Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining
buyrugʻi
“Oliy taʼlim muassasasi professor-oʻqituvchilar tarkibining oʻquv yuklamasi hamda oʻquv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va “ustoz-shogird” ishlarini belgilash qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruqqa oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 22-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3076-1]
Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-noyabrdagi PF-3-son “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 545-son “Ilmiy va innovatsion faoliyatni boshqarish tizimini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi, 2021-yil 22-oktabrdagi 655-son “Oliy harbiylashtirilgan taʼlim muassasalari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorlariga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2018-yil 10-sentabrdagi 20-2018-son “Oliy taʼlim muassasasi professor-oʻqituvchilar tarkibining oʻquv yuklamasi hamda oʻquv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va “ustoz-shogird” ishlarini belgilash qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3076, 2018-yil 8-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2018-y., 41-son, 816-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir A. TOShKULOV
Toshkent sh.,
2021-yil 30-noyabr,
44-2021-son
Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 44-2021-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
“Oliy taʼlim muassasasi professor-oʻqituvchilar tarkibining oʻquv yuklamasi hamda oʻquv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va “ustoz-shogird” ishlarini belgilash qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruqqa kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Buyruqning muqaddimasidagi “Oʻzbekiston Respublikasi “Taʼlim toʻgʻrisida”gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻgʻrisida”gi qonunlariga” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuniga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Qoidalarda:
a) muqaddimaning ikkinchi xatboshisidagi “harbiy oliy” degan soʻzlar “oliy harbiy hamda harbiylashtirilgan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
b) 2-ilova 17-pozitsiyasining “Ish turlarining bajarilganligini aniqlash” ustunidagi “ilmiy-texnik” degan soʻzlar “ilmiy” degan soʻz bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.12.2021-y., 10/21/3076-1/1181-son)