13.04.2021 yildagi 209-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha yuqori ball (daraja) to‘plagan yoshlarga imtihon topshirish xarajatlarini to‘liq qoplab berish tartibini joriy etish to‘g‘risida
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-oktabrdagi 632-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.10.2025-y., 09/25/632/0914-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” 2021-yil 3-fevraldagi PF-6155-son Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha yuqori ball (daraja) to‘plagan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha yuqori ball (daraja) to‘plagan yoshlarga imtihon topshirish xarajatlarini to‘liq qoplab berish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish, ariza berish va uni ko‘rib chiqishni, kompensatsiya pulini to‘lashni nazarda tutuvchi Xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha yuqori ball (daraja) olgan yoshlarga imtihon topshirish xarajatlarini to‘liq qoplab berishning ma’muriy reglamenti 1-ilovaga muvofiq;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-oktabrdagi 632-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.10.2025-y., 09/25/632/0914-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Imtihon topshirish xarajati kompensatsiya qilinadigan xalqaro imtihon tizimlari ro‘yxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-oktabrdagi 632-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.10.2025-y., 09/25/632/0914-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi ushbu qarorga 2-ilovada ko‘rsatilgan imtihon turlaridan yuqori ball (daraja) olgan yoshlarga imtihon topshirish xarajatlarini to‘liq qoplab beradi;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-oktabrdagi 632-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.10.2025-y., 09/25/632/0914-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur qarorga 2-ilovaning 1 — 5-bandlaridagi imtihon turlaridan mazkur qaror kuchga kirgandan so‘ng yuqori ball (daraja) olgan yoshlarga imtihon topshirish xarajatlari (keyingi o‘rinlarda — imtihon topshirish xarajatlari) 2021-yil 1-maydan boshlab, 6 — 18-bandlaridagi imtihon turlaridan yuqori ball (daraja) olgan yoshlarga imtihon topshirish xarajatlari 2022-yil 1-yanvardan boshlab (shu jumladan, ushbu sanaga qadar topshirilgan imtihon turlaridan yuqori ball (daraja) olgan yoshlarga) ushbu qarorga 1-ilovada belgilangan tartibda qoplab beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-oktabrdagi 632-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.10.2025-y., 09/25/632/0914-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur qarorga 2-ilovaning 7 — 10, 14 — 16-bandlaridagi imtihon turlari bo‘yicha 2024-yil 1-sentabrdan 2027-yil 1-yanvarga qadar ushbu bandlarda ko‘rsatilgan ballning (darajaning) minimal ko‘rsatkichidan bir pog‘ona past ball (daraja) olgan yoshlarga imtihon topshirish xarajatlari qoplab beriladi.
(2-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-dekabrdagi 848-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.12.2024-y., 09/24/848/1049-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2021-yil 1-mayga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xizmatini ko‘rsatish uchun zarur hujjatlar va boshqa hujjatlarning namunaviy shakllari, blankalari ishlab chiqilishini ta’minlasin hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi (keyingi o‘rinlarda — Davlat xizmatlari agentligi) bilan kelishgan holda tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmatlari agentligi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) elektron davlat xizmatini joriy qilish bo‘yicha texnik hujjatni ishlab chiqsin, kelishish va tasdiqlash uchun Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda ariza beruvchilar taqdim etadigan hujjatlarning avtomatik ravishda belgilangan mezonlarga mos kelishini aniqlovchi va ma’lumotlarni saralovchi, shuningdek, YIDXPda davlat xizmatlari ko‘rsatilishining har bir bosqichida murojaatlar ko‘rib chiqilishini kuzatib borish imkonini beruvchi xizmatni ishga tushirsin, shuningdek, tegishli vazirliklar va idoralarning YIDXPga ulanishini va axborot tizimlarining o‘zaro integratsiya qilinishini ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2021-yil 1-maydan boshlab Davlat xizmatlari agentligi bilan birgalikda davlat xizmatlari markazlarining xodimlari ishtirokida ushbu qaror bilan tasdiqlangan ma’muriy reglamentni amalda qo‘llashning samaradorligi va natijadorligi darajasini oshirishga yo‘naltirilgan o‘quv seminarlari o‘tkazilishini ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) bir oy muddatda xalqaro imtihon tizimlarini tashkil etishga vakolatli xorijiy tashkilotlar va ularning O‘zbekiston Respublikasida davlat ro‘yxatidan o‘tgan vakolatli vakillari reyestrini shakllantirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) xalqaro imtihon tizimlarini tashkil etishga vakolatli xorijiy tashkilotlarning O‘zbekiston Respublikasida tegishli imtihon topshirish xarajatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘zining rasmiy veb-saytida e’lon qilsin hamda doimiy ravishda yangilab borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) 2021-yil 31-dekabrga qadar xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha yuqori ball (daraja) olganlik uchun imtihon topshirish xarajatlarini to‘liq qoplab berish bo‘yicha yoshlarning talabini o‘rganib chiqib, zaruratga ko‘ra, ushbu qarorni takomillashtirish yuzasidan taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi uch oy muddatda Yoshlar ishlari agentligi mablag‘lari hisobidan imtihon topshirish xarajatini kompensatsiya qilish haqida ariza beruvchilarning elektron reyestri axborot tizimini yaratsin hamda uni keyinchalik texnik qo‘llab-quvvatlash va takomillashtirish choralarini ko‘rsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, Yoshlar ishlar agentligi ushbu axborot tizimining egasi va foydalanuvchisi hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Yoshlar ishlari agentligi va AT “Xalq banki”ning 2023-yil 1-fevralga qadar ushbu qarorda nazarda tutilgan davlat xizmatini AT “Xalq banki”ning mobil ilovasi orqali qo‘shimcha ravishda ko‘rsatilishini yo‘lga qo‘yish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
(41-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-oktabrdagi 617-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.10.2022-y., 09/22/617/0960-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlari vazirligi bir oy muddatda tegishli vazirliklar va idoralarning murojaatiga asosan ularning xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha imtihon tashkil etishga mas’ul xorijiy vakolatli tashkilotlar bilan mazkur qaror doirasida hamkorlik o‘rnatishlariga hamda ushbu tashkilotlar bilan axborot almashinuvlarini amalga oshirishga ko‘maklashsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.A. Musayev hamda O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori A.Z. Sa’dullayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 13-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
209-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 13-apreldagi 209-son qaroriga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha yuqori ball (daraja) olgan yoshlarga imtihon topshirish xarajatlarini to‘liq qoplab berishning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MA’MURIY REGLAMENTI
(1-ilova nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-oktabrdagi 632-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.10.2025-y., 09/25/632/0914-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Reglament xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha yuqori ball (daraja) olgan yoshlarga imtihon topshirish xarajatlarini to‘liq qoplab berish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish tartibini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-oktabrdagi 632-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.10.2025-y., 09/25/632/0914-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchi — imtihon topshirish paytida o‘ttiz bir yoshga to‘lmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan, imtihon topshirish xarajatini kompensatsiya qilishni so‘rab belgilangan tartibda murojaat qilgan jismoniy shaxs (o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxs nomidan murojaat qilgan uning qonuniy vakili);
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-oktabrdagi 632-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.10.2025-y., 09/25/632/0914-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
imtihon topshirish xarajati — imtihonni tashkil etish vakolatiga ega xorijiy tashkilotlar tomonidan belgilangan O‘zbekiston Respublikasida amal qiluvchi rasmiy to‘lov miqdori;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
imtihon xarajatini qoplab beruvchi — O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi;
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-oktabrdagi 632-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.10.2025-y., 09/25/632/0914-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
imtihon uchun kompensatsiya — imtihon topshirish xarajatini qoplab beruvchi tomonidan ariza beruvchiga qoplab beriladigan, mas’ul vakolatli xorijiy tashkilot tomonidan O‘zbekiston Respublikasi uchun belgilangan imtihon topshirish xarajati summasi (mazkur imtihon uchun kompensatsiya mas’ul vakolatli xorijiy tashkilotlarning O‘zbekiston Respublikasi hududidagi vakolatli vakili tomonidan belgilanadigan imtihon topshirish bilan bog‘liq qo‘shimcha to‘lovlarni o‘z ichiga olmaydi);
(2-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-avgustdagi 493-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2024-y., 09/24/493/0600-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-oktabrdagi 632-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.10.2025-y., 09/25/632/0914-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mas’ul vakolatli tashkilot — imtihonni tashkil etishga vakolatli xorijiy tashkilot yoki uning O‘zbekiston Respublikasi hududidagi vakolatli vakili bo‘lgan yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus sertifikat — mas’ul vakolatli tashkilotlar tomonidan beriladigan, maxsus seriya raqamiga ega, imtihon natijasini tasdiqlovchi rasmiy hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
verifikatsiya — ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan maxsus sertifikatning haqiqiyligini mas’ul vakolatli tashkilotning elektron tizimi orqali tekshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Imtihon bo‘yicha yuqori ball (daraja) olgan yoshlarga imtihon topshirish xarajatlarini to‘liq qoplab berish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishda quyidagilar ishtirok etadi:
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-oktabrdagi 632-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.10.2025-y., 09/25/632/0914-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) davlat xizmatlari markazlari ariza beruvchi kelib murojaat etganda uning nomidan so‘rovnomani to‘ldirib Yoshlar ishlari agentligiga (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) yuboradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus sertifikatni verifikatsiyadan o‘tkazadi yoki maxsus sertifikatning haqiqiyligini mas’ul vakolatli xorijiy tashkilot orqali tasdiqlatib oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
haqiqiyligi tasdiqlangan maxsus sertifikat egasi bo‘lgan ariza beruvchilarning elektron reyestrini shakllantiradi, ushbu elektron reyestrni va unga muvofiq kompensatsiya mablag‘larini O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat “Xalq banki”ning (keyingi o‘rinlarda — Xalq banki) hisobvarag‘iga o‘tkazadi va xizmat natijasi bo‘yicha ariza beruvchiga SMS xabar yuboradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Xalq banki filiali ariza beruvchining imtihon uchun kompensatsiya pulini olishga bo‘lgan huquqini tasdiqlagan holda uning xohishiga ko‘ra ushbu kompensatsiyaning naqd yoki naqd pulsiz shaklda to‘lanishini amalga oshiradi.
(3-band “v” kichik bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-oktabrdagi 632-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.10.2025-y., 09/25/632/0914-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchiga SMS xabar yuborish bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi mablag‘lari va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobidan qoplanadi.
(3-band “v” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Davlat xizmatlari markazlari, Yoshlar ishlari agentligi va Xalq banki (keyingi o‘rinlarda — vakolatli organlar) o‘rtasidagi elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatish doirasida axborot almashinuvi Elektron hukumatning idoralararo ma’lumotlar uzatish tarmog‘i orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Davlat xizmatini ko‘rsatish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Imtihon uchun kompensatsiya to‘lab berish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish mazkur Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-oktabrdagi 632-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.10.2025-y., 09/25/632/0914-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda ariza beruvchi istalgan tuman (shahar) davlat xizmatlari markazlariga murojaat qiladi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ariza beruvchining imtihon uchun kompensatsiya so‘rab qilgan murojaatiga asosan davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchining imtihon uchun kompensatsiya so‘rab qilgan nomidan, YIDXP orqali murojaat qilinganda esa ariza beruvchi mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq davlat xizmatidan foydalanish uchun so‘rovnomani elektron tarzda to‘ldiradi va quyidagi hujjatlarni elektron tarzda ilova qiladi:
(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-oktabrdagi 632-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.10.2025-y., 09/25/632/0914-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) imtihon topshirish xarajati to‘langanini tasdiqlovchi to‘lov kvitansiyasi (pdf formatda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) maxsus sertifikat (pdf formatda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchidan ushbu bandda ko‘rsatilmagan ma’lumot va hujjatlarni talab qilish qat’iyan taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taqdim etilgan hujjatlardagi ma’lumotlarning xaqqoniyligiga ariza beruvchi mas’ul hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxs nomiga berilgan sertifikat bo‘yicha kompensatsiya to‘lash haqidagi ariza:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxsning ota-onasi tomonidan berilsa — o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxsning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi ma’lumotlari va jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR) Yoshlar ishlari agentligi tomonidan integratsiyalashgan ma’lumotlar bazasi orqali tekshiriladi;
(6-band “v” kichik bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-oktabrdagi 632-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.10.2025-y., 09/25/632/0914-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘n olti yoshga to‘lmagan hamda ota-onasi bo‘lmagan shaxsning qonuniy vakili tomonidan berilsa — uning qonuniy vakilligini tasdiqlovchi hujjat (pdf formatda) ariza beruvchi tomonidan taqdim etiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-oktabrdagi 632-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.10.2025-y., 09/25/632/0914-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ariza beruvchi o‘zi kelib murojaat etganda, davlat xizmatlari markazlari tomonidan so‘rovnoma to‘ldirilgandan so‘ng ariza beruvchi ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshirib, so‘rovnomani identifikatsiya qilishning tegishli vositalari (ERI, daktiloskopiya, elektron imzo, Mobil-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 541-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ariza beruvchi YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, so‘rovnomani ERI bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 541-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Davlat xizmatini ko‘rsatish bepul amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ariza beruvchi tomonidan so‘rovnomada noto‘g‘ri ma’lumotlarning ko‘rsatilishi davlat xizmati ko‘rsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmati ko‘rsatishni boshqa asoslar bo‘yicha rad etish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan uni ko‘rsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda, uning so‘rovnomasi ko‘rilmasdan qoldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ariza beruvchi davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etgan taqdirda, uning so‘rovnomasi davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan to‘ldirilib, ariza beruvchi tomonidan tasdiqlangandan so‘ng 10 daqiqa mobaynida, YIDXP orqali murojaat etganda, avtomatik tarzda Yoshlar ishlari agentligiga elektron shaklda yuboriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Quyidagi shartlar to‘liq bajarilganda, ariza beruvchiga mazkur Reglamentda nazarda tutilgan imtihon uchun kompensatsiya to‘lab beriladi:
(13-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-oktabrdagi 632-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.10.2025-y., 09/25/632/0914-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) imtihon uchun kompensatsiya so‘ralganda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
imtihonlarning biri yoki bir nechtasi bo‘yicha imtihon topshirish xarajatini kompensatsiya qilish uchun to‘planishi lozim bo‘lgan yuqori ball (daraja)ning minimal ko‘rsatkichi yoki undan yuqori natija qayd etilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus sertifikat berilgan sanadan boshlab 180 kalendar kun o‘tmasdan kompensatsiya to‘lashni so‘rab, ushbu Reglamentda belgilangan tartibda murojaat qilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus sertifikatda ko‘rsatilgan imtihon natijasining haqiqiyligi va to‘g‘riligi Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tasdiqlanganda;
Oldingi tahrirga qarang.
(13-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-oktabrdagi 632-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.10.2025-y., 09/25/632/0914-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. YIDXPdagi elektron so‘rovnomada to‘ldirilgan ariza beruvchining ma’lumotlari ushbu Reglamentning 13-bandida belgilangan shartlarga muvofiq yoki muvofiq emasligi avtomatik tarzda aniqlanadi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-avgustdagi 493-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2024-y., 09/24/493/0600-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Murojaat qilish jarayonida ariza beruvchi imtihon uchun kompensatsiyani olish uchun o‘ziga qulay hududdagi Xalq banki filialini tanlaydi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-oktabrdagi 632-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.10.2025-y., 09/25/632/0914-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Yoshlar ishlari agentligi ariza beruvchining murojaati YIDXP orqali tushgan paytdan boshlab 12 ish kuni mobaynida maxsus sertifikatni verifikatsiyadan o‘tkazadi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-oktabrdagi 632-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.10.2025-y., 09/25/632/0914-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar maxsus sertifikatning haqiqiyligini verifikatsiya orqali aniqlashning imkoni bo‘lmasa, Yoshlar ishlari agentligi imtihon tashkil etishga mas’ul vakolatli tashkilotga maxsus sertifikatning haqiqiyligini so‘rab so‘rov yuboradi. Bunda Yoshlar ishlari agentligi tomonidan yuborilgan so‘rovning elektron shakli (pdf formatda) idoralararo elektron tizimga joylashtirilganda, maxsus sertifikatning haqiqiyligini tasdiqlatish muddati 30 kalendar kunga uzaytiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Quyidagi holatlarda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) imtihon uchun kompensatsiya so‘ralgan murojaat bo‘yicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaat ushbu Reglamentning 6-bandi “a”, “b”, “v” kichik bandlari va 13-bandi “a” kichik bandiga muvofiq bo‘lmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
verifikatsiya yoki vakolatli xorijiy tashkilotga yuborilgan so‘rov natijasiga ko‘ra maxsus sertifikatning haqiqiy emasligi aniqlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli xorijiy tashkilotga yuborilgan so‘rovga javob olinmaganda Yoshlar ishlari agentligi tomonidan maxsus sertifikatning haqiqiyligini tasdiqlash rad etiladi va kompensatsiya to‘lanmaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
(17-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-oktabrdagi 632-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.10.2025-y., 09/25/632/0914-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Yoshlar ishlari agentligi tomonidan mas’ul vakolatli tashkilotga yuborilgan so‘rovga 30 kun muddatda javob olinmaganda, shuningdek, maxsus sertifikatning haqiqiy yoki haqiqiy emasligi haqida kechikib javob olinganda, Yoshlar ishlari agentligi bu haqda SMS yuborish orqali ariza beruvchini xabardor qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda maxsus sertifikat haqiqiyligi mas’ul vakolatli tashkilot tomonidan 30 kun muddat o‘tib tasdiqlanganda, ariza beruvchi mazkur Reglament talablariga muvofiq takroran murojaat qilgandan so‘ng unga imtihon uchun kompensatsiya to‘lab beriladi.
(18-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-oktabrdagi 632-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.10.2025-y., 09/25/632/0914-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Muqaddam imtihonlarning bir turi bo‘yicha imtihon topshirish xarajati kompensatsiyasini olgan ariza beruvchiga imtihonlarning aynan shu turi bo‘yicha takroran topshirilgan imtihon xarajati qoplanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muqaddam imtihonlarning bir turi bo‘yicha imtihon topshirish xarajati kompensatsiyasini olgan ariza beruvchi imtihonlarning boshqa turi bo‘yicha minimal ko‘rsatkich yoki undan yuqori natija qayd etsa, unga ushbu Reglament talablariga muvofiq kompensatsiya to‘lab beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. O‘n olti yoshga to‘lmagan fuqarolarning imtihon topshirish xarajatini kompensatsiya qilishni so‘rab ushbu fuqarolarning qonuniy vakillari murojaat qilishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda kompensatsiya ushbu Reglament talablariga muvofiq o‘n olti yoshga to‘lmagan fuqarolarning qonuniy vakillariga to‘lab beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Yoshlar ishlari agentligi tomonidan moliyalashtirilgan sanadan boshlab 180 kun mobaynida Xalq bankining tegishli filialidan ariza beruvchilar tomonidan talab qilib olinmagan mablag‘lar Xalq bankining tegishli filiali tomonidan bunday ariza beruvchilarning ro‘yxatini ilova qilgan holda Yoshlar ishlari agentligiga qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Vakolatli organlar o‘z faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan ariza beruvchilar haqidagi ma’lumotlarning sir saqlanishini ta’minlashi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari va davlat xizmatlari markazlari ushbu Reglament talablari ijrosiga mas’ul davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyati ustidan doimiy monitoringni amalga oshiradi.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 385-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.07.2022-y., 09/22/385/0643-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Ariza beruvchi ushbu Reglament talablari ijrosiga mas’ul davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Ushbu Reglament talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha yuqori ball (daraja) olgan yoshlarga imtihon topshirish xarajatlarini to‘liq qoplab berishning ma’muriy reglamentiga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Imtihon uchun kompensatsiya to‘lab berish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
(1-ilova nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-oktabrdagi 632-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.10.2025-y., 09/25/632/0914-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddati

1-bosqich

Ariza beruvchi

Ariza beruvchi (o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxsning qonuniy vakili tomonidan murojaat qilinadi) istalgan tuman (shahar) Davlat xizmatlari markazlariga murojaat etadi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish (mustaqil ravishda so‘rovnoma shaklini to‘ldirish) uchun ro‘yxatdan o‘tib murojaat qoldiradi.

Maxsus sertifikat berilgan sanadan boshlab 180 kalendar kun mobaynida

2-bosqich

1) Davlat xizmatlari markazi

2) YIDXP

Ariza va unga ilova qilingan hujjatlarni Yoshlar ishlari agentligiga yuboradi.

1. 10 daqiqa ichida

2. Avtomatik tarzda

3-bosqich

Yoshlar ishlari agentligi

1. Maxsus sertifikatni verifikatsiyadan o‘tkazadi.

2. Maxsus sertifikatning haqiqiyligini verifikatsiya orqali aniqlash imkoni bo‘lmasa, maxsus sertifikatning haqiqiyligini tasdiqlashni so‘rab vakolatli xorijiy tashkilotga so‘rov yuboradi.

3. Maxsus sertifikatning haqiqiyligi tasdiqlanganda (qancha muddatda tasdiqlanganidan qat’i nazar), maxsus sertifikat egasi bo‘lgan ariza beruvchilarning elektron reyestrini shakllantiradi, ushbu elektron reyestrga muvofiq   imtihon uchun kompensatsiya mablag‘larini O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat “Xalq banki”ning (keyingi o‘rinlarda — Xalq banki) hisobvarag‘iga moliyalashtiradi va xizmat natijasi bo‘yicha ariza beruvchiga SMS xabar yuboradi.

4. Maxsus sertifikatning haqiqiyligi tasdiqlanmaganda, bu haqida idoralararo elektron tizimga ma’lumot kiritadi va ariza beruvchiga SMS xabar yuboradi.

1. Ma’lumotlar tushganidan so‘ng 12 ish kunida

2. Ma’lumotlar tushganidan so‘ng 30 kunda.

3. Maxsus sertifikatning haqiqiyligi tasdiqlangandan so‘ng 15 kun mobaynida.

4. Maxsus sertifikatning haqiqiyligi tasdiqlanmaganda bir ish kuni mobaynida.

4-bosqich

Xalq banki filiali

Ariza beruvchining   imtihon uchun kompensatsiya pulini olishga bo‘lgan huquqini tasdiqlagan holda ushbu kompensatsiya to‘lovlarini amalga oshiradi.

Xizmat natijasi bo‘yicha ariza beruvchiga SMS xabar yuborilgandan so‘ng bankka murojaat qilinganda

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-oktabrdagi 632-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.10.2025-y., 09/25/632/0914-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha yuqori ball (daraja) olgan yoshlarga imtihon topshirish xarajatlarini to‘liq qoplab berishning ma’muriy reglamentiga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘qish va imtihon uchun kompensatsiya olish bo‘yicha davlat xizmatlaridan foydalanish uchun
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SO‘ROVNOMA
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Ariza t/r

Qabul qilish sanasi

Qabul qilgan shaxs

-

-

-

I. Ariza beruvchi haqida ma’lumot:

1.1. F.I.O.:

-

1.2. Tugilgan sanasi:

kun/oy/yil

1.3.Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR) (mavjud bo‘lsa):

-

1.4. Ijtimoiy holati

Talaba, ishlaydi, ishsiz

1.5. Telefon raqami:

-

1.6. Elektron pochta manzili:

-

1.7. Yashash joyi:

Tuman (shahar), viloyat, respublika

II. O‘n olti yoshga to‘lmagan shaxs va uning qonuniy vakili haqidagi ma’lumotlar:

2.1.1. O‘n olti yoshga to‘lmagan shaxsning F.I.O.:

-

2.1.2. Tug‘ilgan sanasi:

yil/kun/oy

2.1.3. Tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma raqami:

2.1.4. 16 yoshga to‘lmagan shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR):

-

2.2.1. Bolaning qonuniy vakili F.I.O. Bunda bolaning qonuniy vakili ekanligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi (ota-onasi tomonidan topshirilgan arizalar bundan mustasno ):

Ilova qilinadi (pdf, png, jpg, jpeg formatda)

2.2.2. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR):

-

2.2.3. Telefon raqami:

-

2.2.4. Elektron pochta manzili:

-

2.2.5. Yashash joyi:

Tuman (shahar), viloyat, respublika

III. Imtihon haqidagi ma’lumotlar

3.1. Imtihon turi

3.2. Imtihon topshirish xarajati summasi

3.3. Sertifikat №

3.4. Qayd etilgan ball/daraja

(tanlanadi)

(imtihon turiga qarab avtomatik hisoblanadi)

-

-

3.5. Sertifikat nusxasi

(ilova qilinadi)

3.6. Chek/shartnoma nusxasi (ilova qilinadi)

3.7. Test topshirilgan sana

3.8. Mas’ul vakolatli tashkilot (imtihon oluvchi markaz) kodi/nomi

(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-oktabrdagi 632-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.10.2025-y., 09/25/632/0914-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 13-apreldagi 209-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Imtihon topshirish xarajati kompensatsiya qilinadigan xalqaro imtihon tizimlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RO‘YXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Xalqaro imtihon tizimlarining nomi

Bilish darajasi aniqlanadigan xorijiy til

Umumiy imtihon balli (darajasi)

Imtihon topshirish xarajati kompensatsiya qilinishi uchun to‘planishi lozim bo‘lgan yuqori ballning (darajaning) minimal ko‘rsatkichi

Imtihon topshirish xarajatini kompensatsiya qiluvchi

2021-yil 1-maydan boshlab imtihon topshirish xarajati kompensatsiya qilinadigan xalqaro imtihon tizimlari

1.

International English Language Testing System (IELTS)

Ingliz tili

1 — 9

7

Yoshlar ishlari agentligi

2.

Test of English as a Foreign Language internet Based Test (TOEFL) iBT

Ingliz tili

0 — 120

94*

3.

Graduate Management Admission Test (GMAT)

-

Verbal/Quantative

(200 — 800)

Integrated reasoning

(1 — 8)

Analytical writing

(0,5 — 6)

Imtihon natijalari (Verbal/Quantative) bo‘yicha nisbat ko‘rsatkichi (percentile) 75 va undan yuqori bo‘lganda

4.

Graduate Record Examinations (GRE)

-

Verbal

(0 — 170)

Quantative

(0 — 170)

Writing

(0,5 — 6)

Imtihon natijalarining har biri (Verbal, Quantative, Writing) bo‘yicha nisbat ko‘rsatkichi (percentile) 75 va undan yuqori bo‘lganda

5.

Scholastic Assessment Test (SAT)**

-

400 — 1600

1200

2022-yil 1-yanvardan boshlab imtihon topshirish xarajati kompensatsiya qilinadigan xalqaro imtihon tizimlari

6.

Cambridge Assessment English (CAE, CPE, BEC)

Ingliz tili

A1-S1

C1 (CAE advanced, CPE proficiency, BEC higher)

Yoshlar ishlari agentligi

7.

Test DAF

Nemis tili

TDN 3 — 5

TDN 4

8.

Goethe-Zertifikat

Nemis tili

A1-S1

C1

9.

DELF/DALF

Fransuz tili

DELF A1-DALF C2

DALF C1

10.

Test de Connaissance du Français (TCF)

Fransuz tili

A1-S1

S1

11.

DELE/SIELE

Ispan tili

A1-S1

C1

12.

CELI/CILS/AIL

Italyan tili

-

CELI 4, CILS Tre, DALI C1

13.

Türkçe Yeterlik Sınavı (TYS)

Turk tili

A1-S1

C1 (71 — 88)

14.

Test of Proficiency in Korean (TOPIK I-II)

Koreys tili

Level 1 — 6

Level 5 (190 — 229)

15.

Japanese-Language Proficiency Test (JLPT)

Yapon tili

N5-N1

N2

16.

Chinese Proficiency Test (HSK)

Xitoy tili

HSK 1 — 6

HSK 5

17.

ALPT/APT/E-TOAFL/ACTFL

Arab tili

A1-S1

C1

18.

Test of Russian as a Foreign Language (TORFL/ TRKI)

Rus tili

A1-S1

TRKI III-IV (C1)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ushbu imtihon turi bo‘yicha ariza beruvchi ta’lim sohasida xizmat ko‘rsatuvchi vakolatli xalqaro tashkilotlarning rasmiy ro‘yxatidan o‘tgan test markazlariga (authorized test centers) tashrif buyurmasdan, tashkilot vakillarining bevosita nazorati ostida topshirmasdan, masofadan (Remote, Home Edition va boshqa turlari) imtihon topshirganda nutq qobiliyati (speaking) bo‘yicha imtihon natijasi 16 ball va undan yuqori bo‘lganda kompensatsiya to‘lab beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** Ariza beruvchining ushbu sertifikat bo‘yicha qo‘lga kiritilgan natijalarini verifikatsiya qilish uchun elektron platforma (www.collegeboard.org) orqali Yoshlar ishlari agentligiga yuborish bilan bog‘liq xarajatlari to‘lov kvitansiyasiga muvofiq Agentlik tomonidan ariza beruvchiga imtihon topshirish xarajatiga qo‘shib to‘lab beriladi.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-oktabrdagi 632-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.10.2025-y., 09/25/632/0914-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2021-y., 09/21/209/0325-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 14.07.2022-y., 09/22/385/0643-son; 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son, 26.10.2022-y., 09/22/617/0960-son; 10.08.2024-y., 09/24/493/0600-son; 09.10.2025-y., 09/25/632/0914-son)