Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.08.2023 26.04.2000 yildagi PF-2595-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.08.2023
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA ARXITEKTURA VA ShAHAR QURILIShINI YANADA TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli “Ma’muriy islohotlar doirasida qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, arxitektura, loyihalash va qurilish faoliyati darajasi hamda sifatini oshirish, shaharlar va aholi punktlarining shahar qurilishini zamonaviy talablarga hamda milliy an’analarga mos keladigan tarzda kompleks rivojlantirishni ta’minlash, arxitektura-shahar qurilishi sohasidagi qimmatli merosni saqlash va avaylash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Respublika arxitektura-shahar qurilishi kengashi tashkil qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi — oltinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-maydagi PF-5030-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2017-y., 18-son, 311-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-maydagi PF-5030-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 18-son, 311-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 15-sentabrdagi PF-4136-sonli Farmoni bilan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Arxitektorlar uyushmasiga quyidagilar tavsiya etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaharlar markazlari va tumanlarning markazlarini, arxitektura komplekslarini rejalashtirish hamda barpo etish loyihalariga tanlovlar o‘tkazish borasidagi ishlarni faollashtirish, jamoatchilikni va ommaviy axborot vositalarini jalb etgan holda shu loyihalarning keng muhokama etilishini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” bilan birgalikda ikki oy muddatda arxitektorlarning mualliflik huquqlarini himoya qilishga oid takliflarni tayyorlash va ularni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasi Arxitektorlar uyushmasining raisi o‘z lavozimiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirining birinchi o‘rinbosari hisoblanadi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-iyuldagi PF-5483-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.07.2018-y., 06/18/5483/1594-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Bosh rejalari Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan respublika shaharlarining ro‘yxati tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlarning hokimliklari bilan birgalikda 2000—2002-yillarda shaharlar, tuman markazlari hamda shahar posyolkalarining bosh rejalarini ishlab chiqish va o‘zgartishlar kiritish jadvalini tuzib, uni 2000-yilning 1-iyuniga qadar tasdiqlash uchun Respublika arxitektura-shahar qurilishi kengashiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaharlar, tuman markazlari hamda shahar posyolkalarining bosh rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirish chog‘ida quyidagilar ustuvor yo‘nalishlar deb belgilab qo‘yilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tutash qishloq hududlari bilan shaharlarning arxitektura-rejalashtirish tuzilmasi uyg‘un rivojlantirilishini, shahar hududlaridan tejamli foydalanishni, aholi istiqomat joylarining tabiiy muhitiga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishni ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zamonaviy shahar markazlarini, yangi arxitektura komplekslarini shakllantirish, shaharlarning tarixiy-me’moriy merosini saqlab qolib, uni rivojlantirgan holda, qadimdan tarkib topgan hududlarini rekonstruksiyalash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport yo‘llari sxemalarini, muhandislik-texnikaviy tizimlarini, o‘quv-ta’lim muassasalari tarmoqlarini, sport-sog‘lomlashtirish komplekslarini hamda ijtimoiy sohaning boshqa obyektlarini maqbul tarzga keltirib, yashash muhitining qulayligini oshirgan holda shaharlarning infratuzilmalarini kompleks yangilash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaharlar, tuman markazlari va shahar posyolkalari bosh rejalarga qat’iy muvofiq ravishda barpo etilishini ta’minlash hamda aholi punktlari bosh rejalarining loyihalarini hamda loyiha-rejalashtirish hujjatlarini ishlab chiqish borasidagi ishlarning moliyalanishi uchun shaxsiy javobgarlik Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, Toshkent shahar va viloyatlarning hokimlari zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda ushbu Farmonni ijro etish yuzasidan qaror qabul qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2000-yil 26-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-2595-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-y., 4-son, 120-modda, 9-10-son, 275-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y.,38-son, 417-modda; 2017-y., 18-son, 311-modda, 31.07.2018-y., 06/18/5483/1594-son)