1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.02 Sog‘liqni saqlashni moliyalashtirish va ta’minoti;
2.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sog‘lomligi / 14.01.08.03 Infeksion va ommaviy kasalliklar profilaktikasi]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sog‘liqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasida koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish tadbirlariga ajratilayotgan mablag‘larning samaradorligini ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi hududida koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish davrida tibbiyot xodimlari zimmasiga tushgan yuqori ish yuklamasini yumshatish hamda mablag‘lardan samarali va oqilona foydalanishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolash standartlari yangidan ko‘rib chiqib tasdiqlanganligi va bunda bemorlarning davolanishda bo‘lish muddati 10 kundan 7 kungacha qisqartirilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2020-yil 20-avgustdan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlar joylashgan muassasalarda faoliyat olib borayotgan tibbiyot xodimlari va boshqa xodimlar hamda koronavirus infeksiyasini aniqlash laboratoriyalari xodimlari ish faoliyatini tashkil qilish amaldagi 14 kunlik “vaxta” usulidan belgilangan sanitariya va gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda kunlik tarzda kelib-ketish tizimiga o‘tkazilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni kechayu kunduz tanaffussiz davolashga ixtisoslashgan tibbiyot tashkilotlarida, jumladan, intensiv palatalar va reanimatsiya bo‘limlarida grafik asosida kechki va tungi vaqtlarda vrachlar navbatchilik qilishi orqali tibbiy yordam uzluksiz ko‘rsatishi yo‘lga qo‘yilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki, 2023-yil 15-iyundan e’tiboran:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlar joylashgan muassasalarda faoliyat olib borayotgan tibbiyot va boshqa xodimlar hamda koronavirus infeksiyasini aniqlash laboratoriyalari xodimlariga ishlagan davri uchun ish yuklamalarini inobatga olgan holda ularning tarif stavkalariga 50 foiz miqdorida maxsus ustama to‘lovi amalga oshiriladi;
(2-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-iyundagi PF-96-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.06.2023-y., 06/23/96/0379-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
anesteziolog-reanimatolog vrachlariga maxsus ustamalar 1,2 koeffitsiyentga oshirilgan holda hisob-kitob qilinadi va to‘lab beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus ustama to‘lovlari to‘lanadigan tibbiyot xodimlari va boshqa xodimlarning oylik lavozim maoshiga 6 foiz miqdorida har kunlik qo‘shimcha to‘lov amalga oshirilmaydi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PQ-73-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 07/21/73/1227-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolash obyektlarida hamda koronavirus infeksiyasini aniqlash laboratoriyalarida faoliyat olib borayotgan xodimlarga maxsus rag‘batlantirish to‘lovlarini to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish tadbirlariga jalb qilingan tibbiyot, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi va uning tizimidagi tashkilotlar xodimlari va boshqa xodimlarga 6 foizlik kunlik qo‘shimcha to‘lov o‘rniga har oylik moddiy rag‘batlantirish to‘lovlari amalga oshiriladigan lavozimlar ro‘yxati 2a-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PQ-73-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 07/21/73/1227-son)
(3-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-maydagi PF-6221-sonli Farmoniga asosan 2021-yil 1-iyundan chiqariladi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2021-y., 06/21/6221/0428-son)
(3-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PQ-73-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 07/21/73/1227-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bilan birgalikda bir hafta muddatda vaqtinchalik karantinda saqlanayotgan shaxslar va koronavurus infeksiyasini yuqtirgan bemorlar uchun kunlik ovqatlanish me’yorlarini qayta ko‘rib chiqsin va tasdiqlasin hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yetkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Koronavirus infeksiyasini yuqtirgan bemorlar bilan muloqotga kirishadigan, zararlangan bemorlar joylashtirilgan tibbiyot muassasalari, vaqtinchalik shifoxonalar, provizor muassasalari, bo‘limlari hamda koronavirus infeksiyasini aniqlash laboratoriyalarining ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanishi belgilab qo‘yilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni kechayu kunduz tanaffussiz davolashga ixtisoslashgan tibbiyot muassasalarida faoliyat yuritayotgan tibbiyot xodimlarini zaruratga ko‘ra yotoqxona bilan ta’minlash va kunlik ovqatlanish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-maydagi PF-6221-sonli Farmoniga asosan 2021-yil 1-iyundan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2021-y., 06/21/6221/0428-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi respublika bo‘yicha koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish tadbirlariga jalb qilingan xodimlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, bemorlarni qabul qilish va chiqish qaydnomasi, tovar-moddiy boyliklarning harakati hamda shifoxonalar bo‘yicha boshqa tahliliy ma’lumotlar shaffofligini ta’minlash maqsadida bir hafta muddatda real vaqt rejimida ishlaydigan “Bemor.ssv.uz” elektron nazorat dasturini ishga tushirsin.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PQ-73-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 07/21/73/1227-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati hududiy boshqarmalari koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish davrida tibbiyot muassasalariga Davlat budjetidan ajratilayotgan mablag‘larning maqsadli ishlatilishi, shu jumladan, jalb qilingan xodimlarga maxsus ustama to‘lovlarining to‘g‘ri va to‘liq to‘lanishi ustidan tizimli nazorat o‘rnatsin.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PQ-73-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 07/21/73/1227-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Vazirlar Mahkamasinining “Koronavirus infeksiyasini yuqtirgan bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 4-avgustdagi 461-son qaroriga4-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 24-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
583-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-sentabrdagi 583-son qaroriga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolash obyektlarida hamda koronavirus infeksiyasini aniqlash laboratoriyalarida faoliyat olib borayotgan xodimlarga maxsus rag‘batlantirish to‘lovlarini to‘lash tartibi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

1. Ushbu Nizom koronavirus infeksiyasini yuqtirgan bemorlar bilan muloqotga kirishadigan, bemorlar joylashtirilgan tibbiyot muassasalari, vaqtinchalik shifoxonalar hamda koronavirus infeksiyasi tasdiqlanmagan ammo barcha klinik belgilari mavjud, shifoxonaga yotqizish talab qilinadigan bemorlar uchun shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatuvchi provizor tibbiyot muassasalarida va bo‘limlarida (keyingi o‘rinlarda — statsionar tibbiyot muassasalari) va koronavirus infeksiyasini aniqlash laboratoriyalarida (keyingi o‘rinlarda — laboratoriyalar) faoliyat olib borayotgan xodimlarga maxsus qo‘shimcha rag‘batlantirish to‘lovini (keyingi o‘rinlarda — maxsus ustama) amalga oshirish tartibini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PQ-73-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 07/21/73/1227-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Xodimlarga maxsus ustamalar va ularga hisoblanadigan ijtimoiy soliqlar 2022-yilda koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish va vaksina sotib olish uchun ajratiladigan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PQ-73-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 07/21/73/1227-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Maxsus to‘lov uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan tashkilotlarga alohida shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari ochiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlar joylashgan muassasalarda faoliyat olib borayotgan tibbiyot va boshqa xodimlar hamda koronavirus infeksiyasini aniqlash laboratoriyalari xodimlariga ishlagan davri uchun ish yuklamalarini inobatga olgan holda ularning tarif stavkalariga 50 foiz miqdorida maxsus ustama belgilanadi.
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-iyundagi PF-96-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.06.2023-y., 06/23/96/0379-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Anesteziolog-reanimatolog vrachlarga maxsus ustamalar 1,2 koeffitsiyentga oshirilgan holda hisob-kitob qilinadi va to‘lab beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa xodimlar tarkibiga jalb etilgan yordamchi, texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar kiradi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PQ-73-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 07/21/73/1227-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Maxsus ustama tibbiyot xodimlari va boshqa xodimlarga, shu jumladan, qisqa muddatga jalb etilgan tor yo‘nalishdagi tibbiyot mutaxassislariga haqiqatda ishlangan ish hajmi uchun to‘lanadi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PQ-73-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 07/21/73/1227-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Laboratoriyalarda faoliyat olib borayotgan xodimlarga maxsus to‘lovlar respublika darajasidagi laboratoriyalar, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi, uning hududiy boshqarmalari, tuman (shahar) bo‘limlari laboratoriyalari, davolash muassasalari laboratoriyalari hamda OITS markazlari laboratoriyalari uchun yuqori turuvchi sog‘liqni saqlash organi rahbarlarining buyruqlari asosida jalb etilgan shaxslarga to‘lanadi.
(7-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi, uning hududiy boshqarmalari, tuman (shahar) bo‘limlari rahbarlari ushbu nizomga ilovaga muvofiq me’yorga, epidemiologik holatga asosan xodimlarni laboratoriyalarga jalb etadi.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus to‘lovlar miqdori haqiqatda ishlagan davr uchun har oylik ish yuklamasini inobatga olgan holda ushbu laboratoriyada haqiqatda shu davrda o‘tkazilgan test sinovlari hajmidan kelib chiqqan holda belgilanishi lozim bo‘lgan xodimlar soniga mutanosib ravishda aniqlanadi.
(7-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PQ-73-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 07/21/73/1227-son)
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PQ-73-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 07/21/73/1227-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Statsionar tibbiyot muassasalarida faoliyat olib borayotgan tibbiyot xodimlari va boshqa xodimlarga maxsus to‘lovlar ushbu obyektlarda haqiqiy ishlangan davri uchun to‘lanadi. Bunda bemorlar bo‘lmagan davrda vaqtincha faoliyat yuritmagan davr uchun maxsus to‘lovlar to‘lanmaydi. Bemorlar soni belgilangan me’yorlar bo‘yicha nazarda tutilgan o‘rinlar soniga nisbatan keskin kamaygan taqdirda, davolashga jalb etilgan xodimlar soni tegishli ravishda kamaytiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Koronavirus infeksiyasi bilan vafot etgan yoki ushbu infeksiyaga gumon qilingan marhumlar jasadini kafanlash va dafn etish guruhi yuqori turuvchi tegishli tashkilot buyrug‘i asosida tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koronavirus infeksiyasidan vafot etgan shaxslarni pataloganatomik tekshiruvdan o‘tkazish, marhumlar jasadini kafanlash va dafn etish uchun jalb qilinadigan xodimlarga haqiqatda ishlagan ish davri uchun ushbu nizomning 4-bandida ko‘rsatib o‘tilgan miqdorlarda maxsus to‘lovlar to‘lanadi.
(10-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PQ-73-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 07/21/73/1227-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda patalagoanatomik xizmatining 1 nafardan vrach-pataloganatomi, sanitari, sanitar-farroshi, murda tashuvchi brigada sanitari va uning haydovchisi hamda dezinfektorlardan iborat guruh (jami 6 nafar) tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Statsionar tibbiyot muassasalari va laboratoriyalarga jalb etiladigan tibbiyot xodimlari va boshqa xodimlar asosiy ish joyining rahbari (yoki mas’ul shaxsi) safarbar qilinishi haqidagi buyrug‘i bilan birga pasport nusxasi, soliq to‘lovchining indentifikatsiya raqami (STIR), shaxsiy jamg‘arilib boriladigan pensiya hisobvarag‘i (SHJBPH) raqami haqidagi ma’lumotlarni statsionar tibbiyot muassasasi yoki laboratoriyasi mavjud bo‘lgan muassasaga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sog‘liqni saqlash vazirligi yoki hududiy sog‘liqni saqlash boshqaruv organi statsionar tibbiyot muassasasi va laboratoriyalarga jalb etiladigan tibbiyot xodimlari va boshqa xodimlarning ro‘yxatini (zaxirasini) shakllantirib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Statsionar tibbiyot muassasasi buxgalteri boshqa muassasalardan jalb qilingan xodimlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni budjet hisobi va hisoboti yuritilishini kompleks avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan “UzASBO” dasturiy majmuiga kiritadi hamda ularga maxsus to‘lovlarni to‘lash uchun tegishli buxgalteriya hisob-kitoblarini amalga oshiradi, to‘lov qaydnomalarini shakllantiradi hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligi tegishli bo‘linmasiga so‘rovnoma yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Statsionar tibbiyot muassasalari va laboratoriyalar tomonidan maxsus to‘lovni to‘lash uchun hisobvarag‘ida yetishmaydigan mablag‘ bo‘yicha qo‘shimcha mablag‘ ajratish to‘g‘risida asoslangan hisob-kitoblar bilan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining hududiy boshqaruv organlariga (keyingi o‘rinlarda — moliya boshqarmalari) to‘lovlarni amalga oshirishdan kamida bir hafta oldin buyurtmanoma taqdim qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Moliya boshqarmalari asoslangan hisob-kitoblarga muvofiq ikki kun muddatda zarur qo‘shimcha mablag‘larni tegishli muassasa shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga ajratadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Moliya boshqarmalari maxsus to‘lovlarni to‘liq ajratish uchun shaxsiy g‘azna hisobvarag‘ida mablag‘lar yetishmovchiligi mavjud bo‘lganida, asoslangan hisob-kitoblar bilan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga qo‘shimcha mablag‘ ajratish to‘g‘risida murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hisob-kitoblardan kelib chiqib, bir kun muddatda zarur mablag‘larni moliya boshqarmalarining shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga ajratadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Statsionar tibbiyot muassasalari va laboratoriyalarning kadrlar bo‘limi yoki kadrlar hisobini yuritish vazifasi yuklatilgan xodim tomonidan tibbiyot xodimlari va boshqa xodimlarning ishlagan soatlari ko‘rsatilgan holda ish kunini hisoblash tabeli shakllantiriladi hamda muassasa rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muassasa hisobxonasi tomonidan budjet hisobi va hisoboti yuritilishini kompleks avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan “UzASBO” dasturiy majmuada kunlik tabelga asosan har oyning o‘n beshinchi va oxirgi kunida maxsus to‘lovlar hisoblanadi va so‘rovnoma shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Ushbu Nizom talablari respublikada koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish tadbirlari rasman to‘xtatiladigan oy yakuniga qadar amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Ushbu Nizomda nazarda tutilgan maxsus to‘lovni olish uchun xodimlar va tashkilotlar ro‘yxatlari to‘g‘ri shakllantirilishi, tegishli ma’lumot va hisob-kitoblarning to‘g‘riligi, shuningdek, ajratilgan mablag‘lardan samarali va maqsadli foydalanilishi yuzasidan shaxsiy javobgarlik tibbiyot muassasalari rahbarlari va bosh buxgalterlari zimmasiga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Tibbiyot muassasasiga biriktirilgan moliya xodimlari boshqa muassasalardan jalb qilingan xodimlarning ma’lumotlarini aniqlashda, ularni budjet hisobi va hisobot yuritilishini kompleks avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan “UzASBO” dasturiy majmuaga kiritishga, zarur hollarda maxsus to‘lovlarni hisoblashda ko‘maklashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Ushbu Nizomda nazarda tutilgan maxsus to‘lovlar to‘g‘ri, to‘liq va uzluksiz amalga oshirilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati departamentiga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolash obyektlarida hamda koronavirus infeksiyasini aniqlash laboratoriyalarida faoliyat olib borayotgan xodimlarga maxsus rag‘batlantirish to‘lovlarini to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus rag‘batlantirish to‘lovlarini to‘lash bo‘yicha koronavirus infeksiyasini aniqlash laboratoriyalariga jalb qilinadigan xodimlar soni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ME’YORLARI

Izoh. Namunalar soni me’yori 1 sutkada hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* boshqa muassasalardan namunalarni tashish uchun maxsus avtotransport vositalari mavjud bo‘lganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** 12 soatlik ish vaqti uchun PZR test tahlilini o‘tkazayotgan xona uchun 1 ta lavozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masalan, koronavirus infeksiyasini aniqlaydigan laboratoriyaga tahlil va namunalarni oluvchi laborant jalb qilingan. Uning kunlik ish hajmi 250 ta va 30 kunga 7 500 ta tahlilni olishdan iborat. Bu xodim belgilangan normani to‘liq bajarishi bilan yuqorida ko‘rsatilgan 15 million so‘m maxsus to‘lovni oladi. Agar xodim belgilangan 30 kun davomida kamroq hajmda ish bajarsa, bajargan ish hajmiga mutanosib ravishda maxsus mukofot oladi, ya’ni 30 kun davomida 3750 ta namuna olsa, unga maxsus mukofotning 50 foizi yoki 7 million 500 ming so‘m to‘lanadi.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-yanvardagi PQ-103-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.01.2022-y., 07/22/103/0070-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-sentabrdagi 583-son qaroriga 2a-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish tadbirlariga jalb qilingan tibbiyot, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi va uning tizimidagi tashkilotlar xodimlari va boshqa xodimlarga 6 foizlik kunlik qo‘shimcha to‘lovi o‘rniga har oylik moddiy rag‘batlantirish to‘lovlari amalga oshiriladigan lavozimlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ro‘yxati
(2a-ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r
Muassasalar nomi
Rag‘batlantirish miqdorlari
1.
Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashishga ixtisoslashgan maxsus poliklinikalar
Vrach (2,5 mln so‘m), o‘rta tibbiyot xodimi (1,5 mln so‘m), kichik tibbiyot xodimi (1.0 mln so‘m), boshqa xodimlar (0,5 mln so‘m)
2.
Tez tibbiy yordam brigadalari
Vrach (2,5 mln so‘m), o‘rta tibbiyot xodimi (1,5 mln so‘m), haydovchilar (1,0 mln so‘m)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Har oylik moddiy rag‘batlantirish to‘lovlari tez tibbiy yordam brigadalarida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan tibbiyot xodimlari va haydovchilarning bir shtat birligi (stavka) hisobidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Bunda agar xodim bir stavkadan kam ishlayotgan bo‘lsa, unga qo‘shimcha moddiy rag‘batlantirish to‘lovlari haqiqatda bajarilgan ish hajmidan kelib chiqib amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-sentabrdagi 583-son qaroriga 3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixchamlashtirilgan mobil tez tibbiy yordam brigadalari tashkil etishning vaqtinchalik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ME’YORLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r
Hududlar
Me’yor
1.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda tuman va shaharlar markazlarida
Sutkalik 16 ta chaqiriqdan oshganda — har 16 ta chaqiriqqa
2.
Tuman (shahar)lardagi olis va chekka hamda aholi tarqoq bo‘lgan hududlarda
Sutkalik 12 ta chaqiriqdan oshganda — har 12 ta chaqiriqqa
3.
Toshkent shahri hududida
Sutkalik 14 ta chaqiriqdan oshganda — har 14 ta chaqiriqqa
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixchamlashtirilgan mobil tez tibbiy yordam brigadalari sonini qo‘paytirish yoki kamaytirish hududiy sog‘liqni saqlash organlari tomonidan har bir tuman yoki shahardagi epidemiologik vaziyatdan chaqiruvlar soni va mavjud resurslardan kelib chiqib belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixchamlashtirilgan mobil tez tibbiy yordam brigadalariga tunu kun navbatchilik uchun bir nafar tibbiyot xodimi (vrach yoki hamshira-feldsher) lavozimlari (4.75 ta shtat birligida) va bir nafar haydovchi (4.5 ta shtat birligida) ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chaqiriqlar soni to‘g‘risidagi ma’lumotlar har 15 kunda qayta ko‘rib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-sentabrdagi 583-son qaroriga 4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasinining “Koronavirus infeksiyasini yuqtirgan bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 4-avgustdagi 461-son qaroriga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga Moliya vazirligi bilan kelishgan holda koronavirus infeksiyasini yuqtirgan bemorlar bilan muloqotga kirishadigan, bemorlar joylashtirilgan obyektlarda (statsionar davolash muassasalarida) davolanayotgan bemorlar sonidan va xodimlarning ishlash xususiyatidan kelib chiqib tibbiyot xodimlari va boshqa xodimlarning me’yorlarini tasdiqlash huquqi berilsin”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 7-bandning “b” kichik bandi birinchi xatboshisidagi “lavozim maoshi” so‘zlari “pul ta’minoti (ish haqi)” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 10-bandning uchinchi xatboshisidagi “8 va 9-bandlarida” so‘zlari “9-bandida” so‘zlari bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.09.2020-y., 09/20/583/1320-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2021-y., 06/21/6221/0428-son, 29.07.2021-y., 07/21/5199/0721-son, 21.08.2021-y., 09/21/532/0810-son; 30.12.2021-y., 07/21/73/1227-son; 27.01.2022-y., 07/22/103/0070-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 16.06.2023-y., 06/23/96/0379-son; 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)