12.11.2021 yildagi 677-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Orolboʻyi mintaqasi ixtisoslashtirilgan kardiologiya va kardioxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazini tashkil etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-sentabr kuni Xorazm viloyatiga tashrifi davomida va fuqarolar ishtirokida oʻtkazilgan yigʻilishda berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash, shuningdek, Orolboʻyi hududi aholisiga kardiologiya va kardioxixurgiya tibbiyot xizmatlarini koʻrsatish tizimini yanada yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Urganch filiali negizida Orolboʻyi mintaqasi ixtisoslashtirilgan kardiologiya va kardioxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hudud aholisiga, shu jumladan Orolboʻyi mintaqasidagi hamda Buxoro va Navoiy viloyatlarining tugʻma yurak nuqsoni bilan tugʻilgan bolalarga oʻz ixtisosligi boʻyicha yuqori texnologiyaga asoslangan malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz ixtisosligi boʻyicha metodik, texnologik, davolash va profilaktika siyosatini amalga oshirishga hamda klinik protokollarni ishlab chiqishga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz ixtisosligi boʻyicha kasalliklarning oldini olish, ularga tashxis qoʻyish va kasalliklarni davolash boʻyicha ilgʻor usullarni va texnologiyalarni ishlab chiqishga hamda amaliyotga tatbiq etishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz ixtisosligi boʻyicha kasalliklarni davolash va ularga tashxis qoʻyishning patentlangan usullari va texnologiyalarini doimiy ravishda takomillashtirib borish hamda ularning xalqaro miqyosda eʼtirof etilishiga erishish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz tibbiyot xodimlarining kasbiy darajasini, shu jumladan mutaxassislarning xorijiy yetakchi tibbiyot taʼlim muassasalarida va klinikalarida oʻz ixtisosligi boʻyicha kasalliklarga tashxis qoʻyish va ularni davolashning zamonaviy usullari boʻyicha stajirovkalarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mavjud tibbiyot texnikalari parkining doimiy ravishda yangilab borilishini va modernizatsiya qilinishini taʼminlash, Markazni oʻz ixtisosligi boʻyicha hozirgi zamon xalqaro talablariga mos keladigan yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatish imkonini beradigan zamonaviy tibbiyot asbob-uskunalari bilan jihozlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz faoliyatini taʼminlash uchun moliyaviy va moddiy-texnik resurslarni jalb qilish boʻyicha menejment hamda marketing ishlarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz ixtisosligi boʻyicha respublika maqsadli dasturlarini ishlab chiqishda va amalga oshirishda faol ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz ixtisosligi boʻyicha yetakchi xalqaro tibbiyot markazlari, klinikalar va yuqori malakali xorijiy mutaxassislarini, konsultatsiyalar va mahorat darslari oʻtkazish uchun respublikaga taklif etish orqali keng hamkorlikni tashkil etish, shuningdek mutaxassislar almashinuvini taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Markaz faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarga koʻrsatiladigan tibbiy xizmatlar uchun Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ilmiy dasturlarini amalga oshirish doirasidagi grantlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pullik xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz hudud aholisiga, shu jumladan Orolboʻyi mintaqasidagi hamda Buxoro va Navoiy viloyatlarining tugʻma yurak nuqsoni bilan tugilgan bolalarga oʻz ixtisosligi boʻyicha yuqori texnologiyaga asoslangan malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz tomonidan aholiga koʻrsatiladigan bepul tibbiy yordam Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan respublika tibbiyot muassasalariga ajratiladigan mablagʻlar doirasida qoplanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi, oʻz muhriga, Moliya vazirligi Gʻaznachiligida shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga egadir;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz direktori Xorazm viloyati hokimligi bilan kelishilgan holda Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bir oy muddatda Markaz Ustavi va tuzilmasini tasdiqlasin hamda belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin, shuningdek, Markazni amaliy tajribaga ega boʻlgan malakali kadrlar bilan toʻldirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Markazga tashkiliy-metodik rahbarlik qilish orqali amaliyotga tibbiy yordamning zamonaviy usullari va texnologiyalarini joriy etsin hamda kadrlar malakasini oshirish, sayyor konsultatsiyalar, mahorat darslari tashkil etib, har tomonlama amaliy-uslubiy yordam koʻrsatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Orolboʻyi mintaqasi ixtisoslashtirilgan kardiologiya va kardioxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazini jihozlash uchun asbob-uskunalar roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sogʻliqni saqlash sohasida ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 28-iyuldagi PQ-5199-son qaroriga muvofiq, imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarni davolash uchun ixtisoslashtirilgan muassasalarni Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi bilan tuzilgan shartnomalar asosida bazaviy narxlarda moliyalashtirish tartibi Markaz uchun 2022-yil 1-yanvardan boshlab tatbiq etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligi Markazni jihozlash uchun 2021-yil respublika budjeti parametrlarida Sogʻliqni saqlash vazirligiga koʻzda tutilgan mablagʻlar doirasida mazkur qarorning ilovasiga muvofiq mablagʻni ajratilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan Markaz uchun jihozlarni xarid qilishga doir ishlarni amalga oshirish boʻyicha Xorazm viloyati hokimligi buyurtmachi etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, xaridlar natijasida iqtisod qilingan budjet mablagʻlari Markaz uchun sarflov materiallari hamda reaktivlar xarid qilishga yoʻnaltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorazm viloyati hokimligi xaridlarni davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga muvofiq amalga oshirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda Moliya vazirligi bilan birgalikda respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarida Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan davolanadigan kasalliklar roʻyxatini tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 1-dekabrdan boshlab Markazni Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarni elektron axborot tizimi orqali hisobga olish va navbat asosida davolanishga yoʻllash tizimiga ulanishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Xorazm viloyati hokimligi viloyat mahalliy budjetining qoʻshimcha manbalari hisobidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz ochilishi va ishga tushirilishi bilan bogʻliq barcha tashkiliy masalalarni hal etishga koʻmaklashsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazga yetakchi xorijiy hamda mahalliy, shu jumladan Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi malakali mutaxassislarini tizimli ravishda jalb qilish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jalb etilgan malakali mutaxassislarning yashash, ovqatlanish va boshqa zarur xarajatlarini qoplash choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Urganch filialiga tegishli Xorazm viloyati, Urganch tumani, Yuqoribogʻ qishlogʻi Bogʻdorchi mahallasi Shifonur koʻchasi 1-uy manzilida joylashgan bino va inshootlar Markazga operativ boshqaruv huquqi asosida berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy masalalari boʻyicha oʻrinbosari va sogʻliqni saqlash vaziri B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 12-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
677-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-noyabrdagi 677-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Orolboʻyi mintaqasi ixtisoslashtirilgan kardiologiya va kardioxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazini jihozlash uchun asbob-uskunalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

AQSh. doll.

T/r

Asbob uskunalar

Son

1 donasi narxi

Jami

1.

Oʻpkaning sunʼiy ventilatsiyasi qurilmasi

3

29 000

87 000

2.

Chaqaloqlar uchun oʻpkaning sunʼiy ventilatsiyasi qurilmasi

1

25 800

25 800

3.

Bemorlar transportirovkasi uchun portativ oʻpkaning sunʼiy ventilatsiyasi qurilmasi

1

20 000

20 000

4.

Kattalar uchun kardioxirurgik instrumentlar toʻplami, koronar va tomir xirurgiyasi uchun

1

23 800

23 800

5.

Kattalar uchun kardioxirurgik instrumentlar toʻplami, orttirilgan tugʻma nuqsonlar xirurgik davosi uchun

1

23 000

23 000

6.

Kattalar va bolalar uchun sternotomiya qurilmasi

2

18 500

37 000

7.

Yurak ichi tekshiruvlari va kateterlar ablatsiyasini EFI-tizimi (radiochastotali destruktor)

1

220 000

220 000

8.

Multispiral kompyuterli tomograf (128 kesim)

1

600 000

600 000

9.

Invaziv datchikli xirurgik kardiomonitor

4

2 800

11 200

10.

Narkoz va sedatsiya kuchini nazorat qiluvchi monitor

1

15 000

15 000

11.

4 ta bemor uchun markaziy boshqaruvli reanimsion boʻlim uchun monitor

2

75 000

150 000

12.

Infuzion nasos (infuzomat)

20

5 000

100 000

13.

Defibrillyator (monitor va introkardial qoshiq bilan)

4

8 000

32 000

14.

Qondagi gazlar va elektrolitlar avtomatik analizatori

1

10 000

10 000

15.

Kaogulometr

1

1 500

1 500

16.

Yarim avtomat bioximik analizator

1

2 000

2 000

17.

Avtomatik bioximik analizator

1

30 000

30 000

18.

Kislorod konsentatorlari

5

2 500

12 500

19.

400 litr hajmli bugʻli sterilizator

1

11 000

11 000

20.

Past haroratli plazmali sterilizator

1

35 000

35 000

21.

Portativ EXOKG uskuna

1

12 000

12 000

22.

Xolter-elektrokardiografiya qurilmasi

10

3 000

30 000

23.

Qon bosimini kunlik monitoring qilish tizimi

10

2 000

20 000

24.

Diatermik qurilma (koagulyator)

3

3 000

9 000

25.

Laboratoriya tsentrifugasi

2

1 250

2 500

26.

Floumetr (tomir datchiki bilan)

1

36 000

36 000

27.

Bevosita autogemotransfuziya uchun sistema

1

50 000

50 000

28.

Bolalar uchun bronxofibroskop

1

10 000

10 000

29.

Reanimatsiya boʻlimi uchun bolalar funksional yotogʻi

4

1 500

6 000

30.

Stabilizator

2

6 000

12 000

31.

Kislorod stansiya

1

50 000

50 000

32.

Zarb-toʻlqinli davolash uchun qurilma

1

150 000

150 000

33.

Spiroergometriya

1

67 700

67 700

34.

Reanimatsiya boʻlimi uchun tibbiy konsol

8

2 500

20 000

35.

Veloergometriya

2

15 000

30 000

36.

Tredmil test qurilmasi

1

18 000

18 000

37.

Dizellik elektr generator 100 — 500 kVA

1

25 000

25 000

38.

Umurtqa pogonasiga kompressiya va dekompressiya qilish va vibratsion-issiqlik uskunasi

1

10 000

10 000

39.

Portativ EXOKG uskuna

1

12 000

12 000

Jami

104

-

2 005 000

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Asbob-uskunalar yakuniy narxlari tanlov natijalariga asosan aniqlanadi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.11.2021-y., 09/21/677/1044-son)