Toshkent shahar hokimining
Qarori
Toshkent shahar hokimining ayrim qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisida
“Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 25-moddasiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, 9-son, 320-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni taʼminlash, yerga boʻlgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6243-son Farmoniga (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 2021-yil 9-iyun) muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2021-yil 15-oktabrdagi 1-11/2-583/8-1-sonli taqdimnomasini inobatga olib, qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni taʼminlash, yerga boʻlgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6243-son Farmoniga muvofiq yer uchastkalarini ajratishni nazarda tutuvchi barcha tartiblar, imtiyoz va istisnolar 2021-yil 1-avgustdan toʻliq bekor qilinganligi inobatga olinsin.
2. Toshkent shahar hokimining ayrim qarorlari ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati, Toshkent shahar hokimligi axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish boʻlimi (A. Axmadjonov):
mazkur qaror rasmiy eʼlon qilinishi va www.toshkent.uz veb-saytiga joylashtirilishi taʼminlansin.
4. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Toshkent shahar hokimining birinchi oʻrinbosari B. Raxmonov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim J. ARTIKXODJAYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 4-noyabr,
429-14-0-Q/21-son
Toshkent shahar hokimining 2021-yil 4-noyabrdagi 429-14-0-Q/21-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Toshkent shahar hokimining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim qarorlari roʻyxati
1. Toshkent shahar hokimining 2019-yil 8-yanvardagi “Yengil turdagi qurilmalarni joylashtirish uchun muddatli (vaqtinchalik) foydalanish huquqi asosida yer uchastkalarini ajratish tartibi toʻgʻrisida”gi 9-son qarori.
2. Toshkent shahar hokimining 2020-yil 26-maydagi “Davlat va xususiy uy-joy fondidagi oʻzlari egallab turgan uy-joyni tuman hokimliklariga oʻtkazayotgan fuqarolar va mulkdorlarga yer uchastkalari ajratish toʻgʻrisida”gi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 475-son qarori.