17.09.2021 yildagi 578-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida hamshiralik ishi faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-fevraldagi PF-6155-son Farmoni bilan tasdiqlangan “2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sogʻliqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlarni izchil davom ettirish va tibbiyot xodimlarining salohiyatini oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish toʻgʻrisida” 2021-yil 5-maydagi PF-6221-son Farmoni ijrosini taʼminlash, shuningdek, oʻrta tibbiyot xodimlari oʻzini oʻzi band qilgan holda hamshiralik faoliyatini amalga oshirishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida” 2021-yil 3-fevraldagi PF-6155-son Farmonida “hamshiralik ishi” bilan mustaqil shugʻullanish uchun oʻrta tibbiyot mutaxassislariga oʻzini oʻzi band qilish asosida ruxsat berilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sogʻliqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlarni izchil davom ettirish va tibbiyot xodimlarining salohiyatini oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish toʻgʻrisida” 2021-yil 5-maydagi PF-6221-son Farmoni bilan hamshiralik ishi faoliyatini faqat oʻrta tibbiy yoki oliy hamshiralik ishi yoʻnalishi boʻyicha oliy maʼlumotga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining tegishli axborot tizimida 2022-yil 1-yanvardan boshlab roʻyxatdan oʻtgan shaxslar amalga oshirishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida “hamshiralik ishi” faoliyatini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida “hamshiralik ishi” faoliyati bilan shugʻullanishga oʻrta tibbiy (hamshiralik ishi, davolash ishi, akusherlik ishi) yoki oliy hamshiralik ishi boʻyicha oliy maʼlumotga ega boʻlgan, davlat yoki nodavlat tibbiyot tashkilotida ishlamaydigan shaxslarga (keyingi oʻrinlarda — hamshira) ruxsat etish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hamshira Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-dekabrdagi 806-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida faoliyatni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq maxsus mobil ilova yoki soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali yoxud davlat soliq xizmati organiga kelgan holda roʻyxatdan oʻtishi tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hamshira mustaqil hamshira maʼlumotnomasi asosida Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining hamshiraning malakasi toʻgʻrisidagi sertifikat, shuningdek, faoliyati yuzasidan choraklik hisobotlarni kiritish imkonini beruvchi hamda malakasini oshirib borish muddatlari kelganligi boʻyicha ogohlantirish tizimini qamrab oluvchi axborot dasturida roʻyxatdan oʻtib, mustaqil hamshira (keyingi oʻrinlarda — mustaqil hamshira) sifatida faoliyatini boshlashi tartibi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining hamshiraning malakasi toʻgʻrisidagi sertifikat, shuningdek, faoliyati yuzasidan choraklik hisobotlarni kiritish imkonini beruvchi hamda malakasini oshirib borish muddatlari kelganligi boʻyicha ogohlantirish tizimini qamrab oluvchi axborot dasturini (keyingi oʻrinlarda — Sogʻliqni saqlash vazirligining axborot dasturi) joriy qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sogʻliqni saqlash vazirligining axborot dasturini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda Davlat soliq qoʻmitasi rasmiy veb-saytiga joylashtirilgan axborot resursiga hamda oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarning maʼlumotlar bazasi (registri)ga integratsiya qilinishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sogʻliqni saqlash vazirligining axborot dasturini joriy qilish, keyingi kuzatuvini taʼminlash va rivojlantirish Sogʻliqni saqlash vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari, shuningdek, qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mustaqil hamshiralik bilan shugʻullanuvchi shaxslar faoliyati monitoringi Sogʻliqni saqlash vazirligining Respublika oʻrta tibbiyot va farmatsevtika xodimlari malakasini oshirish va ularni ixtisoslashtirish markazi tomonidan Sogʻliqni saqlash vazirligining axborot dasturi orqali olib boriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sogʻliqni saqlash vazirligining axborot dasturini rivojlantirish va keyingi kuzatuvini amalga oshirish Sogʻliqni saqlash vazirligining Respublika oʻrta tibbiyot va farmatsevtika xodimlari malakasini oshirish va ularni ixtisoslashtirish markazi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari B.A. Musayev va Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri A.M. Xadjibayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 17-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
578-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 578-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida “hamshiralik ishi” faoliyatini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida “hamshiralik ishi” faoliyatini amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Nizomning amal qilishi tibbiy faoliyat bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslarga tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida “hamshiralik ishi” faoliyati bilan shugʻullanishga oʻrta tibbiy (hamshiralik ishi, davolash ishi, akusherlik ishi) yoki oliy hamshiralik ishi boʻyicha oliy maʼlumotga ega boʻlgan, davlat yoki nodavlat tibbiyot tashkilotida ishlamaydigan shaxslarga (keyingi oʻrinlarda — hamshira) ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida “hamshiralik ishi” bilan shugʻullanadigan shaxslar faoliyati yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining axborot dasturi orqali Respublika oʻrta tibbiyot va farmatsevtika xodimlari malakasini oshirish va ularni ixtisoslashtirish markazi tomonidan monitoring olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida “hamshiralik ishi” faoliyatini amalga oshirishda roʻyxatdan oʻtkazish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Hamshira Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-dekabrdagi 806-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida faoliyatni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq maxsus mobil ilova yoki soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali yoxud davlat soliq xizmati organiga kelgan holda roʻyxatdan oʻtadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Hamshiraga oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtganligi toʻgʻrisida matritsali shtrix kodga (QR-kod) ega boʻlgan maʼlumotnoma (keyingi oʻrinlarda — mustaqil hamshira maʼlumotnomasi) rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Hamshira mustaqil hamshira maʼlumotnomasi asosida Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining (keyingi oʻrinlarda — Sogʻliqni saqlash vazirligi) hamshiraning malakasi toʻgʻrisidagi sertifikat, shuningdek, faoliyati yuzasidan choraklik hisobotlarni kiritish imkonini beruvchi hamda malakasini oshirib borish muddatlari kelganligi boʻyicha ogohlantirish tizimini qamrab oluvchi Sogʻliqni saqlash vazirligining axborot dasturida (keyingi oʻrinlarda — axborot dasturi) roʻyxatdan oʻtib, mustaqil hamshira (keyingi oʻrinlarda — mustaqil hamshira) sifatida faoliyatini boshlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mustaqil hamshira axborot dasturida maʼlumotlarni bevosita oʻzi kiritishi yoki tuman (shahar) koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalariga kelgan holda axborot dasturida roʻyxatdan oʻtishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mustaqil hamshira tuman (shahar) koʻp tarmoqli markaziy poliklinikasiga kelgan holda roʻyxatdan oʻtmoqchi boʻlganda unga ushbu muassasa katta hamshirasi, u boʻlmagan hollarda xodimlar boʻlimi tomonidan axborot dasturida roʻyxatdan oʻtishida amaliy yordam koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mustaqil hamshira axborot dasturida roʻyxatdan oʻtishda mazkur Nizom bilan tanishganligini tasdiqlagan holda ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq soʻrovnomadagi maʼlumotlarni kiritadi va unda soʻralgan hujjatlarning elektron shaklini yuklaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda mustaqil hamshira tomonidan faoliyati davomida hamkorlikda ishlaydigan birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasasini (koʻp tarmoqli markaziy poliklinika, oilaviy poliklinika yoki oilaviy shifokor punkti) belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Soʻrovnoma majburiy toʻldiriladigan bandlardan iborat boʻlib, ishonchli boʻlmagan yoki notoʻgʻri maʼlumotlar kiritganligi uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Soʻrovnomaga shaxsiy identifikatsiya raqami kiritilganda mustaqil hamshiraning pasport (ID-karta) maʼlumotlari, mustaqil hamshira maʼlumotnomasi va faoliyat yuritish hududi avtomatik tarzda yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Malaka toʻgʻrisidagi sertifikat boʻlishi talabi mustaqil hamshira taʼlim tashkilotini tugatganiga uch yil boʻlmagan taqdirda talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Soʻrovnoma toʻldirilganidan soʻng axborot dasturi orqali mazkur Nizomga 2-ilovada keltirilgan shaklda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligida mustaqil hamshira faoliyati bilan shugʻullanish boʻyicha roʻyxatdan oʻtganligini tasdiqlovchi matritsali shtrix kodga (QR-kod) ega boʻlgan guvohnoma (keyingi oʻrinlarda — mustaqil hamshira guvohnomasi) real vaqt rejimida avtomatik tarzda rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guvohnoma davlat tilida rasmiylashtiriladi. Shaxsning xohishiga koʻra maʼlumotnoma rus va ingliz tillarida yoki, zaruratga koʻra, boshqa tillarda rasmiylashtirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Mustaqil hamshira guvohnomasi cheklanmagan muddatga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Mustaqil hamshira guvohnomasini rasmiylashtirishda haq undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Mustaqil hamshira yashash uchun boshqa tuman (shahar)ga koʻchib oʻtganda, uning arizasiga muvofiq Respublika oʻrta tibbiyot va farmatsevtika xodimlari malakasini oshirish va ularni ixtisoslashtirish markazi tomonidan axborot dasturiga tegishli oʻzgartirishlar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Mustaqil hamshiraning huquqlari va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Mustaqil hamshira oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan tartib va yoʻriqnomalarga muvofiq amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Mustaqil hamshira ushbu Nizomga 3-ilovada koʻrsatilgan roʻyxatga muvofiq shifokorning koʻrsatmasisiz aholiga mustaqil tibbiy maslahat va muolajalarni bajarish, shuningdek, mazkur Nizomga 4-ilovada koʻrsatilgan roʻyxatga muvofiq shifokor tavsiyasi (koʻrsatmasi) asosida aholiga tibbiy maslahat va muolajalarni bajarish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Mustaqil hamshira:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mustaqil hamshiralik faoliyati bilan axborot dasturida mustaqil hamshira guvohnomasi rasmiylashtirilgandan soʻng shugʻullanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq shaklda faoliyati davomida aholiga koʻrsatayotgan tibbiy maslahat va muolajalar boʻyicha hisobot jurnalini yuritishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizomga 6-ilovaga muvofiq shaklda har chorak yakunida keyingi oyning 5-kuniga qadar aholiga koʻrsatilgan tibbiy maslahat va muolajalar toʻgʻrisidagi hisobotni axborot dasturiga kiritishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shifokor tavsiyasi (koʻrsatmasi) asosida aholiga koʻrsatilgan tibbiy maslahat va muolajalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan shakldagi shifokor yozma tavsiyasini hisobot jurnalida saqlab qolishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shoshilinch tibbiy yordamga muhtoj bemorga dastlabki hamshiralik yordamini koʻrsatishi va shoshilinch tibbiy yordam holati boʻyicha tegishli birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasasiga axborot berishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shoshilinch tibbiy yordamga muhtoj boʻlish holati boshqa shaxs tomonidan yetkazilgan tan jarohati, yoʻl-transport hodisasi natijasida yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarni xabardor etishni taqozo etadigan boshqa holatlar mavjud boʻlganda mustaqil hamshira ushbu holat toʻgʻrisida huquqni muhofaza qiluvchi organlarni xabardor etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan tartibda dastlabki va vaqti-vaqti bilan tibbiy koʻrikdan oʻtishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Mustaqil hamshiraga sterilizatsiya qilinishi talab etiladigan tibbiy jihozlardan foydalangan holda aholiga tibbiy muolajalarni bajarishiga hamda dori vositasi qabul qilishda nojoʻya taʼsir holatini aniqlash maqsadida qoʻyilgan sinama holatini baholashga ruxsat etilmaydi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Mustaqil hamshiraning birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasasi bilan hamkorligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Mustaqil hamshira axborot dasturida roʻyxatdan oʻtganligini tasdiqlovchi mustaqil hamshira guvohnomasi bilan bir hafta muddatda faoliyat boshlash uchun guvohnomada koʻrsatilgan birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasasiga kelib guvohnomaning nusxasini taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Mustaqil hamshiraning birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasasi bilan hamkorligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mustaqil hamshira tomonidan aholiga koʻrsatilayotgan tibbiy maslahat va muolajalar hududda koʻrsatilgan tibbiy xizmatlar qatorida qayd etilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasasi tomonidan mustaqil hamshiraga ushbu xizmatga ehtiyoji boʻlgan oilalar toʻgʻrisida maʼlumot berilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mustaqil hamshira xizmat koʻrsatayotgan oilalarning birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasasidagi tibbiy maʼlumotlaridan foydalanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bemorning soʻroviga muvofiq mustaqil hamshira tomonidan aholiga koʻrsatilayotgan tibbiy maslahat va muolajalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasasida saqlanayotgan tibbiy hujjatlarga kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mustaqil hamshiraning faoliyatida yuzaga kelgan savollariga javob berish, uni sohadagi yangiliklardan xabardor etib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mustaqil hamshira faoliyati yuzasidan murojaatlarni oʻrganish orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) bosh shifokori mustaqil hamshira tomonidan aholiga koʻrsatilayotgan tibbiy maslahat va muolajalar davomida yuzaga kelgan holat yoki masalalar yuzasidan koʻrsatmalar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) katta hamshirasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mustaqil hamshiraning muassasa tibbiyot xodimlari bilan uzviy hamkorlikdagi faoliyatini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mustaqil hamshira shifokor tavsiyasiga (koʻrsatmasiga) muvofiq amalga oshiradigan tibbiy maslahat va muolajalar toʻgʻrisida maʼlumot beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Mustaqil hamshira tomonidan aholiga koʻrsatilgan tibbiy maslahat va muolajalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar tegishli hudud patronaj hamshirasi tomonidan patronaj xizmati sifatida roʻyxatga olinadi. Bunda patronaj xizmati mustaqil hamshira tomonidan amalga oshirilganligi qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Mustaqil hamshiraning javobgarligi va roʻyxatdan chiqarish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Mustaqil hamshira faoliyatni amalga oshirishdagi harakatlari (harakatsizligi) uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Mustaqil hamshira faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan aholi murojaatlari tegishli tuman (shahar) koʻp tarmoqli markaziy poliklinikasi tomonidan oʻrganiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Ushbu Nizomning 17 — 20-bandlari talablari buzilganligi aniqlangan hollarda tegishli tuman (shahar) koʻp tarmoqli markaziy poliklinikasi bosh shifokori hamshirani mazkur Nizomning buzilgan tegishli bandini aniq koʻrsatgan holda yozma ravishda ogohlantiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Quyidagilar mustaqil hamshira guvohnomasini bekor qilishga asos boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mustaqil hamshira faoliyatini oʻz xohishiga koʻra toʻxtatishi toʻgʻrisida tegishli tuman (shahar) koʻp tarmoqli markaziy poliklinikasiga murojaat qilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mustaqil hamshira shifokor tavsiyasi (koʻrsatmasi) asosida aholiga tibbiy maslahat va muolajalarni bajarish boʻyicha belgilangan tartibga rioya etmagan hollarda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mustaqil hamshira belgilangan muddatlarda malaka oshirish talablarini bajarmagan hollarda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizomning 17 — 20-bandlari boʻyicha bir yil ichida tegishli tuman (shahar) koʻp tarmoqli markaziy poliklinikasi tomonidan uch marotaba ogohlantirilganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Mustaqil hamshira guvohnomasini bekor qilish tuman (shahar) koʻp tarmoqli markaziy poliklinikasi bosh shifokorining Respublika oʻrta tibbiyot va farmatsevtika xodimlari malakasini oshirish va ularni ixtisoslashtirish markaziga mustaqil hamshiraga berilgan guvohnomani bekor qilish boʻyicha sababi aniq koʻrsatilgan murojaati asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Tuman (shahar) koʻp tarmoqli markaziy poliklinikasining murojaati asosli deb topilgan taqdirda Respublika oʻrta tibbiyot va farmatsevtika xodimlari malakasini oshirish va ularni ixtisoslashtirish markazi tomonidan mustaqil hamshira guvohnomasi bekor qilinadi va uch kun muddatda tegishli tuman (shahar) koʻp tarmoqli markaziy poliklinikasiga bu haqida maʼlumot yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda mustaqil hamshira guvohnomasini bekor qilish axborot dasturida mustaqil hamshirani roʻyxatdan chiqarish orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Tuman (shahar) koʻp tarmoqli markaziy poliklinikasi bosh shifokori tomonidan tegishli hamshira mustaqil hamshira guvohnomasi bekor qilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot bilan besh kun muddatda yozma ravishda ogohlantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Mustaqil hamshira guvohnomasi bekor qilingan shaxs ushbu qarordan norozi boʻlgan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga yoki sudga murojaat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika oʻrta tibbiyot va farmatsevtika xodimlari malakasini oshirish va ularni ixtisoslashtirish markazining mustaqil hamshira guvohnomasini bekor qilish toʻgʻrisidagi qarori yuzasidan sudga ariza berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud tomonidan guvohnomani bekor qilish haqidagi qaror asossiz deb topilgan taqdirda, Respublika oʻrta tibbiyot va farmatsevtika xodimlari malakasini oshirish va ularni ixtisoslashtirish markazi mustaqil hamshira oldida unga yetkazilgan zarar miqdorida javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Respublika oʻrta tibbiyot va farmatsevtika xodimlari malakasini oshirish va ularni ixtisoslashtirish markazining mustaqil hamshira guvohnomasi bekor qilinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot tegishli hududdagi davlat soliq xizmati organi tomonidan mustaqil hamshira maʼlumotnomasini bekor qilishga asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Mustaqil hamshira guvohnomasi bekor qilingan hamshira tomonidan mustaqil hamshiralik faoliyati bilan shugʻullanish noqonuniy faoliyat sifatida baholanib, qonunchilik hujjatlarida belgilangan javobgarlikka sabab boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Mustaqil hamshira guvohnomasi bekor qilingan hamshira tomonidan belgilangan tartibda malakasini oshirgandan soʻng (soʻnggi malaka oshirganligi muddatidan qatʼi nazar) belgilangan tartibda mustaqil hamshira maʼlumotnomasi va guvohnomasi rasmiylashtirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida “hamshiralik ishi” faoliyatini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtgan
‎hamshira tomonidan Sogʻliqni saqlash vazirligi
‎axborot dasturida roʻyxatdan oʻtish
‎SOʻROVNOMASI SHAKLI

Quyidagi maʼlumotlarni kiriting:
1. Oʻzini oʻzi hamshiralik ishi faoliyati bilan band qilgan shaxsning:
shaxsiy identifikatsiya raqami (SHSHIR) _________, yoki
elektron raqamli imzo (ERI) _________.
a) oliy

b) oʻrta maxsus
3. Tibbiy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplomning elektron shakli.
Diplom berilgan oʻquv muassasasi nomi _________________________________________
Diplom raqami ________________ berilgan sanasi _______________________________
4. Soʻnggi uch yil ichida malaka oshirganlikni tasdiqlovchi malaka oshirish toʻgʻrisidagi sertifikatning elektron shakli:
Sertifikat berilgan oʻquv muassasasi nomi ______________________________________
Sertifikat raqami _____________ berilgan sanasi _______________________________
5. Hamkorlikda ishlaydigan birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasasi:
a) koʻp tarmoqli markaziy poliklinika nomi _____________________________________
b) oilaviy poliklinika nomi _________________________________________________
v) oilaviy shifokor punkti nomi ______________________________________________
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Soʻrovnoma bandlari majburiy toʻldiriladi va soʻralgan hujjatlarning elektron shakli yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida “hamshiralik ishi” faoliyatini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Sogʻliqni saqlash vazirligi axborot dasturida Sogʻliqni saqlash
‎vazirligida mustaqil hamshira faoliyati bilan shugʻullanish boʻyicha
‎roʻyxatdan oʻtganligini tasdiqlovchi
‎GUVOHNOMA
__-son

______________________________________________________________________________

(jismoniy shaxsning toʻliq familiyasi, ismi, otasining ismi (mavjud boʻlganda))

oʻzini oʻzi band qilgan “hamshiralik ishi” faoliyatini amalga oshiruvchi hamshira sifatida 20__ yil “___” ________da roʻyxatga olindi.

Faoliyatni amalga oshirish manzili:
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent sh., viloyat: __________________________
2. Tuman (shahar): ________________________________________________________
3. Hudud:_______________________________________________________________
Hamkorlikda ishlaydigan birlamchi tibbiyot tashkiloti:_________________________
‎______________________________________________________________________

QR-kod‏

Ushbu maʼlumotnoma axborot tizimining yagona reyestridagi maʼlumotlar asosida shakllantirilgan elektron hujjatning nusxasidir.

QR-kodni mobil qurilma orqali skaner qilib maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshirib koʻrish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida “hamshiralik ishi” faoliyatini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mustaqil hamshira shifokorning koʻrsatmasisiz bajarishi mumkin boʻlgan tibbiy maslahat va muolajalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tadbir nomi

I. Profilaktik tadbirlar

1.

Hududlarda sogʻlom turmush tarzi boʻyicha tushuntirish ishlarini olib borish

2.

Oilalarda sogʻlom turmush tarzi boʻyicha suhbatlar oʻtkazish

3.

Jamoa oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi yuzasidan tadbirlar tashkil etish

4.

Hudud oilalarida tibbiy madaniyatni oshirishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish

5.

Salomatlik koʻrsatkichini (indeksi) aniqlash

6.

Aholi oʻrtasida maqsadli guruhlar (homiladorlar, 0 — 5 yoshgacha bolalar va boshqa) tashkil etish va ular bilan ishlashda standartlar va algoritmlardan foydalanish

7.

Turli yoshdagi aholi oʻrtasida toʻgʻri ovqatlanish boʻyicha maslahatlar berish

8.

Kasallik turiga qarab parhez taomlar boʻyicha maslahatlar berish

9.

Yuqumli kasalliklarning oldini olish maqsadida suhbatlar oʻtkazish

10.

Yuqumli boʻlmagan kasalliklar va asoratlarning oldini olish

11.

Gigiyenik tarbiya

12.

Jismoniy mashqlarni bajarish xamda nafas mashqlarini bajarishda yoʻl-yoʻriq koʻrsatish

13.

Jarohatga infeksiya tushishining oldini olish

14.

Kasallikka olib keluvchi xavfli omillarni aniqlash va ularni korreksiya qilish boʻyicha maslahatlar berish

II. Diagnostik tadbirlar

15.

Bemor shikoyatlari asosida anamnez yigʻish

16.

Antropometrik oʻlchovlar oʻtkazish

17.

Qon bosimini oʻlchash

18.

Pulsni sanash va uni baholash

19.

Nafas olish tezligini sanash

20.

Tana haroratini oʻlchash

21.

Pulsoksimetriya oʻtkazish

22.

Pikfloumetriya oʻtkazish

23.

Fonendoskop yordamida oʻpkaning faoliyatini eshitish

24.

Nafas olish tiplarini aniqlash

25.

EKGni standart usulida olish

26.

Yurak tonlarini fonendoskop yordamida eshitish

27.

Koʻz qorachigʻi refleksini aniqlash

28.

Periferik limfa tugunlarini paypaslash va baholash

29.

Glyukometriya oʻtkazish (qondagi qand miqdorini aniqlash)

30.

Peshobda oʻt pigmentlarini aniqlash

31.

Najas xarakterini aniqlash

32.

Inson salomatligi buzilishi holatlarini aniqlash va shifokorga yoʻnaltirish

III. Hamshiralik parvarishi

a) Bolalar parvarishi (neonatal,chaqaloq, bolalik davrlarda)

33.

Yuqori nafas yoʻllarini shilimshiqlardan tozalash

34.

Kindik qoldigʻini parvarishlash

35.

Teri va shilliq qavatlarni tozalash va parvarishlash

36.

Chaqaloqlarda gigiyenik vanna oʻtkazish

37.

Namlangan kislorod berish

38.

Bolaning boʻyi, vazni, bosh aylanasi va koʻkrak aylanasini oʻlchash va onaga bolaning oʻsish va rivojlanishi boʻyicha maslahatlar berish

39.

Bolani koʻkrakka tutishni onaga oʻrgatish

40

Bola uchun qoʻshimcha ovqatlar tayyorlashni onaga oʻrgatish

41.

Bolaning quloq, koʻz, ogʻiz boʻshligʻi va tabiiy burmalarini parvarish qilish va parvarish boʻyicha onaga maslahatlar berish

42.

Konstitutsion anomaliyalarda teri va shilliq qavatlarni parvarishlash

43.

Bolalarda psixomotor rivojlanishni baholash va onaga maslahat berish

44.

Bolaga xavfsiz muhitni yaratish boʻyicha onaga maslahat berish

45.

Bolani choʻmiltirishni onaga oʻrgatish

46.

Bolada zararli odatlar bilan bogʻliq buzilishlarning oldini olish boʻyicha onaga maslahat berish

47.

Bemor bolani parhez ovqatlantirish boʻyicha onaga maslahatlar berish

48.

Eksikoz belgilarini aniqlash

49.

Gaz chiqaruvchi naycha qoʻyish

50.

Quloqni pilik bilan quritish

51.

Oyoqlarga vanna qilish

52.

Xavfsiz immunizatsiya uchun tavsiyalar berish

53.

Oʻsmir yoshdagi bolalarda jinsiy yetilish davrida hamshira maslahatini berish (xayiz sikli, davomiyligi, balogʻat davri gigiyenasi)

b) Homilador ayollar parvarishi

54.

Homiladorlikda boʻladigan xavfli belgilar aniqlanganda yordam berish

55.

Homilador ayollar uchun foydali tavsiyalar berish (homilador ayol gigiyenasi, kiyinish madaniyati, toʻgʻri ovqatlanish, dam olish va uyqu)

56.

Homiladorlikni rejalashtirish boʻyicha ayollarga maslahat berish

57.

Homilador ayolga xavfli belgilari toʻgʻrisida maʼlumot berish

58.

Homiladorlikning I, II, III trimestrlarida uchraydigan xavfli belgilarning oldini olish boʻyicha maslahatlar berish

59.

Homiladorlik davrida zararli odatlarning oldini olish

60.

Homiladorlik davrida depressiya aniqlanganda yordam berish

61.

Qorin aylanasini oʻlchash va vaznni oʻlchash

62.

Homila gipoksiyasi profilaktikasi boʻyicha tavsiya berish

63.

Homilador ayollarga namlangan kislorod berish

v) Tuqqan va chilla davridagi ayollarni parvarish qilish

64.

Bola va chilla davridagi ayolning hayotiga xavf soluvchi belgilarni aniqlash va yordam koʻrsatish

65.

Kesarcha kesish amaliyotini oʻtkazgan ayolda choklarning bitishini baholash va parvarish qilish

g) Kattalarni parvarish qilish

66.

Obyektiv tekshirish usullarini oʻtkazish va parvarish qilish (bemorni koʻzdan kechirish, nafas olish tezligini aniqlash, pulsni sanash, tana haroratini va qon bosimini oʻlchash)

67.

Oddiy fizioterapevtik muolajalarni bajarish (ingalyatsiya qilish, oyoq vannalarini oʻtkazish, xantal va muzli xaltacha qoʻyish)

68.

Balgʻam yaxshi ajralishi uchun drenaj holatini yaratish

69.

Nafas mashqlarini bajarish, nebulayzerni qoʻllash

70.

Antiseptiklar bilan jarohatni tozalash

71.

Shikastlanishlarda bemorlarni parvarish qilish

IV. Shifokorgacha shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish

72.

Bosh-miya shikastlanishida bemor holatini baholab shifokorgacha yordam koʻrsatish

73.

Yumshoq toʻqimalar shikastlanishi, suyaklarning chiqishi va sinishida birinchi tibbiy yordam koʻrsatish

74.

Shikastlanishlarda shifokorgacha tibbiy yordam koʻrsatish

75.

Kuyganda, sovuq olganda va elektrdan shikastlanishda shifokorgacha tibbiy yordam koʻrsatish

76.

Koʻcha transporti jarohatida immobilizatsiya qilish

77.

Muzli xaltachadan foydalanish

78.

Homiladorlik va tugʻruqdan keyingi davrda ayollarda zudlik bilan tibbiy yordamni talab qiluvchi xavfli belgilarni (qindan qon ketish, kuchli va davomli qayt qilish, koʻrish qobiliyati buzilish, isitma, kuchli qorin ogʻrigʻi, peshob ajratish paytida ogʻriq yoki achishish, beldagi ogʻriqlar, oyoq, qoʻl, yuzning shishib ketishi, koʻkrak sohasida ogʻriq, yoʻtal yoki nafas siqishi, boʻgʻilish, koʻkrak bezida ogʻriqlar yoki qizarishlar, koʻkrak uchidagi yorilishlar, tez charchash, hansirash, kuchsizlik belgilari, gipertermiya, arterial bosimning ortishi, boʻgʻilish xuruji, laringospazm, talvasa, eksikoz va toksikoz, hushdan ketish, kollaps va shok) aniqlash va shifokorga yoʻnaltirish

79.

YUIK stenokardiya xurujida, oʻtkir miokard infarktida shoshilinch yordam koʻrsatish

80.

Gipertoniya krizida shoshilinch yordam koʻrsatish

81.

Oʻpkadan, meʼda va ichaklardan qon ketgan holatlarda shoshilinch yordam koʻrsatish

82.

Bemor qusganda birinchi yordam koʻrsatish

83.

Oʻtkir qorin ogʻrigʻida birinchi yordam koʻrsatish

84.

Oʻtkir allergik reaksiyalarda (Kvinke shishi, eshakem va anafilaktik shokda) shoshilinch yordam koʻrsatish

85.

Jarohatlanishda (sinish, chiqish, lat yeganda) shoshilinch yordam koʻrsatish

86.

Oftob, sovuq urishi, suvga choʻkkanda, hashorotlar va ilon chaqqanda birinchi yordam koʻrsatish

87.

Zaharlanishda shoshilinch yordam koʻrsatish

88.

Qusganda shoshilinch yordam koʻrsatish

89.

Klinik oʻlimda oʻpka-yurak reanimatsiyasini oʻtkazish

91.

Gipertermiya va talvasa holatlarida yordam berish

V. Palliativ yordam koʻrsatish

92.

Bemor ehtiyojlari asosida hamshira parvarish rejasini tuzish

93.

Ovqatlantirish (tabiiy va zond orqali)

94.

Bemor shaxsiy gigiyenasi (teri qoplami, shilliq qavatlar, koʻz, quloq, soch, oyoq-qoʻl tirnoqlari parvarishi, oʻrin-koʻrpa oqliqlari va kiyimlarni almashtirish, yotoq yaralarining oldini olish)

95.

Bemor harakatlanishida yordam koʻrsatish (aravacha, yurish moslamalaridan foydalanish, yiqilish, jarohatlanishning oldini olish)

96.

Bemorning uxlashi va dam olishiga koʻmaklashish (xonani toza havo bilan taʼminlash, tinchlik saqlash)

97.

Nafas olishni taʼminlash (bemor mustaqil nafas olmasa, sunʼiy nafas berish, oksigenoterapiya)

98.

Bemor holatini baholash

99.

Fiziologik funksiyaning buzilishi xollarida (qabziyat, diareya) hamshiralik parvarishini amalga oshirish

100.

Bemor va uning yaqinlariga psixologik yordam koʻrsatish

101.

Stomalar, endotraxeal trubka, kateterlar, drenajlarni nazorat va parvarish qilish

102.

Hayotdan koʻz yumayotgan bemor va uning oila aʼzolarini ruhiy tomondan qoʻllab-quvvatlash

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida “hamshiralik ishi” faoliyatini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mustaqil hamshira shifokor tavsiyasi (koʻrsatmasi) asosida bajarishi mumkin boʻlgan tibbiy maslahat va muolajalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tadbir nomi

I. Diagnostik tadbirlar

1.

Koʻrish aʼzolari va koʻrish funksiyasining noinvaziv tekshiruvlarini oʻtkazish

2.

Eshitish aʼzolari va eshitish funksiyasi noinvaziv tekshiruvlarini oʻtkazish

3.

Nerv sistemasi funksiyasini tekshirish (sezuvchanlik va harakatni)

4.

Funksional tekshiruvlar oʻtkazish (elektrokardiografiya, qon bosimining kunlik monitoringi, spirografiya, pnevmotaxometriya, pikfluometriya, reoensefalografiya, elektroensefalografiya va boshqalar)

II. Inyeksiyalar

5.

Teri ostiga (insulin, geparin yuborish)

6.

Teri ichiga

7.

Mushak orasiga

8.

Vena ichiga

9.

Tomchilab quyish

III. Muolajalar

10.

Ichishga dori berish

11.

Ingalyatorlardan foydalanish

12.

Malham surtish

13.

Sublingval dori berish

14.

Bemorlarni sunʼiy ovqatlantirish ( rektal, zond va stoma orqali)

15.

Qovuqqa kateter qoʻyish

16.

Bogʻlamlar qoʻyish

17.

Kompresslar qoʻyish

18.

Zuluk quyish

19.

Muzli xaltacha yoki grelka qoʻyish

20.

Koʻz, burun va quloqqa dori tomizish

21.

Tozalovchi va davolash hoʻqnalarini oʻtkazish

22.

Ortopedik jihozlarni qoʻllash

23.

Tibbiy massaj oʻtkazish

24.

Davolovchi gimnastika oʻtkazish

25.

Qandli diabetli bemorlarda oyoq parvarishi

26.

Tinch holatda va jismoniy mashqdan soʻng nafas tezligini aniqlash

27.

Najasni koprologik tekshiruv uchun olish

28.

Koʻruv oʻtkirligini Sivsev jadvali yordamida aniqlash

29.

Umumiy tahlil uchun siydik yigʻish

30.

Tomoqni antiseptik eritmalar bilan chayish

31.

Quloqqa isituvchi kompress qoʻyish

32.

Xavfsiz vositalar bilan tomoqni yumshatib, yoʻtalni yengillashtirish

33.

Choʻntak ingalyatoridan foydalanish

34.

Traxeostomik naychaga va uning atrofidagi teriga ishlov berish

35.

Yotoq yaralarni parvarishlash

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida “hamshiralik ishi” faoliyatini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mustaqil hamshiraning faoliyati davomida aholiga koʻrsatayotgan tibbiy maslahat va muolajalar boʻyicha hisobot
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
JURNALI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Bemorning F.I.O. yoshi

Murojaat sanasi va vaqti

Manzili

Tavsiya (koʻrsatma) bergan shifokorning F.I.O.

Bemorga qoʻyilgan tashxis
(hamshira mustaqil bajarganda qator boʻsh qoldiriladi)

Muolaja nomi

Sogʻlom turmush tarzi boʻyicha tadbirlar

Boshqalar

1.

2.

3.

...

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida “hamshiralik ishi” faoliyatini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
6-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mustaqil hamshira tomonidan Sogʻliqni saqlash vazirligi axborot dasturiga kiritiladigan chorak davomida aholiga koʻrsatilgan tibbiy maslahat va muolajalar toʻgʻrisidagi hisobot
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SHAKLI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш


1.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat yoki Toshkent shahar:__________________

2. Tuman (shahar): ________________________________________________________

3. Hudud: _______________________________________________________________

4. Ruxsatnoma raqami va sanasi: ___________________________________________

5. Hamshiraning F.I.O. __________________________________________________

T/r

Hisobot nomi

choraklar

jami

I

II

III

IV

1.

Bemorlar soni

2.

Murojaatlar soni

Hamshiraning oʻzi mustaqil amalga oshirgan muolajalar va tadbirlar

3.1

Profilaktik tadbirlar

3.2

Diagnostik tadbirlar

3.3

Hamshiralik parvarishi

3.4

Shoshilinch tibbiy yordam

3.5

Palliativ tibbiy yordam

3.6

Sogʻlom turmush tarzi boʻyicha tadbirlar

3.7

Boshqalar

3.8

Jami

Shifokor tavsiyasi bilan amalga oshirilgan muolajalar

4.1

Profilaktik tadbirlar

4.2

Diagnostik tadbirlar

4.3

Hamshiralik parvarishi

4.4

Inyeksiyalar

4.5

Muolajalar jami

Shundan: tibbiy massaj

davolovchi gimnastika

4.6

Shoshilinch tibbiy yordam

4.7

Palliativ tibbiy yordam

4.8

Sogʻlom turmush tarzi boʻyicha tadbirlar

4.9

Boshqalar

4.10

Jami

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.09.2021-y., 09/21/578/0885-son; 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)