Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirINING
buyrugʻi
Oʻquvchilarni sinfdan sinfga va bir umumiy oʻrta taʼlim muassasasidan boshqasiga oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 6-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2684-3]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-martdagi PF-6191-son “Aholi va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlaridan foydalanishda yanada qulay sharoitlar yaratish, bu borada byurokratik toʻsiqlarni qisqartirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi hamda 2021-yil 9-avgustdagi PF-6275-son “Bola huquqlarining kafolatlarini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmonlariga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining 2015-yil 2-iyundagi 13-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2684, 2015-yil 17-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 24-son, 319-modda) bilan tasdiqlangan Oʻquvchilarni sinfdan sinfga va bir umumiy oʻrta taʼlim muassasasidan boshqasiga oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir Sh. SHERMATOV
Toshkent sh.,
2021-yil 26-oktabr,
31-mh-son
Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining 2021-yil 26-oktabrdagi 31-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Oʻquvchilarni sinfdan sinfga va bir umumiy oʻrta taʼlim muassasasidan boshqasiga oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 21-banddagi “tuman (shahar) hokimligi huzuridagi voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiyani” degan soʻzlar “Bolalar masalalari boʻyicha tuman (shahar) komissiyasini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2026-yil 17-avgustdagi 44-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2684-6, 28.08.2026-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.09.2026-y., 10/26/2684-6/0882-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2026-yil 17-avgustdagi 44-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2684-6, 28.08.2026-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.09.2026-y., 10/26/2684-6/0882-son)
4. 28-bandda:
toʻrtinchi va oltinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
beshinchi xatboshi toʻrtinchi xatboshi deb hisoblansin.
5. 33-banddagi “tuman (shahar) hokimligi huzuridagi voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiyaning” degan soʻzlar “Bolalar masalalari boʻyicha tuman (shahar) komissiyasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.11.2021-y., 10/21/2684-3/1031-son; 02.09.2026-y., 10/26/2684-6/0882-son)