30.06.2020 yildagi PQ-4768-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini tubdan isloh qilish va yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6017-son Farmoniga muvofiq:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining yoshlar hayoti, orzu-intilish va muvaffaqiyatlarini keng yoritish, muammo va kamchiliklari yechimiga qaratilgan ko‘rsatuv, maqola va eshittirishlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish maqsadida ushbu yo‘nalishda faoliyat yurituvchi ommaviy axborot vositalari va nashriyotlardagi ulushlarini Agentlikka berish hamda Agentlik tomonidan ular negizida aksiyadorlik jamiyati shaklidagi “Yoshlar media xoldingi”ni tashkil etish to‘g‘risidagi takliflari qo‘llab-quvvatlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik uch oy muddatda “Yoshlar media xoldingi” aksiyadorlik jamiyati faoliyatini tashkil etish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Agentlik:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshlar yo‘nalishida faoliyat ko‘rsatuvchi nodavlat notijorat tashkilotlariga o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yish, amalga oshirish va rivojlantirishda har tomonlama tashkiliy va amaliy yordam ko‘rsatsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch oy muddatda “Kamalak” bolalar tashkiloti faoliyatini takomillashtirish va qo‘llab-quvvatlash yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilab qo‘yilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik yoshlarning intellektual, ijodiy va boshqa yo‘nalishdagi salohiyatini kamol toptirish uchun sharoitlar yaratishga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy va huquqiy chora-tadbirlarni tizimli ravishda amalga oshiruvchi, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi bo‘ysunuvida faoliyat yuritadigan alohida maqomga ega mustaqil respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlikning o‘z vakolati doirasida qabul qilgan qarorlari yoshlarga oid davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishda ishtirok etuvchi barcha davlat organlari va boshqa tashkilotlar, mansabdor shaxslar uchun majburiydir;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va davlat ulushi mavjud bo‘lgan oliy ta’lim muassasasining yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori (filial direktorining birinchi o‘rinbosari) lavozimiga nomzod Agentlik bilan kelishilgan holda belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik va uning hududiy boshqarmalari davlat organlari va tashkilotlariga yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar va dasturlarning ijrosi hamda ularning vakolatlariga kiradigan boshqa muhim masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish talabi bilan so‘rov yuborish huquqiga ega;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik yoshlar masalalari bo‘yicha boshlang‘ich tashkilotlarga har tomonlama ko‘maklashish hamda ularning faoliyati samaradorligini oshirishga mas’ul hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar Agentlik faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Agentlik direktori O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimnomasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Agentlik direktorining o‘rinbosarlari, shu jumladan birinchi o‘rinbosari Agentlik direktori taqdimnomasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Agentlik markaziy apparati xodimlariga yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lashning tasdiqlangan razryadlariga ko‘ra lavozim maoshlarini aniqlashda tarif koeffitsiyentlari 1,8 baravar miqdorda, Agentlik hududiy bo‘linmalari xodimlariga 1,2 baravar miqdorda qo‘llaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Agentlik direktori ikki oy muddatda Agentlikning unga yuklangan vazifalarni bajarish uchun zarur bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislar bilan to‘ldirilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston yoshlar ittifoqining uning Markaziy va hududiy kengashlari balansidagi va operativ boshqaruv huquqi asosida tegishli bo‘lgan bino va inshootlari, shuningdek, mol-mulklarini (faoliyatini ta’minlashga yetarli qismini o‘z balansida saqlab qolgan holda) o‘rnatilgan tartibda davlat mulki sifatida operativ boshqaruv huquqi asosida tegishlicha Agentlik va uning hududiy bo‘linmalariga o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlikning markaziy apparati Toshkent shahar, Navoiy ko‘chasi, 11b-uy manzildagi binoga joylashtirilsin.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Agentlik, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda mazkur qarorning 7-bandida ko‘zda tutilgan bino va inshootlar, shuningdek, mol-mulklarni xatlovdan o‘tkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ushbu mol-mulklarning O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini ta’minlashga yetarli qismini uning balansida saqlab qolgan holda Agentlik va uning hududiy bo‘linmalariga o‘tkazilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Agentlik, Moliya vazirligi Yoshlar markazlari va yoshlar uchun mo‘ljallangan boshqa infratuzilma obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlari Agentlikka ajratilgan mablag‘lar doirasida amalga oshirilishini inobatga olsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Toshkent shahar “Yoshlar ijod saroyi” qoshidagi Yoshlar simfonik orkestri negizida O‘zbekiston davlat simfonik orkestrini tashkil etish va amaldagi mehnatga haq to‘lash shartlari saqlanib qolgan holda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tuzilmasiga o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifi qo‘llab-quvvatlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston davlat simfonik orkestri faoliyatini moliyalashtirish uchun zarur mablag‘larni 2020-yilda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi uchun davlat budjetida ko‘zda tutilgan mablag‘lar hisobidan ajratsin, 2021-yildan boshlab esa — O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda nazarda tutilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Agentlik bilan birgalikda ikki oy muddatda 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalaridagi O‘zbekiston yoshlar ittifoqining boshlang‘ich tashkilot yetakchilarini saqlash xarajatlarini qoplash yuzasidan taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Agentlik va uning hududiy bo‘linmalarini belgilangan tartibda yuqori tezlikdagi Internet tarmog‘iga ulashni, shuningdek, zarur aloqa, jumladan hukumat aloqasi bilan ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Agentlik:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliya, iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish, bandlik va mehnat munosabatlari, ichki ishlar vazirliklari, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat statistika qo‘mitasi, Bosh prokuraturasi, Oliy sudi, boshqa vazirlik va idoralarning statistika axboroti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjet-soliq tadqiqotlari instituti hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar institutining tahliliy materiallari majburiy yuboriladigan reyestrga kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshidagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutini (keyingi o‘rinlarda – Institut) Agentlik tuzilmasiga o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar Institut faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshlarga oid davlat siyosati ijrosi monitoringini olib borish, yoshlar muammolarini tizimli o‘rganish va ularni hal etishga qaratilgan amaliy takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat hokimiyati, vazirlik, idora va tashkilotlarda faoliyat yurituvchi istiqbolli yosh kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish, ular faoliyatini uslubiy jihatdan muvofiqlashtirish, yosh boshqaruv xodimlarini professional jihatdan rivojlantirish uchun o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshlarga oid qonun hujjatlari va davlat dasturlari loyihalarini tayyorlashda ishtirok etish, ularni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirlik, idora va tashkilotlar buyurtmalari asosida yoshlar muammolarini o‘rganishga qaratilgan fundamental va ilmiy-amaliy tadqiqotlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshlar duch kelayotgan dolzarb muammolar, ularning barqaror rivojlanishiga to‘siq bo‘layotgan tahdidlarni aniqlashga qaratilgan sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshlar sohasidagi ishlarni samarali yo‘lga qo‘yishga qaratilgan uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqish, anjumanlar, “davra suhbatlari” va ilmiy-amaliy seminarlar tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshlar masalalarida O‘zbekiston Respublikasining mintaqaviy va xalqaro hamkorlik istiqbollari borasida qo‘shma tadqiqotlar olib borish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutining tuzilmasi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshidagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutining barcha huquq, majburiyatlari va shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut asosiy faoliyati yoshlar muammolarini o‘rganish, mazkur yo‘nalishda ilmiy va tahliliy tadqiqotlar o‘tkazish hamda istiqbolli yosh kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishga yo‘naltirilgan yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan davlat muassasasi hisoblanadi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga hamda shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga ega bo‘ladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi Institut faoliyatiga doimiy ravishda ilmiy-uslubiy yordam ko‘rsatib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut direktori O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda Agentlik direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatga haq to‘lash shartlari, moddiy rag‘batlantirish hamda tibbiy xizmat ko‘rsatish shartlariga ko‘ra Institut direktori — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi prorektoriga, xodimlari — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining xodimlariga tenglashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut direktoriga xodimlariga moddiy rag‘batlantirish maxsus fondi hisobidan tarif stavkasining 100 foizigacha miqdorida oylik ustamalar belgilash, shuningdek, qonun hujjatlariga muvofiq boshqa moddiy rag‘batlantirish choralarini qo‘llash huquqi beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘ziga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun Institut shartnoma asosida ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlari, shuningdek, vazirlik, idora va tashkilotlar mutaxassislarini jalb qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Quyidagilar Institut faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarning davlat ilmiy dasturlarida nazarda tutilgan mablag‘lar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xo‘jalik faoliyati hamda shartnoma asosida o‘quv, metodik va ilmiy-tadqiqot loyihalari, axborot-tahlil hamda tahririy-nashriyot ishlarini bajarish, ta’lim va boshqa xizmatlar ko‘rsatishdan tushadigan mablag‘lar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliya institutlari, xorijiy tashkilotlarning grantlari doirasida tushadigan mablag‘lar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Institut Toshkent shahar, Islom Karimov ko‘chasi, 45-uy manzilida joylashgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi binosiga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlari doirasida 2020-yilda Agentlik hamda Institut ta’minoti uchun mablag‘lar ajratsin, 2021-yildan boshlab esa har yili zarur budjet mablag‘larini nazarda tutsin. Bunda, O‘zbekiston Respublikasining “2020-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgunga qadar xarajatlarni moliyalashtirish 2020-yil uchun O‘zbekiston yoshlar ittifoqiga davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar hisobidan amalga oshirilishi inobatga olinsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik markaziy apparati uchun 8 ta xizmat avtotransport vositasini, shu jumladan 6 ta shaxsiy biriktirilgan xizmat avtotransport vositasi, 1 ta navbatchi avtotransport vositasi va 1 ta mikroavtobus hamda hududiy boshqarmalar uchun 14 ta xizmat yengil avtotransport vositasini saqlash uchun limit belgilasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshidagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3206-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Agentlik O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Mazkur qaror ijrosi quyidagi tartibda amalga oshirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik direktori — ushbu qarorda belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirishda mas’ul vazirlik, idora hamda tashkilotlarga uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatsin, belgilangan vazifalar ijrosi bo‘yicha yuzaga keladigan masalalarni tezkorlik bilan hal etilishini ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mas’ul vazirlik, idora va tashkilotlar rahbarlari — ushbu qarorda nazarda tutilgan tadbirlarni o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli bajarish yuzasidan barcha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori A.K. Ko‘chimov, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi A.D. Xadjayev — ushbu qarorning mazmun-mohiyati va amaliy ahamiyatini yoritishga oid maqolalar, brifinglar, press-konferensiyalar, tematik teleko‘rsatuvlar tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 30-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-4768-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2 — 4-ilovalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-iyundagi PQ-4768-son qaroriga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TUZILMASI

Xodimlarning cheklangan umumiy soni — 26 shtat birligi (professor-o‘qituvchilar tarkibi, texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar inobatga olinmagan holda), shu jumladan boshqaruv xodimlari soni — 18 shtat birligi, o‘quv-yordamchi xodim soni — 1 shtat birligi.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2020-y., 07/20/4768/1020-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.01.2022-y., 07/22/92/0046-son; 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son; 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)