12.10.2021 yildagi 639-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muqobil energetika, elektrotexnika hamda mikroelektronika sanoatini rivojlantirish, yarimoʻtkazgichlar fizikasi sohasidagi ilmiy tadqiqotlar natijadorligini oshirishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti huzuridagi Yarimoʻtkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublikada muqobil energetika, mikro va nanoelektronika hamda kondensatsiyalangan muhitlar (jumladan, yarimoʻtkazgichlar) fizikasi sohalarida chuqur fundamental va amaliy tadqiqotlarni amalga oshirish, zamonaviy asbob-uskunalarda ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish orqali yangi natijalar olish — ilmiy hajmdor texnologiyalarni yaratishni, innovatsion ishlanmalarni ishlab chiqarishga joriy etishni, iqtisodiyot tarmoqlarining ehtiyojiga muvofiq ilmiy tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirish va elektrotexnika sanoatining rivojlanishini taʼminlaydi. Bu oʻz navbatida mamlakatning texnologik rivojlanish istiqbollari bilan chambarchas bogʻliqdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida” 2021-yil 3-fevraldagi PF-6155-son Farmonida belgilangan vazifalarga muvofiq muqobil energetika hamda elektrotexnika sanoatini rivojlantirish, yarimoʻtkazgichlar fizikasi va mikroelektronika sohasidagi ilmiy tadqiqotlar natijadorligini oshirish, dunyo ilm-fani bilan integratsiyalashuvni taʼminlash, sohaga zamonaviy bilim va koʻnikmaga ega yuqori malakali mutaxassislar, ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Energetika vazirligi, “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligining Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti huzuridagi Yarimoʻtkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ilmiy-tadqiqot instituti (keyingi oʻrinlarda — Institut) moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va faoliyatini kuchaytirish orqali respublikada muqobil energetika, mikro va nanoelektronika hamda yarimoʻtkazgichlar fizikasi sohalarida ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash, dunyo ilm-fani bilan integratsiyalashadigan, natijadorlikka qaratilgan ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish va istiqbolda ilmiy hajmdor texnologiyalarni yaratish orqali innovatsion ishlanmalarni respublika iqtisodiyoti real sektoriga joriy etish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Muqobil energetika, elektrotexnika sanoati, mikro va nanoelektronikani rivojlantirish, Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti huzuridagi Yarimoʻtkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini kuchaytirish boʻyicha maqsadli kompleks dastur 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muqobil energetika, elektrotexnika sanoati, mikro va nanoelektronikani rivojlantirish maqsadida sohaga yuqori malakali mutaxassislar, ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilm-fan va taʼlim integratsiyalashuvini chuqurlashtirish, yoshlarni ilm-fanga, iqtidorli talabalar va doktorantlarni sohaga oid ilmiy tadqiqotlarga faol jalb etishga shart-sharoitlar yaratish, ularning ilmiy izlanishlarini qoʻllab-quvvatlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institutning moddiy-texnika, ilmiy-tadqiqot bazasini rivojlantirish, yangi ilmiy natijalarni tijoratlashtirishga koʻmaklashuvchi tuzilmalarni tashkil etish va ular faoliyatini yoʻlga qoʻyish, yosh olimlarga ijtimoiy sharoitlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institutning xalqaro ilmiy-texnik hamkorligini rivojlantirish, yosh olimlarning ilmiy-tadqiqot faoliyati natijadorligini faollashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Institut tuzilmasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yarimoʻtkazgichlar materialshunosligi” laboratoriyasi negizida “Mikroelektronika va elektrotexnika materialshunosligi” laboratoriyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Geliofizika va muqobil energiya manbalari” laboratoriyasi negizida “Muqobil energiya manbalari” laboratoriyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yadro-fizikaviy tadqiqotlar” laboratoriyasi negizida “Yadro-fizikaviy tadqiqot metodlari” laboratoriyasi tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti huzuridagi Yarimoʻtkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ilmiy-tadqiqot institutining tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti huzuridagi Yarimoʻtkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ilmiy-tadqiqot institutining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan ilmiy xodimlari sonini 2027-yil 1-yanvargacha bosqichma-bosqich maqbullashtirish jadvali 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti rektoriga, zarur hollarda, Institut tuzilmasiga xodimlarning tasdiqlangan cheklangan umumiy soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut ilmiy xodimlarini saqlash bilan bogʻliq xarajatlar 2022-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan Institutga davlat ilmiy dasturlari doirasida bajarilayotgan ilmiy loyihalarga ajratilgan budjet mablagʻlari va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar uchun ajratilgan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti bilan birgalikda bir oy muddatda Institutning yangi tahrirdagi Ustavi ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini, shuningdek, belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti huzuridagi Yarimoʻtkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ilmiy-tadqiqot instituti hamda Belarus Respublikasining “Mikro-, opto-, oʻta yuqori chastotali elektronika” innovatsion-sanoat klasteri oʻrtasida quyidagilarni nazarda tutuvchi bitim imzolanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy tahlil va texnologik prognoz qilish orqali yarimoʻtkazgichlar fizikasi sohasini rivojlantirish boʻyicha “yoʻl xaritalari” ni hamkorlikda ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yarimoʻtkazgichilar fizikasi va mikroelektronika sohasida ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini birgalikda amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro seminarlar, konferensiyalar va simpoziumlarni tashkil etish va oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
magistratura, doktorantura orqali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash, ularni stajirovkaga yuborish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tomonlarda mavjud zamonaviy tahliliy va tadqiqot asbob-uskunalaridan foydalanish boʻyicha oʻzaro xizmat koʻrsatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Energetika vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligining Institut tuzilmasida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan yarimoʻtkazgichlar fizikasi sohasidagi oliy taʼlim muassasalariaro konstruktorlik-tajriba byurosiga ega boʻlgan Mikroelektronika ilmiy-innovatsion markazini (keyingi oʻrinlarda — Markaz) tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika iqtisodiyotining yetakchi tarmoqlari va sohalarining real ehtiyojlarini hisobga olib ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh, sifatli muqobil energetika, elektrotexnika hamda mikroelektronika sohasida konstruktorlik va tajriba ishlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori texnologiyalarga asoslangan import oʻrnini bosuvchi qurilmalar, asbob-uskunalarni mahalliylashtirish va eksportbop qurilmalarni ishlab chiqish yuzasidan fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlarni, innovatsion loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, xoʻjalik shartnomalari asosida ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-pedagog xodimlar, mutaxassislar, yosh olimlar, iqtidorli talabalar va oʻquvchilarni amaliy ilmiy tadqiqotlarga jalb qilgan holda iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlari buyurtmalari asosida muqobil energetika, elektrotexnika hamda mikroelektronika, boshqaruv, ishlab chiqarish, boshqa yoʻnalishlardagi jarayonlarni avtomatlashtirish, ularning modellari, tajriba namunalari, tajriba-konstruktorlik ishlanmalari, dasturiy mahsulotlarini yaratish va amaliyotga joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mudofaa sanoati uchun mahsulotlar va butlovchi buyumlar ishlab chiqarishni oʻzlashtirish hamda iqtisodiyot tarmoqlari buyurtmalari boʻyicha eskirgan uskunalarni modernizatsiyalash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy mamlakatlarning yarimoʻtkazgichlar fizikasi, mikroelektronika va muqobil energetika sohasidagi ilgʻor ilmiy-tadqiqot tashkilotlari bilan oʻzaro manfaatli hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz faoliyatini amalga oshirish uchun Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari boʻyicha alohida shaxsiy gʻazna hisobvaraqlari ochiladi, belgilangan tartibda budjetdan tashqari mablagʻlar boʻyicha alohida daromadlar va xarajatlar smetasi tasdiqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz faoliyati ilmiy loyihalar va xoʻjalik shartnomalari hisobidan shakllantirilgan mablagʻlar hamda qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti bilan birgalikda Markazni zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash hamda Institutning “EG-2 SOKOL elektrostatik tezlatgich” noyob ilmiy obyektini modernizatsiyalash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi hamda Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan mablagʻ ajratish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Institut moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2021 — 2023-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 28-dekabrdagi PQ-4936-son qarori bilan tasdiqlangan 2021 — 2023-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturining asosiy parametrlarida iqtisod qilingan yoki oʻzlashtirilmagan kapital qoʻyilmalar limitlarini qayta taqsimlash orqali Institut bino va inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish, yosh olimlar turar joyini barpo etish ishlariga 2021-yilda 10 mlrd soʻm mablagʻ ajratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Institut bino va inshootlarini rekonstruksiya qilish va qurish ishlarini belgilangan tartibda amalga oshirish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Institut moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida “Mikroelektronika va elektrotexnika materialshunosligi” va “Muqobil energiya manbalari” laboratoriyalarini zamonaviy ilmiy asbob-uskunalar bilan jihozlash uchun zarur budjet mablagʻlarini 2022-2023-yillarda Institutning xarajatlar smetasida nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti huzuridagi Yarimoʻtkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ilmiy-tadqiqot institutining Vasiylik kengashi tarkibi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar Vasiylik kengashining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institutni moddiy-texnik jihatdan mustahkamlash uchun moliyaviy yordam tashkil etish, xayriya, texnik koʻmak mablagʻlari (grantlar) va boshqa budjetdan tashqari mablagʻlarni jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yarimoʻtkazgichlar fizikasi, muqobil energetika, elektrotexnika hamda mikroelektronika sohasida Institutni rivojlantirishga koʻmaklashuvchi dasturlar va istiqbolli tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash, ishlab chiqarish tashkilotlari faoliyatiga ilmiy ishlanmalar natijalarini samarali joriy etishga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institutning ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlari va yosh olimlarining Scopus va Web of science kabi maʼlumotlar bazasiga kirgan xalqaro ilmiy jurnallarda ilmiy maqolalar chop etish borasidagi sarf-xarajatlarini moliyalashtirish, shuningdek, ilmiy-tadqiqot va oʻquv-metodik ishlar bajarilishidan kelib chiqib ularni moddiy ragʻbatlantirib borishni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institutda oliy taʼlimdan keyingi taʼlim jarayonini tashkil etish uchun malakali ilmiy-pedagog kadrlar, jumladan, xorijiy olimlar va mutaxassislarni jalb etish hamda yosh olimlar, doktorantlarning xorijiy universitetlar va ilmiy markazlarga doktorantura va stajirovkaga yuborilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut xodimlarining mehnat sharoitlarini hamda ularning ijtimoiy taʼminotini yaxshilash va qoʻllab-quvvatlashni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut binolarining qurilish-taʼmirlash va jihozlash ishlarini amalga oshirish uchun zarur moliyaviy mablagʻlar yoʻnaltirilishini, zamonaviy ilmiy laboratoriya jihozlari, kompyuter va boshqa tashkiliy texnika, kutubxona fondi bilan jihozlanishini taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining “Tashelectronics” masʼuliyati cheklangan jamiyatning ustav kapitalidagi davlat ulushini boshqarish funksiyasini Institutga berish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti Institutning moddiy-texnika bazasi va yetakchi olimlari salohiyatidan samarali foydalanish maqsadida Toshkent davlat texnika universiteti hamda Toshkent davlat transport universitetining bazaviy kafedralari filiallarini Institutda tashkil etish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021/2022 oʻquv yilidan boshlab oliy taʼlim muassasalarining tegishli bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari hamda magistratura mutaxassisliklari talabalari uchun Institut bazasida oʻquv va amaliyot darslarini tashkil etish, shuningdek, ularning bitiruv-malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyalari tadqiqotlarini olib borishi yoʻlga qoʻyiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institutning yetakchi olimlari bitiruv-malakaviy ishlar, magistrlik va doktorlik dissertatsiyalariga ilmiy rahbarlik ishlariga jalb etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq taʼlimi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Institutning Oʻzbekiston fizik-talabalari va yosh olimlarining assotsiatsiyasini jalb qilgan holda respublikada mavjud fizika fani chuqur oʻqitiladigan umumtaʼlim va ixtisoslashtirilgan maktablar bilan Institut oʻrtasida hamkorlikni kengaytirish, yuqori sinf oʻquvchilarini ilm-fanga jalb qilish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqsin va tasdiqlasin hamda amaliyotga joriy etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Institutning 2022 — 2026-yillarga moʻljallangan ilmiy-tadqiqot ishlari dasturini ishlab chiqsin hamda Fan va texnologiyalar boʻyicha respublika kengashida tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Vazirlar Mahkamasining “Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti huzurida Yarimoʻtkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ilmiy-tadqiqot institutini tashkil etish toʻgʻrisida” 2018-yil 25-iyundagi 468-son qarorining 3-bandi va unga ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari B.A. Musayev, Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A.X. Toshkulov hamda Oʻzbekiston Respublikasi energetika vaziri A.S. Sultanov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 12-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
639-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi 639-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muqobil energetika, elektrotexnika sanoati, mikro va nanoelektronikani rivojlantirish, Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti huzuridagi Yarimoʻtkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini kuchaytirish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAQSADLI KOMPLEKS DASTUR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish
mexanizmi

Ijro
muddati

Moliyalashtirish
manbalari

Masʼul ijrochilar

I. Muqobil energetika, elektrotexnika sanoati, mikro va nanoelektronikani rivojlantirish maqsadida sohaga yuqori malakali mutaxassislar, ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash

1.

Yarimoʻtkazgichlar fizikasi hamda yarimoʻtkazgichli mikroelektronika sohasida ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash hamda tegishli oliy taʼlim muassasalariga yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga koʻmaklashish.

1. Ilmiy tadqiqot yoʻnalishlarini respublika iqtisodiyoti real sektori muammolarining yechimiga yoʻnaltirish.

2021-yil noyabrdan boshlab doimo

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Energetika vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar, Oliy attestatsiya komissiyasi,Institut

2. Doktorlik dissertatsiyalari
va ilmiy tadqiqot ishlari mavzularini muqobil energetika, elektrotexnika sanoati kabi sohalarning muammolari asosida shakllantirish.

Doimo

3. Soha boʻyicha ilmiy darajali kadrlarni tayyorlash koʻlamini kengaytirish maqsadida yangi “Mikroelektronika” ixtisosligini ochish boʻyicha takliflar kiritish.

2021-yil dekabr

2.

Tegishli bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklarining yangi oʻquv dasturlari, darsliklari, oʻquv qoʻllanmalarini yaratishga amaliy yordam koʻrsatish orqali oʻquv-metodik ishlarning darajasi hamda sifatini oshirish.

1. Fanning soʻnggi yutuqlarini inobatga olgan holda oʻquv va ilmiy adabiyotlarning yangi avlodini yaratish.

2021/2022 oʻquv yilidan boshlab doimo

Shartnoma asosida jalb qilingan mablagʻlar, Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, manfaatdor oliy taʼlim muassasalari, Institut

2. Sohaning xalqaro darajadagi yutuqlari asosida talabalar uchun interaktiv maʼruzalar tayyorlash va oʻquv jarayonida foydalanish.

Doimo

3.

Institutda soha uchun kadrlar tayyorlaydigan yetakchi oliy taʼlim muassasalarining bazaviy kafedralari filiallarini tashkil etish.

1. Tegishli oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik shartnomalarini tuzish va imzolash.

2021-yil
noyabr

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,
“Oʻzeltexsanoat” uyushmasi, Institut, manfaatdor oliy
taʼlim muassasalari

2. Bazaviy kafedralar filiallarida oʻqitiladigan fanlarni aniqlash, tegishli oʻquv rejalari va fan dasturlarini amaliy bilim berishga qaratib takomillashtirish, professor-oʻqituvchilarni oʻquv jarayoniga jalb qilish.

2021-yil
noyabrdan boshlab
doimo

3. Talabalarni Institut moddiy-texnika bazasi, laboratoriyalari va imkoniyatlari bilan tanishtirish, olimlar bilan uchrashuvlar oʻtkazish.

Har oʻquv yili boshlanishida
doimo

4. Institut bazasida oʻquv va amaliyot darslarini tashkil etish, shuningdek, talabalarning bitiruv-malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyalari tadqiqotlarini olib borish.

Oʻquv yili davomida

5. Bitiruv-malakaviy ishlar, magistrlik va doktorlik dissertatsiyalariga ilmiy rahbarlik qilish.

Oʻquv yili davomida

6. Institut olimlari bilan hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar olib borish.

Doimo

4.

Institutda faoliyat olib borayotgan yarimoʻtkazgichlar fizikasi va mikroelektronika sohasida yagona ixtisoslashgan “Yarimoʻtkazgichlar fizikasi va mikroelektronika” ilmiy jurnalining ingliz tilidagi varianti — “Eurasian Journal of Semiconductors Science and Engineering”ni Scopus maʼlumotlar bazasiga kiritish.

1. “Yarimoʻtkazgichlar fizikasi va mikroelektronika” ilmiy jurnalini nashr etish faoliyatini xalqaro talablar asosida shakllantirish.

2021-yil dekabr

Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi,
Institut

2. “Yarimoʻtkazgichlar fizikasi va mikroelektronika” ilmiy jurnalining elektron platformasini yaratish (zamonaviy veb-sayt, mobil dasturi va h.k.).

2022-yil mart

3. “Yarimoʻtkazgichlar fizikasi va mikroelektronika” ilmiy jurnalining ingliz tilidagi varianti — “Eurasian Journal of Semiconductors Science and Engineering”ni Scopus maʼlumotlar bazasiga kiritish choralarini koʻrish.

2023-yildan boshlab

5.

Energetika vazirligi huzuridagi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti bilan hamkorlikda ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil qilish.

1. Institut va Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti oʻrtasida hamkorlik memorandumini tuzish.

2021-yil
dekabr

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Energetika vazirligi, Institut

2. Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot institutning malakali ilmiy xodimlarini “Muqobil energiya manbalari” laboratoriyasi faoliyatini tashkil etish va ilmiy yoʻnalishlarni belgilashga jalb etish.

Kelishuv asosida

II. Ilm-fan va taʼlim integratsiyalashuvini chuqurlashtirish, yoshlarni ilm-fanga, iqtidorli talabalar va doktorantlarni sohaga oid ilmiy tadqiqotlarga faol jalb etishga shart-sharoitlar yaratish, ularning ilmiy izlanishlarini qoʻllab-quvvatlash

6.

Yuqori sinf maktab oʻquvchilarini ilm-fanga, iqtidorli talabalar va doktorantlarni sohaga oid ilmiy tadqiq�tlarga faol jalb etish.

1. Fizika faniga ixtisoslashtirilgan tayanch maktablar va ularga biriktirilgan oliy taʼlim muassasalarining kafedralari bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatish.

2021/2022
oʻquv yilidan boshlab
doimo

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,
Xalq taʼlimi vazirligi, Fanlar akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi,Institut

2. Fizika fani boʻyicha maktablarning yuqori sinflari oʻquvchilarini ilm-fanga, iqtidorli talabalar va doktorantlarni sohaga oid ilmiy tadqiqotlarga jalb etish maqsadida Institut laboratoriyalaridan foydalanish uchun sharoitlar yaratish.

2021/2022
oʻquv yilidan boshlab
doimo

3. Institutda oʻtkaziladigan konferensiyalar, tadbirlar va ilmiy tadqiqotlarda fizika fani boʻyicha maktablarning yuqori sinflari oʻquvchilari, iqtidorli talabalar va doktorantlarning ishtirok etishini taʼminlash.

Doimo

4. Maktablarning yuqori sinflari oʻquvchilari va bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari talabalari uchun “Yosh konstruktor” klubini tashkil qilish va amaliy tadqiqot oʻtkazishni oʻrgatish.

2021-yil dekabrdan boshlab
doimo

5. Institutga biriktirilgan umumtaʼlim maktablari uchun fizika fani boʻyicha laboratoriya stendlari va mashgʻulotlarni tashkil etish, multimedia va video-qoʻllanmalar yaratish.

Doimo

7.

Iqtidorli talabalar, yosh olimlar va doktorantlarning ilmiy-tadqiqot ishlarini qoʻllab-quvvatlash.

1. Iqtidorli talabalar, yosh olimlar va doktorantlarni Institutda bajarilayotgan ilmiy loyihalar doirasida ish faoliyati bilan taʼminlash.

Tadbirlar rejasida belgilangan muddatlarda

Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston Milliy universiteti, Institut

2. Ilmiy faoliyat yoʻnalishida yutuqlarga erishgan yoshlarni, iqtidorli talabalar va doktorantlarni qoʻllab-quvvatlash uchun ularni Oʻzbekiston fizik-talabalari va yosh olimlarining assotsiatsiyasi doimiy aʼzoligiga qabul qilish choralarini koʻrish.

Doimo

3. Iqtidorli talabalar, yosh olimlar va doktorantlar tomonidan yaratilgan ishlanma va ixtirolarni ragʻbatlantirish mexanizmini yoʻlga qoʻyish.

Doimo

8.

Instituning Oʻzbekiston fizik-talabalari va yosh olimlarining assotsiatsiyasi faoliyatini rivojlantirish.

1. Oʻzbekiston fizik-talabalari va yosh olimlarining assotsiatsiyasi bilan birgalikda maktablarning yuqori sinflari oʻquvchilarini ilm-fanga, iqtidorli talaba va doktorantlarni sohaga oid ilmiy tadqiqotlarga keng jalb etish.

2021-yil noyabrdan boshlab
doimo

Sheriklik shartnomalari asosida,

Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,

Fanlar akademiyasi,Xalq taʼlimi vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi,Oʻzbekiston Milliy universiteti, Institut

2. Oʻzbekiston fizik-talabalari va yosh olimlarining assotsiatsiyasi tomonidan maktablarning yuqori sinflari oʻquvchilari, iqtidorli talabalar va doktorantlar ishtirokida “Eng faol yosh fizik” kabi tanlovlarni tashkil etish.

Doimo

3. Oʻzbekiston fizik-talabalari va yosh olimlarining assotsiatsiyasi logotipini yaratish va koʻkrak nishonini taʼsis etish.

2022-yil
fevral

4. Institut tomonidan soha xorijiy ilmiy-tadqiqot oliy taʼlim muassasalari, fizika sohasidagi assotsiatsiyalari bilan aloqalar oʻrnatish, hamkorlikda turli tadbirlarni oʻtkazish boʻyicha kelishuvlarga erishish orqali Oʻzbekiston fizik-talabalari va yosh olimlarining assotsiatsiyasi mavqeyini oshirish.

2022-yildan boshlab

9.

Yarimoʻtkazgichlar fizikasi sohasidagi oliy taʼlim muassasalariaro konstruktorlik-tajriba byurosiga ega boʻlgan Mikroelektronika ilmiy-innovatsion markazi faoliyatini tashkil etish.

1. Markazning taʼsis hujjatlarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazish.

2. Markazning asosiy faoliyat yoʻnalishlariga muvofiq boshlangʻich ishlarni tashkil etish, ilmiy- tadqiqot va konstruktorlik tajriba ishlarini belgilash.

2022-yil fevral



2022-yil
mart

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,

Toshkent shahar hokimligi,

Fanlar akademiyasi,

Innovatsion rivojlanish vazirligi,

Oʻzbekiston Milliy universiteti,

Institut

3. Manfaatdor oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish boʻyicha shartnomalarni imzolash.

2022-yil apreldan boshlab doimo

10.

Institut Vasiylik kengashi faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

1. Institut Vasiylik kengashi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish, tasdiqlash va roʻyxatdan oʻtkazish.

2021-yil
dekabr

Vasiylik kengashi

2. Vasiylik kengashi muhokamasiga olib chiqiladigan dolzarb masalalarni oʻz ichiga qamrab olgan yillik ish rejasini tuzish va tasdiqlash.

2022-yil
yanvar

3. Ish rejasiga muvofiq Vasiylik kengashi majlislarini oʻtkazish va tegishli qarorlar qabul qilish.

Ish rejasiga muvofiq

11.

Har xil chuqur sathli elementlar bilan legirlangan kremniyda kirishmali nuqsonli komplekslarning hosil boʻlish va rivojlanish mexanizmlarini eksperimental tadqiq qilish.

1. Kremniyni har xil chuqur sathli elementlar bilan legirlashning fizik-kimyoviy jihatlari va texnologik rejimlarini ishlab chiqish.

2022-yil
mart

Institut, manfaatdor oliy
taʼlim ilmiy-tadqiqot muassasalari

2. Kremniyning taqiqlangan zonasida turli elementlar hosil qiladigan chuqur sathlarning energetik spektri va elektron holatlarini aniqlash.

2022-yil
iyun

3. Amalga oshirilgan ishlar natijasida issiqlikka va radiatsiyaga va boshqa tashqi taʼsirlarga chidamli yangi yarimoʻtkazgichli materiallar ishlab chiqish.

2022-yil noyabr

12.

Muqobil energetika, elektrotexnika sanoati hamda mikroelektronika sohasi uchun zarur boʻlgan turli yarimoʻtkazgichli materiallar, strukturalarni tadqiq qilish, ular asosida yarimoʻtkazgichli asbob-uskunalarni yaratish boʻyicha fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlarni, innovatsion loyihalarni amalga oshirish.

1. Tadqiqotlar loyihasini ishlab chiqish va isteʼmolchi korxonalarning ilmiy tadqiqotlarga boʻlgan ehtiyojini aniqlash.

2022-yil fevral

Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlarini amalga oshirish uchun ajratilgan mablagʻlar

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Institut

2. Loyihalar mavzusini tanlovda eʼlon qilishga taqdim etish.

2022-yil mart

3. Tadqiqotlar mavzusini tanlovda eʼlon qilish.

Tanlov shartlariga koʻra

4. Tanlovda qatnashish uchun loyihani taqdim etish.

Tanlov eʼlon qilingach bir oy muddatda

5. Eksperimental tadqiqotlarni amalga oshirish.

Tanlov natijalariga koʻra

13.

Respublika iqtisodiyotining yetakchi tarmoqlari va sohalarida faoliyat yuritayotgan tashkilotlar bilan hamkorlikda ilmiy-tadqiqot va ishlab chiqarish muammolariga bagʻishlangan ishlarni amalga oshirish.

1. Yetakchi tarmoq va soha tashkilotlari bilan tegishli shartnomalar tuzish.

2022-yil aprel

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi, Institut, manfaatdor tashkilotlar

2. Hamkorlikda bajariladigan ishlar rejasini tuzish va tasdiqlash.

2022-yil
may

3. Respublika iqtisodiyotining yetakchi tarmoqlari va sohalarining real ehtiyojlarini hisobga olib Institut xodimlari ishtirokida ilmiy-tadqiqot va ishlab chiqarish muammolariga bagʻishlangan ishlarni bajarish.

2022-yil iyundan boshlab doimo


4. Muqobil energetika, elektrotexnika, mikroelektronika sohasi uchun tajriba namunalari, tajriba-konstruktorlik ishlanmalari, dasturiy mahsulotlarni yaratish.

2022-yil oktyabrdan boshlab

ehtiyojga muvofiq

III. Institutning moddiy-texnika, ilmiy-tadqiqot bazasini rivojlantirish, yangi ilmiy natijalarni tijoratlashtirishga koʻmaklashuvchi tuzilmalarni tashkil etish va ular faoliyatini yoʻlga qoʻyish, yosh olimlarga ijtimoiy sharoitlar yaratish

14.

Institutda “Mikroelektronika va elektrotexnika materialshunosligi” va “Muqobil energiya manbalari” laboratoriyalarini tashkil etish va jihozlash.

1. Yangi laboratoriyalar faoliyatini yoʻlga qoʻyish maqsadida Institutning yangi tahrirdagi Ustavini ishlab chiqish va davlat roʻyxatidan oʻtkazish.

2021-yil
noyabr

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,

Moliya vazirligi,

Institut

Moliya vazirligi,

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

2. “Mikroele�tronika va elektrotexnika materialshunosligi” va “Muqobil energiya manbalari” laboratoriyalariga zarur boʻlgan ilmiy asbob-uskunalar va jihozlar roʻyxatini shakllantirish va dastlabki hisob-kitoblarni amalga oshirish.

2021-yil
dekabr

3. Laboratoriyalarni jihozlash uchun zarur mablagʻ ajratish.

2022-yil yanvar

4. Zarur ilmiy asbob-uskunalar va butlovchi qismlarni belgilangan tartibda xarid qilish.

2022-yil sentyabr

5. Laboratoriyalarni jihozlash va ularning toʻlaqonli faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

2022-2023-yillar

15.

Institut moddiy-tenika bazasini mustahkamlash va ijtimoiy infratuzilmasini yaxshilash.

1. Institutning bino va inshootlarini rekonstruksiya qilish va jihozlash, yosh olimlar turar joyini barpo etish boʻyicha loyha-smeta hujjatlari hamda xarajatlar smetasini ishlab chiqish.

2021-yil
noyabr

2021 — 2023-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi mablagʻlari

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,
Iqtisodiy taraqqiyot
va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Institut

2. Institut bino va inshootlarini rekonstruksiya qilish va jihozlash ishlarini boshlash uchun mablagʻ ajratish.

2021-yil
dekabr

3. Institut bino va inshootarini rekonstrutsiya qilish ishlarini boshlash.

2022-yil
yanvar

16.

Institutning yarimoʻtkazgichlar fizikasi sohasidagi tajriba-sanoat va ishlab chiqarish infratuzilmasini yaratish.

1. Institutda yarimoʻtkazgichlar fizikasi sohasidagi oliy taʼlim muassasalariaro konstruktorlik-tajriba byurosiga ega boʻlgan Mikroelektronika ilmiy-innovatsion markazini tashkil etish boʻyicha taʼsis hujjatlarini ishlab chiqish.

2021-yil dekabr

Oʻzbekiston Milliy universitetining budjetdan tashqari mablagʻlari, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari,Vasiylik kengashi tomonidan jalb qilinadigan mablagʻalar

Vasiylik kengashi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Qurilish vazirligi, Oʻzbekiston Milliy universiteti, Institut

2. Belarus Respublikasining “Mikro-, opto-, oʻta yuqori chastotali elektronika” innovatsion-sanoat klasteri bilan hamkorlikda Markaz faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun qoʻshimcha kelishuvlarga erishish.

2022-yil fevral

3. Markaz faoliyatini yoʻlga qoʻyish, uning bino va inshootlarini barpo etish, mebel, zarur asbob-uskunalar hamda butlovchi qismlar bilan jihozlash.

2022-2023-yillar davomida

17.

Turli xil nurlanishlarning yarimoʻtkazgichli materiallar va ular asosidagi asbob-uskunalarning xususiyatlariga taʼsirini oʻrganish maqsadida Institutning
“EG-2 SOKOL elektrostatik tezlatgich” noyob ilmiy obyektini modernizatsiya qilish.

1. “EG-2 SOKOL elektrostatik tezlatgich” noyob ilmiy obyektini modernizatsiya qilish boʻyicha texnik topshiriqni ishlab chiqish.

2021-yil
noyabr

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari,

Oʻzbekiston Milliy universitetining budjetdan tashqari mablagʻlari,

Vasiylik kengashi tomonidan jalb qilinadigan mablagʻalar

Vasiylik kengashi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazir�igi, Oʻzbekiston Milliy universiteti, Institut

2. “EG-2 SOKOL elektrostatik tezlatgich” noyob ilmiy obyektini modernizatsiya qilish boʻyicha xarajatlar smetasini shakllantirish.

2021-yil
dekabr

3. “EG-2 SOKOL elektrostatik tezlatgich” noyob ilmiy obyektini modernizatsiya qilish.

2022-2023-yillar

IV. Institutning xalqaro ilmiy-texnik hamkorligini rivojlantirish, yosh olimlarning ilmiy-tadqiqot faoliyati natijadorligini faollashtirish

18.

Rossiya Federatsiyasidagi yarimoʻtkazgichlar fizikasi, muqobil eneretika, mikro va nanoelektronika yoʻnalishida ilmiy tadqiqotlarni olib boradigan oliy taʼlim muassasalari va ilmiy tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish.

1. Rossiya Federatsiyasi Ilm-fan va oliy taʼlim vazirligiga hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha takliflarni belgilangan tartibda yuborish.

2022-yil
fevral

Oʻzbekiston Milliy universitetining budjetdan tashqari mablagʻlari

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oʻzbekiston Milliy universiteti, Institut

2. Rossiya Federatsiyasi tegishli oliy taʼlim muassasalari va ilmiy tashkilotlarini aniqlash.

2022-yil mart

3. Hamkorlik oʻrnatish boʻyicha tegishli hujjatlar loyihalarini tayyorlash va koʻrib chiqish uchun Rossiya tomoniga yuborish.

2022-yil
may

19.

Yarimoʻtkazgichlar fizikasi sohasida yetakchi hisoblangan xorijiy ilmiy muassasalar bilan hamkorlikni oʻrnatish.

1. Belarus, Ukraina, Xitoy, AQSh, Janubiy Koreya, Germaniya kabi davlatlarning ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatish.

2022-yildan boshlab
doimo

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oʻzbekiston Milliy universiteti, Institut

2. Yarimoʻtkazgichlar fizikasi sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlariga yetakchi xorijiy olim va ekspertlarni jalb qilish.

2022-yil sentyabrdan boshlab doimo

3. Xorijiy ilmiy muassasalar bilan hamkorlikda ilmiy-texnik loyihalarni bajarish.

Erishilgan kelishuvlarga muvofiq

20.

Xorijiy ilmiy markazlarda mehnat qilayotgan vatandosh olimlarni Institutning tadqiqotlarida i�tirok etish uchun jalb qilish.

1. Xorijiy ilmiy markazlarda mehnat qilayotgan vatandoshlarning maʼlumotlar bazasini shakllantirish.

2022-yil
mart

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi mablagʻlari,

Vasiylik kengashi tomonidan jalb qilinadigan mablagʻalar

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi, Tashqi ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Milliy universiteti, Institut

2. Vatandosh olimlarimiz bilan doimiy asosda muzokaralar olib borilishini taʼminlash va ular ishtirokida tadqiqot ishlarining qoʻshma loyihasini tayyorlash.

2022-yil may

3. Loyihani Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va “El-yurt umidi” jamgʻarmasi bilan kelishish.

2022-yil
iyul

21.

Respublikadagi yarimoʻtkazgichlar fizikasi, muqobil energetika, mikroelektronika sohasi boʻyicha doktorlik dissertatsiyalariga ilmiy rahbarlik qilish uchun xorijiy olimlarni jalb qilish.

1. Xorijiy olimlarni jalb qilish uchun Institut va tegishli oliy taʼlim muassasalarida yarimoʻtkazgichlar fizikasi, muqobil energetika, mikroelektronika kabi sohalar boʻyicha dissertatsiyalarning ustuvor ilmiy mavzularini belgilab olish.

2022-yil
mart

Oliy taʼlim muassasalari mablagʻlari,

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi mablagʻlari

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi, Tashqi ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Milliy universiteti, Institut, manfaatdor oliy
taʼlim muassasalari

2. Ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha doktorlik dissertatsiyalariga ilmiy rahbarlik qilish uchun xorijiy olimlarni respublikaga jalb qilish mexanizmini ishlab chiqish.

2022-yil
aprel

3. Kvotalarni dastlabki rejalashtirish va ishlash sharoitlarini yaratish maqsadida yetakchi ilmiy markazlarning olimlari bilan muzokaralar olib borish.

2022-yil
may-iyun

4. Yetakchi xorijiy tashkilotlar bilan qoʻshma tadqiqotlar rejasini ishlab chiqish va shartnomalar tuzish.

2022-yil
noyabr

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi 639-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti huzuridagi Yarimoʻtkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ilmiy-tadqiqot institutining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TUZILMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodimlarning cheklangan umumiy soni (texnik foydalanish va xoʻjalik boʻlimining texnik hamda xizmat koʻrsatuvchi xodimlardan tashqari) 55 nafarni tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yordamchi xodimlar soni qonunchilik hujjatlariga muvofiq normativlar boʻyicha belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bajariladigan ilmiy-tadqiqot (fundamental, amaliy va innovatsion) ishlarning hajmidan kelib chiqqan holda ilmiy xodimlar shartnoma asosida ilmiy-texnika loyihalarini amalga oshirish uchun jalb etiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Saqlash Institutning budjetdan tashqari manbalari hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** Shtat birliklari soni mazkur qarorga 3-ilovaga muvofiq 2027-yil 1-yanvarga qadar bosqichma-bosqich maqbullashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi 639-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti huzuridagi Yarimoʻtkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ilmiy-tadqiqot institutining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan ilmiy xodimlari sonini 2027-yil 1-yanvargacha bosqichma-bosqich maqbullashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
JADVALI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Laboratoriyalar
nomi

Ilmiy xodimlar shtat birliklari
soni

2022-2023-yy.

2024 — 2026-yy.

2027-yildan boshlab

1.

Yarimoʻtkazgichlar fizikasi

7

6

2

2.

Mikroelektronika va elektrotexnika materialshunosligi

7

6

2

3.

Yarimoʻtkazgichlar mikroelektronikasi

4

4

2

4.

Muqobil energiya manbalari

5

4

2

5.

Kvant elektronikasi va lazer texnologiyalari

4

3

2

6.

Kondensatsiyalangan muhitlar fizikasi

3

3

2

7.

Qattiq jismlarning radiatsion fizikasi

4

3

2

8.

Yadro-fizikaviy tadqiqot metodlari

3

3

2

Jami:

37

32

16

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi 639-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti huzuridagi Yarimoʻtkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ilmiy-tadqiqot institutining Vasiylik kengashi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

B.A. Musayev

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari, Vasiylik kengashi raisi

2.

S.M. Buzrukxonov

Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining oʻrinbosari, Vasiylik kengashi raisi oʻrinbosari

3.

I.U. Madjidov

Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti rektori, Vasiylik kengashi raisi oʻrinbosari

4.

A.I. Axmedxadjayev

Oʻzbekiston Respublikasi energetika vazirining birinchi oʻrinbosari

5.

U.U. Sharifxodjayev

Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari

6.

A.Sh. Inoyatov

Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari

7.

J.I. Abruyev

Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining oʻrinbosari

8.

J.Sh. Egamberdiyev

Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining oʻrinbosari

9.

U.Sh. Begimkulov

Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vazirining oʻrinbosari

10.

J.T. Mirzamaxmudov

“Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi

11.

K.S. Sanakulov

“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” DK bosh direktori

12.

A.X. Xursanov

“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ boshqaruvi raisi

13.

Sh.B. Umurzakov

“Oʻzavtosanoat” AJ boshqaruvi raisi

14.

I.U. Xaydarov

“Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi boshqaruvi raisi

15.

U.M. Mustafoyev

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisi

16.

F.M. Abduraxmanov

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ boshqaruvi raisi

17.

D.D. Djamalov

“Oʻzeltexsanoat” uyushmasi boshqaruvi raisi oʻrinbosari

18.

Sh.B. Utamuradova

Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti huzuridagi Yarimoʻtkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ilmiy-tadqiqot instituti direktori

19.

O.K. Abduraxmanov

Toshkent davlat transport universiteti rektori

20.

B.Sh. Maxkamov

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori

21.

Sh.I. Otajonov

Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi boshqarmasi boshligʻi

22.

X.X. Keldiyev

“Tashelectronics” MChJ direktori

23.

N.A. Turgunov

Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston M�lliy universiteti huzuridagi Yarimoʻtkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy kotibi, Vasiylik kengashi kotibi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Vasiylik kengashi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 09/21/639/0956-son)