31.07.2021 yildagi SQ-360-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Mahalliy Kengash o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksi, O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi, “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi qonunlari va boshqa qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, shuningdek o‘z reglamentiga muvofiq amalga oshiradi.
75-modda. O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonuniga va boshqa qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlariga ko‘ra mahalliy Kengash mahalliy davlat boshqaruvi organlari rahbarlarining hisobot va axborotlarini eshitib boradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi (bundan buyon matnda mahalliy Kengash deb yuritiladi) reglamenti asosida ishlab chiqilgan va mahalliy Kengashning doimiy komissiyalarini shakllantirish va ishini tashkil qilish tartibini, ular faoliyatining asosiy yo‘nalishlari hamda vakolatlarini belgilaydi.
“Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq mahalliy Kengash sessiyasi muhokamasiga kiritiladigan masalalarni dastlabki tarzda ko‘rib chiqish va tayyorlash, O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, mahalliy Kengash qarorlari hayotga tatbiq etilishiga ko‘maklashish, o‘z vakolatlari doirasida nazorat vazifalarini amalga oshirish uchun mahalliy Kengash o‘z vakolati muddatiga mahalliy Kengash deputatlari orasidan mahalliy Kengashning doimiy komissiyalarini (bundan buyon matnda doimiy komissiyalar deb yuritiladi) saylaydi.
2. Doimiy komissiyalar o‘z faoliyatlarini O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi, “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari asosida, shuningdek mahalliy Kengash reglamenti hamda doimiy komisiyalari to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.