1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.72.00 (Кучини йукотган) Oliy taʼlim (bakalavriat va magistratura);
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.77.00 (Кучини йукотган) Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim (aspirantura, adʼyunktura, doktorantura, tadqiqotchilik)]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tashkilotlarida ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimni olish hamda oʻqishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
(qarorning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-iyundagi 322-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2026-y., 09/26/322/0622-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Taʼlim toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-son Farmoniga muvofiq fuqarolarning ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlim olishi uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tashkilotlarida ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimni olish hamda oʻqishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy taʼlim tashkilotlari bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari xususiyatidan kelib chiqib, ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimni oliy taʼlim tashkilotlarida mavjud bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va taʼlim shakllarida tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlim boʻyicha qabul parametrlarini belgilash, oʻqishga kirish uchun belgilangan muddatlarda hujjatlarni Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, davlat xizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining maxsus elektron platformasi orqali qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimda oʻquv jarayonini tashkil etish, shu jumladan, oʻqish davomiyligini tegishli bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari uchun belgilangan muddatdan bir yilga kam etib belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimning bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari oʻquv rejasi va fan dasturlarini tayanch oliy taʼlim tashkilotlari tomonidan turdosh oliy taʼlim tashkilotlari bilan kelishilgan holda kadrlar buyurtmachilarining ehtiyojlaridan kelib chiqib alohida ishlab chiqish va tasdiqlash.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-iyundagi 322-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2026-y., 09/26/322/0622-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari B.A. Musayev hamda Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A.X. Toshkulov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 24-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
606-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-sentabrdagi 606-son qaroriga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tashkilotlarida ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimni olish hamda oʻqishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
(ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-iyundagi 322-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2026-y., 09/26/322/0622-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom oliy taʼlim tashkilotlarida bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimni tashkil etish hamda oʻqishga kirish uchun hujjatlarni Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP), davlat xizmatlari markazlari (keyingi oʻrinlarda — DXM) yoki Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining maxsus elektron platformasi (keyingi oʻrinlarda — maxsus platforma) orqali qabul qilish tartibini belgilaydi.
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-iyundagi 322-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2026-y., 09/26/322/0622-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy taʼlim muassasalariga hamda Toshkent davlat yuridik universitetiga nisbatan tatbiq etilmaydi.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 350-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2026-y., 09/26/350/0667-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 11-moddasiga muvofiq fuqarolar shartnoma asosida ikkinchi va undan keyingi oliy maʼlumotni olish huquqiga egadirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oliy maʼlumotga ega boʻlgan bakalavr (diplomli mutaxassis) darajasiga ega shaxslar bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimni olishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oliy taʼlim tashkilotlari tomonidan ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlim mavjud quvvatlari, moddiy-texnika bazasi, professor-oʻqituvchilari tarkibi hamda bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari xususiyatidan kelib chiqib, muayyan oliy taʼlim tashkilotida bir yil oldingi qabul parametrlarida mavjud bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va taʼlim shakllarida tashkil etiladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-iyundagi 322-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2026-y., 09/26/322/0622-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimga qabul qilishni tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlim boʻyicha qabul parametrlari oliy taʼlim tashkilotining ilmiy-pedagogik salohiyati va moddiy-texnik bazasi hisobga olingan holda oliy taʼlim tashkiloti kengashi tomonidan belgilanadi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-iyundagi 322-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2026-y., 09/26/322/0622-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Oliy taʼlim tashkilotlarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish boʻyicha davlat xizmati mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun toʻlov undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Ariza beruvchi davlat xizmatini koʻrsatish doirasida arizani koʻrib chiqish holatini YIDXP yoki maxsus platforma orqali kuzatib borishi mumkin.
(51, 52, 53-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-iyundagi 322-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2026-y., 09/26/322/0622-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oliy taʼlim tashkilotlarida tashkil etiladigan qabul komissiyalari (keyingi oʻrinlarda — qabul komissiyasi)ga ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlim qabulini amalga oshirish vazifasi yuklatiladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-iyundagi 322-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2026-y., 09/26/322/0622-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ariza beruvchi ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimga oʻqishga kirish uchun har yili 10-iyuldan 10-avgustga qadar (shu kuni ham) davlat xizmatidan foydalanish uchun YIDXP yoki maxsus platforma orqali roʻyxatdan oʻtadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-iyundagi 322-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2026-y., 09/26/322/0622-son)
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-iyundagi 322-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2026-y., 09/26/322/0622-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimga qabul qilish tartibi (kirish imtihoni shakli, baholash mezonlari, imtihon oʻtkazish muddatlari) oliy taʼlim tashkilotining xususiyatidan kelib chiqib, oliy taʼlim tashkiloti kengashi tomonidan belgilanadi va har yili 1-iyulga qadar oliy taʼlim tashkilotining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-iyundagi 322-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2026-y., 09/26/322/0622-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimga qabul qilish natijalari har yili 30-avgustga qadar oliy taʼlim tashkilotlari tomonidan eʼlon qilinadi hamda qabul natijasi toʻgʻrisida YIDXP yoki maxsus platforma orqali ariza beruvchi xabardor qilinadi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-iyundagi 322-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2026-y., 09/26/322/0622-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
101. Ariza beruvchi YIDXP, DXM yoki maxsus platforma orqali mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq Oliy taʼlim tashkilotlarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish boʻyicha soʻrovnomani (keyingi oʻrinlarda — soʻrovnoma) toʻldiradi hamda unga kiritilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshirib, soʻrovnomani tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
102. Agar soʻrovnomada notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilgan boʻlsa, ularni bartaraf etish uchun ariza beruvchiga arizani tahrirlashga qoʻshimcha imkoniyat berilishi mumkin. Bunda arizani tahrirlashning oxirgi muddati ariza qabul qilish jarayoni yakunlangunga qadar amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qabul muddati yakunlanganidan soʻng birinchi marta rad etilgan arizalarni bir ish kuni davomida tahrirlash imkoniyati beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilangan muddatda kamchiliklar bartaraf etilmaganligi davlat xizmatini koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmatini koʻrsatishni boshqa asoslar boʻyicha rad etish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
103. Ariza beruvchi davlat xizmatini koʻrsatishning har qanday bosqichida undan foydalanishdan bosh tortish huquqiga ega. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda, uning soʻrovnomasi koʻrilmasdan qoldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
104. YIDXP, DXM yoki maxsus platforma orqali murojaat qilinganda, soʻrovnoma avtomatik tarzda tegishli oliy taʼlim tashkilotiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
105. Respublikada faoliyat koʻrsatayotgan (koʻrsatgan) davlat, nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari hamda xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari filiallari (keyingi oʻrinlarda — oliy taʼlim tashkilotlari) tomonidan berilgan diplom maʼlumotlari avtomatik tarzda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining “Oliy, oʻrta maxsus va kasbiy (professional) taʼlim tashkilotlarini tugatganligi toʻgʻrisidagi diplom maʼlumotlar bazasi”dan (keyingi oʻrinlarda — “Diplom” axborot tizimi) olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli oliy taʼlim tashkiloti “Diplom” axborot tizimida diplom maʼlumotlari mavjud boʻlmagan ariza beruvchining taʼlim maʼlumotlarini ariza kelib tushgandan boshlab uch ish kuni davomida ariza beruvchining tugatgan oliy taʼlim tashkilotiga diplom maʼlumotlarini tasdiqlash uchun joʻnatadi, bunda har yili 20-avgustga qadar tegishli oliy taʼlim tashkiloti tomonidan ariza beruvchiga berilgan diplom maʼlumotlari tasdiqlab beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchi xorijiy oliy taʼlim tashkilotini tugatgan boʻlsa, uning diplom maʼlumotlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligining “Nostrifikatsiya” axborot tizimi orqali tekshirib olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli oliy taʼlim tashkiloti “Nostrifikatsiya” axborot tizimida diplom maʼlumotlari mavjud boʻlmagan ariza beruvchining taʼlim maʼlumotlarini ariza kelib tushgandan boshlab uch ish kuni davomida ariza beruvchining tugatgan oliy taʼlim tashkilotiga diplom maʼlumotlarini tasdiqlash uchun joʻnatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda xorijiy davlatlar taʼlim tashkilotlarining 1992-yil 1-yanvardan keyin berilgan diplomlari belgilangan tartibda nostrifikatsiyadan oʻtkazilgan boʻlishi lozim.
(101 — 105-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-iyundagi 322-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2026-y., 09/26/322/0622-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ikkinchi va undan keyingi taʼlimda oʻqish uchun talabalikka tavsiya etilgan shaxslar bilan oliy taʼlim tashkiloti oʻrtasida shartnoma rasmiylashtiriladi.
(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-iyundagi 322-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2026-y., 09/26/322/0622-son)
(11-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-iyundagi 322-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2026-y., 09/26/322/0622-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnoma shartlari, ularni amalga oshirish tartibi hamda tomonlarning majburiyatlari qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oliy taʼlim tashkilotlari bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari xususiyatidan kelib chiqib, ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlim uchun toʻlov-kontrakt miqdori bir talabani oʻqitish bilan bogʻliq xarajatlar miqdoridan kelib chiqib, oliy taʼlim tashkiloti kengashi tomonidan belgilanadi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-iyundagi 322-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2026-y., 09/26/322/0622-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
121. Talabalikka tavsiya etilgan ariza beruvchilar qabul komissiyasiga oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjatning asl nusxasi (yoki diplomdan koʻchirmaning asl nusxasi — oliy taʼlim tashkilotlarini davlat granti boʻyicha oʻqib tugatganlar uchun) hamda unga ilovani taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan (topshirilgan) hujjatlarning qalbakiligi aniqlansa, ariza beruvchi talabalikka qabul qilinmaydi (talabalikka qabul qilingan boʻlsa, oliy taʼlim tashkiloti talabalari safidan chetlashtiriladi) hamda bu haqda belgilangan tartibda huquqni muhofaza qiluvchi organlar xabardor qilinadi.
(121-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-iyundagi 322-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2026-y., 09/26/322/0622-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Talabalarni oʻqishga qabul qilish shartnomada belgilangan toʻlov amalga oshirilgandan soʻng, oliy taʼlim tashkiloti rektorining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-iyundagi 322-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2026-y., 09/26/322/0622-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimda oʻquv jarayonini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimda oʻqish oʻquv rejalaridagi fanlar farqidan qatʼi nazar, 2-kursdan boshlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimda oʻqish davomiyligi tegishli bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari uchun belgilangan muddatdan bir yilga kam etib belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimning bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari oʻquv rejasi va fan dasturlari tayanch oliy taʼlim tashkilotlari tomonidan turdosh oliy taʼlim tashkilotlari bilan kelishilgan holda kadrlar buyurtmachilarining ehtiyojlaridan kelib chiqib, kunduzgi taʼlim shakli uchun tasdiqlangan oʻquv reja va fan dasturlariga muvofiq holda alohida ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-iyundagi 322-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2026-y., 09/26/322/0622-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimda tahsil olayotgan talabalar oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga asosan amalga oshiriladi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-iyundagi 322-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2026-y., 09/26/322/0622-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimda tahsil olgan shaxslarga, davlat attestatsiyasi yakunlari boʻyicha, davlat namunasidagi hujjat (diplom va uning ilovasi) beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Ushbu Nizomni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
181. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda oliy taʼlim tashkilotlari oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
182. Ariza beruvchilar davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin.
(181, 182-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-iyundagi 322-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2026-y., 09/26/322/0622-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tashkilotlarida ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimni olish hamda oʻqishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim tashkilotlarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Muddatlar
1-bosqich
Ariza beruvchi
1. Oliy taʼlim tashkilotlarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimga oʻqishga kirish uchun Davlat xizmatlari markaziga (DXM) oʻzi kelgan holda murojaat etadi, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (YIDXP) yoki maxsus platformada roʻyxatdan oʻtadi.
2. YIDXP yoki maxsus platforma orqali murojaat etganda, tegishli soʻrovnomani mustaqil ravishda toʻldiradi.
Roʻyxatdan oʻtgan talabgorlarning arizalarini, maʼlumotlarini tegishli oliy taʼlim tashkilotlariga yuboradi.
10 daqiqa mobaynida avtomatik tarzda
3-bosqich
Oliy taʼlim tashkiloti
1. Ariza beruvchining diplom maʼlumotlarini tekshirib, tegishliligi boʻyicha talabgorning bakalavr diplomi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tugatgan oliy taʼlim tashkiloti tasdiqlaydi.
Har yili 20-avgustga qadar
2. Kelib tushgan arizalarni tegishligi boʻyicha qabul qiladi.
Har yili 20-avgustga qadar
3. Arizani koʻrib chiqish natijasi boʻyicha ariza beruvchining YIDXP yoki maxsus platformadagi shaxsiy kabinetiga xabar yuboriladi.
Har yili 30-avgustga qadar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tashkilotlarida ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimni olish hamda oʻqishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNA
Oliy taʼlim tashkilotlarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish boʻyicha
SOʻROVNOMA
I. Ariza beruvchi haqidagi maʼlumotlar
1.1. Familiyasi, ismi va otasining ismi (oʻzgargan boʻlsa, bu haqda maʼlumotlar koʻrsatiladi)
1.2. Pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi maʼlumotlari (seriyasi va raqami, JSHSHIR maʼlumotlari)
1.3. Fuqaroligi
1.4. Telefon raqami
1.5. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa)
II. Ariza beruvchining oʻqigan oliy taʼlim tashkiloti boʻyicha maʼlumotlar
2.1. Oʻqigan oliy taʼlim tashkilotining nomi
2.2. Oʻqigan bakalavriat taʼlim yoʻnalishi shifri va nomi
2.3. Oliy taʼlim olganligi toʻgʻrisidagi diplom maʼlumotlari Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining “Diplom” axborot tizimi orqali avtomatik shakllanadi. Ushbu tizim orqali diplom maʼlumotlari aniqlanmagan ariza beruvchilardan bakalavriat taʼlim yoʻnalishi boʻyicha oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplom va unga ilovaning nusxalari soʻraladi.
2.4. Xorijiy davlatda oliy taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatni tan olish haqidagi guvohnoma nusxasi (xorijiy oliy taʼlim tashkilotini tugatgan hamda Bilim va malakalarni baholash agentligining “Nostrifikatsiya” axborot tizimidan diplom maʼlumotlari aniqlanmagan ariza beruvchilar uchun).
III. Ariza beruvchining ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimga kirish istagini bildirgan oliy taʼlim tashkiloti
3.1. Ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimga kirish istagini bildirgan oliy taʼlim tashkilotining nomi
3.2. Taʼlim yoʻnalishi shifri va nomi
3.3. Taʼlim shakli
3.4 Taʼlim tili
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu soʻrovnomada qayd etilgan maʼlumotlarning toʻliq va haqiqiyligini hamda toʻgʻri koʻrsatilganligini tasdiqlayman.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tashkilotlarida ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimni olish tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablari bilan toʻliq tanishdim.
(1 va 2-ilovalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-iyundagi 322-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2026-y., 09/26/322/0622-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.09.2021-y., 09/21/606/0911-son; 25.06.2026-y., 09/26/322/0622-son; 01.07.2026-y., 09/26/350/0667-son)