Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Qarori
Tijorat banklari kredit siyosatiga nisbatan qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomni, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 23-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 905-7]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi va “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
Rais M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2021-yil 31-avgust,
20/8-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 31-avgustdagi 20/8-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi tomonidan 2000-yil 22-fevralda 429-son bilan tasdiqlangan Tijorat banklari kredit siyosatiga nisbatan qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 905, 2000-yil 2-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-y., 5-son).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2005-yil 12-maydagi 10/3-son “Tijorat banklari kredit siyosatiga nisbatan qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 905-1, 2005-yil 28-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 22-son, 160-modda).
3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2006-yil 26-avgustdagi 21/2-son “Tijorat banklari kredit siyosatiga nisbatan qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisida nizomga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 905-2, 2006-yil 6-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 36-son, 363-modda).
4. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2010-yil 23-oktabrdagi 34/16-son “Tijorat banklari kredit siyosatiga nisbatan qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 905-3, 2010-yil 8-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 44-45-son, 408-modda).
5. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2018-yil 14-apreldagi 14/21-son “Tijorat banklari kredit siyosatiga nisbatan qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 905-4, 2018-yil 2-may) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.05.2018-y., 10/18/905-4/1151-son).
6. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2019-yil 16-martdagi 5/24-son “Tijorat banklari kredit siyosatiga nisbatan qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 905-5, 2019-yil 14-may) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 10/19/905-5/3126-son).
7. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2019-yil 10-avgustdagi 18/6-son “Tijorat banklari kredit siyosatiga nisbatan qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 905-6, 2019-yil 29-avgust) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2019-y., 10/19/905-6/3667-son).
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.09.2021-y., 10/21/905-7/0906-son)