1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.07.00.00 Diplomatik va konsullik huquqi / 19.07.04.00 Diplomatik va boshqa vakolatxonalar]
[TSZ:
1.Tashqi siyosat va xalqaro munosabatlar / Diplomatik va boshqa vakolatxonalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining Rossiya Federatsiyasidagi vakolatxonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 15-martdagi PQ-5026-son qaroriga asosan, shuningdek, yirik korxonalar, investitsiya fondlari va moliya institutlari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalarni yoʻlga qoʻyish, Oʻzbekiston Respublikasiga Rossiya Federatsiyasidan jalb etiladigan toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar hajmlarini koʻpaytirish, Rossiya Federatsiyasi bozoriga mahalliy tovarlar va xizmatlar eksporti hajmini oshirish va tarkibini diversifikatsiya qilish, ikki mamlakat tadbirkorlik subyektlari oʻrtasidagi hamkorlikni faollashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 15-martdagi PQ-5026-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi oʻrtasida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va moliyaviy-texnik hamkorlik loyihalarini sifatli tayyorlash va amalga oshirish boʻyicha tizimli ishlarni taʼminlash maqsadida Moskva shahrida xodimlarning cheklangan soni 7 kishidan iborat Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining vakolatxonasi (keyingi oʻrinlarda — Vakolatxona) tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar Vakolatxonaning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy darajadagi tashriflar yakunlari boʻyicha “yoʻl xaritalari”ga kiritilgan Rossiya Federatsiyasi bilan savdo-iqtisodiy, investitsiya va moliyaviy-texnik hamkorlik sohasidagi aniq loyihalar va dasturlarning amalga oshirilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiyot tarmoqlari hamda infratuzilmasini rivojlantirish va modernizatsiya qilish uchun xorijiy investitsiyalar, shu jumladan, Rossiya Federatsiyasining toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalari, ilgʻor texnologiyalari va moliyaviy-texnik koʻmak dasturlari, investitsiya fondlari va moliya institutlari mablagʻlarining jalb etilishi va oʻzlashtirilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
salohiyatli investorlarni topishda uzoq muddatli sheriklik aloqalarini oʻrnatish, savdo va investitsiya shartnomalarini tuzish, ishbilarmon doiralar ishtirokida muzokaralar va boshqa tadbirlarni tashkil etish, hududlararo hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun loyiha takliflari va boshqa zarur materiallarni tayyorlashda tadbirkorlik subyektlarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rossiya Federatsiyasi bozoriga mahalliy mahsulotlar va xizmatlar eksporti hajmlarini oshirish va oʻzaro tovar aylanmasi nomenklaturasini kengaytirishga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi iqtisodiyotlari tarmoqlarining sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish hamda hududlararo hamkorlikdagi sanoat yarmarkasi va koʻrgazmalarini samarali oʻtkazishni tashkillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi savdo infratuzilmasini rivojlantirish, tranzit salohiyatini oshirish, logistika va transport yoʻlaklarini takomillashtirish, eksport yoʻnalishlarini diversifikatsiya qilish, Oʻzbekiston Respublikasi tashqi savdo yuklarini tashish va tranzit qilish uchun imtiyozli rejimlarni qoʻllash boʻyicha taʼsirchan choralar koʻrish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining Rossiya Federatsiyasidagi vakolatxonasi tuzilmasi va shtat jadvali 1 va 2-ilovalarga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining Rossiya Federatsiyasidagi vakolatxonasini saqlash uchun 2021-yilning olti oyidagi xarajatlar smetasi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda vakolatxona xodimlariga yillik mehnatga haq toʻlash fondining 10 foizi miqdorida moddiy ragʻbatlantirish toʻlovlari nazarda tutilsin. Moddiy ragʻbatlantirish toʻlovlari miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan Vakolatxona xodimlariga faoliyatining aniq natijalari uchun belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar Vakolatxona faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatxonani 2021-yilda saqlash xarajatlarini 3-ilovaga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga 2021-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida xorijdagi vakolatxonalarni saqlash uchun ajratilgan mablagʻlar doirasida moliyalashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining soʻroviga asosan 2022-yildan boshlab Vakolatxonani saqlash xarajatlari uchun zarur budjet mablagʻlarini Oʻzbekiston Respublikasi budjeti parametrlarida nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatxonaga toʻrtta avtotransport vositasini saqlash uchun limit ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatxona rahbari va xodimlarining masʼuliyati, javobgarligi va faoliyatini baholash mezonlarini nazarda tutuvchi Vakolatxona toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatxonani shtatlar jadvaliga muvofiq mutasaddilik qilinadigan yoʻnalishlar boʻyicha malakali mutaxassislar bilan toʻldirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vazirligi va Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda Vakolatxonaning Moskva shahrida joylashtirilishi va jihozlanishini taʼminlasin, xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan normalariga muvofiq uning faoliyatini tashkil etish, Vakolatxona xodimlariga diplomatik maqom berishni hamda boshqa masalalarni hal etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatxona Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga hisobot beradi va oʻz faoliyatini vazirning umumiy rahbarligida amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatxonaga Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan rahbar boshchilik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatxona rahbari oʻz darajasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasi maslahatchisi lavozimiga tenglashtiriladi va oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi muassasalari bilan yaqin hamkorlikda amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 26-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
463-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 26-iyuldagi 463-son qaroriga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining Rossiya Federatsiyasidagi vakolatxonasi tuzilmasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 26-iyuldagi 463-son qaroriga 3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining Rossiya Federatsiyasidagi vakolatxonasini saqlash uchun 2021-yilning olti oyidagi xarajatlar smetasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Zarurat boʻlganda Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tasdiqlangan budjet doirasida ushbu xarajatlar smetasiga oʻzgartirishlar kiritishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** Toʻlovlar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi boʻyicha milliy valyutada amalga oshiriladi.