1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.01 Eksport;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.04.00.00 Milliy iqtisodni himoya qilish borasida davlatning chora-tadbirlari / 10.04.03.00 Eksportni qullab-quvvatlash]
[TSZ:
1.Moliya / Soliqlar (yig‘imlar, bojlar);
2.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Eksport va import]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahsulotlarni eksport qilishda tashish xarajatlarining bir qismini kompensatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-iyuldagi 393-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Eksport faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 7-maydagi PQ-4707-son qaroriga muvofiq Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasiga mahsulotlarni eksport qilishda transport xarajatlarining bir qismini kompensatsiya qilish uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan subsidiyalar taqdim etiladigan mahsulotlar ro‘yxatiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, subsidiyalar taqdim etish miqdorlarini belgilash, shuningdek, mahsulot turi, hajmi va eksport yo‘nalishiga qarab subsidiyaning qat’iy miqdorlarini belgilash vakolati berilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Mahsulotlarni eksport qilishda tashish xarajatlarining bir qismini kompensatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksport qiluvchilarga mahsulotlarni eksportga tashish xarajatlarining bir qismini kompensatsiya qilib berish shartlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kompensatsiya olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar, ularni qabul qilish, ko‘rib chiqish, kompensatsiya berish yoki rad etish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kompensatsiya miqdorini hisoblash va to‘lovni amalga oshirish tartibi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 4-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
618-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-oktabrdagi 618-son qaroriga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahsulotlarni eksport qilishda tashish xarajatlarining bir qismini kompensatsiya qilish tartibi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom eksport qiluvchi tadbirkorlik subyektlariga (ularning vakolatli vakillariga) mahsulotlarni avtomobil, temir yo‘l, havo transportida hamda pochta jo‘natmalari orqali eksport qilishda tashish xarajatlarining 50 foizigacha qismini Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan subsidiyalar hisobidan kompensatsiya qilib berish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organ — O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksport qiluvchi — mahsulotlarni xorijiy mamlakatlardagi xaridorlarga eksport shartnomalari (invoys)ga muvofiq sotuvchi, shuningdek, eksport va (yoki) vositachilik shartnomalariga binoan yuk jo‘natuvchi tadbirkorlik subyekti, shu jumladan, uning vakolatli vakili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
subsidiya — mahsulotlarni eksport qilishda tashish xarajatlarining 50 foizigacha qismini eksport qiluvchiga kompensatsiya qilib berish uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan vakolatli organga ajratiladigan mablag‘;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kompensatsiya — mahsulotlarni eksport qilishda tashish xarajatlarining 50 foizigacha qismini qoplab berish uchun ushbu Nizomda belgilangan tartibda hisoblangan, vakolatli organ tomonidan eksport qiluvchiga subsidiya hisobidan to‘lab beriladigan mablag‘;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashish xarajati — mahsulotlarni avtomobil, temir yo‘l va havo transporti (aralash yoki alohida transportda) orqali eksport qilishda eksport qiluvchi tomonidan tegishli shartnoma (invoys)larga muvofiq transport kompaniyasi va (yoki) transport-ekspeditorlik kompaniyasiga xizmatlari uchun to‘langan mablag‘, eksport qiluvchining o‘ziga tegishli avtomobil transporti orqali eksport qilishda eksport qiluvchi tomonidan mahsulotlarni tashish uchun sarflangan mablag‘, pochta jo‘natmalari orqali eksport qilishda eksport qiluvchi tomonidan pochta aloqa operatoriga xalqaro pochta jo‘natmalari uchun to‘langan mablag‘, bundan dengiz transportida tashish uchun sarflangan mablag‘lar mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulotlar — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasining (keyingi o‘rinlarda — Hukumat komissiyasi) qarorlari bilan tasdiqlangan, eksport qilishda tashish xarajatlari qisman kompensatsiya qilib beriladigan mahsulotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vositachilik shartnomasi — bir taraf (vositachi) ikkinchi taraf (komitent)ning topshirig‘i bo‘yicha o‘z nomidan, biroq komitent hisobidan eksport shartnomalari tuzish orqali komitent mahsulotlarini ma’lum bir haq evaziga eksport qilish bo‘yicha tuzilgan shartnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulotlarning kelib chiqish sertifikati — mahsulotlar O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilganligini tasdiqlovchi hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport-ekspeditorlik kompaniyasi — eksport qiluvchining mahsulotlarini avtomobil, temir yo‘l yoki havo transporti orqali eksport qilishda transport-ekspeditorlik xizmatlari ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyekti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport kompaniyasi — eksport qiluvchining mahsulotlarini avtomobil, temir yo‘l yoki havo transportida eksportga tashish xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyekti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Kompensatsiya taqdim etish shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vakolatli organ tomonidan eksport qiluvchiga kompensatsiya taqdim etilishi uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksport qiluvchi O‘zbekiston Respublikasida davlat ro‘yxatiga olingan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulotlar O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulotlar O‘zbekiston Respublikasi bilan chegaradosh bo‘lmagan davlatlarga eksport qilingan, bundan Afg‘oniston Islom Respublikasiga eksport qilingan mahsulotlar va qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan holatlar mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulotlar belgilangan tartibda eksport rejimiga joylashtirilgan, bundan 5 000 AQSH dollarigacha bo‘lgan qiymatdagi mahsulotlarning pochta jo‘natmalari orqali eksporti mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksport shartnomasi (vositachilik shartnomasi, invoys)da Inkoterms shartlari asosida mahsulotlarni yetkazib berish bo‘yicha transport xarajatlari eksport qiluvchi zimmasiga yuklangan va ushbu xarajatlar uchun to‘lovlar eksport qiluvchi tomonidan amalga oshirilgan bo‘lishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Kompensatsiya taqdim etish uchun talab etiladigan hujjatlar va ularni ko‘rib chiqish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mahsulotlarni eksport qilishda tashish xarajatlarining bir qismini kompensatsiya qilish ushbu Nizomga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tashish xarajatlari bo‘yicha kompensatsiya olish uchun eksport qiluvchi tomonidan vakolatli organga ushbu Nizomga 2-ilovadagi shaklda ariza beriladi. Bunda arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) transport vositasi orqali eksport qilinganda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksport shartnomasi (invoys) va (yoki) vositachilik shartnomasi nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona yuk deklaratsiyasi nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport kompaniyasi va (yoki) transport-ekspeditorlik kompaniyasi bilan tuzilgan shartnoma va u bo‘yicha amalga oshirilgan to‘lovlarni tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi. Eksport qiluvchi mahsulotlarni o‘ziga tegishli avtomobil transportida eksportga tashigan holatlarda tashish xarajatlari uchun sarflangan mablag‘larni tasdiqlovchi hisob-kitoblar tegishli asoslovchi hujjatlarning nusxalari bilan taqdim etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulotlar avtomobil va (yoki) temir yo‘l transportida tashilganda mahsulotlar eksportga ortilgan joydan eksport shartnomasida ko‘rsatilgan yetkazib berish joyigacha bo‘lgan avtomobil yo‘li va (yoki) temir yo‘l masofasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (avtomobilda tashishda yukxati hujjati (CMR)ning 27 — 29-bandlaridagi ma’lumotlar, temir yo‘l transportida tashishda yukxati hujjatining 22-bandidagi ma’lumotlar asosida);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulotlarning kelib chiqish sertifikati nusxasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) pochta jo‘natmalari orqali eksport qilinganda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksport qiluvchi va pochta aloqa operatori o‘rtasida tuzilgan shartnoma nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pochta xarajatlari to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pochta idorasi tomonidan beriladigan xalqaro pochta jo‘natmalari bo‘yicha hujjat nusxasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Eksport qiluvchidan ushbu Nizomning 5-bandida ko‘rsatilgan hujjatlardan boshqa hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ariza va tegishli hujjatlar vakolatli organga eksport qiluvchi tomonidan bevosita, pochta aloqasi vositalari orqali yoki elektron shaklda, shu jumladan, vakolatli organning veb-sayti orqali taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizada eksport qiluvchining elektron manzili ko‘rsatilganligi uning arizasi bo‘yicha qabul qilingan qaror haqida axborot tizimi orqali elektron shaklda xabarnoma olishga bo‘lgan roziligi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ariza va tegishli hujjatlar vakolatli organga eksport qiluvchi tomonidan bevosita taqdim etilayotganda, ushbu Nizomning 5-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar to‘liq emasligi aniqlangan holatlarda ariza va hujjatlar ko‘rib chiqish uchun qabul qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ariza va tegishli hujjatlar vakolatli organga eksport qiluvchi tomonidan pochta aloqasi vositalari orqali yoki elektron shaklda, shu jumladan, vakolatli organning veb-sayti orqali taqdim etilganda, ushbu Nizomning 5-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar to‘liq emasligi aniqlangan taqdirda, vakolatli organ uch ish kuni ichida eksport qiluvchiga yetishmagan hujjatlar bilan birga qayta murojaat qilishi haqida yozma yoki elektron shaklda xabar yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ushbu Nizomning 5-bandida qayd etilgan hujjatlar to‘liq taqdim etilgan arizalar vakolatli organ tomonidan yetti ish kuni davomida ko‘rib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Vakolatli organ eksport qiluvchi va u tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni ushbu Nizomning 3-bandidagi shartlarga muvofiqligi nuqtai nazaridan o‘rganib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Vakolatli organ eksport qiluvchi va u tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni axborot tizimlari, shu jumladan, Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimi orqali va tegishli organlarning Internet jahon axborot tarmog‘idagi ma’lumotlar bazalari yordamida hamda so‘rovnomalar yuborib, javoblar olish orqali o‘rganib chiqishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Eksport qiluvchi arizasi bo‘yicha kompensatsiya berish yuzasidan qaror (xulosa) vakolatli organ tomonidan qabul qilinadi. Bunda eksport qiluvchining arizasini ko‘rib chiqish uchun to‘lov undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Kompensatsiya taqdim etishni rad etishning asoslari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Eksport qiluvchiga kompensatsiya berishni rad etish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksport qiluvchi va u tomonidan taqdim etilgan hujjatlarning ushbu Nizomning 3-bandida belgilangan shartlarga yoki ularning biriga nomuvofiqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksport qiluvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda ushbu Nizomda belgilangan tartibda o‘rganishlar natijasida ishonchsiz va noto‘g‘ri ma’lumotlar mavjudligi yoki ma’lumotlarni buzib ko‘rsatish holatlari aniqlangan taqdirda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjeti parametrlarida tashish xarajatlarini kompensatsiya qilishga joriy yil uchun ajratilishi ko‘zda tutilgan subsidiya tugagan bo‘lsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ushbu Nizomning 14-bandida nazarda tutilmagan asoslarga ko‘ra eksport qiluvchiga kompensatsiya berish rad etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Eksport qiluvchi ushbu Nizomning 14-bandi to‘rtinchi xatboshisida keltirilgandan boshqa asoslarga ko‘ra kompensatsiya berilishini rad etish to‘g‘risida qaror (xulosa) olganda rad etish asoslarini bartaraf etgan holda vakolatli organga ariza bilan qayta murojaat qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Kompensatsiya miqdorini aniqlash va to‘lovni amalga oshirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Kompensatsiya miqdori:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) transport vositalari orqali eksport qilinganda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Eksport faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 7-maydagi PQ-4707-son qaroriga muvofiq Hukumat komissiyasi qarorlari bilan tasdiqlangan subsidiyalarning qat’iy belgilangan miqdorlari jadvali asosida mahsulot turi, hajmi va eksport yo‘nalishidan kelib chiqib hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda hisoblangan kompensatsiya miqdori eksport qiluvchi amalga oshirgan haqiqiy tashish xarajatining 50 foizidan oshib ketgan taqdirda, kompensatsiya miqdori eksport qiluvchi tashish xarajatlarining 50 foiziga teng bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biroq qonunchilik hujjatlarida o‘zgacha miqdorlar nazarda tutilmagan bo‘lsa, yuqoridagi tartibda hisoblangan kompensatsiya miqdori mahsulotlar eksport qiymatining (tashish xarajatisiz):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomobil transportida tashishda 5 foizidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Misol uchun: shaftoli mahsuloti hajmi 18 500 kg, eksport qiymati — 158 360 000 so‘m (8560 so‘m/kg), import qiluvchi davlat — Rossiya Federatsiyasi, tashish xarajati — 25 680 000 so‘m, uning 50 foizi 12 840 000 so‘m, qat’iy belgilangan subsidiya miqdori 480 so‘m/kg. Kompensatsiya miqdori: qat’iy belgilangan subsidiya miqdori bo‘yicha — 18500*480 = 8 880 000 so‘m, mahsulot eksport qiymatiga nisbatan (5 foizi) — 7 918 000 so‘m. Demak, to‘lab beriladigan kompensatsiya miqdori 7 918 000 so‘mga teng.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
temir yo‘l transportida tashishda 7 foizidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Misol uchun: quritilgan sabzavotlar hajmi 36 000 kg, eksport qiymati — 1 434 600 000 so‘m (39 850 so‘m/kg), import qiluvchi davlat — Rossiya Federatsiyasi, tashish xarajati — 64 972 160 so‘m, uning 50 foizi 32 486 080 so‘m, qat’iy belgilangan subsidiya miqdori 649 so‘m/kg. Kompensatsiya miqdori: qat’iy belgilangan subsidiya miqdori bo‘yicha — 36 000*649 = 23 364 000 so‘m, mahsulot eksport qiymatiga nisbatan (7 foizi) — 100 422 000 so‘m. Demak, to‘lab beriladigan kompensatsiya miqdori 23 364 000 so‘mga teng.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
havo transportida tashishda meva-sabzavot mahsulotlariga 15 foizidan, boshqa mahsulotlarga 6 foizidan ortib ketgan holatlarda kompensatsiya miqdori mahsulot eksport qiymatiga (tashish xarajatisiz) nisbatan ushbu belgilangan foizlardan kelib chiqib hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Misol uchun: trikotaj mahsuloti hajmi 2 461 kg, eksport qiymati — 600 484 000 so‘m (244 000 so‘m/kg), import qiluvchi davlat — Rossiya Federatsiyasi, tashish xarajati — 42 682 630 so‘m, uning 50 foizi 21 341 315 so‘m, qat’iy belgilangan subsidiya miqdori 7 250 so‘m/kg. Kompensatsiya miqdori: qat’iy belgilangan subsidiya miqdori bo‘yicha — 2461*7250 = 17 842 250 so‘m, mahsulot eksport qiymatiga nisbatan (6 foizi) — 36 029 040 so‘m. Demak, to‘lab beriladigan kompensatsiya miqdori 17 842 250 so‘mga teng.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Hukumat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatga muvofiq mahsulotlar pochta jo‘natmalari orqali eksport qilinganda pochta xarajatlarining 50 foizi, biroq, mahsulot eksport qiymatining (pochta xarajatlarisiz) qonunchilik hujjatlarida va Hukumat komissiyasi qarorlarida o‘zgacha miqdorlar nazarda tutilmagan bo‘lsa, 5 foizidan ortiq bo‘lmagan qismi vakolatli organ tomonidan belgilangan tartibda kompensatsiya qilib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Chet el valyutasida to‘lov amalga oshirilgan tashish xarajatlari uchun kompensatsiya milliy valyutada amalga oshiriladi. Chet el valyutasida to‘lov amalga oshirilgan tashish xarajatining milliy valyutadagi qiymati eksport qiluvchi tomonidan tashish xarajatlari uchun to‘lov amalga oshirilgan kunda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan tegishli valyuta kursiga asosan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Eksport qiluvchilarga tashish xarajatlari bo‘yicha kompensatsiya taqdim etish vakolatli organ tomonidan, uning buyurtmanomalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutilgan subsidiyalar doirasida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Vakolatli organ har hafta yakuni bo‘yicha keyingi haftaning birinchi ish kunida eksport qiluvchilar tomonidan taqdim etilgan arizalarni ko‘rib chiqish yakunlariga muvofiq eksport qiluvchilarga kompensatsiyalar taqdim etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘laridan subsidiyalar ajratish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga buyurtmanoma taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi vakolatli organ tomonidan taqdim etilgan buyurtmanomani olgan kundan boshlab ikki ish kuni ichida buyurtmanomada ko‘rsatilgan subsidiyani vakolatli organning maxsus shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga o‘tkazib beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda moliya yili yakuni bo‘yicha ushbu shaxsiy g‘azna hisobvarag‘ida foydalanilmay qolgan budjet mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Vakolatli organ maxsus g‘azna hisobvarag‘iga tushgan subsidiyani ikki ish kuni mobaynida vakolatli organ tomonidan kompensatsiya taqdim etilishi belgilangan tegishli eksport qiluvchilarning tijorat banklaridagi hisobvaraqlariga o‘tkazib beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Mahsulotlar konsignatsiya shartnomalari asosida eksportga chiqarilganda mazkur Nizomga muvofiq eksport qiluvchiga taqdim etilgan kompensatsiya to‘lovlari, agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulotlar uchun to‘lovlar shartnoma va qonunchilikda belgilangan muddatlarda eksport qiluvchiga tushmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulotlar sotilmasdan O‘zbekiston Respublikasiga qaytarib kelinsa O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan qarzdorlik sifatida e’tirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda eksport qiluvchi shunday holat yuz bergan kundan boshlab bir oy muddat ichida unga taqdim etilgan tegishli kompensatsiya to‘lovlarini vakolatli organga qaytarishi shart. Ushbu muddatda qaytarilmagan kompensatsiya to‘lovi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda undiruvga qaratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Kompensatsiya berilgan eksport qiluvchilarning reyestri vakolatli organ tomonidan elektron shaklda yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Eksport qiluvchi kompensatsiya taqdim etilishini rad etish to‘g‘risidagi qarordan (xulosadan) norozi bo‘lgan taqdirda, shuningdek, vakolatli organning mansabdor shaxslari harakati (harakatsizligi) ustidan belgilangan tartibda yuqori turuvchi tashkilotga yoki sudga shikoyat qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Vakolatli organga subsidiyalar ajratilishi hamda ulardan foydalanilishi ustidan nazorat qilish Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Avtomobil, temir yo‘l va havo transportida hamda pochta jo‘natmalari orqali eksport qilishda tashish xarajatlarining bir qismi kompensatsiya qilinadigan mahsulotlarning yangilangan ro‘yxati vakolatli organ tomonidan o‘z rasmiy veb-saytida e’lon qilib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahsulotlarni eksport qilishda tashish xarajatlarining bir qismini kompensatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahsulotlarni eksport qilishda tashish xarajatlarining bir qismini kompensatsiya qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza va tegishli hujjatlarni tayyorlash hamda vakolatli organ (Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligi)ga bevosita, pochta aloqasi vositalari orqali yoki elektron shaklda, shu jumladan, vakolatli organning veb-sayti orqali topshirish.
Eksport qiluvchiningixtiyoriga ko‘ra
2-bosqich
Vakolatli organ (Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligi)
Taqdim etilgan ariza va hujjatlarni ko‘rib chiqish hamda kompensatsiya taqdim etish bo‘yicha qaror (xulosa) qabul qilish:
pochta aloqasi vositalari orqali yoki elektron shaklda, shu jumladan, vakolatli organning veb-sayti orqali taqdim etilgan hujjatlar to‘liq emasligi aniqlanganda eksport qiluvchiga yetishmagan hujjatlar bilan birga qayta murojaat qilishi haqida yozma yoki elektron shaklda xabar yuborish;
Uch ish kuni mobaynida
to‘liq taqdim etilgan hujjatlar bo‘yicha tegishli qaror (xulosa) qabul qilish va eksport qiluvchini xabardor qilish.
Yetti ish kuni mobaynida
3-bosqich
Vakolatli organ (Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligi)
Subsidiya ajratish bo‘yicha buyurtmanoma tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etish.
Har hafta yakuni bo‘yicha keyingi haftaning birinchi ish kunida
4-bosqich
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligining buyurtmanomasiga muvofiq Davlat budjetidan subsidiya ajratish.
Buyurtmanoma qabul qilingan kundan boshlab ikki ish kuni mobaynida
5-bosqich
Vakolatli organ (Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligi)
Eksport qiluvchining arizasida ko‘rsatilgan bank hisobvarag‘iga kompensatsiya to‘lovini o‘tkazib berish.
Subsidiya g‘azna hisobvarag‘iga tushgan kundan boshlab ikki ish kuni mobaynida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahsulotlarni eksport qilishda tashish xarajatlarining bir qismini kompensatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligiga ____________________________________ dan
(eksport qiluvchining nomi)
Ariza
__________________________________ (eksport qiluvchining nomi) tomonidan _____________ (mamlakat nomi) davlatiga avtomobil/temir yo‘l/havo transportida /pochta jo‘natmalari orqali (tegishlisining tagiga chiziladi) eksport qilingan, umumiy qiymati AQSH dollariga teng, TIF TN kodi ______________ bo‘lgan _______________ (mahsulotning nomi) mahsulot(lar)ini eksport qilish uchun sarflangan _________________ co‘m miqdoridagi transport/pochta (tegishlisining tagiga chiziladi) xarajatining 50 foizigacha qismini O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan subsidiya hisobidan kompensatsiya qilish masalasini ko‘rib chiqishingizni va tegishli kompensatsiya to‘lovini ___________________ (tijorat bankining nomi) tijorat bankining ___________________________ (hududning nomi) filialidagi bizning ______________________ hisobvaraqqa o‘tkazib berishingizni so‘rayman.
Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
1. Transport vositasi orqali eksport qilinganda: eksport shartnomasi (invoys) va (yoki) vositachilik shartnomasi nusxasi; bojxona yuk deklaratsiyasi nusxasi; transport kompaniyasi va (yoki) transport-ekspeditorlik kompaniyasi bilan tuzilgan shartnoma va u bo‘yicha amalga oshirilgan to‘lovlarni tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi. Eksport qiluvchi mahsulotlarni o‘ziga tegishli avtomobil transportida eksportga tashigan holatlarda transport xarajatlari uchun sarflangan mablag‘larni tasdiqlovchi hisob-kitoblar tegishli asoslovchi hujjatlarning nusxalari bilan taqdim etiladi. mahsulotlar avtomobil va (yoki) temir yo‘l transportida tashilganda mahsulotlar eksportga ortilgan joydan eksport shartnomasida ko‘rsatilgan yetkazib berish joyigacha bo‘lgan avtomobil yo‘li va (yoki) temir yo‘l masofasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (avtomobilda tashishda yukxati hujjati (CMR)ning 27 — 29-bandlaridagi ma’lumotlar, temir yo‘l transportida tashishda yukxati hujjatining 22-bandidagi ma’lumotlar asosida); mahsulotlarni eksportga tashish yukxatlari nusxasi; mahsulotlarning kelib chiqish sertifikati nusxasi. 2. Pochta jo‘natmalari orqali eksport qilinganda: eksport qiluvchi va pochta aloqa operatori o‘rtasida tuzilgan shartnoma nusxasi; pochta xarajatlari to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi; pochta idorasi tomonidan beriladigan xalqaro pochta jo‘natmalari bo‘yicha hujjat nusxasi.
___________________ rahbari
_______________________
(eksport qiluvchi nomi)
(F.I.O.)
Bog‘lanish uchun telefon: +998 (___)__________
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.10.2021-y., 09/21/618/0937-son; 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son; 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)