Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash, bu borada amalga oshirilayotgan ishlarni samarali yoʻlga qoʻyish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va bandligiga koʻmaklashish, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 20-apreldagi PF-6208-son Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasini boshqarish, uning mablagʻlarini shakllantirish, ulardan foydalanish yoʻnalishlari va sarflash tartibini nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va bandligiga koʻmaklashish, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 20-apreldagi PF-6208-son Farmoniga muvofiq ushbu Farmonda belgilangan Agentlik tomonidan amalga oshiriladigan xarajatlarni moliyalashtirish uchun 2021-yilda Agentlikka Davlat budjetidan qoʻshimcha ravishda ajratiladigan 100 mlrd soʻm mablagʻlarning Jamgʻarmaga oʻtkazilishini hamda ushbu xarajatlarni moliyalashtirish uchun 2022-yildan boshlab har yili Davlat budjeti parametrlarida Agentlikka yetarli mablagʻlar ajratilishini;
2021-yilda Agentlik, uning hududiy boʻlinmalari va Agentlik huzuridagi Yoshlar muammolarini oʻrganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti faoliyatini moliyalashtirish uchun ajratilgan mablagʻlarning tadbirlarga yoʻnaltirilishi belgilangan qismi Jamgʻarmaga oʻtkazilishini hamda 2022-yildan boshlab Jamgʻarmaga oʻtkaziladigan mablagʻlar hisob-kitobi budjet soʻrovida nazarda tutilishini taʼminlasin;
Keyingi tahrirga qarang.
4. Agentlik manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 29-iyun,
400-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-iyundagi 400-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1.Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
2. Jamgʻarma Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan budjetdan tashqari jamgʻarmasi hisoblanadi.
3. Jamgʻarma mablagʻlari Agentlik, uning hududiy boʻlinmalari va Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Yoshlar muammolarini oʻrganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti (keyingi oʻrinlarda — Institut) uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligida alohida ochiladigan shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarida yuritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
2-bob. Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish
4. Quyidagilar Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari hisoblanadi:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan Agentlik orqali ajratiladigan mablagʻlar;
Agentlik va uning hududiy boʻlinmalari huzuridagi korxona, muassasa va tashkilotlar ixtiyorida soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar toʻlanganidan keyin qoladigan sof foydaning bir qismi;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari, xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari, vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarni tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishdan olingan daromadlar;
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
5. Agentlik, uning hududiy boʻlinmalari va Institut tegishlicha jamgʻarmalarga mablagʻlar kelib tushishining toʻliqligini nazorat qiladi.
3-bob. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish tartibi.
6. Jamgʻarmaning mablagʻlaridan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:
yoshlarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni moliyalashtirish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbusni keng joriy etishga qaratilgan tadbirlarni moliyalashtirish;
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlari boʻyicha nodavlat taʼlim tashkilotlarida oʻqish xarajatlarining 50 foizi (biroq, bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravarigacha) hamda ular boʻyicha milliy sertifikatlar olish uchun oʻtkaziladigan imtihonlarni topshirish xarajatlarini kompensatsiya qilish;
“Mehribonlik” uylari tarbiyalanuvchilari hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning haydovchilik kurslarida oʻqish xarajatlarini (bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravarigacha) va safarbarlik chaqiruvi rezervida xizmatni oʻtash uchun toʻlanadigan toʻlovlarni moliyalashtirish;
xususiy korxona va tashkilotlarga ishga qabul qilingan hamda faoliyat boshlaganiga olti oydan oshmagan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni qayta tayyorlov kurslarida oʻqitish bilan bogʻliq xarajatlarni (bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravarigacha) mazkur xususiy korxona va tashkilotlarga kompensatsiya sifatida qoplab berish;
AT “Xalq banki”, AT “Aloqa bank” va “Mikrokreditbank” ATB tomonidan “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan va sertifikat olgan yoshlarga kompyuter (shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmagan) xaridlari uchun bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda ajratilgan isteʼmol kreditlari boʻyicha foiz toʻlovlarini kompensatsiya sifatida qoplab berish;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va bandligiga koʻmaklashish, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 20-apreldagi PF-6208-son, “Oʻzbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini tubdan isloh qilish va yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 30-iyundagi PF-6017-son farmonlari, “Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2020-yil 30-iyundagi PQ-4768-son qarorida belgilangan Agentlik, uning hududiy boʻlinmalari va Institutning asosiy vazifa va faoliyat yoʻnalishlari doirasidagi chora-tadbirlarni moliyalashtirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Agentlik hayʼati qaroriga asosan faol yoki ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan yoshlarni qoʻllab-quvvatlashga doir xarajatlarni amalga oshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Agentlik, uning hududiy boʻlinmalari va Institutning bino va inshootlarini, hududlardagi yoshlar obyektlarini (taʼlim, madaniyat, sanʼat, sport obyektlari, yoshlar markazlari va boshqalar) qurish, kapital va joriy taʼmirlash hamda inventarlar, mebel, kompyuter texnikasi va boshqa uskunalar bilan jihozlash hamda sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
mamlakatimizda yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, oʻsib kelayotgan yosh avlodni ilm-fan va innovatsiyalarga keng jalb etish bilan bogʻliq chora-tadbirlarni moliyalashtirish;
yoshlarga oid dasturlar, loyihalar, tanlovlar va boshqa tadbirlar uchun nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari, shu jumladan, ommaviy axborot vositalariga ijtimoiy buyurtma ajratish;
hududlarda band boʻlmagan yoshlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash va ularning bandligini taʼminlash maqsadida kasb-hunarga oʻrgatish va ularda kasbiy koʻnikmalarni shakllantirish tadbirlarini moliyalashtirish;
“Mehribonlik” uylarini tamomlagan yetim va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan yoshlarning ijtimoiy-huquqiy himoyasini tashkil etish tadbirlarini moliyalashtirish;
Keyingi tahrirga qarang.
xalqaro imtihon tizimlari (IELTS, TOEFL, GMAT, GRE, SAT va boshqalar) boʻyicha eng yuqori ball toʻplagan iqtidorli yoshlarga imtihon topshirish xarajatlarini qoplab berish;
Keyingi tahrirga qarang.
xalqaro fan olimpiadalarida oʻquvchi yoshlarning yuqori darajada tayyorgarlik koʻrishlari uchun oʻquv bazasi tashkil etish, respublika va xorijiy malakali mutaxassislar jalb qilish hamda ular uchun barcha zarur sharoitlarni taʼminlash xarajatlarini qoplash;
xalqaro fan olimpiadalarida oʻquvchi yoshlarning ishtirokini tashkil etish bilan bogʻliq (sutkalik, yashash, transport, viza) xarajatlarni qoplash;
yosh kadrlarni, shu jumladan Agentlik tizimidagi xodimlarni oʻqitish, malakasini oshirish, ularning stajirovka oʻtashi, shu jumladan xorijiy mamlakatlarda oʻtkaziladigan konferensiya, seminarlar va boshqa tadbirlarda ishtirok etishini tashkil etish, Agentlik tizimidagi xodimlarni jamoa shartnomalarida nazarda tutilgan tartibda moddiy va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash;
Agentlikning ekspert-tahlil guruhi faoliyatini tashkil etish, ekspert-tahlil guruh tarkibiga kiritilgan mutaxassislarga haq toʻlash, Agentlikka yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishga mahalliy va xorijiy ilmiy muassasalar, olim va mutaxassislarni, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, oliy taʼlim muassasalari hamda boshqa yuridik va jismoniy shaxslarni shartnoma asosida jalb qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
Agentlik, uning hududiy boʻlinmalari va Institut vazifalari va faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini amalga oshirishga qaratilgan boshqa tadbirlarni moliyalashtirish;
Keyingi tahrirga qarang.
7. Agentlik markaziy apparatining shaxsiy gʻazna hisobvaragʻidan, zarur hollarda, hududiy boʻlinmalar va Institutning shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga mazkur Nizomning 6-bandida nazarda tutilgan xarajatlarni amalga oshirish uchun maqsadli mablagʻlar oʻtkazib beriladi.
8. Jamgʻarmaning daromadlar va xarajatlar smetasi kelgusi yilda kelib tushishi kutilayotgan mablagʻlar prognozi va amalga oshirilishi belgilangan tadbirlarni oʻtkazishdan kelib chiqqan holda tuziladi.
Bunda, Agentlik markaziy apparatida Jamgʻarmaning daromadlar va xarajatlar smetasi Jamgʻarma mablagʻlarini sarflash yoʻnalishlari va amalga oshiriladigan tadbirlar boʻyicha tuziladi.
9. Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan xarajatlar Agentlik markaziy apparatida — Agentlik direktori tomonidan, hududiy boʻlinmalarda — hududiy boshqarmalar boshliqlari tomonidan, Institutda — Institut direktori tomonidan tasdiqlangan hamda tegishli moliya organlaridan oʻrnatilgan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan daromadlar va xarajatlar smetasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Bunda, Agentlik markaziy apparatining qiymati 400 mln soʻmdan ortiq boʻlgan xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini yanada rivojlantirish borasidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash qaroriga asosan amalga oshiradi (amalga oshirilishi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari, topshiriqlarida belgilangan xarajatlar bundan mustasno).
Hududiy boshqarmalar va Institut tomonidan qiymati 100 mln soʻmdan ortiq boʻlgan xarajatlar Agentlik direktori bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi, ushbu jamgʻarmalarga aniq maqsadga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan oʻtkazib berilgan homiylik mablagʻlarini sarflash bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Agentlik tomonidan, istisno tariqasida, nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga davlat ijtimoiy buyurtmasi shaklida mablagʻ ajratishda mablagʻlarning 50 foizigacha qismi oldindan avans tariqasida, qolgan qismi esa — avans mablagʻlarining oʻzlashtirilishiga qarab ajratilishi mumkin.
11. Jamgʻarmaning joriy yilda foydalanilmagan mablagʻlari (qoldiq mablagʻlar) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga olib qoʻyilmaydi va ulardan keyingi yilda mazkur Nizomda belgilangan tartibda foydalaniladi.
4-bob. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanilishi yuzasidan hisobotlar taqdim etish, nazorat va javobgarlik
12. Agentlik, uning hududiy boʻlinmalari va Institut belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga Jamgʻarma mablagʻlarining ishlatilishi toʻgʻrisida har chorakda tegishli hisobotlarni taqdim etib boradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Jamgʻarma mablagʻlarining hisobi va hisoboti qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda yuritiladi va taqdim etiladi.
13. Jamgʻarma mablagʻlaridan oqilona va maqsadli foydalanilishini nazorat qilish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
14. Jamgʻarma mablagʻlaridan toʻgʻri va maqsadli foydalanish yuzasidan javobgarlik Agentlik, uning hududiy boʻlinmalari va Institutga yuklatiladi.
5-bob. Yakunlovchi qoida
15. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2021-y., 09/21/400/0616-son, 26.10.2021-y., 09/21/656/0996-son; 07.06.2022-y., 09/22/312/0493-son; 26.10.2022-y., 09/22/617/0960-son; 06.08.2024-y., 09/24/479/0579-son; 10.08.2024-y., 09/24/493/0600-son; 30.12.2024-y., 07/24/455/1092-son)