Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi direktorining
buyrugʻi
Mulkchilik shakllaridan qatʼiy nazar korxonalar, muassasalar, tashkilotlarining doimiy harakatdagi Ekspert komissiya (EK)si toʻgʻrisida namunaviy nizom, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 11-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 897-3]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-avgustdagi 538-son “Davlat organlari va tashkilotlarining arxiv ishi va ish yuritish sohasidagi ekspert komissiyalari toʻgʻrisidagi namunaviy nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Direktor U. YUSUPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 6-sentabr,
316-son
Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi direktorining 2021-yil 6-sentabrdagi 316-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh arxiv boshqarmasining 2000-yil 11-fevraldagi 4-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan Mulkchilik shakllaridan qatʼiy nazar korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning doimiy harakatdagi Ekspert komissiya (EK)si toʻgʻrisida namunaviy nizom (roʻyxat raqami 897, 2000-yil 21-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-y., 4-son).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi bosh direktorining 2008-yil 9-apreldagi 9-son “Mulkchilik shakllaridan qatʼiy nazar korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning doimiy harakatdagi Ekspert komissiyasi (EK) toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga oʻzgartirish kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 897-1, 2008-yil 23-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 17-son, 140-modda).
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi bosh direktorining 2010-yil 16-iyuldagi 43-son “Mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar korxona, muassasa, tashkilotning doimiy harakatdagi Ekspert komissiyasi (EK) toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 897-2, 2010-yil 2-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 31-son, 266-modda).
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.09.2021-y., 10/21/897-3/0867-son)