Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2023 20.12.2021 yildagi PF-35-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2023
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yilda fuqarolarning rasmiy sanalarni nishonlash davrida toʻliq dam olishi uchun shart-sharoitlar yaratish, “Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil!” ichki turizmni rivojlantirish dasturi doirasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish uchun dam olish va bayram kunlaridan samarali foydalanishni taʼminlash maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2022-yilda quyidagi qoʻshimcha dam olish kunlari belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) barcha xodimlar uchun (ish haftasining turidan qatʼi nazar): 3-yanvar — dushanba, 22-mart — seshanba, 23-mart — chorshanba, 3-may — seshanba, 11-iyul — dushanba, 2-sentabr — juma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun: 4-yanvar — seshanba, 4-may — chorshanba, 12-iyul — seshanba, 3-sentabr — shanba va 31-dekabr — shanba.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-apreldagi PF-131-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2022-y., 06/22/131/0374-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 2022-yilda besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kunlari quyidagi tartibda koʻchirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-yanvar — shanba kunidan 4-yanvar — seshanba kuniga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-may — shanba kunidan 4-may — chorshanba kuniga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-iyul — shanba kunidan 12-iyul — seshanba kuniga.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-apreldagi PF-131-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2022-y., 06/22/131/0374-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet tashkilotlarida ushbu Farmonning 1-bandi “a” kichik bandida belgilangan qoʻshimcha dam olish kunlari har yilgi mehnat taʼtilining davomiyligini besh ish kuniga qisqartirish hisobiga qoplanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yilgi mehnat taʼtili davrida saqlanadigan oʻrtacha oylik ish haqi miqdorini hisoblashda mehnat taʼtilining amaldagi davomiyligi hisobga olinadi, unga ushbu Farmonning 1-bandi “a” kichik bandida belgilangan qoʻshimcha dam olish kunlari qoʻshiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yillik mehnat taʼtilining davomiyligi qisqartirish hisobga olingan holda oʻn besh ish kunidan kam boʻlmasligi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet tashkiloti hisoblanmagan tashkilotlarda ushbu Farmonning 1-bandiga muvofiq qoʻshimcha dam olish kuni mehnat taʼtiliga qoʻshimcha boshqa kunlar bilan bir qatorda moliyaviy imkoniyatlardan kelib chiqqan holda, jamoa shartnomalari yoki ish beruvchilar tomonidan kasaba uyushmasi qoʻmitalari bilan kelishib qabul qilinadigan boshqa lokal hujjatlarda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Bayram (ishlanmaydigan) kunlarining uzaytirilishini hisobga olgan holda, respublika aholisining maroqli dam olishi uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turizm va sport vazirligi turizm namoyishi obyektlari (madaniy meros va sport obyektlari, muzeylar) va mehmonxona xizmatlari uchun chegirmalar berilishi hamda aksiyalar oʻtkazilishini tashkillashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasiga Sogʻliqni saqlash vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda sanatoriylar va sogʻlomlashtirish muassasalari uchun chegirmalar berish hamda aksiyalar oʻtkazish tavsiya etilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Uzbekistan Airways” AJ, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJga ichki transport qatnovlari uchun chegirmalar berish va aksiyalar oʻtkazish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat jamoalari oʻrtasida ushbu Farmonning maqsadi, mazmun-mohiyati toʻgʻrisida tushuntirish ishlarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uzaytirilgan bayram kunlarida xodimlar va ularning oila aʼzolari maroqli dam olishini taʼminlash yuzasidan kasaba uyushmalari tashkilotlarining ishini faollashtirish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bilan birgalikda bayram kunlari oʻtkaziladigan tadbirlar toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalari, shu jumladan Internet jahon axborot tarmogʻi orqali aholining keng xabardor qilinishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur Farmon 2023-yil 1-yanvardan eʼtiboran oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 20-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-35-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/35/1174-son, 30.04.2022-y., 06/22/131/0374-son)