21.10.2021 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3328
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoʻmondonining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti kursantlari, talabalari va tinglovchilarini oʻqishdan chetlashtirish va ularni oʻqishga tiklash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 21-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3328]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-apreldagi PQ-5077-son “Jamoat xavfsizligini taʼminlash sohasida professional kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti kursantlari, talabalari va tinglovchilarini oʻqishdan chetlashtirish va ularni oʻqishga tiklash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmondon R. DJURAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 7-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
232-son

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondonining 2021-yil 7-sentabrdagi 232-son buyrugʻiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti kursantlari, talabalari va tinglovchilarini oʻqishdan chetlashtirish va ularni oʻqishga tiklash tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-apreldagi PQ-5077-son “Jamoat xavfsizligini taʼminlash sohasida professional kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti (keyingi oʻrinlarda — Universitet) kursantlari, talabalari va tinglovchilarini oʻqishdan chetlashtirish va ularni oʻqishga tiklash tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kursant — haqiqiy harbiy xizmatda boʻlgan va Universitetning oliy harbiy taʼlim yoʻnalishida tahsil olayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talaba — Universitetda umumfuqaroviy asosda tahsil olayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tinglovchi — Universitetning magistraturasida yoki sirtqi taʼlim shaklida tahsil olayotgan kontrakt boʻyicha harbiy xizmatni (xizmatni) oʻtayotgan harbiy xizmatchi yoki xodim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻqishdan chetlashtirilgan kursantlar, talabalar va tinglovchilarning oʻqishini qayta tiklash yozgi taʼtil davrida oʻquv mashgʻulotlari boshlangunga qadar amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻqishdan chetlashtirilgan sobiq birinchi bosqich kursantlari, shuningdek sobiq tinglovchilar Universitetga nomzodlarni saralab olish va oʻqishga qabul qilish tanlovlarida qatnashishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻqishdan chetlashtirilgan sobiq kursantlar va talabalar faqat avval oʻqigan taʼlim yoʻnalishlariga (mutaxassisliklariga) qayta tiklanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilar Universitetda oʻqishga qayta tiklanmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bakalavriat dasturi boʻyicha oʻqishning birinchi bosqichida oʻqishdan chetlashtirilgan kursantlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizomning 6-bandi “a”, “b”, “g” va “d” kichik bandlarida nazarda tutilgan bir yoki bir nechta asosga koʻra oʻqishdan chetlashtirilgan kursantlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bakalavriat dasturi boʻyicha oʻqishning sirtqi taʼlim shaklida oʻqishdan chetlashtirilgan sobiq tinglovchilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
magistraturada oʻqishdan chetlashtirilgan sobiq tinglovchilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizomning 41-bandi “v” kichik bandiga asosan oʻqishdan chetlashtirilgan talabalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud qaroriga koʻra kirish imtihonlarida belgilangan tartibni buzganligi aniqlanganda oʻqishdan chetlashtirilgan talabalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa oliy taʼlim muassasalarining (tashkilotlarining) sobiq talabalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Kursantlarni oʻqishdan chetlashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Umumiy qoidalar

6. Kursantlar quyidagi asoslarga koʻra oʻqishdan chetlashtiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining umumharbiy nizomlari talablarini buzganda (bundan buyon matnda intizomsizlik deb yuritiladi);

b) oʻz xohishi bilan oʻqishni davom ettirmaslik toʻgʻrisida shaxsiy tashabbus bildirganda;

v) fan (fanlar) dasturini belgilangan muddatlarda oʻzlashtirmaganda (akademik qarzdorlik mavjud boʻlganda);

g) kursant sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) davlat sirlari bilan ishlash ruxsatnomasidan mahrum qilinganda;

e) harbiy tibbiy komissiya tomonidan harbiy taʼlim muassasalarida oʻqishga yaroqsiz deb topilganda.

7. Kursantlarni oʻqishdan chetlashtirish Universitet boshligʻining buyrugʻi bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Kursantni oʻqishdan chetlashtirish boʻyicha murojaat qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur Nizomning 6-bandi “a” kichik bandida nazarda tutilgan asos bilan oʻqishdan chetlashtirishda fakultet boshligʻi kursant tomonidan intizomsizlik sodir etilgan kundan boshlab 10 kun ichida barcha holatlarni asoslagan holda Universitet boshligʻiga bildirgi bilan murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur Nizomning 6-bandi “b” kichik bandida nazarda tutilgan asos bilan oʻqishdan chetlashtirishda kursant qoʻmondonlik pogʻonasi boʻyicha fakultet boshligʻiga oʻz xohishi bilan oʻqishni davom ettirmaslik toʻgʻrisida bildirgi taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur Nizomning 6-bandi “v” kichik bandida nazarda tutilgan asos bilan oʻqishdan chetlashtirishda Oʻquv-uslubiy boshqarma boshligʻi kursantning fan (fanlar) dasturini belgilangan muddatlarda oʻzlashtirmaganligi (akademik qarzdorligi) toʻgʻrisida fakultet boshligʻini yozma ravishda xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur Nizomning 6-bandi “g” yoki “d” kichik bandida nazarda tutilgan asos bilan oʻqishdan chetlashtirishda Kadrlar boʻlimi boshligʻi asoslovchi hujjatlarni ilova qilgan holda fakultet boshligʻini yozma ravishda xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur Nizomning 6-bandi “e” kichik bandida nazarda tutilgan asos bilan oʻqishdan chetlashtirishda Tibbiy taʼminot xizmati boshligʻi asoslovchi hujjatlarni ilova qilgan holda fakultet boshligʻini yozma ravishda xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mazkur Nizomning 6-bandi “b” — “e” kichik bandlarida nazarda tutilgan asoslardan biri yoki bir nechtasi mavjud boʻlganda yoki ular boʻyicha tegishli hujjatlar taqdim etilganda fakultet boshligʻi 2 ish kunidan kechiktirmasdan qoʻmondonlik pogʻonasi boʻyicha Universitet boshligʻiga holat toʻgʻrisida bildirgi bilan murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Oʻqishdan chetlashtirish masalasini koʻrib chiqish

14. Kursantni mazkur Nizomning 6-bandi “a”, “b” va “v” kichik bandlarida nazarda tutilgan asoslarga koʻra oʻqishdan chetlashtirish masalasi Universitet kengashi tomonidan koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Kursantni oʻqishdan chetlashtirish boʻyicha Universitet boshligʻiga taqdim qilingan bildirgida mazkur Nizom 6-bandining “a” kichik bandi asos qilib koʻrsatilgan hollarda Universitet boshligʻi tomonidan holat yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Oʻtkazilgan xizmat tekshiruvi natijasiga koʻra, kursantni intizomsizligi sababli oʻqishdan chetlashtirish taklif etilgan taqdirda, ushbu masala Universitet boshligʻi tomonidan Universitet kengashiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Kursantni oʻqishdan chetlashtirish boʻyicha Universitet boshligʻiga taqdim qilingan bildirgida mazkur Nizom 6-bandi “b” va “v” kichik bandlarining biri asos qilib koʻrsatilgan hollarda kursantni oʻqishdan chetlashtirish masalasi koʻrib chiqish uchun Universitet boshligʻi tomonidan Universitet kengashiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Kursantni oʻqishdan chetlashtirilishi masalasi Universitet boshligʻi tomonidan kiritilgan kundan boshlab 10 kundan kechiktirmasdan Universitet kengashining yigʻilishida koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Fakultet boshligʻi tomonidan kursantni oʻqishdan chetlashtirilishi bilan bogʻliq barcha holatlar va tegishli hujjatlar boʻyicha, shuningdek kursantning xizmat intizomiga rioya qilishi, harbiy burchiga sodiqligi, jamoatchilik ishlaridagi ishtiroki, oʻquv dasturlarini oʻzlashtirishi, shaxsiy fazilatlari haqida Kengash aʼzolariga axborot beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Universitet kengashi aʼzolari tomonidan kursantni oʻqishdan chetlashtirish bilan bogʻliq holat va tegishli hujjatlar oʻrganib chiqiladi va muhokama qilinadi. Kengash yigʻilishida kursantning ishtirok etish huquqi taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Universitet kengashi muhokama natijalaridan kelib chiqib, kengash yigʻilishida ishtirok etayotgan aʼzolar umumiy sonining oddiy koʻpchilik ochiq ovoz berishi orqali kursantni oʻqishdan chetlashtirish yoki kursantni oʻqishdan chetlashtirishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kursant Universitet kengashining qaroridan norozi boʻlgan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasiga yoki sudga murojaat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Universitet kengashi yigʻilishining qarori bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va kengash raisi tomonidan tasdiqlanadi. Bayonnomaning rasmiylashtirilishi uchun kengash kotibi masʼul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-§. Oʻqishdan chetlashtirishni rasmiylashtirish

23. Universitet kengashining yigʻilish bayonnomasi kursantni oʻqishdan chetlashtirish haqidagi Universitet boshligʻining buyrugʻini rasmiylashtirish uchun asos hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Universitet kengashining yigʻilish bayonnomasi tasdiqlangan vaqtdan boshlab 3 kundan kechiktirmasdan Universitet boshligʻining kursantni oʻqishdan chetlashtirish haqidagi buyrugʻi qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Kursantni mazkur Nizomning 6-bandi “g” yoki “d” yoxud “e” kichik bandida nazarda tutilgan asosga koʻra oʻqishdan chetlashtirish masalasi Universitet kengashida koʻrib chiqilmaydi. Bunda, kursantni oʻqishdan chetlashtirish tegishli hujjatlarga asoslangan holda toʻgʻridan-toʻgʻri Universitet boshligʻining buyrugʻi bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Sobiq kursantni oʻqishga qayta tiklash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Oʻqishga qayta tiklash boʻyicha murojaat qilish

26. Sobiq kursantlar oʻqishga qayta tiklash boʻyicha Universitetga yozma shaklda ariza bilan murojaat qilishlari mumkin. Arizalar har yili 1-iyuldan 20-iyulga qadar qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Sobiq kursantning arizasi asosida Universitetning Kadrlar boʻlimi tomonidan uning shaxsiy hujjatlar yigʻma jildi oʻrganib chiqiladi. Bunda, sobiq kursant oʻqishdan chetlashtirilishining sababi aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Sobiq kursant mazkur Nizomning 6-bandi “a”, “b”, “g” va “d” kichik bandlarida nazarda tutilgan asoslardan biri yoki bir nechtasiga koʻra oʻqishdan chetlashtirilganligi aniqlanganda, uni oʻqishga qayta tiklash rad etiladi va bu haqda ariza muallifiga yozma ravishda xabar beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Sobiq kursant mazkur Nizomning 6-bandi “v” kichik bandiga asosan oʻqishdan chetlashtirilganligi aniqlanganda, Kadrlar boʻlimi tomonidan Oʻquv-uslubiy boshqarmaning sobiq kursantni oʻzlashtirmagan fan (fanlar) dasturi boʻyicha taqdim etgan yozma shakldagi axboroti hamda tegishli hujjatlar uni oʻqishga qayta tiklash masalasini koʻrib chiqish uchun Universitet kengashiga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Sobiq kursant mazkur Nizomning 6-bandi “e” kichik bandiga asosan oʻqishdan chetlashtirilganligi aniqlanganda, sobiq kursantga harbiy tibbiy komissiyada tibbiy koʻrikdan oʻtish uchun yoʻllanma beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Sobiq kursant 10 ish kunidan kechiktirmasdan harbiy tibbiy komissiyada tibbiy koʻrikdan oʻtishi shart. Sobiq kursantning tibbiy koʻrik natijasi boʻyicha xulosani harbiy tibbiy komissiyadan soʻrab olish uchun Universitetning Kadrlar boʻlimi masʼul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Harbiy tibbiy komissiyaning xulosasiga asosan sobiq kursant harbiy taʼlim muassasalarida oʻqishga yaroqsiz deb topilganda, uni oʻqishga qayta tiklash rad etiladi va bu haqda ariza muallifiga yozma ravishda xabar beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Harbiy tibbiy komissiyaning xulosasiga asosan sobiq kursant harbiy taʼlim muassasalarida oʻqishga yaroqli deb topilganda, Kadrlar boʻlimi tomonidan tegishli hujjatlar uni oʻqishga qayta tiklash uchun Universitet boshligʻiga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Oʻqishga qayta tiklash masalasini koʻrib chiqish

34. Sobiq kursantni oʻqishga qayta tiklash masalasi Kadrlar boʻlimi tomonidan taqdim etilgan kundan boshlab 10 kundan kechiktirmasdan Universitet kengashining yigʻilishida koʻrib chiqiladi. Bunda, Kadrlar boʻlimi boshligʻi tomonidan sobiq kursantning oʻqishdan chetlashtirilishi bilan bogʻliq barcha holatlar va tegishli hujjatlar boʻyicha kengash aʼzolariga axborot beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Universitet kengashi aʼzolari tomonidan sobiq kursantning oʻqishdan chetlashtirilishi bilan bogʻliq holat va tegishli hujjatlar toʻliq oʻrganib chiqiladi va uni oʻqishga qayta tiklashning maqsadga muvofiqligi muhokama qilinadi. Kengash yigʻilishida sobiq kursantning ishtirok etish huquqi taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Universitet kengashi muhokama natijalaridan kelib chiqib, kengash yigʻilishida ishtirok etayotgan aʼzolar umumiy sonining oddiy koʻpchilik ochiq ovoz berishi orqali sobiq kursantni oʻqishga qayta tiklash yoki sobiq kursantni oʻqishga qayta tiklashni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sobiq kursant Universitet kengashining qaroridan norozi boʻlgan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasiga yoki sudga murojaat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Universitet kengashi yigʻilishining qarori bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va kengash raisi tomonidan tasdiqlanadi. Bayonnomaning rasmiylashtirilishi uchun kengash kotibi masʼul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Oʻqishga qayta tiklashni rasmiylashtirish

38. Universitet kengashining yigʻilish bayonnomasi kursantni oʻqishga qayta tiklash haqidagi Universitet boshligʻining buyrugʻini rasmiylashtirish uchun asos hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Universitet kengashining yigʻilish bayonnomasi tasdiqlangan vaqtdan boshlab 3 kundan kechiktirmasdan Universitet boshligʻining sobiq kursantni oʻqishga qayta tiklash haqidagi buyrugʻi qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Oʻqishga qayta tiklash masalasi Universitet kengashining yigʻilishida koʻrib chiqilmagan sobiq kursantni toʻgʻridan-toʻgʻri Universitet boshligʻining buyrugʻi bilan oʻqishga qayta tiklashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Talabalarni oʻqishdan chetlashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Talabalar quyidagi asoslarga koʻra oʻqishdan chetlashtiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) oʻz xohishi bilan oʻqishni davom ettirmaslik toʻgʻrisida shaxsiy tashabbus bildirganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) oʻqishning boshqa taʼlim muassasasiga koʻchirilishi munosabati bilan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Universitetning ichki tartib-qoidalari hamda odob-axloq qoidalarini buzganligi uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) oʻquv intizomi qoidalarini buzish, shu jumladan bir semestr davomida darslarni uzrli sabablarsiz 74 soatdan ortiq qoldirganligi sababli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) oʻqish uchun belgilangan toʻlov-kontrakt puli oʻz vaqtida amalga oshirilmaganligi sababli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) talaba sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganligi munosabati bilan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) sud qaroriga koʻra kirish imtihonlarida belgilangan tartibni buzganligi aniqlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) vafot etganligi sababli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Talabalarni oʻqishdan chetlashtirish Universitet boshligʻining buyrugʻi bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Mazkur Nizomning 41-bandida nazarda tutilgan asoslardan biri yoki bir nechtasi (“a” yoki “b” kichik bandlar bundan mustasno) mavjud boʻlganda yoki ular boʻyicha tegishli hujjatlar taqdim etilganda fakultet boshligʻi 2 ish kunidan kechiktirmasdan qoʻmondonlik pogʻonasi boʻyicha Universitet boshligʻiga holat toʻgʻrisida bildirgi bilan murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Oʻqishdan chetlashtirish boʻyicha murojaat qilish

44. Mazkur Nizomning 41-bandi “a” yoki “b” kichik bandida nazarda tutilgan asos bilan oʻqishdan chetlashtirishda talaba tegishlicha oʻz xohishi bilan oʻqishni davom ettirmasligi va uni oʻqishdan chetlashtirishni yoki oʻqishini boshqa taʼlim muassasasiga koʻchirishi munosabati bilan uni oʻqishdan chetlashtirishni soʻrab Universitet boshligʻiga ariza bilan murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Mazkur Nizomning 41-bandi “v” — “z” kichik bandlarida nazarda tutilgan asoslardan biri yoki bir nechtasiga koʻra oʻqishdan chetlashtirishda fakultet boshligʻi barcha holatlarni toʻliq asoslagan holda talabani oʻqishdan chetlashtirish masalasini koʻrib chiqish uchun qoʻmondonlik pogʻonasi boʻyicha Universitet boshligʻiga bildirgi bilan murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Oʻqishdan chetlashtirish masalasini koʻrib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Mazkur Nizomning 41-bandi “a” yoki “b” kichik bandida nazarda tutilgan asoslarga koʻra oʻqishdan chetlashtirish boʻyicha talaba tomonidan taqdim etilgan ariza Universitet boshligʻi tomonidan holatni oʻrganib chiqish va axborot berish uchun fakultet boshligʻiga yoʻnaltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Fakultet boshligʻi tomonidan 3 ish kunidan kechiktirmasdan oʻqishdan chetlashtirishni soʻrab ariza bergan talaba bilan yakka tartibda suhbat oʻtkaziladi va bu haqda dalolatnoma rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Fakultet boshligʻi ariza bergan talabaning shaxsiy hujjatlar yigʻma jildi va yakka tartibda oʻtkazilgan suhbat dalolatnomasini ilova qilgan holda Universitet boshligʻiga bildirgi taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Talabani mazkur Nizomning 41-bandida nazarda tutilgan asoslarga koʻra oʻqishdan chetlashtirish masalasi Universitet kengashi tomonidan koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Fakultet boshligʻining bildirgisi Universitet boshligʻi tomonidan talabani oʻqishdan chetlashtirish masalasini hal etish uchun Universitet kengashiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Talabani oʻqishdan chetlashtirish masalasi Universitet boshligʻi tomonidan taqdim etilgan vaqtdan boshlab 10 kundan kechiktirmasdan Universitet kengashining yigʻilishida koʻrib chiqiladi. Bunda, fakultet boshligʻi talabaning oʻqishdan chetlashtirilishi bilan bogʻliq barcha holatlar va tegishli hujjatlar haqida kengash aʼzolariga axborot beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Universitet kengashi aʼzolari tomonidan talabaning oʻqishdan chetlashtirilishi bilan bogʻliq holat va tegishli hujjatlar oʻrganib chiqiladi va muhokama qilinadi. Kengash yigʻilishida talabaning ishtirok etish huquqi taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Universitet kengashi muhokama natijalaridan kelib chiqib, kengash yigʻilishida ishtirok etayotgan aʼzolar umumiy sonining oddiy koʻpchilik ochiq ovoz berishi orqali talabani oʻqishdan chetlashtirish yoki talabani oʻqishdan chetlashtirishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talaba Universitet kengashining qaroridan norozi boʻlgan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasiga yoki sudga murojaat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Universitet kengashi yigʻilishining qarori bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va kengash raisi tomonidan tasdiqlanadi. Bayonnomaning rasmiylashtirilishi uchun kengash kotibi masʼul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-§. Oʻqishdan chetlashtirishni rasmiylashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Universitet kengashining yigʻilish bayonnomasi talabani oʻqishdan chetlashtirish haqidagi Universitet boshligʻining buyrugʻini rasmiylashtirish uchun asos hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Universitet kengashining yigʻilish bayonnomasi tasdiqlangan vaqtdan boshlab 3 kundan kechiktirmasdan Universitet boshligʻining talabani oʻqishdan chetlashtirish haqidagi buyrugʻi qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Oʻqishdan chetlashtirish masalasi Universitet kengashining yigʻilishida koʻrib chiqilmagan talabani toʻgʻridan-toʻgʻri Universitet boshligʻining buyrugʻi bilan oʻqishdan chetlashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Sobiq talabani oʻqishga qayta tiklash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Oʻqishga qayta tiklash boʻyicha murojaat qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Sobiq talabalar oʻqishga qayta tiklash boʻyicha Universitetga yozma shaklda ariza bilan murojaat qilishlari mumkin. Arizalar har yili 1-iyuldan 20-iyulga qadar qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Sobiq talabaning arizasi asosida tegishli fakultet boshligʻi tomonidan uning shaxsiy hujjatlar yigʻma jildi oʻrganib chiqiladi. Bunda, sobiq talabaning Universitetda oʻqishdan chetlashtirilishining sababi aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. Sobiq talabaning mazkur Nizomning 41-bandi “v”, “e” va “j” kichik bandlarining biri yoki bir nechtasiga asosan oʻqishdan chetlashtirilganligi aniqlanganda, uni oʻqishga qayta tiklash rad etiladi va bu haqda ariza muallifiga yozma ravishda xabar beriladi. Bunda, sobiq talabani oʻqishga qayta tiklash masalasi Universitet kengashida koʻrib chiqilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. Fakultet boshligʻi tomonidan tegishli hujjatlar sobiq talabani oʻqishga qayta tiklash masalasini koʻrib chiqish uchun Universitet kengashiga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Oʻqishga qayta tiklash masalasini koʻrib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62. Sobiq talabani oʻqishga qayta tiklash masalasi tegishli hujjatlar fakultet boshligʻi tomonidan taqdim etilgan kundan boshlab 5 kundan kechiktirmasdan Universitet kengashining yigʻilishida koʻrib chiqiladi. Bunda, fakultet boshligʻi tomonidan sobiq talabaning oʻqishdan chetlashtirilishi bilan bogʻliq barcha holatlar va tegishli hujjatlar boʻyicha kengash aʼzolariga axborot beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63. Universitet kengashi aʼzolari tomonidan sobiq talabaning oʻqishdan chetlashtirilishi bilan bogʻliq holat va tegishli hujjatlar oʻrganib chiqiladi va uni oʻqishga qayta tiklashning maqsadga muvofiqligi muhokama qilinadi. Kengash yigʻilishida talabaning ishtirok etish huquqi taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
64. Universitet kengashi muhokama natijalaridan kelib chiqib, kengash yigʻilishida ishtirok etayotgan aʼzolar umumiy sonining oddiy koʻpchilik ochiq ovoz berishi orqali sobiq talabani oʻqishga qayta tiklash yoki sobiq talabani oʻqishga qayta tiklashni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sobiq talaba Universitet kengashining qaroridan norozi boʻlgan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasiga yoki sudga murojaat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
65. Universitet kengashi yigʻilishining qarori bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va kengash raisi tomonidan tasdiqlanadi. Bayonnomaning rasmiylashtirilishi uchun kengash kotibi masʼul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Oʻqishga qayta tiklashni rasmiylashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
66. Universitet kengashining yigʻilish bayonnomasi talabani oʻqishga qayta tiklash haqidagi Universitet boshligʻining buyrugʻini rasmiylashtirish uchun asos hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
67. Universitet kengashining yigʻilish bayonnomasi tasdiqlangan vaqtdan boshlab 3 kundan kechiktirmasdan Universitet boshligʻining sobiq talabani oʻqishga qayta tiklash haqidagi buyrugʻi qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
68. Oʻqishga qayta tiklash masalasi Universitet kengashining yigʻilishida koʻrib chiqilmagan sobiq talabani toʻgʻridan-toʻgʻri Universitet boshligʻining buyrugʻi bilan oʻqishga qayta tiklashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Tinglovchini oʻqishdan chetlashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
69. Tinglovchilar quyidagi asoslarga koʻra oʻqishdan chetlashtiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining umumharbiy nizomlari talablarini buzganda (bundan buyon matnda intizomsizlik deb yuritiladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) oʻz xohishi bilan oʻqishni davom ettirmaslik toʻgʻrisida shaxsiy tashabbus bildirganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) fan (fanlar) dasturini belgilangan muddatlarda oʻzlashtirmaganda (akademik qarzdorlik mavjud boʻlganda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) tinglovchi sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) davlat sirlari bilan ishlash ruxsatnomasidan mahrum qilinganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) harbiy tibbiy komissiya tomonidan harbiy taʼlim muassasalarida oʻqishga yaroqsiz deb topilganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
70. Tinglovchini oʻqishdan chetlashtirish Universitet boshligʻining buyrugʻi bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
71. Mazkur Nizomning 69-bandida nazarda tutilgan asoslardan biri yoki bir nechtasi mavjud boʻlganda yoki ular boʻyicha tegishli hujjatlar taqdim etilganda tegishliligi boʻyicha magistratura boshligʻi yoki maxsus fakultet boshligʻi 2 ish kunidan kechiktirmasdan qoʻmondonlik pogʻonasi boʻyicha Universitet boshligʻiga holat toʻgʻrisida bildirgi bilan murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Oʻqishdan chetlashtirish boʻyicha murojaat qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
72. Mazkur Nizomning 69-bandi “a” kichik bandida nazarda tutilgan asos bilan oʻqishdan chetlashtirishda tegishliligi boʻyicha magistratura boshligʻi yoki maxsus fakultet boshligʻi tinglovchining intizomsizligi toʻgʻrisida barcha holatlarni asoslagan holda Universitet boshligʻiga bildirgi bilan murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
73. Mazkur Nizomning 69-bandi “b” kichik bandida nazarda tutilgan asos bilan oʻqishdan chetlashtirishda tinglovchi qoʻmondonlik pogʻonasi va tegishliligi boʻyicha magistratura boshligʻiga yoki maxsus fakultet boshligʻiga oʻz xohishi bilan oʻqishni davom ettirmaslik toʻgʻrisida bildirgi taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
74. Mazkur Nizomning 69-bandi “v” kichik bandida nazarda tutilgan asos bilan oʻqishdan chetlashtirishda Oʻquv-uslubiy boshqarma boshligʻi tinglovchining fan (fanlar) dasturini belgilangan muddatlarda oʻzlashtirmaganligi (akademik qarzdorligi) toʻgʻrisida tegishliligi boʻyicha magistratura boshligʻini yoki maxsus fakultet boshligʻini yozma ravishda xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
75. Mazkur Nizomning 69-bandi “g” yoki “d” kichik bandida nazarda tutilgan asos bilan oʻqishdan chetlashtirishda Kadrlar boʻlimi boshligʻi asoslovchi hujjatlarni ilova qilgan holda tegishliligi boʻyicha magistratura boshligʻini yoki maxsus fakultet boshligʻini yozma ravishda xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
76. Mazkur Nizomning 69-bandi “e” kichik bandida nazarda tutilgan asos bilan oʻqishdan chetlashtirishda Tibbiy taʼminot xizmati boshligʻi asoslovchi hujjatlarni ilova qilgan holda tegishliligi boʻyicha magistratura boshligʻini yoki maxsus fakultet boshligʻini yozma ravishda xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Oʻqishdan chetlashtirish masalasini koʻrib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
77. Tinglovchini mazkur Nizomning 69-bandi “a”, “b” va “v” kichik bandlarida nazarda tutilgan asoslarga koʻra oʻqishdan chetlashtirish masalasi Universitet kengashi tomonidan koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
78. Tinglovchini oʻqishdan chetlashtirish boʻyicha Universitet boshligʻiga taqdim qilingan bildirgida mazkur Nizom 69-bandining “a” kichik bandi asos qilib koʻrsatilgan holatlarda Universitet boshligʻi tomonidan holat yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
79. Oʻtkazilgan xizmat tekshiruvi natijasiga koʻra, tinglovchini intizomsizligi sababli oʻqishdan chetlashtirish taklif etilgan taqdirda, ushbu masala Universitet kengashiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
80. Tinglovchini oʻqishdan chetlashtirish boʻyicha Universitet boshligʻiga taqdim qilingan bildirgida mazkur Nizom 69-bandi “b” va “v” kichik bandlarining biri asos qilib koʻrsatilgan holatlarda tinglovchini oʻqishdan chetlashtirish masalasi koʻrib chiqish uchun Universitet boshligʻi tomonidan Universitet kengashiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
81. Tinglovchini oʻqishdan chetlashtirish masalasi Universitet boshligʻi tomonidan taqdim etilgan kundan boshlab 10 kundan kechiktirmasdan Universitet kengashining yigʻilishida koʻrib chiqiladi. Bunda, tegishliligi boʻyicha magistratura boshligʻi yoki maxsus fakultet boshligʻi tomonidan tinglovchining oʻqishdan chetlashtirilishi bilan bogʻliq barcha holatlar va tegishli hujjatlar boʻyicha, shuningdek tinglovchining xizmat intizomiga rioya qilishi, harbiy burchiga sodiqligi, jamoatchilik ishlaridagi ishtiroki, oʻquv dasturlarini oʻzlashtirishi, shaxsiy fazilatlari haqida kengash aʼzolariga axborot beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
82. Universitet kengashi aʼzolari tomonidan tinglovchining oʻqishdan chetlashtirilishi bilan bogʻliq holat va tegishli hujjatlar toʻliq oʻrganib chiqiladi hamda muhokama qilinadi. Kengash yigʻilishida tinglovchining ishtirok etish huquqi taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
83. Universitet kengashi muhokama natijalaridan kelib chiqib, kengash yigʻilishida ishtirok etayotgan aʼzolar umumiy sonining oddiy koʻpchilik ochiq ovoz berishi orqali tinglovchini oʻqishdan chetlashtirish yoki tinglovchini oʻqishdan chetlashtirishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tinglovchi Universitet kengashining qaroridan norozi boʻlgan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasiga yoki sudga murojaat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
84. Universitet kengashi yigʻilishining qarori bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va kengash raisi tomonidan tasdiqlanadi. Bayonnomaning rasmiylashtirilishi uchun kengash kotibi masʼul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-§. Oʻqishdan chetlashtirishni rasmiylashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
85. Universitet kengashining yigʻilish bayonnomasi tinglovchini oʻqishdan chetlashtirish haqidagi Universitet boshligʻining buyrugʻini rasmiylashtirish uchun asos hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
86. Universitet kengashining yigʻilish bayonnomasi tasdiqlangan vaqtdan boshlab 1 kundan kechiktirmasdan Universitet boshligʻining tinglovchini oʻqishdan chetlashtirish haqidagi buyrugʻi qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
87. Tinglovchini mazkur Nizomning 69-bandi “g” yoki “d” yoxud “e” kichik bandida nazarda tutilgan asosga koʻra oʻqishdan chetlashtirish masalasi Universitet kengashida koʻrib chiqilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, tinglovchini oʻqishdan chetlashtirish tegishli hujjatlarga asoslangan holda toʻgʻridan-toʻgʻri Universitet boshligʻining buyrugʻi bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Yakuniy qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
88. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2021-y., 10/21/3328/0986-son)