24.07.2021 yildagi PQ-5197-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 24.07.2021 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron onlayn-auksionni oʻtkazish tartibini soddalashtirish, uning shaffofligini oshirish hamda ishtirokchilar huquqlarining ishonchli himoyasini kafolatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“E-auksion” elektron savdo platformasida elektron onlayn-auksionni tashkil etish va oʻtkazish tartibini soddalashtirish hamda unifikatsiya qilish, jarayonlarning ochiqligi va shaffofligini oshirish, ishtirokchilar huquqlarini ishonchli himoya qilish, shuningdek, aholining auksionda qatnashishi uchun qulayliklar yaratish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2021-yil 1-sentabrdan boshlab “E-auksion” elektron savdo platformasidagi (keyingi oʻrinlarda — elektron savdo platformasi) elektron onlayn-auksionlar tartib-taomillarining yagona tartibi joriy etilsin va unga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishtirokchilarga, shu jumladan chet el fuqarolariga auksionda qatnashish uchun elektron raqamli imzo kaliti sertifikati masofadan turib, Davlat aktivlarini boshqarish agentligining “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” davlat unitar korxonasi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) tomonidan bepul taqdim qilinadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan obyektlarni auksionga chiqarish uchun toʻlanadigan yigʻim bekor qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auksion oʻtkazish toʻgʻrisidagi xabar u oʻtkaziladigan kundan 30 kun oldin eʼlon qilinadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auksion oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi xabar eʼlon qilingan paytdan boshlab auksion jarayoni yakuniga qadar ishtirokchilarga obyektni sotib olish boʻyicha auksion qadamiga bogʻlanmagan oʻz narx taklifini kiritish huquqi beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sotilgan obyektning qiymati bazaviy hisoblash miqdorining besh ming baravarigacha boʻlganda, toʻlovlarni 10 ish kuni, besh ming baravariga teng yoki undan ortiq boʻlganda toʻlovlarni 15 ish kuni mobaynida toʻlash imkoniyati yaratiladi, qonunchilik hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auksion gʻolibi toʻlovlarni toʻlashdan bosh tortgan taqdirda, gʻolib hamda uning toʻgʻridan-toʻgʻri taʼsischilari hisoblangan shaxslar nohalol ishtirokchi sifatida elektron savdo platformasidagi auksionlardan chetlatiladi. Bunda, toʻlovlarni toʻlamaslik holati birinchi marta sodir etilganda bir yil muddatga, ikkinchi marta takrorlansa muddatsiz davrga auksionlardan chetlatiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auksionga chiqarilgan obyektlarni sotishga va oldi-sotdi shartnomasini rasmiylashtirishga faqat auksionda kamida ikkita ishtirokchi qatnashganda ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, mazkur tartib qonunchilik hujjatlari bilan elektron savdo platformasi orqali realizatsiya qilinishi yoki ijaraga berilishi belgilangan barcha turdagi aktivlarga nisbatan tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Elektron onlayn-auksion ishtirokchilari huquqlarining ishonchli himoyasini kafolatlash maqsadida, belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 1-oktabrdan boshlab auksion natijalari boʻyicha pul mablagʻlari Markazning maxsus hisob raqamida yigʻiladi va auksion gʻolibi tomonidan obyekt qabul qilinganligi tasdiqlangandan soʻng, ular buyurtmachi hisob raqamiga oʻtkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijro hujjatlari boʻyicha avtomototransport vositalarini realizatsiya qilish uchun oʻtkazilgan elektron onlayn-auksion natijalari haqidagi bayonnoma uni taqiqdan yechish, shuningdek, auksion gʻolibi nomiga roʻyxatdan oʻtkazish (hisobga qoʻyish) uchun asos hisoblanadi. Bunda, majburiy tartibda undirish uchun yuborilmagan maʼmuriy jarimalarni toʻlash majburiyati avtomototransport vositasining sobiq egasi zimmasida qoladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron onlayn-auksionni tashkil etish va oʻtkazish tartibidan tashqari boʻlgan tartib-taomillarga rioya qilinmaganligi uchun auksion natijalari toʻgʻrisidagi bayonnomani bekor qilish yoki oʻzgartirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda Moliya vazirligining quyidagilarni elektron savdo platformasidagi elektron onlayn-auksion yoʻli bilan amalga oshirish haqidagi takliflari maʼqullansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ustav fondida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslar, shuningdek, ustav fondining 50 foizi va undan ortigʻi 50 foiz va undan ortiq miqdorda davlat ulushiga ega yuridik shaxsga tegishli boʻlgan yuridik shaxslarning (keyingi oʻrinlarda — davlat ishtirokidagi korxonalar) ulushlari, koʻchmas mulklari, avtomototransport vositalari hamda boshqa asosiy vositalarini realizatsiya qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ishtirokidagi korxonalar koʻchmas mulklari, avtomototransport vositalari hamda boshqa asosiy vositalarini ijaraga berish.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻchmas mulklarini ijaraga berishda, ularning davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara toʻlovining eng kam stavkalari, avtomototransport vositalarini ijaraga berishda jismoniy shaxslar uchun belgilangan ijara toʻlovining eng kam stavkalari miqdorida, boshqa asosiy vositalarini ijaraga berishda esa Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksida belgilangan amortizatsiyaning kamida yillik eng yuqori normasi summasi miqdorida boshlangʻich narxi belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻchmas mulklari, avtomototransport vositalari hamda boshqa asosiy vositalarini ijaraga berish yoki ularni va ulushni realizatsiya qilish hamda elektron onlayn-auksion natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar oʻzlarining rasmiy veb-saytlariga joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Moliya vazirligi hamda davlat nomidan aksiyador (taʼsischi, mulkdor) vazifalarini amalga oshiruvchi boshqa vazirlik, idora va xoʻjalik boshqaruvi organlari bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda davlat ishtirokidagi korxonalar boshqaruv organlari yigʻilishlarida ularga tegishli boʻlgan ulushlar, koʻchmas mulklar, avtomototransport vositalari hamda boshqa asosiy vositalardan samarali foydalanish, shu jumladan ularni realizatsiya qilish yoki ijaraga berish boʻyicha “yoʻl xaritalari”ni tasdiqlash tashabbusi bilan chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda davlat ishtirokidagi korxonalarning ulushlari koʻchmas mulklari, avtomototransport vositalari hamda boshqa asosiy vositalari ularni realizatsiya qilish yoki ijaraga berish boʻyicha elektron savdo platformasidagi elektron onlayn-auksionga chiqarilishini boshlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. 2022-yil 1-yanvardan boshlab jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan avtomototransport vositalarini elektron savdo platformasidagi elektron onlayn-auksion yoʻli bilan ijaraga berishda shartnomalarni notarial tasdiqlash talabi bekor qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, elektron onlayn-auksion natijasiga koʻra rasmiylashtirilgan bayonnoma ijara shartnomasi kuchiga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Adliya vazirligi ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga avtomototransport vositalari elektron savdo platformasi orqali ijaraga berilganda, shartnomani notarial tartibda tasdiqlash talabini bekor qilish boʻyicha tegishli oʻzgartirishlarni kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 26-avgustdagi “Qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan boʻsh turgan yer uchastkalarini berish hamda arxitektura-qurilish ishlarini amalga oshirish tartib-taomillarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4427-son qarori bilan Davlat xizmatlari markazlarida jismoniy shaxslarga elektron onlayn-auksionda ishtirok etish imkoniyatini yaratish belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyat markazlarida Markazning hududlardagi 3 nafardan vakillari faoliyatini yoʻlga qoʻyish va ularning zimmasiga auksionga chiqarilayotgan obyektlar boʻyicha reklama ishlarini tashkil etish, aholi orasida auksionni ommalashtirish hamda unga chiqarilayotgan obyektlar yuzasidan maʼlumotlarni sifatli tayyorlashga koʻmaklashish vazifasini yuklash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz va uning hududlardagi vakillari obyektlarni reklama qilish uchun Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligiga tegishli uchuvchisiz uchish apparatlaridan belgilangan tartibda foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“E-ijro auksion” yagona elektron savdo maydonchasini “E-auksion” elektron savdo platformasi deb qayta nomlash haqidagi takliflari maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Markazning hududlardagi vakillari faoliyatini Davlat xizmatlari markazlarida yoʻlga qoʻyish va ularni zaruriy vositalar bilan taʼminlash choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazning tashkiliy tuzilmasida Ichki audit va komplayens-nazorat xizmati tashkil etilishini hamda uning zimmasiga auksionlarni tashkil etish va oʻtkazishda korrupsiya alomatlarini aniqlash hamda ularni bartaraf etish, shuningdek, Markaz xodimlari orasida korrupsiya holatlariga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha profilaktik tadbirlarni amalga oshirish vazifasining yuklanishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazning hududlardagi vakillarini saqlash xarajatlarini asoslangan hisob-kitoblariga koʻra Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamgʻarmasi hisobidan qoplab borilishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Yer uchastkalarini elektron savdo platformasidagi elektron onlayn-auksion yoʻli bilan realizatsiya qilish yoki ijaraga berish tartibini takomillashtirish maqsadida shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkalarini auksionga investitsiya kiritish sharti bilan chiqarish tartibi bekor qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi yer uchastkalari boʻyicha auksion oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi xabar eʼlon qilingan paytdan boshlab barcha ishtirokchilarga mazkur yer uchastkalarini oldindan koʻrish (koʻzdan kechirish) imkoniyatini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasi boʻyicha tegishli maʼlumotlar, shu jumladan fotosuratlar, uning geolokatsiya va koordinatalari toʻliq koʻrsatilmagan holda auksionga chiqarish uchun buyurtma taqdim etilganda, u kamchiliklarni bartaraf etish uchun qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Savdo-sanoat palatasi hamda Milliy teleradiokompaniya bilan birgalikda ikki hafta muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi amaliy chora-tadbirlar rejasini tasdiqlasin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika boʻylab barcha tuman va shaharlarda auksionni targʻib qilish boʻyicha seminar va davra suhbatlarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tele- va radiokanallarda har kuni auksionda ishtirok etish boʻyicha video- va audiolavhalarni berib borish, shuningdek, ushbu yoʻnalishda turkum koʻrsatuvlar tayyorlash choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 1-avgustga qadar elektron savdo platformasida auksionda ishtirok etuvchilar soni, shuningdek, auksion jarayonini onlayn rejimda kuzatib borishni joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 1-oktabrga qadar elektron savdo platformasining demo versiyasini ishlab chiqish, uni maktab va oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida ommalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Markaz bilan birgalikda ikki oy muddatda axborot texnologiyalari sohasida yetarli tajribaga ega boʻlgan tashkilotlarni jalb etgan holda, elektron savdo platformasining yangilangan dasturiy taʼminotini yaratish uchun texnik iqtisodiy asoslarni ishlab chiqib, tender savdolarini eʼlon qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, auksion natijalari boʻyicha ishtirokchilarning oʻzaro hisob-kitoblar mexanizmini (kliring) yurituvchi axborot tizimini joriy qilish nazarda tutilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Markaz bilan birgalikda obyektlar, shu jumladan yer uchastkalarini elektron onlayn-auksionda sotib olib, qisqa muddat davomida undan foydalanmagan holda ularning oldi-sotdisi bilan shugʻullanayotgan yuridik va jismoniy shaxslarni tahlillar asosida aniqlab, savdolardan belgilangan tartibda chetlatish choralarini koʻrib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda mazkur qaror talablaridan kelib chiqib, elektron savdo platformasida tashkil etiladigan elektron onlayn-auksionlar tartib-taomillarining yagona tartibini, shu jumladan auksion natijalari boʻyicha rasmiylashtiriladigan bayonnomaning namunaviy shaklini tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur yagona tartibda ijro hujjatlari boʻyicha obyektlarni elektron onlayn-auksionga chiqarish va realizatsiya qilishning oʻziga xos xususiyatlari inobatga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil etishga masʼul va javobgar etib Bosh vazirning oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori A.J. Ortiqov belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 24-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-5197-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2021-y., 07/21/5197/0701-son; 29.03.2023-y., 06/23/42/0177-son; 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son; 28.01.2025-y., 07/25/28/0076-son; 17.04.2025-y., 07/25/142/0350-son; 22.04.2025-y., 06/25/70/0375-son)