15.03.2021 yildagi PQ-5026-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy-texnik, madaniy-gumanitar sohalaridagi o‘zaro manfaatli, amaliy sheriklikni kengaytirish hamda strategik hamkorlik va ittifoqchilik munosabatlarini sifat jihatidan yangi darajaga ko‘tarish va uni aniq mazmun bilan yanada boyitishni ta’minlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi markaziy apparati tuzilmasiga Rossiya Federatsiyasi bilan tashqi iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish uchun mas’ul bo‘lgan investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari — Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish markazi direktori lavozimi kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi markaziy apparati tuzilmasida vazirlikning belgilangan shtatlari doirasida 5 shtat birligidan iborat Rossiya Federatsiyasi bilan hamkorlikni rivojlantirish boshqarmasi tashkil qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va moliyaviy-texnik hamkorlik loyihalarini sifatli tayyorlash va amalga oshirish bo‘yicha tizimli ishlarni ta’minlash maqsadida Moskva shahrida xodimlarning cheklangan soni 7 kishidan iborat O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi Savdo vakolatxonasi (keyingi o‘rinlarda — Vakolatxona) tashkil etilsin.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-iyuldagi PF-111-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 06/23/111/0509-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari — Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish markazi direktorining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rossiya Federatsiyasi bilan savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy-texnik hamkorlik loyihalari va dasturlarini ishlab chiqish hamda amalda ro‘yobga chiqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rossiya Federatsiyasi bilan yuqori texnologiyalar, innovatsiyalar, sanoat, energetika, infratuzilmani rivojlantirish, transport, logistika, qishloq xo‘jaligi, turizm va boshqa yo‘nalishlarda amaliy hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha aniq takliflar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rossiya Federatsiyasi bilan amalga oshirilgan oliy darajadagi tashriflar yakunlari bo‘yicha erishilgan savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va moliyaviy-texnik hamkorlik sohasidagi kelishuvlarning so‘zsiz va sifatli ijro etilishi ustidan doimiy hamda tizimli monitoring va nazoratni tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rossiya Federatsiyasi bilan savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy-texnik hamkorlik sohalaridagi amaliy chora-tadbirlar rejalari (“yo‘l xaritalari”)ni so‘zsiz amalga oshirish bo‘yicha mas’ul ijrochilar — vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro hokimiyati organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Rossiya Federatsiyasi Sanoat va savdo vazirligi o‘rtasida tashkil etilgan “Loyiha ofisi” faoliyati doirasida yangi sanoat loyihalarini ishlab chiqish va Rossiya tomoni bilan hamkorlikda amalga oshirishni ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish markazi direktoriga yuklangan vazifa va funksiyalarni amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Tashqi ishlar vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatxonani tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga tegishli qaror loyihasini kiritsin. Bunda, Vakolatxona tuzilmasi, xarajatlar smetasi, moliyalashtirish manbalari, xodimlar mehnatiga haq to‘lash darajasi (faoliyatining aniq natijalari uchun mukofotlashni hisobga olgan holda) hamda moddiy-texnik ta’minoti bilan bog‘liq masalalar aks etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatxonani malakali mutaxassislar bilan to‘ldirish hamda uning faoliyat boshlashi bilan bog‘liq barcha tashkiliy masalalarni hal etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining Jahon savdo tashkiloti (keyingi o‘rinlarda — JST) bilan hamkorlik qilish boshqarmasi negizida vazirlikning belgilangan shtatlari doirasida Xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan hamkorlik qilish hamda tashqi iqtisodiy integratsiya jarayonlarini muvofiqlashtirish boshqarmasi tashkil qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar Xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan hamkorlik qilish hamda tashqi iqtisodiy integratsiya jarayonlarini muvofiqlashtirish boshqarmasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ko‘p tomonlama savdo aloqalari sohasidagi davlat siyosatini shakllantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish hamda O‘zbekiston Respublikasini xalqaro va mintaqaviy savdo tashkilotlari bilan hamkorlik qilish va integratsiyalashuv jarayonlarida davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining huquqiy hujjatlari, xalqaro shartnomalari va ularning loyihalari xalqaro va mintaqaviy savdo tashkilotlari bilan integratsiyalashuv va o‘zaro hamkorlik doirasidagi talab va me’yorlarga muvofiqligini ko‘rib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (keyingi o‘rinlarda — YEOII) va JST bilan o‘zaro hamkorligi doirasida milliy manfaatlarni ilgari surish maqsadida integratsiya jarayonlarini chuqurlashtirish choralarini olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining YEOII va JSTga a’zo bo‘lishi bilan bog‘liq masalalarni chuqur tahlil qilish hamda muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro tashkilotlarga a’zo bo‘lishning iqtisodiy afzalliklarini o‘rganish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi iqtisodiy siyosatni mamlakat ichki iqtisodiy siyosatiga muvofiqlashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
integratsion salohiyat va raqobatbardosh ustunliklardan foydalangan holda iqtisodiy samaraga erishishni ta’minlash bo‘yicha aniq choralar ko‘rish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
integratsiya jarayonlari doirasida iqtisodiy siyosatni oldindan prognozlashtirishni ta’minlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi uch oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi ikki tomonlama strategik hamkorlik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2885-son va 2018-yil 3-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi ikki tomonlama strategik hamkorlik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3997-son qarorlari ijrosini puxta tahlil qilgan holda ushbu qarorlar bilan tasdiqlangan “yo‘l xaritalari”ni birlashtirish to‘g‘risida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 15-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-5026-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.03.2021-y., 07/21/5026/0212-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 06/23/111/0509-son)