31.07.2021 yildagi SQ-360-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 29.05.2023 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining namunaviy reglamenti hamda Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining doimiy komissiyalari toʻgʻrisidagi namunaviy nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlariga kiritilgan oʻzgartish va qoʻshimchalarni, mamlakatimizda olib borilayotgan siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar natijasida davlat boshqaruvi sohasidagi tarkibiy oʻzgarishlarni inobatga olgan holda, shuningdek, mahalliy vakillik organlari faoliyati samaradorligini oshirishga koʻmaklashish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining namunaviy reglamenti 1-ilovaga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining doimiy komissiyalari toʻgʻrisidagi namunaviy nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Xalq deputatlari viloyatlar, tumanlar, shaharlar Kengashlariga oʻn kunlik muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalq deputatlari viloyat, tuman shahar Kengashlarining reglamentlari va doimiy komissiyalari toʻgʻrisidagi nizomlarni Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining namunaviy reglamenti hamda Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining doimiy komissiyalari toʻgʻrisidagi namunaviy nizomda bayon etilgan qoidalar asosida qayta koʻrib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nizomlarga kiritilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar asosida xalq deputatlari mahalliy Kengashlari doimiy komissiyalari tarkibini qayta shakllantirish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qoʻmitalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining tegishli doimiy komissiyalari bilan hamkorlikda ishlarni kuchaytirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
doimiy komissiyalar vakolati va vazifalaridan kelib chiqib, ularning faoliyat samaradorligini oshirish maqsadida har chorakda kamida bir marotaba doimiy komissiya aʼzolari uchun amaliy seminarlar tashkil etishni yoʻlga qoʻysin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Senat qoʻmitalari tomonidan hududlarda amalga oshiriladigan nazorat tadbirlari hamda oʻrganishlarga joylardagi doimiy komissiyalar aʼzolarini faol jalb etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiyasi xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga oʻz faoliyatini reglament asosida olib borishlari uchun amaliy yordam koʻrsatib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2006-yil 8-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2005-yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2006-yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor yoʻnalishlariga bagʻishlangan Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-fevralda boʻlib oʻtgan yigʻilishidagi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2006-yil 24-fevralda oʻtkazilgan beshinchi yalpi majlisidagi “Mamlakatimiz taraqqiyotining qonuniy asoslarini mustahkamlash — faoliyatimiz mezoni boʻlishi darkor” maʼruzalarining asosiy qoidalarini amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni bajarishga oid Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati harakat dasturining 10-bandini amalga oshirish haqida”gi 173-I-sonli Qarori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2007-yil 9-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2006-yil 8-iyundagi 173-I-sonli Qarori bilan tasdiqlangan Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining namunaviy reglamentiga, Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining doimiy komissiyalari toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga hamda Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyatini tashkil etishga oid ayrim tavsiyalarga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi 305-I-sonli Qarori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2010-yil 30-dekabrdagi “Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining namunaviy reglamentini va Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining doimiy komissiyalari toʻgʻrisidagi namunaviy nizomni tasdiqlash haqida”gi 154-II-sonli Qarori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2015-yil 22-iyundagi “Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining namunaviy reglamentiga oʻzgartish va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi KQ-28-III-sonli Qarori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2017-yil 30-iyundagi “Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining namunaviy reglamentiga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi KQ-203-III-sonli Qarori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2018-yil 25-maydagi “Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining namunaviy reglamentiga hamda Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining doimiy komissiyalari toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi KQ-354-III-sonli Qarori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2019-yil 18-iyundagi “Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining namunaviy reglamentiga hamda Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining doimiy komissiyalari toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi KQ-550-III-sonli Qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari mazkur qarorning xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga yetkazilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari S. Safoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 31-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SQ-360-IV-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2021-yil 31-iyuldagi SQ-360-IV-sonli Qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining namunaviy
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reglamenti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi (bundan buyon matnda mahalliy Kengash deb yuritiladi) davlat hokimiyatining vakillik organidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy Kengash oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasining Saylov kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi, “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi toʻgʻrisida”gi qonunlari va boshqa qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, shuningdek oʻz reglamentiga muvofiq amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududidagi xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek oʻz reglamentiga muvofiq amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Mahalliy Kengash faoliyati masalalarni jamoa boʻlib va erkin muhokama qilishga, oshkoralikka, jamoatchilik fikrini hisobga olishga asoslanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Mahalliy Kengash oʻz faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini mahalliy Kengashning sessiyasida (bundan buyon matnda sessiya deb yuritiladi) tasdiqlangan ish rejasi asosida belgilab oladi. Mahalliy Kengash faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini oʻz ichiga oladigan ish rejasi asosida mahalliy Kengashning doimiy komissiyalari (bundan buyon matnda doimiy komissiyalar deb yuritiladi) ish rejalari tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy Kengashning ish rejasi mahalliy Kengash deputatlari (bundan buyon matnda deputatlar deb yuritiladi), doimiy komissiyalar, mahalliy hokimlikning boʻlimlari, boshqarmalari va boshqa tarkibiy boʻlinmalari, hududda joylashgan korxona, tashkilot va muassasalar, nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari takliflari, shuningdek hududiy vakillik organi sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tavsiyalarini inobatga olgan holda ishlab chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy Kengashning ish rejasi sessiyada qabul qilinadi va ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy Kengash ish rejasining bajarilishi uning sessiyalarida, sessiyalar oraligʻida esa doimiy komissiyalar majlislarida muhokama qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy Kengashning ish rejasiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi masala hokim — mahalliy Kengash rahbari, doimiy komissiyalar, deputatlarning taklifiga binoan sessiyada koʻrib chiqiladi. Ushbu masala yuzasidan qaror mahalliy Kengash reglamentida belgilangan tartibda qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy Kengashning ish rejasi bajarilishini tashkil etish, shuningdek doimiy komissiyalarning ish rejalari doimiy komissiyalar tomonidan oʻz vaqtida ijro qilinishi uchun hokim — mahalliy Kengash rahbari masʼul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Hokim — mahalliy Kengash rahbari mahalliy Kengash ishini tashkil etadi, mahalliy Kengashga koʻrib chiqish uchun kiritiladigan masalalarni tayyorlashga umumiy rahbarlik qiladi, uning sessiyalarida raislik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokim oʻz faoliyati toʻgʻrisida mahalliy Kengash oldida hisobot beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy Kengashning vakolat muddati — besh yil.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Mahalliy Kengash hudud uchun umumiy boʻlgan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish vazifalarining amalga oshirilishini, joylarda Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, yuqori turuvchi mahalliy Kengash va hokimning qarorlari ijro etilishini, Oʻzbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari oʻrtasidagi aloqani, aholini tegishli hududni boshqarishga jalb etishni taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy Kengash hududda oʻzini oʻzi boshqarishning rivojlanishiga koʻmaklashadi, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining faoliyatini yoʻnaltirib turadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. Mahalliy Kengashning asosiy vakolatlariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hokimning taqdimiga binoan hududni rivojlantirishning istiqbolga moʻljallangan dasturlarini, tuman, shaharning bosh rejasi va uni qurish qoidalarini tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy budjetni (tuman, shahar budjetini) hokimning taqdimnomasiga binoan koʻrib chiqish hamda qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy budjetning (tuman, shahar budjetining) tegishli davrdagi ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotni hokimning taqdimnomasiga binoan koʻrib chiqish hamda tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning stavkalarini qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlar doirasida belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hokimni va uning oʻrinbosarlarini lavozimga tasdiqlash, hokimni va uning oʻrinbosarlarini lavozimdan ozod etish, ularning faoliyatiga doir hisobotlarini, shuningdek hokimning hudud ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining eng muhim va dolzarb masalalari yuzasidan hisobotini tinglash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunida nazarda tutilgan hollarda hokim qarorlarini tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy Kengashning Ish tartibini, doimiy komissiyalar va boshqa komissiyalar toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash, ularga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
doimiy komissiyalar va muvaqqat komissiyalarni, mahalliy Kengashning boshqa organlarini tuzish, saylash va tugatish, ularning tarkibini oʻzgartirish, ular ishiga doir hisobotlarni tinglash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunlarda belgilangan hollarda va tartibda deputatlarning vakolatlarini eʼtirof etish va muddatidan oldin toʻxtatish, ularni javobgarlikka tortish uchun rozilik berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy ijro hokimiyati boʻlimlari, boshqarmalari, boshqa tarkibiy boʻlinmalari, mahalliy davlat boshqaruvi organlari rahbarlarining hisobotlarini (axborotlarini), shu jumladan qonunlarga rioya etilishi, mahalliy Kengash qarorlarining va doimiy komissiyalar tavsiyalarining bajarilishi yuzasidan hisobotlarini (axborotlarini) eshitish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
deputatlarning soʻrovlarini koʻrib chiqish va ular yuzasidan qarorlar qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hokimning va quyi mahalliy Kengashning Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga mos kelmaydigan qarorlarini bekor qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hokimning taqdimiga binoan hokimlik tarkibiy tuzilmalarini, uning xodimlari shtatlari va ish haqi fondini tasdiqlash kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy Kengash fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni taʼminlashga, atrof muhitni muhofaza qilishga doir oʻz vakolatlariga berilgan masalalarni, tashkiliy masalalar va Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa masalalarni hal etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda. Mahalliy Kengash berilgan vakolatlari doirasida umum manfaatini ifodalovchi tadbirlarni oʻtkazish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining boshqa hududlaridagi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan shartnomaviy munosabatlar oʻrnatishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda. Mahalliy Kengash oʻz faoliyatini sessiyalar, doimiy komissiyalar va muvaqqat komissiyalar, mahalliy Kengashning boshqa organlari orqali, shuningdek deputatlarning Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari va mahalliy Kengash reglamentida belgilangan tartibda oʻz vakolatlarini roʻyobga chiqarish yoʻli bilan amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II bob. Sessiyani chaqirish va oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda. Mahalliy Kengashning asosiy ish shakli sessiyadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sessiya Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan mahalliy Kengash vakolatiga kiritilgan har qanday masalani koʻrib chiqishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda. Sessiyalar hokim — mahalliy Kengash rahbari, u yoʻqligida esa uning oʻrinbosarlaridan biri tomonidan zaruratga qarab, biroq yiliga kamida ikki marta chaqiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sessiyalar deputatlarning kamida uchdan ikki qismi tashabbusi bilan ham chaqirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda. Sessiya kun tartibi hokim — mahalliy Kengash rahbari, partiyalar guruhlari, doimiy komissiyalar va deputatlar tomonidan bildirilgan takliflarni inobatga olgan holda tayyorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sessiya muhokamasiga kiritilayotgan eng muhim va dolzarb ahamiyatga ega masalalarni tayyorlash uchun hokim — mahalliy Kengash rahbari tomonidan tegishli tarmoqlar mutaxassislari hamda ekspertlarini jalb etgan holda ishchi guruh tashkil etilishi mumkin. Ishchi guruh masalani tayyorlash vaqtida saylovchilar, hokimlikning boʻlimlari, boshqarmalari va boshqa tarkibiy boʻlinmalari, shuningdek tegishli hududdagi korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining fikr-mulohazalarini inobatga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sessiya muhokamasiga kiritilayotgan masalalar dastlabki tarzda tegishli doimiy komissiyalar tomonidan koʻrib chiqiladi, ular tomonidan tayyorlangan qaror loyihalari va kun tartibi boʻyicha boshqa hujjatlar hokim — mahalliy Kengash rahbariga hamda mahalliy Kengash kotibiyati mudiriga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sessiyada koʻrib chiqilishi kerak boʻlgan masalalar sessiya kun tartibi loyihasiga ularni koʻrib chiqish navbati, har bir masalani koʻrib chiqish uchun tayyorlashga masʼul boʻlgan doimiy komissiyalar, maʼruzachilar (qoʻshimcha maʼruzachilar), shuningdek boshqa maʼlumotlar kiritilgan holda tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sessiya kun tartibi mahalliy Kengash qarori bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda. Sessiyani, shu jumladan navbatdan tashqari sessiyani chaqirish haqidagi qaror hokim — mahalliy Kengash rahbari tomonidan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sessiya oʻtkaziladigan vaqt, sana, joy va kun tartibi deputatlar eʼtiboriga sessiya ochilishidan kamida yetti kun oldin yetkaziladi. Deputatlarga tanishib chiqish uchun tegishli hujjatlar ham yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sessiyani chaqirish toʻgʻrisidagi xabar ommaviy axborot vositalari orqali eʼlon qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sessiyalar ochiq, oshkora oʻtkaziladi va ommaviy axborot vositalari tomonidan yoritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur hollarda mahalliy Kengash yopiq sessiya oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi mumkin. Bunday qaror, agar bu haqdagi taklif hokim — mahalliy Kengash rahbari, doimiy komissiyalar, partiyalar guruhlari tomonidan kiritilgan boʻlsa, qabul qilinishi mumkin. Yopiq sessiya oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror deputatlar umumiy sonining kamida uchdan ikki qismining ovozi bilan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sessiyalar axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalaridan foydalangan holda videokonferensaloqa rejimida oʻtkazilishi ham mumkin. Bunda deputatlar joylardan turib jamoaviy yoki yakka tartibda ishtirok etishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Videokonferensaloqa rejimida oʻtkaziladigan sessiyani olib borish, kun tartibidagi masalalarni koʻrib chiqish va qarorlar qabul qilish mahalliy Kengash Reglamentida belgilangan umumiy tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sessiya videokonferensaloqa rejimida oʻtkazilganda ovozlarni hisoblash va ovoz berish natijalarini aniqlash bilan bogʻliq masalalarni hal etish uchun deputatlar orasidan sanoq komissiyasi tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Videokonferensaloqa rejimida oʻtkaziladigan sessiyalarda ovoz berish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sessiyada raislik qiluvchi tomonidan masala ovozga qoʻyilganligi eʼlon qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
markaziy studiyada hozir boʻlgan, jamoaviy va yakka tartibda ulanish nuqtasidan ishtirok etayotgan deputatlar qoʻllarini koʻtarib ovoz beradilar, ovoz berish elektron tizim orqali ham amalga oshirilishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raislik qiluvchi “qarshilar” bormi, “betaraflar” bormi degan savollar bilan murojaat qiladi, deputatlar bu savollarga ham qoʻllarini koʻtarib javob beradilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sessiyada ishtirok etayotgan barcha deputatlar tasviri ekranga chiqariladi, ovoz berish jarayonida barcha deputatlar koʻrinib turishi shart;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ovoz berish natijasi sanoq komissiyasi tomonidan qayd etib boriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sessiyada ishtirok etayotgan barcha deputatlar ovoz berib boʻlganidan soʻng sanoq komissiyasi tomonidan raislik qiluvchiga ovoz berish natijalari toʻgʻrisida maʼlumot beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raislik qiluvchi ovoz berish natijalarini eʼlon qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda. Agar sessiyada deputatlar umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi hozir boʻlsa, u vakolatli hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatlarni roʻyxatga olish sessiya ochilishidan oldin va uning ishidagi har bir tanaffusdan keyin amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar sessiyalarni oʻtkazishga moʻljallangan binoda elektron ovoz berish tizimidan foydalanish koʻzda tutilgan boʻlsa, har bir deputat uchun doimiy oʻrin ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda. Sessiyalar ishi davlat tilida olib boriladi va zarurat boʻlganda mahalliy Kengashning qarori asosida boshqa tillarga sinxron tarjima taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda. Sessiyalarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining aʼzolari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputatlari, shuningdek hududdagi davlat organlari, korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, ommaviy axborot vositalarining taklif etilgan vakillari hamda boshqa shaxslar ishtirok etishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sessiyaga taklif etilgan shaxslar muhokama etilayotgan masalalar yuzasidan qaror qabul qilishda ovoz berish huquqiga ega emas, shuningdek mahalliy Kengashning reglamentida belgilangan tartibga rioya qilishlari va raislik qiluvchining farmoyishlariga boʻysunishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sessiyaga taklif qilinadigan shaxslarning soni va tarkibi hokim — mahalliy Kengash rahbari tomonidan hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sessiyada raislik qiluvchi sessiyada ishtirok etayotgan deputatlar soni, taklif etilgan shaxslar tarkibi toʻgʻrisida deputatlarga axborot beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sessiyaga taklif qilingan shaxslar uchun majlislar zalida maxsus joylar ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda. Yangi saylangan mahalliy Kengashning birinchi sessiyasi hokim tomonidan saylovdan keyin kechi bilan uch hafta muddat ichida chaqiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi sessiya mahalliy Kengashning keksa deputatlaridan biri tomonidan ochiladi, u mahalliy Kengash tomonidan mahalliy Kengash rahbari tasdiqlangunga qadar sessiyani boshqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sessiyalarda hokim — mahalliy Kengash rahbari, u yoʻqligida esa mahalliy Kengash qaroriga yoki hokim topshirigʻiga binoan deputatlardan biri raislik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda. Deputatlarning vakolatlarini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qaror yangi saylangan mahalliy Kengashning birinchi sessiyasida saylovni oʻtkazgan saylov komissiyasining taqdimiga muvofiq qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boʻshab qolgan deputatlik oʻrniga saylov oʻtkazilganida deputatning vakolatini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qaror sessiyada saylov komissiyasining taqdimiga muvofiq qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda. Sessiya oʻz ishini kun tartibini tasdiqlashdan boshlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sessiya kun tartibidagi masalalar raislik qiluvchi tomonidan bandma-band yoki butunlay ovozga qoʻyilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sessiyaning kun tartibi boʻyicha taklif va mulohazalar deputatlar tomonidan ogʻzaki yoki yozma shaklda beriladi va sessiyada raislik qiluvchi tomonidan ularning kelib tushish tartibi boʻyicha eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sessiya kun tartibi boʻyicha qaror deputatlar bildirgan takliflarni hisobga olgan holda qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda. Har bir sessiyani oʻtkazish vaqtida deputatlar orasidan sessiya kotibi saylanadi yoki sessiya kotibiyati tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sessiya kotibi yoki kotibiyati:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soʻzga chiquvchilarning roʻyxatini olib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
deputat soʻrovlarini, deputatlardan tushadigan savollar, maʼlumotnomalar, xabarlar, arizalar, takliflar va boshqa materiallarni roʻyxatga oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soʻzga chiqish uchun yozilganlarning roʻyxati va tushgan materiallar haqida raislik qiluvchiga axborot beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sessiya ishiga taalluqli masalalar yuzasidan deputatlarga tushuntirishlar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sessiya yakunlari yuzasidan axborot tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bayonnoma yoki stenogramma yuritilishini tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sessiyada sessiya kotibi yoki kotibiyati tomonidan tayyorlangan axborot tinglanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda. Sessiyada bayonnoma yuritiladi. Sessiya bayonnomasi raislik qiluvchi va kotib tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sessiya bayonnomasida quyidagilar koʻrsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy Kengashning nomi, sessiyaning tartib raqami (chaqiriq doirasida);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sessiyani oʻtkazish vaqti, sanasi, joyi va sessiya kun tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hozir boʻlgan va qatnashmayotgan deputatlar soni, shuningdek taklif etilgan shaxslarning soni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sessiyaning kun tartibi, sessiya muhokamasiga kiritilgan har bir masala yuzasidan har bir maʼruzachi va qoʻshimcha maʼruzachining familiyasi hamda lavozimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muzokaralarda soʻzga chiqqan, shuningdek maʼruzachilar va qoʻshimcha maʼruzachilarga soʻrovlar yoʻllagan yoki savollar bergan (yozma yoki ogʻzaki shaklda) deputatlarning familiyalari, saylov okruglarining raqami va lavozimlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qabul qilingan, “yoqlayman”, “qarshiman” yoki “betarafman” deb berilgan ovozlar soni koʻrsatilgan qarorlar roʻyxati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bayonnomada sessiya kun tartibiga qoʻyilgan masalalarning mohiyati ochib beriladi, sessiya davomida soʻzlangan nutqlarning mohiyati qisqacha bayon etiladi, shuningdek sessiya kun tartibidagi masalalar yuzasidan ovoz berish yakunlari qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sessiyaning bayonnomasiga deputatlar va taklif etilgan shaxslarning sessiyadagi maʼruzalari matnlari, sessiyada hozir boʻlgan va qatnashmayotgan deputatlar roʻyxati, taklif etilgan shaxslar roʻyxati va boshqa materiallar ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sessiya bayonnomasi sessiya tugaganidan soʻng uch kundan kechiktirmay tayyorlanadi va sessiya vaqtida raislik qilgan shaxs hamda kotib tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sessiya jarayoni audio, video shaklda yozib olinishi yoki stenogrammasi yuritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sessiya bayonnomasining asl nusxasi, audio, video yozuvlari, stenogrammasi mahalliy Kengash kotibiyatida saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sessiya bayonnomasi, audio, video yozuvlari, stenogrammasi deputatlarning talabiga binoan tanishib chiqish uchun ularga berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yopiq sessiya bayonnomasi, audio, video yozuvlari, stenogrammasi mahalliy Kengash kotibiyatida “maxfiy hujjat” belgisi bilan saqlanadi. Yopiq sessiya bayonnomasi unga unga taalluqli materiallar bilan deputatlarni tanishtirish bevosita mahalliy Kengash kotibiyatida tilxat olinib amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda. Sessiyada raislik qiluvchi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sessiya ishining umumiy borishiga rahbarlik qiladi, mahalliy Kengash reglamentiga rioya etilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼruzachilar, qoʻshimcha maʼruzachilarga va muzokaralarda soʻzga chiquvchilarga navbati bilan soʻz beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur hollarda sababini tushuntirib, soʻzga chiqish tartibini oʻzgartiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muhokama qilinayotgan masala yuzasidan xohlagan paytda soʻzga chiqishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy Kengash reglamentida belgilangan tartibni qoʻpol ravishda buzgan deputat yoki ishtirokchini tartibga chaqiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
deputatlarning yozma soʻrovlari, arizalari, takliflari, fikr-mulohazalarini oʻqib eshittiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
deputatga deputat soʻrovi, savol, taklif, fikr-mulohaza yuzasidan soʻzga chiqish, shuningdek sessiyani olib borish tartibi boʻyicha eʼtirozlar bildirish uchun, qaror loyihalariga tuzatish, ovoz berish masalasi boʻyicha takliflar kiritish uchun uning iltimosiga koʻra soʻz beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muhokama tugaganidan keyin qarorlar loyihalarini ovozga qoʻyadi va ovoz berish natijalarini eʼlon qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sessiyada qabul qilingan qarorlarni va sessiya bayonnomalarini imzolaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muhokama jarayonida soʻzga chiqqan deputatlar yoki boshqa ishtirokchilar fikrini biron-bir tarzda baholash yoxud sharhlashdan, shuningdek qaror qabul qilishda tazyiq oʻtkazishdan oʻzini tiyishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sessiyada raislik qiluvchi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy Kengash reglamenti talablari qoʻpol ravishda buzilgan taqdirda deputatni ogohlantirishga, takroran buzishga yoʻl qoʻyilganida esa, uni butun sessiya kuni davomida soʻzdan mahrum qilishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sessiya ishiga xalaqit berayotgan taklif qilingan shaxslarni sessiya zalidan chiqarib yuborishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-modda. Hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalarini va eng muhim muammolarni muhokama etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qoʻmitalari (komissiyalari) va mahalliy Kengashning qoʻshma majlisi oʻtkazilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qoʻmitasi (komissiyasi) va mahalliy Kengashning qoʻshma majlisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qoʻmitasi (komissiyasi)ning raisi va hokim — mahalliy Kengash rahbari oʻrtasida kelishuv boʻyicha oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qoʻmitasi (komissiyasi) va mahalliy Kengashning qoʻshma majlisi kun tartibidagi masalalar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qoʻmitasi (komissiyasi) tomonidan mahalliy Kengashning tegishli doimiy komissiyasi bilan hamkorlikda tayyorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qoʻmitasi (komissiyasi) va mahalliy Kengashning qoʻshma majlisini chaqirish, uni oʻtkazish vaqti, sanasi, joyi va boshqa masalalar mahalliy Kengash reglamentiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qoʻmitasi (komissiyasi)ning raisi va hokim — mahalliy Kengash rahbari oʻrtasida kelishuv boʻyicha hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III bob. Sessiyada masalalarni koʻrib chiqish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-modda. Mahalliy Kengash oʻz sessiyalarida vakolatlari doirasida qonuniylik va huquqiy-tartibotni, fuqarolarning xavfsizligini taʼminlash, hududni iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlantirish, mahalliy budjetni shakllantirish hamda uni ijro etish, mahalliy soliq va boshqa majburiy toʻlovlar miqdorlarini belgilash, atrof-muhitni muhofaza qilish va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa masalalarni koʻrib chiqadi hamda tegishli qarorlarni qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-modda. Sessiya muhokamasiga kiritilgan kun tartibidagi har bir masala, jumladan mahalliy budjet toʻgʻrisidagi va uning ijrosi haqidagi hisobot, hokim — mahalliy Kengash rahbari va uning oʻrinbosarlari, hokimlik boʻlimlari, boshqarmalari va boshqa tarkibiy boʻlinmalari faoliyati haqidagi hisobotlar tinglanadi hamda erkin muhokama qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muhokama jarayoni mazkur masala yuzasidan hokim — mahalliy Kengash rahbari, uning oʻrinbosarlari, doimiy komissiyalar raislarining maʼruzalari va qoʻshimcha maʼruzalarini, deputatlarning maʼruzalari va qoʻshimcha maʼruzalarini tinglash, shuningdek taklif etilgan shaxslarning fikr bildirishi shaklida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayrim hollarda muhokama etilayotgan masalaning mazmunini hisobga olgan holda, sessiya mazkur masalaning mazmuniga doir qisqacha axborotni tinglab yoki doimiy komissiyalar raislari yoxud deputatlarning tushuntirishlari bilan cheklanib, uni muhokama etmasdan qaror qabul qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-modda. Sessiyada raislik qiluvchi tomonidan maʼruzachilar va qoʻshimcha maʼruzachilar bilan kelishuvga koʻra, qoida tariqasida, maʼruza uchun — 30 daqiqagacha, qoʻshimcha maʼruza uchun — 20 daqiqagacha va yakunlovchi soʻz uchun 15 daqiqagacha vaqt belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muzokaralarda soʻzga chiquvchi deputatlarga 10 daqiqagacha vaqt beriladi. Muzokaralarda takroran soʻzga chiqish uchun, shuningdek sessiya ishini olib borish tartibi, ovoz berish asoslari, nomzodlar boʻyicha soʻzga chiqish uchun, arizalar, savollar, takliflar, xabarlar, maʼlumotlar uchun 3 daqiqagacha vaqt beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sessiyada hozir boʻlgan deputatlar koʻpchiligining roziligi bilan raislik qiluvchi sessiya kun tartibiga kiritilgan masalani muhokama qilishning umumiy vaqtini, savollar va javoblar uchun ajratiladigan vaqtni belgilab qoʻyishi, soʻzlash vaqtini uzaytirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sessiyalarda deputat ayni bir masala boʻyicha muzokaralarda koʻpi bilan ikki marta soʻzga chiqishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muzokaralarni toʻxtatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingandan keyin maʼruzachi va qoʻshimcha maʼruzachi yakunlovchi soʻzni aytish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar soʻzga chiquvchi ajratilgan vaqtdan ortiq soʻzlasa yoki muhokama etilayotgan masala yuzasidan fikr bildirmayotgan boʻlsa, sessiyada raislik qiluvchi uni avval ogohlantirib, keyin soʻzdan mahrum qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV bob. Sessiyada qarorlar qabul qilish va ularni eʼlon qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-modda. Sessiyada qarorlar ochiq ovoz berish yoʻli bilan qabul qilinadi. Zarur hollarda mahalliy Kengash qaroriga asosan yashirin ovoz berish oʻtkazilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron ovoz berish tizimlari oʻrnatilgan zallarda ochiq yoki yashirin ovoz berish elektron ovoz berish tizimidan foydalangan holda oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-modda. Deputat oʻzining ovoz berish huquqini shaxsan amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir deputat bir ovozga ega boʻladi va muhokama qilinayotgan masala yuzasidan “yoqlayman”, “qarshiman” yoki “betarafman” deb ovoz beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ovoz berish vaqtida hozir boʻlmagan deputat keyinchalik ovoz berishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ochiq ovoz berish ovozlar mutlaq koʻpchilikni tashkil etgan taqdirda ovozlarni sanamasdan, agar faqat deputatlardan hech biri boshqacha tartibni taklif etmasa yoki ovozlarni qayta sanab chiqishni talab qilmasa, oʻtkazilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28-modda. Sessiyalarda yashirin ovoz berishni oʻtkazish va uning natijalarini hisoblash uchun deputatlar orasidan sanoq komissiyasi saylanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanoq komissiyasi oʻz tarkibidan komissiya raisi va kotibini saylaydi. Sanoq komissiyasining qarorlari komissiya aʼzolarining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29-modda. Sessiyada yashirin ovoz berishni byulletenlardan foydalangan holda oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, ovoz berish uchun zarur axborotga ega boʻlgan yashirin ovoz berish byulletenlari sanoq komissiyasi nazorati ostida tayyorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yashirin ovoz berish oʻtkaziladigan vaqti va joyi, uni oʻtkazish tartibi sanoq komissiyasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30-modda. Yashirin ovoz berish byulletenlar yordamida oʻtkazilganida sanoq komissiyasi har bir deputatga bittadan byulleten beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Byulletenni toʻldirish deputat tomonidan yashirin ovoz berish kabinasida yoki xonasida byulletendagi oʻzi yoqlab ovoz berayotgan nomzod familiyasining qarshisida oʻng tomonda joylashgan boʻsh katakka “+” yoki “” yoxud “x” qoʻyish, qaror loyihasiga oid byulletenda esa, agar u tegishli qarorni yoqlab ovoz berayotgan boʻlsa, “qarshiman” degan soʻzni oʻchirish, taklif etilayotgan qarorga (qaror variantiga) qarshi ovoz berayotgan boʻlsa, “yoqlayman” degan soʻzni oʻchirish orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilanmagan shakldagi byulletenlar, shuningdek deputatlarning xohish-irodasini aniqlashga imkon bermagan byulletenlar deputatlarning ovozlarini hisoblab chiqish vaqtida haqiqiy emas deb topiladi. Byulletenga kiritilgan qoʻshimchalar ovozlarni hisoblab chiqish vaqtida eʼtiborga olinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31-modda. Agar sessiyada elektron ovoz berish tizimi yordamida yashirin ovoz berishni oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan boʻlsa, sanoq komissiyasi ovoz berish boshlanishidan oldin elektron tizimning sozligini tekshirishi hamda yashirin ovoz berish uchun deputatlar umumiy soni boʻyicha kartochkalarning toʻliq komplektini roʻyxatga olishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32-modda. Ochiq yoki yashirin ovoz berish natijalari toʻgʻrisida sanoq komissiyasi bayonnoma tuzadi, u komissiyaning barcha aʼzolari tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanoq komissiyasining maʼruzasiga asosan mahalliy Kengash yashirin ovoz berish natijalarini tasdiqlash toʻgʻrisida ochiq ovoz berish yoʻli bilan qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33-modda. Sessiyada qabul qilingan qarorlar raislik qiluvchi tomonidan imzolangan vaqtdan eʼtiboran, agar hujjatning oʻzida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy Kengash tomonidan oʻz vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlar hududda joylashgan barcha davlat organlari, korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan ijro etilishi majburiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy Kengash qarorlari uning doimiy komissiyalariga, hokimlikning boʻlimlari, boshqarmalari va boshqa tarkibiy boʻlinmalariga, tegishli davlat organlariga, korxonalar, tashkilotlar, muassasalarga, nodavlat notijorat tashkilotlariga, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga, mansabdor shaxslarga va quyi turuvchi hokimliklarga tarqatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sessiyada qabul qilingan qarorlar, qoida tariqasida, ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi, mahalliy Kengashning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi (yopiq qarorlar bundan mustasno).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V bob. Viloyat (Toshkent shahar) hokimi — mahalliy Kengash rahbarini tasdiqlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34-modda. Viloyat (Toshkent shahar) hokimi — mahalliy Kengash rahbarining nomzodi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan mahalliy Kengashdagi partiya guruhlarining har biri bilan maslahatlashuvlar oʻtkazilganidan soʻng xalq deputatlari viloyat (Toshkent shahar) Kengashiga tasdiqlash uchun taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35-modda. Viloyat (Toshkent shahar) hokimi — mahalliy Kengash rahbarining nomzodini tasdiqlash toʻgʻrisidagi masalani xalq deputatlari viloyat (Toshkent shahar) Kengashi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan taqdimnoma kiritilgan kundan eʼtiboran uch kun ichida koʻrib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36-modda. Viloyat (Toshkent shahar) hokimi — mahalliy Kengash rahbari lavozimiga nomzodga deputatlarning savollariga javob berish uchun 30 daqiqagacha vaqt ajratiladi. Nomzodni sessiyada muhokama qilish uchun 20 daqiqagacha vaqt ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37-modda. Xalq deputatlari viloyat (Toshkent shahar) Kengashining viloyat (Toshkent shahar) hokimi — mahalliy Kengash rahbari nomzodini tasdiqlash yoki rad etish toʻgʻrisidagi qarori ochiq ovoz berish yoʻli bilan qabul qilinib, kechi bilan uch kun ichida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38-modda. Xalq deputatlari viloyat (Toshkent shahar) Kengashi deputatlari umumiy sonining koʻpchilik ovozini olgan viloyat (Toshkent shahar) hokimi — mahalliy Kengash rahbarining nomzodi tasdiqlangan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39-modda. Agar ovoz berish vaqtida viloyat (Toshkent shahar) hokimi —mahalliy Kengash rahbarining nomzodlari deputatlar umumiy sonining koʻpchilik ovozini ololmasa, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti mazkur lavozimga nomzodlarni partiya guruhlari bilan qoʻshimcha maslahatlashuvlar oʻtkazganidan soʻng bir oy ichida yana ikki marta taqdim etish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40-modda. Xalq deputatlari viloyat (Toshkent shahar) Kengashi taqdim etilgan viloyat (Toshkent shahar) hokimi — mahalliy Kengash rahbarining nomzodlarini uch marta rad etgan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti viloyat (Toshkent shahar) hokimi vazifasini bajaruvchini tayinlash, xalq deputatlari viloyat (Toshkent shahar) Kengashini tarqatib yuborish huquqiga ega. Bunda xalq deputatlari viloyat (Toshkent shahar) Kengashiga saylov tarqatib yuborish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran uch oy ichida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI bob. Tuman (shahar) hokimi — mahalliy Kengash rahbarini tasdiqlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41-modda. Tuman (shahar) hokimi — mahalliy Kengash rahbarining nomzodi viloyat (Toshkent shahar) hokimi tomonidan xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashiga tasdiqlash uchun taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42-modda. Tuman (shahar) hokimi — mahalliy Kengash rahbarining nomzodlarini tasdiqlash toʻgʻrisidagi masala viloyat (Toshkent shahar) hokimi tomonidan taqdimnoma kiritilgan kundan eʼtiboran, qoida tariqasida, uch kun ichida koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43-modda. Tuman (shahar) hokimi — mahalliy Kengash rahbari lavozimiga nomzodga deputatlarning savollariga javob berish uchun 20 daqiqagacha vaqt ajratiladi. Nomzodni sessiyada muhokama qilish uchun 10 daqiqagacha vaqt ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44-modda. Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashining tuman (shahar) hokimi — mahalliy Kengashi rahbarining nomzodini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarori ochiq ovoz berish yoʻli bilan qabul qilinib, kechi bilan uch kun ichida viloyat (Toshkent shahar) hokimiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45-modda. Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi deputatlari umumiy sonining koʻpchilik ovozini olgan tuman (shahar) hokimi — mahalliy Kengash rahbarining nomzodi tasdiqlangan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII bob. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining aʼzolarini saylash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining aʼzolari (bundan buyon matnda Senat aʼzolari deb yuritiladi) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlari deputatlarining qoʻshma majlislarida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan teng miqdorda — olti kishidan mazkur deputatlar orasidan yashirin ovoz berish yoʻli bilan saylanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi (bundan buyon matnda Markaziy saylov komissiyasi deb yuritiladi) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlariga saylov yakunlari eʼlon qilinganidan keyin uch kunlik muddatda Senat aʼzolarini saylash uchun deputatlarning qoʻshma majlislari (bundan buyon matnda qoʻshma majlis deb yuritiladi) oʻtkazilishini eʼlon qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy saylov komissiyasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida qoʻshma majlislarni oʻtkazish vaqti, sanasi va joyi koʻrsatilgan qarori ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48-modda. Qoʻshma majlis ochilishi oldidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va mahalliy Kengashlar deputatlari roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar qoʻshma majlisda, deputatlar umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi hozir boʻlsa, u vakolatli hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshma majlis ishida Markaziy saylov komissiyasining vakili ishtirok etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49-modda. Qoʻshma majlisni Markaziy saylov komissiyasining vakili ochadi. U majlisda raislik qiluvchining nomzodi boʻyicha taklif kiritadi, bu nomzod eng obroʻli, katta tajribaga ega, yoshi ulugʻ deputatlar orasidan tanlab olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshma majlis ishtirokchilari majlisning kun tartibini va ish reglamentini tasdiqlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshma majlis kun tartibiga Senat aʼzolarini saylash toʻgʻrisidagi masala kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50-modda. Qoʻshma majlis ishini taʼminlash va olib borish uchun ochiq ovoz berish orqali oddiy koʻpchilik ovoz bilan uch kishidan besh kishigacha boʻlgan ishchi hayʼat tuziladi. Turli mahalliy Kengashlar deputatlari orasidan hayʼat aʼzoligiga nomzodlar raislik qiluvchi tomonidan taklif etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51-modda. Mahalliy Kengash deputatlari vakolatlarini tekshirish, tushgan takliflarni hisobga olish va qoʻshma majlis tomonidan qabul qilinadigan qarorlarni rasmiylashtirish uchun uch kishidan iborat kotibiyat tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52-modda. Qoʻshma majlisda raislik qiluvchi taqdimiga muvofiq ochiq ovoz berish orqali oddiy koʻpchilik ovoz bilan Senat aʼzoligiga nomzodlar koʻrsatish boʻyicha Maslahat kengashi (bundan buyon matnda Maslahat kengashi deb yuritiladi) saylanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maslahat kengashi deputatlik faoliyatida katta tajribaga ega boʻlgan eng obroʻli, yoshi ulugʻ deputatlardan, qoida tariqasida, har bir mahalliy Kengashdan bir nafar vakildan saylanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53-modda. Maslahat kengashi eng obroʻli, oʻz saylovchilari tomonidan keng qoʻllab-quvvatlanayotgan, davlat va jamiyat faoliyatining turli sohalarida katta amaliy tajribaga ega boʻlgan hamda alohida xizmat koʻrsatgan deputatlar orasidan Senat aʼzoligiga nomzodlarni koʻrib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yashirin ovoz berish byulleteniga kiritish uchun Senat aʼzoligiga olti nafar nomzod boʻyicha Maslahat kengashining taklifi Maslahat kengashining raisi tomonidan oʻqib eshittiriladi. Yashirin ovoz berish byulleteniga olti nafar Senat aʼzoligiga nomzod kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54-modda. Saylov kuniga qadar yigirma besh yoshga toʻlgan va kamida besh yil Oʻzbekiston Respublikasi hududida muqim yashayotgan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining, xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining deputati Senat aʼzoligiga nomzod boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55-modda. Qoʻshma majlisda Senat aʼzoligiga har bir nomzod boʻyicha alohida muhokama oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshma majlisda ishtirok etayotgan har bir deputat Senat aʼzoligiga nomzodga savollar berish, nomzod xususida oʻz fikrini bildirish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Senat aʼzoligiga har bir nomzod boʻyicha alohida muhokamadan keyin uni yashirin ovoz berish byulleteniga kiritish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taklif etilgan u yoki bu nomzodlar rad etilgan taqdirda, muhokama etish va yashirin ovoz berish byulleteniga kiritish uchun boshqa nomzodni faqat Maslahat kengashi koʻrsatishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Senat aʼzoligiga nomzodlarni muhokama qilish qoʻshma majlis qaroriga binoan tugallanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshma majlisda ishtirok etayotgan deputatlarning koʻpchilik ovozini olgan Senat aʼzoligiga nomzod yashirin ovoz berish byulleteniga kiritilgan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56-modda. Yashirin ovoz berish uchun byulletenning namunasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yashirin ovoz berish byulletenida uni toʻldirish tartibi haqida tushuntirish berilgan boʻlishi lozim. Byulletenning old tomonida oʻng yuqori burchakda muhr va kamida ikki nafar sanoq komissiyasi aʼzosining imzosi boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57-modda. Yashirin ovoz berishni oʻtkazish va uning natijalarini aniqlash uchun qoʻshma majlisda ishtirok etayotgan deputatlar orasidan toʻqqiz nafargacha aʼzodan, shu jumladan, komissiya raisi va kotibidan iborat tarkibda sanoq komissiyasi saylanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanoq komissiyasining tarkibiga Senat aʼzoligiga nomzod saylanishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanoq komissiyasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Senat aʼzolarini saylash boʻyicha ovoz berishni tashkil qiladi va oʻtkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshma majlis ishtirokchilariga yashirin ovoz berishni oʻtkazish vaqti, joyi va tartibini eʼlon qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yashirin ovoz berish byulletenlarini ularga Senat aʼzoligiga har bir nomzodning familiyasi, ismi va otasining ismini alifbo tartibida kiritish yoʻli bilan, tugʻilgan sanasi, lavozimi (mashgʻulotining turi) va ish joyini koʻrsatgan holda tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ovoz beruvchilarning roʻyxatini aniqlaydi, ularga yashirin ovoz berish byulletenlarini beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yashirin ovoz berish byulletenlarining old tomoniga muhr qoʻyadi va yashirin ovoz berish byulletenida sanoq komissiyasi aʼzolarining imzolari boʻlishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ovozlarni sanab chiqadi va yashirin ovoz berish natijalari toʻgʻrisida bayonnoma tuzadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yashirin ovoz berish natijalarini qoʻshma majlis tasdigʻiga kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58-modda. Yashirin ovoz berish boshlanishidan oldin sanoq komissiyasining raisi yashirin ovoz berishni oʻtkazish tartibini eʼlon qiladi, sanoq komissiyasi aʼzolari hozirligida saylov qutisini tekshiradi va muhrlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylov qutisi uning yoniga ovoz beruvchilar albatta yashirin ovoz berish kabinasi yoki xonasidan oʻtib boradigan qilib joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshma majlisda ishtirok etayotgan deputat sanoq komissiyasi aʼzosiga oʻz shaxsini tasdiqlovchi hujjatni koʻrsatadi hamda ovoz beruvchilar roʻyxatiga imzo chekadi, shundan keyin unga yashirin ovoz berish byulleteni beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yashirin ovoz berish byulleteni ovoz beruvchi tomonidan yashirin ovoz berish kabinasi yoki xonasida oʻzi yoqlab ovoz berayotgan Senat aʼzoligiga nomzodlarning familiyalari qarshisida oʻng tomonda joylashgan boʻsh katakka “+” yoki “” yoxud “x” qoʻyish yoʻli bilan toʻldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ovoz beruvchi toʻldirilgan yashirin ovoz berish byulletenini koʻrinarli joyda turishi lozim boʻlgan saylov qutisiga tashlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buzib qoʻyilgan yashirin ovoz berish byulleteni ovoz beruvchining iltimosiga koʻra yangisiga almashtirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yashirin ovoz berish jarayoni tugallangandan keyin foydalanilmagan, shuningdek buzib qoʻyilgan yashirin ovoz berish byulletenlari ularga maxsus shtamp qoʻyish yoʻli bilan bekor qilinadi, shundan soʻng ular muhrlanadi va alohida saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59-modda. Ovozlarni sanab chiqish sanoq komissiyasi aʼzolari tomonidan yashirin ovoz berish natijalari aniqlangunga qadar tanaffussiz amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylov qutisidagi yashirin ovoz berish byulletenlariga asosan sanoq komissiyasi ovoz berishda ishtirok etgan deputatlarning umumiy sonini, Senat aʼzoligiga har bir nomzodni yoqlab berilgan ovozlar sonini, haqiqiy emas deb topilgan byulletenlar sonini aniqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ovoz beruvchilar tomonidan saylov byulleteniga qoʻshimcha yozib qoʻyilgan fuqarolarning familiyalari boʻyicha berilgan ovozlar hisobga olinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilanmagan namunadagi yashirin ovoz berish byulletenlari, ovoz berish vaqtida bitta ham katakka “+” yoki “” yoxud “x” qoʻyilmagan byulletenlar, shuningdek old tomonida muhr va sanoq komissiyasi aʼzolarining imzolari boʻlmagan byulletenlar haqiqiy emas, deb topiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ovoz berish natijalariga koʻra ovoz berishda qatnashgan deputatlar ovozining ellik foizidan ortigʻini olgan Senat aʼzoligiga nomzodlar saylangan, deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yashirin ovoz berish natijalari boʻyicha bayonnoma tuzilib, u sanoq komissiyasining barcha aʼzolari tomonidan imzolanadi. Bayonnomaning qalamda toʻldirilishiga va unga hech qanday tuzatishlar kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanoq komissiyasi raisining maʼruzasi boʻyicha qoʻshma majlisda yashirin ovoz berish natijalarini tasdiqlash toʻgʻrisida qaror qabul qilinib, u qoʻshma majlisning Senat aʼzolari saylovining yakunlari toʻgʻrisidagi bayonnomasida aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshma majlisning Senat aʼzolari saylovining yakunlari toʻgʻrisidagi bayonnomasi ikki nusxada tuzilib, raislik qiluvchi tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bayonnomaning qalamda toʻldirilishiga va unga birorta tuzatish kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ovoz berishda yashirin ovoz berish byulleteniga kiritilgan nomzodlardan kimdir saylanmagan boʻlsa, boʻsh qolgan oʻrinlarga Senat aʼzolarini qoʻshimcha saylash uchun yangi saylov tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Senat aʼzolarini qoʻshimcha saylash boʻyicha qoʻshma majlis asosiy saylov oʻtkazilganidan soʻng ikki kun ichida oʻtkaziladi. Qoʻshma majlisning oʻtkazilish vaqti, sanasi va joyi qoʻshma majlis qarori bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60-modda. Saylangan Senat aʼzolarini roʻyxatdan oʻtkazish uchun qoʻshma majlisning Senat aʼzolari saylovining yakunlari toʻgʻrisidagi bayonnomasi ikki kunlik muddatdan kechiktirmay Markaziy saylov komissiyasiga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshma majlisning Senat aʼzolari saylovining yakunlari toʻgʻrisidagi bayonnomasining ikkinchi nusxasi va Senat aʼzolari saylovini oʻtkazish bilan bogʻliq boshqa hujjatlar tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar Kengashlari arxivlarida saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII bob. Hokimning hudud ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining eng muhim va dolzarb masalalari yuzasidan hisobotini mahalliy Kengash tomonidan eshitish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61-modda. Hokim har yili mahalliy Kengashga hudud ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining eng muhim va dolzarb masalalari yuzasidan hisobot taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokimning hudud ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining eng muhim va dolzarb masalalari yuzasidan hisoboti mahalliy Kengashning hududning oʻtgan yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi yakunlari va joriy yilga moʻljallangan ijtimoiy-iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yoʻnalishlariga bagʻishlangan majlisida eshitiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62-modda. Hokimlik apparatining tegishli tarkibiy boʻlinmasi hokimning hisobotiga doir materiallarni hokim hisobotini eshitishga oʻn kun qolgunga qadar mahalliy Kengash kotibiyatiga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63-modda. Hisobotda hokim va mahalliy ijro hokimiyati organlari tomonidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hudud iqtisodiyotining barqaror oʻsishini, uning tarmoqlari rivojlanishini taʼminlash, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash, chet el investitsiyalarini jalb qilish, eksport hajmini oshirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarini, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim davlat dasturlari va hududiy dasturlarni bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy sohani rivojlantirish, yangi ish oʻrinlarini yaratish va aholi bandligini taʼminlash, uy-joylar qurish va aholi punktlarini obodonlashtirish, taʼlim hamda sogʻliqni saqlash sifatini yaxshilash, hududning ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy rivojlanishiga oid boshqa masalalarni hal qilish yuzasidan koʻrilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
64-modda. Hokim hisoboti boʻyicha mahalliy Kengash qarori loyihasi yuzasidan nuqtai nazarni shakllantirish va takliflar olish maqsadida hokimning hisobotiga doir materiallar olingan kuni mahalliy Kengash kotibiyati tomonidan tegishli doimiy komissiyalarga, mahalliy Kengashdagi partiya guruhlarining vakillariga va deputatlarga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
65-modda. Hokim hisobotini eshitish toʻgʻrisidagi masalani tayyorlash va sessiya muhokamasiga kiritish tegishli doimiy komissiya tomonidan amalga oshiriladi. Zarurat boʻlganda ushbu doimiy komissiya hokim hisobotini eshitish toʻgʻrisidagi masalani atroflicha tayyorlash uchun boshqa doimiy komissiyalarni ham jalb etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
66-modda. Hokim hisoboti boʻyicha materiallarni umumlashtirish uchun tegishli doimiy komissiya tomonidan soha mutaxassislarini jalb etgan holda ishchi guruh tashkil etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokim hisobotiga doir materiallarni umumlashtirish natijalari boʻyicha tegishli doimiy komissiya tomonidan mahalliy Kengashdagi partiya guruhlarining fikr-mulohazalarini hisobga olgan holda doimiy komissiya xulosasi va mahalliy Kengash qarori loyihasi tayyorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
67-modda. Hokimning hisobotini eshitishda mahalliy Kengash qaroriga asosan deputatlardan biri sessiyaga raislik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
68-modda. Hokimning hisobotini eshitish uchun maʼruzachi bilan kelishilgan holda kamida 30 daqiqa beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokimning hisoboti boʻyicha masʼul doimiy komissiya xulosasining mazmunini va mahalliy Kengash qarori loyihasining asosiy qoidalarini bayon etish maqsadida doimiy komissiya raisiga 15 daqiqagacha vaqt beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Partiya guruhlari vakillariga va deputatlarga maʼruzachiga savol berishi uchun 3 daqiqagacha, hisobot boʻyicha muzokaralar uchun 10 daqiqagacha vaqt beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
69-modda. Viloyat (Toshkent shahar) hokimining hisobotini eshitishga ushbu viloyat (Toshkent shahri)dan saylangan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzolari, Qonunchilik palatasi deputatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aʼzolari, davlat boshqaruvi organlari rahbarlari, tumanlar va shaharlar hokimlari, viloyat (Toshkent shahar) ijro hokimiyati organlari tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari taklif etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman (shahar) hokimining hisobotini eshitishga tegishli saylov okruglaridan saylangan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzolari, Qonunchilik palatasi deputatlari va xalq deputatlari viloyat (Toshkent shahar) Kengashi deputatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, davlat boshqaruvi organlarining vakillari, viloyat (Toshkent shahar) hokimi yoki uning oʻrinbosarlari, tuman (shahar) ijro hokimiyati organlari tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari taklif etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokimning hisobotini eshitishga hududda joylashgan boshqa davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, korxona, tashkilot va muassasalar, shu jumladan nodavlat notijorat tashkilotlari, siyosiy partiyalar, ommaviy axborot vositalari vakillari va boshqa shaxslar taklif etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
70-modda. Viloyat (Toshkent shahar) hokimining hisobotini muhokama qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisida berilgan baholar va belgilangan vazifalar hisobga olingan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman (shahar) hokimining hisobotini muhokama qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, shuningdek xalq deputatlari viloyat (Toshkent shahar) Kengashining majlislarida berilgan baholar va belgilangan vazifalar hisobga olingan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
71-modda. Hokimning hisobotini muhokama qilish yakunlari boʻyicha, shuningdek doimiy komissiya xulosasi va partiya guruhlari fikr-mulohazalarini inobatga olgan holda mahalliy Kengashning qarori qabul qilinadi. Qarorda hokim va mahalliy ijro hokimiyati organlari ishining samaradorligiga kompleks baho beriladi, ularning ishini takomillashtirishga doir tavsiyalar va takliflar, shuningdek qaror amalga oshirilishining borishi ustidan nazoratni taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar nazarda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
72-modda. Hokimning hisoboti boʻyicha qarorning ijro etilishini nazorat qilish masʼul doimiy komissiya zimmasiga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
73-modda. Hokimning hisoboti boʻyicha mahalliy Kengash qarori va hokimning hisoboti mahalliy davlat hokimiyati organining rasmiy nashrlarida hamda veb-saytlarida eʼlon qilinishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
74-modda. Masʼul doimiy komissiya hokimning hisoboti boʻyicha mahalliy Kengash qarori ijro etilishini monitoring qiladi va qarorda belgilangan muddatlarda mahalliy Kengashni xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IX bob. Mahalliy davlat boshqaruvi organlari rahbarlarining hisobot va axborotlarini mahalliy Kengash tomonidan eshitish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
75-modda. Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonuniga va boshqa qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlariga koʻra mahalliy Kengash mahalliy davlat boshqaruvi organlari rahbarlarining hisobot va axborotlarini eshitib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
76-modda. Mahalliy davlat boshqaruvi organi tomonidan hisobot (axborot)ga doir materiallar mahalliy Kengashning tegishli doimiy komissiyasiga imzolangan hamda elektron shaklda taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
77-modda. Tegishli doimiy komissiya hisobot (axborot)ni komissiya majlisida mahalliy davlat boshqaruvi organi rahbari ishtirokida muhokama qiladi hamda doimiy komissiyaning xulosasi va mahalliy Kengash qarori loyihasini tayyorlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
78-modda. Hisobot (axborot)ni eshitish toʻgʻrisidagi masalani tayyorlash va sessiya muhokamasiga kiritish tegishli doimiy komissiya tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
79-modda. Hisobot (axborot) boʻyicha materiallarni puxta tayyorlash maqsadida tegishli doimiy komissiya tomonidan soha mutaxassislarini jalb etgan holda ishchi guruh tashkil etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
80-modda. Sessiyada mahalliy davlat boshqaruvi organi rahbarining hisoboti (axboroti)ni eshitish uchun maʼruzachi bilan kelishilgan holda 20 daqiqagacha vaqt beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot (axborot) boʻyicha masʼul doimiy komissiya xulosasining mazmunini va mahalliy Kengash qarori loyihasining asosiy qoidalarini bayon etish maqsadida doimiy komissiya raisiga 10 daqiqagacha vaqt beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatlarga maʼruzachiga savol berishi uchun 3 daqiqagacha, hisobot boʻyicha muzokaralar uchun 5 daqiqagacha vaqt beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
81-modda. Hisobot (axborot) boʻyicha mahalliy Kengash qarori va hisobot (axborot) mahalliy davlat hokimiyati organining rasmiy nashrlarida hamda veb-saytlarida eʼlon qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
X bob. Saylov komissiyalarining aʼzoligiga nomzodlarni tanlab olish va taqdim etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
82-modda. Yigirma besh yoshga toʻlgan, qoida tariqasida, oliy maʼlumotga, saylovlarni tashkil etish va oʻtkazish borasida ish tajribasiga ega boʻlgan, jamoatchilik oʻrtasida obroʻ-eʼtibor qozongan hamda kamida oxirgi besh yil Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashab turgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi Markaziy saylov komissiyasining aʼzosi boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining Qonuniylik, sud-huquq va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari qoʻmitasi, xalq deputatlari viloyat (Toshkent shahar) Kengashining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha doimiy komissiyasi oʻzining majlisida Markaziy saylov komissiyasi aʼzoligiga nomzodlarni dastlabki tarzda tanlab oladi va taqdim etadi, materiallarni koʻrib chiqadi va ular boʻyicha xulosalar tayyorlaydi, maʼqullash va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining, xalq deputatlari viloyat (Toshkent shahar) Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining, xalq deputatlari viloyat (Toshkent shahar) Kengashining Markaziy saylov komissiyasi aʼzoligiga nomzodlarni taqdim etish toʻgʻrisidagi qarori loyihasini ishlab chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy saylov komissiyasi tarkibiga kirish huquqiga ega ekanligi haqida qaror qabul qilingan nomzodlar alifbo tartibida ovoz berish uchun roʻyxatga kiritiladi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga, xalq deputatlari viloyat (Toshkent shahar) Kengashiga koʻrib chiqish uchun kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining, xalq deputatlari viloyat (Toshkent shahar) Kengashining sessiyasida muhokama oʻtkaziladi va muhokamada deputatlar Markaziy saylov komissiyasi aʼzoligiga koʻrsatilgan nomzodga savollar berishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muhokama natijalari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining, xalq deputatlari viloyat (Toshkent shahar) Kengashining nomzodni Markaziy saylov komissiyasi aʼzoligiga tavsiya etish toʻgʻrisidagi qarori qabul qilinadi hamda koʻrib chiqish uchun Oliy Majlis palatalariga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyat (Toshkent shahar) Kengashi deputatlari umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
83-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi boʻyicha, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov boʻyicha okrug saylov komissiyalariga nomzodlar yigirma bir yoshga toʻlgan, qoida tariqasida, oliy maʼlumotga, saylovni tashkil etish va oʻtkazish borasida ish tajribasiga ega boʻlgan, jamoatchilik oʻrtasida obroʻ-eʼtibor qozongan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari orasidan tanlab olinadi va taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Okrug saylov komissiyalari aʼzoligiga nomzodlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining Qonuniylik, sud-huquq va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari qoʻmitasining, xalq deputatlari viloyat (Toshkent shahar) Kengashining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha doimiy komissiyasining majlisida dastlabki tarzda muhokama etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi tegishli qoʻmitasining, xalq deputatlari viloyat (Toshkent shahar) Kengashi tegishli doimiy komissiyasining majlisida qoʻmita (komissiya) raisining tashabbusi bilan okrug saylov komissiyalari aʼzoligiga nomzodlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar ishtirok etishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining tegishli qoʻmitasi, xalq deputatlari viloyat (Toshkent shahar) Kengashi tegishli doimiy komissiyasi materiallarni koʻrib chiqadi, nomzodlar boʻyicha xulosalarni hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining, xalq deputatlari viloyat (Toshkent shahar) Kengashining okrug saylov komissiyasi aʼzoligiga nomzodlarni tavsiya etish toʻgʻrisidagi qarori loyihasini tayyorlaydi. Dastlabki tarzdagi muhokama natijalariga koʻra, ushbu masalani maʼqullash hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining, xalq deputatlari viloyat (Toshkent shahar) Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish toʻgʻrisidagi tegishli qoʻmita (doimiy komissiya)ning qarori qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Okrug saylov komissiyasi tarkibiga kirish huquqiga ega ekanligi haqida qaror qabul qilingan nomzodlar alifbo tartibida ovoz berish uchun roʻyxatga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining, xalq deputatlari viloyat (Toshkent shahar) Kengashining sessiyasida muhokama oʻtkaziladi va muhokamada deputatlar okrug saylov komissiyasi aʼzoligiga koʻrsatilgan nomzodlarga savol berishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muhokama natijalari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining, xalq deputatlari viloyat (Toshkent shahar) Kengashining nomzodni okrug saylov komissiyasi aʼzoligiga tavsiya etish toʻgʻrisidagi qarori qabul qilinadi hamda tasdiqlash uchun Markaziy saylov komissiyasiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyat (Toshkent shahar) Kengashi deputatlari umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
84-modda. Xalq deputatlari viloyat (Toshkent shahar) Kengashlariga saylovlar boʻyicha viloyat (Toshkent shahar) va okrug saylov komissiyalari aʼzoligiga nomzodlar yigirma bir yoshga toʻlgan, oʻrta yoki oliy maʼlumotga, qoida tariqasida saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish borasida ish tajribasiga ega boʻlgan, aholi oʻrtasida obroʻ-eʼtibor qozongan fuqarolari orasidan tanlab olinadi hamda taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyat (Toshkent shahar) va okrug saylov komissiyalari aʼzoligiga nomzodlar xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha doimiy komissiyaning majlisida dastlabki tarzda muhokama etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Doimiy komissiya majlisida komissiya raisining tashabbusiga koʻra viloyat (Toshkent shahar) va okrug saylov komissiyalari aʼzoligiga nomzodlar, mansabdor shaxslar hamda fuqarolar ishtirok etishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashining tegishli doimiy komissiyasi materiallarni koʻrib chiqadi, nomzodlar boʻyicha xulosalar hamda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashining nomzodlarni viloyat (Toshkent shahar) va okrug saylov komissiyalari aʼzoligiga tavsiya etish toʻgʻrisidagi qarori loyihasini tayyorlaydi. Dastlabki tarzdagi muhokama natijalari boʻyicha ushbu masalani maʼqullash va xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi navbatdagi sessiyasining kun tartibiga kiritish toʻgʻrisidagi doimiy komissiyaning qarori qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyat (Toshkent shahar) va okrug saylov komissiyalari tarkibiga kirish huquqiga ega ekanligi haqida qaror qabul qilingan nomzodlar alifbo tartibida ovoz berish uchun roʻyxatga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashining sessiyasida muhokama oʻtkaziladi va muhokamada deputatlar viloyat (Toshkent shahar) va okrug saylov komissiyalari aʼzoligiga koʻrsatilgan nomzodlarga savollar berishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muhokama natijalari boʻyicha xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashining nomzodni viloyat (Toshkent shahar) saylov komissiyasi aʼzoligiga tavsiya etish toʻgʻrisidagi qarori qabul qilinadi hamda tasdiqlash uchun xalq deputatlari viloyat (Toshkent shahar) Kengashiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muhokama natijalari boʻyicha qabul qilingan xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashining nomzodni okrug saylov komissiyalari aʼzoligiga tavsiya etish toʻgʻrisidagi qarori esa, tasdiqlash uchun xalq deputatlari viloyat (Toshkent shahar) Kengashiga oʻtkaziladigan saylovlar boʻyicha viloyat (Toshkent shahar) komissiyasiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarorlar xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi deputatlari umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
85-modda. Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashiga saylovlar boʻyicha tuman (shahar) saylov komissiyasi aʼzoligiga nomzodlar yigirma bir yoshga toʻlgan, oʻrta yoki oliy maʼlumotga, qoida tariqasida, saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish borasida ish tajribasiga ega boʻlgan, aholi oʻrtasida obroʻ-eʼtibor qozongan fuqarolari orasidan tanlab olinadi hamda taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman (shahar) saylov komissiyasi aʼzoligiga nomzodlar fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan tanlanadi. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari koʻrib chiqish natijalari boʻyicha xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashiga taqdim etish toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha doimiy komissiyasi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining tuman (shahar) saylov komissiyasi aʼzoligiga nomzodlar toʻgʻrisidagi qarorini dastlabki tarzda koʻrib chiqib, uni xalq deputatlari tumun (shahar) Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritishni tavsiya etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli doimiy komissiya raisining axboroti boʻyicha xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashiga saylovlar boʻyicha saylov komissiyasi aʼzolarini tasdiqlash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XI bob. Doimiy va muvaqqat komissiyalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
86-modda. Mahalliy Kengash sessiyaga kiritiladigan masalalarni dastlabki tarzda koʻrib chiqish va tayyorlash uchun oʻz vakolatlari muddatiga jamoatchilik asosida faoliyatni amalga oshiruvchi doimiy va muvaqqat komissiyalar tuzishi hamda ular tarkibiga oʻzgartirishlar kiritishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Doimiy va muvaqqat komissiyalar raisligiga hamda aʼzoligiga nomzodlar sessiyaga hokim — mahalliy Kengash rahbari tomonidan taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Doimiy komissiya raisligiga nomzod boʻyicha ovoz berish alohida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Doimiy va muvaqqat komissiyalar aʼzolari deputatlar orasidan saylanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Doimiy va muvaqqat komissiyalar aʼzoligiga nomzodlarni saylash nomzodlarning har birini alohida yoki komissiyaning butun tarkibni yalpi muhokama qilish yoʻli bilan amalga oshiriladi, ovoz berishda qaror har bir nomzod boʻyicha alohida yoki komissiya butun tarkibi boʻyicha deputatlar umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
87-modda. Doimiy komissiyalar soni va tarkibi sessiyada belgilanadi. Mahalliy Kengash tarkibida, qoida tariqasida, quyidagi doimiy komissiyalar tuzilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy budjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim, sogʻliqni saqlash, madaniyat, sport va ijtimoiy himoya masalalari boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshlar siyosati, xotin-qizlar va gender tenglik masalalari boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanoat, transport, qurilish, kommunal soha va aholiga xizmat koʻrsatish masalalari boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot siyosati va mahalliy davlat organlarida ochiqlikni taʼminlash masalalari boʻyicha;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
odob-axloq masalalari boʻyicha komissiya.
(87-moddaning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2023-yil 25-martdagi KQ-476-IV-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur hollarda mahalliy Kengash tomonidan yangi doimiy komissiyalar tuzilishi va ilgari tashkil qilingan doimiy komissiyalar tugatilishi, doimiy komissiyalar tarkibiga oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Doimiy komissiyalar faoliyati mahalliy Kengash qarori bilan tasdiqlanadigan nizom bilan tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
88-modda. Doimiy komissiyalar oʻz majlislarida rais oʻrinbosarlari va kotiblarini saylaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputat bitta doimiy komissiya aʼzosi etib saylanadi. Faqat Odob-axloq masalalari boʻyicha doimiy komissiya aʼzolari boshqa doimiy komissiya aʼzolari boʻlishi mumkin.
(88-moddaning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2023-yil 25-martdagi KQ-476-IV-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Doimiy komissiya tarkibiga kirmagan deputat uning ishida maslahat ovozi huquqi bilan ishtirok etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokim — mahalliy Kengash rahbari hamda mahalliy Kengash kotibiyati mudiri, doimiy komissiyalar tarkibiga saylanishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Doimiy komissiyalar mahalliy Kengash oldida masʼul va unga hisobdordir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
89-modda. Doimiy komissiyalar oʻz faoliyatini mahalliy Kengash qarori bilan tasdiqlanadigan ish rejalari asosida amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Doimiy komissiyaning tashabbusi bilan doimiy komissiyaning ish rejasiga tegishli oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin. Doimiy komissiyaning ish rejasidagi oʻzgartirishlar navbatdagi sessiyada tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
90-modda. Doimiy komissiyalar oʻz faoliyatini majlis shaklida amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Doimiy komissiyalarning majlislari, qoida tariqasida, har oyda kamida bir marta oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Doimiy komissiyalarning qoʻshma majlislari ular oʻrtasidagi kelishuvga muvofiq oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
91-modda. Mahalliy Kengash aniq vazifalarni bajarish uchun deputatlar orasidan muvaqqat komissiya tuzishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muvaqqat komissiya tuzish toʻgʻrisidagi qaror sessiyada qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muvaqqat komissiya zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarganidan soʻng oʻz faoliyatini tugatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muvaqqat komissiyaning vazifalari mahalliy Kengash qarori bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
92-modda. Doimiy va muvaqqat komissiyalarning hududdagi davlat organlari, korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va mansabdor shaxslarga yuboriladigan qarorlari tavsiya xususiyatiga ega boʻladi va ular tomonidan koʻrib chiqilib, koʻrib chiqish natijalari toʻgʻrisida yoki koʻrilgan chora-tadbirlar haqida bir oylik muddatda xabar qilinishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XII bob. Deputatlik faoliyatini amalga oshirish shakllari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
93-modda. Har bir deputat sessiya, doimiy va muvaqqat komissiyalar ishida tashabbuskorlik va faollik bilan qatnashishi lozim. Deputat oʻz vakolatlarini ishlab chiqarishdan yoki xizmat vazifalaridan ajralmagan holda amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
94-modda. Partiya guruhlari siyosiy partiyalar tomonidan koʻrsatilgan deputatlarning taʼsis yigʻilishlarida oʻz partiyalarining siyosatini uyushgan holda oʻtkazish uchun kamida uch nafar deputat birlashgan taqdirda tuziladi. Partiya guruhlari partiya guruhi rahbarining tegishli arizasi va taʼsis hujjatlariga asosan mahalliy Kengash tomonidan roʻyxatga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Partiya guruhlari quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sessiya kun tartibini shakllantirishda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sessiya kun tartibidagi har bir masala boʻyicha muzokaralarda partiya guruhi vakiliga kafolatlangan tarzda soʻz berilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hokim — mahalliy Kengash rahbariga, hokim oʻrinbosarlariga, hokimlikning boʻlimlari, boshqarmalari va boshqa tarkibiy boʻlinmalari boshliqlariga, shuningdek hududda joylashgan korxona, tashkilot va muassasalarning rahbarlariga soʻrovlar bilan murojaat etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
doimiy va muvaqqat komissiyalar raisligiga nomzodlar boʻyicha takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sessiyada muhokama qilinayotgan masala boʻyicha partiya guruhining fikrini deputatlar orasida tarqatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar) hokimining, shuningdek mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari mansabdor shaxslarining qoniqarsiz faoliyati toʻgʻrisida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga, viloyat (Toshkent shahar) hokimiga xulosa taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalq deputatlari viloyat (Toshkent shahar) Kengashidagi partiya guruhlari viloyat (Toshkent shahar) hokimi — mahalliy Kengash rahbarining lavozimiga tasdiqlangan shaxslarning qoniqarsiz faoliyati toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga asoslangan xulosalar taqdim etish tashabbusi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
deputatlar uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalarni amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Partiya guruhlarining faoliyatiga tashkiliy, texnikaviy va boshqa xizmatlar koʻrsatish mahalliy Kengash kotibiyati tomonidan taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
95-modda. Deputat sessiyada koʻrib chiqilayotgan barcha masalalar boʻyicha hal qiluvchi ovoz huquqidan foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
doimiy hamda muvaqqat komissiyalarga saylash va saylanishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sessiyada koʻrib chiqilishi uchun masalalar taklif etishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sessiya muhokamasiga kiritilayotgan masalalarni dastlabki tarzda koʻrib chiqish va ular yuzasidan takliflar kiritishga, sessiya kun tartibi, muhokama qilinayotgan masalalarni koʻrib chiqish tartibi va mohiyati yuzasidan takliflar va mulohazalar kiritishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy Kengash tomonidan saylanadigan, tayinlanadigan yoki tasdiqlanadigan mansabdor shaxslarning nomzodlari boʻyicha fikr bildirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muzokaralarda ishtirok etishga, maʼruzachi, qoʻshimcha maʼruzachi va sessiyada raislik qiluvchiga savollar berishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
deputat soʻrovi bilan murojaat etishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz takliflarini asoslab berish uchun soʻzga chiqishga va ovoz berish sabablari yuzasidan maʼlumot berishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sessiyada raislik qiluvchiga sessiyada muhokama qilinayotgan masala yuzasidan oʻz nutqi, taklifi yoki mulohazasining matnini topshirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarkibiga oʻzi kirgan mahalliy Kengash organining qaroriga qoʻshilmagan taqdirda oʻz nuqtai nazarini sessiyada bayon qilishga yoki bu haqda mahalliy Kengash rahbariga yozma shaklda maʼlum qilishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy Kengashga hisobdor boʻlgan yoki uning nazorati ostidagi har qanday organ yoxud mansabdor shaxsning hisoboti yoki axborotini sessiyalarda eshitish toʻgʻrisida taklif kiritishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlarining ijro etilishi, shuningdek mahalliy Kengash qarorlarining bajarilishi yuzasidan tekshirishlar oʻtkazish toʻgʻrisidagi masalalar boʻyicha taklif kiritishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sessiya bayonnomasi (stenogrammasi) bilan belgilangan tartibda tanishishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputat qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
96-modda. Deputat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sessiya samarali ishlashiga koʻmaklashishi, sessiya vaqtini tejashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy Kengash reglamentiga rioya qilishi va sessiyada raislik qiluvchining talablarini bajarishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sessiyada faqat raislik qiluvchining ruxsati bilangina soʻzga chiqishi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi deputatlarining odob-axloq qoidalariga rioya qilishi;
(96-moddaning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2023-yil 25-martdagi KQ-476-IV-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sessiyada ishtirok etishi va uning ishida faol qatnashishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzi tarkibiga saylangan doimiy yoki muvaqqat komissiya majlislarida ishtirok etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy Kengash reglamentida belgilangan tartibda ovoz berishda shaxsan ishtirok etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputat sessiyada, oʻzi tarkibiga kirgan doimiy yoki muvaqqat komissiya majlisida ishtirok etish imkoniyati boʻlmagan taqdirda, bu haqda hokim — mahalliy Kengash rahbariga, mahalliy Kengash kotibiyati mudiriga, sessiyada raislik qiluvchiga yoxud doimiy yoki muvaqqat komissiya raisiga oldindan xabar qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
97-modda. Deputat hududda joylashgan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslariga ularning vakolatlariga kiradigan masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish yoki oʻz nuqtai nazarini bayon qilish talabi bilan deputat soʻrovi yuborishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari deputat soʻroviga, agar unda boshqa muddat koʻrsatilmagan boʻlsa, mazkur soʻrov olingan kundan eʼtiboran oʻn kundan kechiktirmay javob yuborishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlarning raislari, prokurorlar, surishtiruv va tergov organlarining rahbarlariga yoʻllangan deputat soʻrovi ularning ish yurituvidagi aniq ishlar va materiallarga taalluqli boʻlishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputat soʻrovlari boʻyicha axborot sessiyada yoki doimiy yoxud muvaqqat komissiyalar majlisida muhokama qilinishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
(98-modda Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2023-yil 29-maydagi KQ-510-IV-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
99-modda. Deputat Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi deputatlarining odob-axloq qoidalariga qatʼiy rioya etishi lozim. Deputatning oʻz maqomidan fuqarolar, jamiyat va davlatning huquqlari hamda qonuniy manfaatlariga ziyon yetkazadigan tarzda foydalanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi deputatlarining odob-axloq qoidalari buzilgan taqdirda deputatning xulq-atvori toʻgʻrisidagi masala mahalliy Kengash tomonidan yoxud uning topshirigʻiga koʻra Reglament va deputatlik odobi masalalari boʻyicha doimiy komissiya tomonidan koʻrib chiqilishi mumkin.
(99-modda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2023-yil 25-martdagi KQ-476-IV-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XII1 bob. Deputatni daxlsizlik huquqidan mahrum qilishga rozilik olish toʻgʻrisida kiritilgan taqdimnomani koʻrib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
991-modda. Deputatni daxlsizlik huquqidan mahrum qilish toʻgʻrisidagi masala tegishincha viloyat, tuman, shahar prokurorining yoki yuqori turuvchi prokurorning taqdimnomasiga binoan mahalliy Kengash tomonidan oʻn kun ichida hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Senator etib saylangan deputatni daxlsizlik huquqidan mahrum qilish masalasi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati aʼzosining maqomi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tartibda hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
992-modda. Deputatni javobgarlikka tortishga rozilik olish toʻgʻrisida quyi prokuror tomonidan kiritilgan taqdimnomani yuqori turuvchi prokuror chaqirtirib olishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
993-modda. Deputatni jinoiy javobgarlikka tortishga, ushlab turishga, qamoqqa olishga yoki unga nisbatan sud tartibida beriladigan maʼmuriy jazoni qoʻllashga rozilik olish toʻgʻrisidagi prokuror taqdimnomasi mahalliy Kengashga kelib tushgandan keyin mahalliy Kengash kotibiyati tomonidan rasmiylashtiriladi va shu kunning oʻzida mahalliy Kengash raisiga hamda Reglament va deputatlik odobi masalalari boʻyicha doimiy komissiya raisiga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
994-modda. Taqdimnoma Reglament va deputatlik odobi masalalari boʻyicha doimiy komissiyaga kelib tushgandan keyin ikki kun ichida komissiya majlisida muhokama qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muhokama jarayonida daxlsizlik huquqidan mahrum qilishga rozilik soʻralgan deputatning oʻzi ham ishtirok etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
995-modda. Reglament va deputatlik odobi masalalari boʻyicha doimiy komissiya majlisida taqdimnomani muhokama qilish yakunlari bayonnoma shaklida rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bayonnomada majlis boʻlib oʻtgan sana, vaqt, joy, komissiya aʼzolarining va daxlsizlik huquqidan mahrum qilishga rozilik soʻralgan deputatning ishtiroki, raislik qiluvchi, prokuratura vakilining familiyasi, ismi, lavozimi, muhokama jarayonida bildirilgan fikr-mulohazalar mazmuni va ovoz berish natijalari batafsil yoritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bayonnomada Reglament va deputatlik odobi masalalari boʻyicha doimiy komissiyaning deputatni daxlsizlik huquqidan mahrum qilishga rozilik berish yoki rad etish boʻyicha xulosasi aks ettiriladi hamda ushbu masalani mahalliy Kengash sessiyasi muhokamasiga kiritish nazarda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
996-modda. Mahalliy Kengash kotibiyati taqdimnomani rasmiylashtirgandan keyin uni koʻrib chiqish boʻyicha kelgusi oʻn kun ichida oʻtkaziladigan sessiya kun tartibiga kiritish yuzasidan mahalliy Kengash raisiga taklif kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agarda navbatdagi sessiya yaqin uch kun ichida oʻtkazilishi belgilangan va bu sessiya Reglament va deputatlik odobi masalalari boʻyicha doimiy komissiyaning majlisi oʻtkaziladigan kundan oldin boʻlsa yoki yaqin oʻn kun ichida sessiya oʻtkazilishi rejalashtirilmagan boʻlsa taqdimnomani muhokama qilish boʻyicha navbatdan tashqari sessiya chaqiriladi. Bunda sessiyani chaqirish boʻyicha qonunchilikda belgilangan talablarga rioya etilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
997-modda. Mahalliy Kengash sessiyasida daxlsizlik huquqidan mahrum qilishga rozilik soʻralgan deputatning oʻzi ham ishtirok etadi, taqdimnoma prokuratura vakili ishtirokida muhokama qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy Kengash sessiyasida taqdimnomani koʻrib chiqish masalasi muhokama qilinayotganda daxlsizlik huquqidan mahrum qilishga rozilik soʻralgan deputatning raislik qilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muhokama yakunlari boʻyicha deputatni daxlsizlik huquqidan mahrum qilishga rozilik berish yoki rad etish boʻyicha ovoz berish jarayoni oʻtkaziladi. Sessiyada ishtirok etayotgan deputatlarning taklifiga asosan ovoz berish yopiq shaklda oʻtkazilishi ham mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
998-modda. Mahalliy Kengash sessiyasida deputatni daxlsizlik huquqidan mahrum qilishga rozilik olish boʻyicha taqdimnomani koʻrib chiqish jarayoni daxlsizlik huquqidan mahrum qilishga rozilik soʻralgan deputatning roziligi bilan sessiya ochiq yoki yopiq shaklda oʻtkazilishidan qatʼiy nazar videotasvirga olinadi hamda videomateriallar mahalliy Kengash kotibiyatida saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
999-modda. Mahalliy Kengashning deputatni daxlsizlik huquqidan mahrum qilishga rozilik berish yoki rad etish masalasiga doir qarori rasmiylashtirilgandan keyin darhol tegishli prokurorga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9910-modda. Deputatni daxlsizlik huquqidan mahrum qilishga rozilik olgan prokuror ish yuritish tamomlangan kundan eʼtiboran uch kunlik muddat ichida mahalliy Kengashga ishni tergov qilish, sudda koʻrib chiqish natijalari toʻgʻrisida xabar qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy Kengashning deputatni daxlsizlik huquqidan mahrum qilishga rozilik berishni rad etgani unga nisbatan jinoyat ishi yuritilishini yoki sud tartibida beriladigan maʼmuriy jazoni nazarda tutadigan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish yuritilishini istisno etadigan va bunday ishlarni tugatishga olib keladigan holat hisoblanadi.
(XII1 bob Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2023-yil 29-maydagi KQ-510-IV-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XIII bob. Mahalliy Kengash va deputatlar faoliyatiga xizmat koʻrsatishni taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
100-modda. Mahalliy Kengash, doimiy komissiyalar va deputatlar faoliyatiga tashkiliy, texnikaviy va boshqa jihatlardan xizmat koʻrsatish mahalliy Kengash kotibiyati tomonidan taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
101-modda. Mahalliy Kengash kotibiyati oʻz faoliyatini mahalliy Kengash qarori bilan tasdiqlanadigan nizom asosida olib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
102-modda. Mahalliy hokimlik deputatlik faoliyatini olib borishlari uchun deputatlarga, shuningdek mahalliy Kengash kotibiyatiga xonalar, texnik vositalar, aloqa vositalari ajratadi, maʼlumotlar bazalaridan foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratib beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XIV bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
103-modda. Mahalliy Kengash reglamenti, unga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar mahalliy Kengash qarori bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy Kengash reglamentiga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi takliflar doimiy komissiyalar, partiya guruhlari, deputatlar tomonidan kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy Kengash reglamentiga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi masala sessiya kun tartibi loyihasiga kiritiladi hamda birinchi navbatda koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
104-modda. Mahalliy Kengash reglamentida nazarda tutilmagan mahalliy Kengash faoliyatiga doir masalalarni sessiyada koʻrib chiqish tartib-taomillari sessiyada deputatlar umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi, bayonnoma tarzida rasmiylashtiriladi va qabul qilingan kundan eʼtiboran amal qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2021-yil 31-iyuldagi SQ-360-IV-sonli Qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining doimiy komissiyalari toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNAVIY NIZOM

1. Ushbu Nizom “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi (bundan buyon matnda mahalliy Kengash deb yuritiladi) reglamenti asosida ishlab chiqilgan va mahalliy Kengashning doimiy komissiyalarini shakllantirish va ishini tashkil qilish tartibini, ular faoliyatining asosiy yoʻnalishlari hamda vakolatlarini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq mahalliy Kengash sessiyasi muhokamasiga kiritiladigan masalalarni dastlabki tarzda koʻrib chiqish va tayyorlash, Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, mahalliy Kengash qarorlari hayotga tatbiq etilishiga koʻmaklashish, oʻz vakolatlari doirasida nazorat vazifalarini amalga oshirish uchun mahalliy Kengash oʻz vakolati muddatiga mahalliy Kengash deputatlari orasidan mahalliy Kengashning doimiy komissiyalarini (bundan buyon matnda doimiy komissiyalar deb yuritiladi) saylaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Doimiy komissiyalar oʻz faoliyatlarini Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi, “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari asosida, shuningdek mahalliy Kengash reglamenti hamda doimiy komisiyalari toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Doimiy komissiyalar mahalliy Kengash sessiyasida (bundan buyon matnda sessiya deb yuritiladi) mahalliy Kengash deputatlari orasidan rais va aʼzolardan iborat tarkibda saylanadi. Doimiy komissiyalar oʻz faoliyatlarini jamoatchilik asosida amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mahalliy Kengash deputati faqat bitta doimiy komissiya aʼzosi etib saylanishi mumkin (Odob-axloq masalalari boʻyicha doimiy komissiya bundan mustasno).
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2023-yil 25-martdagi KQ-476-IV-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Doimiy komissiya tarkibiga kirmagan mahalliy Kengash deputati uning ishida maslahat ovozi huquqi bilan ishtirok etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokim — mahalliy Kengash rahbari hamda mahalliy Kengash kotibiyati mudiri doimiy komissiyalar tarkibiga saylanishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Doimiy komissiyalar raisligiga va aʼzoligiga nomzodlar sessiyaga hokim — mahalliy Kengash rahbari tomonidan taqdim qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Doimiy komissiya raisligiga nomzod boʻyicha ovoz berish alohida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Doimiy komissiyalar aʼzoligiga nomzodlarni saylash nomzodlarning har birini alohida yoki doimiy komissiyaning butun tarkibini yalpi muhokama qilish yoʻli bilan amalga oshiriladi, ovoz berishda qaror har bir nomzod boʻyicha alohida yoki doimiy komissiyaning butun tarkibi boʻyicha mahalliy Kengash deputatlari umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Doimiy komissiyalar oʻz majlislarida ochiq ovoz berish yoʻli bilan doimiy komissiya aʼzolarining koʻpchilik ovozi bilan rais oʻrinbosarlarini va kotiblarini saylaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Doimiy komissiyalarning barcha aʼzolari teng huquqlardan foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Doimiy komissiyalar mahalliy Kengash oldida masʼul va hisobdordir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mahalliy Kengash deputatining doimiy komissiyadagi vakolatlari uning iltimosiga koʻra, shuningdek uning oʻz vazifalarini bajarishga imkon bermaydigan holatlar munosabati bilan muddatidan ilgari tugatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Doimiy komissiya raisining taklifi boʻyicha doimiy komissiya tarkibidagi oʻzgartirishlar sessiyada koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Doimiy komissiyalar soni, ularning nomlanishi va tarkibi sessiyada belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy Kengash tarkibida, qoida tariqasida, quyidagi doimiy komissiyalar tuzilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy budjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim, sogʻliqni saqlash, madaniyat, sport va ijtimoiy himoya masalalari boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshlar siyosati, xotin-qizlar va gender tenglik masalalari boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanoat, transport, qurilish, kommunal soha va aholiga xizmat koʻrsatish masalalari boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot siyosati va mahalliy davlat organlarida ochiqlikni taʼminlash masalalari boʻyicha;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
odob-axloq masalalari boʻyicha.
(10-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2023-yil 25-martdagi KQ-476-IV-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur hollarda mahalliy Kengash tomonidan yangi doimiy komissiyalar tuzilishi va ilgari tashkil qilingan doimiy komissiyalar tugatilishi, doimiy komissiyalarning tarkibiga oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II bob. Doimiy komissiyalar faoliyatining asosiy yoʻnalishlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mahalliy budjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha doimiy komissiya:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy budjet loyihasini, unga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqidagi takliflarni, shuningdek mahalliy budjet ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlarni dastlabki tarzda koʻrib chiqadi, boshqa doimiy komissiyalarning fikrlarini oʻrganadi, xulosalar tayyorlaydi, mazkur masalalar yuzasidan sessiyada maʼruzalar va takliflar bilan chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda va tadbirkorlikni rivojlantirishning hududiy strategik yoʻnalishlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi, oʻz vakolatlari doirasida takliflar kiritadi va ijrosi ustidan deputatlik nazoratini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududda yangi ish oʻrinlarini yaratish, xususiy va oilaviy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash, ularni yanada rivojlantirish uchun zarur infratuzilmani shakllantirish hamda tadbirkorlik subyektlari uchun mutaxassislarni tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni doimiy oʻrganib boradi va deputatlik nazoratini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanish masalalarini oʻrganadi, ular boʻyicha tavsiyalar tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy budjet ijrosi, budjetdan tashqari va maqsadli fondlar mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanish tartibi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy budjetning qoʻshimcha daromad zaxiralari va manbalarini aniqlash boʻyicha ish olib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy budjet xarajatlarining qonunchilikda belgilangan qismining jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yoʻnaltirilishida ishtirok etadi va ushbu mablagʻlarning maqsadli sarflanishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy budjet qoʻshimcha mablagʻlarining belgilangan tartibda taqsimlanishida ishtirok etadi, ushbu masala yuzasidan sessiyaga takliflar kiritadi, mablagʻlarning maqsadli ishlatilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy soliqlar va mahalliy budjetga tushadigan boshqa majburiy toʻlovlarni qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlar doirasida belgilash masalalarini koʻrib chiqadi va xulosalar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishliligicha mahalliy budjetga ajratiladigan tartibga soluvchi budjetlararo transfertlarning cheklangan miqdorlarini dastlabki tarzda koʻrib chiqadi hamda xulosalar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududning ekspert salohiyatini oshirish, investitsiyalar va turizm masalalari boʻyicha rivojlantirish dasturlari loyihalarining ishlab chiqilishida ishtirok etadi, ularning amalga oshirilishini monitoring qiladi va nazorat qilib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududning eksport salohiyati oʻsishiga toʻsqinlik qiladigan tizimli muammolarni oʻrganadi, uning eksport salohiyatini oshirish, shu jumladan, qonunchilikka tegishli oʻzgartishlar kiritish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy investitsiya dasturlari bajarilishini tahlil qilib boradi, investitsiyalar, shu jumladan, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi loyihalarning amalga oshirilishi ustidan deputatlik nazoratini oʻrnatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududga investitsiya jalb etilishiga toʻsqinlik qilayotgan omillarni aniqlaydi, ularni bartaraf etish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi va tegishli ijro organiga kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududning turizm salohiyatini tahlil qilish, tizimli muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish, shu bilan birga hududning turistik salohiyatini oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy Kengash huzuridagi “Xalqparvar” komissiyasi faoliyati samarali yoʻlga qoʻyilishini taʼminlaydi hamda muvofiqlashtirib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hokimlikning tuzilishi, shtatlari va xodimlarining mehnatiga haq toʻlash fondi toʻgʻrisidagi hokim — mahalliy Kengash rahbari taqdimnomasini dastlabki tarzda koʻrib chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy Kengashning rejalashtirish va budjet-moliyaviy faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan boshqa masalalarni koʻrib chiqishda qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi bandligini taʼminlash, ularning mehnat sohasidagi huquq va manfaatlarini himoya qilish, daromadlarini oshirish, kambagʻallikni qisqartirish borasidagi ustuvor yoʻnalishlarni belgilashda ishtirok etadi, sohaga oid qonun hujjatlari ijrosi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolati doirasida nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan yaqindan hamkorlik qiladi, fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga, davlat tuzilmalari va nodavlat notijorat tashkilotlari oʻrtasida ijtimoiy sheriklikni rivojlantirishga koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hokimlik boʻlimlari va boshqarmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar rahbarlarining komissiya vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha hisobotini (axborotini) eshitadi, tavsiyalar beradi va ularning ijrosini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolatiga taalluqli boshqa masalalarni koʻrib chiqadi, ular boʻyicha qarorlar qabul qiladi, tavsiyalar beradi va zarur hollarda mahalliy Kengash qarorlari loyihalarini sessiyada koʻrib chiqish uchun kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha doimiy komissiya:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy Kengash tomonidan rejalashtirilayotgan dasturlarni, shuningdek viloyat, tuman, shahar hududida (keyingi oʻrinlarda hudud deb yuritiladi) qonuniylikni taʼminlash, korrupsiyaga qarshi kurashish, jamoat tartibini saqlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish va fuqarolarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik, sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish sohasiga oid qonun hujjatlari, davlat dasturlarining ijrosi ustidan tizimli nazoratni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi ishlarning holatini kompleks oʻrganadi hamda ushbu sohadagi faoliyatni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korrupsiya koʻrinishlarining namoyon boʻlishiga olib keladigan tizimli muammolar haqida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasiga muntazam ravishda axborot kiritib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolatiga taalluqli boʻlgan mahalliy Kengashning dasturlari va hokim qarorlari loyihalarini koʻrib chiqishda qatnashadi va xulosalar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hokimlik boʻlimlari va boshqarmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, shuningdek sud, prokuratura, majburiy ijro byurosi, ichki ishlar, adliya organlari rahbarlarining komissiya vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha dastlabki tarzda komissiya majlislarida hisobotlarini (axborotlarini) eshitadi, ular boʻyicha yakuniy xulosa tayyorlaydi hamda mazkur masalani sessiya muhokamasiga kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hokim — mahalliy Kengash raisining Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga mos kelmaydigan qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisidagi, xalq deputatlari viloyat Kengashining doimiy komissiyasi esa tegishli viloyat hududida joylashgan xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisidagi masalalarni dastlabki tarzda koʻrib chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy axborot vositalari, siyosiy partiyalar va jamoat birlashmalari bilan oʻzaro hamkorlikni amalga oshiradi, tegishli hududda jamoat tadbirlarini oʻtkazish bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar va xoʻjalik yurituvchi subyektlarning hududda qonuniylik hamda inson huquqlarining buzilishi masalalariga oid murojaatlarini koʻrib chiqadi, shuningdek tegishli davlat organlariga soʻrovlar yuboradi va doimiy komissiya qarorlarining bajarilishini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolati doirasida nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan yaqindan hamkorlik qiladi, fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga, davlat tuzilmalari va nodavlat notijorat tashkilotlari oʻrtasida ijtimoiy sheriklikni rivojlantirishga koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolatiga taalluqli boshqa masalalarni koʻrib chiqadi, ular boʻyicha qarorlar qabul qiladi, tavsiyalar beradi va zarur hollarda mahalliy Kengash qarorlari loyihalarini sessiyada koʻrib chiqish uchun kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Taʼlim, sogʻliqni saqlash, madaniyat, sport va ijtimoiy himoya masalalari boʻyicha doimiy komissiya:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududni taʼlim, sogʻliqni saqlash, madaniyat, sport va ijtimoiy himoya masalalari boʻyicha rivojlantirish dasturlari loyihalarining ishlab chiqilishida ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududni taʼlim, sogʻliqni saqlash, madaniyat, sport va ijtimoiy himoya masalalari boʻyicha rivojlantirish dasturlari bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi, shuningdek ularning bajarilishi haqidagi hisobotlarni dastlabki tarzda koʻrib chiqadi, boshqa doimiy komissiyalar bilan birgalikda xulosalar tayyorlaydi, mazkur masalalar yuzasidan sessiyada maʼruza va qoʻshimcha maʼruzalar bilan chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hokimlik boʻlimlari va boshqarmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar rahbarlarining komissiya vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha hisobotini (axborotini) eshitadi, tavsiyalar beradi va ularning ijrosini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududdagi taʼlim muassasalarining sharoiti, moddiy-texnik taʼminotini tahlil qilgan holda, ularni yaxshilash boʻyicha takliflarni shakllantiradi va tegishli manzilli dasturlarga kiritish yuzasidan takliflar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim tizimining holatini tahlil va nazorat qiladi, taʼlim sifatini yanada yaxshilash, maktablar, litseylar, kollejlar, kasb-hunar maktablari, texnikumlar va oliy oʻquv yurtlarida oʻquv-tarbiya jarayonini rivojlantirish boʻyicha tavsiyalar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim muassasalari tarmogʻini rivojlantirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, oʻquv-tarbiya jarayoni qatnashchilarini sogʻlomlashtirish va moddiy ragʻbatlantirish masalalarini hal qilishga koʻmaklashadi, taʼlim sohasi xodimlarining ijtimoiy masalalarini hal qilish uchun pul mablagʻlari ajratilishi tashabbusi bilan chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maktab direktori lavozimiga tavsiya qilingan nomzodlarni oʻrganadi va xulosalar beradi, shuningdek direktorlikka maʼqullangan nomzodlarning uch yillik dasturlari bajarilishini nazorat qilib boradi, zarur hollarda ularning faoliyatiga baho beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kadrlar tayyorlashni yaxshilash, hududning intellektual salohiyatini saqlab qolish maqsadida mahalliy Kengashning oliy oʻquv yurtlari bilan hamkorligi masalalarini dastlabki tarzda oʻrganadi va uni kuchaytirish boʻyicha takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquvchilarni taʼlimning keyingi bosqichi bilan qamrab olish, ularning muayyan kasb egasi boʻlishini, bandligi taʼminlanishini tahlil qilib borish va yaxshilash boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy tarbiya va sport muassasalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, sportni rivojlantirish, shuningdek aholi turar joylarida jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanish uchun sharoitlar yaratish masalalarini oʻrganadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
madaniyat muassasalari tarmogʻini rivojlantirishga koʻmaklashadi, ularning yoshlarni estetik tarbiyalashdagi rolini oshirish boʻyicha takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
anʼanaviy xalq ijodiyoti markazlari, aholining milliy-madaniy anʼanalari, badiiy hunarmandchilikni rivojlantirish uchun sharoitlar yaratishga koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiy yordam koʻrsatish sifatini yaxshilash, mahalliy davolash-profilaktika muassasalarini, shu jumladan, tabiiy-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda rivojlantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududning “tibbiy xaritasi” shakllantirilishi, undan kelib chiqqan holda, aholiga zarur va sifatli tibbiy xizmat koʻrsatilishi boʻyicha nazorat olib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududda aholining ijtimoiy himoyalanganlik holatini tahlil qiladi, aholining ijtimoiy himoyalanganligini taʼminlash tizimini takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet mablagʻlari hamda korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning xayriya badallari hisobidan aholini ijtimoiy himoya qilishning qoʻshimcha kafolatlarini belgilashda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironlar, urush va mehnat faxriylari, koʻp bolali oilalar hamda keksa fuqarolarning uy-joy va moddiy-maishiy sharoitlarini yaxshilash boʻyicha qonun hujjatlarida koʻzda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishga koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolati doirasida nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan yaqindan hamkorlik qiladi, fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga, davlat tuzilmalari va nodavlat notijorat tashkilotlari oʻrtasida ijtimoiy sheriklikni rivojlantirishga koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolatiga taalluqli boshqa masalalarni koʻrib chiqadi, ular boʻyicha qarorlar qabul qiladi, tavsiyalar beradi va zarur hollarda mahalliy Kengash qarorlari loyihalarini sessiyada koʻrib chiqish uchun kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Yoshlar siyosati, xotin-qizlar va gender tenglik masalalari boʻyicha doimiy komissiya:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshlar siyosatini amalga oshirish, xotin-qizlar va gender tenglikni taʼminlash sohasidagi dasturlarni ishlab chiqishda qatnashadi, dastlabki tarzda koʻrib chiqadi hamda ularning bajarilishini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy Kengash huzuridagi “Yoshlar guruhi” hamda “Yoshlar parlamenti vakillari maktabi” tashkil etilishini, ularning faoliyati samarali yoʻlga qoʻyilishini taʼminlaydi hamda muvofiqlashtirib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshlarning oʻz iqtidor va salohiyatlarini namoyon etish, ularning jamiyatda munosib oʻrin topishlari uchun zarur shart sharoitlarni yaratish, yosh kadrlar zaxirasini shakllantirish, ularni tayyorlab borish va bosqichma-bosqich turli rahbarlik lavozimlariga tavsiya etishda ishtirok etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududda yoshlar siyosati, xotin-qizlar va gender tenglik masalalariga oid qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi, ularni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi va Oliy Majlis Senatining tegishli qoʻmitalariga taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshlarni va xotin-qizlarning muammolarini oʻz vaqtida aniqlash va hal etish, ularni ijtimoiy muhofaza qilish, bandligini taʼminlash, tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish borasida hududda amalga oshirilayotgan ishlarni tahlil qiladi, ushbu yoʻnalishdagi ishlar samaradorligini oshirish boʻyicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshlarning va xotin-qizlarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilishda, ularning jamiyatdagi faol ishtirokini taʼminlashda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshlarni oilaga tayyorlash, sogʻlom oilani shakllantirish, “Sogʻlom oila — sogʻlom jamiyat” gʻoyasini hayotga tatbiq etishga yoʻnaltirilgan davlat siyosatini olib borish, jamiyat va oilada sogʻlom ijtimoiy-maʼnaviy muhitni, tinch-totuvlik va osoyishtalikni taʼminlash borasidagi ishlarni tashkil etishda faol ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshlar va xotin-qizlar bandligini taʼminlash, mehnat sharoitlarini yaxshilash, ularni kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka keng jalb etish, kasb-hunarga oʻqitish borasidagi ishlarni tashkil etishda ishtirok etadi, bu boradagi ishlar samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yosh oilalarni hamda ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarni uy-joy bilan taʼminlashdagi muammolarni tahlil qiladi va bu boradagi chora-tadbirlarni amalga oshirishga koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ayollarning ijtimoiy turmush sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan davlat siyosatini amalga oshirishda faol ishtirok etadi, bu sohadagi ishlar samaradorligini oshirishga doir tavsiyalar ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlarni kamsitish, ularga nisbatan zoʻravonlikning barcha shakllariga barham berish, erta nikoh va majburiy nikohning oldini olish hamda bartaraf qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hokimlik boʻlimlari va boshqarmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar rahbarlarining komissiya vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha hisobotlarini (axborotlarini) eshitadi, tavsiyalar beradi va ularning ijrosini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bola huquqlarini himoya qilish, voyaga yetmaganlar ustidan vasiylik va homiylik boʻyicha ishlarni nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, hududiy chora-tadbirlar dasturlarining ijro etilishi yuzasidan vazirlik, idoralarning hududiy boʻlinmalari rahbarlarining axborotini eshitish va tanqidiy muhokama qilib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolati doirasida nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan yaqindan hamkorlik qiladi, fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga, davlat tuzilmalari va nodavlat notijorat tashkilotlari oʻrtasida ijtimoiy sheriklikni rivojlantirishga koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolatiga taalluqli boshqa masalalarni koʻrib chiqadi, ular boʻyicha qarorlar qabul qiladi, tavsiyalar beradi va zarur hollarda mahalliy Kengash qarorlari loyihalarini sessiyada koʻrib chiqish uchun kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Sanoat, transport, qurilish, kommunal soha va aholiga xizmat koʻrsatish masalalari boʻyicha doimiy komissiya:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarining sanoat, transport, qurilish, kommunal soha va aholiga xizmat koʻrsatishni rivojlantirish qismini dastlabki tarzda koʻrib chiqadi va tayyorlashda qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududning bosh rejasi va qurilish qoidalari loyihalarini koʻrib chiqishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kommunal soha, transport va aloqa holatini oʻrganadi, aholiga kommunal va maishiy xizmat koʻrsatish sifatini oshirish, jamoat transportini rivojlantirish boʻyicha takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hokimlik boʻlimlari va boshqarmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar rahbarlarining komissiya vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha hisobotlarini (axborotlarini) eshitadi, tavsiyalar beradi va ularning ijrosini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdo, umumiy ovqatlanishni tashkil etish, isteʼmol bozori faoliyati bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bozorlar ishini optimallashtirish, sanoat va oziq-ovqat mollarini realizatsiya qilish, hududda savdo yarmarkalarini tashkil qilish boʻyicha takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoqilgʻi-energetika taʼminoti, suv taʼminoti, oqova suvlarni chetga chiqarib yuborish va tozalash, maishiy chiqindilarni yigʻish, tashish va utilizatsiya qilish masalalarini koʻrib chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolati doirasida nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan yaqindan hamkorlik qiladi, fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga, davlat tuzilmalari va nodavlat notijorat tashkilotlari oʻrtasida ijtimoiy sheriklikni rivojlantirishga koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolatiga taalluqli boshqa masalalarni koʻrib chiqadi, ular boʻyicha qarorlar qabul qiladi, tavsiyalar beradi va zarur hollarda mahalliy Kengash qarorlari loyihalarini sessiyada koʻrib chiqish uchun kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya boʻyicha doimiy komissiya:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya boʻyicha dasturlarni dastlabki tarzda koʻrib chiqadi va tayyorlashda qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yerdan oqilona foydalanish, tuproq unumdorligini saqlash va qayta ishlov berish, tabiiy muhitni yaxshilash boʻyicha ijtimoiy-iqtisodiy va tashkiliy-xoʻjalik sharoitlari masalalarini koʻrib chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dehqon va fermer xoʻjaliklari, sanoat korxonalari, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari oʻrtasidagi ishlab chiqarish aloqalarini oʻrganadi va ularni mustahkamlash boʻyicha takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan camarali foydalanish ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi hamda dehqon va fermer xoʻjaliklarini samarali rivojlantirish uchun zarur sharoitlar yaratish boʻyicha takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududdagi suv resurslaridan foydalanish va ularni muhofaza qilishning asosiy yoʻnalishlarini belgilashda, shuningdek suv resurslaridan foydalanishni tartibga solish va ularni muhofaza qilish sohasida qonuniylik hamda huquq-tartibotni taʼminlashda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv obyektlari holatini saqlash va yaxshilash, ularga zararli taʼsir koʻrsatilishining oldini olish va bartaraf etish, shuningdek avariyalar, toshqin, sel va tabiiy ofatlar natijasida vayron boʻlgan obyektlarni tiklash yuzasidan takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur hollarda qonun hujjatlariga muvofiq ekologik ekspertiza oʻtkazish boʻyicha takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hokimlik boʻlimlar va boshqarmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar rahbarlarining komissiya vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha hisobotlarini (axborotlarini) eshitadi, tavsiyalar beradi va ularning ijrosini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolati doirasida nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan yaqindan hamkorlik qiladi, fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga, davlat tuzilmalari va nodavlat notijorat tashkilotlari oʻrtasida ijtimoiy sheriklikni rivojlantirishga koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolatiga taalluqli boshqa masalalarni koʻrib chiqadi, ular boʻyicha qarorlar qabul qiladi, tavsiyalar beradi va zarur hollarda mahalliy Kengash qarorlari loyihalarini sessiyada koʻrib chiqish uchun kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Axborot siyosati va mahalliy davlat organlarida ochiqlikni taʼminlash masalalari boʻyicha doimiy komissiya:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ochiqligini taʼminlash sohasini muvofiqlashtiradi hamda doimiy monitoring qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot siyosati, mahalliy davlat organlarida ochiqlik va oshkoralikni taʼminlashga oid qonun hujjatlari, davlat dasturlarining ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi, shu jumladan, mahalliy davlat organlari, xoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlarining ochiqlikni taʼminlash borasidagi faoliyati yuzasidan hisobotlarini (axborotlarini) eshitadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot siyosati, mahalliy davlat organlarida ochiqlik va oshkoralikni taʼminlashga oid mavjud qonunchilik bazasini tahlil qilgan holda, uni yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot siyosati, mahalliy davlat organlarida ochiqlikni taʼminlashga doir masalalar yuzasidan oʻrganishlar olib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joylarda aholi, jumladan, axborot xizmati sohasida faoliyat olib borayotgan xodimlar va ommaviy axborot vositalari vakillari bilan bevosita muloqot qilish orqali axborot siyosati hamda mahalliy davlat organlarida ochiqlik va oshkoralikni taʼminlash masalalariga oid haqiqiy ahvolni oʻrganadi hamda bu borada aniqlangan dolzarb masalalarni deputatlik nazorati doirasida hal etish choralarini koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning axborot siyosati hamda mahalliy davlat organlarida ochiqlik va oshkoralikni taʼminlash masalalariga oid murojaatlarini koʻrib chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolati doirasida nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan yaqindan hamkorlik qiladi, fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga, davlat tuzilmalari va nodavlat notijorat tashkilotlari oʻrtasida ijtimoiy sheriklikni rivojlantirishga koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolatiga taalluqli boʻlgan mahalliy Kengash dasturlari va hokim qarorlari loyihalarini koʻrib chiqishda qatnashadi hamda xulosalar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududdagi mahalliy davlat hokimiyati organlari va fuqarolik jamiyati institutlarining oʻzaro hamkorligi samaradorligini oshirish yuzasidan tahlillar olib boradi va tegishli takliflar tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududdagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish hamda ularni qoʻllab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni tahlil qiladi, zarur hollatda holatni yaxshilash boʻyicha takliflar kiritib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolatiga taalluqli boshqa masalalarni koʻrib chiqadi, ular boʻyicha qarorlar qabul qiladi, tavsiyalar beradi va zarur hollarda mahalliy Kengash qarorlari loyihalarini sessiyada koʻrib chiqish uchun kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Odob-axloq masalalari boʻyicha doimiy komissiya:
(18-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2023-yil 25-martdagi KQ-476-IV-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy Kengash deputatining vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish, shu jumladan, uni chaqirib olish toʻgʻrisidagi, mahalliy Kengash deputatini jinoiy javobgarlikka tortishga, ushlab turishga, qamoqqa olishga yoki unga nisbatan sud tartibida beriladigan maʼmuriy jazoni qoʻllashga tegishincha viloyat, tuman, shahar prokurorining taqdimnomasi boʻyicha rozilik berish haqidagi masalalarni dastlabki tarzda koʻrib chiqadi va mahalliy Kengash tomonidan koʻrib chiqishga tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy Kengashning doimiy va muvaqqat komissiyalari, boshqa organlarini tashkil qilish va tugatish haqidagi masalalarni dastlabki tarzda koʻrib chiqadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy Kengashning topshirigʻiga muvofiq mahalliy Kengash deputati tomonidan qonun hujjatlari, axloq normalari va Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi deputatlarining odob-axloq qoidalarini buzish faktlari boʻyicha materiallarni koʻrib chiqadi hamda mazkur masala boʻyicha xulosa taqdim qiladi;
(18-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2023-yil 25-martdagi KQ-476-IV-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy Kengashning reglamenti loyihasini ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun kiritadi, shuningdek unga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida takliflar tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy Kengashning doimiy va muvaqqat komissiyalari toʻgʻrisidagi nizomlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi deputatlarining odob-axloq qoidalari loyihasini ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun sessiyaga kiritadi, shuningdek unga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida takliflar tayyorlaydi;
(18-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2023-yil 25-martdagi KQ-476-IV-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
saylovchilarning mahalliy Kengash deputatlari tomonidan Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi deputatlarining odob-axloq qoidalarini buzish bilan bogʻliq shikoyatlarini koʻrib chiqadi;
(18-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2023-yil 25-martdagi KQ-476-IV-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy Kengash deputatlari, boshqa shaxslar tomonidan mahalliy Kengashning reglamenti normalariga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshiradi va uni buzish holatlari mavjud boʻlganda ularni bartaraf qilish choralarini koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolatiga taalluqli boshqa masalalarni koʻrib chiqadi, ular boʻyicha qarorlar qabul qiladi, tavsiyalar beradi va zarur hollarda mahalliy Kengash qarorlari loyihalarini sessiyada koʻrib chiqish uchun kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III bob. Doimiy komissiyalar ishini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Doimiy komissiyalar oʻz faoliyatlarini sessiyada tasdiqlanadigan ish rejalari asosida amalga oshiradilar. Doimiy komissiyaning ish rejasi mahalliy Kengashning ish rejasi bilan belgilangan hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish faoliyatining asosiy yoʻnalishlariga muvofiq ishlab chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Doimiy komissiyaning tashabbusi bilan doimiy komissiyaning ish rejasiga tegishli oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin. Doimiy komissiyaning ish rejasidagi oʻzgartishlar navbatdagi sessiyada tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Doimiy komissiyalar oʻz ishlarini masalalarni birgalikda, erkin muhokama qilish va hal etish, oshkoralik hamda doimiy komissiyalar aʼzolarining keng tashabbuskorligi asosida tashkil etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Doimiy komissiyalar oʻz faoliyatlarini majlis shaklida amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Doimiy komissiyalarning majlislari, qoida tariqasida, har oyda kamida bir marta oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Doimiy komissiyaning majlislari rais, rais yoʻqligida esa rais oʻrinbosarining tashabbusi bilan, shuningdek komissiya aʼzolari koʻpchiligi tomonidan chaqirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Doimiy komissiyalarning qoʻshma majlislari ular oʻrtasidagi kelishuvga muvofiq oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Doimiy komissiyalar majlislarida ish davlat tilida olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Doimiy komissiyalarning majlislari, basharti ularda doimiy komissiya tarkibining yarmidan koʻpi ishtirok etsa, vakolatli hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Doimiy komissiya aʼzosi majlisda ishtirok etish imkoniyati boʻlmagan taqdirda, bu haqda doimiy komissiya raisiga oldindan xabar qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Doimiy komissiyalar majlislari kun tartibi loyihasiga doimiy komissiyalar ish rejalaridagi masalalar, mahalliy Kengash qarorlarida belgilangan masalalar, shuningdek doimiy komissiyalar aʼzolari tomonidan taklif qilingan masalalar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kun tartibi loyihasi va majlisni olib borish tartibi doimiy komissiya raisi tomonidan eʼlon qilinadi va muhokama qilingandan soʻng tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Doimiy komissiya majlislarida bayonnomalar yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Majlis bayonnomasida quyidagilar koʻrsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
doimiy komissiyaning nomi, majlisning tartib raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
majlis oʻtkaziladigan vaqt, sana va joy;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hozir boʻlgan va qatnashmayotgan doimiy komissiya aʼzolarining soni, shuningdek taklif etilgan shaxslar soni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
majlisning kun tartibi, majlisda koʻrib chiqish uchun kiritilgan har bir masala yuzasidan har bir maʼruzachi hamda qoʻshimcha maʼruzachining familiyasi va lavozimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kun tartibiga muvofiq muhokama qilinayotgan masalalarning mohiyati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“yoqlayman”, “qarshiman” yoki “betarafman” deb berilgan ovozlar soni koʻrsatilgan, qabul qilingan qarorlar roʻyxati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Majlis bayonnomasiga majlisda hozir boʻlgan va qatnashmayotgan doimiy komissiya aʼzolari roʻyxati, taklif etilgan shaxslar roʻyxati, maʼruzalar matnlari va boshqa materiallar ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Doimiy komissiya majlisining bayonnomasi majlis tugaganidan soʻng uch kundan kechiktirmay rasmiylashtiriladi. Bayonnoma doimiy komissiya raisi yoki uning vazifasini bajaruvchi shaxs va doimiy komissiya kotibi tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Doimiy komissiya majlisini samarali olib borish uchun, qoida tariqasida, maʼruza uchun 20 daqiqagacha, qoʻshimcha maʼruza uchun 10 daqiqagacha, muzokaralarda soʻzga chiquvchilarga 5 — 7 daqiqagacha, axborot yoki maʼlumot berish uchun esa 3 daqiqagacha vaqt beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Doimiy komissiyalarning majlislari ochiq oʻtkaziladi. Doimiy komissiya yopiq yoki sayyor majlis oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Majlislarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining aʼzolari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputatlari, shuningdek hududda joylashgan davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, ommaviy axborot vositalarining taklif qilingan vakillari va boshqa shaxslar ishtirok etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Majlisga taklif etilgan shaxslar muhokama etilayotgan masalalar yuzasidan qaror qabul qilishda ovoz berish huquqiga ega emas, shuningdek ular raislik qiluvchining farmoyishlariga boʻysunishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Majlisga taklif qilinayotgan shaxslarning soni va tarkibi doimiy komissiya raisi tomonidan hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Majlisda raislik qiluvchi majlisga taklif qilingan shaxslar tarkibi va soni toʻgʻrisida doimiy komissiya aʼzolarini xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Doimiy komissiyalar masalalarni tayyorlash va ularni puxta ishlab chiqish uchun mahalliy Kengash deputatlaridan, davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari vakillari, mutaxassislar va ekspertlardan iborat ishchi guruhlar tuzishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Doimiy komissiyalar oʻzlariga taalluqli masalalarni koʻrib chiqish vaqtida teng huquqlardan foydalanadilar va bir xil majburiyatlarga egadirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Doimiy komissiyalarning aʼzolari doimiy komissiyalar faoliyatida ishtirok etishlari, ularning qarorlarini hayotga tatbiq etishga koʻmaklashishlari, doimiy komissiyalarning topshiriqlarini bajarishlari shart. Doimiy komissiyalar aʼzolari har chorakda doimiy komissiya raisiga doimiy komissiya ish rejasida nazarda tutilgan tadbirlarning ijro etilishi boʻyicha oʻz faoliyati yakunlari va deputatlik vazifalarini bajarish natijalari toʻgʻrisida yozma hisobotlar taqdim etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Doimiy komissiyalar aʼzolari oʻz vakolatlarini ishlab chiqarish yoki xizmat faoliyatidan ajralmagan holda amalga oshiradilar. Korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning rahbarlari doimiy komissiyalar aʼzolarini ular oʻz deputatlik vazifalarini bajaradigan vaqtda, ularning ish joyini (lavozimini) saqlagan holda, ishdan ozod qilishlari shart. Deputatlik vazifalarini bajarayotgan vaqtda doimiy komissiyalar aʼzolarining oʻrtacha ish haqi saqlanib qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Doimiy komissiyaning aʼzosi koʻrib chiqilayotgan masalalar boʻyicha hal qiluvchi ovoz huquqidan foydalanadi, ularni tayyorlash, muhokama qilish va qarorlar qabul qilishda, shuningdek mahalliy Kengashning, doimiy komissiyaning qarorlari bajarilishini tashkil etishda ishtirok etadi. Doimiy komissiyaning har bir aʼzosi bir ovozga ega va muhokama qilinayotgan masala yuzasidan “yoqlayman”, “qarshiman” yoki “betarafman” deb ovoz beradi. Doimiy komissiya majlisida ishtirok etayotgan doimiy komissiyaning har bir aʼzosi muhokama qilinayotgan masala boʻyicha ovoz berishda ishtirok etishga majbur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Doimiy komissiya aʼzosiga doimiy komissiya tomonidan koʻrib chiqilayotgan barcha masalalarni hal etishda faol ishtirok etish uchun sharoit yaratib beriladi, unga zarur hujjatlar yoki boshqa materiallar oldindan yuboriladi. Doimiy komissiya aʼzolari doimiy komissiya majlisi oʻtkaziladigan vaqt, sana, joy va kun tartibi toʻgʻrisida kamida bir kun oldin xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Doimiy komissiya aʼzolari doimiy komissiya tomonidan joylarda koʻrib chiqilishi lozim boʻlgan masalalarni hokim – mahalliy Kengash rahbari, doimiy komissiya raisining topshirigʻiga binoan yoki oʻz tashabbusi bilan oʻrganadi, ushbu masala yuzasidan davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va fuqarolardan kelgan takliflarni umumlashtiradi, ularni doimiy komissiya majlisida muhokama qiladi va takliflar kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Bir nechta doimiy komissiyalarga taalluqli masalalar doimiy komissiyalar tomonidan birgalikda tayyorlanishi va koʻrib chiqilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Doimiy komissiyalarning qoʻshma majlislarini doimiy komissiyalar raislari oʻzaro kelishuv asosida olib boradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Doimiy komissiya oʻzi koʻrib chiqayotgan masalalar yuzasidan boshqa doimiy komissiyalarning fikrini soʻrab olishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa doimiy komissiyalarning iltimosiga binoan doimiy komissiya oʻziga taalluqli masalalar boʻyicha ushbu doimiy komissiyalar tomonidan koʻrib chiqilayotgan masalalarni tayyorlashda ishtirok etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Ayni bir masala boʻyicha doimiy komissiyalarning fikri turlicha boʻlgan taqdirda ular kelishmovchiliklarni bartaraf etish choralarini koʻradilar. Agar murosaga kelinmasa, ushbu masalani tayyorlashga masʼul boʻlgan doimiy komissiyaning qarori uzil-kesil hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Doimiy komissiyalarda barcha masalalar doimiy komissiya aʼzolari umumiy tarkibining koʻpchilik ovozi bilan hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir nechta doimiy komissiyalarning qoʻshma majlislari oʻtkazilganda qaror har bir doimiy komissiyada kvorum mavjud boʻlgan holda majlisda qatnashayotgan doimiy komissiyalar aʼzolari umumiy tarkibining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Doimiy komissiyalar koʻrib chiqilayotgan masalalar yuzasidan tavsiyaviy xususiyatga ega boʻlgan qarorlar qabul qiladi yoki mahalliy Kengash qarorlari loyihalari boʻyicha oʻzlariga taalluqli masalalar yuzasidan xulosalar beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Doimiy komissiyalarning qarorlari, xulosalari va bayonnomalari doimiy komissiya raisi tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Doimiy komissiyalar tomonidan qabul qilingan qoʻshma qarorlar, ular tomonidan birgalikda tayyorlangan xulosalar, shuningdek qoʻshma majlislarning bayonnomalari ularning raislari tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Doimiy komissiyalar tomonidan qabul qilingan qarorlar tegishli davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va manfaatdor shaxslarga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Doimiy komissiyalarning qarorlari qaysi davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va mansabdor shaxslarga nisbatan qabul qilingan boʻlsa, ular tomonidan koʻrib chiqilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Doimiy komissiya qarorida boshqa muddat koʻrsatilgan boʻlmasa, koʻrib chiqish natijalari yoki koʻrilgan choralar haqida doimiy komissiyalarga bir oy muddatda xabar qilinishi lozim. Doimiy komissiyalar qarorlarini koʻrib chiqish yakunlari doimiy komissiyalar majlislarida, zarur hollarda esa sessiyalarda koʻrib chiqiladi. Zaruratga qarab, doimiy komissiya majlisida uning qarori ijro etilishi muddatini uzaytirish toʻgʻrisida qaror qabul qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Doimiy komissiya qarorlari bajarilishining borishi yuzasidan nazorat doimiy komissiya raisi yoki qarorda koʻrsatilgan doimiy komissiya aʼzosi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV bob. Doimiy komissiyalarning vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Doimiy komissiyalar sessiyalar kun tartibiga doir takliflarni shakllantirishda ishtirok etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Doimiy komissiyalar oʻzlariga taalluqli masalalar boʻyicha davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, mansabdor shaxslardan hujjatlar, yozma xulosalar, hisobot maʼlumotlari va boshqa materiallarni soʻrab olishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Doimiy komissiyalar hududda joylashgan davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari rahbarlarini oʻz majlislariga taklif etishi hamda ularning mahalliy Kengash qarorlari va doimiy komissiyalar tavsiyalarining bajarilishi toʻgʻrisidagi hisobotini (axborotini) tinglash huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Doimiy komissiyalar tegishli organlar va tashkilotlarni koʻrib chiqiladigan masalalar xususida oldindan xabardor qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Doimiy komissiyalar oʻrganib chiqish uchun oʻzlariga berilgan masalalarni dastlabki tarzda koʻrib chiqish yakunlari yuzasidan mahalliy Kengashga oʻz qarorlari yoki xulosalarini taqdim etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Mahalliy Kengashning topshirigʻiga binoan, doimiy komissiyalar mahalliy Kengash deputatlari bildirgan takliflar, tanqidiy mulohazalar va soʻrovlarning amalga oshirilishini nazorat qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Doimiy komissiya raisi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur materiallar tayyorlanishini tashkil etadi, doimiy komissiya majlisini chaqiradi, majlis haqida doimiy komissiya aʼzolari va boshqa ishtirokchilarni xabardor qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
doimiy komissiya majlislarida raislik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
doimiy komissiyaning ish rejasi loyihasining tayyorlanishini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
doimiy komissiya aʼzolari, shu jumladan, doimiy komissiya raisi oʻrinbosari va doimiy komissiya kotibi oʻrtasida ishlarni taqsimlaydi hamda ular faoliyatini yoʻnaltiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
doimiy komissiya aʼzolariga topshiriqlar beradi, ularga doimiy komissiyaning faoliyati bilan bogʻliq materiallar va hujjatlarni yuboradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
doimiy komissiya aʼzolarini ishchi guruhlarning ishida qatnashish, shuningdek doimiy komissiyaning boshqa topshiriqlarini bajarish uchun taklif qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari vakillarini, mutaxassislar va olimlarni doimiy komissiya ishida ishtirok etish uchun taklif qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sessiyalarda, davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan boʻladigan munosabatlarda doimiy komissiya nomidan vakillik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
doimiy komissiya faoliyati toʻgʻrisida yarim yillik va yillik hisobot tayyorlaydi va sessiyada hisobot beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
doimiy komissiya qarorlarining ijro etilishi yuzasidan ishlarni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy Kengashga, hokimga — mahalliy Kengash rahbariga ularning topshiriqlari bajarilishi yuzasidan axborot beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
doimiy komissiya aʼzolarini ular tomonidan qabul qilingan qarorlar bajarilganligi va tavsiyalari koʻrib chiqilganligi toʻgʻrisida xabardor qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa doimiy komissiyalar bilan birgalikda ishlar olib borilishini tashkil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
doimiy komissiya majlisi qarorlari, xulosalari va bayonnomalarini imzolaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolati doirasida boshqa vazifalarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Doimiy komissiya raisi oʻrinbosari doimiy komissiya raisining topshirigʻiga koʻra uning ayrim vazifalarini bajaradi, doimiy komissiya raisi yoʻqligida yoki uning oʻz vazifalarini amalga oshirishga imkoni boʻlmagan hollarda rais vazifasini bajaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Doimiy komissiya kotibi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
doimiy komissiya ish rejasining loyihasini tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
doimiy komissiya ish rejasining bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
doimiy komissiya ish yurituvi uchun javob beradi, mahalliy Kengash kotibiyatiga hujjatlarni saqlash uchun oʻrnatilgan tartibda topshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
doimiy komissiya majlisi bayonnomasini yuritadi va uni imzolaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
doimiy komissiya faoliyati bilan bogʻliq boshqa vazifalarni bajaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Doimiy komissiyalar faoliyatini tashkiliy, texnikaviy va boshqa jihatlardan xizmat koʻrsatish tegishli mahalliy Kengash kotibiyati tomonidan taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Tegishli mahalliy Kengash kotibiyati doimiy komissiyalarni hujjatlar, zarur axborot va maʼlumot materiallari, shuningdek doimiy komissiyalar faoliyati bilan bogʻliq masalalar boʻyicha mutaxassislarning maslahatlari bilan taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Doimiy komissiyalar toʻgʻrisidagi nizomni qabul qilish, unga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish masalalari yuzasidan qarorlar sessiyada mahalliy Kengash deputatlari umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.