Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 23-iyuldagi “Alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularning aylanmasini tartibga solish sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF-6033-son Farmoni, 2020-yil 13-oktabrdagi “Aholini tadbirkorlikka jalb qilish tizimini takomillashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4862-son va 2020-yil 7-dekabrdagi “Davlat tomonidan tartibga solinadigan sohalarga xususiy sektorni jalb etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4913-son qarorlariga muvofiq, shuningdek, tadbirkorlik subyektlari tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati hamda tender hujjatlari va texnik vazifalarning kompleks ekspertizasi samaradorligini oshirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 17-iyul,
PF-6263-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-iyuldagi PF-6263-son Farmoniga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 15-maydagi “Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni taʼminlash, ularni jadal rivojlantirish yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-4725-son Farmoni 8-bandining ikkinchi xatboshisidagi “sifatida olinadigan barcha” soʻzlari “summasining 80 foizi miqdoridagi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-184-sonli Farmoniga asosan 2-bandning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2025-yil 1-yanvar — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2024-y., 06/24/184/0954-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-iyundagi PF-150-sonli Farmoniga asosan 2022-yil 1-iyuldan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2022-y., 06/22/150/0516-son)
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 31-yanvardagi “Davlat xizmatlari koʻrsatish milliy tizimini jadal rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5930-son Farmoni 14-bandining ikkinchi xatboshisidagi “sifatida olinadigan barcha” soʻzlari “summasining 80 foizi miqdoridagi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-martdagi “Iqtisodiyotni rivojlantirish va kambagʻallikni qisqartirishga oid davlat siyosatini tubdan yangilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5975-son Farmoni 1-bandi quyidagi mazmundagi “l” kichik band bilan toʻldirilsin:
“l) davlat tomonidan tartibga solinadigan sohalarga xususiy sektorni jalb etish sohasida:
“Davlat funksiyalari — biznes uchun imkoniyat” loyihasi va davlat funksiyalarini xususiy sektorga oʻtkazishning kompleks mexanizmi amalga oshirilishi yuzasidan monitoring olib borish va vujudga kelayotgan muammolarni bartaraf etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
xususiy sektorga oʻtkazilishi taklif etilayotgan davlat funksiyalari, shuningdek, xususiy sektorning tegishli takliflarini eʼlon qilish va muhokamadan oʻtkazish uchun elektron maydoncha faoliyatini yuritish;
xususiy sektorga berilishi mumkin boʻlgan davlat funksiyalarini tahlil qilish va oʻrganish natijasida tegishli choralar koʻrish yuzasidan takliflar tayyorlash”.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 7-noyabrdagi “Alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-505-son qarori 1-bandining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“isteʼmol etil spirti, tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar, tegishli litsenziya va muvofiqlik sertifikatlariga ega boʻlgan ishlab chiqaruvchilarga ichki bozorda faqat birja savdolari orqali bozor tamoyillari asosida realizatsiya qilinadi”.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-3068-son qarori 2-bandida:
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun davlat boji summasining 20 foizi miqdoridagi mablagʻlar”;
toʻrtinchi — yettinchi xatboshilar tegishincha beshinchi — sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-avgustdagi “Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-3225-son qarorida:
a) 4-bandning uchinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bandining “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-iyundagi PF-150-sonli Farmoniga asosan 2022-yil 1-iyuldan chiqariladi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2022-y., 06/22/150/0516-son)
v) 3-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-martdagi PF-89-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.03.2022-y., 06/22/89/0227-son)
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-fevraldagi “Loyihaoldi, loyiha, tender hujjatlari va kontraktlarni ekspertizadan oʻtkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3550-son qarorida:
a) 3-bandda:
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“tender hujjatlarini, tovarlarning (ish va xizmatlarning) davlat xaridiga texnik topshiriqlarni, kontraktlarni, import kontraktlarini va ularga qoʻshimcha bitimlarni (kontrakt va import kontraktlari qiymati oshirilganda) kompleks ekspertizadan oʻtkazish uchun qoʻshimcha qiymat soligʻini hisobga olmagan xolda umumiy summaning (tender hujjatlari boʻyicha — har bir lot summasining, qoʻshimcha bitimlar boʻyicha — qoʻshimcha bitim summasining) 0,1 foizi miqdorida, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravaridan ortiq boʻlmagan miqdorda haq undiriladi”;
oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“loyihaoldi hujjatlarini ishlab chiqish uchun texnik vazifa”;
b) 2-ilovada:
32-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“32. Binolar, inshootlar va muhandislik kommunikatsiyalarini kapital qurish va taʼmirlash boʻyicha tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat xaridini amalga oshirish uchun xarid hujjatlari Markazga texnik topshiriq shaklida loyiha-smeta hujjatlari bilan birgalikda kiritiladi va ulardagi tovarlar (ishlar, xizmatlar) hajmlari va narx parametrlarining asosliligi yuzasidan ekspertiza oʻtkaziladi”;
15-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasida bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4246-son qarorida:
a) 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Agentlikning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
bogʻdorchilik, uzumchilik va issiqxona xoʻjaliklarini barqaror rivojlantirishni taʼminlashga qaratilgan maqsadli kompleks dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
zamonaviy resurs tejamkor texnologiyalarni, shu jumladan tomchilatib va yomgʻirlatib sugʻorish tizimlarini qoʻllagan holda intensiv bogʻlar, xoʻraki, kishmishbop uzum plantatsiyalari va issiqxona xoʻjaliklari maydonlarini kengaytirish, shuningdek, bozor konyunkturasi tahlilini hisobga olgan holda, meva, uzum mahsulotlari turlarini koʻpaytirish choralarini koʻrish;
hududlarning tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda, bogʻdorchilik, uzumchilik va issiqxona xoʻjaligida ilmiy yutuqlar, ilgʻor ilmiy ishlanmalar va intensiv agrotexnologiyalardan keng foydalanishni tashkil etish;
uzumning xoʻraki va kishmishbop navlari plantatsiyalarini kengaytirish, uzumchilik korxonalarini kompleks modernizatsiyalashga koʻmaklashish va qoʻllab-quvvatlash, eksport salohiyatini oshirish;
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bilan birgalikda bogʻdorchilik xoʻjaliklari, xoʻraki, kishmishbop uzum plantatsiyalari va issiqxona xoʻjaliklariga xalqaro sertifikatlash standartlarini joriy etishda koʻmaklashish;
meva va uzum mahsulotlarini yetishtirish, tayyorlash, saralash, kalibrlash, qadoqlash va sotishning butun zanjirini oʻz ichiga olgan klaster shaklini tashkil qilish va kooperatsiya tizimini rivojlantirish boʻyicha choralarni amalga oshirish;
bozorlar konyunkturasi boʻyicha chuqur marketing tadqiqotlarini oʻtkazish yoʻli bilan raqobatbardosh mahsulot yetishtirish, uni sotishni tashkil qilish, eksport salohiyatini oshirish maqsadida sohaga mahalliy va toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb etishga koʻmaklashish;
tashqi bozorlarda talab yuqori boʻlgan meva va uzum navlarini joylashtirish va yetishtirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish;
bogʻdorchilik, uzumchilik va issiqxona xoʻjaliklari sohasida mutaxassislarni oʻqitish, ularning malakasini oshirish, innovatsiyalarni rivojlantirish va joriy etish masalalari boʻyicha mahalliy va xorijiy taʼlim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari, xorijiy tashkilotlar va tarmoqning yetakchi ishlab chiqaruvchilari bilan hamkorlik qilish;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi bilan birgalikda bogʻlar va issiqxona xoʻjaliklari maydonlarining hamda uzum plantatsiyalarining elektron reyestrini yuritish”;
b) 6-bandda:
oltinchi xatboshi “bogʻdorchilik” soʻzidan keyin “xoʻraki, kishmishbop uzum plantatsiyalari” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
yettinchi xatboshi “bogʻlarda” soʻzidan keyin “xoʻraki, kishmishbop uzum plantatsiyalarida” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
oʻninchi xatboshisidagi “sohasiga” soʻzi “va uzumchilik sohalariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 7-bandda:
birinchi xatboshi “bogʻlar” soʻzidan keyin “xoʻraki, kishmishbop uzum plantatsiyalari” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“xoʻraki va kishmishbop uzum tokzorlarida irrigatsiya tadbirlarini oʻtkazish, jumladan suv yetkazib berish, artezian quduqlar, quvurlar va rezervuarlar barpo etish, suv yetkazib berish uchun nasos stansiyalarini qurish, suv saqlash uchun sigʻimlar sotib olishga qonunchilik hujjatlarida belgilangan miqdorda”;
toʻrtinchi xatboshi beshinchi xatboshi deb hisoblansin;
“v” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“v) Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi kichik tadbirkorlik subyektlariga intensiv bogʻlar, xoʻraki, kishmishbop uzum plantatsiyalari va issiqxona xoʻjaliklarini tashkil qilish uchun tijorat banklari kreditlari boʻyicha kredit summasining 50 foizigacha, ammo 5 milliard soʻmdan oshmaydigan miqdordagi mablagʻga kafillik beradi”;
g) 18-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi va viloyatlar hokimlariga — bogʻlar, uzumzorlar va issiqxona xoʻjaliklari tashkil etish uchun yer uchastkalari oʻz vaqtida ajratilishi, shuningdek, mavjud mevali bogʻlar, xoʻraki, kishmishbop uzum plantatsiyalari va issiqxona xoʻjaliklarini xatlovdan oʻtkazishni sifatli bajarish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin”.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-apreldagi “Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4270-son qarori 5-bandida:
ikkinchi xatboshidagi “Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining” soʻzlari “Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“koʻchmas mulk boʻyicha kadastr muhandisi oʻz faoliyatini yuridik shaxslar bilan mehnat shartnomasini tuzish orqali yoki yakka tartibdagi tadbirkor sifatida amalga oshiradi”.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi PQ-4300-son qarori bilan tasdiqlangan Xorijiy investorlarga taklif etiladigan istiqbolli investitsiya takliflarining roʻyxati 46 va 47-pozitsiyalarining “Loyiha ustida ishlash uchun masʼul organlar” ustunidagi “Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi (O. Mustafoyev)” soʻzlari “Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi (R. Boboyev)” soʻzlari bilan almashtirilsin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-4417-son qarorida:
a) nomlanishi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”;
b) 1 — 3-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
v) 4-bandning birinchi xatboshisidagi “Agentlik” soʻzi “Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 1-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
d) 2-ilovaning nomlanishidagi “Kichik biznes va tadbirkorlik” soʻzlari “Tadbirkorlik” soʻzi bilan almashtirilsin;
e) 4-ilova 1-bandining “i” kichik bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 11-dekabrdagi “Meva-sabzavotchilik va uzumchilik tarmogʻini yanada rivojlantirish, sohada qoʻshilgan qiymat zanjirini yaratishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4549-son qarorida:
a) 4-banddan “Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) 8-bandda:
ikkinchi xatboshidan “hamda Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligining Uzum yetishtiruvchilar va vino tayyorlovchilarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar tegishincha uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar deb hisoblansin;
v) 13-bandning oltinchi xatboshisidan “hamda Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi direktori O.S. Mustafoyev” soʻzlari chiqarib tashlansin.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-martdagi PQ-4653-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 11-band quyidagi mazmundagi “l” kichik band bilan toʻldirilsin:
“l) davlat tomonidan tartibga solinadigan sohalarga xususiy sektorni jalb etish sohasida:
“Davlat funksiyalari — biznes uchun imkoniyat” loyihasi va davlat funksiyalarini xususiy sektorga oʻtkazishning kompleks mexanizmi amalga oshirilishi yuzasidan monitoring olib borish va vujudga kelayotgan muammolarni bartaraf etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
xususiy sektorga oʻtkazilishi taklif etilayotgan davlat funksiyalari, shuningdek, xususiy sektorning tegishli takliflarini eʼlon qilish va muhokamadan oʻtkazish uchun elektron maydoncha faoliyatini yuritish;
xususiy sektorga berilishi mumkin boʻlgan davlat funksiyalarini tahlil qilish va oʻrganish natijasida tegishli choralar koʻrish yuzasidan takliflar tayyorlash”;
b) 12-band quyidagi mazmundagi 12-kichik band bilan toʻldirilsin:
“12) davlat tomonidan tartibga solinadigan sohalarga xususiy sektorni jalb etish sohasida:
a) “Davlat funksiyalari — biznes uchun imkoniyat” loyihasi doirasida:
davlat funksiyalarini autsorsing, kraudsorsing, davlat ijtimoiy buyurtmasi, akkreditatsiya, sertifikatlash va boshqa usullar orqali bosqichma-bosqich xususiy sektorga oʻtkazish hamda davlat boshqaruvi sohasida amalda mavjud boʻlgan imkoniyatlarni kengaytirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
vazirlik va idoralar kesimida xususiy sektorga oʻtkazilishi mumkin boʻlgan davlat funksiyalarini tahlil qilish mexanizmlarini yoʻlga qoʻyishga qaratilgan davlat funksiyalarining yagona reyestrini shakllantiradi;
b) davlat funksiyalarini xususiy sektorga oʻtkazishning kompleks mexanizmi amalga oshirilishida monitoring olib borish doirasida:
davlat funksiyalarini xususiy sektorga oʻtkazishning kompleks mexanizmi amalga oshirilishida monitoring olib borish jarayoniga rahbarlik qiladi;
davlat funksiyalarini xususiy sektorga oʻtkazishning kompleks mexanizmi amalga oshirilishi jarayonida aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf qilish boʻyicha taʼsirchan choralarni amalga oshirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
v) davlat funksiyalarini xususiy sektorga oʻtkazish jarayonining shaffofligini taʼminlaydi, bunda xususiy sektorga oʻtkazish taklif etilayotgan davlat funksiyalarini elektron maydonchada keng omma eʼtiboriga havola qiladi va muhokamadan oʻtkazish natijasi boʻyicha takliflar ishlab chiqadi, shuningdek, elektron maydoncha faoliyatini yuritadi;
g) xususiy sektorga berilishi mumkin boʻlgan davlat funksiyalarini tahlil qiladi, oʻrganish doirasida davlat funksiyalari roʻyxatini tuzadi hamda xususiy sektorga oʻtkazish mumkin boʻlgan funksiyalarni yagona reyestrga kiritish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi”.
17. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-iyundagi PQ-4756-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar va xalqaro tashkilotlarga aʼzolik boʻyicha majburiyatlarni bajarishga masʼul davlat organlari va boshqa tashkilotlar roʻyxatining 54-pozitsiyasi “Toʻlovchilar nomi” ustunidagi “Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va” soʻzlari “Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Izoh: mazkur ilova 2-bandining “v” — “d” kichik bandlari 2021-yil 1-noyabrdan eʼtiboran kuchga kiradi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2021-y., 06/21/6263/0685-son, 18.03.2022-y., 06/22/89/0227-son, 10.06.2022-y., 06/22/150/0516-son; 23.11.2024-y., 06/24/184/0954-son)