Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.12.2025 01.07.2021 yildagi 413-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.12.2025
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021/2022 oʻquv yili uchun “MMFI” milliy tadqiqot yadro universiteti” federal davlat avtonom oliy taʼlim muassasasining Toshkent shahridagi filialiga oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida “MMFI” milliy tadqiqot yadro universiteti” federal davlat avtonom oliy taʼlim muassasasining filialini tashkil etish va uning faoliyatini tashkillashtirish toʻgʻrisida” 2018-yil 20-iyuldagi PQ-3875-son va “Oʻzbekiston Respublikasining Yadro-energetika dasturi uchun kadrlar salohiyatini rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2019-yil 16-oktabrdagi PQ-4492-son qarorlariga muvofiq hamda “MMFI” milliy tadqiqot yadro universiteti” federal davlat avtonom oliy taʼlim muassasasining Toshkent shahridagi filialida respublikaning atom tarmogʻi uchun oliy maʼlumotli malakali kadrlar tayyorlashni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi hududida atom elektr stansiyasini qurish boʻyicha loyihani amalga oshirish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligining (keyingi oʻrinlarda — “Oʻzatom” agentligi) atom energetikasi va yadro texnologiyalari sohasida kadrlarga boʻlgan ehtiyojini qondirish maqsadida “MMFI” milliy tadqiqot yadro universiteti” federal davlat avtonom oliy taʼlim muassasasining Toshkent shahridagi filialida (keyingi oʻrinlarda — Filial) 2021/2022 oʻquv yili uchun bakalavrlarni tayyorlash boʻyicha qabul parametrlari 100 oʻrin miqdorida ilovaga muvofiq belgilansin. Bunda, Filialda bakalavrlar davlat granti asosida tayyorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Oʻzatom” agentligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi va “MMFI” milliy tadqiqot yadro universiteti” federal davlat avtonom oliy taʼlim muassasasi bilan birgalikda 2021/2022 oʻquv yili uchun Filialga kirish imtihonlarini Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan belgilangan respublika oliy taʼlim muassasalari bakalavriatiga kirish test sinovlari oʻtkaziladigan obyektlarda belgilangan tartibda oʻtkazilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Kirish imtihonlarini oʻtkazish joylari ijarasi hamda abituriyentlarning ota-onalari va keng jamoatchilik uchun test sinovlari jarayonini onlayn rejimda uzatish bilan bogʻliq xarajatlar (aloqa kanallari ijarasi, texnik xizmat koʻrsatish) “Oʻzatom” agentligining Atom energetikasini rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan amalga oshirilishi belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi energetika vaziri A.S. Sultanov va Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A.H. Toshkulov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 1-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
413-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 1-iyuldagi 413-son qaroriga

ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“MMFI” milliy tadqiqot yadro universiteti” federal davlat avtonom oliy taʼlim muassasasining (Rossiya Federatsiyasi) Toshkent shahridagi filialida 2021/2022 oʻquv yili uchun bakalavrlarni tayyorlash boʻyicha qabul
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PARAMETRLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Taʼlim yoʻnalishi (mutaxassisligi) nomi

Qabul kvotasi

1.

Yadro energetikasi va issiqlik fizikasi

25

2.

Yadro fizikasi va texnologiyalari

25

3.

Issiqlik energetikasi va issiqlik texnikasi

25

4.

Elektroenergetika va elektrotexnika

25

Jami:

100

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2021-y., 09/21/413/0631-son)