OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI “OʻZARXIV” AGENTLIGI BOSh DIREKTORINING
buyrugʻi
MULKChILIK ShAKLIDAN QATʼI NAZAR KORXONA, MUASSASA, TAShKILOTNING DOIMIY HARAKATDAGI EKSPERT KOMISSIYASI (EK) TOʻGʻRISIDAGI NAMUNAVIY NIZOMGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 2-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 897-2]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi direktorining 2021-yil 6-sentabrdagi 316-sonli “Mulkchilik shakllaridan qatʼiy nazar korxonalar, muassasalar, tashkilotlarining doimiy harakatdagi Ekspert komissiya (EK)si toʻgʻrisida namunaviy nizom, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 897-3, 11.09.2021-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Arxiv ishi toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 24-25-son, 192-modda) muvofiq buyuraman:
1. Mulkchilik shaklidan qatʼi nazar korxona, muassasa, tashkilotning doimiy harakatdagi Ekspert komissiyasi (EK) toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga (roʻyxat raqami 897, 2000-yil 21-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi 2000-y., 4-son) ilovaga* muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
*Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Ushbu buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Bosh direktor A. ABDULLAYEV
Toshkent sh.,
2010-yil 16-iyul,
43-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 31-son, 266-modda)