26.04.2005 yildagi PQ-62-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 26.04.2005 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SHAHARLARDA YOʻL QURILISHINI TASHKIL ETISHNI TAKOMILLASHTIRISH BORASIDAGI QOʻSHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahri, Samarqand viloyati va boshqa bir qancha viloyatlarning hokimliklari shaharlarni rekonstruksiya qilish va obodonlashtirish, arxitektura va tarixiy-madaniy yodgorliklarni qayta tiklash, transport magistrallari qurish, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarini joylashtirish boʻyicha ishlarni shahar qurilishi talablarini qoʻpol ravishda buzgan holda, shaharlarning istiqbolli bosh rejalarini aniq-puxta ishlab chiqmasdan, aholi punktlarini zarur loyiha-rejalashtirish hujjatlari bilan taʼminlamasdan amalga oshirayotganligi yoʻl qoʻyib boʻlmaydigan faktlar deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayd etilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi respublikaning shahar qurilishiga oid qonun hujjatlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 26-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasida arxitektura va shahar qurilishini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-2595-sonli Farmoniga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari qatʼiy rioya etishlari ustidan tegishli nazoratni amalga oshirmayapti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shahar qurilishida tegishli tartib oʻrnatish va ularning uzoq istiqbolga moʻljallangan kompleks rekonstruksiya qilinishini taʼminlash, shahar markazlari va arxitektura komplekslari qurilishi bosh rejalarida shaharlarning transport magistrallari va koʻcha-yoʻl tarmoqlarini kompleks rivojlantirish boʻyicha qabul qilinadigan loyihalar sifatini oshirish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksi talablariga, shahar qurilishining tasdiqlangan norma va qoidalariga rioya etilishi uchun masʼuliyatni kuchaytirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Shaharlar va aholi punktlarining istiqbolli qurilishida koʻplab magistral yoʻllar va koʻchalarda, hatto chorrahalarda eng avvalo uzoqni oʻylamasdan, vaqtinchalik manfaatlarni koʻzlab beshinam umumiy ovqatlanish nuqtalari va turli xil gazakxonalar shahar qurilishi va arxitektura normalari, kommunikatsiya, transport va sanitariya talablari, istiqbolli qurilish rejalari bilan aslo bogʻlanmagan holda qurib tashlanishi mutlaqo yoʻl qoʻyib boʻlmaydigan amaliyot deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki, transport magistrallari va tizimlarining chizmalari maqbullashtirilgan holda shaharlarning transport infratuzilmasi yangi qurilishi, uni rekonstruksiya qilish va yangilash faqat shaharlar va aholi punktlarining belgilangan tartibda tasdiqlangan bosh rejalari asosida va Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar transport magistrallari va tizimlarini qurish hamda rekonstruksiya qilish loyihalarini ishlab chiqish boʻyicha bosh loyihachilar etib tayinlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent va Samarqand shaharlarida, Toshkent viloyatida —“ToshkentboshplanLITI” loyiha instituti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyat markazlari va shahar aholi punktlarida — “OʻzshaharsozlikLITI” OAJ loyiha instituti;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq aholi punktlarida — “Oʻzqishloqloyiha” MChJ loyiha instituti.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch oy muddatda “ToshkentboshplanLITI” instituti bilan birgalikda Toshkent shahrining transport infratuzilmasini maqbullashtirish va yangilash boʻyicha loyihalarga tuzatishlar kiritsin hamda belgilangan tartibda tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda ilovaga* muvofiq respublika shaharlarida transport infratuzilmasini ishlab chiqish va yangilash jadvali boʻyicha takliflar tayyorlasin hamda Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Transport va transport kommunikatsiyalari uyushmasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etilgan jadvalga binoan ilovada koʻrsatilgan shaharlarda transport infratuzilmasini maqbullashtirish va yangilash boʻyicha loyihalarga tuzatishlar kiritsin hamda belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2005-yil 26-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-62-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 17-18-son, 129-modda; 2009-y., 5-son, 36-modda; 2010-y., 20-son, 151-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.07.2018-y., 06/18/5483/1594-son)