26.07.2021 yildagi PQ-5198-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturiga muvofiq ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatni aholiga yaqinlashtirish, shoshilinch tibbiy yordamni o‘z vaqtida ko‘rsatish hisobiga fuqarolar hayotini saqlab qolish va ularning faol mehnat qobiliyatini tiklashga imkoniyat yaratish, bolalar, tug‘ish yoshidagi, homilador va bola emizuvchi ayollarni profilaktik maxsus preparatlar bilan bepul ta’minlash hamda nefrologiya va gemodializ yordamini ko‘rsatish tizimini yanada yaxshilash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2021-2022-yillar davomida tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari tarkibida 35 ta Tumanlararo qo‘shma shikastlanishlar va o‘tkir qon-tomir kasalliklari markazlari (keyingi o‘rinlarda — Markazlar) 1-ilovaga muvofiq bosqichma-bosqich tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar Markazlarning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“oltin soat” tamoyili asosida qo‘shma shikastlanishlar hamda o‘tkir qon-tomir kasalliklari bilan tibbiy yordamga muhtoj bemorlarga shoshilinch va ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatishni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘tkir va surunkali buyrak yetishmovchiligi mavjud bemorlarga gemodializ xizmatini ko‘rsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazlarga biriktirilgan tuman (shahar)lar aholisiga Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan tartibda tibbiy xizmat ko‘rsatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki, Markazlarga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlardagi aholi sonidan kelib chiqqan holda, shoshilinch tibbiy yordam va umumiy jarrohlik bo‘limlarining umumiy o‘rinlari soni doirasida 50 tadan 60 tagacha o‘rinlar ajratiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy sog‘liqni saqlash muassasalari shtat birliklari doirasida qo‘shimcha neyroxirurg, nevrolog, kardiolog, anesteziolog-reanimatolog va boshqa shtatlar kiritiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari faoliyatini moliyalashtirish bo‘yicha qonunchilik hujjatlarida belgilangan qoidalar tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazlarni moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar mahalliy budjetlari hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tumanlararo qo‘shma shikastlanishlar va o‘tkir qon-tomir kasalliklari markazlarini tashkil etish chora-tadbirlari rejasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Sog‘liqni saqlash vazirligi (U. Sobirov) Moliya vazirligi (J. Abruyev) bilan birgalikda Markazlarning tashkil etilishi munosabati bilan talab etiladigan qo‘shimcha shtat birliklari hamda ularga zarur bo‘lgan mablag‘lar ajratilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda Markazlarni malakali kadrlar bilan ta’minlash, ularning faoliyatini yo‘lga qo‘yish bilan bog‘liq moliyaviy, moddiy-texnik va boshqa tashkiliy masalalarni o‘z vaqtida hal qilish choralarini ko‘rsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-noyabrdagi “Aholining sog‘lom ovqatlanishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4887-son qaroriga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6 — 23 oylik bolalar uchun uy sharoitida tayyorlangan ovqatlarni boyitish maqsadida mikronutriyent kukuni bilan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6 oylikdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarni “A” vitamini bilan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2 — 10 yoshdagi bolalarni gelmintoz profilaktikasi bo‘yicha maxsus preparatlar bilan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
homilador va bola emizuvchi ayollar hamda 3 — 15 yoshdagi bolalarni yod preparati bilan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35 yoshgacha tug‘ish yoshidagi ayollarni temir va foliy kislotasi preparati bilan bepul ta’minlash nazarda tutilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021 — 2023-yillarda bolalar, tug‘ish yoshidagi, homilador va bola emizuvchi ayollarni profilaktik maxsus preparatlar bilan bepul ta’minlash chora-tadbirlari dasturi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Aholiga ko‘rsatilayotgan nefrologiya va gemodializ yordamini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari rejasi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlarning umumiy o‘rinlar fondi hisobidan nefrologiya va gemodializ bo‘limlarini 50 o‘ringacha yetkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dializ apparatlari va sarflash vositalarini xarid qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021/2022 o‘quv yilidan boshlab oliy tibbiyot ta’lim muassasalarida nefrologiya va gemodializ kafedralari faoliyatini yo‘lga qo‘yish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi binolarini qurish va rekonstruksiya qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Sog‘liqni saqlash vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘n kun muddatda bolalar, tug‘ish yoshidagi, homilador va bola emizuvchi ayollarning profilaktik maxsus preparatlarga bo‘lgan ehtiyojini aniqlash va ushbu preparatlarni taqsimlash hamda yetkazish tartibini tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ushbu qarorda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sog‘liqni saqlash vaziri A.M. Xadjibayev zimmasiga — ushbu qarorning ijrosini samarali tashkil etish uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosarlari A.Sh. Inoyatovga gemodializ xizmatini yuqori darajada ko‘rsatish, U.Yu. Sobirovga Markazlar faoliyatini samarali tashkil etish, E.I. Basitxanovaga bolalar, tug‘ish yoshidagi, homilador va bola emizuvchi ayollarni profilaktik maxsus preparatlar bilan ta’minlash uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga mazkur qarorda belgilangan chora-tadbirlarning hududlarda sifatli ijro etilishi uchun shaxsiy mas’uliyat yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarorning o‘z vaqtida va natijali ijro etilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.A. Musayev va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari L.N. To‘ychiyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan 2022-yil 1-yanvargacha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 26-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-5198-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-iyuldagi PQ-5198-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-2022-yillar davomida tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari negizida bosqichma-bosqich tashkil etiladigan tumanlararo qo‘shma shikastlanishlar va o‘tkir qon-tomir kasalliklari markazlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RO‘YXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

T/r

Tumanlararo qo‘shma shikastlanishlar va o‘tkir qon-tomir kasalliklari markazlari tashkil etiladigan tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari

Tumanlararo qo‘shma shikastlanishlar va o‘tkir qon-tomir kasalliklari markazlariga biriktirilgan tuman va shaharlar

1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi

1.

1.

To‘rtko‘l tuman tibbiyot birlashmasi

Beruniy tumani, To‘rtko‘l tumani, Ellikqal’a tumani

2.

2.

Qo‘ng‘irot tuman tibbiyot birlashmasi

Mo‘ynoq tumani, Shumanay tumani, Qonliko‘l tumani, Qo‘ng‘irot tumani

3.

3.

Chimboy tuman tibbiyot birlashmasi

Bo‘zatov tumani, Kegeyli tumani, Taxtako‘pir tumani, Chimboy tumani, Qorao‘zak tumani

2. Andijon viloyati

4.

1.

Shahrixon tuman tibbiyot birlashmasi

Baliqchi tumani, Buloqboshi tumani, Ulug‘nor tumani, Shahrixon tumani

5.

2.

Qo‘rg‘ontepa tuman tibbiyot birlashmasi

Jalaquduq tumani, Xonobod shahri,Xo‘jaobod tumani, Qorasuv tumani, Qo‘rg‘ontepa tumani

3. Buxoro viloyati

6.

1.

Qorako‘l tuman tibbiyot birlashmasi

Jondor tumani, Olot tumani, Qorako‘l tumani

7.

2.

Romitan tuman tibbiyot birlashmasi

Buxoro tumani, Gazli shahri, Peshku tumani, Romitan tumani

8.

3.

Vobkent tuman tibbiyot birlashmasi

Vobkent tumani, Shofirkon tumani, G‘ijduvon tumani

4. Jizzax viloyati

9.

1.

G‘allaorol tuman tibbiyot birlashmasi

Baxmal tumani, G‘allaorol tumani

10.

2.

Do‘stlik tuman tibbiyot birlashmasi

Arnasoy tumani, Do‘stlik tumani, Zafarobod tumani, Mirzacho‘l tumani

11.

3.

Zomin tuman tibbiyot birlashmasi

Zarbdor tumani, Zomin tumani, Yangiobod tumani

5. Qashqadaryo viloyati

12.

1.

Shahrisabz shahar tibbiyot birlashmasi

Kitob tumani, Chiroqchi tumani, Shahrisabz tumani, Shahrisabz shahri, Yakkabog‘ tumani

13.

2.

G‘uzor tuman tibbiyot birlashmasi

Dehqonobod tumani, Qamashi tumani, Qarshi tumani, G‘uzor tumani

14.

3.

Kasbi tuman tibbiyot birlashmasi

Kasbi tumani, Koson tumani, Mirishkor tumani, Muborak tumani, Nishon tumani

6. Navoiy viloyati

15.

1.

Zarafshon shahar tibbiyot birlashmasi

Zarafshon tumani, Tomdi tumani,Uchquduq tumani

7. Namangan viloyati

16.

1.

Uchqo‘rg‘on tuman tibbiyot birlashmasi

Norin tumani, Uychi tumani, Uchqo‘rg‘on tumani

17.

2.

Pop tuman tibbiyot birlashmasi

Mingbuloq tumani, Pop tumani, Chust tumani

8. Samarqand viloyati

18.

1.

Urgut tuman tibbiyot birlashmasi

Urgut tumani, Toyloq tumani

19.

2.

Bulung‘ur tuman tibbiyot birlashmasi

Bulung‘ur tumani, Jomboy tumani

20.

3.

Ishtixon tuman tibbiyot birlashmasi

Ishtixon tumani, Kattaqo‘rg‘on tumani, Kattaqo‘rg‘on shahri, Nurobod tumani, Payariq tumani, Qo‘shrabot tumani

21.

4.

Paxtachi tuman tibbiyot birlashmasi

Narpay tumani, Paxtachi tumani

9. Surxondaryo viloyati

22.

1.

Denov tuman tibbiyot birlashmasi

Denov tumani, Oltinsoy tumani, Sho‘rchi tumani

23.

2.

Sherobod tuman tibbiyot birlashmasi

Bandixon tumani, Boysun tumani, Muzrabot tumani, Sherobod tumani, Qiziriq tumani

24.

3.

Sariosiyo tuman tibbiyot birlashmasi

Sariosiyo tumani, Uzun tumani

10. Sirdaryo viloyati

25.

1.

Oqoltin tuman tibbiyot birlashmasi

Mirzaobod tumani, Oqoltin tumani, Sardoba tumani

26.

2.

Sirdaryo tuman tibbiyot birlashmasi

Sayxunobod tumani, Sirdaryo tumani

11. Toshkent viloyati

27.

1.

Angren shahar tibbiyot birlashmasi

Angren shahri, Olmaliq shahri, Ohangaron tumani, Ohangaron shahri

28.

2.

Bekobod tuman tibbiyot birlashmasi

Bekobod tumani, Bekobod shahri, Bo‘ka tumani

29.

3.

Bo‘stonliq tuman tibbiyot birlashmasi

Bo‘stonliq tumani, Chirchiq shahri, Qibray tumani

30.

4.

Chinoz tuman tibbiyot birlashmasi

Oqqo‘rg‘on tumani, Chinoz tumani, Yangiyo‘l tumani, Yangiyo‘l shahri, Quyichirchiq tumani

12. Farg‘ona viloyati

31.

1.

Bag‘dod tuman tibbiyot birlashmasi

Bag‘dod tumani, Buvayda tumani, Rishton tumani, Uchko‘prik tumani

32.

2.

Yozyovon tuman tibbiyot birlashmasi

Yozyovon tumani, Toshloq tumani, Quva tumani, Qo‘shtepa tumani

33.

3.

Qo‘qon shahar tibbiyot birlashmasi

Beshariq tumani, Dang‘ara tumani, Furqat tumani, Qo‘qon shahri, O‘zbekiston tumani

13. Xorazm viloyati

34.

1.

Gurlan tuman tibbiyot birlashmasi

Gurlan tumani, Shovottumani, Yangibozor tumani

35.

2.

Hazorasp tuman tibbiyot birlashmasi

Bog‘ot tumani, Tuproqqal’a tumani, Hazorasp tumani

35 ta markaz

126 ta tuman (shahar)lar

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Sog‘liqni saqlash vazirligi tumanlararo qo‘shma shikastlanishlar va o‘tkir qon-tomir kasalliklari markazlariga biriktirilgan tuman va shaharlar ro‘yxatiga o‘zgartirish kiritish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-iyuldagi PQ-5198-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tumanlararo qo‘shma shikastlanishlar va o‘tkir qon-tomir kasalliklari markazlarini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
CHORA-TADBIRLARI REJASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish shakli

Bajarish muddati

Mablag‘

Moliyalashtirish manbalari

Ijrochilar

I. Tibbiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha normativ-huquqiy bazani takomillashtirish

1.

Tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari tarkibida Tumanlararo qo‘shma shikastlanishlar va o‘tkir qon-tomir kasalliklari markazlarini (keyingi o‘rinlarda — Markazlar) bosqichma-bosqich tashkil etish.

sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i

2021-yil 15-avgust

-

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Xadjibayev), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

2.

Markazlarga biriktirilgan tuman va shaharlar aholisiga tibbiy xizmat ko‘rsatish tartibini tasdiqlash.

sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i

2021-yil 15-avgust

-

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Xadjibayev), Moliya vazirligi (Ishmetov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

3.

Markazlar uchun hududlarning aholi sonidan kelib chiqqan holda, shoshilinch tibbiy yordam hamda umumiy jarrohlik bo‘limlarining umumiy o‘rinlari soni doirasida qo‘shimcha shtat birliklarini ajratish.

Qo‘shma qaror

2021-yil 1-sentabr

71,7 mlrd so‘m

Mahalliy budjet mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Xadjibayev), Moliya vazirligi (Ishmetov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

4.

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi hududiy filiallarining shtat birliklarini yangi tahrirda tasdiqlash.

sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i

2021-yil 1-sentabr

-

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Xadjibayev), Moliya vazirligi (Ishmetov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

5.

Markazlarni tibbiy texnika va tibbiy buyumlar bilan jihozlash standartlarini tasdiqlash.

sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i

2021-yil 15-avgust

-

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Xadjibayev)

II. Tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun moddiy-texnik bazani mustahkamlash

6.

Markazlarni jihozlash uchun 34 turdagi tibbiy texnika va tibbiy buyumlar bilan jihozlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-2022-yillar davomida

37,76 mln AQSH doll.

Jahon bankining “O‘zbekistonda koronavirus COVID-19 infeksiyasiga qarshi shoshilinch choralar ko‘rish” loyihasi doirasida

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Xadjibayev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Vafayev)

7.

Markazlarni jihozlash uchun xarid qilinayotgan yuqori texnologik tibbiy texnikalarni (kompyuter tomografi va boshqalar) o‘rnatish uchun xonalarni moslashtirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil 1-sentabr

Hisob-kitoblar asosida

Mahalliy budjet mablag‘lari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Sog‘liqni saqlash vazirligi (Xadjibayev)

III. Tibbiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish

8.

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi qoshida zamonaviy o‘quv-simulyatsion markazi faoliyatini tashkil etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil 1-sentabr

Hisob-kitoblar asosida

Ajratilgan budjet mablag‘lari doirasida

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Xadjibayev), Moliya vazirligi (Ishmetov)

9.

Markazlar xodimlarini shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va uning filiallarida tayyorlash va malakasini rejali oshirish.

Reja-jadval

Doimiy

1,03 mlrd so‘m

Ijrochilarning budjetdan tashqari mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Xadjibayev)

10.

Markazlarga o‘quv va konsultatsiya jarayoniga chet el mutaxassislarini jalb qilish va mahalliy mutaxassislarni yetakchi xorijiy tibbiyot markazlari klinikalarida o‘qitish va malakasini oshirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil davomida

Hisob-kitoblar asosida

Ajratilgan budjet mablag‘lari doirasida

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Xadjibayev), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

11.

Markazlar xodimlari uchun shoshilinch tibbiy yordam bo‘yicha seminarlar, konferensiyalar, treninglar hamda vebinarlar o‘tkazish.

Reja-jadval

Doimiy

Hisob-kitoblar asosida

Ajratilgan budjet mablag‘lari doirasida

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Xadjibayev)

Tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari tarkibida Tumanlararo qo‘shma shikastlanishlar va o‘tkir qon-tomir kasalliklari markazlarini tashkil etish chora-tadbirlari rejasini amalga oshirish uchun jami xarajatlar — 72,6 mlrd so‘m va 37,7 mln AQSH dollari.

shundan:

mlrd so‘mda

mln AQSH dollarida

Davlat budjeti mablag‘lari

72,6

shu jumladan: mahalliy budjet mablag‘lari

71,7

ijrochilarning budjetdan tashqari mablag‘lari

1,03

xalqaro moliya institutlari, xorijiy donor davlatlar kreditlari va grantlari

37,7

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-iyuldagi PQ-5198-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021 — 2023-yillarda bolalar, tug‘ish yoshidagi, homilador va bola emizuvchi ayollarni profilaktik maxsus preparatlar bilan bepul ta’minlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
CHORA-TADBIRLARI DASTURI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish shakli

Bajarish muddati

Mablag‘

Moliyalashtirish manbalari

Ijrochilar

1.

6 — 23 oylik bolalar uchun uy sharoitida tayyorlangan ovqatlarni boyitish maqsadida mikronutriyent kukuni bilan bepul ta’minlash.

sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i

2021-yil

2022-yil

2023-yil

26,1 mlrd so‘m

51,4 mlrd so‘m

59,2 mlrd so‘m

Respublika budjeti mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(Xadjibayev),

Moliya vazirligi

(Ishmetov)

2.

2 — 10 yoshdagi bolalar gelmintoz profilaktikasi bo‘yicha maxsus preparatlar bilan bepul ta’minlash.

sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i

2021-yil

2022-yil

2023-yil

2,3 mlrd so‘m

4,5 mlrd so‘m

5,3 mlrd so‘m

Respublika budjeti mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(Xadjibayev),

Moliya vazirligi

(Ishmetov)

3.

6 oylikdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarni “A” vitamini bilan bepul ta’minlash.

sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i

2021-yil 1-avgustdan boshlab

2022-2023-yillar

-

YUNISEF mablag‘lari (kelishuvga ko‘ra)

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(Xadjibayev),

YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi

4.

Homilador va bola emizuvchi ayollar hamda 3 — 15 yoshdagi bolalarni, yod preparati bilan bepul ta’minlash.

sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i

2022-yil 1-iyuldan boshlab

2023-yil

6,7 mlrd so‘m


15,3 mlrd so‘m

Respublika budjeti mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(Xadjibayev),

Moliya vazirligi

(Ishmetov),

JSST va YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonalari

(kelishuv asosida)

5.

35 yoshgacha tug‘ish yoshidagi ayollarni polivitamin, temir va foliy kislotasi preparati bilan bepul ta’minlash.

sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i

2022-yil 1-iyuldan boshlab

2023-yil

28,4 mlrd so‘m


65,3 mlrd so‘m

Respublika budjeti mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(Xadjibayev),

Moliya vazirligi (Ishmetov),

JSST va YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonalari

(kelishuv asosida)

6.

Zamonaviy texnologiyalar asosida mikronutriyentlar yetishmasligini aniqlash va uning oldini olish bo‘yicha ilmiy loyihalarni tanlovga berish.

Amaliy chora-tadbirlar

2021 — 2023-yillar

Hisob-kitoblar asosida

Xalqaro moliya institutlari grant mablag‘lari, homiylik mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(Xadjibayev),

Innovatsion rivojlanish vazirligi

(Abduraxmonov)

7.

Ommaviy axborot vositalari, shu jumladan mahalliy telekanal, radio va gazetalar orqali 16 yoshgacha bolalar, 35 yoshgacha tug‘ish yoshidagi, homilador va bola emizuvchi ayollarga polivitamin maxsus komplekslarini hamda bolalar uchun parazitar kasalliklarga qarshi dori vositalarini qabul qilishning muhimligi to‘g‘risida aholi o‘rtasida keng tushuntirish ishlari olib borilishini tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2021 — 2023-yillar

-

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(Xadjibayev),

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi

(Mamatov),

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

(Xodjayev)

8.

Dori vositalarining asosli va aniq tarzda taqsimlanishini, yetkazib berilishi va ayollarga hamda bolalarga ajratilishini tizimli ravishda nazorat qilish va monitoringini olib borish.

Amaliy chora-tadbirlar

Doimiy ravishda

-

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(Xadjibayev),

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi

(Mamatov)

2021 — 2023-yillarda bolalar, tug‘ish yoshidagi, homilador va bola emizuvchi ayollarni profilaktik dori vositalari bilan bepul ta’minlash chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish uchun jami xarajatlar — 264,5 mlrd so‘m.

shundan:

mlrd so‘mda

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari

264,5

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-iyuldagi PQ-5198-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholiga ko‘rsatilayotgan nefrologiya va gemodializ yordamini yanada yaxshilash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
CHORA-TADBIRLARI REJASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish shakli

Bajarish muddati

Mablag‘

Moliyalashtirish manbalari

Ijrochilar

I. Nefrologik kasalliklarning oldini olish, erta diagnostika qilish va davolash chora-tadbirlarini takomillashtirish

1.

Davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida gemodializ tibbiy muassasalar faoliyatini bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yish.

sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i

2022-yil 31-dekabr

-

Respublika budjetidan markazlashgan tadbirlar uchun ajratilgan mablag‘lar, mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(Xadjibayev),

Moliya vazirligi

(Ishmetov)

2.

Hududlar ehtiyojidan kelib chiqib, hududlarning umumiy o‘rinlar fondi hisobidan nefrologiya va gemodializ bo‘limlarini 50 o‘ringacha yetkazish.

sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i

2021-yil 1-sentabr

-

Mahalliy budjet mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(Xadjibayev),

Moliya vazirligi

(Ishmetov)

3.

Tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari tarkibidagi Tumanlararo qo‘shma shikastlanishlar va o‘tkir qon-tomir kasalliklari markazlarida o‘tkir va surunkali buyrak yetishmovchiligi bilan kasallangan bemorlarga diagnostika va davolash standartlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i

2021-yil 1-sentabr

-

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(Xadjibayev)

II. Nefrologik xizmat ko‘rsatish uchun moddiy-texnik bazani mustahkamlash

4.

Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi binolarini qurish va rekonstruksiya qilish.

1. Tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari asosida 1-bosqich “3 va 4-blok”lar hamda yordamchi binolarni qurish ishlarini yakunlash.

2021-yil 31-dekabr

40,0 mlrd so‘m

Respublika budjeti mablag‘lari

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

(Norqulov),

Moliya vazirligi

(Ishmetov),

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(Xadjibayev)

2. 2022-yilda 2-bosqich mavjud bino, inshootlarni rekonstruksiya qilish va foydalanishga topshirish.

2022-yil 31-dekabr

20,0 mlrd so‘m

5.

Respublikadagi gemodializ muolajasiga muhtoj bemorlarni dializ apparatlari va unga mos ravishda boshqa sarflash vositalarini xarid qilish orqali tibbiy xizmat bilan bepul qamrab olishni ta’minlash.

Jumladan:

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil 31-dekabr

Jami: 137,8 mlrd so‘m

Respublika budjeti mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(Xadjibayev),

Moliya vazirligi

(Ishmetov)

100 ta sun’iy buyrak apparati;

25,4 mlrd so‘m

33 ta suv tozalash moslamasi, 44 ta mikser;

9,8 mlrd so‘m

665 280 ta komplekt dializator.

102,6 mlrd so‘m

III. Nefrologik xizmatning yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlanganligini yaxshilash, nefrologiya sohasida ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish

6.

Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, Samarqand davlat tibbiyot instituti, Buxoro davlat tibbiyot instituti, Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti, Andijon davlat tibbiyot instituti, Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialida nefrologiya va gemodializ kafedralari faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i

2021-2022 o‘quv yilidan boshlab

-

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(Xadjibayev),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(Toshqulov)

7.

Nefrologiya va gemodializ bo‘yicha kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish.

sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i

2021-yil 1-sentabr

-

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(Xadjibayev)

8.

Hududiy nefrologiya va gemodializ bo‘limlari hamda ushbu yo‘nalishda faoliyat ko‘rsatuvchi tibbiyot xodimlarini 2021 — 2025-yillar davomida malaka oshirish uchun xorijiy yetakchi tibbiyot hamda ilmiy muassasalarga, shu jumladan Germaniya, Turkiya va Rossiya Federatsiyasining ilg‘or nefrologiya markazlariga yuborish bo‘yicha manzilli parametrlarni ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Reja-jadval

2021 — 2025-yillar davomida

Hisob kitoblarga ko‘ra

Har yili Respublika budjetidan ajratiladigan mablag‘lar doirasida

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(Xadjibayev),

Moliya vazirligi

(Ishmetov)

9.

Respublika o‘rta tibbiyot va farmatsevtika xodimlari malakasini oshirish markazida dializ hamshiralarini tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarini tashkil etish.

sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i

2021-2022 o‘quv yilidan boshlab

-

Har yili Respublika budjetidan ajratiladigan mablag‘lar doirasida

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(Xadjibayev)

10.

Nefrologiya, gemodializ va transplantologiya yo‘nalishlarida, birinchi navbatda, nefrologik kasalliklarni erta tashxislashda mavjud muammolarning ilmiy yechimiga qaratilgan ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish.

1. Belgilangan tartibda ilmiy loyihalar tanlovini e’lon qilish uchun Innovatsion rivojlanish vazirligiga takliflar taqdim etish.

2. Ilmiy loyihalar tanlovini e’lon qilish.

3. Tanlov natijalariga ko‘ra ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish

2021 — 2023-yillar davomida

Hisob-kitoblarga muvofiq

Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari uchun ajratilgan mablag‘lar

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(Xadjibayev),

Innovatsion rivojlanish vazirligi

(Abduraxmonov)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholiga ko‘rsatilayotgan nefrologiya va gemodializ yordamini yanada yaxshilash chora-tadbirlari rejasini amalga oshirish uchun jami xarajatlar — 197,8 mlrd so‘m.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.07.2021-y., 07/21/5198/0703-son)