19.11.2021 yildagi 693-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholiga sanatoriylarda davolanish uchun yoʻllanmalar berish sohasiga axborot-texnologiyalarini joriy etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga davlat xizmatlari koʻrsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 12-dekabrdagi PF-5278-son, “Jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish, mahalla institutini yanada qoʻllab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 18-fevraldagi PF-5938-son farmonlari hamda “Xizmatlar sohasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 11-maydagi PQ-5113-son qaroriga muvofiq, shuningdek, keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga sanatoriylarda davolanish uchun yoʻllanmalar berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga sanatoriylarda davolanish uchun yoʻllanmalar berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining tuman (shahar)lardagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari (keyingi oʻrinlarda — “Inson” markazi) va Davlat xizmatlari markazlari orqali sanatoriylarda davolanish uchun yoʻllanmalarni berish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatish tartibi;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-yanvardagi 46-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2024-y., 09/24/46/0070-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar yoki ularning vakillari tomonidan sanatoriylarda davolanish uchun yoʻllanmalarni berish boʻyicha davlat xizmatidan foydalanish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga Davlat xizmatlari markazlari orqali sanatoriylarda davolanish uchun yoʻllanmalarni taqsimlash tartibi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki, ushbu qaror bilan tasdiqlangan maʼmuriy reglamentga muvofiq koʻrsatiladigan davlat xizmatlaridan foydalanish uchun jismoniy shaxslar Davlat xizmatlari markazlari va “Inson” markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) va “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — YAMIH AT) orqali murojaat qiladilar.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-yanvardagi 46-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2024-y., 09/24/46/0070-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2022-yil 1-iyunga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar) tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish boʻlimlarining hamda keksalar, nogironligi boʻlgan shaxslar, urush va mehnat faxriylari uchun sanatoriylarning YIDXPga ulanishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet va budjetdan tashqari mablagʻlar, grant va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun elektron hujjat almashishni taʼminlovchi axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — axborot tizimi) ishlab chiqilishini va elektron hukumatning axborot tizimlari bilan integratsiya qilinishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot tizimini ishlab chiqishda quyidagilar nazarda tutilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻllanma olish boʻyicha elektron navbat hisobini yuritish imkonini joriy qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanatoriylarga tashrif buyuruvchi shaxslarning maʼlumotlari va toifalari boʻyicha elektron bazani shakllantirib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarning sanatoriylarga olgan yoʻllanmalar davriyligining hisobini elektron yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanatoriylarda boʻsh oʻrinlar hisobini onlayn yuritish va ochiq maʼlumot sifatida axborot tizimida joylashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bir oy muddatda Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligining asoslangan hisob-kitoblariga muvofiq davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun elektron hujjat almashinishini taʼminlovchi axborot tizimi ishlab chiqilishi va elektron hukumatning axborot tizimlari bilan integratsiya qilinishi uchun zarur boʻlgan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan ajratilishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi Adliya vazirligi va Agentlik bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2022-yil 1-oktabrdan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga sanatoriylarda davolanish uchun yoʻllanmalar berish boʻyicha davlat xizmati YIDXP orqali joriy etilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YIDXPda davlat xizmatlari koʻrsatilishining har bir bosqichida vakolatli organlar va fuqarolar tomonidan murojaatlarning koʻrib chiqilishini kuzatib borish tartibini joriy etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2024-yil 1-fevraldan boshlab keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga sanatoriylarda davolanish uchun sanatoriylarga yoʻllanmalarni berish boʻyicha davlat xizmati YAMIH AT orqali ham joriy etilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, sanatoriylarga yoʻllanma berish boʻyicha davlat xizmati “Inson” markazlari tomonidan koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Inson” markazlarining ijtimoiy xodimlariga bevosita fuqarolarning roziligi bilan ularning nomidan Agentlik tizimidagi sanatoriylarda davolanish uchun yoʻllanmalar berish boʻyicha elektron shaklda ariza berish huquqi beriladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-yanvardagi 46-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2024-y., 09/24/46/0070-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Sogʻliqni saqlash vazirligi va Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasining quyidagilarni nazarda tutuvchi “Elektron sanatoriy” platformasini ishlab chiqish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanatoriylarga yoʻllanma olish uchun murojaat qilgan aholini elektron axborot tizimi orqali hisobga olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi tomonidan sanatoriyalarga beriladigan yoʻllanmalar boʻyicha navbatni kuzatish imkoniyatini beruvchi mexanizmlarni joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanatoriylarda mavjud boʻsh oʻrinlar toʻgʻrisidagi, xizmat koʻrsatish ixtisosliklar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yangilab borish hamda boshqa axborot tizimlari bilan integratsiya qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Elektron sanatoriy” platformasini ishlab chiqish va kelgusida texnik xizmat koʻrsatish Sogʻliqni saqlash vazirligi muassisligidagi “IT-Med” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirlik va idoralarga tegishli Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan sanatoriylar “Elektron sanatoriy” platformasiga majburiy tartibda ulanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirlik va idoralarga tegishli Davlat budjetidan moliyalashtirilmaydigan sanatoriylar, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi tizimidagi sanatoriylar va xususiy sanatoriylar “Elektron sanatoriy” platformasiga ixtiyoriy tartibda ulanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik tizimidagi sanatoriylar “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimining “IHMA Sanatoriy” moduliga ulanadi;
(7-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2026-y., 09/26/40/0112-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Elektron sanatoriy” platformasini ishlab chiqish bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetidan sogʻliqni saqlash sohasida axborot tizimlarini yaratish, takomillashtirish va joriy etish, shuningdek, axborot kommunikatsiya va texnologiyalari infratuzilmasini rivojlantirish uchun ajratilgan mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari va Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri B.A. Musayev hamda Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi direktori A.K. Inakov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 19-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
693-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-noyabrdagi 693-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga sanatoriylarda davolanish uchun yoʻllanmalar berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
REGLAMENTI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Reglament keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga sanatoriylarda davolanish uchun yoʻllanmalar (keyingi oʻrinlarda — yoʻllanmalar) berish boʻyicha davlat xizmati (keyingi oʻrinlarda — davlat xizmati) koʻrsatish tartibini belgilaydi.
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-yanvardagi 46-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2024-y., 09/24/46/0070-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoʻllanmalar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tizimidagi keksalar, nogironligi boʻlgan shaxslar, urush va mehnat faxriylari uchun sanatoriylarga (keyingi oʻrinlarda — sanatoriylar) beriladi.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 665-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/665/0942-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Davlat xizmati Agentlikning tuman (shahar)lardagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organ), Davlat xizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) yoxud “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — YAMIH AT) orqali vakolatli organ tomonidan koʻrsatiladi.
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-yanvardagi 46-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2024-y., 09/24/46/0070-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmatlari markazlari va vakolatli organ oʻrtasidagi axborot almashinuvi elektron raqamli imzoni (keyingi oʻrinlarda — ERI) majburiy tartibda qoʻllash orqali faqat idoralararo oʻzaro elektron bogʻlanish yordamida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoʻllanmalar umumiy soni sanatoriylarning mavjud oʻrinlari hamda tegishli moliya yilida Davlat budjetidan yoʻllanmalar uchun maqsadli tartibda nazarda tutiladigan budjet mablagʻlari doirasida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Yoʻllanmalar quyidagi toifadagi keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
urush nogironlariga va qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
halok boʻlgan harbiy xizmatchilarning yangi nikohdan oʻtmagan beva xotinlari (beva erlari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika ahamiyatiga molik shaxsiy pensiya oluvchi shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chernobil AES halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan va uni boshidan kechirgan shaxslar, shuningdek, Chernobil halokati sababli nogiron boʻlib qolgan shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yadro poligonlari va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni oʻtagan pensiya yoshidagi shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I va II-guruh nogironligi boʻlgan shaxslar, koʻzi ojiz I-guruh nogironini kuzatib boruvchi shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz keksalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshga doir pensiya oluvchilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoʻllanma beriladigan shaxslarning ushbu bandning ikkinchi, uchinchi, beshinchi va oltinchi xatboshilarida nazarda tutilgan toifaga kirishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi tomonidan taqdim etiladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-yanvardagi 46-sonli qaroriga asosan oʻninchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2024-y., 09/24/46/0070-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Yoʻllanmalarni berish davriyligi (birlamchi murojaat etganlar bundan mustasno) quyidagilardan iborat boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) har yili — navbat asosida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
urush nogironlariga tenglashtirilgan shaxslarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika ahamiyatiga molik shaxsiy pensiya oluvchi shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chernobil AES halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan va uni boshidan kechirgan shaxslar, shuningdek, Chernobil AES halokati sababli nogiron boʻlib qolgan shaxslarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yadro poligonlari va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni oʻtagan pensiya yoshidagi shaxslarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz keksalarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ikki yilda bir marotaba — navbat asosida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
urush qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
halok boʻlgan harbiy xizmatchilarning yangi nikohdan oʻtmagan beva xotinlariga (beva erlariga);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga, koʻzi ojiz I guruh nogironini kuzatib boruvchi shaxsga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) uch yilda bir marotaba — navbat asosida yoshga doir pensiya oluvchilarga.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Reglamentning 3-bandida belgilangan toifalardan biriga mansub boʻlgan “Oʻzbekiston Respublikasi faxriy donori” koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan donorlarga yoʻllanmalar ularning murojaatiga asosan yoʻllanmalarni berish davriyligiga muvofiq navbatsiz beriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-yanvardagi 40-sonli qaroriga asosan oʻn uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2026-y., 09/26/40/0112-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Urush nogironlariga va qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslar toifasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-oktabrdagi 592-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat pensiyalarini tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga asosan aniqlanadi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-yanvardagi 46-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2024-y., 09/24/46/0070-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Davlat xizmati koʻrsatish mazkur Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Davlat xizmatlari koʻrsatish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Murojaatlarni shakllantirish va yuborish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar yoki ularning vakillari davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markazlari yoki vakolatli organga kelib murojaat etadilar yoxud davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun YIDXP yoki YAMIH ATda roʻyxatdan oʻtadilar.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-yanvardagi 46-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2024-y., 09/24/46/0070-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar oʻzlari yoki vakillari kelib murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazi yoki vakolatli organ xodimi keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar nomidan, YIDXP yoki YAMIH AT orqali murojaat etgan taqdirda esa — mustaqil tarzda ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrovnomani elektron ravishda toʻldiradilar.
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-yanvardagi 46-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2024-y., 09/24/46/0070-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻrovnomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
imtiyozdan foydalanish huquqini beruvchi hujjat (pensiya guvohnomasi, mavjud boʻlsa, ushbu Reglamentning 4-bandida nazarda tutilgan holatlarni tasdiqlovchi hujjatlar) nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiy maʼlumotnoma (davolovchi shifokor tomonidan beriladigan sanatoriy-sogʻlomlashtirish tavsiya etiladigan maʼlumotnoma).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bandda koʻrsatilmagan maʼlumotlarni hamda boshqa hujjatlarni talab qilish qatʼiyan taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Quyidagi kasalliklar mavjud boʻlganda shaxsga tibbiy maʼlumotnoma berilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bemorning oʻzi va atrofdagilar uchun xavfli boʻlgan qoʻpol va xulqiy buzilishlar bilan kechadigan ruhiy kasalliklar, xususan tez-tez (har oyda 5-martadan koʻp) tutqanoq sodir boʻladigan epilepsiya, muntazam tutqanoqlarga, epileptik maqomga, kun oxiriga borib boʻshashuvchanlikka, disforiyalarga moyillik kasalliklar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jarayonning faol bosqichidagi sil kasalligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqumli teri va soch kasalliklari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻtkir yuqumli kasalliklar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
salbiy jarayondagi, yomon holatda oʻtadigan shish kasalliklari va retsidivlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanosil kasalliklari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tibbiy maʼlumotnomalarda keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarni tegishli kasalliklar boʻyicha ixtisoslashtirilgan sanatoriylarga yoʻllanma berish yuzasidan maʼlumotlar kiritilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Soʻrovnoma zarur maʼlumotlar rasmiylashtirgandan va kiritgandan soʻng keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar yoki ularning vakillari tomonidan imzolarni identifikatsiya qilishning tegishli vositalari (ERI, daktiloskopiya, elektron imzo, Mobil-ID va boshqalar) bilan tasdiqlanadi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 541-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Davlat xizmati koʻrsatilgani uchun yigʻim undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Soʻrovnomada notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilishi davlat xizmati koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmatlari koʻrsatishni boshqa asoslar boʻyicha rad etish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar davlat xizmatlaridan foydalanishdan uni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar davlat xizmatlaridan foydalanishdan bosh tortganda ularning soʻrovnomasi koʻrmasdan qoldiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar Davlat xizmatlari markazi yoki vakolatli organga kelib murojaat etganda, ularning soʻrovnomasi Davlat xizmatlari markazi yoki vakolatli organ xodimi tomonidan toʻldirilib, tasdiqlangandan soʻng barcha hujjatlar 10 daqiqa mobaynida vakolatli organning “IHMA Sanatoriy” moduliga elektron shaklda yuboriladi. YIDXP yoki YAMIH AT orqali murojaat qilinganda esa — soʻrovnoma avtomatik tarzda vakolatli organning “IHMA Sanatoriy” moduliga yuboriladi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2026-y., 09/26/40/0112-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. “IHMA Sanatoriy” modulida kelib tushgan soʻrovnomalarning elektron reyestri yuritiladi. Bunda, fuqarolar soʻrovnomalarning koʻrib chiqish holati va navbati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Davlat xizmatlari markazlari va vakolatli organga murojaat qilish yoki YIDXP yoxud YAMIH AT orqali real vaqt rejimida olishi mumkin.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-yanvardagi 46-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2024-y., 09/24/46/0070-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Yoʻllanmalar sanatoriylarning mavjud oʻrinlaridan kelib chiqqan holda ajratilgan budjet mablagʻlari doirasida navbat asosida beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Urush nogironlariga va qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslar uchun sanatoriylarga yoʻllanmalar birinchi navbatda beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoʻllanmalar keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga 10 kunga, yoʻllanmalarning amal qilish muddati boshlanishidan 10 kun oldin (asosli sabablarga koʻra qaytarilgan yoʻllanmalar bundan mustasno) beriladi.
(16-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2026-y., 09/26/40/0112-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar yoʻllanma amal qilish muddati boshlanishidan 20 kun oldin, biroq 10 kundan kam boʻlmagan muddatda “IHMA Sanatoriy” moduli orqali elektron shaklda (elektron pochta manzillari mavjud boʻlganda), aloqa vositalari orqali qisqa matnli xabar (SMS) orqali yoki vakolatli organning xodimlari tomonidan sanatoriyga joylashish navbati kelishi haqida xabardor qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar yoʻllanmalarning amal qilish muddati boshlanish sanasidan kamida 3 kun oldin ularga shakllantiriladigan yoʻllanmadan foydalanishni rad etishi yoki yoʻllanma amal qilish muddatini bir oyga uzaytirish haqida vakolatli organga murojaat qilishi mumkin.
(16-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2026-y., 09/26/40/0112-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, foydalanishni rad etgan yoki yoʻllanma amal qilish muddatini bir oyga uzaytirish boʻyicha murojaat qilgan keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarning oʻrniga keyingi navbatdagi keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar mazkur bandning toʻrtinchi xatboshisida belgilangan tartibda xabardor qilinadi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-yanvardagi 46-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi — oltinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2024-y., 09/24/46/0070-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoʻllanmaning amal qilish muddati boshlangandan soʻng 5 kun ichida yoʻllanmalardan foydalanuvchi tomonidan yoʻllanma boʻyicha sanatoriylarga murojaat qilinmaganda berilgan yoʻllanma bekor qilinadi.
(16-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2026-y., 09/26/40/0112-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoʻllanma olish uchun navbatga qoʻyilgan shaxs yoʻllanmadan foydalanilmaganligi munosabati bilan elektron roʻyxatdan chiqariladi hamda tizimda roʻyxat avtomatik ravishda yangilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Sanatoriyda sogʻlomlashtirish uchun berilgan yoʻllanmada keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi, ularning toifasi, yoʻllanmaning muddati hamda uni rasmiylashtirgan vakolatli organning nomi toʻliq koʻrsatilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Vakolatli organ navbati kelgan keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan mazkur Reglamentga 3-ilovaga muvofiq shaklda yoʻllanmani rasmiylashtiradi hamda uni oʻz ERIsi bilan tasdiqlab, tegishli Davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) YIDXP yoki YAMIH AT orqali elektron ravishda yuboradi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-yanvardagi 46-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2024-y., 09/24/46/0070-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Davlat xizmatlari markazi yoki vakolatli organ yoʻllanma tushganidan soʻng 10 daqiqa mobaynida uni keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarning elektron manziliga yuboradi (mavjud boʻlganda) va ularni bu haqida axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi. Davlat xizmatlari markazi yoki vakolatli organ keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar oʻzlari yoki vakillari kelib murojaat qilgan taqdirda, ularning soʻroviga koʻra, ularga yoʻllanmani elektron shaklda yoki qogʻoz shaklda berishi mumkin.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-yanvardagi 46-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2024-y., 09/24/46/0070-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Yoʻllanmalarni taqsimlash

20. Agentlik keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarning umumiy soni, imtiyoz toifasi va yoʻllanmalarning berish davriyligiga muvofiq respublika sanatoriylariga yoʻllanmalarni taqsimlash rejasini har yili 31-dekabrga qadar tasdiqlaydi va talabdan kelib chiqqan holda yil davomida unga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritib boradi.
(20-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2026-y., 09/26/40/0112-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, 1941 — 1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini sogʻlomlashtirish uchun yoʻllanmalarni taqsimlash rejasini inobatga oladi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-yanvardagi 46-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2024-y., 09/24/46/0070-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-yanvardagi 46-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2024-y., 09/24/46/0070-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-yanvardagi 46-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2024-y., 09/24/46/0070-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Foydalanilgan yoʻllanmalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar har chorakdan keyingi oyning 5-kuniga qadar hududiy boshqarmalar tomonidan Agentlikka taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Yoʻllanmalar faqat ularda koʻrsatilgan muddatlarda haqiqiy hisoblanadi. Yoʻllanmada koʻrsatilgan muddatdan oldin sanatoriyga qabul qilinmaydi, sanatoriyga kechikib kelingan kunlar tiklanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Yoʻllanmadan faqat unda koʻrsatilgan shaxsgina foydalanishi mumkin. Sanatoriyga bitta yoʻllanma bilan bittadan ortiq kishi (shu jumladan, yosh bolalar ham) qabul qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Sanatoriyga tashrif buyurgan keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar oʻzi bilan birga yoʻllanmadan tashqari shaxsini tasdiqlovchi hujjat va sogʻliqni saqlash muassasasi tomonidan yoʻllanmaga asosan berilgan sanatoriy-kurort kartasini olib kelishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Sanatoriylarga qabul qilish chogida yuqori harorat yoki noaniq etiologiyali toshma aniqlangan shaxslar sogʻliqni saqlash muassasalariga yuboriladi. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sogʻliqni saqlash muassasalariga yuborilgan shaxslar mazkur Reglamentning 16-bandi yettinchi xatboshisida belgilangan muddat ichida sanatoriylarga qayta murojaat qilmaganda, ularga berilgan yoʻllanma bekor qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qabul jarayonida sanatoriyga tashrif buyurgan keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarning sanatoriy-kurort kartasida mazkur Reglamentning 9-bandida belgilangan kasalliklar aniqlanishi yoʻllanmani bekor qilish uchun asos hisoblanadi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2026-y., 09/26/40/0112-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar salomatligining holatiga yoki boshqa asosli sabablarga koʻra, shu jumladan fuqaro Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga vaqtincha chiqib ketishi sababli yoʻllanmadan belgilangan muddatda foydalanish imkoniyatiga ega boʻlmagan taqdirda, oʻllanmaning amal qilish muddati boshlanish sanasidan kamida 3 kun oldin bu haqida Davlat xizmatlari markaziga yoki vakolatli organga xabar berishi va yoʻllanmani qaytarishi lozim. Davlat xizmatlari markazi xodimi bu haqida 1 soat mobaynida vakolatli organni xabardor qiladi.
(28-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2026-y., 09/26/40/0112-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoʻllanma olish navbati kelgan fuqaro Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga vaqtincha chiqib ketgan, shuningdek, yoʻllanmadan foydalanish muddatini uzaytirish toʻgʻrisida murojaat qilgan boʻlsa, fuqarolarning navbat muddati faqat bir marotaba keyingi oyga koʻchiriladi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-yanvardagi 46-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2024-y., 09/24/46/0070-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Sanatoriy rahbarlari sogʻlomlashtirilgan keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarning sanatoriyda haqiqatda boʻlgan vaqti, muddatidan oldin ketgan boʻlsa, uning sabablari koʻrsatilgan maʼlumotlarni yoʻllanmaning “Qaytariladigan qismi”ga kiritadi hamda oʻz ERIsi bilan tasdiqlab, axborot tizimi orqali vakolatli organga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga berilgan va ular tomonidan foydalanilgan yoʻllanmalar hisobi vakolatli organlar tomonidan yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Vakolatli organlar yoʻllanmalarning joylarda oʻz vaqtida va maqsadli berilishi, keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar yoʻllanmalarni olishlarida adolat tamoyillariga hamda navbatlilikka qatʼiy amal qilinishini taʼminlashda javobgar hisoblanadi. Hududiy boshqarmalar yuqoridagi vazifalarning soʻzsiz bajarilishi ustidan nazoratni olib borish uchun masʼul hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
311. Sanatoriylar tomonidan mazkur Reglamentning 3-bandiga muvofiq koʻzi ojiz I guruh nogironligi boʻlgan shaxsni kuzatib boruvchi shaxsga berilgan yoʻllanma asosida oziq-ovqat va yotoq joy bilan taʼminlash bepul asosda, qolgan xizmatlar shartnomaga muvofiq pulli asosda koʻrsatiladi.
(311-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-yanvardagi 40-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2026-y., 09/26/40/0112-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga koʻrsatiladigan xizmatlar sifati uchun sanatoriylar rahbarlari javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Davlat xizmatlari markazlari va vakolatli organ oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, uning hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) adliya boʻlimlari Reglament talablari ijrosi boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyati ustidan, shu jumladan, YIDXP orqali, doimiy nazoratni va monitoringni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, “Inson” markazlari va YAMIH AT orqali davlat xizmatini koʻrsatishda mazkur Reglament talablariga rioya etilishi Agentlik va Ijtimoiy inspeksiya tomonidan nazorat qilinadi.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-yanvardagi 46-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2024-y., 09/24/46/0070-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Mazkur Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga sanatoriylarda davolanish uchun yoʻllanmalar berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga sanatoriylarda davolanish uchun yoʻllanmalar berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar

Yoʻllanma olish uchun Davlat xizmatlari markazi yoki “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga murojaat qilish yoxud Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimida roʻyxatdan oʻtish

Xohishiga koʻra

2-bosqich

1. Davlat xizmatlari markazi yoki “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi

Soʻrovnomani axborot tizimida shakllantirish hamda “IHMA Sanatoriy” moduliga yuborish

1. Soʻrovnoma toʻldirilgandan keyin 10 daqiqa ichida

2. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi

2. Avtomatik tarzda

3-bosqich

IHMA Sanatoriy” moduli

1. Soʻrovnoma tushganidan soʻng uni elektron reyestrda qayd etish.

1. Avtomatik tarzda

2. Yoʻllanma berish rad etilgan taqdirda, rad etish sabablarini tegishli Davlat xizmatlari markaziga, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoxud “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimiga elektron tarzda yuborish.

2. Avtomatik tarzda

3. Yoʻllanma rasmiylashtirilgan taqdirda, tegishli Davlat xizmatlari markaziga, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga, YIDXP va “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimiga elektron tarzda yuborish.

3. Navbati kelganda

4-bosqich

1. Davlat xizmatlari markazi yoki “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi

2. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi

1. Yoʻllanma tushganidan soʻng uni keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarning elektron manziliga yuborish (mavjud boʻlganda) va ularni bu haqida axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qilish.

2. Murojaatchi yoʻllanmani yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimidagi shaxsiy kabinetida yuklab oladi.

3. Oʻzi (yoki ishonchli vakili) kelib murojaat qilganda yoʻllanmani elektron yoki qogʻoz shaklida berish.

4. Yoʻllanma berish rad etilgan taqdirda, rad etish sabablari toʻgʻrisida keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarni xabardor qilish.

10 daqiqa ichida

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-yanvardagi 46-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2024-y., 09/24/46/0070-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga sanatoriylarda davolanish uchun yoʻllanmalar berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
2-ILOVA

____________________

____________________

(sana)

(raqam)

Keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga sanatoriylarda davolanish uchun yoʻllanmalar berish boʻyicha

SOʻROVNOMA

I. Keksa va nogironligi boʻlgan shaxs toʻgʻrisida maʼlumotlar:

1. F.I.O.

2. Tugʻilgan yili va sanasi

3. Doimiy roʻyxatdan oʻtgan joyi

4. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (mavjud boʻlganda)

5. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlganda)

6. Telefon raqami

II. Taqdim etiladigan hujjatlar:

1. Imtiyozdan foydalanish huquqini beruvchi hujjat (pensiya guvohnomasi, mavjud boʻlsa, ushbu Reglamentning 4-bandida sanab oʻtilgan holatlarni tasdiqlovchi hujjatlar) nusxasi

2. Tibbiy maʼlumotnoma

Ariza beruvchining imzosi

Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga sanatoriylarda davolanish uchun yoʻllanmalar berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Eslatma: Yoʻllanma faqat unda koʻrsatilgan muddatlarda haqiqiy hisoblanadi. Yoʻllanmada koʻrsatilgan muddatdan oldin sanatoriyga qabul qilinmaydi, shuningdek sanatoriyga kechikib kelingan kunlar tiklanmaydi. Yoʻllanmadan faqat unda koʻrsatilgan shaxsgina foydalanishi mumkin. Sanatoriyga bitta yoʻllanma bilan bittadan ortiq kishi (shu jumladan, yosh bolalar ham) qabul qilinmaydi.

Sanatoriyda sogʻlomlashtirish uchun 000000-son

YOʻLLANMA

1. Davolanuvchining F.I.O.

2. Davolanuvchining pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi maʼlumotlari (seriyasi va raqami, kim tomonidan berilganligi):

3. Davolanuvchining JSHSHIR:

4. Tugʻilgan yili (yil, kun, oy,): (0000.00.00 yil

5. Doimiy yashash joni boʻyicha roʻyxatga olingan manzili:

6. Tibbiy maʼlumotnoma (raqami, qachon kim tomonidan berilgan):

7. Imtiyozli toifasi

8. Sanatoriy nomi, telefon raqami:

9. Sanatoriy manzili:

10. Sogʻlomlashtirish muddati:

10 kun

0000-yil 00.00 dan

0000-yil 00.00 gacha

11. Yoʻllanmani rasmiylashtirgan vakolatli organ:

- - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - (qirqish chizigʻi) - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - -

Sanatoriy tomonidan tuman (shahar) “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlariga

000000-son yoʻllanmaning

QAYTARILADIGAN QISMI

1. Davolanuvchining F.I.O.:

2. Davolanuvchining pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi maʼlumotlari (seriyasi va raqami, kim tomonidan berilganligi):

QR-kod joyi

3. Davolanuvchining JSHSHIR:

4. Tugilgan yili (kun, oy, yil): 00.00.0000-yil

5. Imtiyozli toifasi:

6. Sanatoriy nomi, telefon raqami:

Muhim maʼlumotlarni olish uchun QR-kodni skanerlang

7. Haqiqiy sogʻlomlashtirilgan muddati:

00 kun

0000-yil 00.00 dan

0000-yil 00.00 gacha

8. Izoh:

(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2026-y., 09/26/40/0112-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.11.2021-y., 09/21/693/1074-son; 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son; 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son; 18.12.2023-y., 09/23/665/0942-son; 26.01.2024-y., 09/24/46/0070-son; 19.06.2025-y., 09/25/377/0522-son; 05.02.2026-y., 09/26/40/0112-son)