04.08.2020 yildagi 461-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koronavirus infeksiyasini yuqtirgan bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasida koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish, koronavirus bo‘yicha epidemiologik vaziyatning yomonlashish ehtimoli belgilarini o‘z vaqtida aniqlash va kasallanish xavfini kamaytirish hamda bemorlarga malakali tibbiy yordam ko‘rsatishga qaratilgan profilaktik va epidemiyaga qarshi kechiktirib bo‘lmaydigan zarur tadbirlarni amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyatining Zangiota tumanida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashga mo‘ljallangan 2 ta ixtisoslashgan tibbiyot majmualari (keyingi o‘rinlarda — ixtisoslashgan tibbiyot majmualari) barpo etilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtisoslashgan tibbiyot majmualarining qurilishi tugatilgan binolarida koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolash maqsadida 2 ta shifoxona tashkil etilib, ularni boshqarish vaqtinchalik 1-son Respublika klinik shifoxonasi va 3-son Toshkent shahar yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yuklanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining ixtisoslashgan tibbiyot majmualari negizida koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashga mo‘ljallangan maxsus “1-son Zangiota” shifoxonasini (keyingi o‘rinlarda — maxsus shifoxona) tashkil etish to‘g‘risida taklifiga rozilik berilsin.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-iyuldagi 446-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.07.2024-y., 09/24/446/0547-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashga mo‘ljallangan maxsus “1-son Zangiota” shifoxonasi tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-iyuldagi 446-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.07.2024-y., 09/24/446/0547-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-sentabrdagi 583-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.09.2020-y., 09/20/583/1320-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki, maxsus shifoxona:
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-iyuldagi 446-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.07.2024-y., 09/24/446/0547-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan davlat muassasasi shaklidagi tarkibiy bo‘linmasi hisoblanib, mustaqil balansga hamda shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga ega bo‘ladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
direktor va uning o‘rinbosarlari O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malakali tibbiy xizmatlar ko‘rsatishni tashkil etish maqsadida boshqa tibbiyot muassasalaridan tibbiyot xodimlari, yordamchi va texnik xodimlarni jalb qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi ikki hafta muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus shifoxonalarning ustavi belgilangan tartibda tasdiqlanishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-son Respublika klinik shifoxonasi va 3-son Toshkent shahar yuqumli kasalliklar shifoxonasi hamda ularga xizmat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari bilan tuzilgan shartnomalarning maxsus shifoxonalar bilan qayta rasmiylashtirilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiyasi, Davlat xavfsizlik xizmati hamda Toshkent shahar hokimligining Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida koronavirus infeksiyasini yuqtirgan shaxslarni davolash maqsadida tashkil etiladigan vaqtinchalik shifoxonalarni (keyingi o‘rinlarda — vaqtinchalik shifoxonalar) quyidagi tartibda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston gimnastika federatsiyasining “Universal” sport majmuasida tashkil etilgan 750 o‘ringa mo‘ljallangan vaqtinchalik shifoxonani O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining markaziy gospitaliga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zekspomarkaz” MKK AJ 1 va 2-son pavilyonida tashkil etilgan 814 o‘ringa mo‘ljallangan vaqtinchalik shifoxonani O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining markaziy harbiy klinik gospitaliga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning “Nazarbek” sog‘lomlashtirish maskanida tashkil etilgan 350 o‘ringa mo‘ljallangan vaqtinchalik shifoxonani Milliy gvardiya va “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlik sport majmuasida tashkil etilgan 520 o‘ringa mo‘ljallangan vaqtinchalik shifoxonani O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining markaziy harbiy gospitaliga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zekspomarkaz” MKK AJ 3 va 4-son pavilyonida tashkil etilgan 1000 o‘ringa mo‘ljallangan vaqtinchalik shifoxona, Sergeli tumanidagi 2-son Bolalar va o‘smirlar sport maktabida tashkil etilgan 250 o‘ringa mo‘ljallangan vaqtinchalik shifoxona va Olimpiya zaxiralari sport saroyida 500 o‘ringa mo‘ljallangan vaqtinchalik shifoxonani Toshkent shahar hokimligiga biriktirish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-sentabrdagi 583-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.09.2020-y., 09/20/583/1320-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga Moliya vazirligi bilan kelishgan holda koronavirus infeksiyasini yuqtirgan bemorlar bilan muloqotga kirishadigan, bemorlar joylashtirilgan obyektlarda (statsionar davolash muassasalarida) davolanayotgan bemorlar sonidan va xodimlarning ishlash xususiyatidan kelib chiqib tibbiyot xodimlari va boshqa xodimlarning me’yorlarini tasdiqlash huquqi berilsin.
(6-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-sentabrdagi 583-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.09.2020-y., 09/20/583/1320-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahri va Toshkent viloyati hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiyasi hamda Davlat xavfsizlik xizmati bilan birgalikda vaqtinchalik shifoxonalar faoliyatiga jalb qilingan tibbiyot, sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati va boshqa xodimlar, shu jumladan harbiy xizmatchilarni joylashtirish choralarini ko‘rsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vaqtinchalik shifoxonalar faoliyatiga jalb qilingan xodimlar (harbiy xizmatchilar) va boshqa shaxslarni joylashtirishda binolarni saqlash bilan bog‘liq xarajatlar ushbu qarorning 7-bandi “a” kichik bandining uchinchi xatboshida belgilangan tartibda amalga oshirilishi belgilab qo‘yilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) vaqtinchalik shifoxonalarning:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kadrlar va buxgalteriya xizmatlari tegishlicha vaqtinchalik shifoxonalar biriktirilgan tashkilotlar tomonidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
binolarni saqlash, jumladan, issiqlik va suv ta’minoti, kanalizatsiya, elektr energiyasi, tabiiy gaz, obodonlashtirish, texnik ko‘maklashish xarajatlari tegishlicha binolarni balansda saqlovchi tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) vaqtinchalik shifoxonalarga O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi hamda Davlat xavfsizlik xizmatining gospitallari va boshqa budjet tashkilotlaridan biriktiriladigan mutaxassis va xodimlarning asosiy ish joyi bo‘yicha pul ta’minoti (ish haqi) saqlab qolinadi;
(7-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-sentabrdagi 583-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.09.2020-y., 09/20/583/1320-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) maxsus shifoxona to‘liq foydalanishga topshirilgunga qadar belgilangan bosh pudratchi tashkilotlar tomonidan muassasalarni saqlash bilan bog‘liq joriy xarajatlar buyurtmachilar tomonidan taqdim etilgan hisob-kitoblar asosida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
(7-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-iyuldagi 446-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.07.2024-y., 09/24/446/0547-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-sentabrdagi 583-sonli qaroriga asosan asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.09.2020-y., 09/20/583/1320-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-maydagi PF-6221-sonli Farmoniga asosan 2021-yil 1-iyundan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2021-y., 06/21/6221/0428-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-maydagi PF-6221-sonli Farmoniga asosan 2021-yil 1-iyundan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2021-y., 06/21/6221/0428-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Vaqtinchalik shifoxonalarni joriy saqlash, shuningdek, bemorlarni hamda jalb qilingan mutaxassis va boshqa xodimlarni oziq-ovqat mahsulotlari, dori vositalari, niqob, dezinfeksiya vositalari va boshqa zarur anjomlar bilan ta’minlash xarajatlari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi mablag‘lari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Belgilansinki, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida Inqirozga qarshi kurashish respublika komissiyasi bilan kelishilgan holda qo‘shimcha vaqtinchalik shifoxonalar tashkil etilganda, mazkur qaror bilan belgilangan tartibda chora-tadbirlar amalga oshiriladi va ushbu qaror bilan o‘rnatilgan normativlar amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiyasi hamda Davlat xavfsizlik xizmati bilan birgalikda uch kun muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vaqtinchalik shifoxonalarni koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarga samarali tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan tibbiyot xodimlari va boshqa xodimlar bilan (zarur hollarda, vaqtinchalik mehnat shartnomasi asosida), tibbiy asbob-uskunalar, dori vositalari, tibbiyot buyumlari, sarflash vositalari, shaxsiy himoya, dezinfeksiya vositalari, PZR testlar, reagentlar va boshqalar bilan ta’minlash choralarini ko‘rsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya hamda Davlat xavfsizlik xizmatining tibbiyot muassasalaridagi hamda markazlashgan xaridlar bo‘yicha olingan tovarlarni qayta taqsimlash orqali vaqtinchalik shifoxonalarning tezkor tayyorgarligini ta’minlasin, ularning butligini va maqsadli foydalanilishini hamda vaqtinchalik shifoxonalar faoliyati to‘xtatilgandan keyin barcha texnologik jihozlar qaytarilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiyasi hamda Davlat xavfsizlik xizmatining pandemiya sharoitida maxsus shifoxona hamda vaqtinchalik shifoxona faoliyatini tezkor tashkil etish maqsadida:
(14-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-iyuldagi 446-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.07.2024-y., 09/24/446/0547-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur bo‘lgan dori vositalari, dezinfeksiya buyumlari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar va sarflash materiallar, xo‘jalik va boshqa tovarlarni (xizmatlarni) yetkazib berish bo‘yicha, istisno tariqasida, tender (tanlov) o‘tkazmasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bemorlar va xodimlarni ovqatlantirish, kir yuvish, tashish, chiqindilarni chiqarish hamda utilizatsiya qilish va zarur hollarda laboratoriya va diagnostika xizmatlarini tashkil etishda autsorsing xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar bilan, istisno tariqasida, tender (tanlov) o‘tkazmasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuzish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Moliya vazirligi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki xafta muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashga moslashtirilgan barcha turdagi ambulator va statsionar davolash muassasalari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koronavirus bilan kasallangan bemorlarni davolash muassasalarida ishlayotgan tibbiyot xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilangan maxsus qo‘shimcha to‘lovlarni takomillashtirish hamda anesteziolog-reanimatolog vrachlarning mehnatini yanada rag‘batlantirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Ambulator poliklinika muassasalari qoshida tashkil etilgan mobil brigadalar xodimlariga mexnat qonunchiligi bilan o‘rnatilgan tungi vaqtda va bayram kunlari ishlaganligi uchun nazarda tutilgan miqdorlarda haq to‘lanishi belgilansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashga moslashtirilgan maxsus shifoxona, shu jumladan ixtisoslashgan tibbiyot majmuasi hamda vaqtinchalik shifoxonadan sog‘ayib chiqqan bemorlarni hamda tibbiyot xodimlarini tashish uchun tegishli vazirlik va idoralarning buyurtmasi asosida kerakli miqdorda avtobuslar ajratilishini ta’minlasin.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-iyuldagi 446-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.07.2024-y., 09/24/446/0547-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda vazirlik va idoralarga koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar doirasida muruvvat yordami tariqasida yuborilgan va yuk hujjatlari jo‘natuvchi tomonidan lozim darajada rasmiylashtirilmagan tovar-moddiy boyliklar istisno tariqasida, bojxonadan chiqarilishi va taqsimlanishi bo‘yicha zarur amaliy yordam ko‘rsatsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi quyidagi maqsadlar uchun Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasidan:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus shifoxonani saqlash va boshqa xarajatlar uchun asoslangan hisob-kitoblariga muvofiq;
(19-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-iyuldagi 446-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.07.2024-y., 09/24/446/0547-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiyasi, Davlat xavfsizlik xizmati hamda Qoraqolpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan taqdim etilgan hisob-kitoblarga asosan vaqtinchalik shifoxonalar xarajatlarini amalga oshirish uchun mablag‘ ajratilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Milliy gvardiyasi — koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashga moslashtirilgan maxsus shifoxonani perimetri bo‘ylab kecha-kunduz qo‘riqlashga;
(20-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-iyuldagi 446-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.07.2024-y., 09/24/446/0547-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiyasi — koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashga moslashtirilgan maxsus shifoxonada ichki tartib-qoidalariga rioya etilishini ta’minlashga va jamoat tartibini saqlashga mas’ul hisoblanadi.
(20-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-iyuldagi 446-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.07.2024-y., 09/24/446/0547-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.A. Musayev, O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri A.K. Shadmanov, O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov, O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri B.N. Qurbanov, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiya qo‘mondoni R.M. Djurayev va O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi A.A. Azizov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 4-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
461-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 4-avgustdagi 461-son qaroriga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashga mo‘ljallangan maxsus “1-son Zangiota” shifoxonasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TUZILMASI
(1-ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-iyuldagi 446-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.07.2024-y., 09/24/446/0547-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Xodimlarning umumiy cheklangan soni 16 nafar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Amaldagi normativlar asosida shtatlar ajratiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-iyuldagi 446-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.07.2024-y., 09/24/446/0547-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-sentabrdagi 583-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.09.2020-y., 09/20/583/1320-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.08.2020-y., 09/20/461/1137-son, 25.09.2020-y., 09/20/583/1320-son; 06.05.2021-y., 06/21/6221/0428-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 25.07.2024-y., 09/24/446/0547-son)