ILOVA
ILOVA
|
Bosqich |
Masʼullar |
Chora-tadbirlar |
Bajarish muddati | |||
|
|
||||||
|
1-bosqich |
Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus taʼlim tashkilotlari va kasb-hunar maktablari |
Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari tomonidan 6 — 11-sinflar oʻquvchilarining, oʻrta maxsus taʼlim tashkilotlari va kasb-hunar maktablari 1-2-bosqichlari oʻquvchilarining umumtaʼlim fanlari boʻyicha yillik baholarini elektron platformaga kiritish. |
Har oʻquv yilining yakuni boʻyicha 15-iyunga qadar | |||
|
|
||||||
|
2-bosqich |
Abituriyent |
1. Abituriyent Davlat test markazining “ABITUR” maxsus elektron dasturi orqali roʻyxatdan oʻtganda shaxsiy kabinetida aks etgan shahodatnomadagi yoki diplomga ilovadagi umumtaʼlim fanlari baholari oʻrtacha koʻrsatkichini shahodatnomadagi yoki diplomga ilovadagi baholarning oʻrtacha koʻrsatkichi bilan taqqoslaydi va tasdiqlash tugmasi bosiladi. |
Har yili oʻqishga qabul qilish jarayonida onlayn roʻyxatdan oʻtish vaqtida | |||
|
Davlat test markazi |
2. Abituriyent tomonidan tasdiqlash tugmasi bosilgandan soʻng abituriyentga kirish imtihonlarida ishtirok etish uchun ruxsatnoma shakllantiriladi. |
|||||
|
|
||||||
|
3-bosqich |
Abituriyent |
1. Abituriyent Davlat test markazining ABITUR” maxsus elektron dasturi orqali roʻyxatdan oʻtganda shaxsiy kabinetidagi umumtaʼlim fanlari baholari oʻrtacha koʻrsatkichi hamda shahodatnomadagi yoki diplomga ilovaning aslidagi baholar oʻrtacha koʻrsatkichi oʻrtasida tafovut aniqlanganda abituriyent tegishli taʼlimni boshqaruvchi boshqarmaga murojaat qiladi. |
Maʼlumot olingan kunning oʻzida | |||
|
Taʼlimni boshqaruvchi hududiy boshqarma |
2. Oʻz oʻrnida hududiy boshqarmalar mavjud muammo bartaraf etilishini taʼminlaydi. |
Shu kunning oʻzida | ||||
|
|
||||||
|
4-bosqich |
Davlat test markazi |
1. Oliy taʼlim tashkiloti bakalavriatiga oʻqishga kirish uchun ABITUR maxsus dasturi orqali ariza topshirgan, ammo elektron platformaga baholarining oʻrtacha koʻrsatkichi kiritilmagan abituriyentlar haqidagi maʼlumotni tegishli vazirliklar va idoralarga yuborish. |
Har yili qabul jarayonida onlayn roʻyxatdan oʻtishda maʼlumotlar tasdiqlangan kunning oʻzida | |||
|
Tegishli vazirliklar va idoralar |
2. Davlat test markazidan olingan maʼlumotni abituriyentning shahodatnomasi yoki diplomi berilgan taʼlim tashkiloti joylashgan taʼlimni boshqaruvchi hududiy boshqarmaga yuborish. |
Maʼlumot qabul qilingan kundan boshlab bir ish kunida | ||||
|
|
||||||
|
5-bosqich |
Taʼlimni boshqaruvchi hududiy boshqarma |
1. Davlat test markazidan olingan baholarning oʻrtacha koʻrsatkichi kiritilmagan abituriyent toʻgʻrisidagi maʼlumotni taʼlim tashkilotiga yuborish. |
Maʼlumot olingan kunning oʻzida | |||
|
Taʼlim tashkiloti rahbari |
2. Abituriyentning shahodatnomasidagi yoki diplomga ilovadagi umumtaʼlim fanlari baholarini elektron platformaga kiritish va tasdiqlash tugmasini bosish. |
Uch ish kuni davomida | ||||
|
Abituriyent |
3. Abituriyent tomonidan umumtaʼlim fanlari baholarining oʻrtacha koʻrsatkichi shahodatnomadagi yoki diplomga ilovadagi umumtaʼlim fanlari baholari bilan taqqoslanadi va tasdiqlash tugmasi bosiladi. |
Maʼlumot olingan kunning oʻzida | ||||
|
|
||||||
|
6-bosqich |
Davlat test markazi |
Abituriyentlarning test sinovi jarayonida toʻplagan ballariga tegishli taʼlim tashkilotlari tomonidan kiritilgan bitiruvchilar baholarining oʻrtacha koʻrsatkichini qoʻshish va tanlov jarayonida inobatga olish. |
Oliy taʼlim tashkilotlariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha test sinovlari yakunlanganidan soʻng, tanlovga qadar | |||