29.06.2021 yildagi 400-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 07.06.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash, bu borada amalga oshirilayotgan ishlarni samarali yoʻlga qoʻyish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va bandligiga koʻmaklashish, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 20-apreldagi PF-6208-son Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasini boshqarish, uning mablagʻlarini shakllantirish, ulardan foydalanish yoʻnalishlari va sarflash tartibini nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va bandligiga koʻmaklashish, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 20-apreldagi PF-6208-son Farmoniga muvofiq ushbu Farmonda belgilangan Agentlik tomonidan amalga oshiriladigan xarajatlarni moliyalashtirish uchun 2021-yilda Agentlikka Davlat budjetidan qoʻshimcha ravishda ajratiladigan 100 mlrd soʻm mablagʻlarning Jamgʻarmaga oʻtkazilishini hamda ushbu xarajatlarni moliyalashtirish uchun 2022-yildan boshlab har yili Davlat budjeti parametrlarida Agentlikka yetarli mablagʻlar ajratilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yilda Agentlik, uning hududiy boʻlinmalari va Agentlik huzuridagi Yoshlar muammolarini oʻrganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti faoliyatini moliyalashtirish uchun ajratilgan mablagʻlarning tadbirlarga yoʻnaltirilishi belgilangan qismi Jamgʻarmaga oʻtkazilishini hamda 2022-yildan boshlab Jamgʻarmaga oʻtkaziladigan mablagʻlar hisob-kitobi budjet soʻrovida nazarda tutilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Agentlik manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 29-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
400-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-iyundagi 400-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Jamgʻarma Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan budjetdan tashqari jamgʻarmasi hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Jamgʻarma mablagʻlari Agentlik, uning hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) boʻlimlari (keyingi oʻrinlarda – hududiy boʻlinmalar) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Yoshlar muammolarini oʻrganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti (keyingi oʻrinlarda — Institut) uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligida alohida ochiladigan shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarida yuritiladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 312-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 09/22/312/0493-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan Agentlik orqali ajratiladigan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik va uning hududiy boʻlinmalari huzuridagi korxona, muassasa va tashkilotlar ixtiyorida soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar toʻlanganidan keyin qoladigan sof foydaning bir qismi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari, xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari, vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarni tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishdan olingan daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Agentlik, uning hududiy boʻlinmalari va Institut tegishlicha jamgʻarmalarga mablagʻlar kelib tushishining toʻliqligini nazorat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish tartibi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Jamgʻarmaning mablagʻlaridan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshlarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni moliyalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbusni keng joriy etishga qaratilgan tadbirlarni moliyalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlari boʻyicha nodavlat taʼlim tashkilotlarida oʻqish xarajatlarining 50 foizi (biroq, bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravarigacha) hamda ular boʻyicha milliy sertifikatlar olish uchun oʻtkaziladigan imtihonlarni topshirish xarajatlarini kompensatsiya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mehribonlik” uylari tarbiyalanuvchilari hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning haydovchilik kurslarida oʻqish xarajatlarini (bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravarigacha) va safarbarlik chaqiruvi rezervida xizmatni oʻtash uchun toʻlanadigan toʻlovlarni moliyalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiy korxona va tashkilotlarga ishga qabul qilingan hamda faoliyat boshlaganiga olti oydan oshmagan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni qayta tayyorlov kurslarida oʻqitish bilan bogʻliq xarajatlarni (bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravarigacha) mazkur xususiy korxona va tashkilotlarga kompensatsiya sifatida qoplab berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AT “Xalq banki”, AT “Aloqa bank” va “Mikrokreditbank” ATB tomonidan “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan va sertifikat olgan yoshlarga kompyuter (shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmagan) xaridlari uchun bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda ajratilgan isteʼmol kreditlari boʻyicha foiz toʻlovlarini kompensatsiya sifatida qoplab berish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va bandligiga koʻmaklashish, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 20-apreldagi PF-6208-son, “Oʻzbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini tubdan isloh qilish va yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 30-iyundagi PF-6017-son farmonlari, “Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2020-yil 30-iyundagi PQ-4768-son qarorida belgilangan Agentlik, uning hududiy boʻlinmalari va Institutning asosiy vazifa va faoliyat yoʻnalishlari doirasidagi chora-tadbirlarni moliyalashtirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik hayʼati qaroriga asosan faol yoki ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan yoshlarni qoʻllab-quvvatlashga doir xarajatlarni amalga oshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik, uning hududiy boʻlinmalari va Institutning bino va inshootlarini, hududlardagi yoshlar obyektlarini (taʼlim, madaniyat, sanʼat, sport obyektlari, yoshlar markazlari va boshqalar) qurish, kapital va joriy taʼmirlash hamda inventarlar, mebel, kompyuter texnikasi va boshqa uskunalar bilan jihozlash hamda sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatimizda yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, oʻsib kelayotgan yosh avlodni ilm-fan va innovatsiyalarga keng jalb etish bilan bogʻliq chora-tadbirlarni moliyalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshlarga oid dasturlar, loyihalar, tanlovlar va boshqa tadbirlar uchun nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari, shu jumladan, ommaviy axborot vositalariga ijtimoiy buyurtma ajratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlarda band boʻlmagan yoshlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash va ularning bandligini taʼminlash maqsadida kasb-hunarga oʻrgatish va ularda kasbiy koʻnikmalarni shakllantirish tadbirlarini moliyalashtirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mehribonlik” uylari, Bolalar shaharchalari va oilaviy bolalar uylari, shuningdek “SOS — Oʻzbekiston bolalar mahallalari” uyushmasining bolalar mahallalaridagi yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan yoshlarning ijtimoiy-huquqiy himoyasini tashkil etish tadbirlarini moliyalashtirish, shu jumladan, ushbu muassasalar tarbiyalanuvchilarining turmushini yaxshilash, kasb-hunar va biznes bilan shugʻullanish orqali daromad topish hamda ularga bunday faoliyatni yoʻlga qoʻyishning amaliy jihatlarini oʻrgatishga qaratilgan “kouching” video materiallar, motivatsion roliklar va darsliklar toʻplamlari bilan taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlarni moliyalashtirish.
(6-bandning oʻn toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-oktabrdagi 656-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.10.2021-y., 09/21/656/0996-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro imtihon tizimlari (IELTS, TOEFL, GMAT, GRE, SAT va boshqalar) boʻyicha eng yuqori ball toʻplagan iqtidorli yoshlarga imtihon topshirish xarajatlarini qoplab berish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro fan olimpiadalarida oʻquvchi yoshlarning yuqori darajada tayyorgarlik koʻrishlari uchun oʻquv bazasi tashkil etish, respublika va xorijiy malakali mutaxassislar jalb qilish hamda ular uchun barcha zarur sharoitlarni taʼminlash xarajatlarini qoplash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro fan olimpiadalarida oʻquvchi yoshlarning ishtirokini tashkil etish bilan bogʻliq (sutkalik, yashash, transport, viza) xarajatlarni qoplash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yosh kadrlarni, shu jumladan Agentlik tizimidagi xodimlarni oʻqitish, malakasini oshirish, ularning stajirovka oʻtashi, shu jumladan xorijiy mamlakatlarda oʻtkaziladigan konferensiya, seminarlar va boshqa tadbirlarda ishtirok etishini tashkil etish, Agentlik tizimidagi xodimlarni jamoa shartnomalarida nazarda tutilgan tartibda moddiy va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlikning ekspert-tahlil guruhi faoliyatini tashkil etish, ekspert-tahlil guruh tarkibiga kiritilgan mutaxassislarga haq toʻlash, Agentlikka yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishga mahalliy va xorijiy ilmiy muassasalar, olim va mutaxassislarni, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, oliy taʼlim muassasalari hamda boshqa yuridik va jismoniy shaxslarni shartnoma asosida jalb qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik, uning hududiy boʻlinmalari va Institut vazifalari va faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini amalga oshirishga qaratilgan boshqa tadbirlarni moliyalashtirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshlarni zamonaviy kasbga oʻrgatish, axborot texnologiyalari va xorijiy tillarga oʻqitish boʻyicha olti oygacha muddatli oʻquv kurslari uchun har oyda BHMning 4 baravarigacha miqdorda subsidiya ajratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy himoyaga muhtoj iqtidorli yoshlarning ilm-fan, sport, sanʼat va madaniyat yoʻnalishlaridagi olti oygacha muddatli oʻquv kurslari uchun har oyda BHMning 1 baravarigacha miqdorda subsidiya ajratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy himoyaga muhtoj iqtidorli yoshlarning ilm-fan, sport, sanʼat va madaniyat yoʻnalishlaridagi olimpiada, tanlov va musobaqalarning mahalliy bosqichlarida qatnashish xarajatlari uchun BHMning 4 baravarigacha hamda xalqaro bosqichlarida qatnashish xarajatlari uchun bazaviy hisoblash miqdorining 40 baravarigacha miqdorda subsidiya ajratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshlarni taʼlim, madaniyat va sanʼat, sport, axborot texnologiyalari va fanlarni oʻqitishga ixtisoslashgan oʻquv markazlarining uch oy muddatgacha noturar joy ijara xarajatlari uchun BHMning 50 baravarigacha miqdorda subsidiya ajratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Xorijdagi yoshlar balansi”ni shakllantirish va yuritish, xorijda sayyor qabullarni oʻtkazish vaqtida aniqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan yoshlarning muammolari va ehtiyojlarini hal qilish boʻyicha xarajatlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har chorakda mahallada yoshlar siyosatini samarali amalga oshirishda yuqori natijadorlikka erishayotgan mamlakat boʻyicha eng ilgʻor 100 nafar mahalladagi yoshlar yetakchilarini bir oylik ish haqiga teng miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan, shuningdek, faoliyat samaradorligi koʻrsatkichlaridan kelib chiqib, mahalladagi yoshlar yetakchilarini har chorak yakuni boʻyicha oylik ish haqining 50 foizigacha miqdorda pul mukofoti bilan taqdirlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faoliyatini samarali tashkil etayotgan, oʻzining shaxsiy fazilatlari bilan yoshlarga namuna boʻlayotgan va ularga yetakchilik qilayotgan mahalladagi yoshlar yetakchilarini “Yangi Oʻzbekiston islohotchisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yil yakuni boʻyicha oʻziga biriktirilgan hududda yuqori natijalarga erishgan mahalladagi yoshlar yetakchilariga ipoteka krediti asosida sotib olinayotgan uy-joy qiymatining 50 foizi miqdorida, biroq qonunchilik hujjatlarida belgilanadigan uy-joy hisoblangan qiymatining 50 foizidan yuqori boʻlmagan miqdorda subsidiya ajratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa hududlardan kelib oʻz faoliyatini olib borayotgan mahalladagi yoshlar yetakchilariga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravarigacha boʻlgan miqdorda turar joy ijara toʻlovi qoplab berish.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 312-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 09/22/312/0493-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Agentlik markaziy apparatining shaxsiy gʻazna hisobvaragʻidan, zarur hollarda, hududiy boʻlinmalar va Institutning shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga mazkur Nizomning 6-bandida nazarda tutilgan xarajatlarni amalga oshirish uchun maqsadli mablagʻlar oʻtkazib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Jamgʻarmaning daromadlar va xarajatlar smetasi kelgusi yilda kelib tushishi kutilayotgan mablagʻlar prognozi va amalga oshirilishi belgilangan tadbirlarni oʻtkazishdan kelib chiqqan holda tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, Agentlik markaziy apparatida Jamgʻarmaning daromadlar va xarajatlar smetasi Jamgʻarma mablagʻlarini sarflash yoʻnalishlari va amalga oshiriladigan tadbirlar boʻyicha tuziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan xarajatlar Agentlik markaziy apparatida — Agentlik direktori tomonidan, hududiy boʻlinmalarda — hududiy boshqarmalar va tuman (shahar) boʻlimlari boshliqlari tomonidan, Institutda — Institut direktori tomonidan tasdiqlangan hamda tegishli moliya organlaridan oʻrnatilgan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan daromadlar va xarajatlar smetasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, Agentlik markaziy apparatining qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 1600 baravaridan ortiq boʻlgan xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini yanada rivojlantirish borasidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash qaroriga asosan amalga oshiradi (amalga oshirilishi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari, topshiriqlarida belgilangan xarajatlar bundan mustasno).
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududiy boshqarmalar va Institut tomonidan qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 400 baravaridan, tuman (shahar) boʻlimlari tomonidan qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravaridan ortiq boʻlgan xarajatlar Agentlik direktori bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi, ushbu jamgʻarmalarga aniq maqsadga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan oʻtkazib berilgan homiylik mablagʻlarini sarflash bundan mustasno.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 312-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 09/22/312/0493-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Agentlik tomonidan, istisno tariqasida, nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga davlat ijtimoiy buyurtmasi shaklida mablagʻ ajratishda mablagʻlarning 50 foizigacha qismi oldindan avans tariqasida, qolgan qismi esa — avans mablagʻlarining oʻzlashtirilishiga qarab ajratilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Jamgʻarmaning joriy yilda foydalanilmagan mablagʻlari (qoldiq mablagʻlar) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga olib qoʻyilmaydi va ulardan keyingi yilda mazkur Nizomda belgilangan tartibda foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanilishi yuzasidan hisobotlar taqdim etish, nazorat va javobgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Agentlik, uning hududiy boʻlinmalari va Institut belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga Jamgʻarma mablagʻlarining ishlatilishi toʻgʻrisida har chorakda tegishli hisobotlarni taqdim etib boradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma mablagʻlarining hisobi va hisoboti qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda yuritiladi va taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Jamgʻarma mablagʻlaridan oqilona va maqsadli foydalanilishini nazorat qilish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Jamgʻarma mablagʻlaridan toʻgʻri va maqsadli foydalanish yuzasidan javobgarlik Agentlik, uning hududiy boʻlinmalari va Institutga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2021-y., 09/21/400/0616-son, 26.10.2021-y., 09/21/656/0996-son; 07.06.2022-y., 09/22/312/0493-son; 26.10.2022-y., 09/22/617/0960-son; 06.08.2024-y., 09/24/479/0579-son; 10.08.2024-y., 09/24/493/0600-son; 30.12.2024-y., 07/24/455/1092-son)