Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.07.2024 03.08.2021 yildagi 491-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.07.2024
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashga moʻljallangan maxsus “1-son Zangiota” va “2-son Zangiota” shifoxonalari bino va inshootlaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-iyuldagi 446-sonli “Toshkent shahar bolalar koʻp tarmoqli shifoxonasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarga xizmat koʻrsatuvchi tibbiyot muassasalarida bino va inshootlar hamda kommunikatsiya tizimlariga texnik xizmat koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida koronavirus pandemiyasi tarqalishining oldini olish borasida amalga oshiriladigan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 25-martdagi 181-son qarori bilan Toshkent viloyatining Zangiota tumanida maxsus shifoxonalar qurish belgilanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Koronavirus infeksiyasini yuqtirgan bemorlarga tibbiy yordam koʻrsatish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 4-avgustdagi 461-son qaroriga asosan koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashga moʻljallangan maxsus “1-son Zangiota” va “2-son Zangiota” shifoxonalari (keyingi oʻrinlarda — Zangiota maxsus shifoxonalari) tashkil etilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 574-f-son farmoyishi bilan qurilishi tugallangan Zangiota maxsus shifoxonalarini foydalanishga qabul qilish boʻyicha Davlat qabul komissiyasi tarkibi tasdiqlanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Sogʻliqni saqlash vazirligining Zangiota maxsus shifoxonalari bino va inshootlaridan foydalanish direksiyasini (keyingi oʻrinlarda — Direksiya) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Direksiya Sogʻliqni saqlash vazirligi muassisligidagi davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi, oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blanklarga, mustaqil balansga, shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga ega boʻladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Direksiya xodimlarining soni va ular mehnatiga haq toʻlash shartlari va miqdorlari Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Direksiyaga Zangiota maxsus shifoxonalari direktorlarining qoʻshma taqdimnomasiga muvofiq Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Direksiya xodimlari faoliyatiga belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish tadbirlariga ajratilayotgan mablagʻlarning samaradorligini taʼminlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 24-sentabrdagi 583-son qarori bilan belgilangan maxsus ragʻbatlantirish toʻlovlarini toʻlash tartibi joriy etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Direksiya faoliyatini yoʻlga qoʻyishda “Oʼzpromholodmontaj” MChJ tomonidan amaliy yordam koʻrsatishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Toshkent shahar hokimligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat qabul komissiyasi bilan birgalikda besh kun muddatda qurilishi tugallangan Zangiota maxsus shifoxonalarini foydalanishga qabul qilish boʻyicha Davlat qabul komissiyasining dalolatnomasini tasdiqlanishini yakunlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻn kun muddatda Direksiya tomonidan buyurtmachi va bosh pudratchilar taqdim qilgan asoslangan hujjatlarga muvofiq foydalanishga qabul qilinishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Sogʻliqni saqlash vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir hafta muddatda Qurilish vazirligi bilan birgalikda Zangiota maxsus shifoxonalari bino va inshootlari hamda shifoxonada mavjud tibbiy va boshqa turdagi texnikalarga xizmat koʻrsatish, hududlarni obodonlashtirish va boshqa masalalarni qamrab olgan holda Direksiyaning ustavini tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi va Toshkent viloyati hokimligi bilan birgalikda Zangiota maxsus shifoxonalari bino va inshootlarini tegishligi boʻyicha “1-son Zangiota” va “2-son Zangiota” shifoxonalariga belgilangan tartibda berilgandan soʻng, kadastr hujjatlari rasmiylashtirilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vazirligi bilan birgalikda oʻn kun muddatda Zangiota maxsus shifoxonalari bino va inshootlaridan foydalanish direksiyasi tashkil etilishi munosabati bilan Zangiota maxsus shifoxonalarining amaldagi vaqtinchalik shtat normativlarini qayta koʻrib chiqsin va ularning yangilangan shtat normativlarini tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Moliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sogʻliqni saqlash vazirligining asoslangan hisob-kitoblariga muvofiq Direksiya faoliyatini 2021-yil uchun respublika budjetidan koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish va vaksina sotib olish xarajatlari uchun nazarda tutilgan mablagʻlar hisobidan moliyalashtirsin, 2022-yildan boshlab esa zarur mablagʻlarni Davlat budjeti parametrlarida koʻzda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Direksiyaga Davlat budjetidan ajratilayotgan mablagʻlarning maqsadli ishlatilishi ustidan tizimli nazorat oʻrnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari B.A. Musayev va Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri A.M. Xadjibayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 3-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
491-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2021-y., 09/21/491/0754-son)