24.07.2021 yildagi 460-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish beruvchilarga ular tomonidan 25 yoshdan oshmagan xodimlar uchun toʻlangan ijtimoiy soliq summasini Davlat budjetidan toʻliq qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-apreldagi PF-61-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.04.2023-y., 06/23/61/0231-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-apreldagi PF-61-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.04.2023-y., 06/23/61/0231-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Ish beruvchilarga ular tomonidan 25 yoshdan oshmagan xodimlar uchun toʻlangan ijtimoiy soliq summasini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan toʻliq qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish beruvchilarga 25 yoshdan oshmagan xodimlari uchun toʻlangan ijtimoiy soliq summasini maʼlum bir davr uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan toʻliq qoplab berish tartibi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish beruvchiga Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qoʻmitasi tomonidan ijtimoiy soliq summasini toʻlab berish yoki toʻlab berishni rad etish asoslari;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-apreldagi PF-61-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.04.2023-y., 06/23/61/0231-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish beruvchi tomonidan imtiyozdan foydalanish uchun topshiriladigan soliq hisobotlari;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan qoplab beriladigan mablagʻlarni ish beruvchining bankdagi hisobvaragʻiga oʻtkazib berish tartibi.
(2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-apreldagi PF-61-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.04.2023-y., 06/23/61/0231-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ish beruvchilarga ijtimoiy soliq summasining qoplab berilishi 2021-yilda Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga ajratiladigan transfertlar hisobidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Ish beruvchilarga ijtimoiy soliq summasining qoplab berilishi 2023-yilda Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga ajratiladigan transfertlar hisobidan amalga oshiriladi.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-apreldagi PF-61-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.04.2023-y., 06/23/61/0231-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2022-yil va 2023-yil uchun Davlat budjetini shakllantirishda ijtimoiy soliq hisoboti ortib boruvchi yakun bilan har oyda hisobot davridan keyingi oyning 15 sanasidan kechiktirmasdan topshirilishini inobatga olib, 2022-yil va 2023-yilning I choragida ish beruvchilarga ijtimoiy soliq summasini qoplab berish xarajatlarini alohida qatorda rejalashtirishni nazarda tutsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2024-yil va 2025-yil uchun Davlat budjetini shakllantirishda ijtimoiy soliq hisoboti ortib boruvchi yakun bilan har oyda hisobot davridan keyingi oyning 15-sanasidan kechiktirmasdan topshirilishini inobatga olib, 2024-yil va 2025-yilning I choragida ish beruvchilarga ijtimoiy soliq summasini qoplab berish xarajatlarini alohida qatorda rejalashtirishni nazarda tutsin.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-apreldagi PF-61-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.04.2023-y., 06/23/61/0231-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi ish beruvchilarga qoplab beriladigan ijtimoiy soliq summasi toʻgʻri hisoblanishi ustidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq soliq nazoratini amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 24-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
460-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-iyuldagi 460-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish beruvchilarga ular tomonidan 25 yoshdan oshmagan xodimlar uchun toʻlangan ijtimoiy soliq summasini Davlat budjetidan toʻliq qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VAQTINCHALIK NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Vaqtinchalik nizom (keyingi oʻrinlarda — Nizom) ish beruvchilarga ular tomonidan 25 yoshdan oshmagan xodimlar (keyingi oʻrinlarda — yosh xodimlar) uchun toʻlangan ijtimoiy soliq summasini Davlat budjetidan toʻliq qoplab berish tartibini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizom budjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav jamgʻarmasi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslarga, shuningdek, ijtimoiy soliqni 1 foiz stavkada toʻlovchilarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-apreldagi PF-61-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.04.2023-y., 06/23/61/0231-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomatlashtirilgan dastur — ish beruvchilarga ular tomonidan yosh xodimlar uchun toʻlangan ijtimoiy soliq summasini qoplab berish yoki qoplab berishni rad etish asoslarini tekshiradigan, Iqtisodiyot va moliya vazirligi Davlat moliyasini boshqarishning axborot tizimiga (keyingi oʻrinlarda — DMBAT) integratsiya qilingan Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qoʻmitasining avtomatlashtirilgan dasturi;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-apreldagi PF-61-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.04.2023-y., 06/23/61/0231-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish beruvchining arizasi — ish beruvchining ijtimoiy soliq summasi koʻrsatilgan, Soliq organlarining elektron davlat xizmatlari portalidagi (my.soliq.uz) soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti (keyingi oʻrinlarda — soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti) orqali ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan namunaga muvofiq arizasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ijtimoiy soliq hisoboti ortib boruvchi yakun bilan har oyda hisobot davridan keyingi oyning 15 sanasidan kechiktirmasdan topshirilishini inobatga olib, ushbu Nizom 2021-yil 1-maydan 2023-yil 15-yanvarga qadar toʻlangan ijtimoiy soliq summasini Davlat budjetidan qoplab berishga nisbatan tatbiq etiladi. Bunda, 2022-yil dekabr oyi uchun toʻlangan ijtimoiy soliq summasini qoplab berish uchun ish beruvchi tomonidan ariza berishning oxirgi muddati 2023-yil 1-aprel kuni etib belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Ijtimoiy soliq hisoboti ortib boruvchi yakun bilan har oyda hisobot davridan keyingi oyning 15-sanasidan kechiktirmasdan topshirilishini inobatga olib, ushbu Nizom 2023-yil 1-maydan 2025-yil 15-yanvarga qadar toʻlangan ijtimoiy soliq summasini Davlat budjetidan qoplab berishga nisbatan tatbiq etiladi. Bunda, 2024-yil dekabr oyi uchun toʻlangan ijtimoiy soliq summasini qoplab berish uchun ish beruvchi tomonidan ariza berishning oxirgi muddati 2025-yil 1-aprel kuni etib belgilanadi.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-apreldagi PF-61-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.04.2023-y., 06/23/61/0231-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ish beruvchilarga nisbatan ular tomonidan toʻlangan ijtimoiy soliq summasini qoplab berish shaklidagi qoʻllab-quvvatlash chorasi qoʻllanilishi uchun ularning yosh xodimlari quyidagi talablarga mos kelishi shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy soliq summasi qoplab berilishi soʻralayotgan hisobot oyida yosh xodim 25 yoshdan oshmagan boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uzluksiz 6 oy davomida mehnat faoliyatini amalga oshirgan hamda ish beruvchi tomonidan belgilangan tartibda ijtimoiy soliq uzluksiz toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat (elektron qayd) mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish beruvchining arizasini ushbu bandda nazarda tutilgan talablardan boshqa asoslarga koʻra rad etish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ish beruvchilarga ular tomonidan yosh xodimlar uchun toʻlangan ijtimoiy soliq summasini Davlat budjetidan toʻliq qoplab berish ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Ish beruvchi tomonidan ariza taqdim etish hamda uni koʻrib chiqish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ish beruvchi tomonidan ariza u soliq toʻlovchi sifatida roʻyxatda turgan soliq organiga (keyingi oʻrinlarda — soliq organi) ijtimoiy soliq hisoboti taqdim etilganidan keyin 3 oydan kechiktirmasdan soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ish beruvchining arizasi kelib tushgan sanadan boshlab 5 ish kuni mobaynida soliq organi tomonidan avtomatlashtirilgan dastur yordamida arizaning ushbu Nizom talablariga muvofiq yoki muvofiq emasligi oʻrganiladi. Bunda, ish beruvchining arizasidagi maʼlumotlar va toʻlangan ijtimoiy soliq summasi qoplab berilishi soʻralayotgan hisobot oyidagi hisobot maʼlumotlari oʻrtasida farq aniqlansa, soliq organi tomonidan soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetiga ish beruvchining arizasi koʻrilmasdan qoldirilganligi haqida xabar yuboriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Toʻlangan ijtimoiy soliq summasini qoplab berish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda, avtomatlashtirilgan dasturda 1 ish kunida soliq organining xulosasi shakllantiriladi, shakllangan xulosa bilan ish beruvchining arizasi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasiga (keyingi oʻrinlarda — Gʻaznachilik) yuboriladi hamda bu haqda ish beruvchi soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali xabardor qilinadi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-apreldagi PF-61-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.04.2023-y., 06/23/61/0231-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Soliq organi toʻlangan ijtimoiy soliq summasini qoplab berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilganda, ushbu qaror avtomatlashtirilgan dastur orqali soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetiga ijtimoiy soliq summasini qoplab berishni rad etishni sabablari asoslantirilgan holda yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ish beruvchi ijtimoiy soliq summasini qoplab berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror ustidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ish beruvchining arizasi kelib tushganda, uning soliqlar boʻyicha qarzdorligi mavjud boʻlsa, ijtimoiy soliq summasi mavjud qarzdorliklar toʻlaligicha bartaraf etilgandan soʻng ushbu Nizom talablari doirasida qoplab beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Ijtimoiy soliq summasini ish beruvchining bankdagi hisobvaragʻiga oʻtkazib berish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Gʻaznachilik avtomatlashtirilgan dastur orqali DMBATga kelib tushgan hujjatlarni 3 ish kuni davomida koʻrib chiqadi va qoplab beriladigan ijtimoiy soliq summasini ish beruvchining bankdagi hisobvaragʻiga oʻtkazib beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Gʻaznachilik ish beruvchining bankdagi hisobvaragʻiga oʻtkazib berilgan ijtimoiy soliq summasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni DMBAT orqali avtomatlashtirilgan dasturga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Hisob va hisobotni yuritish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Soliq organi ish beruvchilarga Davlat budjetidan toʻliq qoplab berilgan ijtimoiy soliq summasining hisobi va hisobotini yuritadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Ish beruvchilarga Davlat budjetidan toʻliq qoplab berilgan ijtimoiy soliq summasiga doir choraklik hisobot Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qoʻmitasi tomonidan har chorakda hisobot davridan keyingi oyning 25-sanasiga qadar Iqtisodiyot va moliya vazirligiga kiritib boriladi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-apreldagi PF-61-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.04.2023-y., 06/23/61/0231-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Ish beruvchi tomonidan qayta hisobot berish orqali umumiy ish haqi fondi doirasida xodimlarga hisoblangan mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlar qayta taqsimlangan taqdirda, qoplab berilgan ijtimoiy soliq summasi ish beruvchi yoki soliq organining tashabbusiga koʻra oʻzaro qayta hisob-kitob qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Ushbu Nizom 2025-yil 1-yanvarga qadar amal qiladi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-apreldagi PF-61-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.04.2023-y., 06/23/61/0231-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Ushbu Nizom talablarini buzgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish beruvchilarga ular tomonidan 25 yoshdan oshmagan xodimlar uchun toʻlangan ijtimoiy soliq summasini Davlat budjetidan toʻliq qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш


‎Namuna

25 yoshdan oshmagan xodimlar uchun toʻlangan ijtimoiy soliq summasini
‎Davlat budjetidan toʻliq qoplab berish toʻgʻrisidagi
‎ARIZA

Ish beruvchining STIR ____________

___________________________________________________________________________________________

(ish beruvchining toʻliq manzili)

__________________________________________________________________________ manzilda joylashgan,
__________________________________________________________________ faoliyatini amalga oshiradigan

(asosiy faoliyat (ixtisosligi) turi)

___________________________________________________________________________________________,

(ish beruvchining toʻliq nomi)

Sizdan tashkilotda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan yosh xodimlar uchun 20 ___ yilning ______ oy(lar)i uchun toʻlangan ijtimoiy soliq summasini Davlat budjetidan toʻliq qoplab berishingizni soʻrayman.

Yosh xodimlar uchun toʻlangan ijtimoiy soliq summasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

Olti oy davomida uzluksiz mehnat faoliyatini amalga oshirayotganlar yosh xodimlar ________ nafar;

(soni)

Olti oy davomida uzluksiz mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan yosh xodimlar uchun 20 ___ yil _____ oy(lari)i uchun toʻlangan ijtimoiy soliq summasi _______________ soʻm.

Ish beruvchining bank rekvizitlari:

Bank nomi: __________________________________________________
‎Bank MFO: __________________________________________________
‎Bankdagi hisobvaragʻi: _________________________________________

Ushbu ariza va ilova qilingan hujjatlarda keltirilgan maʼlumotlar toʻliq va ishonchli ekanligini tasdiqlayman.

Ilova. 25 yoshdan oshmagan va olti oy davomida uzluksiz mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan yosh xodimlar roʻyxati.

Tashkilot rahbari

_______________

_________________________________________

(imzo)

(F.I.O.)

Bosh buxgalter

_______________

_________________________________________

(imzo)

(F.I.O.)

Sana

Arizaga ilova

25 yoshdan oshmagan va olti oy davomida uzluksiz
‎‎mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan yosh xodimlar
‎‎ROʻYXATI

T/r

Yosh xodimning F.I.O.

JSHSHIR yoki STIR

1.‎

2.‎

3.‎

4.‎

...‎

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish beruvchilarga ular tomonidan 25 yoshdan oshmagan xodimlar uchun toʻlangan ijtimoiy soliq summasini Davlat budjetidan toʻliq qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish beruvchilar tomonidan yosh xodimlar uchun toʻlangan ijtimoiy soliq summasini Davlat budjetidan toʻliq qoplab berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Ijro muddati


1-bosqich

Ish beruvchi

Soliq toʻlovchi sifatida roʻyxatda turgan soliq organiga soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali ariza taqdim etadi.

Hisobot taqdim etish muddatidan soʻng, lekin 3 oydan kechiktirmasdan

2-bosqich

Soliq organi

Kelib tushgan arizada koʻrsatilgan maʼlumotlarning Ish beruvchilarga ular tomonidan 25 yoshdan oshmagan xodimlar uchun toʻlangan ijtimoiy soliq summasini Davlat budjetidan toʻliq qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizom talablariga muvofiq yoki muvofiq emasligini oʻrganadi.

5 ish kunida


3-bosqich

Avtomatlashtirilgan dastur

Ijtimoiy soliq summasini qoplab berish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda, avtomatlashtirilgan dastur 1 ish kunida soliq organining xulosasini shakllantiradi va shakllangan xulosa bilan ish beruvchining arizasini Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasiga yuboradi hamda bu haqda ish beruvchini soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali habardor qiladi.

1 ish kunida

4-bosqich

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi

Avtomatlashtirilgan dastur orqali DMBATga kelib tushgan hujjatlarni koʻrib chiqadi va qoplab beriladigan ijtimoiy soliq summasini ish beruvchining bankdagi hisobvaragʻiga oʻtkazib beradi va bir vaqtning oʻzida oʻtkazib berilgan ijtimoiy soliq summasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni avtomatlashtirilgan dasturga yuboradi.

3 ish kunida

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-apreldagi PF-61-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.04.2023-y., 06/23/61/0231-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2021-y., 09/21/460/0699-son; 26.04.2023-y., 06/23/61/0231-son)