Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirining
buyrugʻi
Gimnastika boʻyicha respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari bolalar-oʻsmirlar sport maktabiga oʻquvchi-sportchilarni konkurs asosida tanlab olish va qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 5-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3137-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-apreldagi PF-6199-son “Turizm, sport va madaniy meros sohalarida davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni va 2021-yil 6-apreldagi PQ-5054-son “Turizm va sport vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirining 2019-yil 7-yanvardagi 2-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3137, 2019-yil 18-fevral) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2019-y., 10/19/3137/2632-son) bilan tasdiqlangan Gimnastika boʻyicha respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari bolalar-oʻsmirlar sport maktabiga oʻquvchi-sportchilarni konkurs asosida tanlab olish va qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir A. ABDUXAKIMOV
Toshkent sh.,
2021-yil 25-oktabr,
150-MH-son
Oʻzbekiston Respublikasi turizm va sport vazirining 2021-yil 25-oktabrdagi 150-MH-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Gimnastika boʻyicha respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari bolalar-oʻsmirlar sport maktabiga oʻquvchi-sportchilarni konkurs asosida tanlab olish va qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 5-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirining” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi turizm va sport vazirining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 6-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.11.2021-y., 10/21/3137-1/1027-son)