Hujjat kuchini yo‘qotgan 12.02.2005 06.01.2004 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1295
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bank boshqaruviining qarori, 06.01.2004 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1295
Кучга кириш санаси
16.01.2004
Hujjat kuchini yo‘qotgan 12.02.2005
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FERMER XOʻJALIKLARINING DAVLAT EHTIYOJLARI UChUN XARID QILINADIGAN PAXTA VA GʻALLA YETIShTIRISh XARAJATLARINI TIJORAT BANKLARI TOMONIDAN KREDITLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 6-yanvarda 1295-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy bank Boshqaruvining 2005-yil 14-yanvardagi 2, 259-V -sonli “Qishloq xoʻjaligi korxonalarining davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan paxta va gʻalla yetishtirish xarajatlarini tijorat banklari tomonidan kreditlash tartibi toʻgʻrisida Nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan (roʻyxat raqami 1448, 02.02.2005-y.).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 7-noyabr 383-sonli “Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjalik mahsulotlari ishlab chiqarishni moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi va 2003-yil 30-oktabr 476-sonli “2004—2006-yillarda fermer xoʻjaliklarini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlari asosida qaror qilamiz:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Fermer xoʻjaliklarining davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan paxta va gʻalla yetishtirish xarajatlarini tijorat banklari tomonidan kreditlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtgan kundan boshlab oʻn kundan soʻng kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vaziri M. NURMURODOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2003-yil 8-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
124-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2003-yil 8-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
242-V-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
va Markaziy bank Boshqaruvining
2003-yil 8-noyabrdagi
124, 242-V-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fermer xoʻjaliklarining davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan paxta va gʻalla yetishtirish xarajatlarini tijorat banklari tomonidan kreditlash tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki toʻgʻrisida” va “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 27-oktabrdagi “2004—2006-yillarda fermer xoʻjaliklarini rivojlantirish konsepsiyasi toʻgʻrisida”gi Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 7-noyabrdagi 383-sonli “Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjalik mahsulotlari ishlab chiqarishni moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi va 2003-yil 30-oktabrdagi “2004—2006-yillarda fermer xoʻjaliklarini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 476-sonli qarorlari asosida ishlab chiqilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tijorat banklari tomonidan kreditlar fermer xoʻjaliklariga muddatlilik, toʻlovlilik, taʼminlanganlik hamda maqsadli foydalanish shartlarida davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan gʻalla va paxta xom-ashyosi yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish maqsadlarida beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizom 2003-yil hosilidan boshlab Buxoro, Namangan, Fargʻona, Xorazm viloyatlarida joylashgan fermer xoʻjaliklariga, 2004-yil hosilidan boshlab Andijon, Jizzax, Navoiy, Samarqand viloyatlarida joylashgan fermer xoʻjaliklariga va 2005-yil hosilidan boshlab Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Qashqadaryo, Surxondaryo, Sirdaryo va Toshkent viloyatida joylashgan fermer xoʻjaliklariga davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjalik mahsulotlarini moliyalashtirish uchun tijorat banklari tomonidan kredit berishni tartibga soladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Kreditlar fermer xoʻjaliklariga ular tomonidan davlat ehtiyojlari uchun sotiladigan gʻalla va paxta xomashyosi qiymatining 50 foizigacha miqdorida beriladi. Fermer xoʻjaligi tomonidan davlat ehtiyojlari uchun yetkazib beriladigan mahsulot hajmining qiymati “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi va “Oʻzdonmahsulot” AK korxonalari (bundan keyingi matnlarda — tayyorlov korxonalari) bilan tuzilgan kontraktatsiya shartnomalaridan kelib chiqqan holda oʻrnatiladi.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy bank Boshqaruvining 2004-yil 1-noyabrdagi 117, 242-V-1-sonli qarori tahririda (roʻyxat raqami 1295-1, 16.11.2004-y.) — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 45-46-son, 477-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, kredit miqdori tayyorlov korxonalari tomonidan fermer xoʻjaligiga yetkazib beriladigan urugʻlik mahsulot qiymatiga kamayadi. Kredit miqdorini aniqlash uchun kredit shartnomasini tuzish vaqtidagi xarid narxlari asos qilib olinadi. Xarid narxlari tasdiqlangan, kredit miqdori qayta hisoblab chiqilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur kreditlar faqat quyidagi maqsadlar uchun berilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish haqi va unga tegishli ajratmalarni toʻlash uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mineral oʻgʻit va oʻsimliklarni kimyoviy va biologik himoya qilish vositalarini xarid qilish uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoqilgʻi-moylash mahsulotlarini xarid qilish uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MTPlar, muqobil MTPlar, SFUlar (suvdan foydalanuvchi uyushmalari) va boshqa shaxslarning xizmatlariga toʻlovlar uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik ixtiyoridagi texnikalarga ehtiyot qismlarni sotib olish uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyaviy lizingga berilgan texnika vositalarining lizing toʻlovlari uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektroenergiya toʻlovlari uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
plyonka ostiga ekiladigan paxtaga polietilen plyonkasini xarid qilish uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kollektor-drenaj tarmoqlarini tozalash xizmatlariga toʻlovlar uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yagona yer soligʻi toʻlovlari uchun.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Bunda, beriladigan kredit miqdorini aniqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan afotexkartalardan kelib chiqqan holda, har bir qishloq xoʻjalik ekini boʻyicha har bir xarajat turining eng koʻp meʼyori (qishloq xoʻjalik yilining tegishli davrlari yoyilmasi bilan) har yilgi hosil uchun tasdiqlanadi. Kredit ushbu meʼyorlar doirasida ajratib borilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fermer xoʻjaligining biror bir xarajat turi boʻyicha toʻlovlarga ehtiyoji boʻlmagan hollarda, mazkur oy uchun umumiy ajratilgan mablagʻlar fermer xoʻjaliklari tomonidan boshqa ruxsat etilgan ehtiyojlari uchun (ish haqidan tashqari) oʻrnatilgan yillik meʼyor doirasida ishlatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Kreditlar tegishli qishloq xoʻjalik mahsuloti boʻyicha fermer xoʻjaliklari bilan yakuniy hisob-kitoblar yakunlanguncha, lekin 18 oydan koʻp boʻlmagan muddatga, qaytarish muddatini uzaytirish huquqisiz beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Fermer xoʻjaliklarini kreditlash bank marjasini hisobga olgan holda, imtiyozli foiz stavkasi bilan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bu kreditlar boʻyicha imtiyozli foiz stavkasi yillik 3 foiz miqdorida belgilanib, uning 2 foizi bank marjasini tashkil etadi.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy bank Boshqaruvining 2004-yil 1-noyabrdagi 117, 242-V-1-sonli qarori tahririda (roʻyxat raqami 1295-1, 16.11.2004-y.) — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 45-46-son, 477-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Kredit fermer xoʻjaligiga uning asosiy talab qilib olinguncha depozit hisob raqami ochgan va unga xizmat koʻrsatayotgan bank tomonidan beriladi. Ushbu kreditlarning ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisob raqami ochilgan va ularga xizmat koʻrsatayotgan bank tomonidan berilishiga ruxsat berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Kreditlar berishda tijorat banklari tomonidan fermer xoʻjaliklarining arizalarini koʻrib chiqish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Fermer xoʻjaliklari bilan kontraktatsiya shartnomalari tuzilganidan soʻng, tayyorlov tashkilotlariga xizmat koʻrsatuvchi tijorat banklari, fermer xoʻjaliklariga xizmat koʻrsatuvchi har bir bank filiali boʻyicha maʼlumot tayyorlab, kreditlashni rasmiylashtirish uchun ularning viloyat filiallariga taqdim etadi. Banklarning viloyat filiallari oʻz navbatida bu maʼlumotlarni fermer xoʻjaliklariga xizmat koʻrsatuvchi filiallarga yetkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Kredit olish uchun fermer xoʻjaliklari ularning asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻiga xizmat koʻrsatayotgan bankka ariza bilan murojaat etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tayyorlov tashkilotlari bilan tuzilgan kontraktatsiya shartnomalari nusxalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
biznes reja;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soʻngi hisobot davri uchun Davlat soliq xizmatining mahalliy organi tomonidan tasdiqlangan buxgalteriya balansi (1-shakl), debitor-kreditor qarzlar toʻgʻrisida maʼlumotnoma (2a-shakl), muddati 90 kundan oshgan qarzdorliklarga solishtirma dalolatnomalar, moliyaviy natijalar toʻgʻrisida hisobot (2-shakl).
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Imtiyozli kreditlar qaytishini taʼminlash maqsadida, bank davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan paxta xom-ashyosi va gʻalla yetishtirishni moliyalashtirish maqsadida fermer xoʻjaliklariga berilgan imtiyozli kreditlar qaytarilishi boʻyicha oʻzining tadbirkorlik xavfini sugʻurta qilishi mumkin. “Oʻzagrosugʻurta” kompaniyasining imtiyozli kreditlarning qaytmasligi xavfini sugʻurtalash shartnomalari boʻyicha sugʻurta badallari hajmi olinayotgan kredit summasining 0,75 foizi miqdorida boʻladi va tijorat banklarining oʻz mablagʻlari hisobidan toʻlanadi.
(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy bank Boshqaruvining 2004-yil 1-noyabrdagi 117, 242-V-1-sonli qarori tahririda (roʻyxat raqami 1295-1, 16.11.2004-y.) — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 45-46-son, 477-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, taqdim etilayotgan kredit miqdori “Oʻzagrosugʻurta” DASK bilan kelishilgan sugʻurta pulidan koʻp boʻlmasligi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur Nizomning 10-bandida keltirilgan barcha zarur hujjatlar taqdim etilganidan soʻng, bank fermer xoʻjaligining arizasini koʻrib chiqishi va 5 kun muddat ichida u bilan kredit shartnomasi tuzishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank kredit qoʻmitasi tomonidan kredit berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan hollarda, u raddiyani yozma shaklda asoslab berishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Kreditlash, monitoring va kreditni soʻndirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Kredit shartnomasi tuzilishi bilan bir vaqtda fermer xoʻjaligiga ssuda hisobvaragʻi ochiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻlovlar ssuda hisobvaragʻidan, qarz oluvchining toʻlov topshiriqnomalariga asosan, naqd pulsiz shaklda (ish haqidan tashqari) faqat ushbu Nizomning 4-bandida koʻrsatilgan maqsadlar uchungina amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Bunda, toʻlovlar quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oylik ish haqi toʻlovlari uchun agrotexkartalarda belgilangan meʼyorlarda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mineral oʻgʻit va oʻsimliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalari uchun toʻlovlarda, mablagʻlar “Oʻzqishloqxoʻjalikkimyo” DAK, “Oʻzkimyosanoat” DAK tegishli korxonasining maxsus 23222 hisob raqamiga oʻtkaziladi. Bio mahsulotlarni shirkat xoʻjaliklaridan sotib olishda, mablagʻlar ularning maxsus 23222 hisob raqamiga oʻtkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzagromashservis” uyushmasi MTPlarining xizmatlari uchun toʻlovlarda, mablagʻlar teng ravishda boʻlinib 50 foizi ularning maxsus 23218-sonli va qolgan 50 foizi 23210 (23220)-sonli hisob raqamlariga oʻtkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoqilgʻi-moylash mahsulotlari va elektroenergiya uchun “Oʻzneftmahsulot” kompaniyasi, “Oʻzbekenergo” DAK korxonalari va shirkat xoʻjaliklariga toʻlovlarda, mablagʻlar ularning maxsus 23210 (23220) hisob raqamiga oʻtkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muqobil MTPlar, SFUlar (suvdan foydalanuvchi uyushmalari), boshqa korxona va tashkilotlar tomonidan koʻrsatilgan xizmatlar hamda olingan mahsulotlar uchun toʻlovlarda, mablagʻlar ushbu xoʻjalik yurituvchi subyektlarning talab qilib olinguncha depozit hisob raqamlariga oʻtkazib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. “Oʻzqishloqxoʻjalikkimyo” kompaniyasi va “Oʻzkimyosanoat” kompaniyasi korxonalarining 23222-sonli muvaqqat hisob raqamlariga kelib tushgan mablagʻlar, “Qishloq xoʻjaligi korxonalarining kimyo sanoati korxonalari bilan ular tomonidan davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun mineral oʻgʻitlar va boshqa kimyoviy mahsulotlar yetkazib berish uchun hisob-kitoblar mexanizmi toʻgʻrisidagi Nizom”da (roʻyxat №1049, 16-iyul 2001-yil — Meʼyoriy hujjatlar Axborotnomasi, 2001-y., 14-son) belgilangan maqsadlarga yoʻnaltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. “Oʻzbekneftegaz” MXK tarkibiga kiruvchi korxonalarning 23210 (23220)-sonli muvaqqat hisob raqamlariga tushgan mablagʻlar “Oʻzbekneftegaz MXK korxonalari va tashkilotlari hisobvaraqlaridan toʻlovlarni hamda tabiiy gaz isteʼmol qiluvchilarning yetkazib beruvchilar — “Boshkommungaz” korxonasi, “Oʻzgazsotish” shuʼba korxonasi, “Oʻztransgaz” AK bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida nizom”da (roʻyxat №1021, 26-mart 2001-yil — Meʼyoriy hujjatlar Axborotnomasi, 2001-y., 6-son) belgilangan maqsadlarga yoʻnaltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. “Oʻzagromashservis” uyushmasining tarkibiga kiruvchi korxonalarning 23218-sonli muvaqqat hisob raqamlariga tushgan mablagʻlar “Qishloq xoʻjaligi korxonalarining pul mablagʻlarini “Oʻzagromashservis” uyushmasining MTPlariga koʻrsatilgan xizmatlar, yetkazib berilgan qishloq xoʻjalik texnikasi va ehtiyot qismlari uchun oʻtkazilish tartibi toʻgʻrisida nizom”da (roʻyxat №1082, 10-noyabr 2001-yil — Meʼyoriy hujjatlar Axborotnomasi, 2001-y., 21-son) belgilangan maqsadlarga yoʻnaltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Banklar toʻlovlarning ssuda hisobvarigʻidan faqat mazkur Nizomning 4-bandidagi maqsadlar uchun amalga oshirilishini nazorat qiladi. Shuningdek, haqiqatda gʻalla va paxta ekinlarining mavjudligi, ularda nihollarni parvarishlash boʻyicha zarur agrotexnika ishlarining oʻtkazilishini joylarga chiqib aniqlash orqali kredit monitoringini olib boradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Ekinlar (toʻliq yoki qisman) mavjud boʻlmagan yoki ular ahvolining qoniqarsizligi, jumladan agrotexnik tadbirlarning kechikishi, maydonda begona oʻtlarning koʻpayishi holatlari aniqlanganda, bank tuman qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimlarining xulosasi asosida kreditlashni toʻxtatadi va kreditlar hamda ularga hisoblangan foizlarni muddatidan oldin soʻndirish choralarini koʻradi. Bu choralar kredit shartnomasida kelishilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Kreditlar va unga hisoblangan foizlar fermer xoʻjaliklarining maxsus 23210 (23220) hisob raqamlariga qishloq xoʻjalik mahsulotlarini tayyorlov korxonalariga sotishdan tushgan mablagʻlar hisobidan, muddatli majburiyatnomalar asosida memorial order orqali birinchi navbatda undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Kreditlardan foydalanganlik uchun foizlar kreditning amaldagi qoldigʻiga har kuni hisoblab boriladi va qishloq xoʻjalik mahsulotlarini tayyorlov korxonalariga sotishdan tushgan mablagʻlar hisobidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gʻalla yetishtirishni moliyalashtirishga ajratilgan kreditlar boʻyicha — yilning iyul oyidan boshlab va kreditni toʻliq qaytarish vaqtigacha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta xom-ashyosi yetishtirishni moliyalashtirishga ajratilgan kreditlar boʻyicha — yilning noyabr oyidan boshlab va kreditni toʻliq qaytarish vaqtigacha undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda fermer xoʻjaliklari kreditni va unga hisoblangan foizlarni muddatidan oldin qaytarishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Shuningdek, ajratilgan kreditlardan maqsadli foydalanish Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi va Jamgʻarmaning hududiy inspektorlari tomonidan ham tekshirib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Mazkur Tartib Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzagrosugʻurta” DASK hamda Dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri A. JOʻRAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2003-yil 8-noyabr
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzagrosugʻurta” DASK raisi P. KAZIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2003-yil 8-noyabr
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasi raisi S. QOBILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2003-yil 8-noyabr
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 1-2-son, 21-modda; 2004-y., 45-46-son, 477-modda)