OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
Qarori
TIJORAT BANKLARI KREDIT SIYOSATIGA NISBATAN QOʻYILADIGAN TALABLAR TOʻGʻRISIDA NIZOMGA QOʻShIMChA KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 6-sentabrda 905-2-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 31-avgustdagi 20/8-sonli “Tijorat banklari kredit siyosatiga nisbatan koʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomni, shuningdek unga oʻzgartirish va koʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 905-7, 23.09.2021-y.) asosan 2021-yil 24-dekabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 24-iyuldagi “Yuridik shaxslar va fuqarolarning binolari hamda inshootlari bilan band boʻlgan yer uchastkalarini xususiylashtirish toʻgʻrisida” PF–3780-sonli Farmoniga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 26-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuridik shaxslar va fuqarolarning binolari hamda inshootlari bilan band boʻlgan yer uchastkalarini xususiylashtirish toʻgʻrisida” 2006-yil 24-iyuldagi PF–3780-son Farmonini amalga oshirish haqida” 147-sonli qarori 3-bandining ijrosini taʼminlash maqsadida Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi:
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kundan keyin kuchga kiritilsin.
3. Mazkur qaror kuchga kirgan kundan boshlab har bir tijorat banki bir oy muddat ichida oʻz kredit siyosatiga tegishli qoʻshimchalarni kiritsin va uni ijro etilishini taʼminlasin.
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2006-yil 26-avgust,
21/2-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 36-son, 363-modda)