08.07.2021 yildagi 429-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona maʼmuriyatchiligi va tartib-taomillarini yanada soddalashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida” 2021-yil 3-fevraldagi PF-6155-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, respublikada sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni bojxona hududida qayta ishlash rejimidan foydalangan holda koʻpaytirish orqali yangi ish oʻrinlarini yaratish va eksport hajmini oshirish, xorijiy davlatlardan mahsulot sotib olib, import qilmasdan uchinchi davlatga toʻgʻridan-toʻgʻri sotish tizimini joriy qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-fevraldagi PF-6155-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida bojxona rejimi talabida xorijiy buyurtmachi mavjud boʻlmagan hollarda ham qayta ishlash operatsiyalariga ruxsat berish mexanizmini joriy qilish nazarda tutilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Xorijiy xom ashyo va materiallarni bojxonada rasmiylashtirish talablarini soddalashtirish maqsadida 2021-yil 1-avgustdan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona rejimi talabida xorijiy buyurtmachi mavjud boʻlmagan hollarda ham qayta ishlash operatsiyalariga ruxsat berilsin;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektiga chetdan xomashyo sotib olib, uni respublika hududida bojxona toʻlovlarini toʻlamagan holda qayta ishlagandan soʻng istalgan xorijiy hamkoriga sotish imkoni berilishi amaliyotga kiritilsin.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 11-fevraldagi 77-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 09/25/77/0155-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 19-may)
Oldingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 11-fevraldagi 77-sonli qaroriga asosan 2-band toʻrtinchi xatboshisining chiqarilish sanasi — 2025-yil 19-may — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 09/25/77/0155-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 11-fevraldagi 77-sonli qaroriga asosan 2-band beshinchi xatboshisining chiqarilish sanasi — 2025-yil 19-may — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 09/25/77/0155-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 11-fevraldagi 77-sonli qaroriga asosan 2-band oltinchi xatboshisining chiqarilish sanasi — 2025-yil 19-may — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 09/25/77/0155-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 11-fevraldagi 77-sonli qaroriga asosan 2-band yettinchi xatboshisining chiqarilish sanasi — 2025-yil 19-may — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 09/25/77/0155-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 11-fevraldagi 77-sonli qaroriga asosan 2-band sakkizinchi xatboshisining chiqarilish sanasi — 2025-yil 19-may — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 09/25/77/0155-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-maydagi 283-son qarori bilan tasdiqlangan Tashqi savdo operatsiyalari amalga oshirilishi monitoringini olib borish va nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga ushbu qaror talablaridan kelib chiqqan holda oʻzgartirishlar kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 8-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
429-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-iyuldagi 429-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-maydagi 283-son qarori bilan tasdiqlangan Tashqi savdo operatsiyalari amalga oshirilishi monitoringini olib borish va nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“tashqi savdo kontraktlari — Nizomning ushbu bandida keltirilgan olib chiqish kontrakti, sotib olish kontrakti, olib kirish kontrakti, sotish kontraktlari;”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻninchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“xoʻjalik yurituvchi subyektlar — Nizomning ushbu bandida keltirilgan kontraktlar (invoyslar)ni tuzgan Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi yigirma ikkinchi — yigirma oltinchi xatboshilar qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“reeksport qiluvchilar — yuridik shaxslar, shuningdek, yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxslar — olib kirish kontrakti asosida sotib olingan tovarlarni sotish maqsadida reeksport bojxona rejimiga joylashtiradigan Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
olib chiqish kontrakti — olib kirish kontrakti asosida sotib olingan tovarlarni sotish maqsadida reeksport bojxona rejimiga joylashtirish nazarda tutilgan Oʻzbekiston Respublikasining rezidenti va norezidenti oʻrtasidagi kontrakt;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sotish kontrakti — sotib olish kontrakti doirasida sotib olingan tovarlarni boshqa norezidentga sotish nazarda tutilgan Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti va norezidenti oʻrtasidagi kontrakt;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
olib kirish kontrakti — Oʻzbekiston Respublikasining rezidenti va norezidenti oʻrtasida tovarlarni bojxona ombori, erkin ombor, erkin bojxona zonasi, bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimlariga joylashtirish uchun sotib olish va keyinchalik olib chiqish kontrakti asosida boshqa norezidentga sotish nazarda tutilgan kontrakt;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sotib olish kontrakti — Oʻzbekiston Respublikasining rezidenti va norezidenti oʻrtasida tovarlarni bojxona hududiga olib kirmagan yoki tranzit tartibida olib oʻtgan holda sotib olish boʻyicha tuzilgan kontrakt”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“a” kichik bandiga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“tashqi savdo kontraktini tuzgan tomon — xaridor bilan ushbu kontrakt boʻyicha toʻlovni amalga oshiruvchi yoki tovar (ish, xizmat ) qabul qilib oluvchi tomon farq qilsa, shuningdek, tashqi savdo kontraktini tuzgan tomon — sotuvchi bilan ushbu kontrakt boʻyicha tovarni joʻnatuvchi (ishlarni bajaruvchi, xizmatlar koʻrsatuvchi) tomon farq qilsa, kontraktda ular alohida koʻrsatilishi lozim”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“e” kichik banddagi “xorijiy valyutada koʻrsatiladi” soʻzlari “tomonlar oʻrtasidagi kelishuvga asosan belgilanadi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“l” kichik band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“l) Tashqi savdo kontraktining matni davlat tilida yoki tomonlarning kelishuviga koʻra boshqa tilda bayon qilinishi kerak. Bunda, tashqi savdo kontrakti davlat tilidan boshqa tilda tuzilgan boʻlsa, ushbu kontrakt matni davlat tiliga tarjima qilinishi va belgilangan tartibda tasdiqlanishi kerak”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 6-bandning uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bajarilgan ishlar yoki koʻrsatilgan xizmatlarning eksport va importi boʻyicha maʼlumotlar dalolatnoma tuzilgan kundan boshlab 1 kun ichida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sotib olish kontraktlari hamda sotish kontraktlari doirasida tovarlar qabul qilib olinganligini hamda yetkazib berilganligini tasdiqlovchi hujjatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ular tuzilgan kundan boshlab 1 kun ichida TSOYAEATga kiritilishi lozim”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 11-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“avans toʻlovlar (oldindan haq toʻlash) amalga oshirilishida yoki akkreditiv ochishda”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. 17-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Bunda 5000 (besh ming) AQSh dollarigacha boʻlgan tovarlar elektron tijorat orqali bojxona yuk deklaratsiyasini rasmiylashtirmasdan, Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga axborot kiritmasdan, pochta xizmatlarini koʻrsatish qoidalariga muvofiq realizatsiya qilinishi mumkin”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. 22, 23 va 24-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“22. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning tashqi savdo kontraktlari va invoyslari monitoringi valyutani nazorat qiluvchi organlar va tijorat banklari tomonidan TSOYAEAT orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TSOYAEATda olib kirish kontrakti olib chiqish kontrakti bilan, shuningdek, sotib olish kontrakti sotish kontrakti bilan oʻzaro bogʻliq holda monitoring qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda valyutani nazorat qiluvchi organlar va tijorat banklari oʻrtasida TSOYAEATda shakllangan maʼlumotlarni oʻzaro talab etish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Tovarlarni respublikaga olib kirish va “erkin muomalaga chiqarish (import)” bojxona rejimiga rasmiylashtirish, shuningdek, ishlarni bajarish yoki xizmatlar koʻrsatish yoxud ular uchun toʻlangan pul mablagʻlarini qaytarish muddati import kontraktlari boʻyicha toʻlov amalga oshirilgan kundan boshlab 180 kundan ortiq boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq amalga oshiriladigan loyihalar doirasida tuzilgan kontraktlar boʻyicha yoki kontraktlar Mahsulot taqsimoti toʻgʻrisidagi bitimlarni amalga oshirish doirasida Boshqaruvchi qoʻmita tomonidan tasdiqlangan taqdirda, shuningdek, asbob-uskunalar va (yoki) butlovchi buyumlar yetkazib berish boʻyicha import kontraktlari shartlarida asbob-uskunalar va (yoki) butlovchi buyumlarni yetkazib berish muddati ularning texnik xususiyatlari va oʻziga xosligidan kelib chiqqan holda 180 kundan ortiq belgilanganda — import kontraktlarida belgilangan muddatlardan oshmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Olib kirish kontrakti boʻyicha tovarlarni respublikaga olib kirish va bojxona ombori, erkin ombor, erkin bojxona zonasi, bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimlariga rasmiylashtirish, shuningdek, ular uchun toʻlangan pul mablagʻlarini qaytarish muddati ushbu kontraktlar boʻyicha toʻlov amalga oshirilgan kundan boshlab 180 kundan ortiq boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Eksport kontrakti boʻyicha tushum tushishi yoki tovarlarni qayta olib kirish muddati tovarlarga nisbatan — “eksport” bojxona rejimi boʻyicha bojxona yuk deklaratsiyasi rasmiylashtirilgan sanadan va xizmatlarga (ishlarga) nisbatan — bajarilgan ishlarni qabul qilish dalolatnomasi imzolangan sanadan boshlab 180 kundan oshib ketmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yengib boʻlmaydigan kuchlar (fors-major) holatlari oqibatida tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha majburiyatlarni bajarish imkoniyati boʻlmaganda, fors-major holatlari yuz bergan davlatning vakolatli organi tasdigʻiga muvofiq, ushbu holatlarning amal qilish muddati mobaynida majburiyatlarning qisman yoki toʻliq bajarilmaganlik uchun javobgarlik belgilanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Olib chiqish kontrakti boʻyicha tushum tushishi yoki tovarlarni qayta olib kirish muddati tovarlar reeksport bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan sanadan boshlab 180 kundan oshib ketmasligi kerak”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Quyidagi mazmundagi 241-band qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“241. Sotib olish kontrakti boʻyicha toʻlangan pul mablagʻlarini qaytarish yoki sotish kontrakti boʻyicha pul mablagʻlarining kelib tushishi sotib olish kontrakti boʻyicha toʻlov amalga oshirilgan kundan boshlab 180 kundan oshmasligi kerak. Bunda sotish kontrakti boʻyicha kelib tushgan pul mablagʻlarining miqdori sotib olish kontrakti boʻyicha toʻlangan pul mablagʻlari miqdoridan kam boʻlmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu muddatda qaytarilmagan yoki belgilangan miqdorda kelib tushmagan valyuta mablagʻlari muddati oʻtgan debitor qarzdorlik sifatida qaraladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. 27-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“27. Tashqi savdo kontraktlari boʻyicha aktivlar repatriatsiya qilinishini (chet eldan xorijiy valyutadagi mablagʻlar kelib tushishini yoki ushbu Nizomda koʻrsatilgan bojxona rejimlarida tovarlar respublikaga olib kirilishi va rasmiylashtirilishini, ishlar bajarilishi va xizmatlar koʻrsatilishini yoki pul mablagʻlarining qaytarilishini) mazkur Nizomning 23, 24 va 241-bandlarida belgilangan muddatlar tugagandan keyin 30 bank ish kuni (kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari uchun — 60 bank ish kuni) mobaynida taʼminlamagan xoʻjalik yurituvchi subyektlar”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. 28-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“28. Ushbu Nizomning 27-bandida keltirilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarga davlat soliq xizmati organi tomonidan jarima qoʻllash toʻgʻrisida talabnoma (keyingi oʻrinlarda — talabnoma) yuboriladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. 29-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“29. Tashqi savdo operatsiyalarida xorijiy sheriklar tomonidan oldindan oʻtkazilgan pul mablagʻlari boʻyicha tovarlarni eksport bojxona rejimiga rasmiylashtirish (shu jumladan, olib chiqish kontraktiga muvofiq tovarlarni reeksport bojxona rejimiga rasmiylashtirish), ishlarni bajarish yoki xizmatlarni koʻrsatish yoki Oʻzbekiston Respublikasiga import qilingan tovarlar (shu jumladan, olib kirish kontraktiga muvofiq bojxona ombori, erkin ombor, erkin bojxona zonasi, bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimlariga joylashtirilgan tovarlar), bajarilgan ishlar, koʻrsatilgan xizmatlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining tijorat banklari orqali pul mablagʻlarini oʻtkazish muddati 365 kundan oshib ketmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda ushbu muddat tovarlarni eksport (shu jumladan, reeksport bojxona rejimiga rasmiylashtirish, ishlarni bajarish yoki xizmatlarni koʻrsatish xorijiy sheriklar tomonidan oʻtkazilgan pul mablagʻlari eksport qiluvchilarning (shu jumladan, reeksport qiluvchilar) xizmat koʻrsatuvchi tijorat banklarida qayd etilgan kundan boshlab, Oʻzbekiston Respublikasining tijorat banklari orqali pul mablagʻlarini oʻtkazish xorijiy sheriklar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasiga import qilingan tovarlar erkin muomalaga chiqarish (import) (shu jumladan, olib kirish kontraktiga muvofiq bojxona ombori, erkin ombor, erkin bojxona zonasi, bojxona hududida qayta ishlash) bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan, shuningdek, bajarilgan ishlar yoki koʻrsatilgan xizmatlar dalolatnomasi imzolangan kundan boshlab hisoblanadi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. 1-ilovaning 3-bandiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi yigirma birinchi — yigirma toʻrtinchi xatboshilar qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“16 — olib kirish kontrakti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17 — olib chiqish kontrakti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18 — sotib olish kontrakti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19 — sotish kontrakti”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yigirma birinchi xatboshi yigirma beshinchi xatboshi deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. 3-ilovaning 1-bandiga quyidagi mazmundagi xatboshilar qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“sotib olish kontraktlari boʻyicha tovarlar norezidentdan qabul qilib olinganligini tasdiqlovchi hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sotish kontraktlari boʻyicha tovarlar norezidentga yetkazib berilganligini tasdiqlovchi hujjatlar”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2021-y., 09/21/429/0654-son; 25.10.2023-y., 09/23/560/0796-son; 18.02.2025-y., 09/25/77/0155-son)