06.04.2021 yildagi PF-6199-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turizm, sport va madaniy meros sohalarida davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻnggi yillarda respublikada turizm va sport sohalarini yanada rivojlantirish, aholini jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, infratuzilmani yaxshilash, turizm salohiyati yuqori boʻlgan hududlarning oʻzaro bogʻliqligini taʼminlash orqali turistlar sayohati uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, madaniy merosni muhofaza qilishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, yaratilgan imkoniyatlarga qaramasdan turizm, sport va madaniy meros sohalarini rivojlantirish borasidagi ishlar talab darajasida tashkil etilmagan, raqamlashtirish va davlat-xususiy sheriklik, shu jumladan xususiy sektorning ushbu yoʻnalishlardagi rolini oshirish boʻyicha oʻz yechimini topmagan masalalar mavjud.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turizm, sport va madaniy meros sohalarida zamonaviy boshqaruv mexanizmlarini joriy etish, ilgʻor xorijiy tajribaga tayanib ushbu yoʻnalishlarda infratuzilmani jadal rivojlantirish, obyektlardan samarali foydalanish, aholiga yetarli shart-sharoitlar yaratish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi negizida Turizm va sport vazirligi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining tegishli hududiy boʻlinmalari negizida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi, shuningdek, Turizm va sport vazirligining viloyatlar va Toshkent shahar bosh boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) boʻlimlari tashkil etilsin.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-yanvardagi PF-52-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turizm va sport vazirligi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari, shu jumladan xalqaro shartnomalari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanishi belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turizm va sport vazirligi turizm, jismoniy tarbiya, sport va madaniy meros sohalarida yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organi hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turizm va sport vazirligi oʻz vakolatlari doirasida umummajburiy boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilishga haqli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va tashkilotlar, shuningdek, respublikaning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari Turizm va sport vazirligining murojaatiga koʻra tegishli maʼlumotlarni oʻrnatilgan tartibda taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turizm, jismoniy tarbiya, sport va madaniy meros masalalariga oid normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari majburiy tartibda Turizm va sport vazirligi bilan kelishiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Turizm va sport vazirligining asosiy vazifalari hamda faoliyat yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) turizm sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turizm obyektlarini davlat-xususiy sheriklik asosida samarali boshqarish hamda mazkur sohaga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatning turizm salohiyatini tubdan oshirishga, turizm sohasida yagona davlat siyosati yuritilishiga yoʻnaltirilgan turizmni rivojlantirishning yaxlit konsepsiyasini shakllantirish va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turizm xizmatlarining tashqi va ichki bozorlarida marketing tadqiqotlari olib borishga, tarixiy-madaniy merosni keng targʻib qilishga, mamlakatimizning turizm qiyofasini saqlab qolish va rivojlantirishga, milliy turizm mahsulotlari va brendlarining xalqaro turizm bozorlariga kirib borishiga yoʻnaltirilgan faol reklama-axborot siyosatini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki, kirish va chiqish turizmini kompleks rivojlantirishning milliy va hududiy dasturlari ishlab chiqilishini muvofiqlashtirish, xalqaro standartlarga muvofiq boʻlgan turizm infratuzilmasini rivojlantirishga investitsiyalarni, shuningdek, xalqaro moliya institutlari va boshqa tashkilotlarning kreditlari va grantlarini jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turizm turlarini diversifikatsiyalash, eng avvalo, ziyorat turizmi, ekologik turizm, etnoturizm, ishbilarmonlik turizmi, sport, gastronomik, tibbiy, taʼlim va ilmiy turizmni hamda ularning infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turizm sohasida xizmatlarni litsenziyalash va sertifikatlashtirish hamda turizm xizmatlarining belgilangan talablar va standartlarga muvofiqligi boʻyicha inspeksiya nazoratini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turizm xizmatlarini tashkil etishda turistlarning xavfsizligi va sogʻligʻini taʼminlashga yoʻnaltirilgan turizm xizmatlarini koʻrsatish sifati va xavfsizligi standartlarini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turizm xizmatlari bozorida raqobatni rivojlantirish, turizm sohasida tadbirkorlik faolligi oshishiga har tomonlama koʻmaklashish, ushbu sohaga ilgʻor axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini faol joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turizm obyektlarini joylashtirish uchun salohiyatli hududlarda rejalashtirish va loyihalashtirish ishlarini tashkil etish, ularga investorlarni jalb qilish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turizm faoliyati sohasida turizm boʻyicha nufuzli xalqaro va milliy tashkilotlar hamda turizm sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi xorijiy tashkilotlar bilan xalqaro hamkorlikni kengaytirish, xalqaro va davlatlararo standartlar hamda normalarni turizm faoliyati va amaliyotiga joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turizm sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni yuqori darajada tashkil etish, tarmoq turizm fanlarini rivojlantirishga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) jismoniy tarbiya va sport sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport obyektlarini davlat-xususiy sheriklik asosida samarali boshqarish hamda mazkur sohaga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining keng qatlamlarini sport bilan shugʻullanishga va sogʻlom turmush tarzini yuritishga jalb etish, jismonan sogʻlom oʻsib kelayotgan avlodni tarbiyalash, sport industriyasi va infratuzilmasini rivojlantirish, oliy sport mahorati sohasida mamlakatimizning xalqaro sport maydonida munosib ishtirokini taʼminlashga qaratilgan yagona siyosatni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar va idoralarning jismoniy tarbiya va sport jamiyatlari hamda klublarining, sport federatsiyalarining (assotsiatsiyalari) faoliyatini muvofiqlashtirish, shuningdek, respublika maktabgacha taʼlim tashkilotlari, umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim, professional taʼlim hamda oliy taʼlim muassasalari jismoniy tarbiya oʻqituvchilari, instruktor va trenerlari faoliyatiga tashkiliy-uslubiy rahbarlikni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, jismoniy tarbiya va sport jamiyatlari, taʼlim muassasalari, jamoat tashkilotlari bilan birgalikda aholi, ayniqsa, bolalar va yoshlar oʻrtasida jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanishni ommalashtirish, ommaviy sport turlariga keng jalb qilish borasida keng koʻlamli ishlarni tashkillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalarni sport bilan muntazam ravishda shugʻullanishga jalb etish, bolalar sport taʼlimi sifatini oshirish, barcha hududlarda, ayniqsa, qishloq va chekka hududlarda sport obyektlari tarmogʻini yanada kengaytirish orqali bolalar sportini yanada rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Olimpiya, Paralimpiya va Osiyo oʻyinlari, jahon, Osiyo chempionatlari va boshqa xalqaro musobaqa va turnirlarda muvaffaqiyatli ishtirokini taʼminlash uchun istiqbolli sportchilarni saralash (seleksiya qilish), tayyorlash va mahoratini oshirishning, ular orasidan mamlakat terma jamoalari sifatli sport zaxirasi va tarkibini shakllantirishning samarali tizimini yaratishda Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari) bilan hamkorlik qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikadagi barcha vazirlik va idoralar (jumladan huquqni muhofaza qiluvchi organlar) uchun sport normativlarini ishlab chiqish va qabul qilish boʻyicha yagona siyosatni olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatimizda ommaviy va professional sportni, shu jumladan, sport oʻyinlari, ekstremal va qishki sport turlarini rivojlantirishni ragʻbatlantirish va qoʻllab-quvvatlash, ilgʻor xalqaro tajribani hisobga olgan holda, sport tayyorgarligi jarayoniga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, barcha sport turlari boʻyicha milliy chempionatlar darajasi va sifatini oshirish, xalqaro va mintaqaviy musobaqalar tashkil etish, nosogʻlom sport raqobatiga va taqiqlangan preparatlar ishlatilishiga qarshi tizimli choralar koʻrishni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy va professional sport yoʻnalishlari boʻyicha moddiy-texnika bazasini rivojlantirish hamda mustahkamlash, ulardan maksimal darajada va samarali foydalanishni taʼminlash, sport asbob-uskunalari hamda inventarlarining mamlakatimizda ishlab chiqarilishini tashkil etish va kengaytirish boʻyicha takliflar tayyorlashda qatnashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish, jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish hamda sport tashkilotlarini, taʼlim va sport-taʼlim muassasalarini yuqori malakali trenerlar va boshqa sport mutaxassislari bilan taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro sport tashkilotlari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va mustahkamlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy tarbiya va sport sohasida xalqaro va davlatlararo aloqalarni kengaytirish hamda mustahkamlash, xorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb etish borasidagi ishlarni tashkil qilish, ommabop sport dasturlarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) moddiy madaniy meros sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
madaniy meros obyektlarini davlat-xususiy sheriklik asosida samarali boshqarish hamda mazkur sohaga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat nazoratini amalga oshirish hamda moddiy madaniy meros obyektlarining, shu jumladan muzey ashyolari va kolleksiyalarining davlat hisobini yuritish, ularni muhofaza qilish, ilmiy tadqiq etish va ommalashtirish, shuningdek, ulardan oqilona foydalanishni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari, xususan, Umumjahon madaniy va tabiiy merosini muhofaza qilish toʻgʻrisidagi konvensiya talablari hamda YUNESKO va boshqa tegishli xalqaro tashkilotlar tavsiyalarini samarali bajarish, xalqaro va xorijiy tashkilotlar, olimlar, ekspertlar hamda keng jamoatchilik bilan yaqin hamkorlik qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlar, Umumjahon madaniy merosi roʻyxatiga kiritilgan hududlar va tarixiy mahallalarning tarixiy-madaniy qimmati, noyobligi, tabiiy landshafti va oʻziga xosligini saqlab qolish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet ellarda saqlanayotgan, mamlakatimiz tarixi va madaniyatiga oid madaniy boyliklarni aniqlash, ularning toʻliq maʼlumotlar bazasini yaratish va uni muntazam yangilab borishni tashkil qilish.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Turizmni rivojlantirish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash (keyingi oʻrinlarda — Kengash) tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-iyuldagi PF-114-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.07.2023-y., 06/23/114/0527-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) uch oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
madaniy meros obyektlarining oʻziga xos xususiyatini inobatga olib, ularga har qanday salbiy taʼsirlarni oldini olish, uzluksiz ravishda davlat va ilmiy-texnik nazorat olib borishni nazarda tutgan holda sohada davlat-xususiy sheriklikni joriy etish tartibini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turizm, sport va madaniy meros obyektlari, shu jumladan ularning yer uchastkalari, binolari yoki qismlari va xonalarini davlat-xususiy sheriklik asosida berish yuzasidan xatlovdan oʻtkazilishini hamda uning natijalaridan kelib chiqib, ushbu obyektlarning roʻyxati (keyingi oʻrinlarda — roʻyxat) tasdiqlanishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) roʻyxatga kiritilgan har bir obyekt boʻyicha davlat-xususiy sheriklik loyihasi va uning konsepsiyasi, bitimlari hamda tender hujjatlarini tayyorlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengashga roʻyxatga kiritilgan umumiy qiymati bir million AQSh dollaridan ortiq boʻlgan ekvivalentdagi davlat-xususiy sheriklik loyihasi boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar oʻtkazish asosida tender oʻtkazmasdan davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim tuzish yuzasidan ruxsat berish huquqi berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-oktabrdagi PF-186-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti, uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari hamda Oʻzbekistonga oid xorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq etish markazi negizida Turizm va sport vazirligi huzurida Madaniy meros agentligi hamda uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Madaniyat vazirligining hududiy madaniyat boshqarmalari tuzilmalaridagi moddiy madaniy meros obyektlaridan oqilona foydalanish va muhofaza qilish boʻlimlari tugatilsin va ularning shtat birliklari tegishliligicha Madaniy meros agentligi va uning hududiy boshqarmalariga oʻtkazilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Madaniyat vazirligi tizimidagi davlat muzeylari, muzey qoʻriqxonalar va uy muzeylari, moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari va “Moziydan sado” jurnali mavjud shtat birliklari va moddiy-texnika bazasi bilan toʻliq hajmda, moliyalashtirish, mehnatga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirishning amaldagi tartibini saqlab qolgan holda Madaniy meros agentligiga oʻtkazilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Madaniy meros agentligi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti va Oʻzbekistonga oid xorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq etish markazining huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari, shu jumladan xalqaro shartnomalari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yilda va kelgusi yillarda Madaniyat vazirligiga Davlat budjetidan madaniy meros obyektlarini restavratsiya qilish va tiklash, shuningdek, arxeologik ishlar xarajatlari uchun ajratiladigan mablagʻlar Turizm va sport vazirligiga ajratiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlarini asrashga doir ishlarni amalga oshirish boʻyicha Madaniy meros agentligi buyurtmachi hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-oktabrdagi PF-186-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Turizm va sport vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Kadastr agentligi, Adliya vazirligi bilan birgalikda 2022-yil 1-iyunga qadar:
(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-apreldagi PF-113-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2022-y., 06/22/113/0330-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turizm va sport vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari, Madaniy meros jamgʻarmasi, madaniy meros sohasiga Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar hisobidan maxsus elektron portalni yaratsin, ushbu portalga barcha sport va madaniy meros obyektlari haqidagi maʼlumotlarning (shu jumladan pasporti, davlat kadastri) joylashtirilishini va uni davlat elektron xizmatlari bilan integratsiya qilinishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlarini qayta tarixiy-madaniy ekspertizadan oʻtkazsin hamda Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari davlat reyestri, elektron katalogini, pasporti va davlat kadastrini toʻliq shakllantirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Transport vazirligining belgilangan shtat birliklari doirasida vazirning turizm sohasida transport logistikasini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimi joriy etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Belgilansinki, transport vazirining turizm sohasida transport logistikasini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengashning taqdimnomasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz faoliyati davrida amalga oshirgan ishlari yuzasidan har oyda Kengashga hisobot berib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moddiy madaniy meros obyektining oʻzgartirilishi mumkin boʻlmagan oʻziga xos xususiyatlarini va uning tarixiy muhitini saqlab qolish maqsadida unga tutash hududdagi muhofaza tegralarida kapital qurilish ishlarini hamda ularga zarar yetkazish bilan bogʻliq faoliyatni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruxsatnoma olmasdan turib moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlarini konservatsiyalash, restavratsiya qilish, tuzatish, taʼmirlash, hozirgi zamonda foydalanishga moslashtirish, shuningdek, ular bilan bogʻliq ilmiy va ilmiy-texnik tadqiqotlar, loyihalash hamda ishlab chiqarish ishlarini amalga oshirish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Turizm va sport vazirligi, Fanlar akademiyasi, Qurilish vazirligi, Kadastr agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ikki oy muddatda moliyalashtirish manbalarini aniq koʻrsatgan holda madaniy meros obyektlarini ularning muhofaza tegralari boʻylab oʻrab olish (toʻsib qoʻyish) va himoya qilish hamda qoʻriqlashning yangi tizimini joriy etish boʻyicha taklif ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) uch oy muddatda Bosh prokuratura bilan birgalikda madaniy meros obyektlarining qoʻriqlanadigan tegralarida noqonuniy qurilgan qurilmalar va bino-inshootlarni bartaraf etish, ularning yer maydonlaridan noqonuniy foydalanishning oldini olish boʻyicha chora-tadbirlar belgilasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 2022-yil 1-yanvarga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarixiy, ilmiy, badiiy yoki oʻzgacha madaniy qimmatga ega boʻlgan koʻchmas mulk obyektlarini har birining joyiga borgan holda aniqlash, yangi obyekt boʻyicha tarixiy-madaniy ekspertiza oʻtkazish va ularni davlat muhofazasiga olishni taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moddiy madaniy meros obyektlarining qoʻriqlanadigan tegralarini, shu jumladan muhofaza tegralari, imoratlar qurish va xoʻjalik faoliyatini tartibga solish tegralari, qoʻriqlanadigan tabiiy landshaft tegralarini belgilasin;
Oldingi tahrirga qarang.
(15-band “v” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-yanvardagi PF-52-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) 2022-yil 1-aprelga qadar xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda madaniy meros, shu jumladan arxeologiya merosi obyektlari, madaniy boyliklarni olib kirish va olib chiqish, nomoddiy meros sohasiga oid qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalar normalarini umumlashtirib, toʻgʻridan-toʻgʻri amal qiluvchi yagona qonun loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-yanvardagi PF-52-sonli Farmoniga asosan “g” kichik band bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari xodimlari sonini qisqartirish hisobiga Bosh prokuratura tuzilmasida 3 ta shtat birligidan iborat boʻlgan Madaniy meros sohasidagi qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boʻlimi tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh prokuratura hamda Turizm va sport vazirligining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh prokuraturaning Madaniy meros sohasidagi qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boʻlimi negizida 7 ta shtat birligidan iborat boʻlgan Sport, madaniyat, madaniy meros va turizm sohalaridagi qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlarining sport, madaniyat, madaniy meros va turizm sohalaridagi qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boʻyicha katta yordamchilari lavozimlarini joriy etish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, mazkur bandda nazarda tutilgan Sport, madaniyat, madaniy meros va turizm sohalaridagi qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasiga qoʻshimcha shtat birliklarini ajratish hamda katta yordamchilarning shtat birliklarini shakllantirish Turizm va sport vazirligi tizimidagi sport-taʼlim muassasalarining shtat birliklarini qisqartirish hisobiga amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sport, madaniyat, madaniy meros va turizm sohalarida, shu jumladan, obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash ishlariga ajratilgan Davlat budjeti mablagʻlaridan oqilona, tejamkor va samarali foydalanilishini nazorat qilish Sport, madaniyat, madaniy meros va turizm sohalaridagi qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasining asosiy vazifalaridan biri etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh prokuratura (N. Yoʻldoshev):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sport, madaniyat, madaniy meros va turizm sohalaridagi qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi hamda katta yordamchilari faoliyatini tashkil qilish boʻyicha zarur ishlarni amalga oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sport, madaniyat, madaniy meros va turizm sohalaridagi qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi hamda katta yordamchilari lavozimlarini yuklatilgan vazifalarni yuqori va professional darajada bajarilishini taʼminlay oladigan malakali kadrlar bilan toʻldirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2022-yil 1-aprelga qadar sport, madaniyat, madaniy meros va turizm sohalaridagi qonunchilik ahvoli, shu jumladan ushbu yoʻnalishlarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmon va qarorlari bilan yuklatilgan vazifalar ijrosi yuzasidan axborot va takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-yanvardagi PF-52-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Turizm va sport vazirligi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Jismoniy tarbiya va sport universitetiga qabul qilish talablarini qayta koʻrib chiqsin hamda Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Vazirliklar va idoralar hududlarda ishbilarmonlik turizmini (MICE-turizm) yanada rivojlantirish maqsadida 2021–2022-yillarda oʻtkazilishi rejalashtirilgan sport, madaniyat, ilm-maʼrifat, iqtisodiyot, investitsiya hamda boshqa yoʻnalishlardagi yirik xalqaro tadbirlarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda tashkil etish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Turizm va sport vazirligi manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini belgilangan tartibda kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan 2021-yil 1-iyul va 2022-yil 1-yanvarga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 6-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-6199-son
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-apreldagi PF-6199-son Farmoniga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turizmni rivojlantirish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

A.N. Aripov

Bosh vazir, Muvofiqlashtiruvchi kengash raisi

2.

A.A. Abduxakimov

ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri, Muvofiqlashtiruvchi kengash raisi oʻrinbosari

3.

O.A. Nazarbekov

madaniyat vaziri

4.

I.R. Maxkamov

transport vaziri

5.

B.O. Saidov

tashqi ishlar vaziri

6.

Sh.D. Kudbiyev

iqtisodiyot va moliya vaziri

7.

B.I. Zakirov

qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri

8.

A.Z. Saʼdullayev

Yoshlar ishlari agentligi direktori

9.

B.G. Abdikarimov

Madaniy meros agentligi direktori

10.

G.B. Israilova

Xususiy turizm tashkilotlari uyushmasi raisi

11.

Lavozimi boʻyicha

Turizm qoʻmitasi raisi, Muvofiqlashtiruvchi kengash kotibi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Kengash aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga mazkur lavozimlarga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-iyuldagi PF-114-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.07.2023-y., 06/23/114/0527-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.04.2021-y., 06/21/6199/0301-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son, 21.04.2022-y., 06/22/113/0330-son; 27.07.2023-y., 06/23/114/0527-son)