namunalari va sinovlarini olib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Operator Investorning topshirigʻi boʻyicha va Vakolatli kompaniyaning roziligi bilan Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga ishlash, tahlil qilish va oʻrganish uchun asl yozuvlar va boshqa maʼlumotlarni olib chiqishi mumkin. Investor (Operator) qayd etilgan olib chiqilgan yozuvlar va maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasiga qayta olib kirishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Investor (Operator) va Pudratchilarning chet ellik xodimlariga MTB bilan nazarda tutilgan barcha imtiyozlar va preferensiyalar tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Olib chiqilgan tovarlardan belgilangan maqsad boʻyicha foydalanilmagan, shu jumladan boshqa shaxsga oʻtkazilgan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari muvofiq tegishli DBQB belgilangan tartibda davlat budjetiga toʻlanadigan barcha bojxona toʻlovlarini undirib oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Mazkur Qoidalar Vakolatli kompaniya va Investor bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekneftgaz” MXK Raisi birinchi oʻrinbosari, bosh menejer Sh. MAJITOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2005-yil 7-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Zarubejneftegaz” yopiq aksiyadorlik jamiyati bosh direktori V. GULIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2005-yil 7-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 17-18-con, 138-modda; 2013-y., 38-son, 506-modda)