26.04.2005 yildagi PQ-62-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SHAHARLARDA YO‘L QURILISHINI TASHKIL ETISHNI TAKOMILLASHTIRISH BORASIDAGI QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahri, Samarqand viloyati va boshqa bir qancha viloyatlarning hokimliklari shaharlarni rekonstruksiya qilish va obodonlashtirish, arxitektura va tarixiy-madaniy yodgorliklarni qayta tiklash, transport magistrallari qurish, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarini joylashtirish bo‘yicha ishlarni shahar qurilishi talablarini qo‘pol ravishda buzgan holda, shaharlarning istiqbolli bosh rejalarini aniq-puxta ishlab chiqmasdan, aholi punktlarini zarur loyiha-rejalashtirish hujjatlari bilan ta’minlamasdan amalga oshirayotganligi yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan faktlar deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayd etilsinki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi respublikaning shahar qurilishiga oid qonun hujjatlariga hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 26-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasida arxitektura va shahar qurilishini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-2595-sonli Farmoniga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari qat’iy rioya etishlari ustidan tegishli nazoratni amalga oshirmayapti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shahar qurilishida tegishli tartib o‘rnatish va ularning uzoq istiqbolga mo‘ljallangan kompleks rekonstruksiya qilinishini ta’minlash, shahar markazlari va arxitektura komplekslari qurilishi bosh rejalarida shaharlarning transport magistrallari va ko‘cha-yo‘l tarmoqlarini kompleks rivojlantirish bo‘yicha qabul qilinadigan loyihalar sifatini oshirish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksi talablariga, shahar qurilishining tasdiqlangan norma va qoidalariga rioya etilishi uchun mas’uliyatni kuchaytirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Shaharlar va aholi punktlarining istiqbolli qurilishida ko‘plab magistral yo‘llar va ko‘chalarda, hatto chorrahalarda eng avvalo uzoqni o‘ylamasdan, vaqtinchalik manfaatlarni ko‘zlab beshinam umumiy ovqatlanish nuqtalari va turli xil gazakxonalar shahar qurilishi va arxitektura normalari, kommunikatsiya, transport va sanitariya talablari, istiqbolli qurilish rejalari bilan aslo bog‘lanmagan holda qurib tashlanishi mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan amaliyot deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki, transport magistrallari va tizimlarining chizmalari maqbullashtirilgan holda shaharlarning transport infratuzilmasi yangi qurilishi, uni rekonstruksiya qilish va yangilash faqat shaharlar va aholi punktlarining belgilangan tartibda tasdiqlangan bosh rejalari asosida va O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-iyuldagi PF-5483-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.07.2018-y., 06/18/5483/1594-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar transport magistrallari va tizimlarini qurish hamda rekonstruksiya qilish loyihalarini ishlab chiqish bo‘yicha bosh loyihachilar etib tayinlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent va Samarqand shaharlarida, Toshkent viloyatida —“ToshkentboshplanLITI” loyiha instituti;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyat markazlari va shahar aholi punktlarida — “O‘zshaharsozlikLITI” DUKloyiha instituti;
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 19-maydagi PQ-1339-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 20-son, 151-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq aholi punktlarida — “Qishloqqurilishloyiha” MChJ loyiha-qidiruv instituti.
(3-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 27-yanvardagi PQ-1049-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 5-son, 36-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch oy muddatda “ToshkentboshplanLITI” instituti bilan birgalikda Toshkent shahrining transport infratuzilmasini maqbullashtirish va yangilash bo‘yicha loyihalarga tuzatishlar kiritsin hamda belgilangan tartibda tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda ilovaga* muvofiq respublika shaharlarida transport infratuzilmasini ishlab chiqish va yangilash jadvali bo‘yicha takliflar tayyorlasin hamda Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Transport va transport kommunikatsiyalari uyushmasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etilgan jadvalga binoan ilovada ko‘rsatilgan shaharlarda transport infratuzilmasini maqbullashtirish va yangilash bo‘yicha loyihalarga tuzatishlar kiritsin hamda belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2005-yil 26-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-62-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 17-18-son, 129-modda; 2009-y., 5-son, 36-modda; 2010-y., 20-son, 151-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.07.2018-y., 06/18/5483/1594-son)